Toshkent farm atse vtikainstituti
Bo‘yoqdor masxarni o‘stirish texnologiyasi
Download 7.28 Mb. Pdf ko'rish
|
dastarbosh
Bo‘yoqdor masxarni o‘stirish texnologiyasi
Bo‘yoqdor masxar o'simligini О‘zbekistorming barcha turdagi tuproqlarida, shu jumladan sho‘rlangan yerlarda ham ekib o'stirish mumkin. Uni kech kuzda \ a erta bahorda sug‘oriladigan va lalmikor yerlarda ham ekish mumkin. Lekin u unumdor, oziqa elementlarga boy, mexariik tarkibi o‘rtacha bo‘lgan tuproqlarda yaxshi hosil beradi. Bo‘yoqdor maxsar o‘simligini yaxshi rivojlanishi, undan sifatli va m o‘l hosil yetishtirish uchun ularni o‘z vaqtida o‘g‘itlash, sug‘orish muddatlarini to‘g‘ri belgilash, zararkunanda, kasallik va begona o ‘tlarga qarshi kurashishga qaratish asosiy agrotexnik tadbirlardan hisoblanadi. Bo‘yoqdor masxar ekiladigan yerlami kuzda yer haydash oldidan organik o ‘g ‘itlar va fosfor o‘g‘iti bilan oziqlantirib, 22-25 sm chuqurlikda haydash lozim bo‘ladi. Agar yog‘ingarchilik kam bo‘layotgan mintaqalarda yer xaydash bilan birga gektar hisobiga 20-30 kg azot o‘g ‘itini qo‘liash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Uning urug‘larini erta bahorda va kech kuzda ekilsa ham bo‘ladi. Chunki uning maysalari 10-15°S sovuqqa bardosh beradi. Urug‘lami ekishga tayyorlashda GOST qoidalariga rioya qilish zarur; urug1 konditsiyaga etgan va 1 yoki 2 klass bolishi kerak; tozaligi 90-95 va uchuvchanligi 75-80% dan kam bo‘lmasligi lozim. Bo‘yoqdor masxar urug‘ini erta bahorda ekishdan oldin, yerlami borona va mola bilan tekislab, begona o ‘tlar ildizi dan tozalab, 4-6 sm chuqurlikda qadaladi. Relefi tekis bo‘lgan tuproqlarda ekilsa, gektariga 7-8 kg, tog‘ oidi mintaqalarda ekilganda gektariga 18-20 kg urug1 sarfianadi. UrugTar don yoki sabzavot ekish uskunalari 212 yordamida qator oralari 30, 40 va 60 sm qilib ekiladi. Tuproq harorati 10-15°S bo‘lgandaurug‘lar 8-10 kundan keyin unib chiqadi. Nihollar unib chiqmasdan oldin uni borona va kultivatsiya qilinadi, begona o ‘tlardan tozalanadi. Egatlarning qator orasi 60 sm ko‘chatlar oralig‘i 15-20 sm dan qilib, har bir uyaga 1-2 tadan o‘simlik qoldirilib yagana qilinadi. 0 ‘simlikni birinchi oziqlantirish maysalar unib chiqqandan keyin gektar hisobiga 20 kg dan azot va fosfor o‘g‘iti berishdan boshlanadi. Bo‘yoqdor masxar azotli va fosforli o‘g‘itlsrga talabchan о‘simlik bo'igani uchun ikkinchi oziqiantirishni shonalash fazasida gektar hisobiga 30 kg azot va 20 kg dan kaliy o ‘g ‘iti berish bilan boshlash maqsadga muvofiq bo‘ladi. 0 ‘g ‘itlami 8-10 sm chuqurlikka solish ma’qul bo‘ladi. Oziqlantirish har bir sug‘orish oldidan amalga oshiriladi. Sug‘orilgandan keyin o ‘simlik ekilgan maydonlaming qator oralari kultivatsiya qilinib, begona o ‘tlardan tozalanadi. Masxar gullash davrida o‘g ‘itlami ko‘proq talab qiladi va oxirgi oziqlantirish gektariga 30 kg azot va 20 kg kaliy o‘g‘iti berish bilan tugallanadi. Vegetatsiya davomida bo‘yoqli masxar ekilgan yerlarga o‘rtacha 70-80 kg azot 50 kg fosfor va 30 kg kaliy o‘g ‘iti bilan oziqlantirilsa, yuqori hosil yetishtirish mumkin bo‘ladi. Masxar dehqonchilik borasida vaqtli ekiladigan o ‘simliklar turlariga kiradi. Professor D. Yormatovaning yozishicha, uning ildizlari baquw at bo‘lgani bois tuproqning 2,5-3 metr pastidan namni o ‘zlashtirib, о ‘simlik rivojlanishi uchun sharoit yaratadi, namni juda tejab sarflaydi. 0 ‘simlik gullagan vaqtida havo nam bo‘lib, yomg‘ir ko‘p yog‘sa, uning changlanishi kamayadi. Masxar past haroratga bardosh berish bilan birga issiqqa ham chidamli о‘simlik hisoblanadi. Havo quruq kelsa, garmsel shamollar bo'lsa, gullari urug‘lanmaydi va natijada puch bo‘lib qoladi. 0 ‘simlik suvga ham unchalik talabchan emas. Vegetatsiya davomida 3-4 marta sug'orilsa, uning o‘sishi va rivojlanishi uchun etarli hisoblanadi. Masxar to iiq gullab bo‘lgandan keyin 20-25 kun ichida pishadi. Avvalo, bosh poyaning eng yuqorisidagi, keyin yon shoxlarning savatehalaridagi urug‘lar etiladi. Urug‘lari pishib ketsa ham to‘kilmaydi. Chunki savatcha barglar bilan mahkam o‘ralgan bo‘ladi. Bu hosilni nobud qilmasdan don kombaynlari yordamida yig‘ishtirib olish mikonini beradi. Hosilni yig‘ishtirib olib, uni birdaniga о‘rib yanehish lozim. Agar u avval o ‘rib. keyinroq yanchilsa, savatchalari yerda qolib ketadi va hosil cbo‘g ‘i kamayadi. Agar agrotexnik tadbiriar o‘z vaqtida o'tkazilsa, bo‘yoqli masxar o‘simligi ekilgan maydonning har gektaridan 200 250 kg gacha gul barglari va o‘rtacha 12-15 sentnergacha urug‘ yig‘ishtirib olish mumkin. Download 7.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling