Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi


Download 5.27 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/27
Sana12.12.2017
Hajmi5.27 Kb.
#22107
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27

O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O„RTA MAXSUS TA‟LIM 
VAZIRLIGI 
SOG„LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI 
 
TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI 
IJTIMOIY FANLAR KAFEDRASI 
 
 
 
 
 
 
 
MILLIY  G„OYA:  ASOSIY  TUSHUNCHA  VA  TAMOYILLAR 
FANIDAN 
 O„QUV USLUBIY MAJMUA 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Toshkent - 2016 

 
 
O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O„RTA MAXSUS TA‟LIM 
VAZIRLIGI 
SOG„LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI 
 
TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI 
IJTIMOIY FANLAR KAFEDRASI 
 
                                                                                                        “TASDIQLAYMAN” 
                                                                                                       O‗quv ishlari bo‗yicha  
prorektor, f.f.n Aliyev S.U                                                                       
_________________ 
―___‖ _________2016_ yil
 
 
 
 
 
 
 
MILLIY G„OYA: ASOSIY TUSHUNCHA VA TAMOYILLAR FANIDAN 
 O„QUV USLUBIY MAJMUA 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Toshkent - 2016 

 
 
 
Tuzuvchilar:  
N.S.Salimsakova -  Ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‗qituvchisi 
D.M.Abduraximova - Ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‗qituvchisi 
 
Taqrizchi: 
Ikromjonov  A.  M.  –  TDSHI  ―O‘zbekistonda  demokratik  jamiyat  qurish  nazariyasi  va  amaliyoti 
kafedrasi‖ o‘qituvchisi 
 
 
 
 
 
 
O‘quv-uslubiy majmua Toshkent farmatsevtika inztitutining soha uslubiy kengashning  2016 yil 15.06. 
dagi 15-sonli qarori bilan nashrga tavsiya qilingan.  
 
 
Soha uslubiy kengashning kengash raisi ____________ K.K.Ismoilov  
 
O‘quv-uslubiy majmua MUK da ko‘rib chiqildi va tasdiqlandi  
 
__________ 2016 yil ______ sonli bayonnomasi  
 
Kelishildi: Markaziy uslubiy kengash raisi __________ S.U.Aliyev 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
MUNDARIJA: 
 
1.Ishchi dastur 
2.Sillabus 
3.Fanni o‗qitishda foydalaniladigan interfaol metodlar. 
4.Nazariy mashg‗ulot materiallari 
5. Seminarlar uchun  materiallar 
6.Keyslar banki 
7.Mustaqil ta‘lim mavzulari 
8.Testlar 
9.Glossariy 
10. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Kirish 
 
«Milliy    g‗oya:  asosiy  tushuncha  va  tamoyillar»  fani  bakalavr  bosqichi  talabalari  uchun  ishlab 
chiqilgan. 
«Milliy  g‗oya:  asosiy  tushuncha  va  tamoyillar»  fani  davomida  bakalavr  Milliy    g‗oya,  uni 
jamiyatimiz  taraqqiyotidagi  ahamiyati;  G‗oya  va  mafkura  tushunchasining  mohiyati,  mazmuni, 
namoyon  bo‗lish  shakllari;  Milliy  g‗oya  va  milliy  mafkuraning  o‗ziga  xos  xususiyatlari,  asosiy 
tamoyillari;  Mafkuraviy,  ma‘naviy tahdidlar, ularning  yo‗nalishlari; Mafkuraviy  tahdidlardan yoshlarni 
himoya  qilishda  ularda  mafkuraviy  immunitetni  shakllantirish;  Milliy  g‗oyani  yoshlar  ongi  va  qalbiga 
singdirishning  asosiy  usul  va  vositalari  kabi  kabi  masalalar  tahlili  bo‗yicha  muayyan  bilim  va 
ko‗nikmaga ega bo‗ladilar 
 Fanni o„qitishdan  maqsad va vazifalari 
 
Fanning maqsadi: talabalarda milliy g‗oya va mafkuraning mazmun-mohiyatini tushungan holda 
ijtimoiy  voqelikka  mustaqil  munosabatini  shakllantirish,  ozod  va  obod  vatan,  erkin  va  farovon  hayot 
qurish g‗oyasining ijtimoiy - ma‘naviy mohiyatini yoshlar ongiga singdirishdan iborat.  
Fanning vazifalari: 
- yoshlarning ijtimoiy faoliyatida muqobil g‗oya va mafkuralarga oqilona munosabatni; 
- xalq orasida milliy g‗oyani targ‗ib-tashviq qilish malakasini;  
- g‗oyaviy  mafkuraviy  jarayonlarni  tahlil  qilish,  baholash  va  ularga  mustaqil  yondashuvni 
shakllantirishdan iboratdir  
 
 
Fan bo„yicha talabalarning bilimi, ko„nikma va malakalariga qo„yiladigan talablar 
 
«Milliy  g‗oya: asosiy tushuncha va tamoyillar» fani  orqali talabalar: 
-milliy g‗oya va mafkuraning mazmun-mohiyatini bilish va ulardan amaliyotda foydalanish; 
-.milliy  g‗oyaning  tarixiy  negizlarini,  falsafiy  asoslarini  o‗rganish  va  ularning  rivojlanish 
qonuniyatlarini bilish; 
-  ijtimoiy-siyosiy  jarayonlar  haqidagi  muqobil  g‗oyalarni  qiyosiy  tahlil  qilish  va  ularga  mustaqil 
munosabat bildirish; 
-g‗oyaviy-mafkuraviy 
jarayonlarga 
doir 
nazariy 
bilimlarni 
amaliy  
hayotda qo‗llash; 
- ma‘naviy tahdidlarga qarshi kurash ko‗nikmasini shakllantirishdan iborat. 
 
 Fanning o„quv rejadagi boshqa fanlar bilan   
o„zaro bog„liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi 
 
«Milliy    g‗oya:  asosiy  tushuncha  va  tamoyillar»  fani  Oliy  ta‘lim  tizimida  kadrlar  tayyorlash 
jarayonining dastlabki  bosqichlaridan  biri hisoblanib,  mafkuraviy jarayonlar, milliy  g‗oyaning  o‗rni  va 
ahamiyati haqidagi  nazariy  bilimlar  va amaliy ko‗nikmalarni  shakllantiruvchi  predmetdir.  SHu nuqtai-
nazardan kelib chiqib ushbu fan qator ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan o‗zaro aloqadorlikdadir Jumladan, 
falsafa, tarix, siyosatshunoslik, ma‘naviyat asoslari, pedagogika, psixologiya singari ijtimoiy-gumanitar 
fanlar bilan bevosita aloqador.  
«Milliy    g‗oya:  asosiy  tushuncha  va  tamoyillar»  fani    umummetodologik  fanlaridan  biri 
hisoblanadi.  Fanni  o‗rganish  orqali  egallangan  bilimlar  yoshlarning  mafkuraviy  immunitetini,  siyosiy 
madaniyati,  ogohligini  oshirishda,  ularning  ijtimoiy  jarayonlarni  tahlil  qilishga  o‗rgatadi  va  amaliy 
ishlab chiqarishdagi faoliyatini samarali bo‗lishini ta‘minlab,  
 Pedagogik faoliyatida: mafkuralar, g‗oyalar va jarayonlar  borasida tizimli ishlar  olib borishda, 
yoshlarga milliy g‗oya ruhida ta‘lim-tarbiya , berishda; 
Tashkilotchilik  va  boshqaruv  faoliyatida:  davlat  va  jamiyatning  mafkuraviy  xavfsizligi, 
mafkuraviy  jarayonlar  va  ularning  ta‘sirlarini  aniqlashda,  milliy  g‗oyani  xalqimiz  ongi  va  qalbiga 
singdirishda,  ilmiy-tadqiqot  va  boshqa  idoralarning  faoliyatini  tashkil  etishda,  shuningdek  xizmat  va 

kasbiy vazifalarini bajarishda muhim hamiyatga ega. 
 
Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining o`quv rejasidagi boshqa fanlar bilan 
o`zaro bog`liqligi va uslubiy jihatidan ketma- ketligi. 
 
 
Milliy  g„oya:  asosiy  tushuncha  va  tamoyillar”fani  yo`nalishning  asosiy  fanlaridan  biri 
hisoblanib,  uni  o`rganish  psixologiya,  pedagogika,  yangi  pedagogik  texnologiyalar,  balog`atga  etish 
fiziologiyasi  va  gigienasi,  pedagogik  mahorat,  didaktik  vositalar  kompleksi,  umumixtisosiy  va 
ixtisoslikka doir fanlar bilan o`zaro bog`langan holda olib boriladi 
 
“Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar”fanni o„qitishda zamonaviy axborot va pedagogik 
texnologiyalar. 
 
O‗quv  jarayoni  bilan  bog‗liq  ta'lim  sifatini  belgilovchi  holatlar  quyidagilar:  yuqori  ilmiy-pedagogik 
darajada dars  berish,  muammoli  ma'ruzalar  o‗qish,  darslarni  savol-javob tarzida qiziqarli  tashkil  qilish, 
ilg‗or  pedagogik  texnologiyalardan  va  mul'timedia  vositalaridan  foydalanish,  tinglovchilarni 
undaydigan,  o‗ylantiradigan  muammolarni  ular  oldiga  qo‗yish,  talabchanlik,  tinglovchilar  bilan 
individual ishlash, erkin muloqot yuritishga, ilmiy izlanishga jalb qilish.  
“Milliy  g„oya:  asosiy  tushuncha  va  tamoyillar”  loyihalashtirishda  quyidagi  asosiy  konseptual 
yondoshuvlardan foydalaniladi: 
Shaxsga  yo„naltirilgan  ta'lim.Bu  ta'lim  o‗z  mohiyatiga  ko‗ra  ta'lim  jarayonining  barcha 
ishtirokchilarini  to‗laqonli  rivojlanishlarini  ko‗zda  tutadi.  Bu  esa  ta'limni  loyihalashtirilayotganda, 
albatta,  ma'lum  bir  ta'lim  oluvchining  shaxsini  emas,  avvalo,  kelgusidagi  mutaxassislik  faoliyati  bilan 
bog‗liq o‗qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshilishni nazarda tutadi.  
Tizimli yondoshuv.  Ta'lim  texnologiyasi tizimning  barcha belgilarini  o‗zida mujassam etmog‗i lozim: 
jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo‗g‗inlarini o‗zaro bog‗langanligi, yaxlitligi.  
Faoliyatga  yo„naltirilgan  yondoshuv.  Shaxsning  jarayonli  sifatlarini  shakllantirishga,  ta'lim 
oluvchining  faoliyatni  aktivlashtirish  va intensivlashtirish,  o‗quv jarayonida uning  barcha  qobiliyati  va 
imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo‗naltirilgan ta'limni ifodalaydi. 
Faoliyatga  yo„naltirilgan  yondoshuv.Shaxsning  jarayonli  sifatlarini  shakllantirishga,  ta'lim 
oluvchining  faoliyatni aktivlashtirish  va intensivlashtirish,  o‗quv jarayonida uning  barcha  qobiliyati  va 
imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo‗naltirilgan ta'limni ifodalaydi.  
Dialogik  yondoshuv.  Bu  yondoshuv  o‗quv  munosabatlarini  yaratish  zaruriyatini  bildiradi.  Uning 
natijasida  shaxsning  o‗z-o‗zini  faollashtirishi  va  o‗z-o‗zini  ko‗rsata  olishi  kabi  ijodiy  faoliyati 
kuchayadi.  
Hamkorlikdagi  ta'limni  tashkil  etish.Demokratik,  tenglik,  ta'lim  beruvchi  va  ta'lim  oluvchi  faoliyat 
mazmunini  shakllantirishda  va  erishilgan  natijalarni  baholashda  birgalikda  ishlashni  joriy  etishga 
e'tiborni qaratadi. 
Muammoli  ta'lim.Ta'lim  mazmunini  muammoli  tarzda  taqdim  qilish  orqali  ta'lim  oluvchi  faoliyatini 
aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni o'ektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini, 
dialektik mushohadani shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo‗llashni 
mustaqil ijodiy faoliyati ta'minlanadi.  
Axborotni  taqdim  qilishning  zamonaviy  vositalari  va  usullarini  qo„llash  -  yangi  kompyuter  va 
axborot texnologiyalarini o‗quv jarayoniga qo‗llash.  
O„qitishning usullari va texnikasi. Ma'ruza (kirish, mavzuga oid, vizuallash), muammoli ta'lim, keys-
stadi, pinbord, paradoks va loyihalash usullari, amaliy ishlar.  
O„qitishni tashkil etish shakllari:dialog, polilog, muloqot hamkorlik va o‗zaro o‗rganishga asoslangan 
frontal, kollektiv va guruh.  
O„qitish  vositalari:o‗qitishning  an'anaviy  shakllari  (darslik,  ma'ruza  matni)  bilan  bir  qatorda  – 
kompyuter va axborot texnologiyalari.  
Kommunikatsiya  usullari:tinglovchilar  bilan  operativ  teskari  aloqaga  asoslangan  bevosita  o‗zaro 
munosabatlar. 
Teskari  aloqa  usullari  va  vositalari:kuzatish,  blits-so‗rov,  oraliq  va  joriy  va  yakunlovchi  nazorat 

natijalarini tahlili asosida o‗qitish diagnostikasi.  
Boshqarish  usullari  va  vositalari:o‗quv  mashg‗uloti  bosqichlarini  belgilab  beruvchi  texnologik  karta 
ko‗rinishidagi  o‗quv  mashg‗ulotlarini  rejalashtirish,  qo‗yilgan  maqsadga  erishishda  o‗qituvchi  va 
tinglovchining  birgalikdagi  harakati,  nafaqat  auditoriya  mashg‗ulotlari,  balki  auditoriyadan  tashqari 
mustaqil ishlarning nazorati.  
Monitoring va baholash:o‗quv  mashg‗ulotida  ham butun kurs davomida  ham  o‗qitishning  natijalarini 
rejali  tarzda  kuzatib  borish.  Kurs  oxirida  test  topshiriqlari  yoki  yozma  ish  variantlari  yordamida 
tinglovchilarning bilimlari baholanadi.  
“Milliy  g„oya:  asosiy  tushuncha  va  tamoyillar”  fanini  o‗qitish  jarayonida  kompyuter 
texnologiyasidan,  ―yexcel‖  elektron  jadvallar  dasturlaridan  foydalaniladi.  Ayrim  mavzular  bo‗yicha 
talabalar  bilimini  baholash  test  asosida  va  kompyuter  yordamida  bajariladi.  ―Internet‖  tarmog‗idagi 
rasmiy  iqtisodiy  ko‗rsatkichlaridan  foydalaniladi,  tarqatma  materiallar  tayyorlanadi,  test  tizimi  hamda 
tayanch so‗z va iboralar asosida oraliq va yakuniy nazoratlar o‗tkaziladi.  
 
 
“Milliy  g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanidan mavzularning mashg„ulotlar va soatlar 
bo„yicha taqsimlanishi 
 
t\r 
Mavzular nomi 
Jami 
soat 
Ma‟ruza  Semina

Musta
qil 
ta‟lim 

―Milliy   g‗oya: asosiy tushuncha  va tamoyillar‖ 
fanining predmeti, maqsadi va vazifalari 





―Milliy  g‗oya: asosiy tushuncha va tamoyillar 
fanining tarixiy ildizlari, shakllanish 
bosqichlari 





Milliy  g‗oya,  ijtimoiy  taraqqiyot  va  mafkuraviy 
jarayonlarning  o‗zaro  bog‗liqligi.  G‗oyaviy 
tahdidlarning yo‗nalishlari 
16 


10 

Mafkuraviy    tajovuz    va  axborot  xavfsizligi 
Mafkuraviy  faoliyat  -  milliy  g‗oyani    amalga 
oshirish vositasi 
16 


10 

Globallashuv jarayonida mafkuraviy immunitet 





Jamiyat 
barqarorligini 
ta‘minlashning 
ijtimoiy-g‗oyaviy asoslari 
10 




Tafakkur o‗zgarishi 
va  ma‘naviy  yangilanishda  milliy  g‗oyaning 
roli 





Milliy  g‗oyani  rivojlantirishning  institutsional 
tizimi 




 
Jami  
60 
16 
18 
26 
 
Asosiy qism: Fanning uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi 
 
Kadrlarni  tarbiyalashda  ilmiy,  falsafiy  dunyoqarashni  shakllantirishda,  ―Milliy    g‗oya:  asosiy 
tushuncha  va  tamoyillar    fani  talaba-yoshlarni  jamiyat    taraqqiyoti  to‗g‗risida  ilmiy    qarashlarni 
shakllantirishga  yordam  beradi.YOshlarni  mafkuraviy  immunitetini,  siyosiy  madaniyati,  ogohligini 
oshirishda,  ularning  ijtimoiy  jarayonlarni  tahlil  qilishga  o‗rgatadi  va  amaliy  ishlab  chiqarishdagi 
faoliyatini samarali bo‗lishini ta‘minlaydi  
 
 
Ma‟ruza mashg„ulotlari 
“Milliy  g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining predmeti, maqsadi 
va vazifalari 

 
―Milliy    g‗oya:  asosiy  tushuncha  va  tamoyillar  fanining  predmeti:  g‗oya  -  insoniyat 
taraqqiyotining  harakatlantiruvchi  omili,  hayotiy  maqsadlar  ifodasi.    J a miya tn in g  ijt im oi y -
si yosi y  jarayonlari  ta‘ siri da  g‗ oyalar ning  differensiallashuvi. Milliy  g‗oya tushunchasi, uning 
tuzilishi  va  namoyon  bo‗lish  xususiyatlari.  Milliy  g‗oyaning  umuminsoniy  mazmuni. 
O‗zbeki ston  musta qilli gi ni  musta hkamla shda  mil liy  g‗ oya   va  mafkuraning  roli. 
I.Karimov  asarlari-milliy  g‗oya  va  mafkuraning  ilmiy-uslubiy  asosi.  O‗zbekistonda  yashayotgan 
turli  millat  va  etnik  birliklarni  yagona  g‗oya  atrofida  birlashtirishning  tarixiy  zaruriyati.  Milliy 
g‗oyada  o‗z-o‗zini  anglash,  milliy  g‗urur  va  iftixorning  namoyon  bo‗lish  xususiyatlari.  Milliy 
mafkuraning  bosh  g‗oyasi  ―Ozod  va  obod  Vatan,  erkin  va  farovon  hayot  qurish‖va  uni  amalga 
oshirishning  asosiy  g‗oyalari:  yurt  tinchligi,  Vatan  ravnaqi,  xalq  farovonligi,  komil  inson,  ijtimoiy 
hamkorlik,  millatlararo  totuvlik,  diniy  bag‗rikenglik.  Bosh  va  asosiy  g‗oyalar  o‗rtasidagi  o‗zaro 
aloqadorlik.  Milliy  g‗oyaning  gumanistik  xarakteri.Milliy  va  umuminsoniy  g‗oyalarning 
individualligi va umumiyligi,       integratsiyasi va differensiatsiyasi.  
   Qo‗llaniladigan ta‘lim texnologiyalari:dialogik  yondashuv, muammoli ta‘lim,aqliy hujum, vizual. 
Adabiyot:A.1,Q.1,Q.2, Q3,Q.4,Q.5,Q10. 
  
 “Milliy  g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar fanining tarixiy ildizlari, shakllanish 
bosqichlari 
 
Insoniyat  tarixida  g‗oya  va  mafkuralarning  namoyon  bo‗lishi,  asosiy  bosqichlari. 
Mifologiya,  teologiya  va  xalq  ma‘naviy-madaniy  qadriyatlarida  milliy  g‗oya  va  mafkuraning 
ifodalanishi. ―Avesto‖ va Zardushtiylikda g‗oyalar takomili. 
G‗arb  mamlakatlarida  ilk  g‗oyaviy  qarashlar  va  ularning  takomil  bosqichlari.  Sokrat,  Platon, 
Aristotel,  Geraklit,  Pifagor  va  boshqa  mutafakkirlarning  g‗oyalari  va  ularning  ahamiyati.  Afina  va  Rim 
imperiyasi g‗oyalar tizimi va mafkurasi.  
 SHarq  va  Markaziy  Osiyoda  g‗oyalarning  namoyon  bo‗lishi,  ularning  gumanistik  mohiyati. 
O‗rta  Osiyoda  islom  dini  g‗oyalarining  yoyilishi.  Xorazmiy,  Farobiy,  Beruniy,  Ibn  Sino  merosida 
g‗oyalar  mavzui.  Temuriylar  davri  g‗oyalari,  Amir  Temur,  Ulug‗bek,  Navoiy,  Boburning  milliy  va 
umuminsoniy g‗oyalar to‗g‗risidagi fikrlari. 
  Sovet davrida kommunistik partiya g‗oyalarining gegemonligi va uning oqibatlar i.  Mustaqillik 
- milliy g‗oya fanining bosh mavzusi. Ma‘naviy jasorat- millat g‗oyasi va ruhining ifodasi. 
   Qo‗llaniladigan ta‘lim texnologiyalari:dialogik  yondashuv, muammoli ta‘lim,aqliy hujum, vizual. 
Adabiyot:A.1,Q2,Q.3,Q.4,Q.5,Q.7,Q.10,Q.14,Q.21. 
 
 Milliy g„oya, ijtimoiy taraqqiyot va mafkuraviy jarayonlarning o„zaro bog„liqligi. G„oyaviy 
tahdidlarning yo„nalishlari  
 
 Ijtimoiy  taraqqiyot,  milliy  g‗oya  va,  tarixiy  jarayonlarning  milliy  g‗oyalar  shakllanishi  hamda 
amal qilishiga ta‘siri Tarixiy xotira g‗oya va mafkuraning rivojlanishidagi ijtimoiy ma‘naviy omil. 
Mentalitetning fikrlash uslubi va qadriyatlar bilan bog‗liq elementlari.  
XXI  asrda  g‗oyaviy-mafkuraviy  munosabatlar  keskinlashuvining  ijtimoiy,  iqtisodiy,  siyosiy 
sabablari.  Jahon  moliyaviy  inqirozining  mafkuraviy  jarayonlarga  ta‘siri.  SHovinizm,  genotsid, 
fashizm,  neofashizm,  neokommunizm,  irqchilik,  diniy  ekstremizm,  fundamentalizm,  t errorizm 
g‗oyalarining  reaksion  mohiyati  va  ularga  qarshi  kurashning  tarixiy  zaruriyati.  Mahalliychilik, 
millatchilik, urug‗ aymog‗chilik, korrupsiyaga qarshi kurash mafkuraviy mustaqillik kafoloti. 
   Qo‗llaniladigan ta‘lim texnologiyalari:dialogik  yondashuv, muammoli ta‘lim,aqliy hujum, vizual. 
Adabiyot:A.1,Q.1,Q.2,Q.3,Q.4,Q.19,Q.22 
  
Mafkuraviy  tajovuz  va axborot xavfsizligi. Mafkuraviy faoliyat - milliy g„oyani  amalga 
oshirish vositasi 
 
Mafkuraviy  tajovuz  va  unga  qarshi  milliy  xavfsizlikni  ta‘minlash  zarurati.  Jamiyatning 

mafkuraviy  muqobillashish  sabablari.  Mafkuraviy  gegemonizmning  vujudga  kelishi. 
Gegemonizmning  shakllari.  Muqobil  mafkuraviy  qarashlarning  jamiyat  rivojlanishiga 
ta‘siri va ularni muvofiqlashtirish imkoniyatlari. 
Axborot  xavfsizligi  va  biologik  xavfsizlikning  mutanosibligi.  Axborot komu nika tsiya lar ida  
ma fku raviy  xuru jlar ning  na moyon bo‗lishi  va u nga  qa r shi  profila ktika  vositala ri.  Axborot 
xa vfsizligining loka l va  global a ha miya ti.  
  ―Mafkuraviy  munosabatlar‖  tushunchasi,  uning  mazmun  –mohiyati  va  namoyon  bo‗lish 
xususiyatlari.  Milliy  g‗oyaning  ijtimoiy  sub‘ektlar  orasidagi  hamkorlik  va  hamjihatlikni 
mustahkamlashdagi  ahamiyati.  Mafkuraviy  faoliyat  tizimi,  uning  elementlari.  Mafkuraviy  faoliyatni 
tashkil  qilishning  usullari  va  yo‗llari.  Mafkuraviy  faoliyatni  amalga  oshirishning  zamonaviy 
texnologiyalari.  Ommaviy  axborot  vositalari,  internet  va  boshqa  axborot  vositalarining  mafkuraviy 
faoliyatdagi  o‗rni.Hozirgi  davrdagi  mafkuraviy  faoliyatning  dolzarb  masalalari.  Milliy  g‗oyani  aholi 
ongiga  singdirish,  YUrt  tinchligi,  Vatan  ravnaqi,  xalq  farovonligi  g‗oyalarini  amalga  oshirishning 
ustivor vazifalari. 
Qo‗llaniladigan ta‘lim texnologiyalari:dialogik  yondashuv, muammoli ta‘lim,aqliy hujum, vizual. 
Adabiyot:A.1,Q.1,Q.2,Q.4,Q.13,Q.14,Q.21 
 
 
 Globallashuv jarayonida mafkuraviy immunitet 
Hozirgi  davrda  dunyoning  mafkuraviy  manzarasi.  G‗oyaviy-mafkuraviy  tahdidlarga  qarshi 
kurash usullari va vositalari. ―Mafkuraviy poligon‖ tushunchasi, uning namoyon bo‗lish xususiyatlari. 
Mafkuraviy  immunitetni  shakllantirish  omillari.  Mafkuraviy  immunitet  va  siyosiy  madaniyat 
mutanosibligi.  Mafkuraviy  immunitetda  aql  teranligi  va  xulq  atvorning  namoyon  bo‗lishi.  
Mamlakatdagi  iqtisodiy  barqarorlikning  mafkuraviy  immunitetni  shakllantirishdagi  o‗rni.  Siyosiy 
hushyorlik va siyosiy madaniyat mafkuraviy immunitetning muhim omili.  
Qo‗llaniladigan ta‘lim texnologiyalari:dialogik  yondashuv, muammoli ta‘lim,aqliy hujum, vizual. 
Adabiyot:A.1,Q.2,Q.3,Q.4,Q.17,Q.18,Q.19,Q.21,Q.24 
 
 Jamiyat barqarorligini ta‟minlashning ijtimoiy -g„oyaviy asoslari 
 
Jamiyat  barqarorligini  ta‘minlashda  iqtisodiy -siyosiy,  ijtimoiy  ma‘naviy  omillarning 
mushtarakligi.  Mustaqillik  va  huquq,  demokratiya  va  oshkoralik  -  milliy  o‗z-o‗zini  anglash,  axloqiy 
yangilanish,  milliy  ma‘naviy  tiklanishning  asosi.  O‗zbekistonda  milliy  madaniy  markazlarning 
tashkil  qilinishi  millatlararo  barqarorlikni  ta‘minlash  vositasi.  Madaniy  muloqot  ko‗p 
millatli  aholi  orasidagi  barqarorlik  omili.  Til  madaniy  muloqot  va  barqarorlikning  muhim 
vositasi.  
Dunyoda  tinchlik  o‗rnatishda  barqaror  demokratik   taraqqiyot,  erkinlik,  ijtimoiy-siyosiy 
hamkorlik, milliy va diniy totuvlik g‗oyalarining ustuvor ahamiyati.   
Qo‗llaniladigan ta‘lim texnologiyalari:dialogik  yondashuv, muammoli ta‘lim,aqliy hujum, vizual. 
Adabiyot:A.1,Q.1.,Q.2,Q.4,Q.7,Q.8,Q.21,Q.24 
 

Download 5.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling