Toshkent farmatsevtika instituti farmakologiya va klinik farmatsiya


Download 19.07 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/19
Sana25.06.2017
Hajmi19.07 Kb.
#9850
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19

 
BAHOLASH MEZONLARI. 
Talabalarning  o„zlashtirishini  baholash  o„quv  yili  davomida  muntazam  ravishda  olib 
boriladi va quyidagi turlar orqali amalga oshiriladi: 
-
 
joriy baxolash  (JB) 
-
 
talabalarning mustakil ishi (TMI) 
-
 
oraliq baxolash (OB) 
-
 
yakuniy baxolash (YAB). 
-
 
Xar  bir  fan  bo„yicha  talabaning  semestr  davomidagi  o„zlashtirish  ko„rsatkichi  100 
ballik tizimda butun sonlar bilan baholanadi. 

18 
 
 
Ushbu 100 ball baxolash turlari bo„yicha quyidagicha taqsimlanadi: 
№ 
Baxolash turi 
Maksimal ball  
Saralash bali  

Joriy baxolash va talabaning 
mustaqil ishi 
45 va 5 
27 

Oraliq baxolash 
20 
11 

YAkuniy baxolash 
30 
17 

Jami 
100 
55 
Talabaning  fan  bo„yicha  to„plagan  umumiy  bali  xar  bir  baxolash  turlarida  to„plagan  ballar 
yig„indisiga teng bo„ladi. 
 
JORIY BAXOLASH (JB) 
JBda  fanning  xar  bir mavzusi  bo„yicha talabaning  bilimi  va amaliy kunikmalarini aniqlab 
borish  ko„zda  tutiladi  va  u  amaliy  mashg„ulotlarda  amalga  oshiriladi.  Baxolashda  talabaning 
bilim darajasi, amaliy mashg„ulot materiallarini o„zlashtirishi, nazariy material muxokamasida 
va ta‟limning interaktiv uslublarida qatnashishning faollik darajasi, shuningdek amaliy bilim va 
ko„nikmalarini  o„zlashtirish  darajasi  xisobga  olinadi.  Xar  bir  belgilangan  darsning  maksimal 
balli 5 ballni tashkil qiladi.  
 
O„zlashtirish 
Ballda 
A‟lo 

YAxshi 

Qoniqarli 

Qoniqarsiz 
3 dan kam 
Talabaning ballarda ifodalangan o„zlashtirishi quyidagicha baxolanadi: 
 
Ball 
Talabaning bilim darajasi 
 

Talabalar uy vazifasini bajargan, og„zaki savollarga aniq 
javob beradi, mavzu buyicha mustaqil fikrlay oladi.  

Talaba  uy  vazifasini  bajargan,  og„zaki  va  test 
savollariga  javob  bera  oladi.  Mavzuni  tushungan,  lekin 
taxlil va fikrlashda ayrim xatoliklar bor. 

Talaba  uy  vazifasini  bajargan,  og„zaki  va  test 
savollariga qiynalib javob beradi, lekin fikrlash va taxlil 
qila olish qobiliyatiga ega emas.  
 3  dan kam 
Talaba  mavzu  buyicha  savollarga  javob  bera  olmaydi, 
mavzuni tushunmaydi. 
  
TALABANING MUSTAQIL ISHI 
 
Talabaning  mustaqil  ishi  O„zR  Oliy  va  o„rta  maxsus  ta‟lim  vazirligining  29.08.2010  yil 
340-sonli  buyrug„i  va  institut  rektori  tomonidan  2005  yil  3  sentyabrda  tasdiqlangan  “Talaba 
mustaqil  ishini  tashkil  etish,  nazorat  qilish  va  baxolash  tartibi  to„g„risida  Nizom”  asosida 
tashkil etiladi.  
Mustaqil ish  buyicha  talaba tuplagan  ball joriy nazoratda olgan  baliga kushib xisoblanadi. 
Talaba mustakil ishi uchun maksimal 5 ball ajratilgan. 
Talabaning mustaqil ishi kafedra arxivida ruyxatga olinadi va 2 yil mobaynida saqlanadi. 
Mustaqil ish buyicha kafedra nizomi ishlab chiqiladi va unda TMIning shakl va turlari, xar 
bir  ish  turiga  soatlarni  taqsimlash  va  baxolash  mezonlari  ishlab  chiqiladi.  TMI  dasturga 
kiritilgan  mavzular  asosida  referatlar,  krassvordlar,  slayd,  jadval  va  referatlar  shaklida 

19 
 
tayyorlanishi  mumkin.  Talabani  mustaqil  ishini  nazorat  qilish  o„quv  mashg„ulotini  olib 
boruvchi o„qituvchi tomonidan bevosita olib boriladi. 
 
ORALIQ BAXOLASH 
 
OBda  fanning  bir  necha  mavzularini  qamrab  olgan    bo„limi  yoki  qismi  buyicha 
mashg„ulotlar  o„tib  bulingandan  so„ng,  talabaning  nazariy  bilimlari  baxolanadi.  Bunda 
talabaning muayyan nazariy bilimi kafedrada tayyorlangan OB savollari orqali yozma ravishda 
tekshiriladi.  
Barcha fanlardan OB semestrda bittadan o„tkaziladi. OBga JBdan qarzi bulmagan talabalar 
quyiladi. OBning maksimal balli 20 ball. 
 
O„zlashtirish 
Ballda 
A‟lo 
17 
YAxshi 
14 
Qoniqarli 
11 
Qoniqarsiz 
11  dan kam 
 
OB  buyicha  belgilangan  maksimal  reyting  balining  55  %  dan  kam  ball  to„plagan  talaba 
YABga quyilmaydi.  
 
YAKUNIY BAXOLASH 
 
YABda  talabaning  bilim,  kunikma  va  malakalari  fanning  umumiy  mazmuni  doirasida 
baxolanadi.  YAB  fan  buyicha  o„quv  mashg„ulotlari  tugaganidan  so„ng  semestr  oxirida 
o„tkaziladi. YABning maksimal bali 30 ball.  
 
         To„plangan ball 
Baho  
25 
A‟lo "5" 
21 
YAxshi "4" 
17 
qoniqarli "3" 
17 dan kam 
qoniqarsiz "2" 
    
Semestr yakunida fan ÿqituvchisi tomonidan talabaning reytingi xisoblanadi. 
R=  VxO 
       100 
V – tuplangan ball      O – Fan uchun ajratilgan soat  
 
JB,  TMI  va  OBga  ajratilgan  umumiy  ballarning  xar  biridan  saralash  ballini  tuplagan 
talabaga YABga ishtirok etishga xuquq beriladi. YABni o„tkazish shakli - test, og„zaki, yozma 
ish  yoki  ushbu  usullar  kombinatsiyasida  Ilmiy  Kengash  qarori  va  rektor  buyrug„i  bilan 
bnlgilanadi.  
JB, OB va YAB turlarida  fanni uzlashtira olmagan (55 dan kam ball to„plagan)  yoki uzrli 
sabablar  bilan  baxolash  turlarida  ishtirok  eta  olmagan  talabalarga  quyidagi  tartibda  qayta 
baxolashdan o„tishga ruxsat beriladi: 
-  qoldirilgan  amaliy  mashg„ulot  kelgusi  darsga  qadar  topshiriladi.  3  ta  mashg„ulotni 
qoldirgan talaba faqat fakultet dekani ruxsati bilan qayta topshirishi mumkin. 
-  xar  bir qoldirilgan  ma‟ruza  mashg„uloti uchun u qayta topshirilsa, JBda  to„plagan  ballar 
yig„indisidan 5 balldan, agar qayta topshirilmasa 10 balldan olib tashlanadi, 
-  OBni  2  xafta  muddatda  qayta  topshirishga  ruxsat  beriladi  va  bali  koeffitsentsiz  qayd 
etiladi, 

20 
 
-  semestr  yakunida  fan    buyicha  saralash  ballidan  kam  ball  tuplagan  talabaning 
o„zlashtirishi qoniqarsiz xisoblanadi. 
- akademik qarzdor talabalarga semestr tugaganidan so„ng dekan ruxsatnomasi bilan qayta 
o„zlashtirish uchun bir  oy  muddat  beriladi.  SHu  muddat  davomida  o„zlashtira olmagan talaba 
belgilangan tartibda rektorning buyrug„i bilan talabalar safidan chetlashtiriladi. 
 
 
 

21 
 
REYTING NATIJALARINI QAYD QILISH TARTIBI 
 
Fandan  reyting  nazorati  buyicha  yakunlovchi  qaydnoma  varaqasi  fan  tugagandan  sung  1 
kun  muddat  ichida  kafedrada  2  nusxada  tuldiriladi  va  mudir  tomonidan  imzolanib,  1  nusxasi 
dekanatga  topshiriladi.Talabaning  to„plagan  ballari  reyting  qaydnomasiga  quyidagicha  qayd 
etiladi. 
 
 
№ 
Fan 
nomi 
Umumiy 
o„quv soat 
Uzlashtirish 
kursatkichi 
Reyting 
O„qituvchining 
F.I.SH 
Sana 
Im-
zo 

XFX 
36 
86 
62 
Saidov.S.A. 
23.01. 
2013 y 
 
 
Talabaning saralash ballidan past o„zlashtirishi “Reyting daftarchasi”da qayd etilmaydi.  
Fan  bo„yicha  o„tkaziladigan  baholash  turlarining  (JB,  OB  va  YAB)  natijalari  kafedra 
tomonidan reyting nazorati ekranida muntazam ravishda yoritib boriladi. 
 
 
 
Asosiy darsliklar va o„quv qo„llanmalar: 
 
1. Karimov  I.  “O„zbekiston  XXI  asr  bo„sag„asida:  xavfsizlikka  tahdid,  barqarorlik  shartlari, 
taraqqiyot kafolatlari”. T. “O„zbekiston”, 1997. 
2.  Karimov I. “Alloh qalbimizda, yuragimizda”. T. “O„zbekiston”, 1999. 
3.  Karimov I. “Hushyorlikka da‟vat”. T. “O„zbekiston”, 1999. 
4.  “O„zbekistonda  demokratik  jamiyat  qurish  nazariyasi  va  amaliyoti”.  O„quv  qo„llanma. 
Toshket Moliya Instituti. T. 2004. 
5. Prezident  Islom  Karimovning  “O„zbekiston  XXI  asr  bo„sag„asida:  xavfsizlikka  tahdid, 
barqarorlik  shartlari va taraqqiyot kafolatlari ” asarini o„rganish  bo„yicha Metodik Qo„llanma. 
T. “Universitet”. 1997.  
 
Qo„shimcha adabiyotlar: 
 
1.   O„zbekiston Respublikasining 1999 yil 20 avgustdagi «Axolini va xududlarni tabiiy xamda 
texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muxofaza kilish to„grisida»gi Konuni. 
2.O„zbekiston  Respublikasining  «Terrorizmga  karshi  kurash  to„grisida»gi  Konuni,  15  dekabr 
2000 yil  
3. O„zbekiston Respublikasining 2000 yil 26 may kunidagi «Fukaro    muxofazasi to„grisida»gi 
Konuni. 
4.  O„zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Maxkamasining  1998  yil  27  oktyabrdagi  «Texnogen, 
tabiiy va ekologik xususiyatli favkulodda vaziyatlarning tasnifi to„grisida»gi 455-sonli karori. 
5.Fukaro  muxofazasi  institutining    Uslubiy  qo„llanma  “Evakuatsiya  kilish  (ko„chirish) 
to„g„risida”gi.  
 
 
Internet va ZiyoNet saytlari 
1.
 
www.ziyonet.uz
   
2.
 
www.Lex.uz
.  
3.
 
www.uzpharm-control.uz
   
4.
 
www.doridarmon.uz
 
5.
 
www.uzpharmsanoat.uz
 

22 
 
III. FANNI O„QITISHDA FOYDALANILADIGAN INTERFAOL TA‟LIM 
METODLARI 
 
“KEYS-STADI” METODI 
 
Keys-stadi  interaktiv  ta‟lim  metodi  sifatida 
tinglovchilar 
tomonidan 
eng 
afzal 
ko„riladigan 
metodlar qatoriga kirmoqda. Ushbu texnologiya asosan 
farmatsevtika  fanlaridan  dars  beruvchi  o„qituvchi  va 
tinglovchilarning umumiy intellekual va kommunikativ 
salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan. 
Buning 
sababi 
sifatida 
ushbu 
metod 
tinglovchilarga  tashabbus  bildirish,  nazariy  holatni 
o„zlashtirishda 
hamda 
amaliy 
ko„nikmalarni 
shakllantirishda mustaqillikka ega bo„lish imkoniyatini 
berishida 
ko„rish 
mumkin. 
O„z 
navbatida 
vaziyatlarning  analizi  (tahlili)  tinglovchilarning  kasbiy 
shakllanish  jarayoniga  kuchli  ta‟sir  o„tkaza  olishi,  ularning  kasbiy  jixatdan  “ulg„ayishiga” 
xizmat qilishi, ta‟lim olishga nisbatan qiziqish va ijobiy motivatsiyaning shakllantirishi alohida 
ahamiyatga  ega.  Keyslar  metodi  o„qituvchining  tafakkur  turi  sifatida,  alohida  paradigma 
ko„rinishida  gavdalanib,  ijodiy  salohiyatni  rivojlantirish,  noan‟anaviy  tarzda  fikrlash 
imkoniyatini beradi.  
 
“Keys metodi” ni  amalga oshirish bosqichlari 
 
Ish bosqichlari 
Faoliyat shakli va mazmuni 
1-bosqich:  Keys  va  uning  axborot 
ta‟minoti bilan tanishtirish 

 
yakka tartibdagi audio-vizual ish; 

 
keys bilan tanishish(matnli, audio yoki media 
shaklda); 

 
axborotni umumlashtirish; 

 
axborot tahlili; 

 
muammolarni aniqlash 
2-bosqich:Keysni  aniqlash-tirish  va 
o„quv  topshirig„ni belgilash 

 
individual va guruhda ishlash; 

 
muammolarni dolzarblik ierarxiyasini aniqlash; 

 
asosiy muammoli vaziyatni belgilash 
3-bosqich: 
Keysdagi 
asosiy 
muammoni  tahlil  etish  orqali  o„quv 
topshirig„ining    echimini  izlash,  hal 
etish yo„llarini ishlab chiqish 

 
individual va guruhda ishlash; 

 
muqobil echim yo„llarini ishlab chiqish; 

 
har  bir  echimning  imkoniyatlari  va  to„siqlarni 
tahlil qilish; 

 
muqobil echimlarni tanlash 
4-bosqich:  Keys  echimini   echimini 
shakllantirish va asoslash, taqdimot.  

 
yakka va guruhda ishlash; 

 
muqobil 
variantlarni 
amalda 
qo„llash 
imkoniyatlarini asoslash; 

 
ijodiy-loyiha taqdimotini tayyorlash; 

 
yakuniy  xulosa  va  vaziyat  echimining  amaliy 
aspektlarini yoritish 
 
Keys. Laboratoriyaga yangi yuqori samarali xromatografi o„rnatildi. Ammo ishga tushirishning 
imkoni bo„lmadi. Nima qilish lozim?
 

23 
 
 “SWOT-TAHLIL” METODI 
Ushbu  texnologiya    munozarali    masalalarni    hal  etishda,  baxs  –munozaralar 
o„tkazishda yoki o„quv seminari yakunida, yoki o„quv rejasi asosida biron bir bo„lim o„rganib 
bo„lingach qo„llanilishi mumkin. Bu texnologiya tinglovchilarni o„z fikirlarini himoya qilishga, 
erkin  fikirlash  va  o„z  fikrini  boshkalarga  o„tkazishga  ,  ochiq  xolda  baxslashishga  ,  o„quv 
jarayonida  egallagan  bilimlarini  tahlil  etishga,  qay    darajada  egallaganliklarini  baholashga  
hamda  tinglovchilarni  baxslashish  madaniyatiga o„rgatadi. 
 
 
 
 
 
 
 
“KEYS-STADI” METODI 
Keys-stadi 
interaktiv 
ta‟lim 
metodi 
sifatida 
tinglovchilar  tomonidan  eng  afzal  ko„riladigan  metodlar 
qatoriga  kirmoqda.  Ushbu  texnologiya  asosan  farmatsevtika 
fanlaridan  dars  beruvchi  o„qituvchi  va  tinglovchilarning 
umumiy 
intellekual 
va 
kommunikativ 
salohiyatini 
rivojlantirishga qaratilgan. 
Buning  sababi  sifatida  ushbu  metod  tinglovchilarga 
tashabbus  bildirish,  nazariy  holatni  o„zlashtirishda  hamda 
amaliy  ko„nikmalarni  shakllantirishda  mustaqillikka  ega 
bo„lish  imkoniyatini  berishida  ko„rish  mumkin.  O„z 
navbatida  vaziyatlarning  analizi  (tahlili)  tinglovchilarning 
kasbiy  shakllanish  jarayoniga  kuchli  ta‟sir  o„tkaza  olishi,  ularning  kasbiy  jixatdan 
“ulg„ayishiga”  xizmat  qilishi,  ta‟lim  olishga  nisbatan  qiziqish  va  ijobiy  motivatsiyaning 
shakllantirishi  alohida  ahamiyatga  ega.  Keyslar  metodi  o„qituvchining  tafakkur  turi  sifatida, 
alohida paradigma ko„rinishida gavdalanib, ijodiy salohiyatni rivojlantirish, noan‟anaviy tarzda 
fikrlash imkoniyatini beradi.  
 
 
 
• Заиф, 
кучсиз 
томонлари
 
• Имконият
лари 
 
• Кучли 
томонлари
 
• Тўсиқлар 
 
T
 

 
(threat

S
 
(stren
gth) 
W
 – 
(weak
ness) 
O
 

 
(oppor
tunity) 

24 
 
 “ASSESMENT”  METODI 
Ushbu  “Assesment”  lardan  ma‟ruza 
mashg„ulotlarida  qatnashchilarning  mavjud 
bilim 
darajasini 
o„rganishda, 
yangi 
ma‟lumotlarni  bayon  qilishda,  seminar,  
amaliy  mashg„ulotlarda  esa  mavzu  yoki 
ma‟lumotlarni 
o„zlashtirish 
darajasini 
baholash,  shuningdek,  o„z-o„zini  baholash 
maqsadida  individual  shaklda    foydalanish 
tavsiya  etiladi.  SHuningdek,  o„qituvchining 
ijodiy 
yondashuvi 
hamda 
o„quv 
maqsadlaridan  kelib  chiqib,    assesmentga 
qo„shimcha topshiriqlarni kiritish mumkin.  
 
«VEN DIAGRAMMASI» 
 
bunda  talabalar  mavzuda  uchragan  atamalarni  o„xshash  va  farq  qiluvchi  tomonlarini  bayon 
qiladilar.  
 
 
 
 
 
Ma`ruza ma`lumotlari talabalar tomonidan amaliy, seminar mashg‟ulotlarida 
va mustaqil ishlarda ishlab chiqiladi. Amaliy va seminar mashg‟ulotlarida nazariy 
bilimlar 
chuqurlashtiriladi, 
kengaytiriladi, 
mustahkamlanadi, 
hamda 
ko`nikmalarni amalda bajarishga o`rgatiladi. Mustaqil ishlarda esa ma`ruzalardan 
olingan bilimlarni chuqurlashtiriladi va kengaytiriladi. Natijada amaliyotga joriy 
etiladigan ko`nikmalar uchun nazariy asos yaratiladi.  
Talabalarni  xatosiz  faoliyat  ko`rsatishga  o`rgatishda,  mashg‟ulotlarni 
kompleks 
yangi 
pedagogik 
texnalogiyalar 
bilan 
o`tkazish 
professor-
o`qituvchining  mahorati  hisoblanadi.  Zamonaviy  pedagogik  texnalogiyalar 
talabalarni  muayyan  fanni  o`zlashtirishga  qiziqtirishda  va  ko`nikmalarni  hosil 
qilishda, mustaqilligini ta`minlashga qaratilgandir.  
SHunday  qilib,  kafedrada  xayotiy  faoliyat  havfsizligi  ko`nikmalarini  hosil 
qilishda,  hamda  mashg‟ulotlarni  qiziqarli  qilib  olib  borishni  ta`minlashda 
quyidagi yangi pedagogik texnalogiyalardan foydalanilmoqda.  
 
 «KIM ILG‟OR» USLUBI 
Guruxdagi  talabalarni  ikki  kichik  guruxchaga  bo`lib,  ularga  uyga  vazifa 
qilib,  o`tiladigan  mavzu  va  uning  uslubiy  ko`rsatmasi  beriladi.  Har  bir  kichik 
Havf 
Yordam 

25 
 
guruxcha vazifani chuqur taxlil qilgach, mavzu bo`yicha qator savollar tayyorlab 
keladilar.  Ana  shu  tayyorlab  kelingan  savollar  asosida  ikki  kichik  guruxcha 
o`rtasida  «Kim  ilg‟or»  musobaqasi  o`tkaziladi,  ya`ni  savollar  birma-bir  o`rtaga 
tashlanadi  va  musobaqa  natijalarini  professor-o`qituvchi  kuzatib  borib,  ular 
bo`yicha  talabalar  bilimini  baholaydi.  Bunda  har  bir  talabaning  musobaqada 
qatnashishi hisobga olinadi. 
 «KIM CHAQQON» USLUBI 
Professor-o`qituvchi  kelgusi  darsda  o`tiladigan  mavzu  bo`yicha  savollar 
tayyorlab kelib, mavzuning uslubiy ko`rsatmasi bilan birgalikda uyga vazifa qilib 
beradi.  Barcha  talabalar  ana  shu  tuzilgan  savollar  asosida  darsga  tayyorgarlik 
ko`radi.  Mashg‟ulot  vaqtida  professor-o`qituvchi  birma-bir  savollarni  o`rtaga 
tashlaydi.  Qaysi  bir  talaba  oldin  qo`l  ko`targan  bo`lsa,  uning  javobi  eshitiladi. 
SHu  tariqa  har  bir  savolga  javob  olinadi.  Talabalarning  savollarga  qaytargan 
javoblariga qarab professor-o`qituvchi ularni baholaydi. 
 
«MUAMMOLI VAZIFALAR» USULI. 
Talabalarga  o`tiladigan  mavzu  va  uning  uslubiy  ko`rsatmasi  beriladi. 
Talabalar  mavzuni  chuqur  tahlil  qilib  keladilar.  Mashg‟ulot  paytida  professor-
o`qituvchi  talabalarga  mavzuga  taalluqli  har  xil  muammoli  holatlar  bo`yicha 
tezlik bilan echishni talab qiladigan vazifalar beradi. Talabalar bu vazifalarni 0,5-
1,5 daqiqa ichida tezlik bilan echib, ko`rsatib berishlari lozim. 
Beriladigan vazifalar quyidagicha bo`lishi mumkin. 
1. Yonayotgan odam u yoq bu yoqqa yugaryapti, sizni yordamingiz? 
2. Yo`lda xushsiz yotgan odamni uchratdingiz, siz nima qilasiz? 
Bunda  barcha  talabalar  fa`ol  qatnashadi.  Vazifalarni  talabalar  tomonidan 
hatosiz  va  tezlik  bilan  bajarilishi,  hamda  kamchiliklari  hisobga  olinib,  talabalar 
bilimi baholanadi. 
 
«GALEREYA BO`YLAB» USULI 
Mavzu va uslubiy ko`rsatmalar oldindan talabalarga beriladi. Talabalar uyda 
o`qib tayyorlanib keladilar. Mashg‟ulotlar paytida guruhdagi talabalar bir necha 
kichik  guruxchalarga  (3-4  kishidan  iborat  kichik  guruhchalarga)  bo`linadi  va 
ularga  berilgan  mavzu  bo`yicha  vazifa  beriladi.  Har  bir  guruhcha  10  daqiqa 
davomida  o`z  fikrlarini  qog‟ozga  yozadi  va  yozgan  javoblarini  bir-birlariga 
berishadi.  Har  bir  guruhcha  boshqa  guruhcha  yozgan  javoblarni  o`qib  chiqadi, 
agar javob to`la bo`lmasa, o`z variantini aytadi. 
Vazifani  bajarish  tugagandan  keyin,  hamma  qatnashchilar  yozilgan 
javoblarni muhokama qiladilar va eng to`g‟ri va mukammal berilgan javoblarga 
yuqori ball qo`yiladi. 
 
 
 
 
 
 

26 
 
IV. NAZARIY MATERIALLAR 
 
 
1-MAVZU 
AHOLINI VA HUDUDLARNI FAVQULODDA VAZIYATLARDAN MUHOFAZA 
QILISHNING HUQUQIY ASOSI. O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI FAVQULODDA 
VAZIYATLARDA ULARNING OLDINI OLISH VA HARAKAT QILISH DAVLAT TIZIMI. 
AHOLI VA HUDUDLARNI TABIIY XUSUSIYATLI FAVQULODDA  VAZIYATLARDAN 
MUHOFAZA QILISHNI TASHKIL ETISH. HUDUDLAR VA AHOLINI EPIZOOTIK VA 
EPIFITOTIK VAZIYATLARDAN MUHOFAZA QILISHNI TASHKIL ETISH 
 
REJA: 
1.
 
Aholi  va  hududlarni  favqulodda vaziyatlardan  muhofaza  qilishning  huquqiy asoslari. 
2.
 
Fuqaro muhofazasining hozirgi zamon sharoitidagi ahamiyati. 
3.
 
О„zbekitson Respublikasi Prezidenti favqulodda vaziyatlar yuz bergan taqdirda fuqarolarning 
xavfsizligini ta‟minlash. 
4.
 
Fuqaro muhofazasining hozirgi zamon sharoitidagi vazifalari. 
5.
 
O„zbekistoan Respublikasi Prezidentining 1996 yil 4 martdagi PF-1378 sonli farmoni. 
 
Tayanch iboralar: fuqarolarning xavfsizligini ta‟minlash, favqulodda vaziyatlar, ommaviy 
tadbirlarni o„tkazish qoidalari, tabiiy ofatlar, avariya, halokatlar. 
 
1.O„zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  1996  yil  4  martdagi  “O„zbekiston  Respublikasi 
Favqulodda vaziyatlar vazirligini tashkil etish to„g„risida”gi PF-1378-sonli farmoni. 
2.“O„zbekiston  Respublikasi  Favqulodda  vaziyatlar  vazirligini  tashkil  etish  to„g„risida”gi   
 PF-1378-sonli 
Farmoniga  o„zgartirish  kiritish  to„g„risidagi  O„zbekiston  Respublikasi 
Prezidentining 1998 yil 11 dekabrdagi PF-2153 - sonli Farmoni  
3.O„zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  1996  yil  11  apreldagi  “O„zbekiston 
Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining faoliyatini tashkil etish masalalari to„g„risida”gi 
143-sonli Qarori 
4.O„zbekiston  Respublikasi  vazirlar  mahkamasining    2011  yil  24  avgustdagi 
242-sonli    “O„zbekiston    respublikasi  favqulodda  vaziyatlarda  ularning  oldini  olish  va  harakat 
qilish    davlat    tizimini    yanada    takomillashtirish  to„g„risida”gi      qarori 
5.o„zbekiston respublikasi  vazirlar  mahkamasining 1998 yil 27  oktyabrdagi “tabiiy, texnogen  va 
ekologik  tusdagi  favqulodda  vaziyatlarning  tasnifi    to„g„risida”gi  455-sonli  qarori 
6.O„zbekiston      respublikasi    vazirlar  mahkamasining    2010  yil  5  yanvardagi    “qutqaruv  
xizmatlari    va  qutqaruv    tuzilmalarini    favqulodda    vaziyatlarni    bartaraf    etishga    jalb    qilish  
tartibi   to„g„risidagi  nizomini tasdiqlash  haqida”gi 2-sonli qarori. 
7.O„zbekiston      respublikasi    vazirlar  mahkamasining    2011  yil  8  iyuldagi  
“qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish va saqlash bilan bog„liq xizmatlar faoliyatini takomillashtirish 
chora–tadbirlari to„g„risida”gi  202-sonli qarori 
8.O„zbekiston  respublikasi  vazirlar  mahkamasining  2003  yil  13  yanvardagi  “ommaviy 
tadbirlarni o„tkazish qoidalarini tasdiqlash to„g„risida”gi 15-sonli qarori 
Fuqaro muhofazasining hozirgi zamon sharoitidagi ahamiyati. 
Aholi  va  hududlarni  favqulodda  vaziyatlardan  muhofaza  qilishning  qonuniy  asosini 
O„zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi,  O„zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  Farmonlari, 
O„zbekiston Respublikasi Qonunlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari va Favqulodda vaziyatlar 
vazirining ko„rsatma va boshqa tegishli me‟yoriy hujjatlari tashkil etadi. 
Bizga  ma‟lumki,  XX  asrning  60-yillaridan  fuqaro  mudofaasi  tizimi  faoliyat  ko„rsatib 
kelgan. Uning asosiy vazifasi tinchlik davrida va urush sharoitida mamlakat aholisini yalpi qirg„in 
qurollari va boshqa hujum vositalaridan himoya qilish, urush sharoitida iqtisodiyot bo‟ektlarining 

27 
 
barqarorligini  ta‟minlash  hamda  halokat  o„choqlarida  qutqarish  va  tiklash  ishlarini  o„z  vaqtida 
samarali amalga oshirishdan iborat edi. 
 Lekin aholi hayotiga faqatgina ommaviy qirg„in qurollari emas, balki boshqa xavf-xatarlar 
ham tahdid  solib  turadiki, ularni aslo nazardan  chetda  qoldirish  mumkin emas.  Bular turli  tabiiy 
ofatlar,  avariya,  halokatlardir.  Sodir  bo„lib  o„tgan  bir  nechta  halokatlar  (CHernobil  atom  elektr 
stansiyasidagi  avariya,  25 000  odamning  yostig„ini  quritgan  Spitak  zilzilasi  va  boshq.)  fuqaro 
mudofaasining o„rni va vazifalariga boshqacha ko„z bilan qarash kerak ekanligini ko„rsatib berdi. 
Fuqaro  mudofaasi qo„shinlari  bunday  yirik ko„lamdagi  ofatlarga  qarshi kurashishga tayyor  emas 
ekanligi,  fuqaro  mudofaasi  vazifalari  faqatgina  harbiy  davr  chegarasida  qolishligi  mumkin 
emasligi, ular oldiga qo„yilgan vazifalar ko„lamini kengaytirish lozimligi ayon bo„lib qoldi.  
90-yillarga  kelib  yadro  urushi  xavfi  kamaydi,  biologik  qurollardan  foydalanish  cheklab 
qo„yildi,  yangi-yangi  zamonaviy  qurol  turlari  kashf  etildiki,  ular  odamlar  uchun  xavfli  bo„lmay, 
balki  iqtisodiyot  ob‟ektlarini  ishdan  chiqarishga  qaratilgan  edi.  Bularning  hammasi  fuqaro 
mudofaasi tizimi o„rnida yangi tizim tashkil etilishi lozimligini isbotlab berdi. 
SHu o„rinda yana bir masalani oydinlashtirib olishga to„g„ri keladi. Favqulodda vaziyatning 
o„zi nima, undan aholi va hududlarni muhofaza qilish deganda nimani ko„zda tutish lozim? 
Favqulotda  vaziyat  –  odamlar  qurbon  bo„lishi,  ularning  sog„ligi  yoki  atrof  tabiiy  muhitga 
zarar  etishi,  jiddiy  moddiy  talofatlar  keltirib  chiqarishi  hamda  odamlar  hayot  faoliyati  sharoiti 
izdan  chiqishiga  olib  kelgan  yoki  olib  kelishi  mumkin  bo„lgan  avariya,  halokat,  xavfli  tabiiy 
hodisa yoki boshqa tabiiy ofat natijasida muayyan hududda yuzaga kelgan vaziyat. 
Vatanimiz  Prezidenti  tomonidan  olib  borilayotgan  odilona  siyosat  tufayli  inson  manfaati, 
inson  qadriyati  eng  oldingi  o„rindadir.  Asosiy  Qomusimiz  bo„lgan  O„zbekiston  Respublikasi 
Konstitutsiyasining  asosini  ham  inson,  uning  qadr-qimmati,  salomatligi  tashkil  etadi.  Insonning 
hayoti, yashashga bo„lgan huquqi Konstitutsiya bilan muhofaza qilinadi. 
O„zbekitson  Respublikasi  Prezidenti  favqulodda  vaziyatlar  (real  tashqi  xavf,  ommaviy 
tartibsizliklar,  yirik  halokat,  tabiiy  ofat,  epidemiya)  yuz  bergan  taqdirda  fuqarolarning 
xavfsizligini  ta‟minlashni  ko„zlab,  O„zbekistoan  Respublikasining  butun  hududida  yoki  uning 
ayrim  joylarida  favqulodda  holat  joriy  etadi,  qabul  qilgan  qarorini  uch  kun  mobaynida 
O„zbekitson  Respublikasi  Oliy  Majlisining  tasdig„iga  kiritadi.  Favqulodda  holat  joriy  etish 
shartlari va tartibi qonun bilan belgilanadi. 
Oliy  majlisning  vakolatlariga  O„zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  umumiy  yoki 
qisman  safarbarlik  e‟lon  qilish,  favqulodda  holat  joriy  etish,  uning  muddatini  uzaytirish  va 
to„xtatish to„g„risidagi farmonlarini tasdiqlash kiradi. 
Fuqaro muhofazasining hozirgi zamon sharoitidagi vazifalari. 
Respublikamiz  mustaqillikka  erishganidan  so„ng  tashkil  etilgan  Favquolodda  vaziyatlar 
vazirligining asosiy vazifalaridan  biri  favqulodda vaziyatlarda aholi hayoti va sog„ligini,  moddiy 
va  madaniy  boyliklarini  muhofaza  qilishdan  iborat.  Bu  vazifani  samarali  tashkil  etish  uchun 
muhofazaning  qonuniy,  tashkiliy,  iqtisodiy,  ijtimoiy,  muhandislik  texnik,  maxsus  asoslariga  ega 
bo„lishimiz zarur.  
Har  bir  rahbar,  har  bir  favqulodda  vaziyatlardan  muhofaza  qilish  sohasining  xodimi 
texnogen, tabiiy va ekologik favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan vaqtda vaziyatga baho berishni, 
tezlik  bilan  tegishli  qarorlar  qabul  qilishni,  qidiruv-qutqaruv  va  shoshilinch  ishlarni  o„tkazishda 
boshqaruvni amalga oshirish yo„llarini bilishi va bu borada yuqori malakaga ega bo„lmog„i kerak. 
Aholini  va  hududlarni  favqulodda  vaziyatlardan  muhofaza  qilish  –favqulodda 
vaziyatlarning  oldini  olish  va  ularni  bartaraf  etish  choralari,  usullari,  vositalari  tizimi,  sa‟y 
harakatlari majmui. 
Favqulodda  vaziyatlarni  oldini  olish  –  oldindan  o„tkazilib,  favqulodda  vaziyatlar  ro„y 
berishi  xavfini  imkon  qadar  kamaytirishga,  bunday  vaziyatlar  ro„y  berganda  esa  odamlar 
sog„ligini  saqlash,  atrof  tabiiy  muhitga  etkaziladigan  zarar  va  moddiy  talofatlar  miqdorini 
kamaytirishga qaratilgan tadbirlar majmui. 
Favqulodda  vaziyatlarni  bartaraf  etish  –  favqulodda  vaziyatlar  sodir  bo„lganda  o„tkazilib, 
odamlar hayoti va sog„ligini saqlash, atrof tabiiy muhitga etkaziladigan zarar va moddiy talofatlar 

28 
 
miqdorini kamaytirishga,  shuningdek favqulodda vaziyatlar sodir bo„lgan  zonalarni xalqaga olib, 
xavfli omillar ta‟sirini tugatishga qaratilgan avariya-qutqaruv ishlari va kechiktirib bo„lmaydigan 
boshqa ishlar majmui. 
Aholi  va  hududlarni  favqulodda  vaziyatlardan  muhofaza  qilish  sohasida  qo„yilgan  dadil 
qadamlardan  biri  –  avval  Mudofaa  vazirligi  qoshida  fuqaro  mudofaasi  va  favqulodda  vaziyatlar 
boshqarmasining,  so„ngra  esa  shu  boshqarma  negizida  O„zbekistoan  Respublikasi 
Download 19.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling