Toshkent Farmatsevtika instituti Farmatsiya fakulteti talabasining “Tosh tomirlar aterosklerozi” mavzusida tayyorlagan


Yosh. Bu tabiiy xavf omilidir. Yosh o’tishi bilan aterosklerotik jarayonlar kuchayadi; Irsiyat


Download 250.14 Kb.
bet2/7
Sana04.01.2023
Hajmi250.14 Kb.
#1079002
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
patalogiya

Yosh. Bu tabiiy xavf omilidir. Yosh o’tishi bilan aterosklerotik jarayonlar kuchayadi;
Irsiyat. Albatta, bu ham ateroskleroz paydo bo’lishining sabablaridan biridir. Aterosklerozga sabab bo’luvchi omillar ko’p qirralidir. Shuning uchun gormonal fon darajasi, irsiy dislipoproteinemiya (plazma lipid profilining buzilishi), immun tizimining faoliyati aterosklerozning rivojlanishini tezlashtirish yoki sekinlashtirishda muhim rol o’ynaydi;
Zararli odatlar. Chekish — tana uchun zaharidir. Bu odat ateroskleroz rivojlanishining yana bir sababchisi. Sog’lom qon tomirlarni xohlaysizmi — chekishni to’xtating! Spirtli ichimliklarga kelsak, qiziqarli bog’liqlik bor: kichik miqdordagi spirtli ichimliklar — har kuni 50 gramm aroq, 100 gramm sharob yoki 0,5 litr pivo aterosklerozning oldini olishni yaxshi usuli hisoblanadi. Shu bilan birga, bu miqdor jigar sirrozi rivojlanishiga hissa qo’shadi. Shunday qilib, birini davolab, ikkinchisini shikastlaymiz. Umuman olganda spirti ichimliklarni hatto juda oz miqdorda iste’mol qilish ham tavsiya etilmaydi, bular bir qator patologiyalar rivojlanishini kafolatlaydi;
Ortiqcha vazn. Bu omil ateroskleroz yuzaga kelishi ehtimolligini oshiradi. Semirib ketish qandli diabetga olib kelishi mumkin, bu patologiya esa ateroskleroz tomon to’g’ri yo’ldir;
Noto’g’ri ovqatlanish. Yog’li, zararli taomlar asosiy xavf omilidir. Ovqatlanish hayotimizda juda muhim fiziologik jarayondir. Kelajakdagi sog’ligimiz mahsulotlarning qanchalik foydali ekanligiga bog’liq bo’ladi. Juda kam kishilar biladi, ammo shifobaxsh va muvozanatli parhezdan tashqari boshqa barcha parhezlar Jahon oziq-ovqat gigienasi kengashi tomonidan tasdiqlanmagan. Ovqatlanish ehtiyojlaringiz va energiya sarf-xarajatlaringizga qarab to’g’ri va oqilona bo’lishi kerak.
Yaponiyadagi o’rtacha umr davomiyligi 84 yil, O’zbekistonda esa 68,5 yilga yaqin. Bu farq nimadan? Javob oddiy: Yapon va boshqa sharqiy xalqlarning ovqatlanishlarini ko’rib chiqing. Ularning taomnomasi turli donli mahsulotlarni, sabzavotlarni, o’tlarni, dukkaklilar va yangi baliqlarni o’z ichiga oladi. Har kuni Tokio bozori qimmatbaho yog’ kislotalari mavjud bo’lgan dengiz mahsulotlari bilan to’ldiriladi. Kasallikni davolab nima qilishadi, axir oldini olib bo’lsa. Keksalik paytida o’zingizga minnatdorchilik bildirish uchun yoshlikdanoq to’g’ri ovqatlanishni boshlang.

Download 250.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling