Toshkent farmatsevtika instituti fiziologiya fanidan I kurs talabalari uchun


Download 5.17 Mb.

bet1/69
Sana10.06.2019
Hajmi5.17 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69

 

O‗ZBEKISTON RESPUBLIKASI 



SOG`LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI 

TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

FIZIOLOGIYA  

FANIDAN I KURS TALABALARI UCHUN  

O‘QUV – USLUBIY MAJMUA 

 

 

 

      

 

Bilim sohasi: 

 

100000 – Gumanitar soha; 

500000   – Sog‗liqni saqlash va ijtimoiy ta‘minot

 

Ta‘lim sohasi 

110000   – Pedagogika 

510000  –  Sog‗liqni saqlash 



Ta‘lim 

yo‘nalishlari: 

5510500 – Farmatsiya (turlar bo‘yicha) 

5111000 – Kasb ta‘limi 

5510600 – Sanoat farmatsiyasi (turlar bo‘yicha) 

5320500 – Biotexnologiya (farmatsevtik biotexnologiya) 

 

 



 

 

 

Toshkent – 2018 

 

 



 

 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  va  o‘rta  maxsus ta‘lim  vazirligining 201__ 



yil  ―____‖  _____________dagi  ―____‖  –sonli  buyrug‘ining  ______  -  ilovasi 

bilan tasdiqlangan fan dasturi asosida ishlab chiqilgan. 

 

 

 



Tuzuvchilar:   

 

E.S.Bagdasarova, 

– Tibbiy va biologir fanlar  kafedrasining  proffessori   

                                 



V.B.Rasulova

        - Tibbiy va biologir fanlar  kafedrasining   

 

 

 



 

dosenti 


        

M.S.Hakimova

 

-      Tibbiy va biologir fanlar  kafedrasining 



 

 

   



 

 

 



o‗qituvchisi 

 

 

 

 

Taqrizchilar: 

 

 



Utyamishev R.G – Gematologiya  va qon quyish ilmiy tekshirish institutining  

 

 



 

 

yetakchi ilmiy xodimi, t.f.d.  



Fayzieva Z.T. –   Ilmiy tadqiqot va ilmiy pedogogik kadrlar tayyorlash,  

 

 



 

 

bo‗limi boshlig‗i, t.f.d.  



 

 

 



O‗quv-uslubiy majmua Toshkent farmatsevtika institutining MUKda ko‗rib 

chiqildi  

va tasdiqlandi. 

 «__» ________ 2018 yil dagi  «__»  sonli bayonnomasi.  

 

 

 



 

 


 

MUNDARIJA 



O‘QUV MATERIALLAR ............................................................................................................ 5 

1-мavzu: Fiziologiya  fani o‗rganish  usulari va vazifalari, tibbiyot va farmatsevtikadagi 

ahamiyati. ........................................................................................................................................ 5 

2-Mavzu: Hujayra tuzilishi va fiziologiyasi. Organizmdagi to‗qimalar tuzilishi va vazifalari. ...... 8 

3-Мavzu: Tayanch xarakat apparati. Sklet va muskul tuzilishi va vazifalari. ............................... 15 

4-Мavzu: qon va limfa. qonning shaklli elimentlari va plazma tarkibi......................................... 25 

5-Мavzu: gemostaz mexanizmlari. qon guruhlari,  rezus-faktor.  limfa. ...................................... 31 

6-Мavzu: Qon aylanishi. Yurak fiziologiyasi va tuzilishi. Qon tomirlar tuzilishi va fiziologiyasi

 ....................................................................................................................................................... 39 

7-Мavzu: Nafas. Nafas fiziologiyasi. Sog‗lom turmush tarzida nafasning ahamiyati. ................. 62 

8-Мavzu: Hazmlanish. Hazm a‘zolari tuzilishi va vazifasi. Og‗iz bo‗shlig‗i va me‘dada 

hazmlanish  jarayoni. ..................................................................................................................... 72 

9-Мavzu: Hazmlanish. Ingichka va yo‗g‗on ichak tuzilishi va vazifalari. Jigar, me‘da osti bezi.94 

11-Мavzu: Ayiruv jarayoni. Buyrak tuzilishi va fiziologiyasi. Diurez mexanizmi. ................... 116 

12-Мavzu: Ichki sekretsiya.  Ichki sekretsiya bezlari tuzilishi va vazifalari............................... 121 

13-мavzu: Muskullar va asab fiziologiyasi. Qo‗zg‗aluvchan to‗qimalar umumiy trakibi.  

Muskullar va muskul hujayrasi fiziologiyasi. ............................................................................. 141 

14-Мavzu: Muskullar va asab fiziologiyasi. Asab va asab xujayrasi fiziologiyasi..................... 151 

15-Mavzu: MAT fiziologiyasi. MAT umumiy xossalari. ........................................................... 157 

16-Mavzu: MAT xususiy fiziologiyasi. Vegetativ asab tizimi. .................................................. 169 

17-Мavzu: Sezgi a‘zolari tuzilishi va fiziologiyasi. Eshituv, ko‗ruv, teri sezuvchanligi,  xid va 

ta‘m bilish. ................................................................................................................................... 174 

18-Мavzu: Oliy asab fiziologiyasi xossalari. Katta yarim sharlar anatomiyasi. Shartli refleks. 

Tormozlanish. …………………………………………………………………………………..188 



AMALIY MASHG‘ULOTLAR ....................................... Ошибка! Закладка не определена. 

1-Mavzu: Kirish. Fiziologiya va anatomiya fani, provizorlar uchun ahamiyati. Laboratoriya 

darslarida ishlatiladigan asbob-uskunalar. Hujayra. Embriologiya elementlari. ......................... 203 

2-Mavzu:  To‗qimalar tuzilishi,  xossalari va vazifasi. ............................................................... 210 

3-Mavzu : Tayanch-xarakat tizimi. Xususiy osteologiya. Xususiy miologiya. ........................... 215 

4-Mavzu:  Qon va limfa. Qonning fizik-kimyoviy xossalari. Qonning shaklli elementlari. Qon 

plazmasi. Limfa. .......................................................................................................................... 226 

5-Mavzu:    Gemostaz mexanizmlari. Qon guruxlari. Rezus - faktor. Qon tomirlari tuzilishi.  

Arterial bosim, puls. Gemodinamika qonuni. ............................................................................. 234 

6-Мавзу: Qon aylanish tizimi. Yurak, tuzilishi vazifasi.‖ Bor yoki yo‗q qonuni‖. .................... 241 

Ekstrasistoliya va kompensator  pauza ........................................................................................ 241 

7- Mavzu: Nafas. Nafas olish a‘zolari tuzilish va vazifasi. Tashqi va ichki nafas olish. Nafas 

olish va chiqarish. ........................................................................................................................ 249 

8-mavzu: Ovqat hazmi. Me‘da-ichak yo‗lining tuzilishi. Og‗iz bo‗shlig‗ida, ovqat hazmi, me‘da. 

Me‘da sekretsiyasi tekshirish usullari. Basov hamda I.P.Pavlov ishlari. Hazm shirasining tarkibi.

 ..................................................................................................................................................... 258 

9-Mavzu: Ichaklarda xazmlanish. Jigar, m'eda osti bezi ............................................................. 263 

10-mavzu: Modda va energiya almashinuvi. Ovqatlanish. Termoregulyasiya. Kalorimetriya. .. 268 

11-Mavzu: Ajratish tizimi. Buyraklar, siydik,ter, ayiruv a‘zolari tomonidan ajraladigan ekskretor 

moddalar ...................................................................................................................................... 275 

12-mavzu: Ichki sekretsiya bezlari. To‗qima gormonlari. Erkak va ayollar jinsiy a‘zolari tuzilishi 

vazivasi ........................................................................................................................................ 284 

14-mavzu:Asab tizimi. Asab  xujayrasi, to‗qimasi. Markaziy asab tizimi. ................................. 300 


 

15-mavzu:    MAT to‘rmizlanish I.N.Sechenov. Tormozlanish  va qo‗zg‗aluvchanlik .............. 311 



16-mavzu:    Vegetativ va periferik asab tizimi. Xayot faoliyati jarayonlarining vegetativ asab 

tizimi tomonidan idora etilishi. .................................................................................................... 320 

17-Mavzu:  Sezgi a‘zolari. Analizatorlar. Ko‘ruv, eshituv va muvozanat organlari tuzilish va 

faoiiyati. Ten sezuvchanligi. Hid va ta‘m bilish a'zolari faoiiyati ............................................... 328 

18-mavzu: Oliy asab faoliyati. Katta yarim sharlar po‗stlog‗ining fiziologiyasi. Shartli refleks.    

Miya po‗stlog‗ida tormozlanish. Oliy asab faoliyatining tiplari. Uyqu fiziologiyasi 

337 

III MUSTAQIL TA‘LIM MASHG`ULOTLARI ................................................................... 350 

IV.GLOSSARIY ........................................................................................................................ 352 

V.ILOVALAR 

Fan Dastur ...................................................................................................................................360 

Ishchi O‘quv Dasturi ................................................................................................................... 371 

Tarqatma Materiallar ................................................................................................................... 384 

Testlar .......................................................................................................................................... 393 

Baholash Mezoni ......................................................................................................................... 403 



VI. ADABIYOTLAR RO‗YXATI ........................................................................................... 410 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



O‘QUV MATERIALLAR 

 

 

 

 

 

 

           Reja : 

           1.



 

Fiziologiya fani haqida.



  

           2. Fiziologiya fanining o‘rganish usullari. 

          3. Fiziologiya rivojlanishining qisqacha tarixi. 

 

Tayanch  so‘zlar  va  iboralar:

    xujayra,  to‘qima,  a‘zo,  mavjudot,  embriologiy,  sitologiya

gistologiya, Morfologik, fiziologik. 



1.

 

Fiziologiya fani haqida. 

Fiziologiya 

(

yunoncha physis - tabiat va logos - fan, 



ta‘limot  degan  suzlardan  olingan

)  funksiyalarni,  chunonchi,  tirik  organizm,  uning  a‘zolari, 

tukimalari,  xujayralari  va  xujayralarining  tuzilishi  elementlaridagi  xayot-faoliyat  jarayonini 

urganadi.  Fiziologiya  funksiyalarning  tur  va  shaxs  doirasida  rivojlanib  borishini,  o‘zaro 

boglanishlarini va tashki muxitning turli sharoitlarida xamda vujudning turli xolatlarida kanday 

uzgarishlarga uchrashini urganadi. 

Fiziologiya  –  tibbiyot  va  Farmatsevtik  xodimlarini  nazariy  va  amaliy  jixatdan  tayyorlashda 

o‘qitiladigan asosiy fanlardir. 

Fiziologiya  tirik  mavjudotlarning  rivojlanishi,  tuzilishi,  funksiyalari,  o‘zaro  munosabatlari 

xamda  ularning  tashki  muxit  bilan  alokasi  tugrisidagi  fan  -  biologiyaning  tarkibiy  kismlaridir. 

Biologiyada shakl tugrisidagi fan - 

morfologiya 

(yunoncha morphe - shakl degan so‘zdan olingan) 

va funksiyalar tukrisidagi fan - 

fiziologiya 

ajratiladi. Biologiya shu tarika bulish shartli bulib, asosan, 

tekshirishning  vazifa  xamda  usullarining  xar  xilligiga  asoslanadi.  Aslida  esa,  F.  Engels  uzining 

―Tabiat dialektikasi‖ kitobida aytgandek, ―Morfologik va fiziologik xodisalar, shakl va funksiya bir-

birini takozo kiladi‖.  

Fiziologiya  fani  farmatsevtika  institutining  talabalari  umumiy  biologik  qonuniyatlarini  va 

tizimlarini  anatomik  va  gistologik  tuzilishi,  sog‗lom  organizmdagi  fiziologik  jarayonlarini 

mukammal o‗rganadi. Farmatsevtika institutida odam fiziologiyasi va odam anatomiyasi asoslari 

fanini  o‗qitishda  anatomiya,  gistologik  va  morfologik  ma‘lumotlarni  a‘zo  va  tizimlarning 

funksiyalari  bilan  bog‗liq  holda  tushuncha  berish  maqsadga  muvofiqdir.  Bunday  tushuntirish 

usuli fiziologik qonuniyatlarini chuqurroq o‗rganishda, ayniqsa a‘zo funksiyalari uning tuzilishi 

bilan  yaqqol  bog‗liqligi  morfologik  ma‘lumotlarni  talabalar  uchun  qiziqarli  qilib,  ularning 

o‗zlashtirishini osonlashtiradi. 

2.   Fiziologiya fanining o‘rganish usullari.

 Fiziologiya fanining o‘rganish usullari bilan 

tanishish. Hujayra. Hujayra tuzilishi, uning umumiy va xususiy organellalari, kimyoviy  tarkibi  

va  fizik-kimyoviy  xossalari,  ko‘payishi  va  odam   embrionini rivojlanishi to‘g‘risida umumiy 

tushuncha hosil qilish

1



                                                           

1

 



Artur K. Gayton Djon E. Xoll –Tibbiyot fiziologiyasi Moskva Logosferl – 2011. page 121 

http:/www.elsevier.com

 

 

 



1-МAVZU:  Fiziologiya    fani  o‗rganish    usulari  va  vazifalari,  tibbiyot  va 

farmatsevtikadagi ahamiyati. 

 

 

Talabalarni  fiziologiya  fanining  o‘rganish  usullari  bilan  tanishtirish.  Hujayra.  Hujayra 



tuzilishi,  uning  umumiy  va  xususiy  organellalari,  kimyoviy    tarkibi    va    fizik-kimyoviy  

xossalari,  ko‘payishi  va  odam   embrionini rivojlanishi to‘g‘risida umumiy tushuncha berish. 

 Xayvonlar morfologiyasi bir qancha fanlar majmuasidan iboratdir; 

anatomiya

tukimalar 

tugrisidagi  Fan  - 



gistologiya

  (  yunoncha  histos  -  tukima  degan  suzdan  olingan), 

xujayratugrisidagi  fan  - 



sitologiya 

(  yunoncha  cytos  -  xujayra  degan  suzdan  olingan)  va 

vujudning uruglanish (buyida bulish ) paytidan to tugilish davrigacha rivojlanishi tugrisidagi fan 



embriologiya



  (yunoncha  embrion  -  emrion,  murtak  degan  sщzdan  olingan)  shular  jumlasiga 

kiradi. Anatomiyaning asosiy usuli qadimdan murdalarni yorish bulib keldi, uning nomi shundan 

olingan.  Anatomiya  tarakkiyotining  dastlabki  boskichlari  murda  yorilganida  kuriladigan 

a‘zolarni  tasvirlab  berishni  kuzda  tutar  edi.  Tasviriy  anatomiya  degan  nom  ana  shundan  kelib 

chikkan.  Anatomiyada  tasviriy  usul  XX  aerda  fiziologiya,  xirurgiya  va  tatbikiy  tibbiyotning 

boshka  soxalari  gurillab  rivojlanishi  munosabati  bilan  bu  usul  tabiblarning  tobora  usib 

borayotgan  talablarini  kondira  olmay  koldi.  Odam  vujudining  umumiy  faoliyati,  tuzilish  va 

rivojlanishga  karab  birlashtirilgan  a‘zolar  tizimiga  ajratib  urganishga  kirishildi,  tizim 

anatomiyasi vujudga keldi. A‘zolar ustida xirurgik muolajalar kilinganda tizim anatomiyasining 

ma‘lum  bulgan  dalillariga  tayanib,  xirurglarga  a‘zolarning  odam  gavdasida  olgan  joyini  anik 

bilish  kerak  bulib  koldi.  SHu  tarika  topografik  anatomiya  ajralib  chikdi.  Anatomiyaning  bu 

bulimi kupincha xirurgik anatomiya deb ataladi. Rassomlarning talablariga muvofik gavdaning 

tashki shakllari va proporsiyalarini tushuntirib beradigan plastik anatomiya vujudga keldi. Odam 

gavdasining ayrim strukturalarini analiz kilish bilan bir katorda anatomiyada sintez usulidan xam 

foydalaniladi,  ya‘ni  ayrim  organlar  va  sistemalar  tugrisida  olingan  ma‘lumotlar  ularning 

funksiyalariga  boglanib,  yaxlit  bilim  tarikasida  umumlashdi.  Inson  gavdasini  urganishga  shu 

tarika  yondashish  funksional  yul  deb  belgilandi  va  funksional  anatomiya  deyiladi.  Odam 

anatomiyasining  xarakat  apparatini  funksiyalar  nuktai  nazaridan  urganadigan  bulimi  dinamik 

anatomiya deb ataladi. Dinamik anatomiya odamga tugri jismoniy tarbiya berish uchun muxim 

axamiyatga  egadir.  Sunggi  vaktda 

ulgayish, ya‘ni yosh anatomiyasi kata 

axamiyat  kasb  etdi.  Bu  anatomiya 

yosh  ulgaygan  sayin  organ  va 

tukimalarda ruy beradigan uzgarishlar 

ni 

urganadi 



va 

unda 


bola 

anatomiyasiga 

aloxida 

axamiyat 

beriladi. 

Anatomiya 

inson 

vujudining 



uning  tarixiy  rivojlanishida  kay  tarika 

rivojlanib 

borganini, 

xayvonlar 

evolyusiyasi  jarayonida  -  filoginezda 

(yunoncha  phylon  -  urug,  avlod, 

genesis  -  rivojlanish,  tarakkiyot  degan  suzlardan  olingan)  inson  avlodining  rivojlanib  borishini 

tekshiradi.  Buning  uchun  u  turli  sinflarga  mansub  xayvonlar  bilan  odamning  tuzilishini  takkoslab, 

kiyoslab  kuradigan  kiyosiyanatomiya  ma‘lumotlardan  foydaliniladi.  Odamning  tabiiy  tarixini  u 

mansub  bulgan  ijtimoiy  guruxning  tarixiy  tarakkiyotiga  boglab  urganadigan  fan  - 



antropolopgiya 

(yunoncha  anthropos  -  odam  )  xam  odam  odam  anatomiyasiga  yakin  turadi.  Shunday  kilib,  inson 

tanasining tuzilishi va shaklini urganish yullari juda xilma-xil bulib, bir talay turli-tuman vazifalarni 

uz  oldiga  kuyganligi  ravshan  bulib  koladi.  Zamonaviy  anatomiya  tekshirishning  juda  xilma-xil 

usullarga  ega  bulib,  zamonaviy  optika,  rintgen  (tirik  odam  anatomiyasi)  foydalanadi,  preparatlarni 

solib  kuyish  va  solib  kuyish  va  tomirlar  Bilan  kovak  a‘zolarni  tuldirish  uchun  plastik  modsalarni 

ishlatadi.  Ximiya  bilan  fizikaning  eng  yangi  yutuklari  murdalar  va  preparatlarni  konservatsiyalash 

uchun  yangidan  yangi  modsalar  va  usullardan  foydalanishga  imkon  bermokda.  Makroskopik 

anatomiya, bir oz kattalashtirib kursatadigan optik asboblardan foydalanib ish kuruvchi mikroskopik 


 

anatomiya  bilan  gistologiyaning  bir  kismi  bulmish  mikroskopik  anatomiya  urtasidagi  tafovutlar 



tobora kuprok yukolib bormokda. 

Xar  bir  struktura  ontogenez  (yunoncha  onthos  -  individ  degan  suzdan  olingan)  -  vujudining 

uruglangandan  boshlab  to  uning  ulimi  bilan  tugaydigan  individual  rivojlanish  jarayonida 

takomillashib  boradi.  Shu  munosabat  bilan  anatomiya  va  gistologiya  vujudning  tugilishgacha 

rivojlanishini urganib boradigan fan, ya‘ni 

emriologiya 

bilan chambarchas boglangandir

2



Xayvonlar 



fiziologiyasi 

mustakil bulsa xam, bir - biriga juda chambarchas boglangan kuyidagi 

bulimlarga bulinadi: atrofdagi muxit ta‘siriga tirik materiyaning reaksiya kursatishiga doyr umumiy 

konuniyatlarni barcha tirik vujudlarga xos bulib, ularni ulik vujuddan ajratib turadigan asosiy xayot 

jarayonlarini urganadigan umumiy fiziologiya (buning bulimlaridan biri xujayra fiziologiyasi, ya‘ni 

sitofiziologiya); xar xil turlar va bitta turga kiradigan vujudlar funksiyalarining individual rivojlanish 

jarayonidagi  uziga  xos  tomonlarini  urganadigan  kiyosiy  fiziologiya.  Evolyusion  (kiyosiy) 

fiziologiyaning  vazifasi  funksiyalarning  tur  va  individsa  rivojlanib  borish  konuniyatlarini 

urganishdir. Umumiy  va  kiyosiy  fiziologiya bilan  bir  katorda fiziologiyaning maxsus  yoki xususiy 

bulimlari xam bor. Ovkat xazm kilish fiziologiyasi, kon aylanish fiziologiyasi, ajratish fiziologiyasi 

va boshkalar shular jumlasiga kiradi. Odam fiziologiyasi mexnat, ovkatlanish fiziologiyasi, jismoniy 

mashklar yoki sport fiziologiyasi, ulgayish yoki yosh fiziologiyasi xam tafovut kilinadi. 



3.Fiziologiya  rivojlanishining  qisqacha  tarixi.

  Anatomiya  va  fiziologiya  fanlarining 

rivojlanish tarixini bilib olgan tavdirdagina zamonaviy axvoliga tugri baxo berish mumkin. 

Shifokorlik  xayvonlar  va  odam  gavdasidagi  a‘zolari  tuzilishi  va  faoliyati  tugrisidagi 

ma‘lumotlar  tuplanmas  avval  vujudga  kelgan.  Kddim  zamonlarda  kurbonlik  kilish  va  ovkat 

tayyorlash  uchun  xayvonlar  yorilar,  podsholar  xonadoniga  mansub  kishilar  murdalari 

mumiyolanganda,  baxtsiz xodisalar ruy  berganda,  urushda jaroxatlanganda  esa odam  tanasi  yorilar 

va bu tasodif xol bular  edi.  Inson  gavdasini tuzilishida etarli bulmagan ma‘lumotlar odamni  gavda 

tuzilishi  xakida  tugri  tasavvurga  ega  bulish  uchun  etarli  emas  edi.  Murdalarni  mumiyolashda 

murdani yorish uslubi juda jun edi. 

Antik  Gretsiyada  tibbiyot  usha  zamon  uchun  misli  kurilmagan  muvaffakiyatlarga  erishdi  va 

mamlakatdan tashkaridagi olis  - olisda xam shuxrat kozondi. SHifokorlar nixoyatda katta xurmat  - 

e‘tiborga  sazovor  edilar,  xattoki  tibbiyotga  xomiylik  kiladigan  aloxida  xudo  -  Asklepiya 

(Apollonning ugli Eskulap)ga sajda kilinar, uning muridlari va asklepiadlari deb atalar edi. 

Xayvonlar va odam tanasining tuzilishi dastlabki eng muxum tushunchalar biz ulug shifokor 

va mutafakkir 

Gippokrat 

(miloddan avvalgi 460 - 377 yillar) asarlarida uchratamiz. 

Knid  akslepiadlarining eng  atokli namoyandasi 

Aristotel

  (miloddan avvalgi  384  -  322  yillar) 

yurak Konni  xarakatga keltirib turadigan asosiy  a‘zo deb kursatib bergan.  Birok  Aristotelning  kon 

xarakati tugrisidagi fikrlari xato va noanik edi. 

Umuman  vrachlarning  Aleksandriya  (Iskandariya)  maktabi  anatomiya  tibbiyot  ilmining 

rivojlanishiga  katta  ta‘sir  kursatdi.  Aleksandriyada  shifokorlarga  odam  murdasini  ilmiy  maksadda 

yorib kurish mann etiladi. 




Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling