Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi dinshunoslik fanidan


Download 5.1 Kb.
Pdf просмотр
bet1/17
Sana06.06.2018
Hajmi5.1 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17

 
O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O„RTA MAXSUS 
TA‟LIM VAZIRLIGI 
SOG„LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI 
 
TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI 
 
IJTIMOIY FANLAR KAFEDRASI 
 
 
 
 
 
 
 
 
DINSHUNOSLIK FANIDAN 
 O„QUV USLUBIY MAJMUA 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Toshkent - 2016 

 
 
 
 
Tuzuvchi:  
N.S.Salimsakova-  Ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‗qituvchisi 
 
Taqrizchi: 
Ikromjonov  A.  M.  –  TDSHI  ―O‘zbekistonda  demokratik  jamiyat  qurish  nazariyasi  va 
amaliyoti kafedrasi‖ o‘qituvchisi 
 
 
 
 
 
 
O‘quv-uslubiy majmua Toshkent farmatsevtika inztitutining soha uslubiy kengashning  2016 yil 
15.06. dagi 15-sonli qarori bilan nashrga tavsiya qilingan.  
 
 
Soha uslubiy kengashning kengash raisi ____________ K.K.Ismoilov  
 
O‘quv-uslubiy majmua MUK da ko‘rib chiqildi va tasdiqlandi  
 
__________ 2016 yil ______ sonli bayonnomasi  
Kelishildi: Markaziy uslubiy kengash raisi __________ S.U.Aliyev 
 
 
 
 
 
 

 
 
 
Mundarija: 
 
1.Ishchi dastur                                                                                            4-16 бет 
2.Sillabus                                                                                                   17-23 бет 
3.Fanni o‗qitishda foydalaniladigan interfaol metodlar.                                   24-27 бет 
4.Nazariy mashg‗ulot materiallari                                                                 28-79 бет 
5. Seminarlar uchun  materiallar                                                                   80-129 бет 
6. Mustaqil ta‘lim mavzulari                                                                         130 бет 
7. Keyslar banki                                                                                          131-135 бет                                                                                          
 8.Testlar                                                                                                    136-140 бет 
9.Glossariy                                                                                                  141-144 бет 
10. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati                                                           145-147 бет 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
 
Kirish. 
Ma‘lumki,  insonning  imon  va  tafakkurini  kamol  toptirish,  mustahkam  e‘tiqod  va 
dunyoqarashini  shakllantirishiga  xizmat  qiladigan  dinlar,  ular  zamirida  vujudga  kelgan  diniy 
qadriyatlar  kishilarning  yuksak  ma‘naviy  ideallari,  haq  va  haqiqat,  insof  va  adolat  to‗g‗risidagi 
orzu-armonlari  bilan  uzviy  bog‗liq  tarzda  rivojlanadi.  Dinlar  ma‘naviyat  takomilida,  milliy  va 
umumisnoniy madadaniyat va xalqlar turmush tarzi, urf-odat va qadriyatlar, an‘analarning rivoji, 
bezavol  saqlanishi  hamda  asrlar  mobaynida  xalq  qalbiga  chuqur  o‗rnashishida  ma‘naviy  omil 
bo‗lib  kelgan.  Barcha  dinlardagi  insoniylik,  mehr-oqibat,  halollik,  oxiratni  o‗ylab  yashash, 
yaxshilik,  qanoat,  saxovat,  mehr-shafqat  kabi  fazilatlar  ko‗plab  boshqa  omillar  qatori  diniy 
qadriyatlar  ta‘sirida  ham  rivojlanadi.  SHu  bois  ham  I.A.Karimovning  «YUksak  ma‘naviyat  – 
engilmas  kuch‖  kitobida  din  ma‘naviyat  mezonlarining  biri  sifatida  olib  qaralgan.  Asarda 
ta‘kidlangani  kabi,  ―Barchamizga  yaxshi  ma‟lumki,  din  azaldan  inson  ma‟naviyatining 
tarkibiy  qismi  sifatida  odamzodning  yuksak  ideallari,  haq  va  haqiqat,  insof  va  adolat 
to„g„risidagi  orzu-armonlarini  o„zida  mujassam  etgan,  ularni  barqaror  qoidalar  shaklida 
mustahkamlab kelayotgan g„oya va qarashlarning yaxlit bir tizimidir. Ayniqsa, ko„p asrlar 
mobaynida  xalqimiz  qalbidan  chuqur  joy  olib,  hayot  ma‟nosini  anglash,  milliy 
madaniyatimiz  va  turmush  tarzimizni,  qadriyatlarimiz,  urf-odat  va  an‟analarimizni 
bezavol saqlashda muqaddas dinimiz qudratli omil bo„lib kelayotganini alohida ta‟kidlash 
joiz.  Nega  deganda,  insoniylik,  mehr-oqibat,  halollik,  oxiratni  o„ylab  yashash,  yaxshilik, 
mehr-shafqat  singari  xalqimizga  mansub  bo„lgan  fazilatlar  aynan  ana  shu  zaminda  ildiz 
otadi  va  rivojlanadi”.  Islom  dinining  ilmiy  asoslarini  o‗rganish,  uning  ma‘rifiy-ma‘naviy 
g‗oyalarini  rivojlantirish,  mo‗‗tadil  e‘tiqod  negizlarini  ishlab  chiqishda  Imom  Buxoriy,  Imom 
Termiziy,  Abu  Mansur  Moturidiy,  Burhoniddin  Marg‗inoniy,  Najmiddin  Kubro,  Bahouddin 
Naqshband  kabi  ulug‗  ajdodlarimizning  xizmati  singgan.  Ularning  merosi  bebaho  ma‘naviy 
boyligimizdir. Muqaddas dinimizni  pok saqlash, unga qarshi  qaratilgan  har xil  xurujlarga  zarba 
berish,  dindan  nopok,  g‗arazli  maqsadlarda  foydalanishga  urinayotgan  mutaassib  shaxslarga 
qarshi kurashish ham bizning ma‘naviy burchimizdir.  
O‗zbekiston  Respublikasi  jahon  hamjamiyatiga  kirib  borayotgan  bir  sharoitda  turli 
konfessiya vakillari bilan  muloqot  qilishning yuksak madaniyatiga erishish katta ahamiyat kasb 
etadi.  SHuning  uchun  ham  dinshunoslik  fanining  yana  bir  vazifasi  talabalarni  turli  dinlarning 
kelib chiqishi, taraqqiyoti tarixi, ta‘limoti, asosiy manbalari, hozirgi davrdagi holati, ma‘lum xalq 
hayotida tutgan o‗rni haqida tushuncha berib, ularda mazkur din vakillari bilan muloqot qilishda 
o‗zlarining  buyuk  ma‘naviyat  egasi  ekanliklarini  namoyon  qilishlari  uchun  etarli  bilim  bilan 
qurollantirishdan iborat.  
 Fanni o„qitishdan  maqsad va vazifalari. 
Dinshunoslik  fanini  o‗qitishdan  maqsad,  talabalarga  dinning  kelib  chiqishi,  evolyusiyasi, 
hozirgi xolati, insoniyat hayotida tutgan o‗rni xaqida umumiy ilmiy tushunchalar berishdan iborat.  
O‗zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.  Karimovning  o‗zbek  halqining  ma‘naviy  merosi, 
dini,  shu  jumladan  islom  qadriyatlari,  milliy  g‗oya,  milliy  mafkura  haqida  bildirgan  fikr  va 
xulosalari, ta‘rif va tavsiflari dinshunoslik fanini o‗qitishda dasturulamal, nazariy asos bo‗lishi talab 
etiladi.  Talabalardan  O‗zbekiston  Konstitutsiyasi,  ―Vijdon  erkinligi  va  diniy  tashkilotlar 

 
to‗g‗risida‖gi  yangi  tahrirdagi  Qonun  va  boshqa  qonuniy  xujjatlarda  diniy  masala  yuzasidan 
belgilangan  inson  xuquqlari,  turli  diniy  jamoa  huquqlari  va  majburiyatlarini  bilish  talab  etiladi. 
O‗zbek  halqining  ilg‗or  madaniy  va  ma‘naviy  merosini  tiklash  va  yangi  sharoitda  yanada 
rivojlantirish  O‗zbekiston  Respublikasi  mustaqilligining  sharofati  ekanligi,  ayni  vaqtda  bu 
hududdagi ilk zamondan hozirgacha mavjud bo‗lgan dinlar tarixi, diniy tajriba tadjiriy taraqqiyotini 
o‗rganish  talabalarda  Vatan  tarixini  chuqurroq  tushunib  etish,  uni  sevish  va  faxrlanish  his-
tuyg‗ularini shakllantirishga xizmat qilishi lozimligini bilishi kerak. 
Fanni o‗kitishdan maksad – talabalarga milliy va diniy qadriyatlarni tarixan mushtarakligi, 
ularning  umuminsoniy  qadriyatlar  bilan  uyg‗unligi,  bu  qadriyatlarni  'xozirgi  mustakil  
O‗zbekiston sharoitidagi ahamiyatini yanada aniqroq yoritib berib, ularda dinga nisbatan to‗g‗ri 
dunyoqarashni  shkllantirish  va  jamiyat  uchun  yuksak  ma‘naviyatli  kadrlarni  tarbiyalashdan 
iborat. 
Fanning vazifasi – talabalarni turli dinlarning kelib chiqishi, shakllanish tarixi, ta‘limoti, 
asosiy  manbalari, xozirgi davrdagi  xolati, malum xalq xayogida tutgan o‗rni xaqida umumiy 
ilmiy   tushunchalar berib, turli din vakillarini xar tomonlama chuqurroq tushunib etish va ular 
bilan muloqot kilishda o‗zlarining buyuk ma‘naviyat egasi ekanliklarini namoyon kilishlari 
uchun etarli bilim berish, shuningdek, ajdodlar merosini o‗rganish va o‗rgatish asosida yosh 
avlodni vatanparvarlik ruxida tarbiyalash, ularni o‗zlikni anglashini shakllantirishdan iborat. 
 Fan bo„yicha talabalarning bilimiga, o„quviga, ko„nikmasiga qo„yiladigan talablar. 
Dinshunoslik  fanining  asosiy  vazifasi  talabalarda  mustaqil  va  zamonaviy  fikrlash 
ko‗nikmalarini  shakllantirish.  Bundan  tashqari  olingan  bilimlar  bo‗yicha  mustaqil  mulohazalar 
yuritish,  bahs  va  muloqot  olib  borish  ko‗nikmalarini  shakllantirish.  Dinshunoslikni  o‗qitish  va 
o‗rganish  jarayonida  chuqur  ilmiylik,  tarixiylik,  xolislik  tamoyillariga  amal  qilinishi,talabalar 
mazkur  fan  mazmunini  chuqur  o‗zlashtirishlariga  erishish  ularda  din  xaqida  ilmiy  dunyoqarashni 
shakllantirish,  mustaqil  O‗zbekistonda  din,  diniy  tashkilotlar  davlatdan  ajratilgan,  dinga  e‘tiqod 
qilish  yoki  qilmaslik  har  bir  kishining  shaxsiy  ishi  ekanligini  tushuntirish,  din  ma‘naviy 
madaniyatning tarkibiy qismlaridan biri sifatida uni siyosiylashtirishga yo‗l qo‗ymaslik lozimligini 
tushuntirish  va  ushbu  fan  bo‗yicha  talabalarda  ko„nikma  hosil  bo„lishi  lozim.Diniy    6ag‗rikenglik 
tamoyillariga  amal  qilish,  dunyokarash  sifatida      jamiyatning  boshqa  a‘zolarini  barkamol  shaxs 
sifatida  shakllanishiga  ko‗maklashish,  Vataniga  va  milliy  qadriyatlariga  sadoqatli,  xar  tomonlama 
etuk komil insonlarni tarbiyalash malakalariga ega bo‗ li s hi  kerik. 
Fanning o„quv rejadagi boshqa fanlar bilan 
o„zaro bog„liqligi va uslubi jihatdan uzviy ketma-ketligi 
Dinshunoslik  fani  o‗quv  rejasiga  kiritilgan  bir  qancha  ijtimoiy  fanlar  bilan  bog‗liq.U  3 
semestrda  o‗tiladigan,  umumiy  dunyokarashni  shakllantiradigan  fanlar  sirasiga  kirib,  ko‗pgina 
fanlar  bilan  o‗zaro  bog‗liqlikda.  Masalan:  ―O‗zbekiston  tarixi‖,  ―Ma‘naviyat  asoslari‖,  ―Falsafa‖, 
―Milliy  istiqlol  g‗oyasi‖,  ―Huquqshunoslik‖,  ―Konstitutsiya  asoslari‖  kabi    fanlar  bilan  uzviy 
bog‗liq bo‗lib, ular bilan uyg‗unlashtirilgan. 
4.Fanni o„qitishda kompyuter,  axborot va boshqa zamonaviy  
pedagogik texnologiyalar 
Talabalarning  «Dinshunoslik»  fanini  o‗zlashtirishlari  uchun  o‗qitishning  ilg‗or  va 
zamonaviy  usullaridan  foydalanish,  yangi  informatsion-pedagogik  texnologiyalarni  tatbiq  qilish 

 
muhim  ahamiyatga  egadir.  Fanni  o‗zlashtirishda  darslik,  o‗quv  va  uslubiy  qo‗llanmalar,  ma‘ruza 
matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, keys-texnologiyalaridan foydalaniladi. Ma‘ruza 
va  seminar  mashg‗ulotlarida  o‗qitishning  interaktiv  usullari  (vizual,  muammoli,    ikki  tomonlama 
tahlil, Insert, klaster, «Venna», sinkveyn)dan foydalaniladi. 
Dinshunoslik fanidan mavzularning mashg„ulotlar va soatlar bo„yicha taqsimlanishi 
t\r 
Mavzular nomi 
Jami soat 
Ma‟ruza 
Seminar 
Mustaqil 
ta‟lim 

Dinshunoslik faniga kirish.   





Dinning 
ibtidoiy 
formalari. 
Zardo‗shtiylik dini 





Milliy dinlar.  



 

Buddaviylik. 



 

Xristianlik.  



 

Islom dinining vujudga kelishi va 
tarqalishi.  





Islomning asosiy manbalari.  



 

Vijdon erkinligi va diniy 
tashkilotlar. 



 

Diniy ekstremizm va 
fundamentalizm. Missionerlikni 
jamiyat barkarorligiga taxdidi 




 
Jami  
40 
10 
10 
20 
 
 
Asosiy qism: Fanning uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi 
Kadrlarni  tarbiyalashda  ilmiy,  falsafiy  dunyoqarashni  shakllantirishda,  Dinshunoslik 
kishilarni  dunyo,  borliq,  tabiat,  jamiyat  to‗g‗risida  ilmiy  va  diniy  ta‘limotlarni,  qarashlarni 
solishtirishga yordam beradi. 
Milliy uzlikni anglashda islomdan keyingi  madaniy  merosimizni o‗rganishda,  hayotga tatbiq 
qilishda  ko‗maklashadi.Bu  fan  jamiyatdagi  barcha  ijtimoiy  siyosiy  masalalar  xalqlar  va  millatlar 
o‗rtasidagi munosabatlarda dinni rolini, uni ijtimoiy munosabatlardagi ahamiyatini ko‗rsatadi. 
Ma‟ruza mashg„ulotlari 
 Dinshunoslik faniga kirish 

 
Dinshunoslik  fanini  o‗qitishdan  ko‗zda  tutilgan  asosiy  maqsad.    Dinshunoslik  fanining  asosiy 
vazifalari.  Bu  sohada  erishilgan  yutuqlar.Dinning  jamiyatdagi  funksiyalari.  Din  ijtimoiy  hodisa 
sifatida.  Dinning  paydo  bo‗lish  masalasi.  Dinlar  tasnifi.  Din-e‘tiqoddir.  Din  va  Qonunning  o‗zaro 
munosabatlari.  O‗zbekiston.  Respublikasi.  Konstitutsiyasiyasi  va  ―Vijdon  erkinligi  va  diniy 
tashkilotlar to‗g‗risida‖gi qonun. Dinga berilgan ta‘riflar. Dinshunoslik sohalari. Diniy tafakkurning 
shaxsiy yoki ijtimoiy ildizlari 
Dinlar tasnifi: urug‗-qabila dinlari; milliy dinlar; jahon  dinlari;  monoteistik dinlar; politeistik 
dinlar. 
   Qo‗llaniladigan ta‘lim texnologiyalari:dialogik  yondashuv, muammoli ta‘lim,aqliy hujum, vizual. 
Adabiyot: A.1,Q.6,Q.16,Q.20, Q.24 
Dinning ibtidoiy formalari. Zardo„shtiylik dini 
Diniy ong asoslarining shakllanishi. Totemizm. Animizm. SHamanizm (magiya). Fetishizm. 
Ibtidoiy mifologiya. Insoniyatning dastlabki madaniyat o‗choqlari va ulardagi diniy tasavvurlarning 
xilma-xilligi. 
     O‗rta Osiyoning qadimgi aholisi va ularning diniy tasavvurlari. Qurbonlik keltirish urf-odatlari. 
Turli  diniy  marosimlar.  SHamanizm-  inson  ishlarini  engillatish  uchun  ruhlarning  ko‗rinmas 
dunyosiga  o‗tib, ularning yordamini qo‗lga kiritishda qo‗llaniladigan ekstatik va terapevtik usullar 
tizimi,  SHamanlarning  kiyimi  va  asboblari.  Tangriga  sig‗inish  tizimi.  Uch  dunyo  qavatlari  haqida 
tasavvurlar. Dunyo birligi. 
Qo‗llaniladigan ta‘lim texnologiyalari:dialogik  yondashuv, muammoli ta‘lim,aqliy hujum, vizual. 
Adabiyot: A.1,Q.5,Q.6Q13,Q.14,Q.25 
 Milliy dinlar.  
              YAhudiylikning  vujudga  kelishi  va  ta‘limoti.  YAhudiylikda  messiya-xaloskorning  kelishi 
haqida  ta‘limot.  Saduqiylar,  Farziylar,  Esseylar.    YAhudiylik  manbalari.  Muso  payg‗ambarga  Tur 
tog‗ida  berilgan  Tora  (Tavrot)  Talmud.  YAhudiy  marosimlari  va  bayramlari.  YAxudiylar  O‗rta 
Osiyoda.  Veda  va  veda  dinlari.  Vedalar.  Vedalardagi  afsonaviy  xudolar.  Braxmanlik  ta‘limotida 
kastalar. Braxmanlikdagi ruhning ko‗chib o‗tish ta‘limoti. Hinduiylik. Hindistondagi kasta tuzumini 
saqlab  qolish  uchun  bo‗lgan  harakat.  Hinduiylik  ta‘limoti.  Hinduiylikdagi  jannat  va    do‗zax 
haqidagi  tushunchalar  Konfutsiychilik.  Qadimgi  Xitoyda  Kun-Szi  falsafiy  ta‘limotining  paydo 
bo‗lishi.  Konfutsiyning  falsafiy  axloqiy  g‗oyalari.  Konfutsiy  ishlab  chiqqan  ideal,  oliy  inson,  asl, 
mard  kishi  konsepsiyasi.  Konfutsiychilik  manbai.  Konfutsiychilik  aqidasi.  Konfutsiyning 
ilohiylashtirilishi.  Daosizmning  vujudga  kelishi.  Daosizm-falsafiy  ta‘limot.    Daosizmni  falsafiy 
prinsiplari bayon etilgan ―Dao-Deszin‖ kitobi. Xitoy donishmandi Lao-Szining tarixiyligi masalasi. 
‖Dao‖ diniy mazmun kasb etgan yo‗lgina bo‗lib qolmay, ayni paytda u hayot tarzi, usuli prinsiplari 
hamdir. 
Qo‗llaniladigan ta‘lim texnologiyalari:dialogik  yondashuv,  aqliy hujum, vizual yondoshuv. 
Adabiyot: A.1,A.2,.Q.5,Q.6,Q.19,.Q.24 
 
Buddaviylik 
            Buddaviylik  asoschisining    shaxsi.  Buddaviylik  ta‘limoti.  Meditatsiya.  Buddaviylikning 
tarqalishi. Buddaviylik manbalari. Budda SHakyamuni hayoti va ta‘limoti. Rohiblar va xonaqohlar. 
‖O‗tkinchi dunyo‖   haqidagi  tasavvurlar.  Axloq.  Meditatsiya  -muroqaba.  Xikmat  xaqiqat xaqidagi 

 
ilm.  Kushon  imperiyasi  xududida  buddaviylikning    barqarorlanishi.  Buddaviylikning  O‗rta 
Osiyodagi  inqirozi  (V-VIII    asrlar  ).Buddaviylik  g‗oyalarining  boshqa  dinlarga  ta‘siri.  Diniy 
murasasozlik,  axloqiy  qadriyatlarning  ustivorligi.  Arxeologik  topilmalar:  Ayritom,  Qoratepa, 
Dalvarzintepa,  Quva,  Zartepa,  CHingiztepa,  Qoravultepa.  YOzma  manbalar.  Buddaviylikning 
maxayana,  xinayana,   lamaizm va boshqa oqimlari.  Uning  mintaqaviy  shakllari. Hozirgi  zamonda 
Buddaviylik. 
Qo‗llaniladigan  ta‘lim  texnologiyalari:dialogik    yondashuv,  muammoli  ta‘lim,aqliy  hujum,  vizual 
yondoshuv.  
Adabiyot: A.1,A.2,Q.16,Q.17,Q.19,Q.20 
 
 Xristianlik 
Xristianlikning  vujudga  kelishi.  Iso-Masix  hayotiga  doir  ilmiy  bahslar.  Iudaizm  doirasida  ilk 
xristian  jamoasi.  Muqaddas  kitoblar.  Asosiy  aqidalar  va  amallar.  Ruhoniylar  va  jamoa.  CHerkov 
tashkiloti,  xristian  cheskovidagi  bo‗linishlar.  Xristianlik  ta‘limoti.  Xristianlikdagi  oqimlar  Bibliya. 
O‗rta  Osiyo  xalqlari  tarixida  xristian  dini.  Xristian  dini  va  san‘at.  Hozirgi  zamonda  xristian  dini. 
Bibliya, Qadimgi Ahd, YAngi Ahd. Injil, hushxabar ma‘nosini anglatuvchi kitob 
Qo‗llaniladigan  ta‘lim  texnologiyalari:dialogik    yondashuv,  muammoli  ta‘lim,aqliy  hujum,  vizual 
yondoshuv.  
Adabiyot: A.1,A.2,Q5,Q9,Q.10,Q.19 
 
Islom dinining vujudga kelishi va tarqalishi. 
           ―Joxiliya‖  davri,  arablarining  diniy  an‘analari.  Joxiliya  davridagi  ko‗p  xudolik.  Arabiston 
yarim orolidagi totemizm, fetishizm  va o‗tmish avlodlarga  sig‗inish diniy shakllarining qoldiqlari. 
Arabiston yarim orolidagi  qadimiy dinlar:  yahudiylik;  xristianlik. Muxammad ibn  Abdullox-Islom 
dini  da‘vatchisi  va  davlat  arbobi.  Nabiy  va  Rasul  so‗zlarining  ma‘nosi.  ―Ahl  al-kitob‖ga  bo‗lgan 
munosabatning  davriy  o‗zgarishi.  ―SHarh-i  sadr‖  voqeasi.  Payg‗ambarning  Xadicha  bint 
Xuvaylidga  uylanishi.  Ka‘baning  ta‘mir  etilishi.  Hiro  g‗orida  vahiyning  nozil  bo‗la  boshlashi. 
YAshirin targ‗ibotning boshlanishi. Musulmonlar. Oshkora da‘vatga o‗tish. Musulmonlarga Makka 
mushriklari  tomonidan  tazyiq  ko‗rsatilishi.  Habashistonga  hijrat.  Najoshiyning  musulmonlarga 
munosabati.  ―Isro  va  Me‘roj‖  voqeasi.  Madinaga  hijrat.  ―Badr‖  jangi.  Ilk  islom  davlatchilik 
munosabatlarining  vujudga  kelishi,  qariyib  yil  davomida  din  me‘yorlarining  tadrijiy  shakllana 
borishi.  Hudaybiya  shartnomasi.  Makkaning  fath  etilishi.  ―Hajjatul  vado‘‖  (―vidolashuv  haji‖). 
Risolatning xotima topishi. Al-Xulafo ar-Roshidun davri. Xalifa saylash xususidagi tortishuvlar. 
Qo‗llaniladigan  ta‘lim  texnologiyalari:dialogik    yondashuv,  muammoli  ta‘lim,  vizual  yondoshuv, 
aqliy hujum. 
Adabiyot: A.1A.2,Q.3,Q4,Q.10,Q.11,Q.13,Q.21,Q.24,Q.27  
 
 Islomning asosiy manbalari 
      Qur‘onning  23  yil  mobaynida  nozil  bo‗lishi.  ―Qur‘on‖  so‗zining  ma‘nosi.  Uning  tarkibi. 
Suralarning  nozil  bo‗lish  davriga  qarab  taqsimlanishi.  Makka  suralari.  Madina  suralari.  Ilk 
―suhuf‖  –  qur‘on  oyatlarining  jamlanishi.  Xalifa  Usmon  ibn  Affon  davrida  qur‘onning  kitob 
holiga  keltirilishi.  Toshkentdagi  Usmon  mushafining  tarixi.  Qur‘onni  o‗rganish  asosiy  

 
maktablarining  vujudga  kelishi.  Uni  tushunish,  talqin  etishda  turli  yondashuvlar.  Qiroat,  tafsir  
kabi Qur‘on ilmlarining taraqqiyoti. 
Hadis.  Al-hadis  an-nabaviy.  Al-hadis  al-qudsiy.  Hadislar  islom  dinining  Qur‘ondan 
keyingi  manbai.  Hadislarni  yig‗ish  (talab  al-ilm)  va  jamlash  (VIII-IX  asrlar).  Musnad,  sunan, 
sahih  hadis  to‗plamlarining  vujudga  kelishi.  Mashhur  muhaddislar.  Imom  al-Buxoriy  –  buyuk 
mahaddis.  Islom  ta‘limotining  keyingi  davrdagi  taraqqiyoti  va  ahloq  me‘yorlarini  ishlab 
chiqishda hadislarning o‗rni. 
Muqaddas  kitob  Qur‘onda  VII  asr  boshidagi  arab  jamiyati  voqeligi,  qadriyatlari  va 
ideallarning aks etishi. Qur‘oni Karimning kitob xolida jam qilinishi(651-656y.) 
Qur‘onni  o‗rganish  asosiy  maktablarning  vujudga  kelishi.  Uni  tushunish  talqin  etishda  turli 
yondashuvlar  va  ziddiyatli  fikrlar.  Xadislarni  yig‗ish  (talab  al-ilm)  va  jamlash  (VIII-IX  asrlar). 
Ularda  Muxammad  payg‗ambarning  tarixiy-real,  ideal  va  afsonaviy  obrazlarning  shakllanishi. 
Islom  ta‘limotining  keyingi  evolyusiyasi  va  axloq  normalarini  ishlab  chiqishda  hadislarning  o‗rni. 
Islomda oqim va mazhablarning vujudga kelishi. 
Qo‗llaniladigan  ta‘lim  texnologiyalari:dialogik    yondashuv,  muammoli  ta‘lim,  vizual 
yondoshuv,aqliy hujum. 
Adabiyot: A.1A.2,Q.3,Q4,Q.10,Q.11,Q.13,Q.19,Q.21,Q.24,Q.27,Q.28. 
 
 Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar 
Vijdon erkinligi – diniy e‘tiqod erkinligi. O‗zbekiston Respublikasi vijdon erkinligining qonunan 
kafolatlanishi. Diniy ekstremizmga yo‗l qo‗ymaslik choralarini ko‗rish.Vijdon erkinligi va diniy 
tashkilotlar  masalasi.  Birlashgan  Millatlar  Tashkilotining  ustavida  vijdon  erkinligining  o‗z 
ifodasini topishi. Bu masalaning davlat, jamiyat va diniy tashkilotlar orasidagi munosabatlarning 
mustahkamlanishidagi ahamiyati. Kishilar e‘tiqodining turliligi. 
Mustaqillik va din. O‗zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi tomonidan vijdon erkinligining 
kafolatlatlanishi.  ―Vijdon  erkinligining  va  diniy  tashkilotlar  to‗g‗risida‖gi  yangi  tahrirdagi 
qonunning qabul qilinishi. O‗zbekistonda amalda bo‗lgan turli diniy konfessiyalar. Milliy istiqlol 
va  ma‘naviyat  bir-biriga  mustahkam  bog‗liq  tushuncha  ekanligi.  Ma‘naviyatning  tarixan  qaror 
topib  borishida  madaniyat  va  dinning  o‗rni.  Diniy  dunyoqarashning  insoniyat  hayotidagi 
o‗rni.Barkamol  insonni  shakllantirish  O‗zbekiston  mustaqilligini  mustahkamlashning  nazariy 
asosi  ekanligi.  Dunyoqarashlar  erkinligini  ta‘minlash  jarayonida  har  bir  odamda  shaxsiy  fikr, 
mavqening  shakllanishi.  Imonli,  komil  insonlarni  tarbiyalash  O‗zbekiston  mustaqil  kelajagi 
uchun kafolat ekanligi. 
Qo‗llaniladigan  ta‘lim  texnologiyalari:dialogik    yondashuv,  muammoli  ta‘lim,vizual  yondoshuv, 
aqliy hujum. 
Adabiyot: A.1,A.2,Q.4,Q.5,Q.6,Q.8,Q.10,Q.11,Q.15,Q.16 


Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling