Toshkent Farmatsevtika instituti Farmatsiya fakulteti talabasining “Tosh tomirlar aterosklerozi” mavzusida tayyorlagan


Download 250.14 Kb.
bet3/7
Sana04.01.2023
Hajmi250.14 Kb.
#1079002
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
patalogiya

ATEROSKLEROZNING TURLARI
Yurak tomirlari (koronar arteriyalar) aterosklerozi. Yurak ishemik kasalligi, stenokardiya va infarkt rivojlanishiga turtki beradi;
Aortal shakli. Aorta organizmdagi eng katta arteriyadir. Uning ateroskleroz bilan shikastlanishi barcha organlarga va tizimlarga sezilarli ta’sir qiladi;
Buyrak tomirlarining aterosklerozi. Qon aylanishining yetishmasligi buyraklar vazifalarining buzilishi va og’ir arterial gipertenziyani keltirib chiqaradi;
Miyani qon bilan ta’minlovchi tomirlarning aterosklerozi;
Oyoq va qo’llar tomirlarining aterosklerozi.
Kasallik shakllari mustaqil namoyon bo’lishi mumkin, ammo ko’pincha tizimli ravishda yuzaga kerladi.
ATEROSKLEROZ NIMASI BILAN XAVFLI? RIVOJLANISH BOSQICHLARI
Statistika ma’lumotlariga ko’ra, ateroskleroz yurak-qon tomir tizimining eng keng tarqalgan kasalligi va butun dunyo bo’ylab aksariyat bemorlar o’limining asosiy sababchisidir. Ateroskleroz o’zgaruvchan bo’lib, kasallikning mohiyati qon tomirlari bo’shlig’ining torayishi yoki to’silishi bo’lishiga qaramasdan, u butun organizmga sezilarli darajada ta’sir qiladi. Qon aylanishining yetishmasligi yurak, miya, qorin bo’shlig’i organlari, oyoqlar va qo’llarga (kamdan-kam) ta’sir qiladi. Arteriyalarda qon aylanishining buzilishi kichik qon tomirlariga ham ta’sir qiladi, bu esa ikkinchi darajali ishemiyaga sabab bo’ladi.
Ateroskleroz — bu polietiologik kasallikdir. Haligacha kasallikning muayyan sabablari noma’lum, ammo mexanizmi lipid almashinuvining buzilishiga asoslangan. Bu buzilish xavfli kasallikning boshlanishi uchun turtkidir.
Patologiya rivojlanishida bir necha bosqichlar ajratiladi:
Yog’ dog’lari (yoki lipid dog’lar) shakllanishi bosqichi. Ushbu bosqichda aniq alomatlar kuzatilmaydi va bemor aterosklerozning mavjudligiga shubha qilmaydi. Ushbu bosqichning mohiyati arteriya devorlarida diffuz o’zgarishlardadir (lipoproteid komplekslarining molekulalari arterial devorning tuzilmasiga kirib, ingichka qatlam hosil qiladi). Tashqi tomondan, bu o’zgarishlar tomirning zararlangan qismi bo’ylab sarg’ish-jigarrang chiziqlar kabi ko’rinadi. Arteriyaning barcha to’qimalari shikastlanmaydi, faqatgina alohida qismlari. Jarayon juda tez rivojlanadi. Mavjud yurak-qon tomir kasalliklari va qandli diabet jarayonni yanada tezlashtiradi;

Download 250.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling