Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi


Asosiy qism: Fanning uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi


Download 1.3 Mb.
bet2/11
Sana10.05.2020
Hajmi1.3 Mb.
#104625
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi



Asosiy qism: Fanning uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi
Kadrlarni tarbiyalashda ilmiy, falsafiy dunyoqarashni shakllantirishda, “Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar fani talaba-yoshlarni jamiyat taraqqiyoti to‘g‘risida ilmiy qarashlarni shakllantirishga yordam beradi.YOshlarni mafkuraviy immunitetini, siyosiy madaniyati, ogohligini oshirishda, ularning ijtimoiy jarayonlarni tahlil qilishga o‘rgatadi va amaliy ishlab chiqarishdagi faoliyatini samarali bo‘lishini ta’minlaydi
Ma’ruza mashg‘ulotlari

Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari


“Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar fanining predmeti: g‘oya - insoniyat taraqqiyotining harakatlantiruvchi omili, hayotiy maqsadlar ifodasi. Jamiyatning ijtimoiy-siyosiy jarayonlari ta’sirida g‘oyalarning differensiallashuvi. Milliy g‘oya tushunchasi, uning tuzilishi va namoyon bo‘lish xususiyatlari. Milliy g‘oyaning umuminsoniy mazmuni. O‘zbekiston mustaqilligini mustahkamlashda milliy g‘oya va mafkuraning roli. I.Karimov asarlari-milliy g‘oya va mafkuraning ilmiy-uslubiy asosi. O‘zbekistonda yashayotgan turli millat va etnik birliklarni yagona g‘oya atrofida birlashtirishning tarixiy zaruriyati. Milliy g‘oyada o‘z-o‘zini anglash, milliy g‘urur va iftixorning namoyon bo‘lish xususiyatlari. Milliy mafkuraning bosh g‘oyasi “Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish”va uni amalga oshirishning asosiy g‘oyalari: yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi, komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik. Bosh va asosiy g‘oyalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik. Milliy g‘oyaning gumanistik xarakteri.Milliy va umuminsoniy g‘oyalarning individualligi va umumiyligi, integratsiyasi va differensiatsiyasi.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari:dialogik yondashuv, muammoli ta’lim,aqliy hujum, vizual.

Adabiyot:A.1,Q.1,Q.2, Q3,Q.4,Q.5,Q10.

Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar fanining tarixiy ildizlari, shakllanish bosqichlari


Insoniyat tarixida g‘oya va mafkuralarning namoyon bo‘lishi, asosiy bosqichlari. Mifologiya, teologiya va xalq ma’naviy-madaniy qadriyatlarida milliy g‘oya va mafkuraning ifodalanishi. “Avesto” va Zardushtiylikda g‘oyalar takomili.

G‘arb mamlakatlarida ilk g‘oyaviy qarashlar va ularning takomil bosqichlari. Sokrat, Platon, Aristotel, Geraklit, Pifagor va boshqa mutafakkirlarning g‘oyalari va ularning ahamiyati. Afina va Rim imperiyasi g‘oyalar tizimi va mafkurasi.



SHarq va Markaziy Osiyoda g‘oyalarning namoyon bo‘lishi, ularning gumanistik mohiyati. O‘rta Osiyoda islom dini g‘oyalarining yoyilishi. Xorazmiy, Farobiy, Beruniy, Ibn Sino merosida g‘oyalar mavzui. Temuriylar davri g‘oyalari, Amir Temur, Ulug‘bek, Navoiy, Boburning milliy va umuminsoniy g‘oyalar to‘g‘risidagi fikrlari.

Sovet davrida kommunistik partiya g‘oyalarining gegemonligi va uning oqibatlari. Mustaqillik - milliy g‘oya fanining bosh mavzusi. Ma’naviy jasorat- millat g‘oyasi va ruhining ifodasi.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari:dialogik yondashuv, muammoli ta’lim,aqliy hujum, vizual.

Adabiyot:A.1,Q2,Q.3,Q.4,Q.5,Q.7,Q.10,Q.14,Q.21.
Milliy g‘oya, ijtimoiy taraqqiyot va mafkuraviy jarayonlarning o‘zaro bog‘liqligi. G‘oyaviy tahdidlarning yo‘nalishlari
Ijtimoiy taraqqiyot, milliy g‘oya va, tarixiy jarayonlarning milliy g‘oyalar shakllanishi hamda amal qilishiga ta’siri Tarixiy xotira g‘oya va mafkuraning rivojlanishidagi ijtimoiy ma’naviy omil. Mentalitetning fikrlash uslubi va qadriyatlar bilan bog‘liq elementlari.

XXI asrda g‘oyaviy-mafkuraviy munosabatlar keskinlashuvining ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy sabablari. Jahon moliyaviy inqirozining mafkuraviy jarayonlarga ta’siri. SHovinizm, genotsid, fashizm, neofashizm, neokommunizm, irqchilik, diniy ekstremizm, fundamentalizm, terrorizm g‘oyalarining reaksion mohiyati va ularga qarshi kurashning tarixiy zaruriyati. Mahalliychilik, millatchilik, urug‘ aymog‘chilik, korrupsiyaga qarshi kurash mafkuraviy mustaqillik kafoloti.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari:dialogik yondashuv, muammoli ta’lim,aqliy hujum, vizual.

Adabiyot:A.1,Q.1,Q.2,Q.3,Q.4,Q.19,Q.22



Mafkuraviy tajovuz va axborot xavfsizligi. Mafkuraviy faoliyat - milliy g‘oyani amalga oshirish vositasi
Mafkuraviy tajovuz va unga qarshi milliy xavfsizlikni ta’minlash zarurati. Jamiyatning mafkuraviy muqobillashish sabablari. Mafkuraviy gegemonizmning vujudga kelishi. Gegemonizmning shakllari. Muqobil mafkuraviy qarashlarning jamiyat rivojlanishiga ta’siri va ularni muvofiqlashtirish imkoniyatlari.

Axborot xavfsizligi va biologik xavfsizlikning mutanosibligi. Axborot komunikatsiyalarida mafkuraviy xurujlarning namoyon bo‘lishi va unga qarshi profilaktika vositalari. Axborot xavfsizligining lokal va global ahamiyati.

“Mafkuraviy munosabatlar” tushunchasi, uning mazmun –mohiyati va namoyon bo‘lish xususiyatlari. Milliy g‘oyaning ijtimoiy sub’ektlar orasidagi hamkorlik va hamjihatlikni mustahkamlashdagi ahamiyati. Mafkuraviy faoliyat tizimi, uning elementlari. Mafkuraviy faoliyatni tashkil qilishning usullari va yo‘llari. Mafkuraviy faoliyatni amalga oshirishning zamonaviy texnologiyalari. Ommaviy axborot vositalari, internet va boshqa axborot vositalarining mafkuraviy faoliyatdagi o‘rni.Hozirgi davrdagi mafkuraviy faoliyatning dolzarb masalalari. Milliy g‘oyani aholi ongiga singdirish, YUrt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi g‘oyalarini amalga oshirishning ustivor vazifalari.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari:dialogik yondashuv, muammoli ta’lim,aqliy hujum, vizual.

Adabiyot:A.1,Q.1,Q.2,Q.4,Q.13,Q.14,Q.21



Globallashuv jarayonida mafkuraviy immunitet

Hozirgi davrda dunyoning mafkuraviy manzarasi. G‘oyaviy-mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurash usullari va vositalari. “Mafkuraviy poligon” tushunchasi, uning namoyon bo‘lish xususiyatlari. Mafkuraviy immunitetni shakllantirish omillari. Mafkuraviy immunitet va siyosiy madaniyat mutanosibligi. Mafkuraviy immunitetda aql teranligi va xulq atvorning namoyon bo‘lishi. Mamlakatdagi iqtisodiy barqarorlikning mafkuraviy immunitetni shakllantirishdagi o‘rni. Siyosiy hushyorlik va siyosiy madaniyat mafkuraviy immunitetning muhim omili.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari:dialogik yondashuv, muammoli ta’lim,aqliy hujum, vizual.

Adabiyot:A.1,Q.2,Q.3,Q.4,Q.17,Q.18,Q.19,Q.21,Q.24


Jamiyat barqarorligini ta’minlashning ijtimoiy-g‘oyaviy asoslari
Jamiyat barqarorligini ta’minlashda iqtisodiy-siyosiy, ijtimoiy ma’naviy omillarning mushtarakligi. Mustaqillik va huquq, demokratiya va oshkoralik - milliy o‘z-o‘zini anglash, axloqiy yangilanish, milliy ma’naviy tiklanishning asosi. O‘zbekistonda milliy madaniy markazlarning tashkil qilinishi millatlararo barqarorlikni ta’minlash vositasi. Madaniy muloqot ko‘p millatli aholi orasidagi barqarorlik omili. Til madaniy muloqot va barqarorlikning muhim vositasi.

Dunyoda tinchlik o‘rnatishda barqaror demokratik taraqqiyot, erkinlik, ijtimoiy-siyosiy hamkorlik, milliy va diniy totuvlik g‘oyalarining ustuvor ahamiyati.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari:dialogik yondashuv, muammoli ta’lim,aqliy hujum, vizual.

Adabiyot:A.1,Q.1.,Q.2,Q.4,Q.7,Q.8,Q.21,Q.24
Tafakkur o‘zgarishi va ma’naviy yangilanishda milliy g‘oyaning roli
Bozor munosabatlariga o‘tishning inson tafakkuriga ta’siri. “O‘zbek modeli”-evolyusion taraqqiyot g‘oyasining gumanistik xarakteri. Milliy g‘oya- ma’naviy yangilanishning nazariy va amaliy asosi. Milliy g‘oya va ma’naviy hayot. Istiqlol yillarida ma’naviy tiklanish va yuksalish sohadagi islohotlar jarayoni. Prezident Islom Karimovning “YUksak ma’naviyat - engilmas kuch” asarining yangi dunyoqarash va zamonaviy tafakkurni shakllantirishdagi ahamiyati. YUksak ma’naviyatni shakllantiradigan asosiy mezonlar.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari:dialogik yondashuv, muammoli ta’lim,aqliy hujum, vizual.

Adabiyot:A.1,Q.1,Q.2,Q.3,Q.9,Q.10,Q.11,Q.19,Q.20

Milliy g‘oyani rivojlantirishning institutsional tizimi
“Mafkuraviy tarbiya” tushunchasi, uning mazmuni va namoyon bo‘lish xususiyatlari. Mafkuraviy tarbiyaning yo‘nalishlari va ijtimoiy funksiyalari. Ta’lim-tarbiya tizimida milliy g‘oyani rivojlantirish imkoniyatlari. Ijtimoiy institutlarning an’anaviy, individual jamoaviy mafkuraviy funksiyalari: Milliy g‘oyani rivojlantirishda ommaviy va siyosiy tashkilotlarning, oila, mahalla, nodavlat-notijorat tashkilotlarning rolini oshirishning ahamiyati. Milliy g‘oya va mafkurani targ‘ib-tashviq qilishda mutaxassislar roli va mas’uliyati. Milliy g‘oyani ommaga transformatsiya qilishda kadrlar korpusini shakllantirish, ularning salohiyatini rivojlantirishda "O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim to‘g‘risidagi Qonuni" va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da belgilangan vazifalarni amalga oshirish masalalari.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari:dialogik yondashuv, muammoli ta’lim,aqliy hujum, vizual.



Adabiyot:A.1,Q.3,Q.4,Q.7,Q.20,Q.24,Q.25
Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar fani bo‘yicha ma’ruzalarning kalendar tematik rejasi


t\r

Ma’ruza mavzulari

Soati

1

“Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari

2

2

“Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar fanining tarixiy ildizlari, shakllanish bosqichlari

2

3

Milliy g‘oya, ijtimoiy taraqqiyot va mafkuraviy jarayonlarning o‘zaro bog‘liqligi. G‘oyaviy tahdidlarning yo‘nalishlari

2

4

Mafkuraviy tajovuz va axborot xavfsizligi Mafkuraviy faoliyat - milliy g‘oyani amalga oshirish vositasi

2

5

Globallashuv jarayonida mafkuraviy immunitet

2

6

Jamiyat barqarorligini ta’minlashning ijtimoiy-g‘oyaviy asoslari

2

7

Tafakkur o‘zgarishi va ma’naviy yangilanishda milliy g‘oyaning roli

2

8

Milliy g‘oyani rivojlantirishning institutsional tizimi

2




jami

16


Amaliy mashg‘ulotlarning tavsiya etiladigan mavzulari

Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari xususiyatlari


Milliy g‘oyaning predmeti, maqsad va vazifalari. Jamiyatning ijtimoiy-siyosiy jarayonlari ta’sirida g‘oyalarning differensiallashuvi. Milliy g‘oya tushunchasi, uning tuzilishi va namoyon bo‘lish xususiyatlari. Milliy g‘oyaning umuminsoniy mazmuni. Milliy mafkuraningbosh g‘oyasi.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari:dialogik yondashuv, muammoli ta’lim,aqliy hujum, vizual.

Adabiyot:A.1, Q.1,Q.2, Q3,Q.4,Q.5,Q10
Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar fanining tarixiy ildizlari, shakllanish bosqichlari
Insoniyat tarixida g‘oya va mafkuralarning namoyon bo‘lishi, asosiy bosqichlari. Mifologiya, teologiya va xalq ma’naviy-madaniy qadriyatlarida milliy g‘oya va mafkuraning ifodalanishi. Afina va Rim imperiyasi g‘oyalar tizimi va mafkurasi.

SHarq va Markaziy Osiyoda g‘oyalarning namoyon bo‘lishi, ularning gumanistik mohiyati. O‘rta Osiyoda islom dini g‘oyalarining yoyilishi. Xorazmiy, Farobiy, Beruniy, Ibn Sino merosida g‘oyalar mavzui. Sovet davrida kommunistik partiya g‘oyalarining gegemonligi va uning oqibatlari. Mustaqillik - milliy g‘oya fanining bosh mavzusi. Ma’naviy jasorat- millat g‘oyasi va ruhining ifodasi.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari:dialogik yondashuv, muammoli ta’lim,aqliy hujum, vizual.

Adabiyot:A.1, Q2,Q.3,Q.4,Q.5,Q.7,Q.10,Q.14,Q.21.
Milliy g‘oya, ijtimoiy taraqqiyot va mafkuraviy jarayonlarning o‘zaro bog‘liqligi
Ijtimoiy taraqqiyot, milliy g‘oya va, tarixiy jarayonlarning milliy g‘oyalar shakllanishi hamda amal qilishiga ta’siri Tarixiy xotira g‘oya va mafkuraning rivojlanishidagi ijtimoiy ma’naviy omil. Mentalitetning fikrlash uslubi va qadriyatlar bilan bog‘liq elementlari.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari:dialogik yondashuv, muammoli ta’lim,aqliy hujum, vizual.

Adabiyot:A.1,Q. Q2,Q.3,Q.4,Q.5,Q.7,Q.10,Q.14,Q.21.
G‘oyaviy tahdidlarning yo‘nalishlari
SHovinizm, genotsid, fashizm, neofashizm, neokommunizm, irqchilik, diniy ekstremizm, fundamentalizm, terrorizm g‘oyalarining reaksion mohiyati va ularga qarshi kurashning tarixiy zaruriyati. Mahalliychilik, millatchilik, urug‘ aymog‘chilik, korrupsiyaga qarshi kurash mafkuraviy mustaqillik kafoloti.

XXI asrda g‘oyaviy-mafkuraviy munosabatlar keskinlashuvining ijtimoiy, iqtisodiy,siyosiy sabablari. .I.A. Karimov g‘oyaviy-mafkuraviy tahdidlar, ularning mazmun-mohiyati va asosiy yo‘nalishlari haqida. (O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda, xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolotlari asari asosida)

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari:dialogik yondashuv, muammoli ta’lim,aqliy hujum, vizual.

Adabiyot:A.1,Q. 1,Q.2,Q.3,Q.4,Q.19,Q.22
Mafkuraviy tajovuz va axborot xavfsizligi
Mafkuraviy tajovuz va unga qarshi milliy xavfsizlikni ta’minlash zarurati. Jamiyatning mafkuraviy muqobillashish sabablari. Mafkuraviy gegemonizmning vujudga kelishi. Axborot xavfsizligi va biologik xavfsizlikning mutanosibligi. Axborot komunikatsiyalarida mafkuraviy xurujlarning namoyon bo‘lishi va unga qarshi profilaktika vositalari. Axborot xavfsizligining ijtimoiy madaniy meros bilan bog‘liqligi va uning yangi voqelikka mutanosibligi. Geosiyosiy manfaatlar axborot xavfsizligi omili.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari:dialogik yondashuv, muammoli ta’lim,aqliy hujum, vizual.

Adabiyot:A.1,Q. 1,Q.2,Q.4,Q.13,Q.14,Q.21
Mafkuraviy faoliyat - milliy g‘oyani amalga oshirish vositasi
Mafkuraviy munosabatlar” tushunchasi, uning mazmun –mohiyati va namoyon bo‘lish xususiyatlari. Milliy g‘oyaning ijtimoiy sub’ektlar orasidagi hamkorlik va hamjihatlikni mustahkamlashdagi ahamiyati. Mafkuraviy faoliyat” tushunchasi, uning mazmun-mohiyati va namoyon bo‘lish xususiyatlari. Ommaviy axborot vositalari, internet va boshqa axborot vositalarining mafkuraviy faoliyatdagi o‘rni.Hozirgi davrdagi mafkuraviy faoliyatning dolzarb masalalari. Milliy g‘oyani aholi ongiga singdirish, YUrt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi g‘oyalarini amalga oshirishning ustivor vazifalari.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari:dialogik yondashuv, muammoli ta’lim,aqliy hujum, vizual.

Adabiyot:A.1,Q. 1,Q.2,Q.4,Q.13,Q.14,Q.21
Globallashuv jarayonida mafkuraviy immunitet
Hozirgi davrda dunyoning mafkuraviy manzarasi.Globallashuvning ijobiy va salbiy jihatlari. G‘oyaviy-mafkuraviy munosabatlarning texnologik va intellektual asoslari. G‘oyaviy-mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurash usullari va vositalari. “Mafkuraviy poligon” tushunchasi, uning namoyon bo‘lish xususiyatlari. Mafkuraviy immunitetni shakllantirish omillari.Mamlakatdagi iqtisodiy barqarorlikning mafkuraviy immunitetni shakllantirishdagi o‘rni.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari:dialogik yondashuv, muammoli ta’lim,aqliy hujum, vizual.

Adabiyot:A.1,Q. Q.2,Q.4,Q.7,Q.8,Q.21,Q.24
Jamiyat barqarorligini ta’minlashning ijtimoiy-g‘oyaviy asoslari
Jamiyat barqarorligini ta’minlashda iqtisodiy-siyosiy, ijtimoiy ma’naviy omillarning mushtarakligi.Milliy g‘oyaning etnosiyosat va etnomadaniyat rivojiga ta’siri. O‘zbekistonda milliy siyosatning amalga oshirilishi va unda etnik birliklar manfaatlari himoya qilinishining huquqiy va ijtimoiy asoslari. “O‘zbekiston - yagona vatan" g‘oyasi barqarorlikni ta’minlashning nazariy asosi.

O‘zbekistonda milliy madaniy markazlarning tashkil qilinishi millatlararo barqarorlikni ta’minlash vositasi. Dunyoda tinchlik o‘rnatishda barqaror demokratik taraqqiyot, erkinlik, ijtimoiy-siyosiy hamkorlik, milliy va diniy totuvlik g‘oyalarining ustuvor ahamiyati.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari:dialogik yondashuv, muammoli ta’lim,aqliy hujum, vizual.

Adabiyot: A.1,Q1.,Q.2,Q.4,Q.7,Q.8,Q.21,Q.24
Tafakkur o‘zgarishi va ma’naviy yangilanishda milliy g‘oyaning roli. Milliy g‘oyani rivojlantirishning institutsional tizimi.
Bozor munosabatlariga o‘tishning inson tafakkuriga ta’siri. Tafakkurga jamiyat, maktab, oila va tarbiyani amalga oshiruvchi boshqa omillar ta’sirining o‘zaro nisbati. Milliy g‘oyaning tafakkur konservatizmini bartaraf qilishdagi o‘rni.Taraqqiyotning milliy modellari va ularning mazmuni. “O‘zbek modeli”-evolyusion taraqqiyot g‘oyasining gumanistik xarakteri. Istiqlol yillarida ma’naviy tiklanish va yuksalish sohadagi islohotlar jarayoni. Prezident Islom Karimovning “YUksak ma’naviyat - engilmas kuch” asarining yangi dunyoqarash va zamonaviy tafakkurni shakllantirishdagi ahamiyati. Dunyoning elitar mafkuraviy tizimi. G‘oyaviy ta’lim-tarbiya va targ‘ibot-tashviqot ishlariga kompleks-sistemali yondoshish tamoyillari.

“Mafkuraviy tarbiya” tushunchasi, uning mazmuni va namoyon bo‘lish xususiyatlari. “Mafkuraviy ta’sir”, “mafkuraviy tarbiya” va “mafkuraviy profilaktika” tushunchalarining o‘zaro aloqadorligi. Ta’lim-tarbiya tizimida milliy g‘oyani rivojlantirish imkoniyatlari. Ijtimoiy institutlarning an’anaviy, individual jamoaviy mafkuraviy funksiyalari: Milliy g‘oyani rivojlantirishda ommaviy va siyosiy tashkilotlarning, oila, mahalla, nodavlat-notijorat tashkilotlarning rolini oshirishning ahamiyati.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari:dialogik yondashuv, muammoli ta’lim,aqliy hujum, vizual.

Adabiyot:A.1,Q1,Q.2,Q.3,Q.9,Q.10,Q.11,Q.19,Q.20


Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar fani bo‘yicha seminarlarning kalendar tematik rejasi


t\r

Ma’ruza mavzulari

Soati

1

“Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari

2

2

“Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar fanining tarixiy ildizlari, shakllanish bosqichlari

2

3

Milliy g‘oya, ijtimoiy taraqqiyot va mafkuraviy jarayonlarning o‘zaro bog‘liqligi.

2

4

G‘oyaviy tahdidlarning yo‘nalishlari

2

5

Mafkuraviy tajovuz va axborot xavfsizligi.

2

6

Mafkuraviy faoliyat – milliy g‘oyani amalga oshirish vositasi

2

7

Globallashuv jarayonida mafkuraviy immunitet

2

8

Jamiyat barqarorligini ta’minlashning ijtimoiy-g‘oyaviy asoslari

2

9

Tafakkur o‘zgarishi va ma’naviy yangilanishda milliy g‘oyaning roli

Milliy g‘oyani rivojlantirishning institutsional tizimi

2




jami

18


Mustaqil ishlarni tashkil etishning shakli va mazmuni
Mustaqil ta’limning turli xil shakllari mavjud bo‘lib, bunda asosiy e’tibor talabaning berilgan mavzular (amaliy masalalar, topshiriqlar va keys- auditoriyadan tashqarida bajarishi, o‘qib o‘rganishi vash u yo‘nalish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini chuqurlashtirishiga qaratiladi. Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:

- darslik va o‘quv qo‘llanmalarning boblari va mavzularini o‘rganish.

- tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruza qismini o‘zlashtirish.

- maxsus yoki ilmiy adabiyotlar (monografiyalar, maqolalar) bo‘yicha fanlar bo‘limlari yoki mavzulari ustida ishglash;

- mustaqil ishlar, keys-stadilar bilan ishlash;

- fanga oida statistk ma’lumotlarni o‘rganish, ularni tahlil qilish;

- talabaning o‘quv-ilmiy – tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan fanlar bo‘limlari yoki mavzularni chuqur o‘rganish;

Faol va muammoli o‘qitish uslubidan foydalaniladigan o‘quv mashg‘ulotlari:

Masofaviy (diagnostik) ta’lim.

«Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar» fanidan talabalarning mustaqil ishlarini referat, seminar, ma’ruza tayyorlash. Prezident asarlarini konspektlashtirish va boshqa shakllarda tashkil etilishi tavsiya etiladi. Mustqil ish mavzularini belgilashda ma’ruza va seminar mashg‘ulotlari mavzularini to‘ldirishga harakat qilinishi lozim.


Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling