Toshkent farmatsevtika instituti farmakologiya va klinik farmatsiya


Download 19.07 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/19
Sana25.06.2017
Hajmi19.07 Kb.
#9850
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19

Ball 
Zilzila kuchi 
Qiskacha xarakteristikasi 

Er yuza qobig„ida silkinish 
Faqat seysmik asboblar bilan aniqlanadi 

Kuchsiz silkinish 
Seysmik  asboblar  bilan  aniqlanadi.  Tinch  turgan  odamlar 
sezadi. 

Kuchsiz zilzila 
Odamlar sezadilar. 

O„rtacha  kuchli zilzila. 
Deraza     romlar      titraydi,      eshik kesakisi g„irchilaydi 

O„rtachadan kuchliroq 
Hamma          odamlar          sezadi,          binolar  titraydi,  uy   
jihozlari   siljib   qimirlaydi, devor suvoqlari   va   oynalar   
darz   ketishi mumkin 

Kuchli zilzila. 
Devordagi   jihozlar   tushib   ketadi,  suvoqlar va oynalar 
sinadi. 

O„ta kuchli zilzila 
Suvoq,            devorlar            yorilib,            engil  qurilgan  uylar 
qulaydi. 

Vayron qiluvchi zilzila 
Uylar      vayron      bo„lib      buzuladi, ko„chkilar paydo 
bo„ladi. 

O„ta vayron qiluvchi zilzila 
Katta    binolar,    ko„priklar buzilib, ketadi. 
Bbbbbuzilib buzilib    yullar 
10 
Yo„q qilib yuboruvchi 
Katta  binolar,  temir  yullar  buziladi,  erda  yorilish  paydo 
bo„ladi. 
 
Magnituda  arab  raqami  bilan,  kuchlanish  esa  rim  raqamlari  bilan  belgilanishi  xalqaro 
mikyosda qabul kilingan. 
Respublikamizda  sodir  bo„ladigan  zilzilalarni  aniqpashda  MSK-64  shkalasidan 
foydalaniladi. 
YUqorida  keltirilgan  ma‟lumotlar  aholining  zilzila  to„g„risida  qisman  ma‟lumotga  ega 
bo„lishini  ta‟minlab,  zilziladan  saqlanish  yoki  muhofazalanishning  chora-tadbirlari  to„g„risidagi, 
har bir fuqaro uchun juda muhim va bilishi zarur bo„lgan ma‟lumotlar qatoriga kiradi. 
Zilzila  to„g„risida  ilmiy  adbiyotlarda  batafsil  yozilgan  bo„lsada,  uning  ajralmas  qismi 
bo„lgan, amaliyotda aholi  harakatining tartib qoidalari nazarimizda to„liq yoritilmagan.  Umuman 
bu jarayonni uchta, ya‟ni  zilziladan  oldin,  zilzila  vaqtida va undan  so„nggi bosqichlarga  bo„lgan 
holda  ma‟lum  harakat  qoidalarini  tavsiya  ztish  maqsadga  muvofiq,  deb  hisoblaymiz.  Har  bir 
bosqichda  hayot  xavfsizligini  ta‟minlash  uchun  nimalarga  e‟tibor  berish  lozimligi  to„g„risida 
qiskacha to„xtalamiz. 
Zilzilaga qadar nima qilmoq kerak? 
Xalq  tilida  “O„t  balosi,  suv  balosi,  bemahal  falokat-kulfatdan  asra”  degan  chuqur  falsafiy 
ma‟noga ega bo„lgan mulohaza mavjud. Bu, albatta, yaxshi niyat, yaxshi istak. Lekin quruq niyat 

34 
 
bilan  ish  bitmaydi,  falokat  arimaydi.  SHunga  yarasha  harakat,  tayyorgarlik  bo„lishi  zarur. 
Insoniyat  paydo  bo„libdiki,  uning  boshiga  birorta  kulfat  tushmaguncha,  aksariyat  hollarda  bu 
to„g„rida  o„ylamaydi,  hatto  xayoliga  ham  keltirmaydi.  Boz  ustiga,  atrof  muhitda,  ko„shni  xalq 
davlatda  shunday  vaziyat  sodir  bo„lsa  uni  bir  ma‟lumot  sifatida  qabul  kiladi,  o„zi  ham  shu 
vaziyatga  tushib  qolishi  mumkinligi,  shuning  uchun  ma‟lum  chora-tadbirlarni  ko„rishi  lozimligi 
to„g„risida ham mulohaza yuritmaydi. 
SHunday  vaziyatlardan  biri  -  zilzila.  Tundami,  erta  tongdami,  ish  stoli  ortidami  er 
silkinishini  sezganimizdayoq  qalbimizni  qo„rquv  va  vahima  bosib  Buyuk  YAratuvchiga  sajdalar 
qilamiz.  Vaholanki,  biz  yashab  turgan  uy  (aksariyat  ko„p  qavatli)  allaqachon  turli  kuchga  ega 
bo„lgan zilziladan kafolatlangandir. 
Turar  joy  maskanlari  tabiiy  sharoiti,  jinslarning  fizik-kimyoviy  xususiyati,  binolarning 
loyiha chizmalari chuqur o„rganib chiqilgandan so„ng qurilishga ruxsat beriladi. Afsuski, umumiy 
yashash qoidalari binolar aholiga topshirilgandan so„ng qo„pol ravishda buziladi. Hech kimga sir 
emaski,  uyga  ega  bo„lishimiz  bilanoq  o„zimizning  shaxsiy  ehtiyojimizdan  kelib  chiqqan  holda 
xonalarni o„zgartirishga berilib ketamiz, qo„shimcha ayvonlar solamiz, go„yo “ortiqcha” tuyulgan 
devorlar,  burchaklar  olib  tashlanadi,  ikkiga  xona  bittaga  aylantiriladi.  Budday  holatga  qatiyan 
chek  qo„yish  lozim.  Aks  holda  bino  zaif  bo„lib  qolishiga,  uning  turli  ofatlarga,  er 
deformatsiyalanishiga bardoshliligi kamayib ketishiga  sababchi bo„lamiz.  Oqibati  nimalarga  olib 
kelishi  o„zingizga  ayon.  Buning  uchun  uy-joylardan  foydalanish  qoidalarini,  uy  taqsimotidan 
oldin  har  bir  yashovchining  yoshini  va  ijtimoiy  saviyasini  inobatga  olgan  xolda  tushuntirish 
ishlariga  jalb  qilib,  o„zbilarmonchilik  bilan  ish  yuritishiga  yo„l  qo„ymaslik  kerak.  Ko„p  kavatli 
binolarning  o„ziga  yarasha  xususiyati,  seysmik  belbog„lari,  xavfsiz  burchaklari  qaerda 
joylashganligi to„g„risidagi eslatmalarni har bir xonadon sohibiga etkazish zarur. 
Tabiiy  ofatlar,  xususan,  zilzila  haqidagi  tasavvurga  maktab  o„quvchisidan  tortib  rahbar 
xodimgacha  ega  bo„lishi  kerak.  Buning  uchun,  birinchidan,  tabiiy  fanlar  bo„yicha  maktab 
darsliklarida  Vatanimizning  geografik  joylashuvi  xaritasi  bilan  bir  qatorda  seysmik  holatini 
namoyon  qiluvchi  chizmalar  ilova  qilinishiga  erishish  lozim.  O„quvchi  shu  chizmalar  asosida 
qaerda necha balli zilzila bo„lishi mumkinligini anglab oladi. Ikkinchidan, zilzila bo„lgan taqdirda 
aholi  qanday  tartibda  harakat  qilishi  kerakligi  to„g„risida,  uyning  qaysi  joylari  xavfsiz  bo„lishini 
yoshligidanoq  anglab  etsa,  favqulodda  vaziyatlarning  birinchi  talabi  -  sarosimaga  tushmaslik, 
vahimaga berilmaslik to„siqlarini engib o„tadi. 
“Zilzila  emas,  bino  va  uning  predmetlari  kishilar  o„limiga  sababchi  bo„ladi”,  -  deydi 
muhandis-seysmologlar.  Haqiqatda  ham  sarosima  va  vahimaga  berilgan  kishilar,  qaltis  harakat 
qilishi oqibatida qo„shimcha noxushliklarni paydo qiladi. 
YUqorida keltirilgan talablarga rioya qilgan holda qo„shimcha quyidagilarni bilish zarur. 
Uydagi gaz, suv, elektr tarmoqlarini xavfsizlantiradigan joylarni bilishlari, uy tibbiy xaltasi, 
unda birinchi tibbiy yordam uchun zarur bo„lgan dori-darmonlar, noxush vaziyat yuzaga kelganda 
birinchi xizmat ko„rsatish tashkilotlarining telefon raqamlari, uy jihozlaridan kitob javonlari, osma 
asboblarning  mahkamligini    nazorat  qilish,  maktab  yoshidagi  bolalarga  zilzila  vaqtida  harakat 
qilish  tartiblarini  uqtirish,  ish  joylarida  xavfsizlik  qoidalariga  rioya  kilish  va  boshqa 
ko„rsatmalardan  har  bir  kishi  boxabar  bo„lishi  shart.  Buning  uchun  imkoniyatlardan  to„liq 
foydalanish  zarur.  Ayniqsa,  mahalla-guzarlarda,  ishxona-maktablarda,  radio-televidenieda 
ommabop  shaklda  suhbatlar  tashkillashtirilsa,  qisqa  metrajli  filmlar,  fojialarni  aks  ettirilgan 
lavhalar  berib  borilsa  maqsadga  muvofiq  bo„ladi.  Umuman  olganda  turli  xavfga  tayyorgarlik 
choralarini  ko„rish,  uni  oldini  olish  yoki  keltiradigan  zararni  bir  necha  bor  kamaytirishga  olib 
keladi.  Zilzila  ro„y  berganda  biz  turgan  zamin  xuddi  “beshik”  kabi  tebrangandek  bo„ladi. 
Tebranish  bir  necha  soniyalar,  kuchli  zilzila  bo„lsa  bir  necha  daqiqalar  davom  etishi  mumkin. 
Tebranishdan Siz qo„rqib ketasiz, ammo kutib turishdan boshqa chorangiz yo„q. Siz osoyishta va 
aql-zakovat  bilan  ish  ko„rsangiz,  shikastlanmaslik  darajangizni  ancha  yuqori  ko„targan  bo„lasiz. 
Ayniqsa,  bu  osoyishtalik  orqali  atrofingizdagilarga  ijobiy  ta‟sir  ko„rsatasiz  va  ular  ham  Siz  kabi 
sarosimaga  berilmasliklariga  zamin  tayyorlaysiz.  Tebranishni  sezgan  vaqtingizda  sekin-asta 
xavfsiz  joyga  harakat  qilishingiz  lozim,  asosiy  xavf  binodagi  osma  anjomlardandir.  Avvalo, 

35 
 
tinchlaning,  qaltis  harakat  qilmang,  baqirmang  va  atrofdagilarni  koyimang.  Binoda  bo„lsangiz 
xavfsiz  joylardan:  eshik  kesakisi  oralig„i,  devor  burchaklari,  seysmik  belbog„  ostilaridan 
birortasini  egallang,  boshqalarni  ham  shunday  qilishga  chaqiring.  Deraza  va  chayqaluvchi  og„ir 
buyumlardan  uzoqroqda  turing.  Hech  vaqt  yuqori  qavatdagi  binodan  chiqib  ketishni  o„ylamang. 
Aksincha  tebranish  o„tib  ketguncha  bino  ichidan  panoh  qidaring.  Kerak  bo„lganda  tebranish 
tugagandan  so„ng  binoni  tark  eting.  Ko„p  qavatli  uyda  tursangiz  liftdan  foydalanmang. 
Zinapoyadan  foydalanishda  qo„pol  harakat  qilmang,  boshqalarni  ham  tinchlantiring.  Seysmik 
bardoshi  kam  bo„lgan,  g„ishtli  va  xavfli  binolarda  bo„lsangiz,  zudlik  bilan  tashqariga  chiqing. 
Bunda  elektr  tarmoqlari,  buyumlar  harakatidan  ogoh  bo„ling.  Ochiq  joyda  bo„lsangiz  binolarga, 
elektr tarmoqlariga yaqin turmang. Transportda bo„lsangiz ochiq joyda to„xtating, tebranish o„tib 
ketguncha  kuting.  Tebranish  qaytarilgudek  bo„lsa  hayron  bo„lmang.  Odatda  birinchi  zarbadan 
so„ng  qayta  zarbalar  bo„lishi  muqarrar.  Ular  hatto  bir  necha  kunlargacha  davom  etadi.  Ayrim 
holatda  qayta  tebranishlar  ham  bino  va  inshootlarga  katta  zarar  etkazadi.  Eng  muhimi, 
asabgarchilikka berilmang, osoyishtalik va xotirjamlik bilan ish tuting. Bu zilzila vaqtida qanday 
harakat  qilishning  asosiy  qoidalari  edi.  Endi  zilzila  bo„lib  o„tgandan  so„ng  nimalarga  e‟tibor 
berish  lozimligi  to„g„risida  ikki  og„iz  eslatma.  Tebranish  tugagandan  so„ng  bino  va  inshootlarda 
buzilish,  shikastlanish  yuzaga  kelishi  natijasida  insonlar  ham  jiddiy  zarar  ko„radi.  Eng  muhimi 
avvalo osoyishtalikni saqlagan holda jarohatlanganlarga yordam berish lozim. So„ngra yong„in va 
boshqa  noxushlik  yuzaga  kelgan  bo„lsa  tegishli  joylarga  xabar  berish  kerak.  Birinchi  yordam 
zarur  bo„lsa  tashkil  eting.  Tibbiy  yordamga  muhtojlarni  aniqlang.  YOng„in  xavfi  bor  joylarni 
bartaraf eting.  Suv,  gaz, elektr tarmoqparida  shikastlanish bor-yo„qligini aniqlang. Zinhor gugurt 
va shamdan foydalanmang. Elektr tarmog„ini asosiy tayanch nuqtadan uzing. Elektr tarmoqlariga 
yaqin  yurmang,  ularni  ushlab  ham  tekshirmang.  Sizning  yordamingiz  zarur  bo„lmagan  joylarga 
bormang.  Kanalizatsiya  tarmoqlarini  ko„zdan  kechirmaguningizgacha,  undan  foydalanmang. 
Buzilgan binoda ehtiyot choralarini ko„rgan holda harakat qiling. Bezovta bo„lgan yosh bolalar va 
aholini  tinchlantiring,  ortiqcha  asabgarchilikka  yo„l  qo„ymang.  Avvalo,  oila  a‟zolaridan,  qo„ni-
qo„shnidan,  so„ngra  maktab,  bog„cha  va  boshqa  muassasalardan  xabar  oling.  Qutqaruv  ishlarida 
qatnashayotgan ichki ishlar, tibbiyot va boshqa soha xodimlariga yordam qiling. 
YUqorida  keltirilgan  qoida  va  talablarga  e‟tibor  berish  zilzila  xavfini  kamaytirishga, 
navbatdagi halokat  vaqtida  Siz  va atrofdagilarga  foydasi tegadi,  degan umiddamiz. YUqori  balli 
zonada  yashayotganini  bilib  olishi  uchun  quyidagi  jadvalni  keltiramiz.  Mazkur  jadvaldagi 
ko„rsatkichlar  mutloq  bo„lmay,  har  bir  joyning  tabiiy  tuzilishi  va  zaminining  fizik-mexanik 
xususiyati, er osti suvlari sathiga bog„liq holda bir ball (+; -) atrofida o„zgarishi mumkin. 
 
      O„zbekiston shaharlarining seysmik faolligi (ballarda) 
      Andijon............      9         Olmaliq.............     

      Angren..............     8         Samarkand...........   

      Bekobod.............    7        Sirdaryo.............     

      Buxoro..............    7         Toshkent.............   

      Gazli...............       8         Termiz..............    

      Guliston............    7         Uchko„rg„on............  9 
      Jizzax..............    
7         Urganch..............     

      Kattaqo„rg„on.......  7          Farg„ona.............    

      Kitob...............      7          CHirchiq..............    8 
      Marg„ilon............   8          YAngiyo„l.............   7 
      Namangan...........  8          Qarshi..............     
7  
      Nukus............... 
6          Qo„ng„irot........... 

 
Xususiy  uy-joy  qurilishida  ham  maydonning  holatiga  katga  e‟tibor  berish  lozim.  SHuning 
uchun  xam  xususiy  uy-joy  barpo  etishda  qurilish-arxitektura  bo„limlari  mutaxassislari  bilan 
maslahat  qilingan  holda  ish  yuritishni  maqsadga  muvofik,  deb  o„ylaymiz.  Zero,  xavfsiz  hayotni 
ta‟minlash avvalo, har birimizning xonadonimizdan boshlanadi. SHuni alohida ta‟kidlash lozimki, 

36 
 
biz  seysmik  xavfni  kamaytira  olmaymiz,  lekin  uning  oqibatida  yuzaga  keladigan  tanglik  va 
qurbonlar  sonini anchaga kamaytirishimiz  mumkin. Bu borada  seysmik bardoshli qurilish sohasi 
muxdidislarining mas‟uliyati juda katta. Ular bir vaqtning o„zida ham loyihalovchi, ham quruvchi 
va zilzila bo„yicha  mutaxassis bo„lishlari kerak. Bu jarayonda oddiy  quruvchidan tortib hukumat 
rahbarigacha o„z mas‟uliyatini his qilishi shart. 
Quruvchilar  -  yuksak  sifatga  ega  bo„lgan  material  va  ishni  ta‟minlashlari;  me‟morlar  va 
rejalashtiruvchilar  -  qurilayotgan  turar  joylar  xavfli  zonalarga,  er  uzilmalari,  tik  qoyalar,  jarli  va 
botqoq  joylarga  tushib  qolmasligini  kuzatishlari;  uy  egalari  xonalarni  qayta  o„zgartirishga, 
o„zboshimchalik bilan ish yuritishga yo„l qo„ymasliklari; Hukumat rahbarlari esa qurilish me‟yori, 
xavfsizlik  hujjatlarini  tayyorlash  va  ijro  nazoratini  qatiy  ta‟minlashlari  kerak.  Har  bir  mahalliy 
hokimlik  qoshida  hozirgi  zamon  talabiga  javob  beradigan  qutqaruv  xizmati  (tibbiy,  yong„in 
xavfsizligi,  tartibni  saqlash  va  boshq.)  xodimlarini  tabiiy  ofatlardan  keladigan  zararni 
kamaytirishga bag„ishlangan mavzular asosida qayta tayyorlash maqsadga muvofiqdir. 
Zilzila  yuz  berib,  odamlar  ko„chki  va  vayronalar  ostida  qolganda  ularning  yashash  davrini 
mutaxassislar quyidagi davrlarga bo„lib chiqishgan: 
 
t/r 
 
Odamlar nobud bo„lish darajasi 
Tirik qolish 
Nobud bo„lish 

1-kun 
93% 
7% 

2-kun 
81% 
19% 

3-kun 
33% 
67% 

4-kun 
19% 
81% 

5-kun 
7% 
93% 

6-kun 
2% 
98% 
 
Zilzila talafotlarini kamaytirishda yana nimalarga e’tibor berish lozim? 
Zilzilagacha: 
1.Seysmik  bardoshli  inshootlarni  loyihalashtirish.  Binolarni  zilzila  kuchiga  bardoshli  qilib 
loyihalashtirish shart. 
2.Mavjud  inshootlarni  mustahkamlash.  Eski  va  zaif  inshootlarda  buzilish  xavfining  oldini 
olish uchun mustahkamlash ishlari olib borilishi shart. 
3.Qurilish  qoidalari  va  me‟yorlarn.  Insonlar  xavfsizligini  ta‟minlovchi      puxta  o„ylangan 
me‟yorlar ishlab chiqilishi va amal qilinshpi shart. 
4.Hududlarni  seysmik  rayonlashtirish  va  erdan  foydalanishni  rejalashtirish.  Seysmik 
xavfning  manbai  bo„lgan,  er  uzilmalari,  ko„chki  tarqalgan  maydonlarda  qurilish  ishlari 
bo„lmasligi qat‟iy ma‟n etilishi lozim. 
5. Tabiiy ofatga tayyorgarlik.  Qutkaruv xizmati tayyorgarligi kuchaytirilishi va xavf yuzaga 
kelgan paytda harakat qilish rejalari ishlab chiqilishi lozim. 
6.  Aholiga  ta‟lim  berish  va  mashq  qildirish.  Insonlar  zilzila  haqida  ma‟lumotga  ega 
bo„lishlari va doimo tayyorgarlik choralarini ko„rib qo„yishlari shart. 
7.Sug„urta qilishSug„urta tizimi zilziladan talafot ko„rgan ob‟ektlarni moddiy ta‟minlanish 
kafolatini berishi lozim. 
8 Oldindan aytish va ogohlantirishAloqa vositalaridan umumiy holatda berilgan ma‟lumot 
asosida aholi dastlabki tayyorgarlikni zudlik bilan amalga oshirishi kerak. 
Zilziladan so„ng: 
1.  Qutkaruv  xizmati.  Malakali  mutaxassisga  ega  bo„lgan  xizmat  ko„rsatish  bo„limlari 
shikastlanganlarga  tez  yordam  ko„rsatashi,  yong„inni  nazorat  qilishi,  jamoat  tartibini  saqlashi  va 
me‟yoriy turmush tarzini tiklashlari shart. 
 2.      Odamlarning  mustaqil  harakati.  Har  bir  kishi  nafaqat  o„zi  to„g„risida,  balki  boshqalar 
to„g„risida ham qayg„urishi va yordam beishi lozim. 
3.      Qurilish  tashkilotlari.  Tegishli  tashkilotlar  elektr  manbai,  suv  tarmog„i,  transport  harakatini 
tiklash bo„yicha keng ko„lamli ishlarni amalga oshirishlari lozim. 

37 
 
4.   Moddiy yordam. Zilzila talafotidan aziyat chekkan insonlar, aholi o„rtasida hukumat yordami 
bir xilda bo„lishini ta‟minlashga erishish lozim. 
5.  Ijtimoiy  yordam  va  axloqiy  tavsiya.  Jamoat  tashkilotlari  ayrim  yoki  bir  guruh  jabrlanganlarga 
yordam ko„rsatish, kuchli qo„rquv va vahima holatiga tushib qolgan odamlarga yaqindan maslahat 
va tavsiya berishlari shart. 
Afsuski, bizda  zilzilaga ko„p to„xtalishning imkoniyati  yo„k. Ammo,  yuqorida ta‟kidlangan 
amaliy  tadbirlarni  aholi  o„rtasida  keng  targ„ib  kilib,  ularning  ma‟lum  darajada  bilimlarini 
oshirishga  erishsak,  shuning  o„zi  xavfni  oldindan  bilishlikka  olib  keladi,  bu  esa  ayrim  to„g„ri 
harakat choralarini ta‟minlanganligidan dalolat beradi. 
SHuni  unutmasligimiz  kerakki,  hukumat  tomonidan  qanchalik  dolzarb  qarorlar  qabul 
qilinmasin, “kutqaruv  xizmati” malakali mutaxassislar, zamonaviy texnika  bilan ta‟minlanmasin, 
fuqaro muhofazasiga e‟tibor kuchaytirilmasin, respublika aholisi, ayniqsa vazirlik, idora, tashkilot 
rahbarlari  yoppasiga  tayyorgarlikdan  o„tmasa,  bu  tadbirlardan  kutilganidek  natijaga  erishish  va 
eng muhimi xavfning oldini olish, undan keladigan zararni kamaytirish juda mushkuldir. 
Er ko‘chishi-surilam 
Respublikamizning  tog„li,  tog„  oldi,  daryo  bo„ylari  zonalarida  yashaydigan  aholi  va 
iqtisodiyot  ob‟ektlariga  katta  xavf  tug„diradigan  tabiiy  ofatlardan  biri  er  ko„chishi-surilmadir. 
Ilmiy  va  ilmiy-ommabop  adabiyotlarda  er  ko„chishi  er  yuzasida  bo„ladigan  alohida  jarayonlar 
toifasiga  kiritilsa-da,  ular  er  ichki  harakatlari,  xususan,  zilzilalar  bilan  uzviy  bog„lik  holda 
rivojlanadi.  Yirik  ko„chkilarni  tahlil  qilib,  sababini  o„rganar  ekanmiz,  ularning  aksariyat  qismi 
zilziladan so„ng yoki zilzila bilan parallel hosil bo„lishiga amin bo„lamiz. 
Respublikamiz  hududida  yuzaga  kelayotgan  er  ko„chkilarining  asosiy  sababi 
gidrometeorologik  sharoit  bilan  bog„liqdir.  SHu  sababli  bu  jarayon  mavsumiy  xususiyatta  ega, 
ya‟ni atmosfera yog„inlari qanchalik ko„p bo„lsa, er ko„chishi xavfi shunchalik yuqori bo„ladi. 
Er ko„chishi - er yuzasi bo„lagining yonbag„ir bo„yicha gravitatsiya kuchi ta‟sirida surilishi, 
siljishiga aytiladi. 
Markaziy  Osiyodagi  er  ko„chishi  shakl  va  ko„lami  bilan  ajralib  turadi.  Ular  lyoss 
qatlamlarida  tarqalgan  bo„lib,  er  ostiga  shimilayotgan  atmosfera  yog„inlari  ma‟lum 
chuqurlikkacha  borib,  suv  o„tkazmas  qatlamga  etgach  yonbag„ir  bo„ylab  oqadi.    Siljish  yuzasi 
ustida  turgan  er  massasiga  gravitatsiya  (tortishish)  kuchi  ta‟sir  qilishi  oqibatida  yonbag„irda  tik 
qoya  hosil  qilib  uzilish  paydo  bo„ladi  va  uzilgan  bo„lak  pastga  siljiy  boshlaydi.  Harakatdagi 
jinslarning hajmi bir necha o„n mln. m
3
 larda bo„ladi. Er ko„chishi yonbag„irning qiyaligiga, tog„ 
jinsi  tarkibiga,  atmosfera  yog„inlari  miqdoriga  bog„lik  holda  rivojlanadi.  YOnbag„ir  qiyaligi 
qanchalik  katta  bo„lsa  ko„chkining  tezligi  shunchalik  katta  bo„ladi.  Ko„p  holatlarda  ko„chki 
ekzogen jarayonlardan sel, jarlanish, cho„kish hodisalari bilan uyg„unlashib ketadi. 
Ko„chki-surilma.  Tarixiy  manbalarga  nazar  tashlasak  hududimizda  XX  asrning  60-
yillarigacha  bu  jarayon  tabiiy  omil  natijasida  rivojlanib  borganligini  ko„ramiz.  60-yillarning 
oxiriga kelib tog„li va tog„ oldi vodiylarida er ko„chishi keskin ortib borgan. Bunga asosiy sabab 
gidrometeorologik  sharoitning  murakkablashuvi,  atmosfera  yog„inlarining  haddan  ziyod  bo„lishi 
oqibatida  yonbag„irlarning  zaifligi  kuchayib  ketganligi,  qadimdan  bahorikor  erlar  hisoblangan 
tog„  oldi  zonalarida  xo„jalik  faoliyatining  kengaytirilishidir.  YA‟ni,  tog„  oldi  adirliklarida 
ko„ndalangiga texnik ishlov berilishi natijasida yonbag„irning turg„unligi pasayib ketadi va bu hol 
avvaliga  mahalliy,  kichik-kichik,  so„ng  yirik  ko„chkilar  paydo  bo„lishiga  olib  keladi.  Ayniqsa 
bunday joylar aholi yashaydigan qishloqlarga yaqin bo„lsa juda katta xavf tug„diradi. Er ko„chishi 
aholi turmush tarziga xavf solishi, ayniqsa kishloq xo„jalik iste‟molida bo„lgan maydonlarga katta 
zarar etkazishi oqibatida ko„pgina iqtisodiy talafotlarni yuzaga keltiradi. SHuning uchun ularning 
paydo  bo„lishi,  tarqalish  maydonlari  maxsus  dasturlar  asosida  o„rganib  chiqilib,  kerakli  xaritalar 
tuzilmokda. 
Er  ko„chkilari  O„zbekiston  Respublikasi  Geologiya  va  mineral  resurslari  davlat  ko„mitasi 
tasarrufidagi  «O„zbekgidrogeologiya»  ishlab  chiqarish  birlashmasi  tadqiqotchilari  tomonidan 
o„rganilib  kelinmokda.  Tuzilgan  xaritalar  asosida  muhofazalanish  choralari  ham  ishlab 
chiqilmoqda.  Keyingi  vaqtlarda  mazkur  korxona  bilan  viloyatlardagi  favqulodda  vaziyatlar 

38 
 
boshqarmalari  xodimlarining  birgalikda  olib  borayotgan  faoliyatlari  samarasi  o„laroq  ko„pgina 
ijobiy  natijalarga  erishilmokda.  Buning  uchun  respublikaning  ko„chki  tarqalgan  maydonlarida 
maxsus kuzatish maskanlari tashkil etilgan. 
Markaziy  Osiyo  hududlarida  tarqalgan  ko„chkilarni  o„rganar  ekanmiz,  ular  iqlim  sharoiti 
bilan  uzviy  bog„liq  bo„lishini  kuzatishimiz  mumkin.  Masalan,  1954,  1958,  1969,  1978,  1989  va 
1998 yillarda atmosfera yog„inlari me‟yordan yuqori bo„lgani uchun ko„chki jarayonlari ham ko„p 
bo„lgan.  SHunga  qaramasdan  hozirgi  vaqtda  ko„chkilarning  davriyliklari  aniqlanib,  bashorat 
xaritasi  tuzilgan.  Faqat  shu  narsani  alohida  ta‟kidlash  lozimki,  hozirgi  ko„chkilarning  aksariyat 
qismi  inson  xo„jalik  faoliyati  natijasida  yuzaga  kelmokda.  Respublikamizda  ko„chki  jarayoni 
Surxondaryo, Qashkadaryo, Toshkent, Farg„ona, Samarqand va Namangan viloyatlari hududlarida 
eng ko„p tarqalgan. 
O„zbekiston  Respublikasi  Favqulodda  vaziyatlar  vazirlignning  ma‟lumotiga  ko„ra  1999yil 
shu viloyaglarda 52ta ko„chki hodisasi kuzatalgan. YA‟ni, 1998 yilga nisbatan deyarli ikki marta 
ko„p. Bu esa tabiiy ofatlarning yildan yilga ortib borayotganligidan dalolat beradi. Lekin, mahalliy 
hukumat,  boshqarma  rahbarlari  vaqtida  olib  borgan  chora-tadbirlari  natijasida  birorta  xo„jalik 
ko„chkidan  shikastlanmadi.  Ko„pgina  tovar-moddiy  boyliklar  saqlab  qolindi,  eng  quvonarlisi, 
insonlar  salomatligiga  ziyon  etkazilmadi.  Quyida  ko„chkilarni  hozirgi  zamon  halokatli 
xususiyatlari to„g„risida batafsil to„xtalamiz. 
 
1962 yildan 1999 yilgacha har o„n yillikdagi ko„chki jarayonining faollashuvi 
 
Download 19.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling