Toshkent Farmatsevtika instituti Farmatsiya fakulteti talabasining “Tosh tomirlar aterosklerozi” mavzusida tayyorlagan


Download 250.14 Kb.
bet6/7
Sana04.01.2023
Hajmi250.14 Kb.
#1079002
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
patalogiya

Safro kislotasi sekversantlari. Jigarning safro kislotasi sintezi vazifasini sezilarli darajada pasaytiradi. Buning natijasida organizm normal va barqaror hazm qilish uchun ko’proq xolesterin sarflashi kerak bo’ladi. Uzoq muddatli qo’llanilganda ovqat hazm qilish tizimida buzilishlarga sabab bo’lishi mumkin. Kasallikning dastlabki bosqichida yoki patologiyaning oldini olish uchun tayinlanadi;
Fibratlar. Neytral yog’li tuzilmalarni — triglitseridlarni parchalaydi. Aterosklerozga qarshi kurashda yetarli darajada samarali, ammo jigar muammosi bo’lgan shaxslarga qat’iy ravishda qarshi ko’rsatiladi;
Nikotin kislotasi preparatlari. Ular xolesterin bilan kurashmasligiga qaramay, tomir kengaytiruvchi va spazmolitik ta’sirga ega. Ular boshqa dorilar bilan birgalikda qo’llaniladi va medikamentoz terapiyaning muhim qismini tashkil qiladi. Biroq, qandli diabet, jigar va o’t pufagi kasalligi bo’lgan odamlarga nikotinlar qarshi ko’rsatiladi. Ularning o’rniga boshqa tomir kengaytiruvchi va spazmolitik preparatlar buyuriladi.
Konservativ davo shuningdek fizioterapiyani ham o’z ichiga oladi. Bu usul tana oxirlari ateroskleroziga uchragan shaxslar uchun ko’rsatiladi.
JARROHLIK BILAN DAVOLASH
Zamonaviy tibbiyot amaliyotida aterosklerozning jarrohlik yo’li bilan davolashning uchta asosiy usuli mavjud.
Juda invaziv:
Shuntlash. Shuntlashning mohiyati shikastlangan tomir sog’lom tomirga ulanadi, buning natijasida yangi qon oqimi hosil bo’ladi va to’qimalarning qon ta’minoti asta-sekin tiklanadi;
Qon tomir protezlari. Zamonaviy materiallar shikastlangan tomirni to’liq almashtirib, qon ta’minoti vazifasini tiklash imkonini beradi.
Kam invaziv:
Angioplastika. Usulning mohiyati shundaki, son arteriyasiga maxsus kateter kiritiliadi va kamera nazorati yordamida, endoskopist tomonidan qon tomiri bo’ylab shikastlangan hudugacha olib boriladi. Shundan so’ng tomir devorini tozalash yoki kengaytirish uchun kerakli manipulyatsiyalar qilinadi.

Download 250.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling