Toshkent Farmatsevtika instituti farmatsiya yo’nalishi 306-b guruh talabasi Azimjonova Malikaning farmatsevtik texnologiya fanidan tayyorlagan


Download 0.74 Mb.
bet2/3
Sana19.06.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1605269
1   2   3
Bog'liq
farm.tex.kredit 3

Gomogen tipdagi linimentlarni tayyorlash. Bu tipdagi linimentlar dorivor moddalar
asosda eriganda yoki dorixatda faqat suyuqliklar yozilganda hosil bo’ladi. Gomogen linimentlar
to’g’ridan-to’g’ri bemorga beriladigan idishda tayyorlanadi. Buning uchun qattiq moddalarni
asosda eritib, uchuvchan va kuchli hidga ega bo’lgan moddalar oxirida qo’shiladi.
Rp.:Chloroformii
Ol. Camphorati
Ol. Hyoscyami
Ol. Terebinthini rectificati 15,0
M.f. linimenta
D.S. Curtish uchun.
Berilgan dorixat tarkibida faqat suyuq holdagi bir birida yaxshi eruvchi dorivor moddalar
keltirilgan. Linimentni tayyorlash uchun bemorga beriladigan idishda kamfora moyi bilan
mingdevona moyini aralashtirib, so’ngra xloroformni va oxirida terpentin moyini qo’shib
yaxshilab aralashtiriladi. Tayyor liniment yuqorida aytib o’tilgandek, kerakli yorliqlar yopishtirib
jihozlanadi.
Suspenziya tipidagi linimentlarni tayyorlash.
Suspenziya tipidagi linimentlar dorivor
moddalar asosda hamda suvda erimagan vaqtda hosil bo’ladi. Bunday linimentlar osilmalar
(suspenziyalar) texnologiyasiga asoslanib tayyorlanadi. Suspenziya tipidagi linimentlar
turg’unligini oshirish maqsadida ularga sirt-faol moddalar qo’shiladi.
DF X bo’yicha tarkib:
Rp.:Xeroformii
Picis liqudae 3,0
Olei Ricini 94,0
M.D.S. Vishnevskiy surtmasi.
Kseroform suvda, yog’da erimaydi, shuning uchun preparatga suspenziya holida qo’shiladi.
Dorixatni tayyorlash uchun kseroform qoramoy bilan yaxshilab eziladi, so’ngra oz-ozdan
muntazam aralashtirib turgan holda, kanakunjut moyi qo’shiladi. Tayyor bo’lgan liniment
“Ishlatishdan oldin chayqatilsin”, “Salqin va qorong’i joyda saqlansin” yorliqlari bilan jihozlanib,
bemorga beriladi.
Emulsiya tipidagi linimentlarni tayyorlash. Emulsiya tipidagi linimentlar geterogen
sistema bo’lib, suvning yog’dagi yoki yog’ning suvdagi emulsiya tiplari ko’rinishida bo’ladi. Bu
tipdagi linimentlarning turg’unligini oshirish uchun ularga emulgatorlar (sirt faol moddalar)
qo’shiladi. Emulsiya tipidagi linimentlarga ammiakli yoki uchuvchan liniment (Linimentum
ammoniatum seu Linimentum volatile) va ohakli liniment (Linimentum calcis) ni misol qilib
keltirishimiz mumkin.
DF IX bo’yicha tarkib:
Rp: Solutionis Ammonii caustici 25,0
Acidi Oleinici 1,0
Olei Helianthi 74,0
M.DS.
Dorixatni tayyorlash uchun quruq idishga 74,0 g kungaboqar moyidan va 1,0 g olein
kislotasidan tortib olib to kislota erib ketguncha yaxshilab aralashtiriladi. Ustiga novshadil
eritmasidan 25 ml quyib bir xil oq rangli suyuqlik hosil bo’lguncha yaxshilab aralashtiriladi. Hosil
bo’lgan emulsiya tipidagi linimentda emulgator rolini olein kislotasining ammoniyli tuzi — oleat
ammoniy o’taydi.
C17H33COOH + NH3 = C17H3COONH4
Uchuvchan liniment bir xil oq-sarg’ish rangli quyuq suyuqlik bo’lib, kuchli ammiak hidiga
ega. Saqlash davrida ammiakning uchishi hisobiga, uning miqdori kamayishini hisobga olgan
holda bu liniment keragida tayyorlanadi.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling