Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi "botanika" fanidan o
Download 43.03 Kb. Pdf ko'rish
|
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI FARMAKOGNOZIYA KAFEDRASI “BOTANIKA” FANIDAN O‘QUV-USLUBIY MAJMUA Toshkent -2016 2 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI FARMAKOGNOZIYA KAFEDRASI “BOTANIKA” FANIDAN O‘QUV-USLUBIY MAJMUA Toshkent -2016 3 Mazkur o‘quv – uslubiy majmua Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 6 apreldagi 137 – sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan o‘quv reja va dastur asosida tayyorlandi Tuzuvchilar: Yulchieva M.T. – Farmakognoziya kafedrasi dotsenti, b.f.n. Atamuratova N.T – Farmakognoziya kafedrasi assistenti Taqrizchilar: Raximova T.T. - O’z.RFA O’simlik va hayvonot olami genofondi instituti, geobotanika va o’simliklar ekologiyasi laboratoriyasining etakchi ilmiy hodimi professor, b.f.d. Abzalov A.A.– ToshFarmi Ekologiya va mikrobiologiya kafedrasi dotsenti, b.f.n. O’quv uslubiy majmua Toshkent farmasevtika institutining soha uslubiy kengashining 2016 yil 15 iyundagi 15 – sonli qarori bilan nashrga tavsiya qilingan. Soha uslibiy kengash raisi: _____________________Tojiev M.A. O’quv uslubiy majmua MUK da ko’rib chiqildi va tasdiqlandi. “28” iyun. 2016 yil 11 - sonli bayonnomasi Kelishildi: Markaziy uslubiy kengash raisi: _____________________ S.U.Aliev 4 MUNDARIJA I. Ishchi dasturlar… ………………………………………………….... ...............................................5 II. Botanika fanining sillabusi………………………………………………………………....34 III. Modulni o‘qitishda foydalaniladigan interfaol ta’lim metodlari…………………….............................................………………………………..39 IV. Nazariy materiallar…… ………………………..…………… ………………………….44 V. Laboratoriya mashg‘uloti materiallari …………………………………………………….213 VI. Keyslar banki………………………………………………………………………………309 VII. Mustaqil ta’lim mavzulari…………………………………………………………………311 VIII. Glossariy……………………………………………………..…………………………….313 IX. Adabiyotlar ro‘yxati………………………………………………………………………327 5 I.ISHCHI DASTUR Farmatsiya va kasb ta’limi yo‘nalishlari uchun Kirish Mamlakatimizda ta’lim tizimiga e’tiborning tobora yuqoriligi sababli, o‘quv darsliklarni yangilash va xorijiy o‘quv adabiyotlaridan yanada ko‘prok foydalanishni taqozo etmoqda. Mazkur ishchi dasturni tuzishda xorijiy adabiyot ma’lumotlari ham kiritildi. Bu talabalarning botanika fani bo‘yicha olgan bilimlarni yanada mustaxkamlaydi. Farmatsevtika institutida botanika fanini o’qitilishining asosiy maqsadi malakali mutaxassislar tayyorlash, tabiatga, o’simliklar dunyosiga, ayniqsa dorivor o’simliklarga nisbatan mehr - muhabbat uyg’otish, tabiiy boyligimizdan to’g’ri va oqilona foydalanish yo’llarini o’rgatadi. Maqsadga erishish uchun botanika fanidan mashg’ulotlar o’ziga xos uslub bilan o’tkaziladi. Chunki farmatsevtlar, dorivor moddalarning ko’pchiligi o’simliklar maxsuli ekanligini hisobga olib, ularni makro va mikroskopik tuzilishini tekshirib aniqlaydi. Natijada anatomiya, morfologiya, sistematikadan bilimga ega bo’lib qolmay, amalda ish bajara olishi zarur. Bu amaliy tajriba turli o’simliklarni qismlari to’g’risida aniq tasavvur hosil qilishga, makroskopik va mikroskopik tomondan aniqlashda farmakognoziya faniga asos bo’ladi. Laboratoriya mashg’ulotining «Anatomiya» bo'limida tayyor kesiklardan foydalanish bilan birga, vaqtincha kesiklar tayyorlash ko’zda tutilgan. Malakali mutaxassis bo’lish uchun talabalar o’simliklar morfologiyasini, anatomiyasini yaxshi o’zlashtirishi lozim. Sistematikani o’rganilayotganda har bir talaba gerbariy bilan ta'minlandi. Botanika fanini o‘qitishda Pharmaceutikal Botany, a Text-Books for students of pharmacy and science. va V. Ch. Evans Pharmacognosy adabiyotlaridan foydalanib, yangi ma’lumotlar bilan boyitildi. Fanning maqsad va vazifalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2015 yil 19 yanvar yig’lishining “O‘rmon xo‘jaliklarini rivojlantirish dorivor va oziq –ovqat o‘simliklarini etishtirish va qayta ishlashni yanada ko‘paytirish to‘g‘risida” gi 5-sonli bayonnomasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2015 yil 20 apreldagi yig‘ilishining “Maxalliy korxonalarda dorivor o‘simliklarni va ular asosida biologik faol qo‘shimchalar ishlab chiqishni rivojlantirish to‘g‘risida”gi 32 - sonli bayonnomasida belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlash borasida Respublikamizda tabiiy sharoitda o‘sadigan o‘simlik turlari, o‘rganish, o‘simlik areallarini saqlab qolish, zahirasini boyitish kabi vazifalar tushuntirilib boriladi. Botanika fani farmatsevtika institutida umumiy teoretik kurs bo’lib, talabalarni ixtisos bo’yicha farmakognoziya, o’simlik fiziologiyasi, bioximiyasi, mikrobiologiyasi, dorivor o’simliklarni o’stirish biologiyasi kabi kurslarni o’tishga tayyorlaydi. Shu bilan birga talabalar botanikaning muhim bo’limlari bilan tanishib, bir vaqtning o’zida o’simliklar dunyosining hayot faoliyatini o’rganadilar, bu esa farmatsevtlar uchun o’ta muhim bo’lgan dorivor o’simliklar va o’simlik homashyolari bilan ishlashga yordam beradi. Dorivor o’simliklar florasidan foydalanish, tabiatini va o’simliklar dunyosining resurslarini himoya qilgan va uni tushungan holda olib borilishi kerak. Fanni o’rganishning vazifalari. Botanika fanini o’qish natijasida talaba quyidagilarni bilishi shart: - o’simliklar dunyosining biologik qonuniyatlarini; - o’simlik organlarining morfologik va anatomik strukturalarining xilma-xilligini; - yuqorida ko’rsatilgan kurslarda o’rganiladigan dori turlarini o’z ichiga olgan o’simlik guruhlarini; - homashyoni aniqlashdagi o’simliklarni diagnostik ko’rsatkichlarini bilishdan iborat. 6 Fan bo’yicha talabaning malakasiga qo’yiladigan talablar “ Botanika” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba: - o‘simlik hujayralari; - o‘simlik to‘qimalari va qismlari; - o‘simliklarning sistemaeikasi haqida tasavvurga ega bo‘lish. - tashqi morfologik xususiyatlari bo‘yicha gerbariy na’munalari asosida o‘simliklarni aniqlash; - o‘simliklarni oilasi bo‘yicha ajrata bilish; - o‘simliklarni morfologik tuzilishi bo‘yicha ajrata bilish; - o‘simlik organlarining mikrostrukturalari va ularning xilma-xil ko‘rinishlarini ajratish; - tuban va yuqori tipdagi o‘simliklarning tashqi morfologik tuzilishini tasniflab berish; - o‘simlik to‘qima va hujayralarining elementar tuzilishini bilish va mustaqil ravishda hujayra qobig‘i, sitoplazma, yadro, vakuola (hujayra shirasi), hujayra xosilasi bo‘lgan kraxmal, yog‘, oqsilga mikroreaksiyalar olib borish, o‘simlik xom-ashyosini diagnostik ko‘rsatkichlari bo‘lgan kristallarning bor yo‘qligini aniqlash; - o‘simlik to‘qimalarida reaktivlar yordamida tirik va o‘lik hujayra elementlarini, hujayraning yog‘ochlangan va sellyulozali qobig‘ini, probkalanishini, qoplovchi to‘qimalarning kutinlashganini, tukchalarning har-xil turlarini va ular tuzilishini xilma-xilligini aniqlashni bilish; - efir moyi, smola bo‘shliqlarning bor yo‘qligini va ularning tuzilishini aniqlash; - hosil qiluvchi, qoplovchi, mexanik, o‘tkazuvchi, asosiy va ajratuvchi to‘qimalarning tuzilishini bilish; - talaba o‘qish davomida o‘simlikni tasniflashi va ularni bir-biridan ajrata bilishi; - o‘simlikning morfologiyasini bilishi va ulardan foydalana olishi kerak; - Talabaning ko‘nikmasiga qo‘yiladigan talablar: - amaliy mashg‘ulotlarda mikropreparatlarni tayyorlash texnikasini o‘rganish; - o‘simlik organlarida; ildiz, poya, bargning tuzilishini anatomik ko‘rsatkichlaridan foydalangan holda aniqlash; - o‘simliklar dunyosining tasnifi va ularning tipi, sinfi, oilasi, turini bilish; - o‘simliklardan gerbariy tayyorlash; - kattalashtirib ko‘rsatadigan asboblardan foydalanish; - doimiy va vaqtincha kesiklar tayyorlash va ularni bo‘yash; - hujayradagi moddalarni aniqlashdagi kimiyoviy reaksiyalarni bajara olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak; O’quv rejadagi boshqa fanlar bilan bog’liqligi Botanika fani 3-4 semestrlarda o’qitiladi. Dasturni amalga oshirish o’quv rejasida rejalashtirilgan anorganik kimyo, fizika, lotin tili fanlaridan yetarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlik talab etiladi, chunki bu fanlarning ayrim bo’limlaridan olingan bilimlar talabani botanika fanini o’zlashtirish vaqtida kerak bo’ladi. Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar Botanika fanidan o‘quv jarayoni (ma’ruzalar va laboratoriya mashg‘ulotlari)da zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalar keng qo‘llanishi ko‘zda tutilgan. Jumladan, barcha ma’ruzalarda “Blits-so‘rov”, munozara, dialog, laboratoriya mashg‘ulotlarida esa “Bumerang”, “Vertushka”, “Klaster”, test, “FSMU”, “Keys”- stadi, “VVV” kabi pedagogik texnologiyalar qo‘llaniladi. “Botanika” fanini loyihalashtirishda quydagi asosiy konseptual yondashuvlardan foydalaniladi: Shaxsga yo`naltirilgan ta`lim. Bu ta’lim o`z mohiyatiga ko`ra ta’lim jarayoning barcha ishtirokchilarini to`laqonli rivojlantirishni ko`zda tutadi. Bu esa ta`limni loyihalashtirilayotganda, albatta ma`lum bir ta`lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutahasisslik faoliyati bilan bog`liq o`qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshilishni nazarda tutadi. 7 Tizimli yondashuv . ta`lim tehnologiyasi tizimning barcha belgilarini o`zida mujassam etmog`I lozim: jarayonning mantiqiyligini, uning barcha bo`g`inlarini uzaro bog`langanligi yahlitligi. Faoliyatga yunaltirilgan yondashuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shahkllantirishga ta`lim oluvching faoliyatini aktivlashtirish va intinsevlashtirish, o`quv jarayonida uning barcha qobiliyatlari va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yunaltirilgan ta`limni ifodalaydi. Dialogik yondashuv . Bu yondashuv o`quv munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o`z – o`zini faollashtirishi va o`z- o`zini ko`rsata olish kabi ijodiy faoliyati kuchayadi. Hamkorlikdagi ta`limni tashkil etish. Demokratik tenglik, ta`lim beruvchi va ta`lim oluvchi faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e`tiborni qaratish zarurligini bildiradi. Muammoli ta`lim. Ta`lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta`lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni obektiv qarama – qarshiligi va uni hal etish usullarini , dialiktik mushohadani shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo`llashni mustaqil ijodiy faoliyati ta`minlanadi. Axborotni taqdim qilishni zamonaviy vositalari va usullarini qo`llash- yangi kompyuter va ahborot tehnologiyalarni o`quv jarayoniga qo`llash. O`qitishning usullari va tehnikasi . Ma`ruza (kirish,mavzuga oid,vizuallash), muammoli ta`lim, keys-stadi, pinbort, paradoks va loyihalash usullari , amaliy ishlar. O`qitishni tashkil etish shakllari: Diologik, polilok, muloqot hamkorlik va o`zaro hamkorlikka asoslangan frontal, kollektiv va guruh. O`qitish vositalari: O`qitishning ananaviy shakllari ( darslik, ma`ruza mantni) bilan bir qatorda- kompyuter va ahborot tehnologiyalari. Kommunikatsiya usullari: tinglovchilar bilan operativ teskari aloqaga asoslangan bevosita o`zaro munosabatlar. Teskari aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blist-surov, oraliq va joriy va yakunlovchi nazorat natijalarini tahlili asosida o`qitish diagnostikasi. Boshqarish usullari va vositalari: o`quv mashg`uloti bosqichlarini belgilab beruvchi tehnologik karta kurinishidagi o`quv mashg`ulotlarini rejalashtirish, quyilgan maqsadga erishishda o`qituvchi va tenglovchining birgalikdagi harakati, nafaqat auditoriya mashg`ulotlari- balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning nazoratlari. Monitoring va baholash: o`quv mashg`ulotida ham butun kurs davomida xam o`qitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib boorish. Kurs oxirida test topshiriqlari yoki yozma ish variantlari yordamida tinglovchilarning bilimlari baholanadi . “Botanika” fanini o`qitish jarayonida kompyuter tehnologiyasidan, “Stat” statistic dasturlar foydalaniladi. Ayrim mavzular bo`yicha talabalar bilimini baholash test asosida va kompyuter yordamida bajariladi. “Internet” tarmog`idagi ma’lumotlardan foydalaniladi, tarqatma materiallar tayyorlanadi, test tizimi hamda tayanch so`z va iboralar asosida oraliq va yakuniy nazoratlar o`tkaziladi Botanika fanidan mashg’lotlarning mavzular va soatlar bo’yicha taqsimlanishi t/r Mavzular nomi Jami soat Ma’ruza Labora- toriya mashg’u- lotlari Mustaqil ta’lim F, k/t F, k/t F, k/t F, k/t 1 Botanika fani bo’limlari va uni farmatsiyadagi ahamiyati. Hujayra. O’simlik hujayrasi. Osmotik bosim. Sitoplazma. 10 10 2 2 3 3 5 5 8 Plastidlar. 2 Hujayradagi oziqli moddalar, kristallar. O’simlik to’qimalari. Hosil qiluvchi va qoplovchi to’qimalar. 10 10 2 2 3 3 5 5 3 Mexanik, o’tkazuvchi, ajratuvchi va asosiy to’qimalar. 10 10 2 2 3 3 5 5 4 Ildiz morfologiyasi va anatomik tuzilishi. 10 10 2 2 3 3 5 5 5 Poya morfologiyasi. Kurtak tuzilishi. O’t o’simliklar poyasining anatomik tuzilishi. Daraxtsimon o’simliklar poyasining antomik tuzilishi. 10 9 2 2 3 3 5 4 6 Barg morfologiyasi. Bargning anatomik tuzilishi. 10 9 2 2 3 3 5 4 7 Bargdagi fiziologik protsesslar. O’simliklarning ko’payishi, o’sishi va rivojlanishi. 10 9 2 2 3 3 5 4 8 O’simliklar sistematikasi. Tuban o’simliklarga xarakteristika. Bakteriyalarning tuzilishi va ko’payishi. 12 9 2 2 3 3 7 4 9 Suv o’tlari, zamburug’lar va lishayniklar. 12 9 2 2 3 3 7 4 10 Yuksak sporali o’simliklarga tasnif. Moxsimonlar. Qirqquloqsimonlilar. 10 10 2 2 3 3 5 5 11 Qirqquloqsimonlilar. Yuksak o’simliklar evolyutsiyasi. Ochiq urug’lilar. 10 10 2 2 3 3 5 5 12 Yopiq urug’lilar o’simliklar evolyutsiyasida eng yuksak taraqqiy etganidir. Reproduktiv organlarning paydo bo’lishi. Gul va to’pgullar. 10 10 2 2 3 3 5 5 13 Changlanish va otalanish. Meva, to’pmeva va urug’ tuzilishi. 10 10 2 2 3 3 5 5 14 Yopiq urug’li o’simliklar tasnifi. Bir va ikki pallali o’simliklar. Magnoliyadoshlar, ayiqtovondoshlar, zirkdoshlar, ko’knordoshlar. 10 10 2 2 3 3 5 5 15 Grechixadoshlar, choydoshlar, dalachoydoshlar, qovoqdoshlar, karamdoshlar, gulhayridoshlar oilalari. 10 9 2 2 3 3 5 4 16 Atirguldoshlar, selderguldoshlar, dukkakdoshlar, ituzumdoshlar, yasnotkaguldoshlar va astraguldoshlar oilalari. 10 9 2 2 3 3 5 4 9 17 Mirtadoshlar, jo‘kadoshlar oilalari. Bir pallalilar sinfi. Liliyagullilar va qo’ng’irboshlilar tartibi. 12 9 2 2 3 3 7 4 18 Ekologiya, fitotsenologiya va o’simliklar geografiyasi. 12 9 2 2 3 3 7 4 jami 188 36 36 54 54 98 81 Asosiy qism: Fanning uslubiy jihatidan uzviy ketma- ketligi Asosiy qismda fanni mavzulari mantiqiy ketma-ketlikda keltirilgan. Har bir mavzuning mohiyati asosiy tushunchalar va tazislar orqali ochib beriladi/ talabalar botanika fanini o’zlashtirishlari uchun o’qitishning ilg’or va zamonaviy ussullaridan foydalanish, yangi information pedagogic texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o’zlashtirishda darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, ma]ruza matnlari, tarqatma materiallardan foydalaniladi. Ma'ruza mashg’ulotlari Botanika fani bo’limlari va uni farmatsiyadagi ahamiyati. Hujayra. O’simlik hujayrasi. Osmotik bosim. Sitoplazma. Plastidlar. Botanika fani va uni vazifalari. Botanika fanining bo’limlari. Hujayra tuzilishi, o’simlik hujayralarining hayvon hujayralaridan farqi. Plastidlar. Botanika fanining farmatsiyadagi ahamiyati haqida tushuncha beriladi Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: aqliy hujum, muammoli ta’lim, munozora, guruhli fikrlash Adabiyotlar: A1; A2; A3; Q2; Q6 Hujayradagi oziqli moddalar, kristallar. O’simlik to’qimalari. Hosil qiluvchi va qoplovchi to’qimalar. Hujayradagi oziqli moddalar. Ularning aniqlash reaktsiyalari. Kristallar va ularning ahamiyati. Hujayra qobig’i haqida tushuncha beriladi. O’simlik to’qimalari, ularning klassifikatsiyasi. Hosil qiluvchi va qoplovchi to’qimalar, hamda ularning vazifalari haqida tushuncha berish Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: aqliy hujum, muammoli ta’lim, munozora, guruhli fikrlash. Adabiyotlar: A1; A2; A4; Q1;Q2; Q4 Mexanik, o’tkazuvchi, ajratuvchi va asosiy to’qimalar. Mexanik to’qimalarga tasnif, ularning xillari, vazifasi. O’tkazuvchi to’qimalarga tasnif, ularning vazifalari. O’tkazuvchi to’qimalarning elementlari, ularning bajaradigan ishlari. O’tkazuvchi to’qimalarning poyada joylashishi, bog’lamlari, xillari. Ajratuvchi to’qima xillari, ularning tuzilishi va vazifalari. Asosiy to’qimalar, xillari va vazifalari haqida tushuncha beriladi. Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: aqliy hujum, muammoli ta’lim, munozora, guruhli fikrlash. Adabiyotlar: A1; A2; A4; Q1; Q2; Q4; Ildiz morfologiyasi va anatomik tuzilishi. O’simlik ildizining vazifasi, ularning mexanik va fiziologik xususiyatlari. Ildizlarning kelib chiqishiga ko’ra bo’linishi. Ildiz klassifikatsiyasi. Sochma va o’q ildizlar. Ildiz metamorfasi. Tuganak bakteriyalar. Mikoriza haqida tushuncha berish. Ildiz anatomiyasi – birlamchi va ikkilamchi ildiz tuzilishi haqida ma'lumot Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: aqliy hujum, muammoli ta’lim, munozora, guruhli fikrlash. Adabiyotlar: A1; A2;A3; A4; Q1; Q2; Q4; 10 Download 43.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling