Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi


Download 1.3 Mb.
bet4/11
Sana10.05.2020
Hajmi1.3 Mb.
#104625
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi

JB va OB ga ajratilgan umumiy ballarning har biridan saralash balini to‘plagan talabaga YAB ga ishtirok etishga huquq beriladi. JB, OB va YAB turlarida fanni o‘zlashtira olmagan (54 % dan kam ball to‘plagan) yoki uzurli sabablar bilan baholash turlarida ishtirok eta olmagan talabalarga quyidagi tartibda qayta baholashdan o‘tishga ruxsat beriladi:

- qoldirilgan amaliy mashg‘ulot kelgusi darsga qadar guruh o‘qituvchisiga qayta topshirish va maslaxat kunida topshiriladi. 3 ta mashg‘ulotni qoldirgan talaba fakultet dekani ruxsati bilan qayta topshiradi;

- OB ni 2 hafta muddatda qayta topshirishga ruxsat beriladi va bali koeffitsentsiz qayt etiladi;

- semestr yakunida fan bo‘yicha saralash balidan kam ball to‘plagan talabaning o‘zlashtirishi qoniqarsiz (akademik qarzdor) hisoblanadi;

- akademik qarzdor talabalarga semestr tugaganidan keyin dekan ruhsatnomasi asosida qayta o‘zlashtirish uchun – 2 hafta muddat beriladi. SHu muddat davomida o‘zlashtira olmagan talabaga belgilangan tartibda rektorning buyrug‘i bilan talabalar safidan chetlashtiriladi.

Talabaning reytingi quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:

R = bunda: Q-o‘zlashtirish darajasi (ball), V-umumiy o‘quv yuklamasi (soat)
Reyting natijalarini qayd qilish tartibi
Fandan reyting nazorati bo‘yicha yakunlovchi qaydnoma varaqasi (vedomost) fan tugagan kundan bir kun muddatda kafedra 2 nusxada to‘ldiradi va mas’ul xodim kafedra mudiriga imzolatib, 1 nusxasi dekanatlarga topshiriladi.

Talabaning fan bo‘yicha baholash turlarida to‘plagan ballari reyting qaydnomsiga butun sonlar bilan qayd qilinadi. Reyting daftarchasining “Umumiy soat” ustuniga fanga ajratilgan umumiy yuklama soatlari, “Ball” ustuniga esa talabaning mazkur mezonning 3.1 bandiga muvofiq 100 ballik tizimdagi o‘zlashtirish bali, “Reyting” ustuniga hisoblangan reyting ko‘rsatkichi qo‘yiladi.

Talabaning saralash balidan past bo‘lgan o‘zlashtirishi “Reyting daftarchasi” da qayd etilmaydi.

Dekanat va kafedralar tomonidan belgilangan tartibda fan bo‘yicha talabaning JB, OB hamda YAB turlarida ko‘rsatilgan o‘zlashtirish reyting ko‘rsatkichlarining monitoringi olib boriladi. O‘zlashtirish natijalari kafedra tomonidan reyting nazorati ekranida muntazam ravishda yoritib boriladi va belgilangan tartibda qaydnomalarga kiritiladi. Reyting nazorati ekranining tashkil etishi va uning belgilangan muddatlarda to‘ldirish vazifasi kafedra mudiri va fakultet dekani zimmasiga yuklatiladi .




SILLABUS



Fanning qisqacha tavsifi

OTMning nomi va joylashgan manzili:

Toshkent farmasevtika instituti

Oybek ko‘chasi, 45-uy

Kafedra:


Ijtimoiy fanlar


“Sanoat farmatsiyasi” fakulteti tarkibida

Ta'lim sohasi va yo‘nalishi:


510000 - Sogliqni saqlash

5510500 Farmatsiya

5111000 Kasbiy ta’lim

5510600 Sanoat farmatsiyasi

5320500 Biotexnologiya





Fanni (kursni) olib boradigan o‘qituvchi to‘g‘risida ma'lumot:

katta o‘qituvchi

Salimsakova Nilufar




Dars mashg‘ulotini o‘tkazish vaqti va joyi:


O‘quv bo’limi tomonidan ishlab chiqilgan jadval asosida institutning o‘quv binolarida

Kursning boshlanish va davom etish muddati:

2-sentyabr 2015 y. 15- yanvar 2016 yil



Ta'lim yo‘nalishlari o‘quv rejasiga muvofiq ikkinchi kurs, birinchi semestrida

Individual grafik asosida professor-o‘qituvchining talabalar bilan ishlash vaqti:

Haftaning chorshanba kuni tushdan so‘ng soat 15.00-16.20 gacha


Fanga ajratilgan o‘quv soatlarining o‘quv turlari bo‘yicha taqsimoti

Auditoriya soatlari


Mustaqil ta'lim:

Ma'ruza

16

Seminar

18

26

Fanning boshqa fanlar bilan uzviy aloqasi (prerekvizitlari):


Falsafa, milliy g‘oya, madaniyatshunoslik, etika hamda estetika fanlari integratsiyasi asosida bilimlar shakllanadi






Fanning mazmuni

Fanning dolzarbligi va qisqacha mazmuni:


Fanning dolzarbligi: «Milliy g’oya: asosiy tushuncha va tamoyillar» fani umummetodologik fanlaridan biri hisoblanadi. Fanni o’rganish orqali egallangan bilimlar yoshlarning mafkuraviy immunitetini, siyosiy madaniyati, ogohligini oshirishda, ularning ijtimoiy jarayonlarni tahlil qilishga o’rgatadi va amaliy ishlab chiqarishdagi faoliyatini samarali bo’lishini ta'minlaydi.

Fanni o‘qitishdan asosiy maqsad: talabalarda milliy g’oya va mafkuraning mazmun-mohiyatini tushungan holda ijtimoiy voqelikka mustaqil munosabatini shakllantirish, ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot qurish g’oyasining ijtimoiy-ma’naviy mohiyatini yoshlar ongiga singdirishdan iborat.

O‘quv fanini prerekvizitlari

Talaba: milliy g‘oya asosiy: tushuncha va tamoyillar fanini o‘qitish metodikasiga oid dastlabki bilimlarga ega bo‘lishi, mantiqiy va tanqidiy fikrlash, tahlil qilish va xulosalar chiqarish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi talab etiladi.

Fanni o‘rganish jarayonida talabalar quyidagi natijalarga erishadi

Bilib oladi: fanga oid tushunchalar: milliy g‘oyalar va mafkuralar tizimi, ”g‘oyaviylik”, “g‘oyasizlik”, “mafkuraviy faoliyat”, “mafkuraviy jarayonlar”, “mafkuraviy ta’sir”, “mafkuraviy maydon va poligonlar”, “mafkuraviy inqiroz”, “g‘oyaviy bo‘shliq”, “mafkuraviy profilaktika”, “mafkuraviy immunitet” [СПиТ:

1.Грант]
Bilim, ko‘nikma va malakalarni nazorat qilinishi:

milliy g‘oya asosiy: tushuncha va tamoyillar fani bo‘yicha joriy, oraliq va yakuniy nazorat o‘tkaziladi. Joriy nazorat uchun 60 ball, oraliq nazorat uchun 10 ball, yakuniy nazorat uchun 30 ball. (maksimal 100 ball)



Fan bo‘yicha egallagan bilimlari asosida: ta’lim muassasasida o‘quv jarayonini tashkil etishning samarali shakl, metod va vositalarini qo‘llay oladi hamda innovatsion faoliyat va kasbiy kompetentligini rivojlantirish yo‘llarini egallaydi.

Postrekvizitlar

Ushbu o‘quv fanini o‘zlashtirish natijasida talabalardan:

"Milliy g‘oya" fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, Milliy g‘oya” fanining tarixiy ildizlari, shakllanishi va takomillashish omillari, Milliy g‘oya, ijtimoiy taraqqiyot va mafkuraviy jarayonlarning o‘zaro bog‘liqligi ,G‘oyaviy tahdidlarning yo‘nalishlari,Globallashuv jarayonida mafkuraviy immunitetni shakllantirish vazifalari,Jamiyat barqarorligini ta’minlashning ijtimoiy asoslari,Milliy g‘oyani shakllantirish va rivojlantirishning institutsional tizimi haqida bilish talab qilinadi.

Talabalar uchun talablar

 


- professor-o‘qituvchiga hurmat bilan munosabatda bo‘lish;

- institut ichki tartib-qoidalariga rioya qilish;

-intitut uniformasini kiyish;

- mobil telefonni dars davomida o‘chirish;

- berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarish;

- guruhdoshlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish;

- darsga o‘z vaqtida kelish;

- 6 soatdan ortiq dars qoldirgan taqdirda, dekan ruxsati bilan darsga kirish.



Elektron pochta orqali munosabatlar tartibi


Professor-o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi aloqa elektron pochta orqali ham amalga oshirilishi mumkin, telefon orqali baho masalasi muhokama qilinmaydi, baholash faqatgina institut hududida, ajratilgan xonalarda va dars davomida amalga oshiriladi. elektron pochtani ochish vaqti soat 15.00 dan 20.00 gacha



t/r

Nazorat turlari va topshiriqlarning nomlanishi

Nazorat turlari bo‘yicha maksimal ball


O‘tkazish vaqti


I. Joriy nazorat uchun ballar taqsimoti

60 ball

Semestr

davomida


II. Oraliq nazorat

10 ball




III. YAkuniy nazorat

30 ball

Semestrning oxirgi haftasi

1.

Umumiy o‘quv kursi bo‘yicha tuzilgan topshiriqlar asosida o‘tkaziladi







JAMI:

100 ball






Talabaning fan bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari namunaviy mezonlari

t/r


Talabaning fanni o‘zlashtirish (bilim, ko‘nikma va malaka) darajasi


Ballar


A)


Xulosa va qarorlar qabul qilishi



86-100 ball


Ijodiy fikrlay olishi

Mustaqil mushohada yuritish

Olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llay olishi

Mohiyatini tushunish

Bilish, aytib berish

Tasavvurga ega bo‘lish

B)


Mustaqil mushohada yuritish


71 -85 ball


Olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llay olishi

Mohiyatini tushunish

Bilish, aytib berish

Tasavvurga ega bo‘lish

V)

Mohiyatini tushunish


55 - 70 ball


Bilish, aytib berish

Tasavvurga ega bo‘lish

G)

Aniq tasavvurga ega bo‘lmaslik

0 - 54ball





Asosiy adabiyotlar:

  1. Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. –T.: O‘zbekiston, 2005.



Qo‘shimcha adabiyotlar:

1. Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushunchalar va tamoyillar T.:YAngi asr avlodi, 2001.

  1. Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushunchalar, tamoyillar va atamalar (qisqacha izohli tajribaviy lug‘at).. T.:YAngi asr avlodi, 2002.

  2. Milliy istiqlol g‘oyasi. –T.: Akademiya, 2005.

  3. Milliy g‘oya nazariy manbalar. Xrestomatiya. T.: «Akademiya», 2007.

  4. Milliy g‘oya targ‘ibot texnologiyalari va atamalar lug‘ati. T.: «Akademiya», 2007

  5. Millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik – taraqqiyot omili. T.: Fan va texnologialar, 2003.

  6. Musaev F. Demokratik davlat qurishning falsafiy-huquqiy asoslari.T.: O‘zbekiston 2007

  7. Mustaqillik mafkurasi va O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurishning iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy negizlari. –T. : Universitet, 2001.

  8. Mustaqillik izohli ilmiy-ommabop lug‘at. –T.: SHarq nashriyot- matbaa kompaniyasi, 2006.

  9. Nazarov Q.. G‘oyalar falsafasi. T., Akademiya, 2011.

  10. Ortiqov N. Ma’naviyat: Milliy va umuminsoniy qadriyatlar.- T.: Fan. 1994

  11. Ochildiev A. Milliy g‘oya va millatlararo munosabatlar.-T.: O‘zbekiston, 2004.

  12. Ochildiev A. Globallashuv va mafkuraviy jarayonlar. T.: Muharrir, 2009.

  13. To‘raev B., Ramatov J. Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy xususiyatlari, falsafiy va tarixiy ildizlari. T. , «Ijod dunyosi», 2002.

  14. To‘raev SH. Demokratik jarayonlar va milliy g‘oya. T.: Ma’naviyat, 2008.

  15. Falsafa qomusiy lug‘at. T. : O‘zbekiston faylasuflar milliy jamiyati. SHarq. 2004.

  16. Qahharova SH. Global ma’naviyat – globallashuvning g‘oyaviy asosi.T., Tafakkur, 2009.

  17. G‘oya va mafkura. – T., «Ijod dunyosi» nashr uyi, 2002 yil.

  18. Diniy ekstremizm va fundamentalizm: tarixi, moxiyati, bugungi xavfi. – T., G‘ofur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1999 yil.

  19. Taraqqiyotning o‘zbek modeli. – T., «Ijod dunyosi» nashr uyi. 2002 yil.

  20. Bunyodkor g‘oyalar. – T., «Ijod dunyosi» nashr uyi, 2002 yil.

  21. Bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasi. – T., «Ijod dunyosi» nashr uyi, 2002 yil.

  22. Tarix, mustaqillik, milliy g‘oya.-T., “Akademiya, 2001 y”




Internet saytlari:

1.    www.bilim.uz.

2.    www.philosophy.ru.

3.    www.history.ru.

4.    www.philosophy.com.

5.    www.gov.uz - Xukumat sayti

6.    www.ziyo.edu.uz - Vazirlik sayti



Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling