Toshkent farmatsevtika instituti ekologiya va mikrobiologiya kafedrasi gigiena fani


Download 5.05 Kb.
Pdf просмотр
bet1/33
Sana06.05.2017
Hajmi5.05 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33


 
O„ZBEKISTON  RESPUBLIKASI SOG„LIQNI SAQLASH 
VAZIRLIGI 
 
 
 
TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI 
 
 
EKOLOGIYA VA MIKROBIOLOGIYA KAFEDRASI 
 
 
 
 
GIGIENA FANI  
 
O„ Q U V –U S L U B I Y    M A J M U A 
 
  
 
                                               
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Toshkent -2016  
 


 
Mazkur o„quv-uslubiy majmua Oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligining 
2016 yil 6 aprelidagi 137-sonli buyrug„i bilan tasdiqlangan o„quv reja va 
dastur asosida tayyorlandi

 
 
 
 
Tuzuvchi:   
 
 
Qodirova D.E 
 
– Ekologiya va mikrobilogiya kafedrasi katta  
o‘qituvchisi, t.f.n. 
Nuralieva X.O 
 
– Ekologiya va mikrobilogiya kafedrasi dotsenti, t.f.n. 
Fayzullaeva Z.R.   
– Ekologiya va mikrobilogiya kafedrasi dotsenti, t.f.n. 
 
 
Taqrizchi:    
 
Saidov S.A.  
 
– Farmakologiya va klinik farmakologiya    
kafedrasi mudiri 
 
Miralimova Sh.M   
–  O‘zRFA Mikrobiologiya instituti katta 
ilmiy xodimi, b.f.n. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
                      
O‘quv -uslubiy majmua  Bosh ilmiy-metodik markaz  Ilmiy-metodik  kengashining 2016  yil 
__________dagi ___-sonli qarori bilan tasdiqqa  tavsiya qilingan.
 
 
  
 


 
MUNDARIJA 
 
I. Ishchi dastur..................................................................................................4 
II. Sillabus........................................................................................................25 
III. Fanni o‗qitishda foydalaniladigan interfaol ta‘lim metodlari....................28 
IV. Nazariy mashg‗ulot materiallari................................................................39 
V.amaliy mashg‗ulot materiallari....................................................................200 
VI. Keys banki......................................................................... ........................247 
VII.mustaqil ta‘lim mavzulari.........................................................................251 
VIII. Testlar.....................................................................................................252 
IX. Glossariy...................................................................................................289 
X.  Adabiyotlar ro‗yxati..................................................................................301 
 
 


 
I. FANNING 
ISHCHI O‟QUV DASTURI 
Kirish 
 
  Farmasevtika  instituti      fakultetlarida  gigiyena  fanini  o‗qitishdan  maqsad,  bo‗lajak 
provizorlarda  gigiyena  asoslarini  ilm  sifatida  shakllantirish,  respublikamiz  aholisini  dori 
preparatlari  bilan  ta‘minlashdagi  muammoli  masalalarni  hal  etishda  bevosita  aloqador 
ekanligini va asosiy o‗rin egallashini tushuntirishdan iborat. Gigiyenaning mazmuni sog‗likni 
saqlash  tizimida  olib  borilayotgan  profilaktik  chora-tadbirlarni  ochib  berish,  aholini 
sog‗lomlashtirish  va  salomatligini  muxofaza  qilish  muammolariga  qaratilgan.  Bu  bo‗lajak 
provizorlarga  dori  preparatlari  va  ularning  shakllanishi,  dorixona  muassasa    va  ishlab 
chiqarish korxonalarida ish  faoliyatlarida profilaktik chora-tadbirlarni ishlab  chiqarishda  fikr 
yuritishda yordam beradi. Usbu maqsadga erishish uchun va o‘quv jarayonini tuzishda ishchi 
dastur  katta  ro‘l  o‘ynaydi.  2016-2017  oquv  yili  uchun  ishlab  chiqilgan  o‘quv  uslubiy 
majmuada  Dade  W.Moeller.  Environmental  Health.  Third  Edition.  London,  England  2005, 
xorijiy adabiyotning 2,3,4,5,6,9,12 bob ma‘lumotlaridan foydalanib mavzulari kiritildi.  
         
Fanning maqsad va vazifalari 
 
         Bu  fanni  o‗qitishdan  maqsad  inson  organizmiga  doimo  ta‘sir  etuvchi  uni  o‗rab 
turgan  atrof  muxit  omillari  havo,suv,  tuproq  va  ish  sharoitlarini  sog‗lomlashtirish  orqali 
insonni  sog‗ligini  muhofaza  qilishdir.  Bunda  tashqi  muhit  omillarining  inson  organizmiga 
ta‘sirini umumiy  qonunlari,  dori  preparatlar ishlab chiqarish  sanoatida  mehnat  sharoitini,  ish 
tartibi va ularga qo‗yiladigan gigienik talablarni o‗rganishdir. Provizorlarning  ish faoliyatida 
dorixona,  dori  preparatlari  tayyorlash  jarayonlaridagi,  dori  va  xom  ashyolarni  saqlashda 
gigiyena fanidan olingan saboqlar muhim ahamiyatga egadir. 
 
Fan bo„yicha talabaning malakasiga qo„yiladigan talablar 
 
Talaba fanni o‗rganish  davomida quyidagi  bilimlarga ega       bo‗lishi kerak; 
- dorixona muassasalarida  inson organizmiga mikroiqlimning  ta‘sirlariga gigiyenik  baho  
berish  to‗g‗risida; 
-  atrof  muhit  omillarining  organizmga  ta‘sir  ko‗rsatish  xususiyatlari,  ijtimoiy    gigienik  
omillar,  eng    asosiy    patologiyalarni    yuzaga    kelishida  atrof    muhitdagi  ayrim  omillarning  
tutgan o‗rni  to‗g‗risida; 
- turli  xildagi  ijtimoiy-gigienik omillar (ovqatlanish, mehnat , turmush sharoitlari, tarbiya 
va    o‗qitish  sharoitlari  va    b.q.)  ga    umumiy    gigienik    ta‘rif  va  ularning  odam    organizmi  
bilan bog‗liqligiga asoslanib, atrof muhitni  sog‗lomlashtirishning  asoslari  to‗g‗risida; 
-    dorixona    muassasalariga    bo‗lgan  gigienik  talablar,  dorixona  muassasalarida  ,  kimyo 
farm    korxonalarida    sanitariya  -  epidemiologiyaga  doir  tartiblarni  tashkil  qilish  va  
xodimlarning  salomatligini saqlashni ta‘minlovchi mehnat  sharoitlarni  baholash to‗g‗risida; 
- turli xildagi aholi toifalari o‗rtasida sanitariya oqartuv ishlarni  olib borish; 
-  kasalliklarning    birlamchi    va    ikkalamchi  profilaktikasi  maqsadida  mehnat  qilish  va 
yashash sharoitlarini sog‗lomlashtirish bo‗yicha  tavsiyalar  ishlab  chiqish to‗g‗risida; 
Talabaning  malakasiga  qo‘yiladigan talablar
-  fizikaviy  va kimyoviy  ta‘sirlarga, dorixonada ishlovchi   xodimlarning  mehnat  faoliyati 
xarakteriga va ish tartibiga  hamda  sharoitiga  gigienik baho berish; 
- ishlab chiqarish zararlariga qarshi kurashning effektiv choralarini; 
- dori tayyorlashda ularni saqlash va tarqatishda sanitar-gigienik qoidalar va epidemiyaga 
qarshi tartib buzilishini aniqlash va ularni bartaraf qilish tadbirlarni ishlab  chishni; 
-  xodimlarning  kasbiy  faoliyatlarini  optimal  sharoit  bilan    ta‘minlashda  kerakli  tadbirlar 
o‗tkazishni; sanitar oqartuv  ishlarni olib borishni bilishlari  kerak. 
Talabaning ko‘nikmasiga  qo‘yilgan talablar
 - mikroiqlim ya‘ni havoning fizik xususiyatlari  ta‘sirlariga gigienik baho berish;   


 
- havoni  kimyoviy ta‘sirlarini aniqlash va gigienik  baho berish hamda zararli moddalarni 
tezlashtirilgan (ekspress) usulda            tekshirish; 
- havoni mikroblar va chang bilan ifloslanganligini  gigienik  baxolash; 
- honalarning isitilishiga,  ventilyasiyasi va yoritilishiga  gigienik baho berish; 
-  suv  sifati,  kimyoviy  tarkibi,  sanitar  bakteriologik  ko‗rsatkichlari,  ularni  tekshirish  
usullari; 
-farmasevtik maqsadda ishlatiladigan suvga gigienik baho  berish; 
-  dorixona  muassasalarini  qurilish  uchun  ajratilgan  er  maydoniga    qo‗yilgan  gigienik  
talablar. 
-  dorixonalarda  dezinfeksiyani  tashkil  etish,  olib  borish  va    sifatini  tekshirish. 
Dezinfeksiyani dorilar  tayyorlashda  va yuqumli  kasalliklarni  oldini olishdagi  ahamiyati. 
-toza  xonalarga,toza  xonalarda  ishlovchi  xodimlar  va  ularning  kiyimlariga  qo`yiladigan 
talablarni bilish. 
- ratsional ovqatlanish va uning gigienik  ahamiyati.  
- ionli   nurlanishning  inson organizmiga  ta‘siri va uni oldini  olish  choralari. Dozimetrik 
asboblar tuzilishi va ish prinsipi bilan tanishish. 
-sog`lom turmush tarzini olib boorish. 
 
O„quv rejadagi boshqa fanlar bilan bog„liqligi  
 Gigiyena  fani  inson  organizmiga  ta‘sir  qiladigan  tashqi  muhit  omillarini  tekshirish, 
o‗rganishda  bir qancha boshqa  fanlar:  fizika, kimyo,  fiziologiya,    mikrobiologiya va boshqa 
fanlar bilan  bog‗langandir.  
       Fizika fani bilan bog‗liqligi: 
-
 
 havoning  temperaturasi,  namligi,  harakati  tezligi,  atmosfera  bosimi,  quyosh 
radiatsiyasi (nurlari), radioaktiv nurlar, shovqin, vibratsiya va boshqalarni  tekshirish kiradi. 
       Mikrobiologiya fani bilan bog‗liqligi: 
-
 
bakteriologik tekshirish uchun havo namunalarini olish; 
-
 
tuproqni bakteriologik tekshirish;  
-
 
suvni sanitar  bakteriologik usullari bilan tekshirish. 
       Kimyo fani bilan bog‗liqligi: 
 -insonni o‗rab turgan atrof muhit  ya‘ni  suv,  havo  va       tuproqning  kimyoviy tarkibini 
o‗rganish; 
Boshqa  ob‘ektlarning    zararli  moddalar  bilan  zararlanganligini    aniqlashda  kimyoviy 
tarkibini o‗rganiladi; 
 
Fanni o„qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar 
 Gigiyena  fanini  o  zlashtirishlari  uchun  o‗qitishning  ilg‗or  va  zamonaviy  usullardan 
foydalanish,  yangi informatsion  pedagogik texnologiyalarni tadbiq  qilish  muhim ahamiyatga 
egadir  .  Fanni  o‗zlashtirishda  darslik,  o‗quv  va  uslubiy  qo‗llanmalar,  ma‘ruza  matnlari, 
tarqatma materiallar, elektron materiallardan foydalaniladi. Ma‘ruza va laboratoriya darslarida 
mos  ravishdagi  ilg‗or  pedagogik  texnologiyalardan  (―Vertushka‖,  ―Aqliy  xujum‖  va 
―Bumerang‖ va hk.) keng foydalaniladi.  
O‘quv jarayoni bilan bo‘liq ta‘lim sifatini belgilovchi holatlar quyidagilar:  yuqori ilmiy-
pedagogic  darajada  dars  berish,  muammoli  ma‘ruzalar  o‘qish,  darslarni  savol-javob  tarzida 
qiziqarli  tashkil  qilish,  ilg‘or  pedogogik  texnologiyalardan  va  multimediya  vositalridan 
foydalanish,  tinglovchilarni  undadigan,  o‘ylantiradigan  muammolarni  ular  oldiga  qo‘yish, 
talabchanlik, tinglovchilar bilan individual ishlash, erkin muloqat yuritishga, ilmiy izlanishga 
jalb qilish. 
―Gigiyena‖  kursini  loyihalashtirishda  quyidagi  asosiy  konseptual  yondashuvlardan 
foydalaniladi: 
Shaxsga yonaltirilgan ta‟lim. Bu ta‘lim o‘z mohiyatiga ko‘ra ta‘lim jarayoninig barcha 
ishtirokchilarini 
tolaqonli 
rivojlantirishlarini 
ko‘zda 
tutadi. 
Bu 
esa 
ta‘limni 
loyhalashtirilayotganda,  albatta,  ma‘lum  bir  ta‘lim  oluvchining  shaxsini  emas,  avvalo 


 
kelgusidagi  mutaxasisslik  faoliyati  bilan  bog‘liq  o‘qish  maqsadlaridan  kelib  chiqqan  holda 
yondashilishni nazarda tutadi. 
Tizimli yondashuv. Ta‘lim texnologiyasi tizimining barcha belgilarini o‘zida mujassam 
etmog‘i  lozim:  jarayonning  mantiqiyligi,  uning  barcha  bo‘g‘imlarini  o‘zaro  bog‘langanligi, 
yaxlitligi. 
Faoliyatga  yo‟naltirilgan  yondashuv.  Shaxsning  jarayonli  sifatlarini  shakllantirishga 
ta‘lim  oluvchining  faoliyatini  aktivlashtirish  va  intensivlashtirish,  o‘quv  jarayonida  uning 
barcha  qobiliyati  va  imkoniyatlari,  tashabbuskorligini  ochishga  yo‘naltirilgan  ta‘limni 
ifodalaydi. 
Dialogic  yondashuv.  Bu  yondashuv  o‘quv  munosabatlarini  yaratish  zaruriyatini 
bildiradi.uning natijasida shaxsning  o‘z-o‘zini faollashtirishi va o‘z-o‘zini ko‘rsata olishi kabi 
ijodiy faoliyati kuchayadi. 
Hamkorlikdagi  ta‟limni  tashkil  etish.  Demokratik,  tenglik,  ta‘lim  beruvchi  va  ta‘lim 
oluvchi  faoliyat    mazmunini  shakllantirishda  va  erishilgan  natijalarni  baholashda  birgalikda 
ishlashni joriy etishga e‘tiborni qaratish zarurlugini bildiradi. 
Muammoli  ta‟lim.  Ta‘lim  mazmunini  muammoli  tarzda  taqdim  qilish  orqali  ta‘lim 
oluvchi  faoliyatini  aktivlashtirish  usullaridan  biri.  Bunda  ilmiy  bilimni  ob‘ektiv  qarama-
qarshiligi  va uni  hal etish usullarini,  dialektik mushohadani  shakllantirish  va rivojlantirishni, 
amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo‘llashni mustaqil ijodiy faoliyati ta‘minlanadi. 
Axborotni  taqdim  qilishni  zamonaviy  vositalarini  va  usullarini  qo‟llash-  yangi 
kompuyter va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayoniga qo‘llash.  
O‟qitishning usullari va texnikasi. Ma‘ruza (kirish, mavzuga oid vizuallash), muammoli 
ta‘lim, keys-stadi, pinbord, paradox va loyihalash usullari, amaliy ishlar. 
O‟qitishni  tashkil  etish  shakllari:  diolog,  polilog,  muloqot  hamkorlik  va  o‘zaro 
o‘rganishga asoslangan frontal kollektiv va guruh.   
O‟qitish  vositalari:o‘qitishning  an‘anaviy  shakllari  (darslik  ma‘ruza  matni)  bilan  bir 
qatorda-kompyuter va axborot texnologiyalari. 
Kommunikatsiya  usullari:  tinglovchilar  bilan  operativ  teskari  aloqaga  asoslangan 
bevosita o‘zaro munosabatlar. 
Teskari  aloqa  usullari  va  vositalari:  kuzatish,  blits-  so‘rov,  oraliq  va  joriy  va 
yakunlovchi nazorat natijalarni tahlili asosida o‘qitish diagnostikasi.  
Boshqarish  usullari  va  vositalari:  o‘quv  mashg‘uloti  bosqichlarini  belgilab  beruvchi 
texnologik  karta  ko‘rinishidagi  oquv  mashg‘ulotlarini  rejalashtirish,  qo‘yilgan  maqsadga 
erishishda  o‘qituvchi  va  tinglovchining  birgalikdagi  harakati,  nafaqat  auditoriya 
mashg‘ulotlari, balki auditoriyadan tashqri mustaqil ishlarning nazorati. 
Monitoring  va  baholash:o‘quv  mashg‘ulotida  ham  butun  kurs  davomida  ham 
oqitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib boorish. Kurs oxirida test topshiriqlari yoki yozma 
ish variantlari yordamida tinglovchilarning bilimlari baholanadi. 
“Gigiyena” fanidan mashg‟ulotlarning mavzular va soatlar bo‟yicha taqsimlanishi: 
Kasb ta‟limi, farmasiya (farmasevtika ishi, klinik farmatsiya, farmasevtik taxlil.) 
 
t/r 
Mavzular nomi 
Jami 
soat 
Ma‘-
ruza 
Amaliy 
mash-g‘ulot 
Mus-
taqil 
ta‘lim 

Zamonaviy  gigiyena  va  uning  farmatsevtikadagi 
o‗rni.  To`g`ri  ishlab  chiqarish  qoidalari.  Gigiyena 
fanining  maqsad  vazifalari,  gigiyenada  tekshirish 
usullari. 





Ovqatlanish 
salomatlik 
omili. 
Shaxsiy  
ovqatlanishning 
adekvatligini 
o‗rganish. 
Organizmning  vitaminlar  bilan  ta`minlanganligini  
baholash..  





Ovqatdan zaxarlanishlar va ularning profilaktikasi.     






 

Mexnat 
gigiyenasining 
umumiy 
asoslari 
va 
mehnatni  muxofaza  qilish  .  Kasb  kasalliklari    va 
ularni  oldini  olish.Ishchilar  organizmiga  shovqin,  
tebranishning ta`siri. 





Ishlab  chiqarish  muhitidagi  fizikaviy  va  biologik 
omillar.  Ishlab  chiqarish  muhiti  havosida  changni  
aniqlash va baholash. 



 

Sanoat  toksikologiyasi.Kimyoviy  birikmalar  bilan 
ishlashda  mexnat  gigiyenasi.  Ishlab  chiqarish 
muhiti havosida  kimyoviy  birikmalarni aniqlash  va 
baholash.           





Dorixona    gigiyenasining  umumiy  asoslari.  Loyiha 
materiallari  bo‗yicha  dorixona  muassasalariga 
bo‗lgan 
gigiyenik 
talablar 
va 
ularni 
baholash.Dorixona 
xonalari 
yoritilganligining 
ahamiyati. 





Kimyo-farmatsevtika  korxonalarida  yoritilganlik, 
havo  almashinuvi  va  xonalar  havosining  mikroblar 
bilan ifloslanganligi. 



 

Kimyo-farmatsevtika korxonalarida ishchi xodimlar 
gigiyenasi  va  toza  xonalarga  qo`yiladigan  gigienik 
talablar.. 




10 
Radiatsion  gigiyena    va  uni  radiofarm  preparatlar 
ishlab 
chiqarishdagi 
ahamiyati.Ionlantiruvchi 
nurlanish 
manbalaridan 
foydalanilgandagi 
dozimetrik 
va 
radiometrik 
nazorat.INMdan 
foydalanilganda xodimlarni ximoyalash prinsiplari. 




11 
Galen,  neogalen  preparatlar  va  tayyor  dorivor 
shakllarni ishlab chiqarishda mehnat gigiyenasi. 



 
12 
Antibiotiklar   ishlab chiqarishda mehnat gigiyenasi 
va sog‗lomlashtirish tadbirlari. 




13 
Inson 
salomatligi,  havo 
muhiti 
va 
quyosh 
radiatsiyasining    ahamiyati.  Dorixona  xonalari 
mikroiqlimining ahamiyati. 



 
14 
Tuproq   tashqi  muhit omili.
 Tuproqni tekshirish  va 
unga gigiyenik baho berish.
 



 
15 
Suv  salomatlik  omili  .
 
Ichimlik  suvi  sifatini 
yaxshilash usullari
.
 




16 
Farmatsevtika 
sohasida 
qo`llaniladigan 
suvga 
gigiyenik talablar. 




17 
Bolalar  va  o‗smirlar  gigiyenasi  Bolalar  va 
o‗smirlarning  jismoniy  rivojlanishini  tekshirish  va 
baholash
 
 



 
18 
Sog‗lom  turmush  tarzining    gigiyenik  asoslari  . 
SHaxsiy  gigiyena    asoslari  va  sog‗lom  turmush 
tarzini shakllantirishning   muammolari 




jami 
121 
36 
36 
49 
 
Asosiy qism: Fanning uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi 
Fanning  mavzulari    mantiqiy  ketma-ketlikda  keltiriladi.  Xar  bir  mavzuning  mohiyati 
asosiy  tushunchalar  orqali  ochib  berilgan.  Bunda  mavzu  bo‘yicha    talabalarga  DTS  asosida 
etkazilishi  zarur  bo‘lgan  bilim  va  ko‘nikmalar  to‘la  qamrab  olingan.  Tashqi  muhit 


 
omillarining  odam  organizmiga  ta‘sirining  umumiy  qonunlarini,  kimyofarmatsevtik 
preparatlar  ishlab  chiqarish  sanoatida  mehnat  sharoitini,  ish  tartibini  va  ularga  qo‗yiladigan 
gigienik  talablar  ,  sog‗liqni  saqlash  tizimida,  xususan  farmatsiya  yo‗nalishida  olib 
borilayotgan  profilaktik  chora  tadbirlar  ,  aholini  sog‗lomlashtirish  muammolari  haqida  fikr 
yuritiladi.  Talabalar  gigiyena  fanining  amaliy  va  nazariy  taraflari  bilan  tanishib,  amaliy 
qismida atrof muhitga gigienik tavsif berish, tashqi muhit omillarining umumnazariy gigienik 
asoslarini o‗rganadilar. 
 
Ma‟ruza mashg‟ulotlari 
Zamonaviy gigiyena va uning farmatsevtikadagi o„rni. To`g`ri ishlab chiqarish 
qoidalari
 
Gigiyena fani, uning asoslari, fanning maqsadi va vazifalari, rivojlanish tarixi,  gigiyenada 
mavjud  bo‗lgan  tekshirish  usullari.  Zamonaviy  gigiyenaning  muammolari.  Provizor 
farmasevtlar ish faoliyatida gigiyena fanining mohiyati. To`g`ri ishlab chiqarish qoidalari. 
 
Qo‘llaniladigan  ta‘lim  texnologiyalari:  diologik  yondashuv,  muammoli  ta’lim,  klaster, 
aqliy xujum,  o’z-o’zini nazorat. 
Adabiyotlar:  (I.1; I.2; I.4;  II. 1). 
 
Ovqatlanish salomatlik omiliOvqatdan zaxarlanishlar va ularning profilaktikasi. 
Ovqatlanish – inson salomatligini belgilovchi asosiy omildir. Oqilona ovqatlanish va unga 
qo‗yiladigan  gigienik  talablar.  Ovqat  tarkibidagi  asosiy  ozuqa  moddalar  va  ularning 
ahamiyati. 
Ovqatlanishning 
fiziologik 
meyorlari, 
shaxsiy 
ovqatlanishning 
adekvatligi.Ovqatlanish  va  ovqat  tarkibi  bilan  bog`liq  bo`lgan  kasalliklar.  Ovqatdan 
zaxarlanishlarning etiologiyasi va oziq – ovqatdan zaxarlanishlarning klinikasi va  oldini olish 
choralari. 
Qo‘llaniladigan  ta‘lim  texnologiyalari:  diologik  yondashuv,  muammoli  ta’lim,  klaster, 
aqliy xujum, blits, o’z-o’zini nazorat. 
Adabiyotlar:. (I 1; I.2; I.3. I.4;  II.1. II.4;). 
 
Mexnat gigiyenasining umumiy asoslari va mehnatni muxofaza qilish 
Mexnat  gigiyenasining  predmeti,vazifalari,  ishlab  chiqarishda  insonlarning  mehnat 
sharoitlariga  gigiyenik  tavsif  va  ularga  ta‘sir  etuvchi  asosiy    zararli  omillar,  ularning 
rejasi.Inson  mehnat  faoliyatida  organizmda  kuzatiladigan  fiziologik  siljishlar  va  ularni  
tekshirish usullari. Ish jarayonida organizmidagi fiziologik o‗zgarishlar, toliqish, o‗ta toliqish,  
uning  sabablari  va  oldini  olish  choralari.  Asosiy  kasb  zararlari  tavsifi  va  ularning 
profilaktikasi. 
Ish jarayonidagi psixo-fiziologik faktorlarning umumiy tavsifi. 
Qo‘llaniladigan  ta‘lim  texnologiyalari:  diologik  yondashuv,  muammoli  ta’lim,  klaster, 
aqliy xujum, blits, o’z-o’zini nazorat. 
Adabiyotlar: (I.1; I.2; I.4;  II.1; 4). 
Ishlab chiqarish muhitidagi fizikaviy va biologik omillar 
 
Asosiy  fizikaviy  omillar  chang,  shovqin,    vibratsiyaga  tavsif.  .CHang  va  uning  tasnifi. 
Shovqin,  vibratsiya,  changing  salbiy  tasiri  va  ular  orqali  kelib  chiqadigan  kasb  kasalliklari, 
ularning    oldini  olish    chora  tadbirlari.    Ishlab  chiqarish  muhitidagi  biologik  omillarning 
salbiy tasirlari va ularning oldini olish. 
Qo‘llaniladigan  ta‘lim  texnologiyalari:  diologik  yondashuv,  muammoli  ta’lim,  klaster, 
aqliy xujum, blits, o’z-o’zini nazorat. 
Adabiyotlar:  ( I 1; I.2; I.4;  II 1; II.3). 
 
Sanoat toksikologiyasi. Kimyoviy birikmalar bilan ishlashda mexnat gigiyenasi 


 
 
Sanoatda kimyoviy birikmalarning zaharli  ta‘siri, o‗tkir va surunkali zaharlanishlar. Atrof 
muhitni  ifloslovchi  asosiy  kimyoviy  birikmalar  va  qishloq  xo‗jaligida  qo‗llaniladigan 
kimyoviy  birikmalar  ya‘ni  pestitsidlarga  tarif.  Ularning  tasnifi,  ular  bilan    atrof  muhit 
ob‘ektlarining  ifloslanishi  jumladan  insonlarning  kimyoviy  birikmalar  bilan  zaxarlanishi  va 
ularning  oldini  olish  chora-tadbirlari.  Ishlab  chiqarish  korxonalarida  kimyoviy  birikmalar 
bilan ishlashda gigiyenik talablarga rioya qilish. 
Qo‘llaniladigan  ta‘lim  texnologiyalari:  diologik  yondashuv,  muammoli  ta’lim,  klaster, 
aqliy xujum, blits, o’z-o’zini nazorat. 
Adabiyotlar:  (I.2; I.4;  II. 3.). 
 


Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling