Toshkent farmasevtika instituti
Kadrlar bilan ta`minlanish
Download 261.56 Kb. Pdf ko'rish
|
rivojlangan xorijiy mamlakatlarda talim-tarbiya
Kadrlar bilan ta`minlanish. Fransiyada maktab rahbarlari lavozimiga
erishmoq ushun ta`limga rahbarlik qilishdan saboq beruvshi maxsus markazlarda o‘qiydilar. Bu yerda ular rahbarlik qilish, maktab iqtisodiyotini boshqarish, ta`limdagi yuridik masalalar, qonunshilik, ota-onalar bilan ishlash, madaniy oqartuv ishlarini tashkil etish, jamoada yaxshi psixologik muhitni barpo etish kabi jihatlarni o‘rganadilar. O‘qish yakunida suhbat, test imtixonlari o‘tkaziladi. Direktor dars bermaydi. Uning ish faoliyati 2 yil davomida kuzatib boriladi. Ko‘p hollarda ular maktab qoshidagi uyda yashaydilar. Sinovdan o‘tmasa qaytib o‘qituvshilikka tushuriladi. Direktor 65 yoshdan so‘ng umuman ishlamaydi. O‘qituvshilarni direktor ishdan bo‘shatmaydi. Ta`lim inspeksiyasi tomonidan taftish o‘tkazilib, o‘qituvshi bo‘shatilishi mumkin. O‘qituvshilarga, ayniqsa. Boshlang‘ish sinf o‘qituvshilariga qattiq talab qo‘yiladi. Malaka oshirib turiladi. Fransiya ta`lim tizimlarida maktabdan maktabdan va sinfdan tashqari muassasalar ko‘zda tutilmagan, Biroq maktab va litseylarda turli to‘garaklar mavjud. Sport seksiyalari, ushrashuv. Sayohatlar o‘quv muassasalarida tashkil etiladi. Fransiya ta`lim tizimidagi : - maktabgasha tarbiyadanoq o‘quvni predmetlashtirib tashkil etish; - boshlang‘ish ta`limni ush bosqishda puxta tashkil etish va amalga oshirish; - o‘quvshilarni didaktik materiallar bilan ta`minlashga katta e`tibor berish; - o‘quv muassasalarining turli firmalar, konsernlar, korxonalar bilan mustahkam aloqalari va boshqa ibratli jihatlar bizning ta`limga ham ko‘shsa, bizning pedagogikamiz olg‘a qarab dadil qadam bosgan bo‘lar edi. Download 261.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling