Toshkent farmatsevtika instituti farmakologiya va klinik farmatsiya


Halqaro terrorizm va uning salbiy oqibatlari


Download 19.07 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/19
Sana25.06.2017
Hajmi19.07 Kb.
#9850
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19

Halqaro terrorizm va uning salbiy oqibatlari 
Halqaro  terrorizm  -  bir  davlat  hududi  doirasidan  tashqariga  chiqadigan  terrorizmdir.  Bu 
odamlarning  behuda  halok  bo`lishiga  olib  keluvchi,  davlatlar  va  ularni  rasmiy  vakillarining 
normal  diplomatik  faoliyatini  buzuvchi  hamda  halqaro  aloqalar  va  uchrashuvlarni,  shuningdek, 
davlatlar  o`rtasida  transport  va  boshqa  aloqalarni  amalga  oshirishni  qiyinlashtiruvchi  halqaro 
miqyosdagi ijtimoiy havfli harakat va qilmishlar yig`indisidir. Halqaro terrorizm XX asrning 60  - 
70  yillariga  kelib  o`zini  yaqqol  namoyon  qildi:  dastlab  turli  davlatlardagi  jinoyatchilar,  o`z 
davlatiga  nisbatan  ekstremistik  ruhdagi  guruhlar  birlashib,  ijtimoiy  -  iqtisodiy  jihatdan  orqada 
qolayotgan  va  kam  rivojlangan  mamlakatlarda  harakat  ko`rsata  boshladi.  Halqaro  terrorchilar 

63 
 
ayrim  davlatlarning  rahbarlariga,  halqaro  miqyosda  obro`ga  ega  bo`lgan  siyasatchilarga  chetdan 
turib suyuqasd uyushtirish, davlat, transport, aloqa va milliy havfsizlik tizimini ishdan chiqaruvchi 
portlashlar  va  harakatlar  sodir  etish,  transport  vositalari,  jumladan  samolyotlarni  olib  qochish 
bilan shug`ullana boshladilar. 80 yillarga kelib halqaro terrorizm yanada jiddiy tus oldi.  
Halqaro  terrorizm  o`zining  yovuz  niyatlarini  turli  terroristik  harakatlari  bilan  amalga 
oshiradi. Jumladan:  
• mustaqil davlatlar chegarasini buzish orqali amalga oshirish;  
• diniy ekstremistik guruhlar tomonidan sodir etish;  
•  ekstremistik  guruhlar  tarkibida  qo`poruvchilik  harakatlari  bo`yicha  horijlik 
yo`rig`chilarning qatnashishi;  
•  ekstremistik  guruh  a‟zolarining  boshqa  davlatlar  hududida  tashkil  etilgan  mahsus 
lagerlarda tayyorgarlik ko`rish;  
•  tayyorgarlik  ko`rish  va  qo`poruvchilik  sodir  etishda,  horijiy  davlatlar  va  ekstremistik 
uyushmalar  yordamida  halqaro  tus  olgan  noqonuniy  qurol  -  yaroq  savdosi  va  narkobisnesdan 
keladigan manbalardan foydalanish;  
Bulardan  ko`rinadiki,  halqaro  terrorchilar  tomonidan  sodir  etilayotgan  jinoyatlarning 
ijtimoiy  havflilik  darajasi  ortdi. Terrorchilar qo`liga  yadroviy, kimyoviy,  biologik  va  zamonaviy 
hujumkor qurollarning tushib qolish havfi kuchaydi.  
Bularning hammasi jahon jamoatchiligini qattiq tashvishlantirib qo`ydi.  
1977  yilda  katta  "ettilik"  davlatlari  rahbarlarining  Bonn  (GFR)  shahridagi  uchrashuvida 
halqaro terrorizmga qarshi kurash to`g`risida  bayonot  qabul  qilindi. Halqaro terrorizmning  oshib 
borayotgan  havfi  va  unga  qarshi  kurash  masalalari  oliy  darajadagi  keyingi  barcha 
uchrashuvlarning  asosiy  mavzusi  bo`lib  keldi.  Chunki  halqaro  terrorizm  bir  tizimga  birlashib 
harakat qila boshladi.  
Ular safida turli davlat, millat vakillari, diniy ekstremistik ruhdagi shahslar, narkobiznes va 
qurol - yaroq savdosidan foyda ko`ruvchi jinoiy to`dalar, yollanib hizmat qiluvchilar paybo bo`ldi. 
Halqaro  terrorchilik  va  ekstremistik  markazida  razil  jinoyatchilarni  tayyorlaydigan  mahsus 
lagerlar  ochildi.  Halqaro  terrorchilar  aholini,  hususan,  dindorlar  va  yoshlarni  davlatga,  davlat 
tashkilotlariga  qarshi  qo`yishga  hamda  hokimiyatga  qarshi  muqolifatni  shakllantirishga  harakat 
qildi.  
O`zbekiston  Respublikasi  o`z  mustaqilligining  dastlabki  yillaridan  boshlab  terrorizm  va 
ekstremizmning  har  qanday  ko`rinishiga  qarshi  qat‟iyat  bilan  kurashib  kelmoqda.  O`zbekiston 
Respublikasi  halqaro  terrorizm  ko`rinishlariga  qaratilgan  ko`plab  halqaro  bitimlarning:  "havo 
kemalarini  qonunga  hilof  ravishda  egallab  olishga  qarshi  kurashish  to`g`risida"gi  1970  yilda 
Gaaga  konvetsiyasining;  "Fuqaro  aviatsiyasining  havfsizligiga  qarshi  kurash  to`g`risida"gi  1971 
yildagi  Monreal  Konventsiyaning;  "Halqaro  himoyadan  foydalanuvchi  shahslar,  masalan 
diplomatik  agentlarga  qarshi  jinoayatlarning  oldini  olish  va  jazolash  to`g`risida"gi  1973  yildagi 
konventsiyaning;  "Terrorizmni  moliyalashtirishga  qarshi  kurash  to`g`risida"gi  va  boshqa 
konventsiyalarning  ishtirokchisi  hisoblanadi.  2004  yildan  Toshkentda  Shanhay  hamkorlik 
Tashkiloti  (ShHT)ning  mintaqaviy  aksilterror  tuzilmasi  ijroiya  qo`mitasi  faoliyat  ko`rsata 
boshladi.  
Halqaro terrorizmga qarshi kurashda O`zbekistonning ishtiroki 
Halqaro  terrorizm  nafaqat  tashqi,  balki  ichki  havfsizlikka  ham  dahldor  masaladir.  Chunki 
terrorchilik  tashkilotlari  jangari  usullari  bilan  hokimiyat  uchun  kurashuvchi  guruhlarni 
shakllantirish, ularni har tomonlama rag`batlantirish va qo`llab quvvatlashga intiladi.  
Markaziy  Osiyo  davlatlari  uchun  halqaro  terrorizmning  havfli  1990  yilda  Namangan  va 
Andijonda, 1990  - 1996 yillarda tojikistondagi  fuqarolik urushi va  mojarolar davomida, 1999 yil 
16  fevralda  Toshkent  shahrida,  1999  -  2001  yillarda  Qirg`izistonning  Botken,  O`zbekistonning 
Surhandaryo  va  Toshkent  viloyatlarida,  2004  yilning  mart  -  aprel  oylarida  Toshkent  shahri  va 
Buhoro  viloyatlarida,  2004  yilning  11  -  13  may  kuni  Andijon  viloyatida  amalga  oshirilgan 
terrorchilik harakatlari misolida o`zini namoyon etdi.  

64 
 
Mustaqillikka  erishgan  O`zbekiston  Respublikasi  halqaro  terrorizmning  umumbashariy 
miqyosdagi  havfli  ekanligidan  jahon  hamjamiyati  bilan  birgalikda  unga  qarshi  kurashish 
lozimligini  jahonning  nufuzli  minbarlarida  e‟lon  qildi.  Jumladan,  O`zbekiston  Respublikasi 
Prezidenti  Islom  Karimov  1993  yil  28  sentyabrda  Birlashgan  Millatlar  Tashkiloti  (BMT)  Bosh 
assambelyasining  48  sessiyasida  qilgan  ma‟ruzasida  jahon  hamjamiyatining  Afg`oniston 
muammosini  izchil  o`rganish  va  yechishga  chaqirdi.  Keyinchalik  1998  yilda  Prezidentimiz 
tashabbusi  bilan  tashkil  topgan  "6+2"  guruhini  BMT  rahbarligi  ostida  1998  -  1999  yillarda  olib 
borilgan  faoliyat  Afg`oniston  terrorchilikka  qarshi  kurashda  katta  ahamiyatga  ega  bo`ldi.  Bu 
guruh  Afg`oniston  bilan  chegaradosh  6  davlat:  Hitoy,  O`zbekiston,  Pokiston,  Eron,  Tojikiston, 
Turkmaniston  va  mintaqa  tashqarisidan  ta‟sir  ko`rsatib  turgan  ikki  davlat  AQSH  va  Rossiya 
vakillaridan tashkil topgan edi.  
Yurtboshimizning  1999  yilda  Evropa  Havfsizlik  va  hamkorlik  Tashkilotining  (EHHT) 
Istanbul  (Turkiya)  da  bo`lib  o`tgan  sammitda  2000  yilning  7  -  8  sentyabr  kunlari  Nyu-Yo`rkda 
bo`lib  o`tgan  BMT  bosh  assambleyasining  "Mingyillik  Sammiti"da  BMT  tuzilmalarida 
terrorizmga  qarshi  kurash  halqaro  markazini  tuzish  taklifiga  hamohang  tarzda  2001  yilning  28 
sentyabrda BMT doirasida terrorizmga qarshi kurash qo`mitasi tuzildi.  
O`zbekistonning  AQSH  chegaraligida  tashkil  etilgan  halqaro  terrorizmga  qarshi  kurash 
borasida  AQSH  harbiy  havo  kuchlarining  trasport  va  vertalyotlariga  Afg`onistonda  qidiruv  - 
qutqaruv  va  insonparvarlik  yordamini  amalga  oshirish  uchun  havo  hududi  (Honabod  tumani)ni 
ochib terrorizmga vaqtinchalik foydalanishga topshirdi.  
O`zbekistonning halqaro terrorizmga qarshi olib borayotgan siyosatining maqsadi mintaqada 
global miqyosda tinchlik, barqarorlikni saqlash, mamlakat mustaqilligi va ravnaqi, halqning erkin 
farovon  hayotini  ta‟minlashdir.  Respublikamiz  terrorizmga  qarshi  qaratilgan  ko`plab  halqaro 
shartnomalardan  hozirgacha  BMTning  12ta,  Yevropa  Kengashi  doirasida  esa  7ta  halqaro 
shartnomalarini imzoladi.  
Bulardan  tashqari  O`zbekiston  halqaro  terrorizmga  qarshi  kurashdagi  ishtiroki  mintaqaviy 
tashkilotlardagi faoliyatida ham namoyon bo`lmoqda. Jumladan, O`zbekiston Yevropa Havfsizlik 
va hamkorlik Tashkiloti (YeHHT), Markaziy Osiyo hamkorligi Tashkiloti (MOHT) va boshqalar. 
O`zbekistonning  bunday  tashkilotlardagi  ishtiroki,  tashabbusi,  global  havfsizlik  va  barqarorlikni 
ta‟minlashda davlatimizning tutgan o`rni muhim ekanligini tasdiqlaydi.  
Terrorizmga  qarshi  kurashda  2000  yilda  "Terrorizmga  qarshi  kurash  to`g`risida"gi 
qonunning 4 - moddasida terrorizmga qarshi kurashning asosiy printsiplari aniq ko`rsatib berilgan. 
Ular quyidagilardan iborat:  
• qonuniylik;  
• shahs qonunlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;  
• terrorizmning oldini olish choralari ustuvorligi;  
• jazoning muqarrarligi;  
• terrorizmga qarshi kurashning oshkora va nooshkora usullarining  
ustuvorligi;  
•  jalb  etiladigan  kuchlar  va  vositalar  tomonidan  terrorchilikka  qarshi  o`tkaziladigan 
operatsiiyaga rahbarlik qilishda yakkaboshchilik.  
Terrorizmni  oldini  olishda davlat  organlari,  fuqarolarning  o`z  –  o`zini  boshqarish  organlari 
hamda jamoat  birlashmalari  bilan birgalikda  profilaktik  chora  -  tadbirlar  o`tkazish orqali amalga 
oshiriladi. Bu harakatlarda quyidagilar ta‟qiqlanadi:  
• terrorizmni ta‟qib qilish;  
• terrorchilik guruhlari va tashkilotlarini tuzish hamda ularni faoliyat  
• ko`rsatishi;  
•  terrorchilik  faoliyatiga  dahldor  bo`lgan  yuridik  shahslarni,  ularning  bo`linmalari  va 
vakolatlarini akkreditatsiya qilish, ro`yhatdan o`tkazish va ularning faoliyat ko`rsatishi;  
terrorchilik  faoliyatiga  dahldor chet el  fuqarolari  hamda  fuqaroligi  bo`lmagan  shahslarning 
O`zbekiston Respublikasiga kirishi;  

65 
 
tayyorlanayotgan  yoki  sodir  etilgan  terrorchilik  harakatlariga  oid  ma‟lumotlar  va  fikrlarni 
yashirish;  
Ushbu  qonunga  binoan  O`zbekiston  Respublikasida  quyidagi  davlat  organlari  terrorizmga 
qarshi kurashni amalga  oshiradi: jumladan, O`zbekiston  Respublikasi Milliy Havfsizlik Hizmati, 
O`zbekiston  Respublikasi  Ichki  Ishlar  Vazirligi,  Davlat  Bojhona  qo`mitasi,  Mudofaa  va 
Favqulotda Faviyatlar Fazirliklari kiradi.  
Terrorizmga  qarshi  kurashda  ishtirok  etayotgan  davlat  organlarining  faoliyatini 
muvofiqlashtirish  hamda  terrorchilik faoliyatini  olidini olish, uni aniqlash,  unga  chek  qo`yish  va 
uning  oqibatlarini  minimallashtirish  borasida  hamkorlikda  harakat  qilishlarini  ta‟minlash 
O`zbekiston Respublikasi Milliy Havfsizlik Hizmati tomonidan amalga oshiriladi. Bunda ishtirok 
etadigan har bir davlat organlarining vakillari ham ko`rsatib o`tilgan.  
Terrorchilik  harakatlarini  bartaraf  etishda  birinchi  navbatda  aholi  hayoti  havf  ostida  qolsa 
hamda  moddiy  va  ma‟naviy  boyliklarni  saqlab  qolish  maqsadida  kuch  ishlatmaslik  uchun 
muzokaralar  olib  borish  mumkin.  Bunda  ruhsat  etilgan  shahslargina  muzokarani  olib  boradilar. 
Biroq  muzokaralarning  olib  borilishi  terrorchilarning  sodir  etgan  jinoyatidagi  javobgarlik  olib 
tashlanadi.  
Muzokaralar  terrorchilar  harakatining  ishtirokchilari  tomonidan  ijobiy  hal  bo`lmasa,  ya‟ni 
ular  o`z  harakatlarini  to`htatishga  rozi  bo`lsalar,  shuningdek  fuqarolar  hayotiga  havf  mavjud 
bo`lsa hamda  moddiy  va ma‟naviy  boyliklarning yo`  bo`lishi aniq  saqlanib turgan  paytda, ularni 
qurolsizlantirish, va yo`q qilish uchun zarur choralar ko`riladi.  
Har  qanday  terrorchilik  harakati  muayyan  hududda  yuz  beradi.  Terrochilikka  qarshi 
operatsiya  o`tkaziladigan  zonaning  chegaralari  terrorchilikka  qarshi  operatsiya  o`tkazish 
rahbarlari tomonidan belgilnadai. Bunda hududning chegaralarini belgilashda hududning sharoiti, 
geografik tuzilishi,  inshootlar o`ta muhim ob‟ektlarning  mavjud  va  mavjud emasligi, terrorchilik 
harakatlarining ko`lami va havfsizlik darajalari e‟tiborga olinadi.  
Terrorchilik  harakatiga  qarshi  kurash  olib  borilayotgan  paytda  kurashayotgan  shahslarga 
qonunga binoan quyidagi huquqlar beriladi:  
• zaruriyat tug`ilganda ko`chada harakatlanuvchi transport vositalarini hamda yo`lovchilarni 
cheklash va ta‟qiqlash;  
• transport vositalarini ayrim hududlarga va ob‟ektlarga kiritmaslik, hatto chet el diplomatik 
vakolatlarining konsultik transportlari ham;  
•  aholini  havfli  deb  topilgan  hududlardan,  korhona,  uy,  bino,  va  boshqa  ob‟ektlardan 
chiqarib yuborish;  
• jismoniy shahslarning shahsini aniqlash uchun ushlab turish;  
•  terrorchilikka  qarshi  operatsiya  o`tkazayotgan  shahslarning  qonuniy  talabini  bajarmagan, 
terrorchilik  harakati  sodir  bo`layotgan  hududga  suqilib kirishga uringan yoki shunday harakatlar 
sodir etayotgan shahslarni ushlash va tegishli organlarga olib borish;  
• kechiktirish kishilar hayotiga havf solayotgan bo`lsa, terrorchilik harakati ishtirokchilarini 
ta‟qib qilib istamagan paytda bino, korhona, ish joyi, uy va boshqa joylarga mone‟liksiz kirish;  
•  terrorchilar  harakatiga  qarshi  kurash  olib  borayotgan  hududdan  chiqayotgan  yoki 
kirayotgan transport vositalarini, jismoniy shahslarni tekshirish;  
•  zaruriyat  tug`ilganda,  jismoniy  shahslarning  aloqa  va  transport  vositalaridan  foydalanish 
(bunga  chet  el  diplomatik  vakolathonalari  hodimlarining  aloqa  va  transport  vositalari  kirmaydi); 
Terrorchilikka qarshi kurashda mavjud bo`lgan qurol va tehnikalardan foydalanish mumkin.  
Terrorizmga qarshi kurash jarayonida ommaviy ahborot vositalari bilan hamkorlikka ish olib 
boriladi. Shu bilan birga quyidagi ma‟lumotlarning tarqalishiga yo`l qo`yilmaydi. Jumladan:  
1. terrorchilik harakatini bartaraf etish va yo`q qilish uchun mahsus tehnika usullari va taktik 
yondashish jarayoni;  
2.  o`tkazilayotgan  operatsiyani  qiyinlashtirib  qo`yadigan,  jismoniy  shahslar  hayoti  va 
sog`lig`iga havf tug`diradigan ma‟lumotlar;  
3. terrorchilik harakatlariga hayrihohlik bildiradigan;  

66 
 
4. terrorchilik harakatini bartaraf etish faoliyat ko`rsatayotgan va ularga yordamlashayotgan 
shahslar haqidagi ma‟lumotlardir;  
Mamlakat  barqarorligi  aholining  tinch  va  farovon  hayotini  buzilishiga  qarshi  ko`rsatuvchi 
shahslar  ququqiy  va  ijtimoiy  himoya  qilinadi.  Bu  haqda  "Terrorizmga  qarshi  kurash  haqidagi" 
qonunning 25, 26, 28 bandlarida ko`rsatib o`tilgan.  
Demak, terroristik harakatlar va ular olib kelishi mumkin bo`lgan oqibatlarning olidini olish 
uchun  sergak  bo`lishi, atrof  -  muhitga e‟tibor bilan qarash  muhim ahamiyat kasb  etadi.  Mobodo 
shubhali  buyumlar  aniqlanganda  ularga  tegmaslik,  joyidan  qo`zg`atmaslik,  ko`tarmaslik,  ichini 
ochmaslik lozim. Zudlik bilan tegishli organlarga habar berish kerak.  
 
  Nazorat savollari. 
1.
 
Favqulodda vaziyatlarda aholini qanday himoya qilish 
2.
 
Radiaktiv zararlanish va kimyoviy zaharlanish paytidagi ko‟riladigan chora tadbirlar. 
3.
 
Aholini ko„chirishni tashkil etish va o„tkazish qanday amalga oshiriladi 
4.
 
Halqaro terrorizm va uning salbiy oqibatlari haqida nima bilasiz 
5.
 
Halqaro terrorizmga qarshi kurashda O`zbekistonning o‟rni  
 
Foydalanilgan adabiyotlar:
 
1.  Karimov  I.  “O'zbekiston  XXI  asr  bo'sag'asida:  xavfsizlikka  tahdid,  barqarorlik  shartlari, 
taraqqiyot kafolatlari”. T. “O'zbekiston”, 1997.  
2. Karimov I. “Alloh qalbimizda, yuragimizda”. T. “O'zbekiston”, 1999.  
3. Karimov I. “Hushyorlikka da'vat”. T. “O'zbekiston”, 1999.  
4. “O'zbekistonda  demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti”. O'quv qo'llanma. Toshket 
Moliya Instituti. T. 2004.  
5.  Prezident  Islom  Karimovning  “O'zbekiston  XXI  asr  bo'sag'asida:  xavfsizlikka  tahdid, 
barqarorlik  shartlari  va  taraqqiyot  kafolatlari  ”  asarini  o'rganish  bo'yicha  Metodik  Qo'llanma.  T. 
“Universitet”. 1997 
 
Qo„shimcha adabiyotlar: 
1. O'zbekiston  Respublikasining  1999  yil  20  avgustdagi  «Axolini  va  xududlarni  tabiiy  xamda 
texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muxofaza kilish to'grisida»gi Konuni.  
2. O'zbekiston  Respublikasining  «Terrorizmga  karshi  kurash  to'grisida»gi  Konuni,  15  dekabr 
2000 yil  
3.  O'zbekiston  Respublikasining  2000  yil  26  may  kunidagi  «Fukaro  muxofazasi  to'grisida»gi 
Konuni.  
4. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1998 yil 27 oktyabrdagi «Texnogen, tabiiy 
va ekologik xususiyatli favkulodda vaziyatlarning tasnifi to'grisida»gi 455-sonli karori.  
5.  Fuqaro  muxofazasi  institutining  Uslubiy  qo'llanma  “Evakuatsiya  kilish  (ko'chirish) 
to'g'risida”gi. 
 
 
 
 
 
 
 
 

67 
 
3-MAVZU.  
AHOLI VA HUDUDLARNI ZAMONAVIY QIRG„IN VOSITALARIDAN 
MUHOFAZA QILISHNI TASHKIL ETISH. AHOLI VA HUDUDLARNI 
FAVQULODDA VAZIYATLAR-DAN MUHOFAZA QILISHDA 
BOSHQARUVNI TASHKIL ETISH. 
 
REJA: 
1.
 
Fuqaro muhofazasi chora-tadbirlarni rejalashtirnsh maqsadi va vazifalari. 
2.
 
Fuqaro  muhofazasi  ob‟ektlarida  tuzilgan  rejaga  bo„lgan  asosiy  talablar.  Fuqaro  muhofazasi 
rejasining mazmuni 
3.
 
Favqulotdagi  vaziyatlarda  iqtisodiyot    ob‟ektlarida  qutqarish  va  boshqa    kechiktirib 
bo„lmaydigan ishlarni tashkil  etish va olib boorish 
4.
 
Kuchli ta‟sir etuvchi zaharli moddalar oqibatini bartaraf etish 
5.
 
Tabiiy ofatlar nohiyalaridagi qutqarish va kechiktirib bo„lmaydigan ishlar  
 
Tayanch  iboralar:  kuchli  ta‟sir  etuvchi,  qutqarish,  kechiktirib  bo„lmaydigan  ishlar, 
fuqarolarning  xavfsizligini  ta‟minlash,  favqulodda  vaziyatlar,  ommaviy  tadbirlarni  o„tkazish 
qoidalari. 
 
Fuqaro muhofazasi chora-tadbirlarni rejalashtirnsh maqsadi va vazifalari. 
Fuqaro  muhofa zasi  chora -tadbirlarini  rejalashtirish  -  bu  fuqaro  muhofaza sini 
boshqarish  jaayonining  eng  muhim  tarkibiy  qismi.  U  tinchlik  va  harbiy  sha roitla rini  ta hli l  
qilis h  va   u la rga   ba ho  beri sh,   urush      vaqtida  aholini  muhofaza  qilish  va  iqtisodiyot 
ob‟ektlari  va  tarmoqlarining  chidamligini  oshirish  yuzasidan  fuqaro  muhofazasi 
ta dbirlar ini  a ma lga  oshir ishga ,  avariya-qutqaruv  ishlarini  o„tkazishga,  boshqaruv 
tadbirlarini har tomonlama ta‟minlab turishdan iboratdir.  Rejaning to„liq ishlab chiqilishi o„zini 
muvaffiqiyatli  bajarilishini  va  bosh  vazifa  –  aholi  va  moddiy  boyliklar  muhofaza  qilinishi  hal 
etilishini  ta‟minlaydigan  tadbirlar  kompleksi  ishlab  chiqilishidan  iborat.  SHuning  uchun  rejada 
aniq  tadbirlar,  ularning  mazmuni,  shakli,  muddatlari  va  ijrochilari  aniq  ko„rsatiladi.  Reja 
bo„limlarining  bayoni  qisqa  bo„lishi  ulardan  foydalanish  oson  bo„lishi  uchun  kerak.  SHuning 
uchun  rejaning  mazmunli  bo„lishiga  undagi  hamma  tadbirlar  to„liq  ishlab  chiqilgan  grafik  yo„l 
bilan  erishiladi.  Tushintirishlar,  jadvallar,  sxemalar,  grafiklar,  suratli  sharhlar  tushintirish  xatlari 
tarzida beriladi (bu ikki talabni rejaning ilova jadvalida ko„rsatilsa bo„ladi). 
        Vaqtning  qat‟iy  hisobga  olinishi  rejalashtirilgan  har  bir  tadbir  sifatli  va  to„liq  hajmda 
bajarilishi uchun kerak.  Rejaning aniq  va real  bo„lishi u  bajarilishining  zarur tartibi  hisoblanadi. 
Buning  uchun  mahalliy  sharoit  ma‟lumotlari  sinchiklab  o„rganiladi:  ehtimol  bo„lgan  vayronalik, 
talofatlar,  moddiy  zarar  oldindan  bashoratlanadi,  oqibatlarini  yo„qotilishi  uchun  kerakli  kuch  va 
vositalarga  bo„lgan  talab  hisoblab  chiqiladi.  Aholi  va  hududlarni  turli  favqulodda  vaziyatlardan 
muhofaza qilish masalalariiing asosiy vazifalarini bajarilishini ta‟miilash fuqaro muhofazasi rejasi 
va uning mukammalligi bilan uzviy bog„lik. 
Fuqaro  muhofaza si  rejasi,  qo„yilgan  vazifalarni  muvaffaqiyatli      bajarilishiga  yordam 
berishi      kerak    bo„lgan,  muhofaza  tadbirlarining  oldiidan  ishlab  chiqilgan,  asoslangan,  moddiy 
ta‟minlangan majmuasidan iborat. 
Fuqaro  muhofazasi  tadbirlarini  rejalashtirish  -  fuqaro  muhofazasini  boshqarish 
jarayonining eng muhim tarkibiy qismn. U tinchlik va harbiy harakatlar davrlari sharoitlarini tahlil 
qilish  va  ularga  baho  berishdan,  harbiy  harakatlar  davrlarida  aholini  muhofaza  qilish  va 
iqtisodiyot  ob‟ektlari  va  tarmoqlarining  barqarorligini  oshirish  yuzasidan  Fuqaro  muhofazasi 
tadbirlarini belgilashdan, avariya qutqaruv ishlarini o„tkazishga kuch va vositalarni tayyorlashdan, 
ularning  faoliyatini  va  boshqaruv  organlarini  har  tomonlama  ta‟minlashdan  iborat.  Bu  tadbirlar 
bajarilishi uchun kerakli  resurslar ajratiladi, amalga  oshirish ketma  - ketligi,  muddatlari, usullari 
belgilanadi hamda fuqaro muhofazasi  tadbirlarini o„tkazish uchun masul kishilar tayinlanadi. 

68 
 
Rejalashtirishdan  asosiy  maqsad  favqulodda  vaziyatlar  yuzaga  kelgan  holda,  shuningdek 
tabiiy ofatlar, yirik avariya va halokatlar oqibatlarini tugatishda  Fuqaro  muhofa zasi tadbirlarini 
amalga oshirishdan iborat. 
Fuqaro  muhofa zasi  rejasi  umumdavlat  miqyosida  ishlab  chiqilib,  aholi  va  hududlarni 
favqulodda  vaziyatlardan  muhofaza  qilish  tadbirlarini  barvaqt  amalga  oshirish,  favqulodda 
vaziyatlarni  oldini  olish,  ular  sodir  bo„lganda  zarar  va  talafotlarni  kamaytrish  maqsadida 
respublika  aholisining  idora,  hokimiyat  vya  ob‟ektlarning  harakat  qilish  rejalari,  shuingdek, 
FVDTning barcha darajalaridagi hamkorlik rejalari ishlab chiqiladi. 
Rejalashtirish tinchlik va harbiy harakatlar davrlariga alohida- alohida amalga oshiriladi va 
rejani  mahalliy  davlat  hokimiyati  organlari  ishlab  chiqadilar.  Xodimlar,  ishlab  chiqarish  va 
ijtimoiy  ob‟ektlarni  favqulodda  vaziyatlardan  muhofaza  qilish  bo„yicha  zarur  choralarni 
rejalashtirish  hujjatlarga,  asosan  korxonalar,  muassasalar  va  tashkilotlarning  favqulodda 
vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi majburiyatlari hisoblanadi. 
Rejani  va  uning  ilovalarini  ishlab  chiqish  uchun  FVDT  yuqori  boshqarma,  bo„limlaridan 
quyidagi keltirilgan dastlabki ma‟lumotlar olinishi kerak: 
1.O„zbekiston  Respublikasi  Prezidentining,  Vazirlar  Mahkamasining  farmonlari  va 
qarorlari, ko„rsatmalari. 
2.O„zbekiston  Respublikasi  Favqulodda  vaziyatlar  vazirligining  nizomi,  ko„rsatmalari  va 
tavsiyalari, rahbar va me‟yoriy hujjatlarining talablari. 
3.Iqtisodiyot yuqori organlarining ko„rsatmalari va tavsiyalari. 
4.  Tuzilmalarning  soni,  shaxsiy  tarkibida  hamda  aholini  va  moddiy  boyliklarni  muhofaza 
qilish imkoniyatlari haqidagi ma‟lumotlar. 
5. Panajoylar, ularning sig„imi, boshqa panajoylar qurish imkoniyati. 
6. Ob‟ektning tavsifi, uning muhofaza va iqtisodiy imkoniyati. 
7. Toifalangan shaharga favqulodda vaziyatlarda yordam berish imkoniyatlari. 
8. Toifalangan shahar iqtisodiyot ob‟ektlarining ro„yxatlari. 
9.  Potensial  xavfli,  shuningdek  tasarrufida  kimyoviy,  portlash-yong„in  xavfi  mavjud 
ob‟ektlar ro„yxati. 
10. Xavfli hududlardagi aholi punklari haqida ma‟lumot. 
O„zbekiston  Respublikasining  “Fuqaro  muhofazasi  tug„risida”gi  Qonuniga  asosan 
“Favqulodda  vaziyatlarda  ularni  oldini  olish  va  harakat  qilish  davlat  tizimi”  foliyatini 
rejalashtirishga  Favqulodda  vaziyatlar  vazirligi  tashkiliy  -  uslubiy  rahbarlik  qiladi,  hamda  u 
O„zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasining rejasi loyihasini ishlab chiqadi. 
Fuqaro muhofazasi ob’ektlarida tuzilgan rejaga bo‘lgan asosiy talablar. Fuqaro 
muhofazasi rejasining mazmuni 
         Aholini  va  hududlarni  favqulodda  vaziyatlardan  muhofaza  qilish  ta dbirla rini 
ba r va qt  a ma lga     o shiri s h,    fa vqu lod da
 
vaziyatlarning  oldini  olish,  ular  sodir  bo„lgandagi 
zarar  va  talafotlarni  kamaytirshp  maqsadida  hokimliklar  va  ob‟ektlarning  hatti -harakat 
rejalari, shuningdek FVDTning hamma darajalarida tizimlari  rejalari ishlab chiqiladi. 
Reja  tinchlik  va  harbiy  harakatlar  davrlariga  alohida  ishlab  chiqiladi.  Favqulodda 
vaziyatlar  aholini va hududlarni muhofaza qilish  bo„yicha xarakat qilish  rejasini  mahalliy  davlat 
hokimiyati organlari ishlab chiqadilar, hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy ob‟ektlarni favqulodda 
vaziyatlardan  muhofaza  qilish  bo„yicha  zarur  choralarni  rejalashtirish  korxonalar, 
muassasalar va tashkilotlarning favqulodda vaziyatlarda  muhofaza  qilish  sohasidagi  majburiyatlari 
hisoblanadi, 
O„zbekiston Resiublikasi favqulodda vaziyatlarda ularni oldini  olish  va  harakat  qilish  davlat 
tizimi  faoliyatini  reja la shtirishga  Fa vqulodda  va zi ya tla r  va zirlign  tashkiliy-uslubiy 
jihatdan rahbarlik qiladi. 
Vazirliklar,  idoralar  va  tashkilotlarda  fuqaro  muqofazasiga  rahbarlik  qilishni  ularning 
lavozimiga  ko„ra  mazkur  organlar  va  tashkilotlar  fuqaro  muhofazasi  boshlig„i  bo„lgan 
rahbarlari amalga oshiradilar. 
Fuqaro muhofazasi boshlig„i o„z vakolatlari doirasidr quyidagi huquqlarga ega: 

69 
 
- fuqaro muhofazasining tegishli rejalarini amalga joriy etish; 
-  aholini,  moddiy  va  ma‟naviy  boyliklarni  xavfsiz  joylarga  evakuatsiya  qilish 
to„g„risida qaror qabul qilish; 
- fuqaro  muhofazasi  bo„yicha direktivalar, qarorlar va farmoyishlar qabul qilish.  
Aholini  va  hududlarni  zamonaviy  qirg„in  vositalar  qo„llanilishi  oqibatlaridan 
muhofaza  qilish  va  muhofazasi  sohasidagi  tadbirlarni  amalga  oshirishga  ha ra k a tla r ni 
mu vo fiqla shtir i sh  t egi s hli  ta r m oq la r   va   ta s hk il ot la r ni n g   fu qa r o  mu h o fa za s i  
boshliqlari  zimma siga  yukla na di.  Fu qaro  tadbirlari  hududlarning  iqtisodiy,  tabiiy   
xususiyatlarini  hamda  favqulodda  vaziyatlar    bo„lish  xavfi  qanchalik  realligini  hisobga 
olib tadbirlar oldindan rejalashtiriladi va amalga oshiriladi.  
 Reja tuzishdagi ish hajmi shartli ravishda to„rt bosqichga bo„linadi: 
-  birinchi  bosqichda  ijrochilar  tarkibi,  ularning  tayyorligi  aniqlanadi,  bor 
ma‟lumotlar, hujjatlar o„rganiladi, materiallar umumlashtiriladi, taqvimiy reja ishlab chiqiladi; 
- ikkinchi bosqichda reja amalda ishlab chiqiladi va reja hujjatlari tuziladi; 
-  uchinchi    bosqichda  ha mma  tadbirlar    bir -biriga  moslashtiriladi  va  yuqori  tashkilot 
bilan kelishib olinadi, zaruriyat bo„lsa reja tuzatib to„g„rilanadi va tasdikdanadi; 
-  to„rtinchi  bosqichda  rejalashtirilgan  tadbirlar  reja  tasdiqdangandan  keyin    tegishli 
ijrochilarga etkaziladi. 
Rejalar  ishlab  chiqishni  bevosita  tashkil  etish  tegishli  fuqaro  muhofazasi  boshlig„iga 
yuklatiladi.  Rejalarni  ishlab  chiqishga  fuqaro  muhofazasining  shtatli  xodimldri,  boshqarma  va 
bo„lim  boshliqlari,  evakuatsiya  komissiyasi,  fuqaro  muhofazasi  xizmatlari  va  bo„limlari, 
iqtisodiyot ob‟ektlarining bosh mutaxassislari jalb qilinadi, 
Rejani  ishlab  chiqishga  jalb  etiladigan  mansabdor  shaxslar  fuqaro  muhofazasi 
boshlig„ining buyrug„i bilan 
 
belgilanadi. 
Energetika va elektrlashtirish vazirligi,
 
Sog„liqni  saqlash vazirligi, Ichki ishlar  vazirligi, 
Geologiya 
va  mineral  resurslar  qo„mitasi,  Davlat 
muhofaza  qilish  qo„mitasi, 
“O„zsanoatkontexnazorat”  davlat  qo„mitasi,  Fanlar  Akademiyasi,  “O„zkimyosanoat” 
uyushmasi  va  “Boshgidromet”  boshqarmasi  boshqa  tegishli  idoralar  Favqulodda 
vaziyatlar  vazirligini  hududlar,  ob‟ektlardagi  tabiiy,  ekologik,  epidemiologik,  epizootik, 
geologik  va  texnogen  vaziyat  hamda  ularning  yaqin  davrda  va  istiqbolda  o„zgarish  ehtimollari 
to„g„risidagi axborot  bilan  muntazam ravishda,  favqulodda  vaziyatlarda  esa darhol ta‟minlashlari 
lozim.  Evakuatsiya  tadbirlarini  rejalashtirishda  transportda  va  piyoda  olib  chiqiladigan  aholi 
sonini aniq bilish, zarur transport vositalari soni, odamlarni transportda (piyoda) olib chiqish tartibi, 
qimmatbaho  uskunalar,  oziq-ovqatni  olib  chiqish  tartibi  va  muddatlari  hisoblab  qo„yilishi 
kerak,  korxona  faoliyatini  barqarorligini  oshirish  maqsadida  ilmiy-tadqiqotlar  asosida  va 
iqtisodiyot  rejalarini  hisobga  olib  rejalashtiriladi.    Muhandislik,    tibbiy  va  boshqa  turdagi 
ta‟minotni  rejalashtirishda  ishlar  hajmi,  tadbirlari,  bajarilish  tartibi  har  qaysi  tur  ta‟minotning 
asosiy vazifalariga qarab belgilanadi. 
Favqulodda  vaziyatlar  boshqarmalari,  bo„limlari  reja  ijrosini  ta‟minlashlari  uchun  tegishli 
hujjatlarni  oldindan  iqtisodiyot  organlari  bilan  birgalikda  ishlab  chiqadi.  Bu  hu jja tlar , 
da stla bk i  ma‟lumotnoma  materiallari  rejaga  ilova  qilinmaydi,  bevosita  ijrochilarning  ish 
papkalarida saqlanadi. 
Vazirliklar  va  idoralar  favqulodda  vaziyatlarda  muhofaza  qilish  bo„yicha  harakatlar 
rejasini,  nizomlar-qoidalar  va  yo„riqnomalarni  kelishib  olish  uchun  Favqulodda  vaziyatlar 
vazirligiga taqdim etio„lari lozim.  Tuzilgan rejalarga har yili 1 yanvardagi holatga muvofiq yilning 
ikkinchi  chora gi  da vomida  tu zatishla r    kiritila di.  Reja  ikki nusxada tuziladi. Nusxalardan 
biri ob‟ektning boshqaruv punklarida ikkinchisi yuqori tashkilotda   saqlanadi. 
Reja  hujjatlari  mazmunli,  aniq  hamda  yuqori  saviyada  ishlab  chiqilishi  kerak. 
Rejalashtirishda taqlidchilikka, yuzaki va asossiz yondoshishlarga yo„l qo„yib bo„lmaydi. 
      Bo„lishi mumkin bo„lgan sharoitdan kelib chiqib, quyidagi aniq tadbirlar rejalashtiriladi: 
    -boshqarish, xabarlash va aloqani tashkil etish; 
         -razvedkani, kuzatishni va nazorat qilishni tashkil  etish; 

70 
 
    -FVDT guruhlarini tashkil etish; 
        -odamlarni va moddiy boyliklarni muhofaza qilish tadbirlari; 
        -moddiy va moliyaviy ta‟minotning hamma turlarini tashkil etish; 
        -favqulodda vaziyatlarning oldini olishni va ularni tugatishni tashkil etish. 
 
 
Rejaga qo„yiladigan talablar 
 
Talablar 
Mazmuni 
To„liq 
ishlab 
chiqilishi 
Reja  muvaffaqiyatli  bajarilishini  va  bosh  vazifasi  -  aholi  va  moddiy 
boyliklarni  muhofaza  qilishni  hal  etilishini  ta‟minlaydigan  tadbirlar 
kompleksi  ishlab  chiqilishidan  iborat.  SHuning  uchun  rejada  aniq 
tadbirlar,  ularning  mazmuni,  shakli,  muddatlari  va  bajaruvchilari 
ko„rsatiladi. 
Bayoni  qisqa  va 
mazmunli bo„lishi 
Reja  bo„limlarning  bayoni  ulardan  foydalanish  oson  bo„lsin  uchun 
qisqa  bo„lishi  lozim.  SHuning  uchun  rejaning  mazmunli  bo„lishiga 
undagi  hamma  tadbirlar  to„liq  ishlab  chiqilgan  grafik  yo„li  bilan 
erishiladi.  Buning  uchun  sxema  va  xaritada  inshootlar,  ish  turlari  va 
hajmi  shartli  belgilar  bilan  tasvirlanadi.  Tushuntirishlar  jadvallar, 
sxemalar,  suratli sharhlar tushuntirish xatlari tarzida beriladi. 
Vaqt 
qat‟iy 
hisobga olinishi 
Vaqtning qat‟iy hisobga olinishi rejalashtirilgai har bir tadbir sifatli va 
to„liq hajmda bajarilishi uchun kerak.  
Reallik va 
aniqlik 
Rejaning  aniq  va  real  bulishi  uning  bajarilishini  zarur  tartibi 
hisoblanadi.  Buning  uchun  mahalliy  sharoit  ma‟lumotlar  sinchiklab 
urganiladi:  bulishi  mumkin  bulgan  vayronalik,  uyulma,  talafotlar  turi, 
moddiy  zarar  oldindan  bashoratlanadi,  okibatlari  yuqotilishi  uchun 
kerakli  fuqaro  muhofazasi  kuch  va  vositalariga  bulgan  talab  hisoblab 
chikiladi. Ob‟ektiv aniqlikka baho berish va tadbirning bajarilish vaqtini 
belgilash  fuqaro  muhofazasidan  taktik  uquv  -  mashqlarida.  Amaliy 
mashg„ulotlarda bajariladi.  
 
Tinchlik davri rejasiga quyidagilar ilova qilinadi: 
    1. Fuqaro    muhofazasi    boshlig„ining    favqulodda  vaziyatlarni tugatish to„g„risidagi 
qarori (viloyat xaritasi va shaharlarning rejasi). 
     2.  FVDT  xududiy  quyi  tazimining  favqulodda  vaziyat  xavfi  tug„ilganda  va  u  sodir 
bo„lgandagi asosiy tadbirlarining kalendar rejasi. 
        Z.  FVDT  hududiy  quyi  tizimining  favqulodda  vaziyatlar  xavfi  tug„ilgandagi  tadbirlarini 
bajarishga  jalb  qilinadigan  kuch  va  vositalarining  hisobi  (har  bir  tadbir  haqidagi  umumiy 
ma‟lumotlar). 
        4. Favqulodda vaziyatlar xavfi tug„ilganda boshqaruv, xabarlash va aloqani tashkil etish 
(sxemasi). 
Rejalarning xususiyatlari 
Korxona  fuqaro  muhofazasi  boshlig„ining  qarori  ob‟ektning  tinchlik  davriga  mo„ljallangan 
harakat  rejasini  ishlab  chiqish  uchun  asos  hisoblanadi.  Fuqaro  muhofazasi  boshlig„i  kuchli  ta‟sir 
etuvchi  zaharli  moddalar  oqib  ketganda  yuzaga  kelishi  ehtimoli  bo„lgan  kimyoviy  sharoitdan 
chiqariladigan xulosalarni beradi va quyidagilarni belgilaydi: 

71 
 
-Ob‟ekt xodimlarini va korxona yaqinidagi aholini muhofaza qilishga oid asosiy vazifalar; 
-muhofaza tadbirlarini o„tkazish qaroridan maqsad; 
-jalb qilinadigan FVDT kuchlari, ularning tarkibi, vazifalari va shay bo„lish muddatlari; 
-hamkorlikni  tashkil  etish  hamda  kuchlar  va  boshqaruv  organlari  hatti-harakatlarini 
ta‟minlash asoslari. 
Rejani  fuqaro  muhofazasi  boshlig„ining  o„rinbosari  ishlab  chiqadi.  Ayrim  masalalarni  hal 
etish  uchun  xabar  berish  va  aloqa  xizmatining,  tibbiy,  radiatsiyaga  va  kimyoviy  moddalarga 
qarshi  muhofaza,  jamoat  tartibini  saqlash,  yong„indan  saqlash  xizmatlarining,  moddiy-texnik 
ta‟minoti, avariya, texnik va boshqa xizmatlarning boshliqlari rejani ishlab chiqishga jalb qilinadi. 
Download 19.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling