Toshkent farmasevtika instituti sanoat farmatsiyasi fakulteti 101 a guruh talabasi ergasheva rayhonaning fiziologiya odam anatomiyasi bilan fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


Download 1.05 Mb.
Sana13.02.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1192516
Bog'liq
2-mavzu a.nurxo\'jayeva sf 101b

TOSHKENT FARMASEVTIKA INSTITUTI SANOAT FARMATSIYA FAKULTETI SANOAT FARMATSIYA YO’NALISHI Mavzu : Hujayraning fizik-kimyoviy tarkibi. Oqsillar. Uglevodlar. Yog‘lar

BAJARDI : NURXO’JAYEVA A

TEKSHIRDI : SOLIBOYEVA S

Reja:

  • HUJAYRANING FIZIK-KIMYOVIY TARKIBI
  • ORGANIZM UCHUN OQSILLARNING AHAMIYATI
  • UGLEVOD VA YOG’LAR

Hujayrada bir necha tarkibiy kismlar: organoidlar, kiritmalar va boshqalar mavjud. Ular tarkibida turli miqdorda har xil turdagi elementlar va ularning birikmalari, suv, tuzlar, eritmalar, organik moddalar bor. Ular moddalar almashinuvida, turli fiziologik prosesslarda muxim axamiyatga ega. Anorganik tarkib xam hujayra xayotida muxim axamiyatga ega.
Hujayraning tarkibida Mendeleev jadvalidagi 110 elementdan 60 tasi borligi aniqlangan. Jumladan: kislorod(65-70%), azot (8-10%), oltingugurt (15-18%), natriy (1.5-0.4%), kaliy (0.15-0.4%), radiy(0.02-1.0), selen(0.05-0.10), magniy (0.02-0.3%), (0.02-0.3%),kalsiy (0.04-2.0%), temir (0.01-0.15%). Shuningdek, turli xildagi mikroelementlar: Md, J, Cu va boshqalardan umumiy miqdori taxminan 0.01% ni tashkil qiladi. Ular hujayra tarkibida 40 dan ortik sonda uchraydi.
Hujayraning xilma-xil funksiyasini ixtisoslashgan ichki strukturalar — organoidlar bajaradi. Hujayraning universal organoidlari: yadroda — xromosomalar, sitoplazmada — ribosomalar, mitoxondriyalar, endoplazmatik toʻr, Golji kompleksi, lizosomalgr. Ayrim manbalarda hujayra membranasi ham organoidlar qatoriga kiritiladi. Koʻpchilik hujayrada boʻladigan membrana strukturalari — mikronaychalar, mikrofibrillalar hujayra shaklining; hujayra kiritmalari hujayra tarkibining doimiyligini taʼminlash vazifasini bajaradi.
Oqsillar asosan 2 xil guruhga: oddiy va murakkab oqsillarga bo’linadi. Oddiy oqsillar asosan fakat aminokislotalardangina tashkil topgan bo’lsa (qolllagen, elastik, retikulin) murakkab oqsillar bo’lmagan boshqa moddalar bilan birikkan bo’ladi. Masalan: uglevod, temir, yo’, moy va boshqalar. Oqsillarning hujayradagi roli quyidagicha:
1.Signal funksiyasini bajaradi.
2.Ular katalitik xususiyatga ega.
3.Oqsillar hujayrada xarakat vazifasini bajaradi
4.Immunitet funksiyasi
5.Qurilish funksiyasi
Uglevodlar (shakarlar, glitsidlar, carbohydrate) — oqsillar va yogʻlar bilan bir qatorda odam, jonivorlar va oʻsimliklar organizmi hayot faoliyati uchun zarur boʻlgan keng tarqalgan organik birikmalar guruhi. Organizmda moddalar almashinuvi natijasida hosil boʻladigan energiya manbalaridan biri. Xossalariga koʻra, oksialdegidlar va oksiketonlarga yaqin turadi. Uglevodlar asosiy qismining umumiy formulasi CnH2nOn yoki Cp(H2O)p boʻlib, monosaxaridlardan glyukoza (fruktoza) C6H12O6 yoki disaxaridlardan saxaroza C12H22O11 ularga misol boʻla oladi. Oʻsimliklar qattiq moddasi massasining 80% ga yaqini, jonivorlar quruq massasining 2% ga yaqini U.ga toʻgʻri keladi. Oʻsimliklar U.ni anorganik moddalar — karbonat angidrid (СO2) bilan suvdan sintez qiladi. Tirik organizmda U. biologik jarayonlarda energiya manbai, organizm uchun boshqa oraliq yoki oxirgi metabolitlar sintezida xom ashyo rolini o'ynaydi
Yogʻ, moy — organik moddalar; glitserin bilan bir asosli yogʻ kislotalar (triglitseridlar)ning toʻliq murakkab efirlari; lipidlar sinfiga mansub. Uglevodlar va oqsillar bilan bir qatorda Yo. — hayvon, oʻsimlik va mikroorganizmlar xujayrasining asosiy tarkibiy qismlaridan biri. Bular bir xil yoki turli yogʻ kislotalarning radikallari boʻlishi mumkin. Yo. Molekulasida tuyingan yogʻ kislotalardan stearin va palmitin kislotalar koʻproq, toʻyinmagan yogʻ kislotalardan olein, linol va linolen kislotalar uchraydi. Yo.ning fizikkimyoviy va kimyoviy xossalari tarkibidagi toʻyingan va toʻyinmagan yogʻ kislotalar nisbatiga bogʻliq. Yog‘ Suvda erimaydi, organik erituvchilarda yaxshi eriydi, spirtda oz eriydi. Oʻta qizigan bugʻ, mineral kislotalar yoki ishqor taʼsir ettirilganda gidrolizlanib (sovunlanib), glitserin va yogʻ kislotalar yoki ularning tuzlari (sovunlar)ni hosil qiladi. Suv qoʻshib qattiq chayqatilganda emulsiyalar vujudga keladi. Yo.ning barkaror emulsiyasiga sut misol boʻla oladi. Tabiiy Yo. Hayvonlarning yogʻ toʻqimalaridan olinadigan Yog‘lar (qoramol, qoʻy, sut, baliq va b. Yogʻi) va oʻsimlik moylariga boʻlinadi.

E‘tiboringiz uchun rahmat


Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling