Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi


Download 5.27 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/27
Sana12.12.2017
Hajmi5.27 Kb.
#22107
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27
Mustaqil  O‘zbekistonimiz  huquqiy  demokratik  davlat  qurilishining  o‘ziga  xos  yo‘li,  ya’ni 
jahonda e’tirof etilgan «o‘zbek modeli» ni tanlagan. O‘tgan yillar ichida har jihatdan qo‘lga kiritgan 
yutuqlarimiz  bilan  fahrlansak  arziydi.  Ana  shu  muvaffaqiyatlarda  jamiyatimizdagi  muayyan  siyosiy, 
huquqiy,  ahloqiy,  diniy,  badiiy,  falsafiy,  ilmiy–nazariy  fikrlar  va  g‘oyalar  majmui  hisoblangan  milliy 
mafkuramiz ham muhim rol o‘ynamoqda.  
Har bir davlat, jamiyat o‗z oldiga maqsad qilib qo‗ygan vazifani amalga oshirish, barcha ijtimoiy 
sinflar,  tabaqalar,  millatlar,  turli  diniy  e‘tiqod  vakillarini  birlashtirish  uchun  ma‘lum  bir  mafkurani 
tanlaydi.  
Insonparvar,  demokratik  jamiyat  va  huquqiy  davlat  o‗z  faoliyatida  jamiyatdagi  barcha  ijtimoiy 
kuchlarning umumiy manfaatlarini ko‗zda tutib ish ko‗radi, oqibatda muxolif ijtimoiy guruhlar, siyosiy 
partiyalar  o‗zaro  kurashmaydilar.  Negaki,  ular  jamiyat  umummafkurasi  asosida  ish  yuritadilar  va 
demokratiya  va  insonparvarlik  qoidalariga  rioya  qilib,  har  bir  masalani  o‗zaro  bahs-munozara, 
fikrlashuv  asosida  hal  etadilar.  CHunki,  har  qanday  davlat  va  jamiyatda  demokratik  tartib-qoidalar 
buzilsa,  huquqiy  normalar  paymol  etilsa,  u  albatta  inqirozga  yuz  tutishini  tarix  isbotlagan.  Jumladan, 
fashistlar Germaniyasi, Italiya, Sobiq SSSR, Afg‗oniston, Iroq bunga yorqin misoldir.  
Demokratik  huquqiy  davlat  qurilishida  mafkuraning  ahamiyati  kattadir.  Prezidentimiz 
I.Karimovning  asarlarida  asoslab  berilgan  nuqtai  nazar  va  g‗oyalar  milliy  mafkuraning  asosi  sifatida 
e‘tirof  etilmoqda.  YA‘ni,  bu  mafkura  xalqimizning  tarixini,  axloqini,  turmush  tarzini,  qadriyatlarini, 
falsafasini, badiiy didini, diniy ta‘limotlarini o‗ziga chuqur singdirgan.  
Fuqarolik jamiyatini  barpo etish  millay mafkuraning asosiy maqsadi bo‗lib, Vatan ravnaqi,  yurt 
tinchligi,  xalq  farovonligi,  komil  inson  tarbiyasi,  diniy  bag‗rikenglik,  millatlararo  totuvlik  g‗oyalarini 
insonlar ongiga singdirish bilangina demokratik huquqiy davlat poydevorini mustahkam qurish mumkin.  

Har bir insonning jamiyatdagi o‗z o‗rni, huquq va burchini hamda kelajakni aniq tasavvur etishi 
katta ahamiyatga ega.  
Fuqarolik  jamiyatida  shaxsning  barcha  huquqlari  qonun  yo‗li  bilan  kafolatlanadi  va  uning 
manfaatlari imkon qadar ro‗yobga chiqariladi.  
Inson  huquqlari  ustuvorligi  jamiyat  a‘zolarining  tom  ma‘nodagi  tengligini  anglatadi.  Huquqiy 
madaniyat  insondagi  fuqarolik  jamiyati  a‘zosiga  xos  bo‗lgan  dunyoqarashning  zaruriy  poydevori 
hisoblanadi.  Sobiq  shurolar  davri  Konstitutsiyalarining  barchasi  jamiyatning  bir  qismini  boshqa  bir 
qismiga qarama-qarshi qo‗yishga, davlatning sinfiyligi tushunchasiga asoslangan edi. Mamalakat ishchi 
va  dehqonlar  davlati  deb  e‘lon  qilinib,  xususiy  mulk  bekor  qilingan,  tadbirkorlik,  tashabbuskorlikka 
chek  qo‗yilgan  edi.  Sotsializm  davrida  barcha  sohalarda  mafkuraviy  aqidabozlik  avjga  chiqdi,  jamiyat 
hayotida  «ishchilar  sinfining  dunyoqarashi»  hamma narsadan  baland  qo‗yildi. Ilmiy,  badiiy,  ma‘naviy, 
falsafiy hayot erkinlikdan mahrum etildi. SHu sababli sho‗ro tuzumi tanazzulga yuz tutdi.  
Demokratiya tamoyillari tizimida mafkuraviy plyuralizm turli fikrlarning o‗zaro hamohangligini 
e‘tiborga oladi. G‗oyaviy-mafkuraviy plyuralizm jamiyat demokratiyalashuvining yorqin ko‗zgusidir.  
O‗zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasida  jamiyat  hayotining,  xususan  mafkuraviy 
jarayonlarning  ham  huquqiy  me‘yorlari  aniq  belgilab  qo‗yilgan.  Konstitutsiyaning  12  moddasida: 
«O‗zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma – xilligi 
asosida  rivojlanadi.  Hech  qaysi  mafkura  davlat  mafkurasi  sifatida  o‗rnatilishi  mumkin  emas» 
deyilgan».
1
  
Albatta, davlat - jamiyat siyosiy tizimining o‗zagi, mamlakat barqarorligi va izchil taraqqiyoti 
uchun  mas‘ul bo‗lgan  siyosiy  institutdir.  SHu  ma‘noda, u jamiyatning  o‗z  milliy  `g‗oyalari atrofida 
mustahkam jipslashuvi, fikrlar rang–barangligi va qarashlar xilma xilligi asosida hayotda mafkuraviy 
jarayonlarning muvofiqlashuvidan manfaatdor.  
Bosh  islohatchi  sifatida  davlat  ijtimoiy–siyosiy  barqarorlik,  milliy  xavfsizlik,  kelajak  hayot 
manfaatlaridan kelib chiqib jamiyatda milliy g‗oyaini keng yoyish borasida faoliyat olib boradi.  
Fikrlar  rang–barangligini  qaror  toptirish  –  demokratik  jamiyat  barpo  etishning  asosiy  shartidir. 
Demokratiya davlat va jamiyat qurilishi, uni idora etishning eng maqbul shakli sifatida har bir fuqaroga 
o‗z  qarashlarini,  fikrini  erkin  ifoda  etish  uchun  sharoit  yaratadi.  Bu  esa  insonning  mamlakat  siyosiy, 
ijtimoiy,  madaniy,  iqtisodiy  hayotidagi  ishtirokini,  qonunlarni  ishlab  chiqish  va  ularni  hayotga  joriy 
etishdagi faolligini ta‘minlaydi. Milliy g‗oyaning ushbu tamoyili olamdagi turli tumanlik bilan insoniyat 
dunyosidagi  xilma  xillikning,  odamlar  fikrlashi,  orzu–umidlari,  g‗oya  va  maqsadlari  sohasidagi  rang–
baranglikning uyg‗unligini ifodalaydi. Fikrlar rang–barangligi milliy mafkuraga jon bag‗ishlaydi, uning 
takomillashishiga yordam beradi. Ana shu asosda bu mafkura xilma–xil fikrlar bilan boyib boradi, turli 
g‗oyalarni o‗ziga doimiy singdirish imkoniga ega bo‗ladi.  
Mustaqil  O‗zbekiston  ijtimoiy  plyuralizm,  hayotni  erkinlashtirish,  mulkning  turli  shakllari  teng 
huquqligini qonuniy kafolatlash yo‗lidan bormoqda. Natijada o‗tgan yillar ichida turli ijtimoiy guruhlar, 
tabaqalar,  sinflar  maydonga  keldi.  Ularning  o‗z  iqtisodiy  va  siyosiy  manfaatlari  bir–biridan  ma‘lum 
darajada  farq  qilmoqda.  Ammo,  ular  umumiy  maqsad  –  yagona  Vatan  ravnaqi,  yurt  tinchligi,  halq 
farovonligi yo‗lida o‗zaro hamkorlik va tinch–totuvlik, kelishuvchanlik talablariga rioya qilmoqdalar.  
Jamiyat kimning qanday partiya yoki harakatga mansub bo‗lganiga qarab emas, el–yurt tinchligi, 
Vatan ravnaqi, xalq farovonligi yo‗lida amalga oshirayotgan ishlariga qarab baho beradi.  
Milliy istiqlolimizning ijtimoiy hamkorlik g‗oyasi turli partiya, harakat, dinga mansub xilma–xil 
jamiyat  a‘zolari  qarashlaridagi  tabiiy  rang-baranglikni  uyg‗unlashtiradi  va  umumiy  taraqqiyot 
manfaatlariga xizmat qiladi.  
Axolining turli qatlamlari orasidagi munosabatlar va o‗zaro hamkorlikni yaxshilash jamiyatdagi 
barqarorlikni  mustahkamlashga  zamin  yaratadi.  O‗zaro  hamkorlikning  izdan  chiqishi  ijtimoiy 
beqarorlik, siyosiy boshboshdoqlik va milliy parokandalikni keltirib chiqaradi.  
Demokratik  jamiyatning  xalqaro  miqyosda  e‘tirof  etilgan  tamoyillari  va  qoidalari  mavjud.  Bu 
tamoyillar:  fuqarolarning  o‗z  xohish–irodasini  erkin  bildirishi;  barcha  fuqarolarning  teng  huquqligi; 
davlat  va  jamiyatni  boshqarish  ishlarida  qonun  ustivorligi;  davlat  hokimiyati  organlarining  saylov 
                                                           
1
 Ўзбекистон Республикаси Конституцияси –Т.: Ўзбекистон, 1998. 3-бет 

asosida shakllantirilishi, ularning saylovchilar oldida hisob berishi kabi shakllarda namoyon bo‗ladi.  
Dunyo tajribasi  shundan  dalalat  beradiki,  muayyan mamlakat  hududida  nodavlat  tashkilotlar  va 
jamoat  birlashmalarining  tashkil etilishi va  faoliyat ko‗rsatishi  demokratik  jamiyatni  shakllantirishning 
muhim  ko‗rinishlaridan  biri  hisoblanadi.  Bu  borada  biz  tanlagan  yo‗l,  bir  tomondan,  xalqaro  huquqiy 
mezonlarga, ikkinchi tomondan esa, milliy davlatchiligimiz an‘analariga mos keladi.  
Konstitutsiyamizning  56  moddasiga  asosan,  kasaba  uyushmalari  siyosiy  partiyalar,  olimlarning 
jamiyatlari, ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar jamoat birlashmalari sifatida e‘tirof etiladi.  
Hozirgi  kunda  Adliya  vazirligi  tomonidan  davlat  ro‗yxatidan  o‗tgan  300  dan  ortiq  xalqaro  va 
Respublika  miqyosidagi  3000  ga  yaqin  mahalliy  maqomdagi  jamoat  birlashmalari  faoliyat  ko‗rsatib 
kelmoqda.  
Mamlakatimizda  faoliyat  ko‗rsatayotgan  milliy  madaniy  markazlar  xalqlar  o‗rtasidagi  do‗stlik, 
birodarlik  rishtalarini  mustahkamlashga  katta  hissa  qo‗shmoqda.  30  dan  ortiq  davlatlar  bilan  do‗stlik 
jamiyatlari tashkil etilgan bo‗lib, ular ikki mamlakat o‗rtasidagi o‗zaro hamkorlik va madaniy–ma‘rifiy 
aloqalarni mustahkamlashda katta rol o‗ynamoqda.  
Bugungi  kunda  Respublikamizda  amalga  oshirilayotgan  keng  ko‗lamli  demokratik  islohotlar 
hamda  inson  huquqlari  himoyasini  kuchaytirishga  qaratilgan  izchil  siyosat  fuqarolik  jamiyatining 
ajralmas  qismi  bo‗lgan  jamoat  tashkilotlarining  o‗rni  va  ahamiyatini  tobora  oshirmoqda.  Bu  jarayon 
«Kuchli  davlatdan  kuchli  jamiyat  sari»  degan  tamoyil  asosida  amalga  oshirilmoqda.  Ushbu  tamoyil 
mamlakatimizda demokratik o‗zgarishlarni yanada chuqurlashtirish hamda fuqarolik jamiyati asoslarini 
shakllantirishning asosiy yo‗nalishlardan biridir.  
Mamlakatimizda  amalga  oshirilayotgan  demokratik–huquqiy  islohatlarni  fuqarolar  ongiga 
singdirish milliy mafkuramiz oldida turgan muhim masalalardandir.  
Demokratiya  –  erkinlik,  erkin  fikr,  erkin  harakat  –  faoliyat  demak.  YA‘ni,  o‗zlikni  namoyon 
etish  imkoniyatining  mavjudligidir.  Har  bir  fuqaro  qobiliyati,  bilimi,  malakasini  ishga  solib,  yaxshi 
yashash uchun bemalol kurash olib bora oladi. Biroq ayni vaqtda, demokratiya – yuksak ma‘naviyatni, 
ma‘suliyatni his qilishni talab etadi. Qonun, huquq imkoniyatlar bersa, axloq burch, o‗zgalar manfaatini 
hisobga  olish  esa  mas‘uliyat  yuklaydi,  har  bir  individual  shaxs  manfaati  bilan  jamiyat  manfaati 
chambarchas  bog‗liq  ekanini  bildirib  turadi.  SHu  zaminda  raqobat  ham,  aqlu  zakovat  ham,  adolat 
o‗zaniga tushadi, kishining kishi tomonidan nohaq ezilishi, zo‗ravonlik qilishiga yo‗l qo‗yilmaydi.  
Demokratiya  -  bozor  iqtisodiyoti.  Bu  esa,  turgan  gapki,  hamma  sohalarda  shaxsiy  qobiliyatni 
charxlaydi,  raqobat  va  «kim  o‗zarga»  bardosh  berishni  talab  qiladi.  Buning  oqibatida  shaxsda 
kurashchanlik  ortadi,  kishi  toblanadi,  shu  bilan  birga,  xudbinlik  ham  rivojlanadi.  Xudbinlik 
andishasizlikni  vujudga  keltirishi  mumkin.  Biroq,  yuqorida  qayd  etganimizdek,  demokratiya  erkin  va 
ochiq muloqotlarni, qonun asosida munosabatlarni qat‘iy yo‗lga qo‗yib, oshkoralikni yuzaga keltiradi va 
adolatni tiklashga imkon yaratadi.  
Hayot  shuni  ko‗rsatadiki,  inson  avvalo  muayyan  mafkura,  dunyoqarash  tizimiga,  asrlar 
davomida  shakllangan  ma‘naviy  tajribaga  tayanib,  jamiyat  bo‗lib  yashaydi.  Odamni  shakllangan 
dunyoqarashdan ajratib bo‗lmaydi. Agar dunyoqarash to‗g‗ri yo‗lda, ezgulik asosida shakllangan bo‗lsa, 
inson  shu  yo‗lda  harakat  qilaveradi,  ilmi,  qobiliyatini  ham  shunga  sarflaydi.  Agar  buning  aksi  bo‗lsa, 
demak  noto‗g‗ri  yo‗lni  tanlaydi,  adashadi  yoki  «haq»  deb  buzg‗unchilik  qiladi.  Bunyodkor  shaxs 
ezgulik  g‗oyalari  ruhida  tarbiyalangan  erkin  shaxsdir.  SHu  bois  ham  bozor  iqtisodiyotiga  o‗tish 
jarayonida ma‘naviy–axloqiy tarbiyaning ahamiyati benihoya ortib boraveradi. Va bu axloqiy–ma‘naviy 
tarbiyaning  markazida  milliy  g‗oya  va  mafkura  turishi  lozim.  CHunki,  milliy  g‗oya  O‗zbekiston 
xalqining  yagonaligi,  yaxlitligi  va  birligini,  yagona,  bayroq  ostida  jipslashuvini,  kelajagi  buyuk  Vatan 
uchun  fidoyi  farzand  bo‗lish  tuyg‗usini  ifodalab  keladi.  SHu  bois  milliy  g‗oya  har  bir  fuqaroning  va 
butun  xalqimizning  qalbidan  joy  olgan  bo‗lishi,  uni  ruhlantirishi,  chidamli  va  shijoatli  qilib 
tarbiyalashga  xizmat  qilishi  kerak.  Milliy  g‗oya  bizning  tariximiz,  bugunimizni  va  kelajagimizni 
birlashtiradi.  Demokratiya  yuqori  darajada  rivojlangan  kishilar  jamiyati,  insoniyat  erishgan  buyuk 
ne‘mat,  ko‗pchilikning  yashash  tarzi.  Ammo,  u  barcha  mamlakatlarda  bir  xil  emas.  Har  bir  mamlakat 
demokratiyaning umumiy qadriyat va tamoyillarini o‗z milliy qadriyatlari zaminida, o‗z xalqining uzoq 
tarixi  davomida  shakllangan  an‘analari  bilan  qo‗shib  qabul  qilganini  bilamiz.  Masalan,  AQSH  yoki 
Angliya,  Fransiya  (boshqa  Evropa  mamlakatlari  ham)  demokratik  davlatlar  bo‗lsalar-da,  lekin  har  biri 
o‗z milliy ruhi, an‘analarini ham saqlagan. SHu kabi YAponiya, Koreya, Malayziya kabi mamlakatlarda 

ham  demokratik  tuzum  milliy  va  diniy  –  e‘tiqodiy  udumlar  negizida  amal  qilmoqda.  SHubhasiz, 
O‗zbekistonda ham biz ana shunday bo‗lishi uchun intilmoqdamiz. YUrtboshimizning barcha asarlarida 
bunga  alohida  e‘tibor  qilinib,  milliy  qadriyatlarni  tiklash,  milliy  axloq-odobni  mustahkamlash  uchun 
jiddu jahd  qilinayotir.  Xalq  o‗zligini  yo‗qotmasligi kerak. Bu esa  haqiqiy  vatanparvarlik zaminida,  har 
bir fuqaroning yuksak ongliligi asosida qo‗lga kiradi.  
Bugungi  sharqona  demokratiyada  qadr,  oqibat  andesha,  kattalarga  hurmat,  ona  zaminni 
ardoqlash  borasida  o‗ziga  xoslik  yaqqol  namoyon  bo‗ldi.  Bular  esa  milliy  g‗oyaning  amal  qilishida 
nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi.  
Prezidentimiz  ta‘kidlaganidek,  «Biz  yangi  hayot,  yangi  jamiyat  barpo  etish  yo‗lidagi 
islohotlarimizni,  o‗zgartirishlarini  kimlargadir  yaxshi  ko‗rinish,  kimlardandir  sadaqa  undirish  uchun 
emas, balki bu ishlarni avvalo xalqimiz manfaatlariga to‗la javob bergani uchun amalga oshirmoqdamiz 
va kelajakda ham bunday kurash va intilishlardan qaytmaymiz!»
1

Prezidentimizning  bu  konseptual  g‗oyasi,  milliy  istiqlolimizni  mustahkamlash,  mamlakatimizni 
rivojlantirishning,  uning  jahonning  rivojlangan  mamlakatlari  darajasiga  ko‗tarilishining  nazariy  va 
amaliy  asosi  bo‗lib  qoladi  va  xalqimizning  yaratuvchilikdagi  faoliyatining  oshishiga  o‗zining  ta‘sirini 
o‗tkazib boraveradi.  
«O‗zbekiston  -  yagona  Vatan»  tushunchasining  g‗oyaviy  mafkuraviy  mazmuni  hamda  Vatan, 
vatanparvarlik  haqida  fikr  bildirishdan  avval  Vatan  tushunchasiga  izoh  berish  maqsadida  muvofiq. 
Vatan  aslida  arabcha  so‗z  bo‗lib,  ona  yurt  ma‘nosini  anlatadi.  SHu  ma‘noda  olib  qaraydigan  bo‗lsak, 
O‗zbekiston  o‗zbek  xalqining  vatani,  sajdagoh  kabi  muqaddas  makonidir.  Vatan  –  bu  inson  va  uning 
avlod-ajdodlari kindik qoni  to‗kilgan  muqaddas dargohdir.  Vatan  - bu ajdodlar  maskani,  el-  yurt,  xalq 
voyaga  etgan,  uning  tili,  tarixi,  madaniyati,  urf–odatlari,  qadriyatlari  chinakamiga  shakllanib,  o‗sib, 
kamol topib boradigan zamindir.  
Vatan deganda,  hamisha o‗zimiz tug‗ilib o‗sgan, ko‗z ochib ko‗rgan, ta‘lim tarbiya olib  voyaga 
etgan,  necha–necha  avlodu  ajdodlarimiz  yashab  o‗tgan,  ularning  aql-idroki,  mehnati  sarf  qilingan  yurt 
ko‗z oldimizga keladi.  
Vatan  ona  kabi  aziz  va  mukarramdir.  Vatan  insonga  baxt–iqbol  beradigan  zamindir.  Abdulla 
Avloniy  aytganidek:  «Har  bir  kishining  tug‗ilib  o‗sgan  shahar  va  mamlakatini  shul  kishining  vatani 
deyilur.  Har  kim  tug‗ilgan,  o‗sgan  joyini  jonidan  ortiq  suyar...  Biz  turkistonliklar  o‗z  vatanimizni 
jonimizdan  ortiq  suyganimiz  kabi,  arablar  arabistonlarini,  qumlik  issiq  cho‗llarini,  eskimuslar  shimol 
taraflar, eng  sovuq qor va muzlik erlarni boshqa erlardan  ziyoda  suyarlar.  Agar suymasalar  edi, havosi 
yaxshi turonlik oson erlarga o‗z vatanlarini tashlab hijrat qilurlar edi». 
Vatan  –  bu  xalqning  o‗tmishi,  buni  va  kelajagidir.  Vatan  muqaddas  qadriyat.  Taraqqiyot 
vatandan  boshlanadi.  U  insonning  kindik  qoni  to‗kilgan  joy,  insonni  ijtimoiy  etimlikdan  asrovchi 
manzil, ma‘naviy kamolat va fuqarolik maydoni, hayot maktabi, farovonlik va baxt–saodat o‗chog‗idir.  
Prezidentimiz I.Karimov keltirgan iboradagidek, «Vatan – sajdagoh kabi muqaddasdir». Vatanni 
eng oliy ne‘mat singari boshimiz uzra baland ko‗tarib, har on va har soniyada uning tuprog‗ini ko‗zlarga 
surtib, unga ta‘zim bajo aylashimiz farzandlik burchimizdir.  
Muqaddas  hadisi  shariflarda  «Vatanni  sevmoq  iymondandir»,  deyilgan.  YA‘ni,  iymoni  but, 
vijdoni  pok har  bir inson  vatanni  sevadi, uni g‗animlar ko‗zidan asraydi, uning  yashnashi va  yashashi, 
hurligi uchun kurashadi. Har  bir barkamol inson vatan kamolati  va istiqboli,  el –  yurtning  ozodligi  va 
mustaqilligi uchun  hamma  narsani,  hatto  shirin jonini ham ayamaydi.  Bu haqda  mavlono Fuzuliyning, 
mening bitta hayotim bor, bordiyu mingta hayotga ega bo‗lgan taqdirimda ham hammasini vatan uchun 
sarflagan bo‗lur edim, deb aytgan so‗zlari har birimiz uchun bebaho o‗gitdir.  
Sog‗lom, aqlli  va  yuragida  o‗ti bor  har  bir  fuqaro, hech  shubhasiz, Ona–Vatanni jon dilidan 
sevadi.  Vatanga  muhabbat  ko‗r–ko‗rona  bo‗lishi  mumkin  emas,  buning  uchun  o‗zlikni  anglash, 
demakki,  o‗zi  mansub  bo‗lgan  xalqning kechmishini, kindik qoni  tomgan  tuproqning tarixini  bilish, 
dilda  iftixor  tuyish,  shu  zamin,  shu  xalq,  shu  Vatan  bilan  o‗z  qismatini  bus–butun  deb  his  qilish 
                                                           
1
 «Халқ сўзи», 2002 йил, 5 апрель.  

lozim. O‗zbek  xalqi barcha  xalqlar singari asrlar mobaynida saqlanib kelgan milliy urf odati, rasm–
rusumi,  marosimi  va  an‘analari,  yurish  turishi,  g‗ururi,  bir  so‗z  bilan  aytganda,  madaniy–ma‘naviy 
dunyosiga ega.  
Ko‗hna  va  navqiron  o‗zbek  davlati  Buyuk  ipak  yo‗li,  ya‘ni  savdo  sotiq,  madaniyat,  turli  dinlar 
kesishgan  muqaddas  zaminda  joylashgan.  Mashhur  karvonsaroylarda  doimo  turli  millat  vakillarining 
turli tillardagi suhbatini eshitish mumkin bo‗lgan. Tarixan bizning o‗lkada yashagan aholi turli dinlarga 
e‘tiqod  qilgan.  Ammo ularning o‗zor tinch–totuv  va osayishta tumush kechirishining  eng  muhim  omili 
shu  yashayotgan  ona  tuproqqa  hurmat,  sadoqat,  muhabbat  bo‗lgan.  Vatanparvarlik  tuyg‗usi  barcha–
barchani yagona Vatanda birlashtirgan.  
Biz  chindan  ham  yagona  Vatanimiz  O‗zbekiston  bilan  faxrlansak  arziydi.  Buning  negizida 
insonparvarlik,  xalqparvarlik, oilaning  baxt–saodati,  Vatanga muhabbat, barcha  fuqarolarning  erkinligi 
va tengligi, ijtimoiy adolat kabi umumbashariy tushunchalar yotmog‗i kerak.  
Vatanimizning ko‗p millatli xalqi ongida «O‗zbekiston yagona Vatan» degan ulug‗ tushunchani 
qaror  toptirish  milliy  mafkuraning  muhim  vazifalaridan  biridir.  Bunda  «YAgona  Vatan»  g‗oyasi 
o‗zining  tub  mohiyati  bilan  milliy  mustaqilligimizga  putur  etkazadigan  millatchilik,  shovinistik 
g‗oyalarni,  mahalliychilik,  oshna  og‗aynichilik  illatlarini  tag–tomiri  bilan  yo‗qotishda,  O‗zbekistonda 
istiqomat  qilayotgan  turli  xalq  va  millat  vakillarida  yagona  Vatan  farzandi  ekanligi  bilan  faxrlanish 
tuyg‗usini tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.  
«YAgona Vatan» ruhidan ilhomlangan, el–yurt tinchligi va mustaqilligi uchun kurashgan Vatan 
fidoyilari Tumaris, SHiroq, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik Amir Temur singari ulug‗ sarkarda va 
xalq qahramonlarining jasorati  bugungi kunda  ham  vatandoshlarimizda  faxr va  g‗ururlanish  tuyg‗usini 
kuchaytiradi.  Mustabid  tuzum  qatag‗onlarining  qurboni  bo‗lgan,  «YAgona  –  Vatan»  g‗oyasi  ruhidan 
quvvat  olgan  CHo‗lpon,  Fitrat,  Usmon  Nosir,  Abdulla  Qodiriy  va  boshqalarning  jasorati,  vatanimiz 
mustaqilligi, ozodligi yo‗lidagi fidoyiligining yorqin namunasidir.  
Vatan  taqdiri  uchun  mas‘ullik  «YAgona  –  Vatan»  tuyg‗usini  shakllantiradi.  CHunki,  shaxsiy 
g‗oya va manfaatlar shaxs faolligini kuchaytiruvchi omil bo‗lsa, vatanparvarlik g‗oyasi o‗zida butun bir 
xalqning  hayotiy  manfaat  va  intilishlarini,  orzu  –  umidlarini  aks  ettiradi.  YAgona  –  Vatan  hissi 
odamning  qalbida  tabiiy  ravishda  tug‗iladi.  YA‘ni,  inson  o‗zligini  anglagani  sari  yuragida  Vatanga 
muhabbat  tuyg‗usi  ildiz  otib  yuksala  boradi.  «Bu  ildiz  qancha  chuqur  bo‗lsa,  tug‗ilib  o‗sgan  yurtiga 
muhabbat ham shu qadar cheksiz bo‗ladi»,
1
 - deb yozgan edi. Prezidentimiz I.A.Karimov.  
YAgona  Vatan  g‗oyasi,  bir  tomondan,  O‗zbekiston  zaminida  kelajagi  buyuk,  ozod  va  obod 
Vatan,  erkin  va  farovon  jamiyat  barpo  etish  uchun  xalqimiz  kuch-quvvatini  jipslashtirishni,  xalq 
irodasini  bunyodkorlik  ishlariga  safarbar  etishni,  ikkinchi  tomondan  esa  milliy  mustaqilligimizga  xavf 
solayotgan mafkuraviy taxdidlarga zarba bera oladigan vatanparvar avlod tarbiyalashni ko‗zda tutadi.  
O‗z Vataniga, tavallud topgan zaminga yuksak hurmatda bo‗lgan ulug‗ ajdodlarimiz o‗z ismlari 
oxiriga tug‗ilib  o‗sgan joy nomini unutmaslik uchun qo‗shib aytganlar:  Xorazmiy, Buxoriy, Farg‗oniy, 
Termiziy, Marg‗inoniy, Farobiy, Qoshg‗oriy, Beruniy YUgnakiy va boshqalar. Bu kindik qoni to‗kilgan 
erga,  Turkistonga,  O‗zbekistonga,  o‗z  Ona  –  Vataniga  bo‗lgan  azaliy  sadoqat  timsoli  emasmi?  Buyuk 
ajdodlarimiz  shu  yo‗l  bilan  o‗z  Vatanini,  yurtini,  madaniyatini,  fanini,  san‘atini  butun  jahonga  targ‗ib 
qilganlar. Bu noyob vatanparvarlik namunasidan kelib chiqib, har bir O‗zbekiston fuqarosi o‗z tug‗ilgan 
joyini gullatib yashnatishi, YAgona Vatani bo‗lmish O‗zbekistonning buyuk kelajagi uchun fidokorona 
mehnat  qilishi  va  Vatan  ravnaqiga  o‗zining  xissasini  qo‗shish  lozim.  Biz  milliy  mustaqillik  tufayli 
«O‗zbekiston  –  yagona  Vatan»  g‗oyasi  ruhida  tarbiyalanib,  o‗qib,  mehnat  qilish  imkoniyatiga  ega 
bo‗ldik.  
Ma‘lumki,  Vatanning  ravnaqi,  avvalo,  uning  farzandlari  kamoliga  bog‗liq.  Bu  esa  har  bir 
yurdoshimizni  o‗zining  ma‘naviy  kamolati  uchun  yuksak  ma‘suliyatini  his  etishga,  o‗z  manfaatlarini 
shu yurt, xalq manfaatlari bilan uyg‗unlashtirib yashashga da‘vat etadi.  
Milliy g‗oya esa hech qachon Vatandan tashqarida ildiz otmaydi va rivojlanmaydi. SHu sababli 
Vatanning  ravnaqiga  xizmat  qilmaydigan  g‗oya  hech  qachon  milliy  g‗oya  bo‗lolmaydi.  U  Vatan 
                                                           
1
 Каримов И. Донишманд халқимнинг мустаҳкам иродасига ишонаман. «Фидокор», 2000 йил 8 июн.  
 

ravnaqini belgilab beradigan tamoyillarni o‗zida aks ettirsagina kuch-qudrat manbaiga aylanadi.  
 Zahmatkash o‗zbek xalqi XIX asrning ikkinchi yarimidan boshlab o‗z milliy mustaqilligi uchun 
mustamlakachilik  tuzumiga  qarshi kurash  olib  bordi. 1898-1916 yillardagi xalq  qo‗zg‗olonlari, tarixda 
«bosmachilik»  deb  atalgan  milliy  ozodlik  harakatining  sog‗lom  kuchlari,  ma‘rifatparvar  jadidlar,  yosh 
xivaliklar  va  yosh  buxoroliklar,  Qo‗qon  muxtoriyati  tashkilotchilari  olib  borgan  harakatlari 
O‗zbekistonning mustaqilligi uchun olib borilgan kurashlar edi.  
SHo‗rolar davrida «millatchi», «aksilinqilobchi» deb atalgan ziyolilar olib borgan harakatlar ham 
milliy ozodlikni qo‗lga kiritishga urinish, adolat va haqiqatga erishish yo‗lida olib borilgan kurash desak 
to‗g‗ri  bo‗ladi. Bu kurashlarda  xalqimiz ko‗p jafo  chekdi,  minglab vatandoshlarimiz jaholat qurbonlari 
bo‗ldi.  
Bu  davrda  milliy  manfaat  vatanga,  ona  zaminga  mehr–muhabbat  degan  his  –  tuyg‗ular  asta  – 
sekin so‗ndirila boshlagan edi. «Vatan» tushunchasi esa mavhum bir umumiy holga kelib qolgandi.  
Hamma  narsa  –  «Umumsovet»  manfaatiga  qaratilgandi.  Har  bir  millat,  xalq  ming  yillardan 
buyon yashab kelayotgan o‗z vatani uchun qayg‗urishga haqli emasdi. Oxir oqibat shunga etdiki, sobiq 
Ittifoq davrida  bu  mamlakatda  yashayotgan  xalqlar,  shu jumladan  o‗zbeklar ham  o‗z  vatanida bevatan 
bo‗lib yashashga majbur bo‗ldilar.  
Mustaqillik tufayli biz o‗zimizning haqiqiy vatanimizni topdik. Bu mustaqillikning bizga bergan 
oliy ne‘matidir. Vatani mustaqil xalqning o‗zi ham mustaqil bo‗ladi. YUrti ozod va erkin odamning erki 
o‗z qo‗lida bo‗ladi.  
1989-91  yillarda  Islom  Karimov  boshchiligida  o‗zbek  xalqining  qadr-qimmatini,  or–nomusini, 
sharafini himoya qilish, mamlakatimiz boyliklari talon–taroj qilinishiga yo‗l qo‗ymaslik uchun qilingan 
harakatlar  va  ko‗rilgan  choralar  ham  mustaqillik  yo‗lidagi  olib  borilgan  kurashning  yorqin 
namunalaridir.  Mustaqillik  mafkurasi  etuk  milliy  ong,  milliy  birdamlik  tuyg‗usi  zaminida  shakllangan 
vatanparvarlikni  ham  o‗z  ichiga  oladi.  Vatanparvarlik  g‗oyasi  nima?  Vatanparvarlik  g‗oyasi  -  ona 
zaminga bo‗lgan muhabbat, uni sevish e‘zozlash, Vatan ravnaqi haqidagi g‗amxo‗rlikdir. Vatanparvarlik 
g‗oyasi – bu jamiyat ahli ruhiyatining ko‗rsatkichi, xohish irodasining namoyon bo‗lishidir.  
Vatanparvarlik g‗oyasi – milliy manfaatlarni, millat taqdiri va istiqlolni chuqur o‗ylash, anglash 
va qadriga etish bilan bog‗liq bo‗lgan ma‘naviyatdir. Insonning g‗oyaviy siyosiy etukligi, barkamolligi, 
shaxsning  ma‘naviy,  axloqiy  kamoloti,  o‗z  Vataniga  bo‗lgan  muhabbati,  hurmati,  sadoqati  bilan 
belgilanadi.  Vatan  degan  buyuk  shaxsiy e‘tiqodni qalbda to‗la–to‗kis jo  qilmagan insonda iymon ham, 
diyonat ham bo‗lmaydi.  
Inson uchun Vatan aziz va mu‘tabar. Vatandan muqaddasroq va qutlug‗roq tuyg‗uning o‗zi yo‗q 
va  bo‗lmaydi.  Vatan  bizning  tomirimiz,  o‗q  ildizimiz,  tayanch  nuqtamiz,  hayotimiz  mabaidir.  Vatan 
bizning uzoq o‗tmishimiz va baxtli kelajagimizdir.  
Vatan qiyosi yo‗q bebaho boylikdir. Vatan muqaddas qadriyat. Taraqqiyot vatandan boshlanadi. 
Vatan  insonni  voyaga  etkazadigan  ta‘lim  tarbiya  beradigan  muqaddas  zamin,  fuqarolar  maydoni  va 
hayot  manbaidir.  Vatan insonlarni ijtimoiy larzalardan asrovchi,  ona kabi  o‗z bag‗riga  bosuvchi  diyor. 
SHuning uchun ham har bir inson o‗z dard alamini, orzu umidlarini Vatan bilan bog‗lab kelgan.  
Inson  uchun  Vatan  yagonadir  -  Vatan  bittadir.  O‗zbekistonlik  shoirlarimiz  Hamid  Olimjon, 
G‗ofur G‗ulom, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov va boshqalar asarlarida O‗zbekiston deb atalmish diyor 
faxr  va  g‗urur  bilan  olamga  tarannum  etilishida  chuqur  ma‘no  bor.  Vatanning  yaxshi  yomoni,  boy 
kambag‗ali  bo‗lmaydi.  Vatan  tanlanmaydi.  Vatan  bizning  molimiz  emas,  shuning  uchun  ham  u  pulga 
sotilmaydi.  qarzga  berilmaydi  va  garovga  qo‗yilmaydi.  Vatan  har  bir  fuqaro  uchun  muqaddas  va 
betakrordir.  
Hadisu  shariflarda  Vatanni  sevish,  iymondandir,  deb  bejiz  aytilmagan.  Vatani  sevish,  ona 
diyorning  qadriga  etish,  uning  kamoloti,  gullab  yashnashi,  tinchligi  uchun  qayg‗urish  zarurligini 
yoshlarimiz ongiga singdirishda chuqur ma‘no bor. CHunki, har qaysi insonning Vatani, ota – bobolari 
o‗tgan muqaddas zamin bo‗lib, u bilan faxirlanib yashagan.  
Tarix  vatanparvarlik  g‗oyasini  shakllantirishdagi  eng  buyuk  qurollardan  biri.  O‗tmishda  Ona  – 
Vatan himoyasi, yurt tinchligi uchun jonini fido qilishga tayyor turgan buyuk ajdodlarimiz Amir Temur, 
Spitamen, Jaloliddin Manguberdi. Temur Malik kabi vatan fidoyilari bilan faxrlanamiz. Vatanparvarlik 
g‗oyasi,  Vatan  va  uning  ravnaqi  tushunchalarida  istiqlol  yillarida  alohida  ahamiyat  kasb  eta  boshladi. 
Qizil  imperiya  davridagi  hukmron  kommunistik  mafkura  butun  qurolini  kishilar  ongidagi  Vatan 

tushunchasini  buzib,  soxta  mavhum  sovetlar  vatani  g‗oyasini  xalq  ommasi  ongiga  singdirishga 
sarflagan. Men O‗zbekistonlikman, mening Vatanim O‗zbekiston deyish millatchilik sifatida baholanib, 
minglab vatandoshlarimizning yostig‗ini quritib qatag‗on domiga tortib ketganligiga tarix guvoh.  
Bugun u qora kunlar o‗tmishga aylandi. Endi biz O‗zbekiston mustaqil bo‗lgan, uni jahon tanib, 
tan  olgan  davrda  yashamoqdamiz.  Bu  mustaqillikni  asrash,  avaylash  ham  vatanparvarlikning 
namunasiga aylandi.  
Vatan  tushunchasi  mustaqillik  sharoitida  alohida  ahamiyat  kasb  etadi.  Ma‘lumki,  istibdod 
yillarida hukmron mafkura kishilarimizning ongida Vatan tushunchasini buzib, uning o‗rniga mavhum, 
keng  va  umumiy  Vatan  tushunchasini  singdirmoqchi  bo‗ldi,  ya‘ni,  masalan,  o‗zbek  uchun  go‗yo 
Kareliya ham YOqutiston ham, O‗zbekiston bilan bir qatorda barobar Vatan edi. «O‗zbekiston Vatanim 
manim»  yoki  «o‗zbegim»  deyish  millatchilik,  milliy  cheklanganlik,  deb  baholanar  edi  va  bunday 
so‗zlarning  muallifi  ta‘qib  qilinardi.  Holbuki,  Vatan  –  muayyan,  aniq  tushuncha.  Vatan  tushunchasi 
xalqimizning talaygina qismida etarli darajada aniq emasligining birinchi sababi – o‗tmishdagi hukmron 
mafkura  ta‘siri  bo‗lsa,  ikkinchi  sababi  –  Temuriylar  zamonidan  so‗ng,  to  XX  asrning  birinchi 
choragigacha O‗zbekiston degan yagona jug‗rofiy va siyosiy tushunchaning amalda yo‗qligi, boz ustiga 
xonliklar, amirlik aminliklarga bo‗linib yotgan hududlarning chorizmning mustamlakasiga aylanishi edi. 
Mustaqillik  ana  shu  ikki  salbiy  omilni  bekor  qilib,  xalqimizda  haqiqiy  Vatan  hissini,  tushunchasini 
mustahkamlamoqda.  Bugungi  kundagi  dolzarb  vazifalardan  biri  har  bir  fuqaromizda  Vatanning  shani-
shavkati, nomi, mavqei bilan g‗ururlanish xislatlarini yoshlarimiz ongiga singdirishdir.  
Vatanparvarlik  –  shu  yurtda  istiqomat  qilayotgan  barcha  millat  fuqarolari  bilan  ahil,  do‗st–
birodar  bo‗lib  yashashdan,  yagona  vatan  manfaati,  xalq  tinchligi  va  osayishtaligi  uchun  kurashishdan 
iborat.  Mustaqillik  tufayli  qo‗lga  kiritilgan  jahonshumul  yutuqlarimizni  qadriga  etish  va  asrash,  milliy 
madhiya,  gerbimiz  va  bayrog‗imizni  sevish,  jasoratiga  hurmat  bilan  qarash  chinakkam 
vatanparvarlikdir.  Kishilarimiz  turli  xalqlar  bilan  bir  oilaga  birlashb,  elim  deb,  yurtim  deb  yashasa 
Vatanimizning  kelajagi  porloq  va  buyuk  bo‗ladi.  Har  birimizning  dilimizdagi  vatanparvarlik  tuyg‗usi 
alanga olib tursagina, shu Vatan fuqorosiman deya faxrlanishiga haqlimiz.  
Vatanparvarlik  tuyg‗usi  faylasuflar,  shoir  va  yozuvchilar  asarlarida  ming  bor  madh  etilgan. 
Vatani sevmoq vatanparvar bo‗lish demakdir. Vatan ma‘naviyat, fan, adabiyot va san‘at o‗chog‗i, har 
bir kishining tug‗ilib o‗sgan yurtiga munosabati, u kishining qalbi,  muhabbat tuyg‗usi, chunki inson 
Vatanda  kamol  topadi,  farovonlik  va  baxt-  saodatga  erishadi.  Inson  uchun  Vatandan  yuksakroq 
boylik yo‗q. Vatan borki, el bor. Elsiz Vatan biyobon, Vatansiz el – darbadar.  
Prezidentimiz I.A.Karimov: «Vatanning har bir asl farzandi o‗zini ota yurtining ajralmas bo‗lagi 
deb his etayapti va bundan farlanayapti. Istiqlol bergan eng katta boyliklardan birinchisi ana shu desak, 
aslo  yanglishmagan  bo‗lamiz»,  -  deb  xalqimizning  necha  asrlardan  buyon  yagona  orzusi  ona  –  Vatan 
sog‗inchi bilan yashaganini juda to‗g‗ri ta‘kidladi.  
Vatanparvarlik  aniq  muhitda,  zaminda  va  mavjud  ma‘naviy–ahloqiy  qadriyatlar  asosida 
shakllanadi.  SHaxs vatanparvarlik  tuyg‗usini yaratmaydi,  balki, uni  tayyor holda qabul  qiladi.  CHunki 
vatanparvarlik uzoq tarixiy rivojlanish jarayonida shakllanadigan ijtimoiy tuyg‗udir.  
Vatanparvarlik  kishilarning  ijtimoiy  va  ma‘naviy  axloqiy  xislatlarining,  fazilatlarining  yuksak 
darajada  namoyon  bo‗lishi  hisoblanadi.  Zero,  ular  negizida  ota–bobolardan  meros  qolgan  zaminni 
sevish,  urf–odatlarni,  qadriyatlarni  saqlash,  el-yurt  ravnaqi  uchun  chin  dildan  mehnat  qilib,  Vatan 
dushmanlaridan himoya qilish, har qanday qaramlikdan ozod etish, hatto zarur bo‗lsa, uning ozodligi va 
mustaqilligi  uchun  jonini  ham  ayamaslik  kabilar  yotadi.  Vatanparvarlik  el-yurt  manfaatlariga  xizmat 
qilish, el-yurt manfaatlarini shaxsiy manfaatlardan ustun qo‗yish demakdir.  
Fidoyilik  vatanparvarlikning  bosh  belgisi  hisoblanadi.  O‗zbekiston  Respublikasining  mustaqil 
davlat  sifatida  mustahkamlanishi, uning iqtisodiy,  ma‘naviy–madaniy taraqqiyoti,  fuqarolarning tezroq 
farovon  hayotga  erishishi  uchun  tinmay  mehnat  qilishi  va  izlanishini  fidoyilik  deyishimiz  mumkin. 
Fidoyilik  Vatanga  bo‗lgan  sadoqatdan,  muhabbatdan  boshlanadi.  Istagan  sohada  vatanparvarlik 
tuyg‗usini  namoyon  qilish  mumkin.  Tabiatni  muhofaza  qilish,  ota–bobolarimiz  qoldirgan  madaniy 
meroslarni to‗plash, o‗rganish, avaylab saqlash va targ‗ib qilish kabilar ham vatanparvarlik hisoblanadi.  
Vatanini  sevmoq  bizga  sunnatdir.  Vatanini  sevgan,  Vatan  nima  ekanini  yurakdan  his  etgan, 
Vatanidan  ayru  tushganida  uni  sog‗inib  qolgan,  unga  hamisha  talpingan  har  bir  vijdonli  odam  yurt 

qayg‗usi bilan yashaydi, uning yarasiga malham, dardiga darmon bo‗lishga intiladi.  
Ajdodlarimiz  orasida  biror  yirik  siymo  yo‗qki,  yurti  uchun  qayg‗urmagan,  yurt  tashvishi  bilan 
nafas  olmagan  bo‗lsin,  betavfiq  zolimlarning  yo‗lini  to‗smagan  doim  elim  deb,  yurtim  deb  yonib 
yashamagan bo‗lsin. Ular fidoyi, vatanparvar, fikri tiniq, mulohazali odamlardir. Jaloliddin Manguberdi 
yurtining asoratga tushayotganidan qayg‗urib, jangga otlanadi. SHarq tomonidan tug‗ilajak xavfni oldini 
olish maqsadida etmish yoshga borganiga qaramay sohibqiron Amir Temur qahraton qishda olis safarga 
otlanadi.  Alisher  Navoiy  yurti  uchun  g‗am  chekib,  agar  mamlakat  parokanda  bo‗lsa,  el  tinchligi 
yo‗qolib, azobda qolishini o‗ylab, qarigan chog‗ilarida ham podshoh Husayn Boyqaro bilan shahzodalar 
o‗rtasidagi  nizolarni  bartaraf  qilish  yo‗lida  viloyatma–viloyat  kezadi.  Abdulla  Avloniy  Turkistonning 
kelajagiga  qayg‗urib,  najot–ma‘rifatda,  degan  shiori  bilan  maydonga  chiqadi,  yoshlar  ilmli  bo‗lsalar, 
yurtni  ozodlikka  olib  chiqadilar,  deb  «Turkiy  Guliston»ini  yaratadi.  Abdulhamid  CHo‗lpon  esa  yurti 
bolshovoylar  oyog‗i  ostida  toptalayotganidan  faryod  chekib,  aziz  jonini  qilich  tig‗iga  qo‗yib,  xalqni 
uyg‗onishga da‘vat qilib, «Buzilgan o‗lkaga» degan she‘rini bitadi.  
Vatanparvarlik  -  bu  vatan  oldidagi  ma‘suliyat,  millat  bilan  yashashdir.  Vatanparvarlik  bu, 
fidoyilik, halollik bilan mehnat qilish, insonparvar bo‗lish, ya‘ni O‗zbekistoning buyuk davlat bo‗lishiga 
hissa qo‗shish demakdir. Vatanparvarlik shaxsni yuksak axloqiy fazilatlar ruhida shakllantirishning eng 
muhim  tarkibiy  qismi  hisoblanadi.  Hozirgi  kunda  yangicha  tafakkurga  bo‗lgan  ehtiyoj  shunday  bir 
qa‘tiy e‘tiqodga tayanadiki, bunda o‗z Vatani tarixidan faxrlanish, uni o‗rganish bilan g‗oyaviy–siyosiy 
jihatdan etuk insonni tarbiyalash mumkin. SHuning uchun har bir kishida Vatan tuyg‗usini rivojlantirish 
zarur,  bunda  har  bir  kishi  insonparvarlikka  asoslangan  demokratik,  huquqiy  davlat  barpo  etishga, 
jamiyatimizni  insonparvarlashtirishga o‗z  hissasini qo‗shishi,  o‗zbek  milliy g‗ururiga  sodiqlik, do‗stlik 
munosabatlarini rivojlantirishi, barcha axloq va huquq normalariga rioya etishi lozim.  
Mamlakatimiz  aholisi  ko‗p  millat  vakillaridan  tashkil  topgan.  Hozir  yurtimizda  130  dan  ortiq 
millat  va  elat  vakillari  istiqomat  qiladi.  Ko‗p  yoki  oz  sonligidan  qa‘tiy  nazar,  mamlakatimizda  barcha 
millatlar  uchun  hamma  sharoitlar  yaratilgan.  Ana  shu  millatlarning  barchasi  mustaqil  yurt  ravnaqi,  el-
yurt  farovonligi  va  tinchligi  uchun  o‗z  hissalarini  qo‗shmoqdalar.  Qozoq,  qirg‗iz,  tojik,  rus,  yahudiy, 
uyg‗ur,  qoraqalpoq,  turkman,  tatar,  ukrain  va  boshqa  millatlarning  ko‗plab  vakillari  «O‗zbekiston  o‗z 
vatanim» deb faxr bilan yashayotganligi mamlakatimiz ravnaqi uchun zamindir.  
YUrtimizda  istiqomat  qilayotgan  barcha  elat  va  millatlar  o‗rtasida  do‗stlik  va  birodarlik 
rishtalarini  mustahkamlab  borish,  har  bir  millat  vakili  dunyoqarishida  o‗zaro  hurmat  va  totuvlik 
g‗oyasini  shakllantirish,  ularning  iste‘dodini  va  salohiyatini  to‗la  ro‗yobga  chiqarish  uchun  sharoit 
yaratadi va uni Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi kabi ezgu maqsadlar sari safarbar qiladi.  
Faqat millatlararo totuvlik g‗oyasiga tayanib, umumiy maqsadlar yo‗lida hamjihat bo‗lib, Vatan 
ravnaqi  yurt tinchligi va  xalq  farovonligidek olijanob  maqsadlarga erishish mumkin.  Milliy  mafkurada  
mamlakatimizda  yashayotgan  barcha  millatlarning  ezgu  maqsadlari,  mamlakat  manfaatlari,  taraqqiyot 
yo‗li,  e‘tiqodi  va  ishonchi  mujassamlashgan  bo‗lib,  u  xalqimizga  xos  bo‗lgan  bag‗rikenglik, 
oliyjanoblik, insonparvarlik, ochiq ko‗ngillilik kabi fazilatlarga asoslanadi.  
Ko‗p  millatli  mamlakatimiz  aholisi  ongida  «O‗zbekiston  –  yagona  Vatan»  g‗oyasini 
shakllantirish milliy mafkuraning bugungi kundagi eng muhim vazifalaridan biri.  
Mustaqil  Respublikamiz  fuqarolari,  xususan  yoshlar  ruhiyatida  vatanparvarlik  tuyg‗ularini 
shakllantirish,  ularni  rivojlantirish  demokratik,  adolatli  va  huquqiy  jamiyatni  barpo  etishning  muhim 
kafolati sanaladi. SHuning uchun vatanparvarlik tuyg‗ularini shakllantirish butun tarbiyaviy ishimizning 
muhim yo‗nalishlaridan biri bo‗lib qolmog‗i lozim.  
Davlat mustaqilligini qo‗lga kiritgan O‗zbekiston Respublikasi insonparvar demokratik tuzumga 
o‗tish yo‗lini  o‗zi uchun  maqbul deb  bildi. Bu yo‗l  fuqarolik jamiyati va  huquqiy davlatni o‗rnatish va 
mustahkamlash yo‗lidir.  
Fuqarolik jamiyati O‗zbekiston Respublikasining ijtimoiy asosidir. Fuqarolik jamiyati – erkinlik, 
ozodlik,  tenglik,  ijtimoiy  adolat  jamiyatidir.  Inson  manfaati  uchun  xizmat  qilish,  turmush  farovonligi 
ta‘minlash,  uning  qobiliyati,  talanti  va  iste‘dodini  ro‗yobga  chiqarish,  niyatlari,  orzu–armonlarini 
amalga  oshirish,  fuqarolik  jamiyatining  oliy  maqsadidir.  Fuqarolik  jamiyati  insonparvarlik  jamiyati 
bo‗lib,  O‗zbekistonda  tug‗ilib,  shu  yurtga  mehnati  singgan,  uni  o‗z  Vatani  deb  bilgan  va  hurmatlagan 
har  bir  millat  va  xalq  vakillarini  dini,  tili,  madaniyati,  dunyoqarashi,  urf–odatlari  xilma–xilligiga 
qaramasdan  qonun  yo‗li  bilan  himoya  qiladi,  ularning  manfaatlarini  qo‗llab-quvvatlaydi. 

Prezidentimizning  «O‗zbekistonning o‗z istiqlol va taraqqiyoti yo‗li» kitobida juda aniq va  mukammal 
qilib  ta‘riflanganidek,  «O‗zbekiston  –  kelajagi  buyuk  davlat.  Bu  –  mustaqil,  demokratik,  huquqiy 
davlatdir.  Bu  –  ijtimoiy  ahvoli,  siyosiy  e‘tiqodlaridan  qa‘tiy  nazar  fuqarolarning  huquqlari  va 
erkinliklarini ta‘minlab beradigan davlatdir»
1

Fuqarolik  jamiyatining  ma‘nosi  shuki,  davlatchiligimiz  rivojlana  borgan  sari  boshqaruvning 
turli  xil  vazifalari  bevosita  xalqqa  topshiriladi,  ya‘ni  o‗zini–o‗zi  boshqarish  organlari  yanada 
rivojlantiriladi.  
Fuqarolik  jamiyatini  qurish  strategik  vazifa  ekan,  albatta  kuchli  davlatdan  kuchli  jamiyat  sari 
bosqichma–bosqich  o‗tish  zarur.  Bunda  kuchli  huquqiy  davlat  tashqi  siyosat,  mudofaa,  davlat  va 
fuqarolar  xavfsizligini  ta‘minlash,  moliya  va  soliq  tizimini  shakllantirish,  qonunlar  qabul  qilish  kabi 
umummilliy  vazifalarni  amalga  oshirsa,  boshqa  masalalar  bilan  shug‗ulanish  markazning  emas, 
joylardagi jamoat tashkilotlariga, fuqarolarning o‗zini–o‗zi boshqarish organlariga topshirildi.  
Fuqarolik  jamiyati  shakllantirishning  muhim  sharti,  bu  jamiyat  hayotida  nodavlat  va  jamoat 
tashkilotlarining  o‗rni  va  ahamiyatini  keskin  kuchaytirishdan  iborat.  Boshqacha  qilib  aytganda,  bu  – 
«Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari» degan tamoyilni hayotga joriy etish demakdir.  
Bu  yo‗nalish  ijtimoiy–iqtisodiy  jarayonlar  bilan  bog‗liq  ko‗p  masalalarni  hal  qilishda  davlat 
tuzulmalarning  rolini  kamaytirish  va  bu  vazifalarni  bosqichma–bosqich  jamoat  tashkilotlariga  o‗tkaza 
borishni taqozo etadi.  
Buning  uchun,  avvalombor  davlatning  iqtisodiy  sohaga,  xo‗jalik  yurituvchi  tuzilmalar,  birinchi 
galda,  xususiy  sektor  faoliyatiga  aralashuvini  cheklashdi.  Bu  masalada  davlatning  roli,  avvalo, 
iqtisodiyotni  rivojlantirish  borasidagi  ustuvor  yo‗nalishlarini  aniqlashga,  qabul  qilingan  qonunlar  va 
huquqiy  normalarning barcha tomonidan  so‗zsiz bajarilishini ta‘minlashga, tashabbus  va tadbirkorlikni 
rag‗batlantirishga,  xo‗jalik  yurituvchi  sub‘ektlar  o‗rtasida  raqobat  muhitini  qaror  toptirish  uchun  zarur 
va hammaga barobar bo‗lgan shart–sharoitlar yaratishga qaratiladi.  
Qonunlar ijrosini ta‘minlash mamlakatda qabul qilingan va amalda bo‗lgan me‘yoriy hujjatlarni 
hayotga joriy  qilishda  davlat  hokimiyat  organlari  faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish 
muhim ahamiyat kasb etadi. «Adolat - qonun ustuvorligida» degan hayotiy tamoyilga qat‘iy amal qilib 
yashashimiz zarur.  
Fuqarolik  jamiyatida  har  bir  shaxs  hamma  vaqt  ham  davlat  bilan  bevosita  munosabatga 
kirishavermaydi.  Fuqarolarning  tuman  uyushmalari,  jamoalari  mavjud  bo‗ladiki,  ular  fuqarolarning 
manfaatlarini,  huquq  va  erkinliklarini  muhofaza  qiladilar,  buzilgan  huquqlarini  tiklash  bobida  davlat 
idoralari bilan munosabatga kirishadilar.  
Fuqarolik  jamiyati  davlat  hokimiyati  bilan  fuqarolar  (fuqaroviy  uyushmalar,  guruhlar  hamda 
jamoat  birlashmalari)  o‗zaro  teng  huquqiy  (shuningdek,  siyosiy–iqtisodiy)  munosabatlarning  erkin 
ishtirokchisi  bo‗lishini  anglatadi.  Bu  jamiyatning  siyosiy  shaklini  huquqiy  davlat  va  unga  bog‗liq 
demokratik  siyosiy  tizim  tashkil  etsa,  iqtisodiy  zaminini  xususiy  mulkchilikka  asoslangan  bozor 
iqtisodiyoti tashkil qiladi.  
Konstitutsiyada  fuqarolik  jamiyatning  muhim  tarkibiy  qisimlari  va  institutlari  bo‗lmish  oila, 
maktab,  jamoat  birlashmalari,  siyosiy  partiyalar,  ommaviy  axborot  vositalari,  fuqarolarning  o‗zini-o‗zi 
boshqarish  organlari  (mahalla),  diniy  muassasalar,  jamg‗armalar,  uyushma  va  ittifoqlar  va 
boshqalarning huquqiy maqomi hamda asoslari mustahkamlab qo‗yilgan.  
Milliy  g‗oyaning  fuqarolik  jamiyati  qurishdagi  ahamiyati  ortib  boraveradi.  Mamlakatimizda 
izchillik  bilan  mahalliy  hokimiyat  va  fuqarolarning  o‗zini  o‗zi  boshqarish  organlari  vazifalari 
kengaytirilmoqda,  ularga  davlat  vakolatlarining  bir  qismi  bosqichma–boqich  o‗tkazilib,  nodavlat  va 
jamoat  tuzilmalari  huquqiy  mavqeini  oshirishni  ko‗zda  tutadigan  «Kuchli  davlatdan  –  kuchli  jamiyat 
sari» konsepsiyasi amalga oshirilmoqda.  
Prezidentimiz  I.A.Karimov  ta‘kidlaganidek:  «Boshlagan  barcha  islohotlarimizning  pirovard 
maqsadi  bita  –  adolatli  jamiyat  barpo  etish»
1
.  Adolatli  jamiyatda  insonni  –  shu  jamiyat  fuqarosining 
                                                           
1
Каримов И. Ўзбекистон: миллий истиқлол, иқтисод, сиёсат, мафкура. -Т.:Ўзбекистон, -Б.43.  
 
1
 «Халқ сўзи», 1999 йил, 26 январь.  

huquqi,  sha‘ni,  qadr-qimmati  qadrlanadi.  Fuqarolik  jamiyatini  shu  jamiyat  fuqarolarining  o‗zlari 
shakllantiradilar.  Bu,  avvalo,  ularning  huquqiy      tarbiyasi,  madaniyati  va  ongi  qay  darajada  ekanligi 
bilan belgilanadi.  
Millliy  g‗oyaning  shakllanishi  shaxs  qadriyatlari,  inson  ma‘naviy  olami  bilan  bog‗liq.  SHubha 
yo‗qki, milliy g‗oyani amalga oshirish, avvalo har tomonlama bilimli, ma‘naviy, jismoniy va aqliy etuk 
insonlarga bog‗liq.  
Bu  esa  har  bir  yurtdoshimizni  istiqlol  g‗oyalari  bilan  qurollantirishni  taqozo  etadi.  Sog‗lom 
avlodni  tarbiyalash,  erkin  fuqaro  ma‘naviyatini  shakllantirish,  barkamol  insonni  voyaga  etkazish  ham 
ana  shu  vazifalar  sirasiga  kiradi.  Zero,  har  bir  shaxs  ijtimoiy  jarayonlarni  o‗zida  mujassam  etuvchi 
sifatida  jamiyatdagi  barcha  jarayonlarning,  jumladan  milliy  g‗oya  amal  qilishida  ham  asosiy  omil 
hisoblanadi.  Avvalo,  shaxs  milliy  g‗oyaning,  uning  hayotbaxsh  tushunchalarining  o‗zlashtiruvchisi, 
o‗ziga  singdiruvchisidir.  Ta‘lim  va  tarbiya  jarayonida,  ijtimoiy–ma‘naviy  tizim,  malakani  oshirish  va 
qayta  tayyorlash,  qolaversa,  jamiyatdagi  to‗laqonli  axborot  makoni  orqali,  u  aniq  va  oqilona 
yo‗naltirilgan mafkuraviy qadriyatlar, me‘yorlar va talablarni o‗zlashtirishi zarur.  
SHaxsning  milliy  g‗oyani  keng  yoyishdagi  o‗rni,  avvalo,  uning  mafkuraviy  jarayonlarda 
qanchalik  faol  ishtirok  etishida  ko‗rinadi.  Faol  intiluvchan  shaxs  mafkuraviy  ta‘sir,  targ‗ibot  va 
tashviqotning  ob‘ektidan  mafkuraviy  jarayonlarning  sub‘ektiga,  mafkurachiga,  mafkuraviy  tarbiya 
tizimining  muhim  bo‗g‗iniga  aylanib  boradi.  SHundan  so‗ng  u  milliy  mafkura  g‗oyalarining 
tashuvchisiga,  uning  targ‗ibotchisiga,  uni  boshqalarga  etkazuvchi  vositasiga  aylanadi.  Har  bir  shaxs 
tegishli  mafkuraviy  g‗oyaviy  tayyorgarlikka  ega  bo‗lgach,  ishlab  chiqarish,  xizmat  ko‗rsatish,  ta‘lim 
fan, madaniyat, sog‗liqni saqlash harbiy xizmat va hayotning boshqa sohalaridagi faoliyat orqali milliy 
mafkuraning asosiy tamoyillarini  yoyishda, targ‗ib  etishda  va  mustahkamlashda  faol ishtirok  eta oladi. 
SHu  tariqa  bu  g‗oya  va  tamoyillar  odamlarni  aniq  maqsad,  taraqqiyot  sari  etaklaydi,  millat  qo‗lidagi 
bayroqqa aylanadi.  
Ana  shu  sabablarga  ko‗ra,  milliy  g‗oyani  amalga  oshirishda  shaxs  tayanch  omil  deb  qaraladi, 
uning  imkoniyatlarini  yuksak  baholagan  holda,  asosiy  e‘tibor  muayyan  shaxsning  mafkuraviy 
tayyorgarlik  darajasiga  qaratiladi.  Bunda  muayyan  shaxsga  o‗zbek  milliy  xarakterining  afzalliklarini 
tashviq  qilish,  xalqimiz  madaniyatining  bebaho  va  betakror  ekanini  anglatish,  o‗zbeklarga  xos 
jamoaviylik  jamiyatimizning  muhim  xususiyati  ekani,  ijtimoiy  birdamlik  taraqqiyotimizning  manbai 
bo‗lib  xizmat  qilishiga  alohida  e‘tibor  beriladi.  SHuningdek,  bu  jarayonda  taraqqiyotga  baholi  qudrat 
o‗z hissasini qo‗sha oladigan etuk shaxs timsolini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi.  
Milliy  g‗oyaning  amal  qilish  tamoyillari  fuqarolik  jamiyati  va  huquqiy  davlat  barpo  etish, 
hayotning  barcha  jabhalarida  olib  borilayotgan  faol  mehnat  bilan  mustaqillikni  mustahkamlashga 
qaratilgandir. Hozirgi  davrda  xilma–xil  mulkchilik  shakllari va  mulk egasining  qaror topishi,  Vatan  va 
mustaqillik,  jamiyat  va  millat  munosabatlarining  yaxlitligi,  mamlakatimizning  xalqaro  nufuzi  va 
tichliksevar  aloqalarining  o‗sib  borishi,  osoyishtalik,  milliy  totuvlik,  hamjihatlikka  xizmat  qiluvchi 
g‗oyalar  ham  ana  shu  tamoyillarning  to‗la  namoyon  qilishga  xizmat  qiladi.  Ularning  hayotiyligi  xalq 
irodasiga,  ruhiyatiga,  milliy  tuyg‗ulari,  orzu  –  intilishlariga  mosligi  bilan  belgilanadi.  SHuningdek, 
barpo  etilajak  yangi  jamiyat  va  unga  borishning  iqtisodiy,  siyosiy,  huquqiy,  ma‘rifiy  yo‗l–yo‗riqlari 
milliy g‗oyaning tamoyillariga tayanish orqali samarali amalga oshish imkoniga ega bo‗ladi.  
Milliy  g‗oyaning  amaliyoti  jamiyat  va  Vatan  manfaatlari,  yurt  tinchligi,  xalq  farovonligi 
tamoyillaridan  ajralgan  holda  zohir  bo‗lmaydi.  Bu  jarayon  mamlakatimizda  kechayotgan  islohotlar 
jarayoni, insonparvar huquqiy demokratik davlat yaratish, zamonaviy ulkan qurilishlar, yurtimiz xalqaro 
nufuzining  o‗sib  borishi,  ma‘naviy–ma‘rifiy  sohada  yuz  berayotgan  yangilanishlar,  umuman, 
davlatimizning iqtisodiy, ijtimoiy,  siyosiy, huquqiy, ma‘naviy  hayotidagi ijobiy  o‗zgarishlar to‗g‗risida 
halqimizda tasavvur va tushunchalarni hosil qilib borish lozimligini ko‗rsatadi. Fuqarolarni milliy g‗oya 
tamoyillari  asosida  yashash  va  faoliyat  yuritishga  o‗rgatishda  turli  jamoat,  ijodiy,  ilmiy,  tashkilotlar, 
institutlar,  siyosiy  partiya  va  harakatlar,  jamg‗armalarning  o‗rni  va  ahamiyati  katta.  Bu  borada  davlat 
organlari, ommaviy axborot vositalarining tashabbuskorligi ham alohida ahamiyatga molikdir.  
Bunda  ushbu  tamoyillarning  xalqimiz  xohish  irodasi,  milliy  manfaatlariga  muvofiqligi,  har  bir 
kishida  Vatanga  sodiqlik  va  milliy  g‗urur  tuyg‗usini  o‗stirishga  yo‗naltirilganligi,  har  bir  fuqaroning 
amaliy faoliyati, turmush tarzi, tabiatidan kelib chiqish juda katta ahamiyat kasb etadi. Mazkur sohadagi 
birinchi navbatdagi vazifa odamlar ruhiyatida, tafakkurida poklanish, yangilanish uchun shart–sharoitlar 

yaratish bilan birga O‗zbekiston jamiyatining ozod va obod Vatan barpo  etish bilan bog‗liq maqsad  va 
g‗oyalarini  amalga  oshirish  yo‗lida  xizmat  qilishdir.  Bu  maqsad  va  g‗oyalar  butun  xalqimizning 
umumiy manfaatlarini aks ettiradi.  
Ayni  paytda,  milliy  g‗oyaning  amal  qilish  tamoyillari  jamiyatdagi  barcha  qatlam  va  ijtimoiy 
kuchlarning  faoliyati,  maqsad  va  intilishlariga  ma‘naviy  yo‗nalish  beradi.  SHu  tarzda  milliy  g‗oya 
jamiyatdagi  turli  ijtimoiy  qatlamlarning  manfaatlari  va  ehtiyojlariga  xizmat  qiladi,  ularni  amalga 
oshirish imkonini yaratadi.  
Milliy  g‗oyaning  amal  qilish  tamoyillari  shaxsning  erkinligi,  siyosiy  va  huquqiy  imtiyozlarini 
qo‗llab-quvvatlashi,  jamiyat  uchun  foydali  ishlarda  insonning  faolligini  oshirishi,  umuminsoniy 
me‘yorlarning  boyitilishi,  kishilarda  yangicha  munosabatlar  qaror  topishi  uchun  kurash  olib  borishini 
ham  anglatadi.  Bundan  kuzatilgan  asosiy  maqsad  demokratik  o‗zgarishlar  hayotimizning  muhim 
yo‗nalishiga  aylangan  hozirgi  davrda  erkin  fikrlovchi,  o‗z  faoliyatida  bunga  amal  qiluvchi  komil 
insonlarni voyaga etkazishdan iborat.  
SHuni  alohida  ta‘kidlash  lozimki,  istiqlol  ma‘naviyati  sog‗lom,  barkamol  avlodni  voyaga 
etkazish  haqidagi  orzular  ro‗yobga  chiqishi  uchun  shart-sharoit  yaratdi.  Zero,  haqiqiy  farovon 
jamiyatning  a‘zolari  ham  etuk  ma‘naviyat  sohibi  bo‗lishi  shart.  CHunki  o‗zligini  anglagan  inson, 
o‗zgalar  hamda  millat,  jamiyat,  Vatan  oldidagi  burch  va  ma‘suliyatini  ham  anglaydi.  Uning  qalbi, 
tafakkuri va ruhiyatida  bunday ulug‗vor  fazilatlar  oson  va  samarali kamol  topadi.  Ma‘naviy  etuk, ruhi 
sog‗lom insonning jismoniy mehnati, turmush tarzi, orzu-intilishlari ezgulikka tomon yo‗nalgan bo‗ladi.  
Mustaqillik  yillarida  odamlarni  g‗oyaviy  tarbiyalash  va  jamiyat  ma‘naviyatini  yuksaltirish 
borasida  ulkan  ishlar  amalga  oshirildi.  Fuqarolarimizning  o‗zligini  anglash,  qadr-qimmat,  iymon 
e‘tiqod,  ona-  Vatanga  muhabbat,  istiqlol  g‗oyalariga  sadoqat,  milliy  qadriyatlarga  hurmat  e‘tibor 
tuyg‗ularni o‗stirib borish yo‗lidagi harakatlar o‗zining samarasini bera boshladi. Odamlarning ruhiyati, 
dunyoqarashi ijtimoiy  hayotga munosabati, amaliy  faoliyatida tub o‗zgarishlar yuz bermoqda, ularning 
tafakkuri uyg‗onmoqda.  
Bugungi kunda milliy g‗oyani har bir inson, ayniqsa yosh avlod qalbi va ongiga singdirish hayot 
taqazosiga  aylandi.  SHu  bilan  birga,  mafkura  sohasida  yanada  samarali  va  izchil  ish  olib  borish, 
mafkuraviy  targ‗ibotni  takomillashtirish,  ushbu  soha  xodimlari  malakasini  oshirish,  mavjud 
muammolarini  hal qilish uchun amaliy  seminarlar, anjumanlar,  muloqotlar  tashkil etish zaruriyati ortib 
bormoqda.  Bu  o‗rinda  qabul  qilinayotgan  Farmonlar,  qonunlar  va  boshqa  hujjatlarning  asl  mohiyatini, 
ularda  bayon  qilingan  g‗oyalarni  keng  xalq  ommasi  ongiga  etkazishning  benihoya  dolzarbligini 
ta‘kidlash lozim. CHunki, huquqiy jamiyat va yuksak ma‘rifatli, ezgu g‗oyali inson tushunchalari biri–
biridan ajralmasdir. Madaniy  bozorni ham,  ma‘naviy  sog‗lom jamiyatni  ham ana  shunday kishilargina 
yarata oladilar. Ularni voyaga etkazmay turib milliy g‗oya tamoyillarining amalga oshganligi to‗g‗risida 
fikr yuritish qiyin.  
Milliy  g‗oyaning  amal  qilish  tamoyillari  mamlakatimizda  yashaydigan  kishilarning  tinch–
totuvligi,  ijtimoiy–siyosiy  va  iqtisodiy  baraqarorlikning  qadriga  etishi,  jamiyatimiz  hayot  tarziga  xavf 
solishi  mumkin  bo‗lgan  tahdidlarga  qarshi  siyosiy,  huquqiy  hushyorligi  bilan  uzviy  bog‗liq.  CHunki, 
hozirgi davrda tarbiyalanayotgan va kelajakda mamlakatimiz uchun mas‘ul bo‗lgan kishilar ana shunday 
jarayonlarning mevasi ekanligiga aslo shubha yo‗q.  
Milliy  g‗oya  erkin  fuqarolik  jamiyatiga  o‗tish  jarayonida  xalq  tasavvurini  o‗zgartirish  va 
yangicha  ma‘no–mazmun  bilan  to‗ldirish,  huquqiy  davlatchilikka  xos  tamoyillarni  turmush  tarziga 
aylantirishda  umuminsoniy  qadriyatlarga  tayanadi.  U  xalqning  orzu–umidlarini  umummiliy  darajada 
yuksaltirib, odamlarni ezgu intilishlar tomon etaklaydi.  
Bugungi tahlikali dunyoda har bir insonning o‗z  hayotini to‗g‗ri  tashkil etishi, shaxsiy  manfaat 
va  intilishlarini  xalq  va  Vatanning  pirovard  maqsadlari  bilan  uyg‗unlashtira  olishi  milliy  g‗oya 
tamoyillari  amaliyotining  eng  muhim  ko‗rsatkichidir.  Ana  shunday  kishilarni  tarbiyalash  va  voyaga 
etkazish har birimizning zimmamizga ulkan mas‘uliyat yuklaydi.  
YUrboshimiz  O‗zbekistonda  yangi  jamiyat  barpo  etish  jarayonini  milliy  davlatchilikni 
mustahkamlash, hokimiyat tarmoqlarining mustaqil faoliyatini ta‘minlash, xalqning boshqaruv ishlarida 
faol  ishtirok  etishi,  qonun  ustuvorligi,  so‗z  va  fikr  erkinligiga  erishish  kabi  dolzarb  masalalar  bir–biri 
bilan bog‗liq holda borishini tasavvur etadi. SHu bilan birga yangi jamiyat qurish vazifasini milliy g‗oya 
va mafkuradan xoli tarzda tasavvur etib  ham bo‗lmaydi. Buning boisi  shundaki, dunyodagi har qanday 

xalq adolatli jamiyatda yashab, o‗zining orzu intilishlariga erishishni istaydi. Ana shu jamiyat haqidagi 
maqsadlari esa uning milliy mafkurasida yaqqol aks etadi.  
Milliy  mafkuradagi  olijanob  g‗oyalar,  qarashlar,  fikrlar,  nazariy  xulosa  va  qoidalarning  katta 
ijtimoiy  kuchga  aylanishi  uchun  ular,  eng  avvalo  hayotimizga,  ong  va  tafakkurimizga  chuqurroq 
singgan,  xalq  qalban  uni  idrok  etgan  va  aql–idrokini  mulkiga  aylantirgan,  usiz  borlig‗ini,  hayoti 
ma‘nosini tasavvur eta olmaydigan bo‗lishi lozim. Buning uchun g‗oyaviy targ‗ibot–tashviqot ishlariga 
alohida e‘tibor qaratishga to‗g‗ri keladi. Aslida, targ‗ibot–tashviqot ham ma‘naviy ma‘rifiy–mafkuraviy 
ta‘lim  
Download 5.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling