Toshkent farmatsevtika instituti ekologiya va mikrobiologiya kafedrasi gigiena fani


qilinmaydi, baholash faqatgina institut hududida, ajratilgan xonalarda


Download 5.05 Kb.
Pdf просмотр
bet4/33
Sana06.05.2017
Hajmi5.05 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33

qilinmaydi, baholash faqatgina institut hududida, ajratilgan xonalarda va 
dars  davomida  amalga  oshiriladi.    Elektron  pochtani  ochish  vaqti  soat  15.00 
dan 20.00 gacha. 
 
Fan mavzulari va unga ajratilgan saotlar taqsimoti: 
 
№ 
Mavzular 
Ma‘ruz

Amaliy 
(seminar

Mustaqil 
ish 
1. 
Zamonaviy  gigiyena  va  uning  farmatsevtikadagi  o‗rni. 
To`g`ri ishlab chiqarish qoidalari. Gigiyena fanining maqsad 
vazifalari, gigiyenada tekshirish usullari. 



2. 
Ovqatlanish  salomatlik  omili.  SHaxsiy    ovqatlanishning 
adekvatligini  o‗rganish.  Organizmning  vitaminlar  bilan 
ta`minlanganligini  baholash..  



3. 
Ovqatdan zaxarlanishlar va ularning profilaktikasi.     



4. 
Mexnat  gigiyenasining  umumiy  asoslari  va  mehnatni 
muxofaza  qilish  .  Kasb  kasalliklari    va  ularni  oldini 
olish.Ishchilar organizmiga shovqin,  tebranishning ta`siri. 



5. 
Ishlab  chiqarish  muhitidagi  fizikaviy  va  biologik  omillar. 
Ishlab  chiqarish  muhiti  havosida  changni    aniqlash  va 
baholash. 


 
6. 
Sanoat  toksikologiyasi.Kimyoviy  birikmalar  bilan  ishlashda 
mexnat  gigiyenasi.  Ishlab  chiqarish  muhiti  havosida 
kimyoviy birikmalarni aniqlash va baholash.           



7. 
Dorixona    gigiyenasining  umumiy  asoslari.  Loyiha 
materiallari  bo‗yicha  dorixona  muassasalariga  bo‗lgan 
gigiyenik  talablar  va  ularni  baholash.Dorixona  xonalari 
yoritilganligining ahamiyati. 



8. 
Kimyo-farmatsevtika  korxonalarida  yoritilganlik,  havo 
almashinuvi  va  xonalar  havosining  mikroblar  bilan 
ifloslanganligi. 


 
9. 
Kimyo-farmatsevtika 
korxonalarida 
ishchi 
xodimlar 
gigiyenasi va toza xonalarga qo`yiladigan gigienik talablar.. 



10. 
Radiatsion  gigiyena    va  uni  radiofarm  preparatlar  ishlab 
chiqarishdagi 
ahamiyati.Ionlantiruvchi 
nurlanish 
manbalaridan  foydalanilgandagi  dozimetrik  va  radiometrik 
nazorat.INMdan  foydalanilganda  xodimlarni  ximoyalash 
prinsiplari. 



11 
Galen,  neogalen  preparatlar  va  tayyor  dorivor  shakllarni 
ishlab chiqarishda mehnat gigiyenasi. 

 
 
12 
Antibiotiklar      ishlab  chiqarishda  mehnat  gigiyenasi  va 
sog‗lomlashtirish tadbirlari. 



13 
Inson  salomatligi,  havo  muhiti  va  quyosh  radiatsiyasining  
ahamiyati. Dorixona xonalari mikroiqlimining ahamiyati. 


 
14 
Tuproq    tashqi  muhit  omili.
  Tuproqni  tekshirish  va  unga 
gigiyenik baho berish.
 


 
15 
Suv  salomatlik  omili  .
 
Ichimlik  suvi  sifatini  yaxshilash 
usullari
.
 




24 
 
16 
Farmatsevtika  sohasida  qo`llaniladigan  suvga  gigiyenik 
talablar. 



17 
Bolalar  va  o‗smirlar  gigiyenasi  Bolalar  va  o‗smirlarning 
jismoniy rivojlanishini tekshirish va baholash
 
 


 
18 
Sog‗lom  turmush  tarzining    gigiyenik  asoslari  .  SHaxsiy 
gigiyena 
 
asoslari 
va 
sog‗lom 
turmush  tarzini 
shakllantirishning   muammolari 



Jami 
36 
36 
49 
 
 
Talabalar bilimini baholash tizimi: 
 
t/r 
Nazorat turidagi topshiriqlarning nomlanishi 
Maksimal yig„ish 
mumkin bo„lgan 
ball 
JN va ON ballar 
taqsimoti 
I. Joriy nazoratdagi ballar taqsimoti  
50 ball 
 
 
Ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarda 
Maksimal ball  
 
 
1. 
Talabaning  ma‘ruza  va  amaliy  mashg‗ulotlardagi 
faolligi  va  o‗zlashtirish  darajasi,  daftarlarning 
yuritilishi va holati 
45 
 
 
2. 
Mustaqil  ta‘lim  topshiriqlarining  o‗z  vaqtida  va 
sifatli  bajarilishi    referat,  taqdimot  va  boshqa 
turdagi mustaqil ta‘lim topshiriqlari) 

 
 
II. Oraliq nazorat 
20 ball 
 
 
 
 
 
 
 
Oraliq nazorat (ma‘ruzachi  o‗qituvchisi tomonidan 
qabul qilinadi). 
 
20 
Semestrning  
10-11 haftalar 
oralig‗ida 
III. YAkuniy nazorat 
30 ball 
Semestrning 
oxirgi  haftasida 
Jami: 
100 ball 
 
 
Asosiy adabiyotlar: 
1.Nurmuxamedova M.X., Nazarova X.A. Gigiena. ―O‗zR 
Fanlar akademiyasi‖ nashriyoti. T., 2007 y. 
2.Fayzullaeva Z.R., Qodirova D.E., Ataulaeva S.G‗.  Gigiena. 
―YAngi nashr‖ nashriyoti. T. ,  2011 y. 
3. Solixo‗jaev S.S., Do‗stjanov B.A. Umumiy gigiena. T., 
1996 y. 
 
Qo‗shimcha adabiyotlar: 
 
1. Duschanov B.A., Iskandarova SH.T. Umumiy gigiena 
―YAngi          avlod‖ nashriyoti. T., 2009 y. 
2. Solixo‗jaev S.S., Gigiena. T., 1992 y. 
3. Baltaeva K.SH., Iskandarova SH.T.,Tadjibaeva N.S.,  
Xasanova M.  Sanoat gigienasi va sanitariyasi. T.   2010 y. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

25 
 
 
III. MODULNI O‟QITISHDA FOYDALANILADIGAN INTERFAOL TA‟LIM 
USULLARI.  
 
             Interfaol  usul  –  ta‘lim  jarayonida  talabalar  hamda  professor-o‗qituvchi 
o‗rtasidagi  faollikni  oshirish  orqali  talabalarning  bilimlarni  o‗zlashtirishini  faollashtirish, 
shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. ―Interaktiv‖ (interfaol)-inglizcha so‗z bo‗lib, 
―interact‖-  ―inter‖-bu  o‗zaro,  ―act‖-bu  ―harakat  qilmoq‖  ma‘nosini  anglatadi. 
Umumlatirganda  esa  ―Interaktiv‖  (interfaol)  –―o‗zaro  harakat  qilmoq‖  ma‘nosini  anglatadi. 
Interfaol  ta‘lim  bu:  -strategiya  va  metodologiya;  -doimiy  muloqotga  asoslangan  metodlar 
tizimi;  -  birgalikdagi  o‗qish  va  faol  ishtirok  etishdir.  Interfaol  ta‘limning  asosiy  mezonlari: 
norasmiy  bahs-muno‗zaralar  o‗tkazish,  o‗quv  materialini  erkin  bayon  etish  va  ifodalash 
imkoniyati,  ma‘ruzalar  soni  kamligi,  lekin  seminarlar  soni  ko‗pligi,  talabalar  tashabbus 
ko‗rsatishlariga imkoniyatlar yaratilishi, kichik guruh, katta guruh, sinf jamoasi bo‗lib ishlash 
uchun  topshiriqlar  berish,  yozma  ishlar  bajarish  va  boshqa  metodlardan  iborat  bo‗lib,  ular 
ta‘lim-tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda o‗ziga xos ahamiyatga ega.  
Modullarni o‟qitishda   Interfaol usullarni qo„llashdan maqsad: 
-talabalarning amaliy mashg‗ulotlarda ishtirok etish darajasini oshirish. 
- talabalarning bir-biridan o‗rganishga imkon berish. 
-  guruxlarda  o‗qitish  jarayonini  kuchaytirish  va  talabalarni  shu  fanga  bo‗lgan  qiziqishini 
orttirish. 
-  mavzularga  mos  bo‗lgan  Yangi  interfaol  usullarni  tanlay  bilish  (reja  asosida)  va 
mashg‗ulotlarni qiziqarli o‗tkazishga erishish. 
       Gigiena fanidan amaliy mashg‗ulotlarda quyidagi interfaol usullar ―Miyaga xujum‖, ―Stol 
o‗rtasida  ruchka‖,  ―Kim  ko‗proq,  Kim  tezroq‖,―Dumaloq  stol‖,  ―  Bo‗sh  xalqa  (Kuchsiz 
zveno)‖,  ―Diskussiya‖,  ―Qorbo‗ron‖,  ―Qopdagi    mushuk‖  usuli  va  vaziyatli  masalalar 
qo‗llaniladi. 
«MIYAGA XUJUM » USULI 
Bu usulda dastlab o‗qituvchi amaliy mashg‗ulotga tayyorlanib kelgan talabalarni aniqlaydi va 
o‗qituvchi  savol  beradi  –  talaba  javob  beradi,  o‗qituvchi  javobga  qoniqmasa,  navbatdagi 
talabaga  savolni  takrorlaydi  –  javob  to‗g‗ri,  aniq,  bo‗lgunga  qadar  o‗rtaga  tashlangan 
jumboqli savol takrorlanaveradi. 
Masalan:  ―SHahsiy  tarzda  ovqatlanishning  adekvatligini  o‗rganish  va  baholash‖  mavzusida 
o‗qituvchi tomonidan 4-5 ta savol (talabalarning tayyorgarligiga qarab) beriladi: 
1. Ratsional ovqatlanishga ta‘rif. 
2. Ovqat ratsioniga qo‗yiladigan gigienik talablar 
3. Ovqatlanishning fiziologik me‘yorlari 
4. Taomnoma nima 
5.  Oziq-ovqat mahsulotlaridagi ozuqali moddalarning gigienik ahamiyati. 
O‗qituvchi guruhdagi har bir talabaning muhokamada ishtirokini kuzatib boradi – talaba 3 ta 
savolga  javob  bera  olmasa,  eng  past  ball  beriladi  –  amaliy  mashg‗ulotning  nazariy  qismini 
o‗zlashtirmagan  talaba  sifatida  savol-javoblarda  qatnashmaydi,  ammo  amaliyotni  bajarishda 
ishtirok etadi. 
Bu usulning ahamiyatli tomoni shundaki, qisqa vaqt ichida guruxdan ko‗p miqdordagi javob 
variantlarini  olish,  talabalar    bilimini  aniqlash,  ulardan  kutilmaganda  so‗rash  oqibatida 
mashg‗ulotga  tayyorgarlik  darajasini  bilish,  xotirada  fan  bo‗yicha  saqlanib  qolgan  barcha 
bilimlarni aniqlash imkoni tug‗iladi. 
Talabalar  tomonidan  berilgan  barcha  javoblar,  ma‘nosi  va  mazmunidan  qat‘iy  nazar, 
muhokama  qilinadi.  Barcha  talabalar  o‗z  fikrlarini  aytadilar,  o‗qituvchi  tomonidan  yuqori 
kasbiy  va  pedagogik  mahorat  bilan  yo‗naltirilgan  savol-javoblar,  bahs-munozarada  haqiqat 
qaror  topadi,  kuchli  nazariy  bilim  va  tayyorgarlikka  ega  talabaning  yuqori  ball  to‗play 
olishiga erishiladi, shuningdek tayyorgarligi past talaba ham ko‗plab bilimlarni o‗z xotirasida 
saqlab qolishiga erishiladi 

26 
 
 
 “S T O L   U S T I D A   R U CH K A”   U S U L I 
Tahsil  olayotgan  gurux  talabalari  2  ta  kichik  guruxlarga  ajratiladi.  Har  bir  kichik  guruxga 
1tadan    savol  yozilgan  qog‗oz  beriladi  va  talabalar  qog‗ozga  ism  shariflarini  yozib,  javob 
variantlarini yozadilar. O‗qituvchi mashg‗ulotni diqqat bilan kuzatadi, agar talaba qog‗ozdagi 
savolga  javobni  bilmasa,  qo‗lidagi  ruchkani  stol  o‗rtasiga  qo‗yadi.  Boshqa  talaba  javob 
berishga  kirishadi  va  hokazo.  Talaba  javob  bera  olmay  o‗z  ruchkasini  stol  o‗rtsiga  3  marta 
qo‗ysa,  amaliy  mashg‗ulotning  nazariy  qismini  o‗zlashtirmagan  talaba  sifatida  savol-
javoblarda qatnashmaydi, ammo amaliyotni bajarishda ishtirok etadi, mashg‗ulotning nazariy 
qismidan ball olib bilmaydi. Bu usulda bitta guruxga 5-6 ta savol yozilgan qog‗oz beriladi va 
barcha qog‗ozlarga talabalar ism shariflarini va javobni yozadilar. 
Masalan: ―Kimyo-farmatsevtika korxonalarida yoritilganlikni va havo almashinuvini gigienik 
baholash.‖ mavzusi bo‗yicha savollar: 
1 . YOrug‗lik koeffitsienti deb nimaga aytidadi, me‘yori. 
2. Tabiiy yorug‗lik koeffitsenti nima.  
3. YOrug‗lik tushushish va tuynuk burchaklari, uning me‘yori 
4. Sun‘iy yoritilganlik  
5. Havo almashinuv karraligi deb nimaga aytiladi 
6. Tabiiy va sun‘iy ventilyasiya, ularning turlari  
 
“D U M A L O Q   S T O L”  U S U L I 
Stol  ustiga  vaziyatli  masala  (mavzuga  oid  savol)  yozilgan  qog‗oz  tashlanadi.  har  bir  talaba 
o‗zining javob variantini yozib boshqa talabaga qog‗ozni uzatadi. Hamma o‗z javobini yozib 
bo‗lgandan  keyin  tahlil  qilinadi:  noto‗g‗ri  javoblar  o‗chirilib,  to‗g‗ri  javoblar  muhokama 
qilinadi, talabalar bilim darajasi baholanadi. Bu usul nafaqat yozma, balki og‗zaki holda ham 
olib borilishi mumkin. O‗qituvchi tomonidan savol to‗liq va aniq berilishi lozim. 
Masalan: ―Bolalar va o‗smirlar gigienasi‖ mavzusi bo‗yicha savollar quyidagicha: 
1. Bolalar va o‗smirlar gigienasi fanining maqsadi va vazifalari 
2. Somatotropik ko‗rsatkichlar  
3. Fiziometrik ko‗rsatkichlara va ularni aniqlash tartibi 
4.  Somatoskopik ko‗rsatkichlar 
5. Bolalarning va o‗smirlaryosh guruxlari yoki davrlari 
6. Bolalar salomatligiga ta‘sir qiluvchi omillar 
7. Bolalar va o‗smirlar gigienasi qanday bo‗limlardan tashkil topgan. 
8. Bolalarni tibbiy ko‗rikdan o‗tkazish vaqti 
9. Skolioz turlari 
10. Bolalar kun tartibining o‗ziga xos xususiyatlari 
 
“K I M   K O„ P R O Q,   K I M   T E Z R O Q”   U S U L I 
Bu  usul  ―Miya  shturmi‖  usuliga  o‗xshash  bo‗lib,  bunda  o‗qituvchi  talabalarga  mavzuga  oid 
savol beradi. Qaysi talaba berilgan savolga javob berish uchun  birinchi bo‗lib qo‗l ko‗tarsa va 
to‗g‗ri  javobni  aytsa,  maqsadga  muvofiq  hisoblanadi.  Darsga  tayyor  talabalar  3-5  marta 
birinchi bo‗lib qo‗l ko‗tarib, to‗g‗ri javob berishsa, ular yuqori ball bilan baholanadilar. 
Masalan: ―Dorixona xonalarining bakterial ifloslanishi  ‖ mavzusi bo‗yicha savollar: 
1. Mehnat gigienasi o‗rganadigan masalalar 
2. Kasb tufayli salbiy ta‘sir etuvchi omillar. 
3. Ishchi va xizmatchilarga tibbiy yordamni tashkil qilish 
4. Tibbiy ko‗rik turlari. 
5. Kasbga oid kasalliklar. 
“D I S K U S S I YA”   U S U L I 
Guruxda  ikki  nafar  sardor  tanlanadi.  Har  bir  sardor  o‗zining  kichik  guruxiga  talabalar 
o‗rtasidan talaba tanlaydi - 2 ta kichik gurux ajralgach, har bir kichik gurux talabasi o‗ziga 2 - 
kichik  guruxdan  raqib  tanlaydi.  Bu  usulda  talabalar  o‗zaro  bir-birlariga  mavzuga  oid  savol 

27 
 
beradilar  va  raqibi  tomonidan  berilgan  savollarga  javob  beradilar.  O‗qituvchi  mashg‗ulotni 
diqqat  bilan  kuzatadi,  chunki  har  bir  savol  muammoli,  jumboqli,  mavzuga  oid  va  qiziqarli 
bo‗lishi, berilayotgan javoblar to‗g‗ri, aniq, ravshan bo‗lishi kerak. 
Masalan: ―Ishlab chiqarish  muxiti kimyoviy  omillarining gigienik tasnifi‖  mavzusi bo‗yicha 
savollar: 
1. Zaxarlilik darajasi bo‗yicha kimyoviy omillarning turlari 
2. Kimyoviy birikmalarning spetsifik va nospetsifik ta‘siri 
3. Pestitsidlarning qo‗llanilishiga qarab turlari 
            4. Pestitsidlarning profilaktikasi 
 
BO„SH HALQA» (KUCHSIZ ZVENO) USULI 
Bu  usul  yordamida  talaba  amaliy  mashg‗ulotning  nazariy  qismiga  tayyorgarligi 
aniqlanadi va baholanadi. Buning uchun nazariy qismi 8 turga bo‗linadi, birinchi va ikkinchi 
turga «0» ball beriladi, qolgan turlarga esa darsning nazariy qismiga ajratilgan ballar bo‗linib 
yoziladi. Agar talaba I  va II turdan «0» ball olsa keyingi turga qo‗yilmaydi, bundan tashqari 
o‗yin davomida ikkita «0» ball olsa ham o‗yindan chiqariladi va shu vaqtgacha olingan balli 
qo‗yiladi.  O‗yinni  o‗tkazish  uchun  shu  mavzu  bo‗yicha  savollar  va  optimal  javoblar 
tayyorlanadi. Savol-javoblar qisqa, aniq to‗g‗ri, lo‗nda bo‗lishi kerak.  
O‗yinni o‗tkazish vaqtida guruhning 1 ta talabasi «hisobchi» vazifasini bajaradi, ya‘ni 
sinf taxtasiga yozilgan familiyalar qarshisiga «+», «-» belgisini qo‗yib boradi. Bu talaba o‗yin 
oxirida savollarga javob beradi. 
O‗yin  tugagach  bayonnoma  yoziladi  va  unga  domla  hamda  guruh  starostasi  imzo 
qo‗yadi. 
«Bo„sh halqa» usuli quyidagi mavzularda qo„llaniladi: 
Mashg„ulot mavzusi: Xona mikroiqlimiga gigienik baho berish. 
Savollar 
1. Xona haroratini o‗lchovchi asboblar va ularning turlari 
2. Xona namligini o‗lchovchi asboblar va ularning turlari 
3. Havo harakatini o‗lchovchi asboblar va ularning turlari 
4. Atmosfera bosimini o‗lchovchi asboblar va ularning turlari 
5. Xona yorug‗ligini o‗lchovchi asbobning nomini ayting 
6. Xona havosi tarkibidagi SO
2
 miqdorini aniqlash usullari 
7. Xona harorati pol sathidan necha sm balandlikda va nechta nuqtada o‗lchanadi 
8. Absolyut havo namligi deb nimaga aytiladi 
9. Maksimal havo namligi deb nimaga aytiladi 
10. Nisbiy namlik deb nimaga aytiladi 
11. Havoning kichik harakat tezligi qaysi asbobda aniqlanadi 
12. Palatalarda xona harorati necha gradus bo‗lishi kerak 
13. Chala tug‗ilgan bolalar uchun ajratilgan xonalardagi t-necha gradus bo‗lishi kerak 
14. Nisbiy namlikning me‘yorini ayting 
15. Psixrometrlar yordamida qaysi namlik aniqlanadi 
16. Gigrograf qanday asbob 
17. Havo harakatining  me‘yori qancha   
18. Atmosfera bosimining me‘yorini ayting 
19. Uglerod (IV) –oksidi qanday gaz 
20. Xona havosi tarkibidagi SO
2
 ning miqdori 
21. YOrug‗lik koeffitsienti deb nimaga aytiladi 
22. Tabiiy yorug‗lik koeffitsienti deb nimaga aytiladi 
23. Yorug‗lik tushish burchagining ko‗rsatkichi necha gradusdan kam bo‗lmasligi kerak 
24. Ko‗z o‗tkirligi deb nimaga aytiladi 
25. Tabiiy yorug‗likning organizmga ijobiy ta‘siri 
26. SO
2
 gazining havodagi odam uchun xavfli bo‗lgan konsentratsiyasi  
27. Tashqi muhit haroratini uzlyuksiz, ob‘ektiv belgilab turish uchun ishlatiladigan asbob 

28 
 
28. Qaysi holda bosim pasayadi? 
29. Havoni fizik hossalarini aniqlovchi ko‗rsatkichlar 
 
 
“QOPDAGI  MUSHUK” USULI
 
   Ish  uchun   zarur: 
1.  Guruhdagi  talabalar  soniga  qarab  qur‘a  tashlash  uchun  topshiriqlar  variantlarining 
to‗plami, sonlar 
2. Toza qog‗oz varaqlari. 
  Ishni  bajarish  tartibi: 
1. Qur‘a tashlash  yo‗li bilan  guruh 3-4 ta talabadan iborat  bo‗lgan kichik  kichik guruhlarga 
bo‗linadi. 
2.  Har  bir  kichik  guruh  alohida  stol  atrofida  o‗tiradi,  toza  qog‗oz  varog‗i  va  ruchka 
tayyorlanadi. 
3. Har bir kichik guruhlarni bitta qatnashchisi o‗qituvchini oldiga kelib konvertdan topshiriq 
variantini oladi. 
4. Talabalar varaqda  o‗zlarining topshiriqlarini ko‗chiradilar va ish bajarish uchun 15 minut 
vaqt beriladi. 
5. Kichik guruhlar topshiriqni muhokama qiladilar va to‗liq javobni yozadilar. 
6. O‗qituvchi kuzatib  turishi  shart, talabalar ko‗chirmasligi  va  boshqa  guruhlar  bilan aloqa 
qilmasligi kerak. 
7. 15min o‗tgandan keyin javob varaqlari yig‗ib olinadi. 
8. O‗qituvchi dars davomida topshiriqlar to‗g‗ri, to‗la tartib bilan bajarilishini tekshiradi. 
9. Kichik guruhlarni hamma ishtirokchlilariga bir hil ball qo‗yiladi. 
10. Javoblar varog‗ida o‗qituvchi ball va imzo qo‗yadi. 
11. Darsni joriy baholashda talabalarni olgan ballari e‘tiborga olinadi. 
12.      Jurnalni  qaysi  qismida  ish  o‗yinini  o‗tkazilganligi  haqida  belgilanadi,  guruh  sardori 
qo‗yadi. 
13.  Ishlar bayonnomalari o‗qituvchida saqlanadi. 
                 
  Mashg„ulot mavzusi: Ichimlik suvi sifatiga qo„yiladigan gigienik talablar. 
Talabalarga mavzu bo‟ycha quyidagi muammoli savollar berilishi mumkin 
Variant – 1. 
1.Vodoprovod stansiyalarida suvni zararsizlantirish effektiv kontroli. 
2.Suvni kimyoviy usullari bilan zararsizlantirish. 
3. Suvni fizik usullari bilan zararsizlantirish. 
 
Variant – 2. 
1.Suvni sifatini yaxshilashni qanday usullarini bilasiz? 
2. Xlor ohagi eritmalari bilan suvni zararsizlantirish usullari. 
3. Xlor ohagida aktiv xlorni qanday aniqlanadi? 
 
«QORBO„RON» USULI QO„LLANILISH TARTIBI 
Talabalar guruxini 2- ta komandaga bo‗lib har bir komandaning sardori tanlab olinadi 
( sardorlarni komanda a‘zolari tanlaydi). Raqib komandalar bir-biriga ushbu mavzu bo‗yicha 
3 tadan savol tayyorlaydi: javob tayyorlash uchun 7-8 daqiqa vaqt ajratiladi. Komanda sardori 
taklif  etilgan  javoblardan  eng  yaxshisini  (kizikarli  va  eng  muxim  bo‗lganini)  tanlab  oladi. 
Savollarni  tayyorlash  vaqtining  o‗tishi  bilan,  har  bir  komnada  bir-birlariga  savol  bera 
boshlaydi.  Javob  tayyorlash  uchun  1  daqiqa  vaqt  ajratiladi  va  vaqt  o‗tishi  bilan  xar  bir 
komanda  1-2  daqiqa  davomida  berilgan  savolga  javob  beradilar  (vaqt  o‗qituvchi  tomonidan 
nazorat qilinadi). Agar savol bergan komanda taklif qilingan javob bilan rozi bo‗lmasa, yoki 
koniqish  hosil  qilmasa  o‗zining  javob  variantini  aytadi.  Xar  bir  «savol-javobdan»  so‗ng 

29 
 
o‗qituvchi  savolning  va  javobning  sifatini  izohlab  beradi.  O‗quv  dars  protokoliga  savol  va 
javoblarni to‗ldirish  yoki o‗z javob varianti uchun baho qo‗yiladi. 
Savolni  baholashda  savolning  sifatini,  uning  mavzuga  yaqinligi  aniqligi,  aktualligi 
uchun 5 ball qo‗yiladi. 
Javobni  baholashda  uning  to‗liqligi,  to‗g‗riligi,  mavzuga  mos  kelishganligi  aniqligi 
uchun 5 ball qo‗yiladi. 
O‗z javob varianti uchun qo‗shimcha mukofot ball beriladi: 
-to‗g‗riligi, aniq qo‗shimcha uchun -1 ball 
-uncha aniq bo‗lmagan javob uchun 0,1 dan 0,5 gacha ball 
-noto‗g‗ri bulgan javob uchun (0,5) ball jarima 
Hamma olingan natijalar protokolga quyidagi forma bo‗yicha to‗ldiriladi: 
1 komanda                                    2 komanda 
Savol + №                                   Baho ballarda 
Savol: Javob: Qo‗shimcha to‗ldirish 
Yakuniy  hulosada  o‗qituvchi  har  bir  komanda  to‗plagan  ballarini  qo‗shib,  yig‗indi 
sonini  6  ga  bo‗ladi  (3  savol  +  3  javob).  Olingan  natija  har  bir  komanda  ishtirokchisining 
o‗rtacha  bahosini  tashkil  qiladi.  Eng  yuqori  ball  (0,5  ball)  komandaning  eng  aktiv 
ishtirokchisiga, jarima ball (-0,2-0,3 ball)-eng passiv ishtirokchisiga beriladi. 
 
VAZIYATLI MASALALAR.  
Mashg„ulot mavzusi: Ovqatdan zaxarlanish va uning profilaktikasi 
Masala-1 
 Maxsus bolalar internatida kechga yaqin ayrim bolalarda ko‗ngil aynishi, qusish, ichak 
surishi,  ich  ketishi  hollari  kuzatilgan.  Ma‘lum  bo‗lishicha  ertalabki  nonushtada  shirin  choy 
o‗rniga sut berilgan. 
1. Zaxarlanishning qaysi turiga taa‘lluqli? 
2. Profilaktikasi. 
Masala-2 
 ―  Buratino‖  nomli  bolalar  bog‗chasidagi  42  ta  bola  ko‗ngil  aynishi,  bosh  og‗rishi, 
xarorat  ko‗tarilishi,  qorin  burib  og‗rishi,  ayrimlarining  terisida  nim  pushti  rangli  toshmalar 
borligidan shikoyat qilishgan. 
1. Zaxarlanishning qaysi turiga taa‘lluqli? 
2. Profilaktikasi. 
Masala-3 
Bolalar  bog‗chasida  ertalabki  nonushtadan  keyin  2-4  soat  o‗tgach  ba‘zi  bolalarda  tez-
tez  qusish  to‗sh  osti  soxasida  kuchli  og‗riq,  tomir  tez-tez  urishi,  tana  xarorati  me‘yorda,  
ayrimlarda ich ketishi xollari kuzatilgan. 
1. Zaxarlanishning qaysi turiga taa‘lluqli? 
2. Profilaktikasi. 
Masala-4 
 YUqumli  kasalliklar  kasalxonasiga  quyidagi  shikoyatlar  bilan  bemor  qabul  qilingan: 
Buyumlarning  qo‗shaloq  bo‗lib  ko‗rinishi,  ko‗rishning  xiralashishi,  bosh  og‗rishi,  yurish 
muvozanatining buzilishi, tovushning chiqmasligi va boshqalar. 
1. Zaxarlanishning qaysi turiga taa‘lluqli? 
2. Profilaktikasi 


Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling