Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi


Download 5.01 Kb.
Pdf просмотр
bet1/20
Sana10.01.2019
Hajmi5.01 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20

O‗ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‗RTA MAXSUS 
TA‘LIM VAZIRLIGI 
SOG‗LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI 
 
TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI 
IJTIMOIY FANLAR KAFEDRASI 
 
 
 
 
 
 
 
MILLIY G‗OYA: O‗ZBEKISTONNING IJTIMOIY- 
IQTISODIY  RIVOJLANISH STRATEGIYASI   
FANIDAN  O‗QUV USLUBIY MAJMUA 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Toshkent – 2016 
 


 
O‗ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‗RTA MAXSUS TA‘LIM 
VAZIRLIGI 
SOG‗LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI 
 
TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI 
 
IJTIMOIY FANLAR KAFEDRASI 
 
 
 
―TASDIQLAYMAN‖ 
O‗quv ishlari bo‗yicha  
            prorektor, f.f.n Aliyev S.U                                                                       
_________________ 
―___‖ _________2016_ yil
 
 
 
 
 
 
 
 
MILLIY G‗OYA: O‗ZBEKISTONNING IJTIMOIY- IQTISODIY 
 RIVOJLANISH STRATEGIYASI FANIDAN 
O‗QUV USLUBIY MAJMUA 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Toshkent - 2016 
 


 
 
 
 
Tuzuvchilar:  
N.S.Salimsakova -  Ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‗qituvchisi 
 
Taqrizchi: 
Ikromjonov  A.  M.  –  TDSHI  ―O‘zbekistonda  demokratik  jamiyat  qurish  nazariyasi  va  amaliyoti 
kafedrasi‖ dotsenti 
 
 
 
 
 
 
O‘quv-uslubiy majmua Toshkent farmatsevtika  institutining soha uslubiy kengashning  2016 yil 
15.06. dagi 15-sonli qarori bilan nashrga tavsiya qilingan.  
 
 
Soha uslubiy kengashning kengash raisi ____________ K.K.Ismoilov  
 
 
O‘quv-uslubiy majmua MUK da ko‘rib chiqildi va tasdiqlandi  
 
__________ 2016 yil ______ sonli bayonnomasi  
 
Kelishildi: Markaziy uslubiy kengash raisi __________ S.U.Aliyev 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
MUNDARIJA: 
 
1.Ishchi dastur                                                                                                                4 bet 
2.Sillabus                                                                                                                       23 bet 
3.Fanni o‗qitishda foydalaniladigan interfaol metodlar.                                               30 bet 
4.Nazariy mashg‗ulot materiallari                                                                                31 bet 
5. Seminarlar uchun  materiallar                                                                                  100 bet 
6.Keyslar banki                                                                                                            117 bet 
7.Mustaqil ta‘lim mavzulari                                                                                        119 bet 
8.Testlar                                                                                                                      122 bet 
9.Glossariy                                                                                                                   136 bet 
10. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati                                                                        139  bet 
          
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
 
 
Kirish 
Mustaqillik yillari Respublikamiz ta‘lim-tarbiya tizimida tub islohotlar amalga oshirilib, bu sohada 
milliy  g‗oyani  ilmiy  o‗rganish,  o‗qit
ish
  va  targ‗ib-tashviq  qilishda  salmoqli  tajribalar  toplandi.  Ayni 
paytda,  erishilgan  yutuqlarni  mustahkamlab,  jamiyatimizda  g‗oyaviy  ta‘lim-tarbiya  samaradorligini 
yanada  oshirish,  xususan,  bunda  milliy  g‗oyani  o‗qit
ish
  izchilligi  va  uzluksizligini  ta‘minlash,  bu 
boradagi ishlarni ta‘lim tizimidagi har bir  bosqichga moslab differensiyallashtirish,  ya‘ni  o‗rta maktab, 
litsey(kollej)  hamda  bakalavriat,  magistratura  va  katta  ilmiy  xodim-izlanuvchi  bosqichlarida  milliy 
g‗oya va mafkuraga doir qaysi masalalar qanday o‗qitilishini konkretlashtirish zaruriyati, ta‘lim tizimida 
milliy  g‗oya  o‗qitilayotgan  fanlarning  dasturlarini  zamon  talablari  asosida  takomillashtirishni  taqozo 
qilmoqda.  Mazkur  o‗quv  dasturi  ayni  shu  ehiyojdan  kelib  chiqib,  oliy  ta‘lim  tizimida  milliy  g‗oya  va 
mafkurani o‘qit
ishn
i O‗zbekiston Respublikasi ―Ta‘lim to‗g‗risida‖gi qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturi  hamda  davlat  ta‘lim  standartlari  talablariga  muvofiq  yaratildi  va  unda  magistratura  bosqichida 
tayyorlanayotgan mutaxassis- kadrlarga milliy g‗oya va mafkuraning tub mazmun-mohiyatini, ularning 
nazariy- metodologik masalalarini chuqur o‗rgatish belgilandi. 
Ishchi dasturni yaratishda ta‘lim tizimining barcha bo‗g‗inlarida - o‗rta maktab, litsey, kollej va 
bakalavriatlarda  ―Milliy  istiqlol  goyasi‖  fanini  o‘qitishning  amaldagi  dasturlari  qiyosiy  tahlil  qilib 
chiqildi va oliy ta‘limda ularning takrorlanishi bartaraf etildi. Ishchi dasturdagi mavzular Prezidentimiz 
I.Karimov  asarlaridagi  milliy  g‗oya,  ma‘naviyat  va  mafkuraga  doir  yul-yuriq  va  ko‘rsatmalar  hamda 
―Milliy  istiqlol  mafkurasi  asosiy  konsepsiyasi‖  mazmuniga  muvofiq  tuzuldi.  Ishchi    dasturda 
talabalarning  milliy  g‗oyani  o‗rganish  bo‘yicha  ta‘limning  oldingi  bosqichlarida  olgan  bilimlarini 
mantiqiy davom ettirish nazarda tutilib, ularning muayyan g‗oyaviy-mafkuraviy tayyorgarliklari hamda 
ixtisosliklari hisobga olindi va predmetning nazariy-metodologik jihatlari kuchaytirildi.  
 
Milliy g‗oya: O‗zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasi  fanining maqsadi va 
uning vazifalari 
 
Milliy  g‗oya:  O‗zbekistonning  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanish  strategiyasi  fanini  o‗qitishdan  maqsad 
talabalarga  yangi  jamiyat  qurish,  ularning  ma‘naviy  dunyosini  shakllantirish,  milliy  ong  va  g‗ururini 
uyg‗otish, yoshlarni Vatan, xalq va istiqlol taqdiri uchun faol kurashchi komil inson qilib tarbiyalashdan 
iborat.  Mazkur  fan  yosh  avlodni  ulug‗  xalqimizning  olijanob  milliy  qadriyatlari  va  axloqiy  fazilatlari 
halollik, poklik, odillik, adolatlilik ruhida tarbiyalamog‗imiz kerak. Undan tashqari mustaqil davlatimiz 
ijtimoiy  hayotida  faol  qatnasha  oladigan  idrokli  va  qobiliyatli  o‗zining  tarixiy  ildizlarini  anglashga, 
yurtiga,  vataniga,  ona  xalqiga  cheksiz  mehr-muhabbat  bilan  to‗lgan  avlod  kamolga  erishishiga  xizmat 
qiladi. 
 
Milliy g‗oya: O‗zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasi fani bo‗yicha  magistr-
talabalarning bilimiga, o‗quviga, ko‗nikmasiga qo‗yiladigan talablar. 
 
-
 
milliy istiqlol g‗oyasi va gumanitar, texnik va tabiiy fanlar falsafiy masalalari bo‗yicha bilimlar 
berilishi; 
-
 
insoniyatning  global  muammolari,  ma‘naviy  hayot,  jamiyat  va  shaxs  ehtiyojlari,  ta‘limning 
insonparvarlik  ruhi;  zamonaviy  sivilizatsiya  va  uning  taraqqiyot  yo‗nalishlari,  axborot  tizimlari  va 
bilimlarni taqdim etish usullari to‗g‗risidagi tasavvurni shakllantirishi; 
-
 
ilmiy  va  ilmiy-texnik  axborot  bilan  ishlash  ko‗nikmalari  va  uquvlarini  shakllantirishi,  tadqiq 
etiladigan mavzular bo‗yicha muntazam ravishda mustaqil tahlil va xulosani tayyorlashi; 


 
-
 
ilmiy  ijodiyot  metodologiyasi,  ilmiy  tadqiqotlar  asoslari,  bilishning  umumiy  usullari,  empirik 
va  nazariy  tadqiqot  usullari,  qonunlar  va  qoidalar  mantig‗i,  asoslash  va  inkor  qilish  usullariga, 
shuningdek  nutq  madaniyati  asoslari  bilimlariga,  pedagogik  texnologiyalar,  mutaxassisliklar  bo‗yicha 
menejment va iqtisodiyotga doir bilimlarni ta‘minlashi; 
amaliy xorijiy tilni,  mutaxassislikka yo‗naltirilgan axborot texnologiyalari  va tizimlarini  o‗zlashtirishni 
ta‘minlashi kerak. 
 
Milliy g‗oya: O‗zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasi fanining o‗quv 
rejasidagi boshqa fanlar bilan o‗zaro bog‗liqligi va uslubiy jihatidan ketma-ketligi. 
―Milliy  g‗oya:  O‗zbekistonning  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanish  strategiyasi‖fani  boshqa  ijtimoiy  – 
gumanitar  fanlar,  hususan,  arheologiya,  etnografiya,  numizmatika,  madaniyatshunoslik,  dinshunoslik, 
falsafa,  iqtisod,  geografiya,  demografiya  kabilar  bilan  bevosita  bog‗liq  rolda  o‗rganiladi.  Fanlararo 
aloqalardan  unumli  foydalanish,  o‗zaro  uzviylik  va  uzluksizlikni  ta‘minlash  ―Milliy  g‗oya: 
O‗zbekistonning  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanish  strategiyasi‖fanining  ta‘lim  –  tarbiya  beruvchi, 
ma‘naviyat yuksaltiruvchi va inson kamolot hamda millat ravnaqini ta‘minlovchi vazifalarini to‗laqonli 
amalga oshirishga xizmat qiladi.  
 
Fanni o‗qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar 
Fanni  o‗qitishda  mantiqiylik,  tarixiylik,  sistemalilik  tamoyillariga  amal  qilish,  ta‘limni  zamonaviy 
pedagogik  va  axborot  texnologiyalar  asosida  tashkil  etish,  o‗quv  jarayonida  samarali  ta‘lim  usullarini 
qo‗llash,  xususan,  darslarda  ―Aqliy  xujum‖,  ―Munozara‖,  ―Bumerang‖,  ―Klaster‖,  ―Matbuot 
konferensiyasi‖ kabi  metodlardan  foydalanish  maqsadga  muvofiq. O‗quv jarayoni  bilan  bog‗liq  ta‘lim 
sifatini  belgilovchi  holatlar  quyidagilar:  yuqori  ilmiy-pedagogik  darajada  dars  berish,  muammoli 
ma‘ruzalar  o‗qish,  darslarni  savol-javob  tarzida  qiziqarli  tashkil  qilish,  ilg‗or  pedagogik 
texnologiyalardan  va  mul‘timedia  vositalaridan  foydalanish,  tinglovchilarni  undaydigan, 
o‗ylantiradigan  muammolarni  ular  oldiga  qo‗yish,  talabchanlik,  tinglovchilar  bilan  individual  ishlash, 
erkin muloqot yuritishga, ilmiy izlanishga jalb qilish. ―Milliy g‗oya: O‗zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanish strategiyasi‖ loyihalashtirishda quyidagi asosiy konseptual yondoshuvlardan foydalaniladi: 
 SHaxsga  yo‗naltirilgan  ta‘lim.  Bu  ta‘lim  o‗z  mohiyatiga  ko‗ra  ta‘lim  jarayonining  barcha 
ishtirokchilarini  to‗laqonli  rivojlanishlarini  ko‗zda  tutadi.  Bu  esa  ta‘limni  loyihalashtirilayotganda, 
albatta,  ma‘lum  bir ta‘lim oluvchining  shaxsini  emas, avvalo, kelgusidagi  mutaxassislik  faoliyati  bilan 
bog‗liq o‗qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshilishni nazarda tutadi.  
Tizimli yondoshuv. Ta‘lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o‗zida mujassam etmog‗i lozim: 
jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo‗g‗inlarini o‗zaro bog‗langanligi, yaxlitligi.  
Faoliyatga  yo‗naltirilgan  yondoshuv.  SHaxsning  jarayonli  sifatlarini  shakllantirishga,  ta‘lim 
oluvchining  faoliyatni aktivlashtirish  va intensivlashtirish,  o‗quv jarayonida uning  barcha  qobiliyati  va 
imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo‗naltirilgan ta‘limni ifodalaydi. 
 Faoliyatga  yo‗naltirilgan  yondoshuv.  SHaxsning  jarayonli  sifatlarini  shakllantirishga,  ta‘lim 
oluvchining  faoliyatni aktivlashtirish  va intensivlashtirish,  o‗quv jarayonida uning  barcha  qobiliyati  va 
imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo‗naltirilgan ta‘limni ifodalaydi.  
Dialogik  yondoshuv.  Bu  yondoshuv  o‗quv  munosabatlarini  yaratish  zaruriyatini  bildiradi.  Uning 
natijasida  shaxsning  o‗z-o‗zini  faollashtirishi  va  o‗z-o‗zini  ko‗rsata  olishi  kabi  ijodiy  faoliyati 
kuchayadi.  


 
Hamkorlikdagi ta‘limni tashkil etish.  Demokratik, tenglik, ta‘lim beruvchi va ta‘lim  oluvchi  faoliyat 
mazmunini  shakllantirishda  va  erishilgan  natijalarni  baholashda  birgalikda  ishlashni  joriy  etishga 
e‘tiborni qarati. 
Muammoli ta‘lim. Ta‘lim  mazmunini  muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta‘lim oluvchi faoliyatini 
aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni o‘ektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini, 
dialektik mushohadani shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo‗llashni 
mustaqil ijodiy faoliyati ta‘minlanadi.  
Axborotni  taqdim  qilishning  zamonaviy  vositalari  va  usullarini  qo‗llash  -  yangi  kompyuter  va 
axborot texnologiyalarini o‗quv jarayoniga qo‗llash.  
O‗qitishning usullari va texnikasi. Ma‘ruza (kirish, mavzuga oid, vizuallash), muammoli ta‘lim, keys-
stadi, pinbord, paradoks va loyihalash usullari, amaliy ishlar.  
O‗qitishni  tashkil  etish  shakllari:  dialog,  polilog,  muloqot  hamkorlik  va  o‗zaro  o‗rganishga 
asoslangan frontal, kollektiv va guruh.  
O‗qitish  vositalari:  o‗qitishning  an‘anaviy  shakllari  (darslik,  ma‘ruza  matni)  bilan  bir  qatorda  – 
kompyuter va axborot texnologiyalari.  
Kommunikatsiya  usullari:  tinglovchilar  bilan  operativ  teskari  aloqaga  asoslangan  bevosita  o‗zaro 
munosabatlar.  
Teskari  aloqa  usullari  va  vositalari:  kuzatish,  blits-so‗rov,  oraliq  va  joriy  va  yakunlovchi  nazorat 
natijalarini tahlili asosida o‗qitish diagnostikasi.  
Boshqarish usullari va vositalari:  o‗quv mashg‗uloti bosqichlarini belgilab beruvchi texnologik karta 
ko‗rinishidagi  o‗quv  mashg‗ulotlarini  rejalashtirish,  qo‗yilgan  maqsadga  erishishda  o‗qituvchi  va 
tinglovchining  birgalikdagi  harakati,  nafaqat  auditoriya  mashg‗ulotlari,  balki  auditoriyadan  tashqari 
mustaqil ishlarning nazorati.  
Monitoring va baholash:  o‗quv mashg‗ulotida ham butun kurs davomida ham o‗qitishning natijalarini 
rejali  tarzda  kuzatib  borish.  Kurs  oxirida  test  topshiriqlari  yoki  yozma  ish  variantlari  yordamida 
tinglovchilarning bilimlari baholanadi.  
―Milliy  g‗oya:  O‗zbekistonning  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanish  strategiyasi‖  fanini  o‗qitish  jarayonida 
kompyuter  texnologiyasidan    foydalaniladi.  Ayrim  mavzular    bo‗yicha  talabalar  bilimini  baholash  test 
asosida va kompyuter yordamida bajariladi. ―Internet‖  tarmog‗idagi rasmiy iqtisodiy ko‗rsatkichlaridan 
foydalaniladi,  tarqatma  materiallar  tayyorlanadi,  test  tizimi  hamda  tayanch  so‗z  va  iboralar  asosida 
oraliq va yakuniy nazoratlar o‗tkaziladi.  
 
―Milliy g‗oya: O‗zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasi‖ fanidan 
mashg‗ulotlarning mavzular va soatlar bo‗yicha taqsimlanishi: 
 
t/

Mavzular nomi 
Jami  
soat 
Ma‘ruz
a  
Amaliy 
mashg‗ul
ot 
TMI 
Jami 
1  Milliy g‗oyaning nazariy-metodologik 
asoslari  





2  Jamiyat taraqqiyotining g‗oyaviy asoslari va 
mafkuraviy  tamoyillari  





3  Milliy 
istiqlol 
g‗oyasining 
strategik 
yo‗nalishlari, vazifalari va istiqbollari.   





4  Mustaqillik 
tafakkuri 
va 
yangi 







 
dunyoqarashni  shakllantirishning  milliy 
g‗oyaviy negizlari 
5  Bozor iqtisodiyotini rivojlantirishning 
tamoyillari va qonuniyatlari. O‗zbek iqtisodiy 
modelini shakllantirish va amalga oshirish  





6  ―Mamlakatimizda  demokratik  islohotlarni 
yanada 
chuqurlashtirish 
va 
fuqarolik 
jamiyatini  rivojlantirish  konsepsiyasi‖ning 
g‗oyaviy-mafkuraviy axamiyati.  




12 
7  Milliy 
iqtisodiyotning 
dunyo 
xo‗jaligigaintegratsiyalashuvi.O‗zbekistonni
ng  rivojlangan  davlatlar  qatoriga  o‗tish 
strategiyasi,  uning  g‗oyaviy  asoslari  va 
dolzarb vazifalari.  





8  Milliy ta‘lim-tarbiya va targ‗ibot-shviqotni 
tashkillashtirish hamda aniq maqsadlarga 
yo‗naltirish    usullari  





 
Jami 
40 
20 
20         18   
58 
 
 
Asosiy qism: Fanning uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi 
Asosiy  qismda  (ma‘ruza)  fanni  mavzulari  mantiqiy  ketma-ketlikda  keltiriladi.  Har  bir  mavzuning 
mohiyati asosiy tushunchalar va tezislar orqali ochib beriladi. Bunda  mavzu  bo‗yicha  talabalarga DTS 
asosida etkazilishi zarur bo‗lgan bilim va ko‗nikmalar to‗la qamrab olinishi kerak.  
              Asosiy  qism  sifatiga  qo‗yiladigan  talab  mavzularning  dolzarbligi,  ularning  ish  beruvchilar  talablari  va 
ishlab  chiqarish  ehtiyojlariga  mosligi,  mamlakatimizda  bo‗layotgan  ijtimoiy-siyosiy  va  demokratik 
o‗zgarishlar,  iqtisodiyotni  erkinlashtirish,  iqtisodiy-huquqiy  va  boshqa  sohalardagi  islohatlarning 
ustuvor masalalarini qamrab olishi hamda fan va texnologiyalarning so‗ngti yutuqlari e‘tiborga olinishi 
tavsiya etiladi 
Ma‘ruza mashg‗ulotlari 
I Bo‗lim. MILLIY G‗OYA: 
Milliy  g‗oyaning  nazariy-metodologik  asoslari.  Milliy  g‗oya  va  mafkura  paradigmalarini 
shakllantirishning  nazariy-metodologik  masalalari.  G‗oya  va  mafkura  tushunchasining  mohiyati, 
mazmuni,  namoyon  bo‗lish  shakllari  va  rivojlanish  xususiyatlari.  Ideologiyaning  tadqiqot  ob‘ekti  va 
predmeti. Milliy ideologiyaning mazmun-mohiyati.Turli xil  g‗oya va mafkuralarning tarixiy va nazariy 
asoslari.  Islom  Karimov  asarlarida  milliy  istiqlol  g‗oyasi:  asosiy  tushuncha  va  tamoyillarining  asoslab 
berilishi.  Milliy  g‗oya:  asosiy  tushuncha  va  tamoyillarining  mazmun-moxiyati.  ―G‗oya‖,―mafkura  , 
―milliy  g‗oya‖  tushunchalarining  nazariy  asoslari  va  mamlakatimizga  xos  jihatlari.  G‗oya  va 
mafkuralarga turli xil karashlar va nazariyalar. Milliy g‗oyaning falsafiy, tarixiy asoslari. 
Inson 
va  jamiyat  hayotida  g‗oya  va  mafkuraga  bo‘lgan  talab-ehtiyojlar,  ularning  ob‘ektivligi.  Prezident 
Islom  Karimov  tomonidan  ―Mafkuraning  xar  qanday  jamiyat  xayotida  zarurligi.  Mafkura  bo‗lmasa, 
odam, jamiyat, davlat o‗z yo‗lini yo‗qotishi muqarrar‖ ekanligining asoslanishi.  
Milliy  g‗oyadan  ko‗zlangan  maqsadlar  va  vazifalar.  O‗zbekiston  ijtimoiy  hayotining  mafkuralar  va 
fikrlar xilma-xilligiga asoslanishi. Milliy g‗oyaning gumanistik mohiyati va demokratik xarakteri, uning 
xalq madaniy merosi va umume‘tirof etilgan demokratik tamoyillarga tayanishi.  


 
Qo‗llaniladigan  ta‘lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta‟lim., aqliy xujum, T-sxemasi, 
o„z- o„zini nazorat.  
Adabiyotlar: A1;A2;A3; Q14; Q15 Q;A16;18;.  
 
Jamiyat taraqqiyotining g‗oyaviy asoslari va mafkuraviy tamoyillari  
G‗oya  va  mafkuralarni  turkumlashtirish  tamoyillari,  ularning  yo‗nalishlari.  Milliy  va 
umuminsoniy  g‗oyalar, ularning rivojlanish xususiyatlari. G‗oyalarning  harakatlantiruvchi  motivlari va 
mexanizmlari.  Milliy  va  umuminsoniy  g‗oyalarning  o‗zaro  nisbati,  ularning  shakllanishi  va 
rivojlanishining  o‗ziga  xos  xususiyatlari.  Milliy  g‗oyani  shakllantirishda  madaniy  me‘rosning 
o‗rni.Insoniyat xayotidagi dastlabki g‗oyaviy-siyosiy qarashlar: turli tarixiy ertak, doston, afsona va 
rivoyatlardagi  g‗oyalar;  ―Veda‖  adabiyotlari  -  Upanishadlar,  ―Avesto‖,  ―Tavrot(Injil)‖  va  boshqa 
manbalardagi  ma‘lumotlar, ularning ijtimoiy-siyosiy  moxiyati. Qadimgi Misr, Bobil,  Xindiston,  Xitoy, 
YUnoniston xamda Markaziy Osiyo xalqlari xayotida shakllangan g‗oya va mafkuralar, ularning davlat 
va jamiyat qurilishiga doir asosiy mazmuni. Milliy istiqlol g‗oyasi konsepsiyasining yaratilishi, uning 
ijtimoiy-  falsafiy  asoslari.  Mustaqil  O‗zbekistonda  g‗oyaviy-mafkuraviy  qarashlarning  rivojlanish 
xususiyatlari.  G‗oya  va  mafkuraga  munosabatlar  evolyusiyasi.  Milliy  g‗oyani  shakllantirishning 
ob‘ektiv shart-sharoitlari va sub‘ektiv omillari. ―Konsepsiya‖ tushunchasi, uning mazmuni va maqomi. 
Prezident  Islom  Karimov  -  milliy  istiqlol  g„oyasi  konsepsiyasining  asoschisi.  (5  soat).Konsepsiyaning 
ijtimoiy-  falsafiy  mohiyati  va  nazariy-metodologik  asoslari.  ―Milliy  mafkura  -  davlatimiz  va 
jamiyatimiz  qurilishida  biz  uchun  ruhiy-ma‘naviy  kuch-quvvat  manbai‖  asari.Konsepsiyaning 
tuzulishi,  maqsadi  va  vazifalari.  I.Karimov  -  milliy  istiqlol  mafkurasi  konsepsiyasining  mazmuni  va 
maqsadlari  haqida.  Konsepsiyadagi  asosiy  masalalar  tavsifi:  milliy  g‗oya  va  mafkuralar  tarixi;  xozirgi 
zamonda inson ongi va qalbi uchun kurash; O‗zbekiston taraqqiyoti va mafkuraviy muammolar; milliy 
istiqlol mafkurasini xalqimiz ongi va qalbiga singdirish masalalari, bu borada amalga oshirilgan nazariy 
va  amaliy  ishlar.  Konsepsiyada  yangi  jamiyat  qurilishiiga  doir  masalalar.  YAngi  jamiyat 
qurilishining  g‗oyaviy-mafkuraviy  masalalarini  yoritish  -  milliy  mafkurani  shakllantirishning  muxim 
sharti. G‗oyaviy-mafkuraviy ishlarda O‗zbekistonda barpo etilayotgan jamiyatning mazmun-mohiyatini, 
uning kelgusi rivojlanish bosqichlarini haqqoniy yoritish vazifalari, buning ilmiy-amaliy ahamiyati.  
Qo‗llaniladigan ta‘lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta‟lim., aqliy xujum, T-sxemasi, 
o„z- o„zini nazorat.  
Adabiyotlar: A1;A2;A3; Q14; Q15 Q;A16;18;.19.  
 



Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling