Toshkent farmatsevtika instituti farmakologiya va klinik farmatsiya


Download 19.07 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/19
Sana25.06.2017
Hajmi19.07 Kb.
#9850
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19

Foydalanilgan adabiyotlar:
 
1.  Karimov  I.  “O'zbekiston  XXI  asr  bo'sag'asida:  xavfsizlikka  tahdid,  barqarorlik  shartlari, 
taraqqiyot kafolatlari”. T. “O'zbekiston”, 1997.  
2. Karimov I. “Alloh qalbimizda, yuragimizda”. T. “O'zbekiston”, 1999.  
3. Karimov I. “Hushyorlikka da'vat”. T. “O'zbekiston”, 1999.  
4. “O'zbekistonda  demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti”. O'quv qo'llanma. Toshket 
Moliya Instituti. T. 2004.  
5.  Prezident  Islom  Karimovning  “O'zbekiston  XXI  asr  bo'sag'asida:  xavfsizlikka  tahdid, 
barqarorlik  shartlari  va  taraqqiyot  kafolatlari  ”  asarini  o'rganish  bo'yicha  Metodik  Qo'llanma.  T. 
“Universitet”. 1997 
 
Qo„shimcha adabiyotlar: 
1. O'zbekiston  Respublikasining  1999  yil  20  avgustdagi  «Axolini  va  xududlarni  tabiiy  xamda 
texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muxofaza kilish to'grisida»gi Konuni.  
2. O'zbekiston  Respublikasining  «Terrorizmga  karshi  kurash  to'grisida»gi  Konuni,  15  dekabr 
2000 yil  
3.  O'zbekiston  Respublikasining  2000  yil  26  may  kunidagi  «Fukaro  muxofazasi  to'grisida»gi 
Konuni.  
4. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1998 yil 27 oktyabrdagi «Texnogen, tabiiy 
va ekologik xususiyatli favkulodda vaziyatlarning tasnifi to'grisida»gi 455-sonli karori.  
5.  Fuqaro  muxofazasi  institutining  Uslubiy  qo'llanma  “Evakuatsiya  kilish  (ko'chirish) 
to'g'risida”gi. 
 

112 
 
6-MAVZU. 
AHOLINI FAVQULODDA VAZIYATLARDA HARAKAT QILISHGA MA‟NAVIY- 
RUHIY TAYYORLASHNI TASHKIL ETISH. AHOLINI FAVQULODDA 
VAZIYATLARDAN MUHOFAZA QILISHNING TIBBIY TA‟MINOTINI TASHKIL ETISH. 
FAVQULODDA VAZIYATLARDA JAROHATLANGANLARGA BIRINCHI TIBBIY 
YORDAM KO„RSATISH.
 
 
REJA: 
1.
 
Fuqaro muhofazasi va FVDT tuzilamalari  
2.
 
Ob‟ekt tuzilmasi kamandasining qutqarish va kechiktirib bo„lmaydigan ishlarni o„tkazish 
3.
 
Aholini  favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish 
4.
 
Iqtisodiyot ob‟ektlarini joylashtirishdagi talablar 
5.
 
Fuqaro muhofazasida ishlatiladigan muhofaza inshootlari 
 
Tayanch iboralar: zilzila oqibatlarini bartaraf etish, fuqarolarning xavfsizligini ta‟minlash, 
favqulodda vaziyatlar, ommaviy tadbirlarni o„tkazish qoidalari, vayrona uyumlarini ochish. 
 
 
Fuqaro  muhofazasi  va  FVDT  tuzilamalari  tabiiy  xususityali  favqulodda  vaziyatlar  sodir 
bo„lgan  vaqtda  kuch  va  vositalari  favqulodda  vaziyatlarni  bartaraf  etish  va  jabrlanganlarni 
qutqarish uchu sodir bo„lgan hududlarga darhol etib boardilar. 
Zilzila oqibatlarini bartaraf etishZilzila  oqibatlarini bartaraf etish bilan bog„liq bo„lgan 
avariya  qutqaruv  va  boshqa  kechiktirib  bo„lmaydigan  ishlarni  tashkil  etishni  va   ularni 
bajarish  muddatlarini  favqulodda  vaziyat  sodir  bo„lgan  hududda  joylashgan  shahar 
(ob‟ekt) muhofazasi boshlig„i aniqlaydi. 
Zilzila  keltirgan  zararni  aniqlash,  jabrlanganlarni  qutqarish  va  boshqa  kechiktirib 
bo„lmaydigan 
ishlar  hajmini  aniqlash  uchun  maxsus  razvedka  (axborot 
yig„ish)guruhlari tashkil etiladi. 
Razvedkachilar quyidagilarni aniqlashlari shart: 
-bino,  inshoot,  kommunal  –  energetika  tizimlaridagi  falokatlarning  xususiyatlari  va 
darajasini; 
-vayronalar ostidagi odamlar qolgan joylarini topish, ularga  zarari  tegishi  mumkin  bo„lgan 
xavfni bartaraf etish; 
-vayrona  uyumlari  tagida  qolgan  odamlarni  chiqarib  olishning    eng  qulay  joylarini 
topish; 
-shikastlangan evakuatsiya qilish uchun yo„l ochish tartiblarini o„tkazish; 
-suv  manbalarining  holatini,  ularni  xo„jalik  ishlarida  ishlatish  va  ichish  uchun  yaroqliligini 
tekshirish; 
-sharoitni va sharoitga ko„ra bajariladigan ishlar  ketma-ketligini aniqlash; 
-mexanik vositalarni qo„llash imkoniyatlarini aniqlash; 
-zarur deb topilganda portlatish ishlarini qo„llash imkoniyatini aniqlash. 
Zilzila  natijasida  vayrona  uyumlari  ostida  qolgan,  qulab  tushishi  ehtimoli  mavjud  bo„lgan 
hamda  yonayotgan  binolar  va  inshootlarda  odamlarni  qutqarish  ishlari  tezkorlik  bilan  amalga 
oshiriladi. Buning uchun ob‟ektga FVDT tuzilmalari olib kelinadi. 
 Vayrona  uyumlar  tagida  qolganlarni  qidirib  topish  uchun  qidiruv  guruhlarini  yuboradilar. 
Ular  vayrona  uyumlarining  hududini,  buzilgan  binolar  va  inshootlarni  sinchiklab  o„rganib 
chiqadilar.  Vayrona  uyumlari  tagida  odam  borligi  aniqlanganda,  tezda  vayrona  uyumi  ostida 
qolgan odam bilan suhbat yoki taqqillatish orqali aloqa o„rnatiladi. 
Vayrona  uyumlarini  ochish  uchun  zvenolar  tashkil  etiladi.  Zvenolar  tarkibidagi 
qutqaruvchilar  soni  5  kishidan  kam  bo„lmasligi  kerak.  Zveno  a‟zolarining  hammasi  yoppasiga 
yoki  birvarakayiga  ishlashadi.  Ikki  kishi  vayrona  uyumi  tepasida,  ikki  kishi  uyum  bo„laklarini 

113 
 
boshqa erga tashlaydi. Zveno a‟zolaridan bittasi kerak bo„lgan holatlarda metall konstruksiyalarni 
maxsus asbob yordamida kesadi. 
Vayrona  uyumlari  og„ir  yoki  katta  bo„laklardan  tashkil  topgan  hududlarni  ochish 
maqsadida  mexanizatsiyadan  foydalaniladi.  Ko„p  qavatli  binolarning  yuqorisida  yoki 
buzilgan bino yoki inshootlardan odamlarni qutqarish, ularni vaqtinchalik evakuatsiya qilish uchun 
yo„llarga  yog„ochdan  ishlangan  trapp  yoki  vaqtinchalik  zinapoyalar  o„rnatiladi.  Harakat 
xavfsizligi  taminlash  uchun  yo„lchaning    bir  tomondan  arqon  tortib  qo„yiladi.  Qorong„i  vaqtda 
ishlaganda  esa  vaqtinchalik  elektr  yoritgich  “lampalar”  o„rnatiladi.  YUqori  qavatlardan 
odamlarni  deraza  orqali  evakuatsiya  qilish  mumkin.  Odamlarni  qutqarishda  eng  qulay  yo„l  o„t 
o„chirish avtotransportidan foydalanishdir. 
Suv toshqini, sel va er ko„chkisi oqibatlarini bartaraf etish.      
Suv toshqini (suv ostida qolish) xavfi paydo bo„lganda,  favqulodda vaziyatlarda   fuqaro 
muhofazasi qarori bilan boshqaruv punktlari tayyorgarlik holatiga  keltirib qo„yiladi. U erda 
mutasaddi  rahbar  xodimlarning  kechayu-kunduz  navbatchiligi  tashkil  etiladi,  FVDT 
tizimlarining vazifalari aniqlanadi. 
Suv toshqini xavfi paydo bo„lganda: 
-boshqa yoqqa o„tkazib yuboradigan surma to„siqlarni  o„rnatish; 
-ishlab  chiqarish  ta‟minoti  tadbirlarini  keng  qo„lash  kompleksini  o„tkazish  (o„t 
o„chirish  zamonaviy  vositalari,  o„t  o„chirish  avtomat  yo„llari,  hisoblangan  suv  debiti,  maxsus 
tayyorgarlik ko„rgan tuzilmalar va h.k. mavjudligi). 
Ishlab chiqarish va xo„jalik aloqalari ishonchliligini oshirish: 
-favqulodda  vaziyatda  mol  etkazib  beruvchilar  bilan  ishlab  chiqarish  aloqalarini  maksimal 
darajada kamaytirish; 
-favqulodda rejimda rezervda barqaror mol etkazib beruvchilar bo„lishiga erishish;  
-ob‟ekt  ta‟minotini  rezervdagi  avtonom  manbalarga  o„tkazish  imkoniyati  bor  tizimini 
ishlab chiqish; 
-avariyada ta‟minlash ko„chma vositalarini ko„paytirish; 
-bitta  sanoat  zona sidagi  boshqa  ob‟ ektlar  bilan  kooperativ  ta‟minlanishni  (elektr 
energiyasi, suv, gaz, par va h.k. narsalar ta‟minotini) tashkil etish;  
-rezervning avariya zahirasini yaratish;  
-xom  ashyo,  materiallar  muhofazada  va  bo„lib -bo„lib  tarqatilib  saqlanishini  tashkil 
etish; 
-kommunikatsiyalarni o„rnini bosadigan qilish va halqa tarzida birlashtirish; 
-toshqini  xavfi  bor  hududlarda  FVDT  kuch  va  vositalarning  holatini  aniqlash,  avariya -
qutqaruv va  kechiktirib bo„lmaydigan ishlarni o„tkazish;  
-xavfli  hududlardan  aholini  evakuatsiya  qilishga  ayyorgarlik  ko„rish  va  kerak  deb 
topilganda aholini va moddiy boyliklarni xavfsiz joyga ko„chish; 
-suv  toshqini  xavfi  bor  hududlardagi  korxona  va  tashkilotlarning  ishlab  chiqarish 
jarayonini qisman yoki butunlay to„xtatish; 
-o„zaro  hamkorlik  rejasiga  binoan  yordam  berishga  ajratilgan  Qurolli  Kuchlar 
bo„linmalari bilan aloqa o„rnatish va doimiy aloqada bo„lish; 
Qutqaruv ishlarini olib borishga rahbariyat tomonidan ajratilgan kuch va vositalar hamda 
tashkilotlarning suzuvchi vositalari jalb etiladi. 
Suv  bosgan  hududlarda  qutqaruv  otryadlari,  komanda  hamda  guruhlar  katerlar,  motorli 
qayiqlar  va  boshqa  suzuvchi  vositalar  yordamida  odamlarni  qutqarish  va  evakuatsiya  qilish 
ishlariga  jalb  etiladi.  Qutqaruv  ishlariga  jalb  etilgan  tuzilmalar  tarkibi  odamlarni  qutqarish 
borasidagi  hatti-harakat  qoidalarini  va  qutqarilganlarga  birinchi  tibbiy  yordam  ko„rsatishni 
bilishlari kerak. 
Suvda  suzish  vositalarida  qutqaruv  ishlariga  jalb  etilgan  tuzilmalar  qutqaruv  vositalari 
bilan, shaxsiy tarkib esa qutqaruv nimchalari bilan ta‟minlanadilar. 

114 
 
Suv  bosgan  hududlarda  qutqaruv  ishlarini  olib  borishda asosiy  e‟tibor  suv  ostida  qolgan 
hududlardagi odamlarni qidirib topishga, ularni suvda suzish vositalariga yoki vertolyotga olish 
va xavfsiz joylarga olib chiqishga qaratiladi. 
1998  yil  yozida  SHoximardonda  bo„lib  o„tgan  halokat  to„g„risida  to„xtalib  o„tamiz.
 
Havo 
haroratining  birdaniga  ko„tarilib  ketishi  natijasida  Qirg„iziston  Respublikasining  O„sh  viloyati 
tog„laridagi  qorlarning erishi tezlashib ketdi. Buning  oqibatida  yilning 7  iyulidan 8 iyuliga  o„tar 
kechasi  katga  suv  paydo  bo„ldi.  Bu  oqim  SHoximardonsoyga  qo„shilib  sig„imini  200  m
3
/s  ga 
ko„paytirib  yubordi  va  kuchli  suv  bosishi  natijasida  52  xo„jalik,  36  dam  olish  maskanlari,  shu 
jumladan  4  bolalarni  sog„lomlashtirish  maskanlari  jiddiy  zarar  ko„rdi.  8-9  iyul  kunlari  odamlarni 
SHohimardon  qishlog„idan  ko„chirish  ishlari  olib  borildi.  Bu  muddat  davomida  14200  kishi,  shu 
jumladan 3150 nafar yosh bolalar xavfsiz joyga ko„chirilgan. Ushbu ishlarni bajarish uchun 250 dan 
ortiq avtomobil texnikalari jalb qilindi. 1998 yilning 18 iyuligacha 104 nafar odamning jasadlari 
topildi, 68 ta har xil hayvonlarning tanalari topilib, ular belgilangan tartibda ko„mib tashlangan. 
Kuchli  sel  oqimi  natijasida  15  km  gaz  o„tgazgich  quvirlari,  14  km.  avtoyo„l,  4  ta  yirik 
avtomobil  ko„prigi,  3  km  suv  o„tkazish  tizimlari,  3  km  elektr  uzatish  tarmoqlari  yaroqsiz  holatga 
kelgan, 200 dan ziyod mayda savdo nuqtalari butunlay vayron bo„lgan. 
Tabiiy  ofat  oqibatlarini  bartaraf  etish  bo„yicha  SHohimardon  va  Vodil  qishlokdarida 
favqulodda vaziyatlar shtabi tashkil qilingan. 
Avariya-qutqaruv  ishlariga  1908  kishi  va  438  dona  texnika,  shu  jumladan  156  dona 
muhandislik texnikalari jalb qilingan. Ishni tashkil qilish uchun 320 tonna benzin, 513 tonna dizel 
yoqilg„isi sarf qilingan. 
Bunday  halokat  yuz  berganda  eng  birinchi  navbatda  muhandislik  texnikalari  ishga 
solinishi  kerak.  CHunki  birinchi  vazifa  odamlarni  xavfsiz  joylarga  zudlik  bilan  ko„chirish, 
jabrlanganlarga  moddiy  va  tibbiy  yordam  ko„rsatib,  oziq-ovqat,  kiyim-kechak  bilan  ta‟minlash 
ishlarini olib borshidan iborat. 
Razvedka  ishlarining  samarali  olib  borilishi,  fuqaro  muhofazasi  organlari  xodimlari 
favqulodda  vaziyatlar  sodir  bo„ishi  mumkin  bo„lgan  hududlarni  tezlik  bilan  aniqlash, 
bashoratlari va oqibatlarni oldini olishlari  zarur. 
Suv bosgan hududga etib kelgan FVDT tuzilmalari shu  zahotiyoq o„z vazifalarini bajarishga 
kirishadilar. Vaziyat haqidagi muhim ahamiyatga ega bo„lmagan ma‟lumotlarning mavjudmasligi 
yoki  ba‟zi  bir  ikkinchi  darajali  masalalarning  hal  qilinmaganligi  avariya-qutqaruv  va  boshqa 
kechiktirib bo„lmaydigan ishlarni boshlamaslikka sabab bo„la olmaydi. 
Sel oqimi bilan asosan oldindan olib borilgan kompleks tashkiliy-xo„jalik, agrotexnik, meliorativ 
va gidrotexnik tadbirlarni amalga oshirish yordamida kurashish ko„proq  samara beradi. Sel kelishi 
xavfi  bor  hududlarda  yashovchi  aholi  erlardan  foydalanshda,  o„rmon  daraxtlarini  kesishda,  uy 
hayvonlarini boqishda mutasaddi tashkilotlarning tavsiyalariga rioya qilishlari zarurdir. 
Sel  kelishi  va  er  ko„chkisi  xavfi  sodir  bo„lganda,  aholi  xavfli  hududlardan  xavfsiz  joyga 
evakuatsiya  qilinadi.  Aholi  bilan  birgalikda  moddiy  boyliklar  ham  olib  chiqiladi,  qishloq 
xo„jalik mollari esa xavfsiz joyga ko„chiriladi. 
  YOng„in.  
  YOng„in, bu-kuchli issiqlik  natijasida  moddiy va  madaniy  boyliklarni bir necha  daqiqada 
yo„q qiluvchi, atrof-muhitni izdan chiqaruvchi favqulodda vaziyatdir.  
  YOng„in uch omil  havo harorati (issiqlik), yonuvchi modda (jism)  va uchqun-alanganing 
bir paytning o„zida yuz berishi oqibatida paydo bo„ladi. Mutaxassislarning fikricha, tabiiy holatda 
ya‟ni chaqmoq, vulqon otilishi, sekin oksidlanish kabi yuz bergan yong„inlar e‟tiborga olinmagan 
taqdirda boshqa chiqqan yong„inlarning asl sabablari quyidagi nisbatni tashkil etar ekan: 
            
t/r 
Yong„in chiqish sabablari 
Nisbat (%) 

CHekish,  yonuvchi  moddalarni  yoqish,  gugurt  bilan  yoritishda 
foydalanish oqibatida 
26 

Bolalarning o„t bilan o„ynashi oqibatida 
14 

Elektr jihozlarini qoidalarini qo„pol ravishda buzish oqibatida 
13,5 

115 
 

Rechka va tutun quvurlarini noto„g„ri o„rnatish natijasida 
8,5 

Payvandlash ishlarida yong„in xavfsizligi qoidalarini buzish oqibatida 
2,3 

Texnologik jihozlarni boshqarish qoidalarni buzish oqibatida 
1,2 
 
  YOng„in  bilan  kurash  muvaffaqiyatli  o„tish  har  bir  kishining    yong„inda  harakat 
qilinishining ketma-ketlikligiga rioya qilishlariga bog„lik. 
  Har bir ob‟ektning xususiyatiga ko„ra yong„inga qarshi o„ziga xos rejim o„rnatiladi: 
-ob‟ektlarga olib chiqadigan yo„llar tartibliligi; 
-materiallarni, tayyor mahsulotni saqlash normalari; 
-ochiq olovni ishlatish qoidalari; 
-ob‟ektga transportni kirish-chiqishi; 
-yong„inga qarshi asbob-uskunalarning etarliligi; 
-korxonaning yong„inga qarshi kurash haqida boshqa me‟yoriy hujjatlari va ko„rsatmalariga 
rioya qilinishi. 
 Umumiy qoidalar asosida sex, uchastkalar, omborlar, bo„limlarda yong„inga qarshi rejimlar 
belgilanadi: 
 -eng dastavval yong„inga qarshi kurashish qoidalari; 
 -yong„in boshlanganda ishchi va xizmatchilarning barch va  vazifalari; 
 -yong„in chiqqanda korxonadan odamlarni evakuatsiya qilish tartibliligi; 
 -yonilg„i moylarni saqlash qonun-qoidalari. 
  YOng„in  paydo  bo„lganda,  dastlabki  harakat  uning  manbaini  tugatishga  qaratilishi  kerak, 
shu bilan birga  elektr manbalarini o„chirmasdan suvdan foydalanib bo„lmaydi, aks holda, u inson 
hayotiga xavf tug„dirishi mumkin. 
Ob’ekt tuzilmasi kamandasining qutkarish va kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni o‘tkazish 
Tabiiy  ofatlar,  ishlab  chiqarishda  sodir  bo„ladigan  avariyalar,  halokatlar  iqtisodiyot 
ob‟ektlariga  ko„plab  zarar  keltiribgina  qolmasdan,  insonlar  hayotiga  ham  zomin  bo„ladi.  Ular 
kutilmaganda  sodir  bo„lishi  bilan  juda  xatarlidir.    Ko„pchilik  holalarda  ob‟ektdagi  ishchilar  va 
xodimlarning  texnika  xavfsizligi  qonun-qoidalariga  tushinmasligi,  saviyasi  pastligi  natijasida 
favqulodda vaziyatlar kelib chiqadi. Favqulodda vaziyatlarni oldini olish, sodir bo„lganda bartaraf 
etish  usullarini  bilmaslik  esa  o„z  navbatida  ob‟ektda  ikkilamchi  favqulodda  vaziyatning  olib 
kelinishiga  sabab  bo„ladi.  Bu  hol  juda  xatarli  oqibatlarga,  odamlarning  qurbon  bo„lishiga, 
ob‟ektga juda katta miqdorada moddiy  zarar olib kelishiga  sabab bo„ladi.  SHuning uchun ob‟ekt 
fuqaro muhofazasi tuzilmalari xodimlari ob‟ekt ishchilari va xodimlarining  fuqaro muhofazasiga 
oid  bilimlarini  doimo  oshirib  borishlari,  favqulodda  vaziyatlarda  harakat  qilishning  qoidalarini 
o„rgatib borishlari zurur. 
Ishchi  va  xodimlarning  bu  boradagi  saviyasini  oshirish  fuqaro  muhofazasi  bo„yicha 
ob‟ektda o„tadigan o„quv mashqlarini qanday tashkil etishlariga bog„lik. 
Ob‟ektlardagi  barqarorlikni  oshirish, undagi avariyalarni kamaytirish   bo„yicha  tadbirlarni 
tahlil  qiladigan  bo„lsak,  ob‟ekt  fuqaro  muhofazasi  tuzilmalarining  quyidagi  vazifalarini  aytib 
o„tish joiz: 
-ishchilarni, xizmatchilarni, ularning oilalarini muhofaza qilish uchun barcha imkoniyatlarni 
o„rganib chiqib, tegishli tejalar tuzish; 
-ob‟ekt shikastlanuvchanligi jadvalini ishlab chiqish, tabiiy ofatlar, falokatlar ta‟sir etganda, 
ishlab chiqarish fondlarining talofati unga qanchalar bog„lik ekanligini tavsiflash. Ishlab chiqarish 
fondlarining talofati tufayli nisbiy birliklarda yoki dastlabki qiymatning fondi tarzida aks ettirish; 
-ehtimoli  bor  zarar  qancha  bo„lishiga  qarab,  korxonaning  belgilab  qo„yilgan  turdagi 
mahsulotni  chiqarish  yuzasidan  ishlab  chiqarish  quvvatlarini  kamaytirish  grafigini  ishlab 
chiqishda ishtirok etish; 
-ob‟ektning favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin bo„lgan sharoitda ishlab chiqarish 
faoliyatini davom ettirish imkoniyatini aniqlash. 
Ob‟ekt  fuqaro  muhofazasi  tuzilmalari  ishchi  –  xizmatchilari  va  aholini  muhofaza  qilish 
maqsadida bir qancha tadbirlarni ishlab chiqishlari kerak. Ulardan asosiylari quyidagicha: 

116 
 
-muhofaza inshootlari (panajoylar, va radiatsiyadan yashirinish joylari) fondini ko„paytirish 
va ularda yashirinuvchilar hayotiy faoliyatiga sharoit yaratish; 
-ko„chirish yo„li bilan aholini shahardan tashqari xavfsiz joylarga transportda olib chiqish va 
joylashtirishni shakl va usullarini takomillashtirish; 
-aholini shaxsiy muhofaza vositalari va muhofaza tibbiy vositalari bilan (GP-7V, R-2, AI-2, 
IPP-8a, yara bog„lash vositalari va boshqa muhofaza vositalari)  bilan ta‟minlash; 
-ob‟ekt,  tuman,  shahar,  viloyat  xabar  berish  tizimlarini  takomillashtirish  va  doimo  shay 
holatda saqlash; 
-favqulodda  vaziyatlardagi  halokatli  suv  bosish,  tabiiy  ofat  xavfi  haqida  aholiga  xabar 
berishning mahalliy (cheklangan) tizimlarini barpo etish; 
-aholiga kimyoviy xavfli moddalar va hozirgi zarba vositalaridan muhofaza qilish usullarini 
o„rgatish; 
-hududni,  inshootlar,  transport,  xom  ashyo  va  tayyor  mahsulotni  zararsizlantirish  ishlarini 
o„tkazishga tayyorlash; 
-erto„la, kon kovlamalari, meva-sabzovot omborlarini jihozlashni oxiriga etkazib qo„yish; 
-alohida  sexlarni, korxonalarni,  moddiy  zahira bazalarini va boshqa iqtisodiyot ob‟ektlarini 
joylashtirish  uchun  er  osti  kon  kavlamalaridan,  er  osti  bo„shliqlaridan  muhofaza  inshootlari 
sifatida foydalanishni tashkil etish; 
-mavjud muhofaza inshootlari jihozlanishini oxiriga etkazish; 
-navbatchi xodimlar uchun muhofaza inshootlarini jihozlash; 
-shahardan  tashqari  zonani  (ko„chirilgan  aholini  joylash  uchun  mo„ljallangan  joyni) 
o„zlashtirish va jihozlash; 
-aholiga tibbiy yordam ko„rsatishga tayyorlanish tadbirlarini bajarish; 
-aholini  oziq-ovqat,  ichimlik  suvni,  suv  ta‟minoti  tizimini,  em-xashakni,  urug„  fondini 
kimyoviy xavfli moddalardan zaharlanishdan muhofaza qilish. 
YUqorida  qayd  etilgan  tadbirlardan  tashqari  ob‟ekt  tuzilmasi  kamandasi  sardorining 
zimmasiga  favqulodda  vaziyatlar  sodir  bo„lganda  yoki  favqulodda  vaziyat  sodir  bo„lish  xavfi 
tug„ilganda quyidagilar yuklatiladi: 
  - ob‟ektda fuqaro muhofazasi tadbirlarini uzluksiz boshqarishni tashkil etish va ta‟minlash;  
  -  ishchilar,  xizmatchilar  va  ob‟ekt  atrofida  yashovchi  aholi  punklarini  favqulodda 
vaziyatlar yuzaga kelishi yoki yuzaga kelish xavfi to„g„risida ogohlantirish; 
  - ob‟ektning fuqaro muhofazasi rejasini ishlab chiqish va tashkil etish;   
  - favqulodda vaziyatlar sodir bo„lganida ishchilar, xizmatchilar va ularning oila -a‟zolarini 
himoya etish ishlarini amalga oshirish;        
  -  ob‟ektlardagi  aholini,  ishchilar,  xizmatchilar,  tuzilmalarni  favqulodda  vaziyatlar  sodir 
bo„lganda himoya usullariga o„rgatishni tashkil qilish;                              
  - favqulodda vaziyatlarni  bartaraf etish, ob‟ektlardagi qutqurish va qayta tiklash ishlariga 
tayyorgarlikni ta‟minlash;      
  - ob‟ektdagi fuqaro muhofazasi rejasi talablarini bajarilishini nazorat qilishni tashkil qilish. 
Bu  tadbirlarning  to„la-to„kis  bajarilishi  favqulodda  vaziyatlarning  oldini  olishda  va  sodir 
bo„lganda  fuqarolarning  xavfsizligini  ta‟minlash  bo„yicha  hamda  ob‟ektga  etkazilishi  mumkin 
bo„lgan moddiy zararning sezilarli darajada kamaytirish tadbirlarining samaradorligini oshiradi. 
Ma‟lumki  respublikamizning  katta  qismi  seysmik  faol  hududda  joylashib,  o„ziga  xos 
geologik,  girogeologik  va  iqlim  xususiyatlariga  ega.  SHu  omillarning  o„zigina  ob‟ektlar 
qurilishining ishonchli va sifatli bajarilishini, aholining xavfsizligini hamda iqtisodiyot ob‟ektlari 
barqarorligini  ta‟minlash  maqsadida  foydalanilayotgan  bino  va  inshootlarning  texnik  holatini 
me‟yoriy darajada saqlash muhim masalalarni qo„yadi. 
O„zbekiston  Respublikasi  Fuqaro  muhofazasi  muhandislik-texnik  tadbirlari,  qurilish 
me‟yorlari  qoidalarida  bayon  etilgan  talablar  iqtisodiyot  ob‟ektlari,  aholi  yashash  joylarida, 
muhandislik  tizimlari  rejalashtirilishi  va  joylashtirilishida  bajaralishi  lozimligi,  natijada  avriya, 
halokat  va  tabiiy  ofatlardan  iqtisodiyot  ob‟ektlari,  aholi  yashash  joylari,  muhandislik  tizimlari 
muhofaza qilinishini ta‟minlanishi demakdir. 

117 
 
Fuqaro  muhofazasi  muhandislik-texnik  tadbirlarini  loyihalashtirish  me‟yorlarining 
vazifalari va talablari 
 Fuqaro  muhofazasi  muhandislik-texnik  tadbirlarining  qurilish  me‟yoriy  qoidalarining 
hamma talablari: 
2.
 
Aholini  favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish. 
2. Tinchlik davrida favqulodda vaziyatlar sodir bo„lgandagi zararni kamaytirish. 
3.Tinchlik  davrida  va  harbiy  harakatlar  vaqtida  ob‟ektlar,  birlashmalar,  iqtisodiyot 
tarmoqlari ishlashi barqarorligini oshirish. 
4.  Tabiiy  ofat  hududlarida  qutqaruv  ishlarini  o„tkazish  uchun  kerakli  sharoitni  yaratishga 
qaratilgan bo„lishi. 
YUqorida  qayd  etilgan  me‟yorlarning,  hamda  quyidagi  talablarning  O„zbekiston  hududida 
fuqaro muhofazasi muhandislik-texnik tadbirlarini loyihalash va o„tkazishda bajarilishi kerak. 
1.  Tinchlik  davri  sharoitida  imorat  va  inshootlarni  loyihalashda  “Zilzilaviy  hududlarda 
imorat  va  inshootlar  qurilishi”  hamda  “Qo„shimcha  ishlov  hududlarida  va  cho„kadigan  erlarda 
imoratlar va inshootlar qurilishi” talablariga rioya qilinishi kerak. 
2.  Fuqaro  muhofazasi  muhandislik-texnik  tadbirlarining  hajmi  va  mazmuni  fuqaro 
muhofazasidagi  shaharlarning  guruhlariga  va  iqtisodiyot  ob‟ektlarining  toifalariga  qarab,  ishlab 
chiqarishdagi ehtimoli bor yirik avariyalar, halokatlar hamda tabiiy ofatlar ko„lamini hisobga olib 
belgilanadi. 
3.  Fuqaro  muhofazasi  muhandislik-texnik  tadbirlari  tinchlik  davrida  oldindan  ishlab 
chiqarilishi  va  o„tkazilishi  kerak.  Xususiyati  jihatidan  oldindan  amalga  oshirish  iloji  bo„lmagan 
tadbirlar maxsus vaqtda mumkin qadar qisqa muddatda o„tkazilishi kerak. 
Ishlab  chiqilgan  tadbirlarning  hajmi  va  o„tkazilish  muddati  O„zbekiston  Respublikasi 
iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi rejasida belgilab qo„yiladi. 
Muhandislik-texnik  tadbirlarning  mohiyati,  asosan  yirik  shaharlardagi  sanoat  va  aholi 
zichligini  cheklashga,  aholini  muhofaza  qilishga,  moddiy  resurslar  saqlanishiga  borib  taqaladi. 
Buning  esa  shu  shahar  va  ob‟ektlarini  favqulodda  vaziyatlardan  muhofaza  qilishga  o„z  vaqtida 
tayyorlab qo„yish uchun muhim ahamiyati bor. 
Muhandislik-texnik  tadbirlari  biror  ob‟ektni  loyihalash,  qurishda,  ekspluatatsiya  qilish, 
yopish  kabi  har  bir  bosqichda  o„tkaziladi.  Fuqaro  muhofazasi  bo„yicha  ekspertiza  ishini 
Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillari o„tkazadilar. 
Muhandislik muhofazasi – bu tinchlik va  harbiy  davrlarda  favqulodda vaziyatlarning  oldini 
olish  va  ularning  oqibatlarini  tugatish,  aholini  va  hududlarni  muhofaza  qilishga,  mamlakat 
iqtisodiyotiga  etadigan  zararni  kamaytirishga  qaratilgan  fuqaro  muhofazasi  muhandislik -texnik 
tadbirlarning majmuidir. 
Aholi  punktlarini  rejalashtirishdagi  talablar:  yong„in  xavfini  kamaytirish,  evakuatsiya 
tadbirlarini  tez  o„tkazish  shartlariga  rioya  qilish,  FVDT  kuchlari  kiritilishi  uchun  sharoitni 
ta‟minlash, iqtisodiyot ob‟ektlari vayron bo„lishi ehtimolini kamaytirishga qaratilgan. 
Buning uchun me‟yorlarda: 
-shahar  hududini  250  gektardan  katta  bo„lmagan  mikrotumanlarga  bo„lish,  ular  bir-biridan 
kamida 100 m. ajratib qo„yilgan bo„lishi kerak; 
-ko„kalamzor maydonlar va qatorlar ekish; 
-shahardan  tashqari  zonaga  kamida  ikki  yo„nalishda  chiqish  yo„li  bo„lishini  hisobga  olib, 
shahar  atrofida  yo„l  tarmog„i  qurish  (yo„llarning  kengligi  eng  baland  imorat  balandligiga 
qo„shimcha yana 15 metrga teng bo„lishi kerak); 
-avtotransport va temir yo„l platformalarini birlashtirib qurish; 
-shahardan tashqari zonani rivojlantirishni nazarda tutish. 
O„zbekiston Respublikasi muhandislik-texnik tadbirlarining QMQ-93 ning talablari 
Kimyoviy xavfli ob‟ektlarga tutash,  chegarasi ichida kuchli ta‟sir  etuvchi  zaharli  moddalar 
(KTZM) solingan idishlar buzilib qolsa, bu moddalar muhofazalanmagan kishilarni shikastlashga 

118 
 
olib  keladigan  konsentratsiyada  tarqalishi  ehtimoli  bo„lgan  hudud  ehtimol  bo„lgan  xavfli 
kimyoviy zararlanish zonasini tashkil etadi. 
Kuchli  ta‟sir  etuvchi  zaharli  moddalarni  saqlash  uchun  bazis  omborlari  shahardan  tashqari 
zonada,  aholi  punktlaridan  uzoqda,  qattiq  vayronalik  hamda  halokatli  suv  bosish  ehtimoli  bor 
hududlardan tashqarida qurish mo„ljallanishi kerak. 
YAngi qurilayotgan va qurilishi tavsiya etilayotgan kuchli ta‟sir etuvchi zaharli moddalar va 
yong„in-portlash  xavfi  bor  moddalar  ishlab  chiqaradigan  yoki  ishlatadigan  korxonalarda  idishlar 
va  kommunikatsiyalarni  shikastlanishdan  muhofaza  qilish  (past  tayanchlarga  o„rnatish,  tuproq 
ostiga  yotqizish  yoki  tuproq  tortib  o„rash),  shuningdek  kuchli  ta‟sir  etuvchi  zaharli  moddalar  va 
yong„in-portlash xavfi bor suyuqliklar to„kilishiga yo„l qo„ymaydigan choralar (er ostida saqlash, 
chiqarib  yuborish  uchun  o„zi  yopiluvchi    klapani  bor  tagliklar,  avariya  idishlari,  yo„nalgan 
tashlamali tutgichlar va omborlar)  nazarda tutilishi kerak. 
Muhim  mudofaa  ahamiyatiga  ega    ob‟ekt  va  ishlab  chiqarishlarni,  moddiy  va  oziq-ovqat 
rezervlari davlat bazalarini, taqsimot sovitgichlarini, strategik material va xom ashyo omborlarini 
texnik  jihatdan  iloji  bor  va  iqtisodiy  maqbul  joylardagi  kon  kavlamalariga  joylashtirish  tavsiya 
etiladi. 
Toifalangan  shaharlar  va  ob‟ektlar  aholisini  joriy  ta‟minlash  mollarini  saqlashga 
mo„ljallangan  yangi  bazalar,  omborlar,  taqsimot  sovitgichlari  va  boshqa  omborxonalar  qurish 
Vazirlar  Mahkamasi,  vazirliklar  hamda  viloyat  hokimliklari  belgilaydigan  me‟yorlarda  shunday 
moddar  zahirasini  saqlash  uchun  etarli  omborxona  sig„imlariga  bo„lgan  talabdan  oshmaydigan 
hajmda amalga oshirilishi kerak. 
Mavjud  bo„lgan,  qurilayotgan  va  qurilishi  mo„ljallanayotgan  yirik  suv  omborlarining 
halokatli suv bosish ehtiomli bor hududlarida zararli kimyoviy moddalar chiqaradigan toifalangan 
yangi  sanoat korxonalari va  ob‟ektlari qurish,  materiallar va oziq-ovqat  davlat  zahira bazalari va 
omborlari, viloyat va respublika ahamiyatiga molik aeroport va boshqa ob‟ektlar qurilishiga  yo„l 
qo„yilmaydi. 
Mavjud  shaharlarda  yangi  turar  joylarni  suv  bosmaydigan  hududlarda  qurish  kerak. 
Halokatli  suv  bosish  hududining  chegaralari,  chuqurligi  va  boshqa  ko„rsatgichlari  bosimli 
frontning  qisman  (chala)  buzilish  lahzasi  bilan  suv  omborining  suv  tutib  turish  yuzasi  me‟yorda 
bo„lgan  lahza to„g„ri kelib qolish ehtimolidan kelib  chiqib aniqlanadi. Pansionatlar,  sanatoriylar, 
istirohat shaharchalari, mehnatkashlarning qisqa va uzoq vaqt dam olish ob‟ektlari hamda boshqa 
sog„lomlashtirish muassasalari ehtimol bo„lgan vayronaliklarni hisobga olib, halokatli suv bosish 
hududlaridan tashqarida joylashtirilishi kerak. 
Iqtisodiyot ob‟ektlarini joylashtirishdagi talablar. 
Eng  avvalo,  sanoat  korxonalariga  taalluqli  bo„lib,  bu  korxonalar  (mazkur  shahar  aholisiga 
xizmat  ko„rsatish  bilan  bog„liklaridan  tashqari)  aholisi  250  ming  kishi  va  undan  ortiq  bo„lgan 
toifalangan shaharlarning katta vayronaliklar ehtimoli bor hududlarida joylashtirmasliklari kerak. 
Ehtimoli  bo„lgan  halokatli  suv  bosish  hududining  katta-kichikligini  asoslovchi  hujjatlar 
(texnik-iqtisodiy asoslari, texnik-iqtisodiy ishlab chiqarish) tayyorlanayotganda hamda aholini va 
iqtisodiyot  ob‟ektlarini  muhofaza  qilish  yuzasidan  O„zbekiston  Respublikasi  Qishloq  va  suv 
xo„jaligi  vazirligi  ishlab  chiqadigan  muhandislik  tadbirlari  sxemasi  asosida,  shuningdek  aholi 
punktlari,  ob‟ektlar,  imoratlar  va  inshootlar  qurish  uchun  maydonlar  tanlash  asosida  aniqlanishi 
kerak. 
Toifalangan  shaharlardagi iqtisodiyot  ob‟ektlarini  qayta ta‟mirlash  va kengaytirish  Vazirlar 
Mahkamasining qarorlariga muvofiq amalga oshirilishi kerak. 
Tez  yonadigan  va  yonilg„i  suyuqliklar  (neft,  benzin,  moy  va  h.k.)  ni  qayta  ishlash 
korxonalarini,  shuningdek  shu  suyuqliklar  saqlanadigan  bazis  omboxonalarni  toifalangan 
shaharlardagi  va  ob‟ektlardagi  turar  joy  hududlariga  va  sanoat  korxonalariga  nisbatan  er  yuzasi 
qiyaligi  bo„ylab  pastroqda,  shuningdek  magistral  avtomobil  yo„llari  va  temir  yo„llari  bo„ylab, 
idishlar buzilsa, yonilg„i suyuqliklarni xavfsiz joylarga oqizib yuborish imkoniyatini hisobga olib 
joylashtirish kerak bo„ladi. 

119 
 
Daryolar  bo„yida  quriladigan  neft  va  neft  mahsulotlari  omborlari  aholi  punktlariga, 
gidroelektrstansiyalar  va  gidrotexnika  inshootlariga,  temir  yo„l  ko„priklariga,  suv  o„tkazgich 
stansiyalariga  nisbatan  daryo  oqimi  bo„ylab  pastroqda,  kamida  100  metr  oraliqda  joylashtirilishi 
kerak. 
Kuchli  ta‟sir  etuvchi  zaharli  moddalar,  yong„in-portlash  xavfi  bor  moddalar  ishlab 
chiqaradigan  yoki  ishlatadigan  korxonalarda  oraliq  omborlardagi  va  texnologik  idishlardagi 
bunday  moddalar  zahirasini  ishlab  chiqarish  uchun  kerakli  minimum  miqdorgacha  iloji  boricha 
maksimal darajada kamaytirishga batamom tayyor turish nazarda tutilishi kerak.  
Fuqaro muhofazasida ishlatiladigan muhofaza inshootlari 
Respublikamizda  qabul  qilingan  “Aholi  va  hududlarni  tabiiy  va  texnogen  xususiyatli 
favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to„g„risidagi”gi Qonunning 11-moddasida “Korxonalar, 
muassasalar 
va 
tashkilotlarningfavqulodda 
vaziyatlardan 
muhofaza 
qilish 
sohasidagi 
majburiyatlari”da  muhofaza-himoya  inshootlari,  zaruratga  qarab,  oldindan  barpo  etilishini 
ta‟minlashlari  hamda  ularni  doimo  shay  holatda  saqlab  turishlari  lozim,  deb  ta‟kidlangan 
(muhofaza  inshootlarining  tavsifi,  ulardan  foydalanish  yo„llari  va  h.k.  larga  oldingi  boblarda 
to„xtalib batafsil o„tilingan). 
 
Download 19.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling