Uglerod to’rt oksidi. Tozalangan suvning teng hajmdagi oxakli suv bilan og‘zi maxkam berkitilgan idishda to’latib solingan aralashmasi bir soat davomida loyqalanmasligi lozim.
Nitrat va nitritlar. 5 ml suvga extiyotlik bilan 1 ml difenilaminning yangi tayyorlangan eritmasi solingan ko’k rang hosil bo’lmasligi kerak.
Ammiak. 10 ml suvga 0,15 ml Nesler reaktivi tomizilib, 5 minutdan so’ng 1 ml ida 0,002 ml ammoniy ioni saqlagan 1 ml etalon B eritma, 9 ml ammiakdan holi bo’lgan suv va 0,15 ml nesler reaktividan iborat bo’lgan aralashma bilan solishtiriladi. Tekshiriluvchi eritmaning rangidan to’q bo’lmasligi kerak. (0,00002%).
Xloridlar. 10 ml suvga 0,5 ml nitrat kislota eritmasi va 0,5 ml kumush nitrat eritmasi qo’shib chayqatilgach 5 minutga qoldiriladi. Opaletsensiya (kuchsiz loyqalanish) kuzatilmasligi kerak.
Kalsiy. 10 ml suvga 0,5 ml suyultirilgan xlorid kislota va 1ml bariy xlorid eritmasi qo’shib chayqatilgach 10 minutga qoldiriladi. Eritma loyqalanmasligi kerak.
Sulfatlar. 10 ml suvga 1 ml ammoniy xlorid eritmasi va 1ml ammiak eritmasi va 1mll ammoniy oksalat eritmalaridan qo’shib chayqatilgach 10 minutgacha qoldiriladi. Eritma loyqalanmasligi kerak.
Kalsiy. 10 ml suvga 1 ml ammoniy xlorid eritmasi va 1 ml ammiak eritmasi va 1 ml ammoniy oksalat eritmalaridan qo’shib chayqatilgach 10 minutgacha qoldiriladi. Eritma loyqalanmasligi kerak.
Og‘ir metallar. 10 ml suvga 1 ml sirka kislota va 2 tomchi natriy sulfid eritmasi qo’shib chayqatilgach 1 minutga qoldiriladi. Diametri 1,5 sm bo’lgan probirkani o’ qi bo’ylab qaralganda eritmaning rangi kuzatilmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |