Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi


Download 5.27 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/27
Sana12.12.2017
Hajmi5.27 Kb.
#22107
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27

Mafkuraviy  tarbiya  –  inson,  ijtimoiy  guruh,  millat,  jamiyat  dunyoqarashini 
shakllantirishga,  ularni  muayyan  maqsadlarni  ifodalaydigan  g‗oyaviy  bilimlar  bilan 
qurollantirishga yo‗naltirilgan jarayon. 
Har  qanday  mafkuraviy  tarbiyaning  maqsadi-  jamiyatning  har  bir  a‘zosi  va  ular  timsolida 
har  bir  ijtimoiy  qatlam,  guruhning  tarbiyaviy  darajasini  ta‘minlashdir.  Bu  pirovard  natijada  o‗sha 
jamiyat  rivojiga  turtki  beruvchi  ilg‗or  g‗oyalarning  harbir  fuqaro  tomonidan  ongli  ravishda 
o‗zlashtirilishini,  unnig  tafakkur  va  fikrlash  tarziga  aylantirilishini  ta‘minlaydi.  SHu  ma‘noda, 
milliy  istiqlol  mafkurasi  O‗zbekistonda  yashab,  ijod  qilayotgan  har  bir  fuqaro  ongi  va  shuurida 
asriy  milliy  qadriyatlarimiz,xalqimizningbugungi  va  kelgusidagimanfaatlarini  ifodalovchi  eng 
sog‗lom g‗oyalar va fikrlartarzidao‗z ifodasini topishi lozim. Bu jihat mafkuraviy tarbiyaning bosh 
xussuiyatlaridan biridir.  
Jamiyatdagi har bir ijtimoiy kuch yoki aholi qatlamlari o‗z manfaat va maqsad intilishlarini 
ifoda  etuvchi  g‗oyalar  tizimini  yaratgach,  boshqa  guruhlarni  ham  o‗z  g‗oyalar  ta‘siriga  tortishga, 
o‗z tarafdorlari safini kengaytirishga harakat qiladi. 
G‗oyalar  adolatli  va  haqqoniy  bo‗lib,  ko‗pchilikning  talab  ,  ehtiyojlariga  mos  kelsa,bu 
sohadagi tarbiya vositalari ta‘sirchan, tarbiyachilar esa faol va fidoiy bo‗lsa  ko‗zlangan maqsadga 
erishiladi. 
Jamiyat,  xalq  xali  o‗z  manfaatlarini  anglab  etmagan,  o‗z  mafkurasini  shakllantirib, 
maqsadlari  sari  safarbar  bo‗lmagan  hollarda  begona  va  zararli    g‗oyalar  ta‘siriga  tushish  ehtimoli 
ortib  boradi.  Bu  esa  g‗oyaviy  tarbiyani  yo‗lga  qo‗yish,  sog‗lom  mafkura  tamoyillarini  aholi  qalbi 
va ongiga muttasil singdirishni dolzarb vazifaga aylantiradi. 

O‗zbekiston sharoitida Mafkuraviy tarbiyaning asosiy vazifasi -  Ozod va obod Vatan, erkin 
va  farovon  hayot  barpo  etish  yo‗lidagiasriy  orzu  istaklari,  maqsadlarini,  milliy  istiqlol 
mafkurasining 
mohiyatini 
keng 
jamoatchilikka 
tushuntirish, 
va 
ayniqsa, 
yoshlar 
ongigasingdirishdan 
iboratdir. 
Mafkuraviy 
tarbiya 
jamiyatda, 
avvalombor, 
oila, 
maktabgachayoshdagibolalar muassasalari, maktablar, litsey,kollejlar, oliy o‗quv yurtlari, ommaviy 
axborpot vositalari,jamoat tashkilotlarining birgalikdagifaoliyatini taqazo qiladi. 
Uzluksiz  ta‘lim  tizimi  mafkuraviy  tarbiyani  olib  boruvchi  asosiy  bo‗g‗indir,  zero 
mafkuraviy  maqsadlarni  kishilar,  ayniqsa  yoshlar  ongiga  singdirishvazifasi,  asosan  ta‘lim  tizimi 
orqaliamalga oshiriladi. 
Mafkuraviy  tizim  –  mafkuraviy  ishlarniboshqarish,jamiyatning  turli  ijtimoiy  institutlari: 
oila,  maktabgacha  tarbiya  muassasalari,  umumiy  ta‘lim  maktablari,  o‗rta  maxsus  vaoliy  o‗quv 
yurtlari, 
mehnatjamoalari, 
mahalla 
kengashlari,jamoat 
tashkilotlari, 
madaniy 
ma‘rifiy 
uyushmalartarbiyaviy imkoniyatlarini muvofiqlatirish, tartibga solish, ularni yagona maqsad tomon 
yo‗naltirish  omilari  (  ish  vaqti  va  ishdan  keyingibo‗sh  vaqt)  va  vositalari  (fan,  adabiyot,  san‘at, 
matbuot,radio,  tv.,  kino,  musiqa  va  h.k.),  uslublari  (tushuntirish,  ishontirish,  majbur  qilish) 
vausullarinnig  (  alohida,jamoaviy,  ommaviy)  yaxlit  bir  butun  uyushmasi.SHuningdek, 
mafkuraviytizim  mafkuraviy  ta‘sir  yo‗nalishlari  (aqliy,  axloqiy,  huquqiy)va  uning  asosiy  sohalari 
(mehnat,  jismoniy,  estetik,  ekologik,  jinsiy  vah.k.)  ham  o‗ziga  qamrab  oladi.Mafkuraviy  tizim  bir 
butun yaxlit uyushmabo‗lib, doimiy o‗zgarib turadi. Ushbu tizim samaradorligiga mafkuraviy ta‘sir 
jarayonining uzluksizligi, tabaqalashganligiga, kompleks yondoshuvga bog‗liq.  
Mafkuraviy ishlar ta‘sirchanligi, hozirjavobligini  oshirishdaaholi turli tabaqalarining o‗ziga 
xos  milliy,  psixologik,  regional,  kasb  kor,  yoshlik  xususiyatlarini  inobatga  olish  ham  muhim 
ahamiyatga ega. 
 Mafkuraviy  ta‘sir  -    Mafkuraviyjarayonninng  eng  muhim  strukturaviy  komponentlaridan 
biridir. Mafkuraviy ta‘sir ikki asosiy – to‗g‗ri,bevosita va o‗zaro aloqadorlikka asoslangan bilvosita 
shakllar yordamida amalga oshiriladi.Mafkuraviy ta‘sir samaradorligi mafkuraviy ta‘sir ob‘ekti va 
sub‘ektiga  bog‗liqbo‗ladi.  CHunonchi,  mafkuraviy  ta‘sir  samaradorligimafkraviy  ta‘sir 
o‗tkazilishilozimbo‗lgan  kishilarning  (ob‘ekt)  ma‘lumot  darajasi,  madaniy  saviyasiga  bog‗liq 
bo‗lsa, o‗z navbatida mafkuraviy ta‘sir o‗tkazayotgan idoralar, tarbiyaviy muassasalar, targ‗ibot va 
tashviqotchilar(sub‘ekt)  amalga  oshirayotgan  mafkuraviy  tadbirlar  mazmuni  va  shakliga,  mafkura 
xodimlarining  professional  mahoratiga  bog‗liqbo‗ladi.Mafkuraviy  ta‘sir  o‗tkazilishilozimbo‗lgan 
kishilarningma‘lumot  darajasi,  madaniy,  axloqiy,huquqiy,  siyosiy  saviyasi  qanchabaland  bo‗lsa, 
mafkuraviy  ta‘sir  samaradorligi  shunchayuqoribo‗ladi.  O‗z  navbatida,  mafkuraviy  ta‘sir 
samaradorligi    uning  ob‘ekti  bilan  sub‘ekti  orasidagi  o‗zaro  aloqadorlik  mexanizmining 
mustahkamligigabog‗liq.  Bunday  o‗zaro  aloqadorlik  mexanizmining  mazmunida  bir-  biriga 
o‗rgatish,  bir-  biridan  o‗rganish,  bir-  biriga  utoz,  bir-  biriga  shogird  prinsipi  yotmog‗i  darkor. 
Bunday  holatdahar  bir  kishiMafkuraviy  ta‘sir  dorirasiga  tushadi  va  o‗sha  ta‘sir  asosida  faoliyat 
ko‗rsataboshlaydi.  
Isonga g„oyaviy ta‟sir ko„rsatish omillari: (vaqt omili, ish vaqti, bo‗sh vaqt) 
G„oyaviy ta‟sir yo„nalishlari: aqliy, axloqiy,mehnat, estetik,jismoniy 
G„oyaviy ta‟sir shakllari: individual, jamoaviy, ommaviy 
G„oyaviy ta‟sir uslublari: tushuntirish, ishontirish. 
Milliy  g‗oyani  amalga  oshiruvchi  sub‘ektlar:  oila,  mahalla,  jamiyat,  OAV,  Armiya  ,  demokratik 
harakatlar. 
Mafkuraviy jarayonlarni muvofiqlashtirish: G‗oyaviy ta‘sir; ma‘naviy,ma‘rifiy, g‗oyaviy 
tarbiya; Sotsial institutlarning mafkuraviy tarbiya sub‟ektlari: 
Mafkkuraviy  ta‘sir  tamoyillari;  uzluksizlik,  tizimlilik,  kompleks  yondoshuv,  ta‘sirchanlik, 
hozirjavoblik, konkretlik. 
Oila,  maktabgacha  tarbiya  muassasalari,  uzviy  ta‘lim  maktablari,  o‗rta  maxsus  va  OO‗YUlari, 
mehnatjamoalari, jamoat tashkilotlari, madaniy ma‘rifiy uyushmalar. 
 
Milliy  g‗oyani  amalga  oshirishda  uzluksiz  ta‘lim  tizimi  va  turlari:  Maktabgacha  ta‘lim, 
umummiy  o‗rta  ta‘lim,  o‗rta  maxsus,  kasb  hunar  ta‘limi,  Oliy  ta‘lim,  Oliy  o‗quv  yurtidan  keyingi 
ta‘lim, Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta‘lim. 

Tarbiya  nima?  Agar  «tarbiya»  tushunchasining  tub  ma‘nosiga  e‘tibor  beradigan  bo‗lsak,  bu  - 
insonning  o‗zi  va  o‗z  xulqi  haqidagi  tasavvurining  to‗g‗ri  va  xolis  bo‗lishini  ta‘minlovchi  murakkab 
jarayondir.  YA‘ni,  tarbiyalangan  odam  tarbiyasiz  odamdan  shunisi  bilan  farq  qiladiki,  birinchisi  u 
o‗zining kim ekanini anglaydi, o‗zini afsuski, o‗z amallari nafaqat o‗zgalarga, xattoki, o‗ziga ham ziyon, 
befoyda,  bema‘ni  ekanini  bilmaydi.  SHundan  kelib  chiqib,  har  qanday  tarbiyaning  bosh  mezoni 
tarbiyalanuvchida  o‗zi  va  o‗z  fazilatlari  haqida  to‗g‗ri  tasavvurlarni  shakllantirishdan  iborat  deyish 
mumkin. 
Har  bir  davrning  o‗ziga  xos  tarbiyaviy  usul  va  vositalari  bo‗ladi.  Qadim  zamonlardan  tarbiya 
yosh  avlodning  keksa  avlod  tajribalarini  o‗zlashtirish  shakllaridan  biri  sifatida  qarab  kelgan.  Tarbiya 
asosan  mehnat  faoliyati (ovchilik,  chorvachilik,  dehqonchilik va  shu kabi)  jarayonida, turli urf-odatlar, 
marosimlar  o‗tkazish  vaqtida  amalga  oshirilgan.  U  asosan  jismonan  baquvvat  bo‗lishga  qaratilgan. 
Psixolog  D.  Elkonin  bolalar  o‗yini  tarixini  tahlil  qalib,  taraqqiyotning  ma‘lum  davriga  qadar  umuman 
bolalar  o‗yini  kategoriyasining  o‗zi  bo‗lmaganini  isbot  qilgan.  Lekin  o‗sha  paytlarda  kattalarning 
bolalarga  ta‘siri  bevosita  bo‗lib,  tarbiya  jarayoni  hozirgidan  farqli  sharoitlarda  kechgan.  Mehnat 
faoliyatining  ko‗pqirrali  bo‗lgani  va  murakkablashib  borishi  bois  kattalar  bilan  bolalar  o‗rtasidagi 
munosabatlarda ro‗y bergan o‗zgarishlar tufayli o‗ziga xos bolalar jamiyati paydo bo‗lgan va bu jamiyat 
a‘zolari  kattalar  tajribasini  o‗zlashtirishning  turli-tuman  yo‗llarini  topib,  o‗z  hayoti  va  faoliyatini 
takomillashtirib borgan. Bu birinchi navbatda kasb-hunar turlarning ko‗payishi va takomillashib borishi 
bilan ham bog‗liq bo‗lgan. 
G„oyaviy  tarbiyaning  mohiyati.  SHaxs  tarbiyasining  muhim  yo‗nalishi  –  bu  g‗oyaviy 
tarbiyadir.  Bu  –  inson  ongi  va  tushunchalari  tizimida  hayot  haqidagi  falsafiy,  siyosiy,  huquqiy,  diniy, 
estetik,  axloqiy,  badiiy,  kasbiy  qarashlarni  maqsadli  shakllantirish  jarayonidir.  Har  qanday  tarbiya 
jarayoni  oxir-oqibat,  o‗z  maqsad  va  mohiyatiga  ko‗ra  g‗oyaviy  tarbiyadir.  CHunki  oilani  olamizmi, 
bolalar  bog‗chasinimi,  mahalla,  maktab,  kollej,  litsey,  universitet  yoki  akademiyani  olamizmi 
hammasida  beriladigan  ta‘lim  va  tarbiya  jarayonlari  talaba  yoki  tinglovchilar  dunyoqarashini 
kengaytirish,  ularning  ongini  ilmiy  asoslangan  bilimlar  bilan  boyitish  hamda  jamiyat  uchun,  uning 
ravnaqi  uchun  kerak  bo‗lgan  sifatlarni  kamol  toptirishga  yo‗naltirilgan  bo‗ladi.  Bu  ishlar  bolaning 
dunyo  haqidagi,  olamning  rivojlanish  qonuniyatlari,  insoniy  munosabatlar  borasidagi  o‗ziga  xosliklar, 
axloq  tamoyillari,  go‗zallik  haqidagi  tushunchalarini  kengaytirishga  xizmat  qiladi.  Bu    tom  ma‘noda 
mafkuraviy tarbiyaning asosi, poydevoridir. SHuning uchun mafkurasiz inson, mafkurasiz guruh, millat, 
xalq, jamiyat bo‗lishi mumkin emas. 
Bir  jamiyat,  ijtimoiy  guruh  (masalan,  siyosiy  partiya,  ijtimoiy  harakat)  mafkurasini  boshqa  bir 
ijtimoiy guruhga majburan singdirish noto‗g‗ri. CHunki mafkura muayyan ijtimoiy guruh a‘zolariga xos 
o‗zlaridagi mavjud ehtiyojlar, tilak, orzu, umidlar hamda manfaatlar asosida o‗sha guruhning qarashlari, 
tasavvurlari  dunyosi  hamda  g‗oyalarining  mahsulidir.  Bas,  shunday  ekan,  o‗zgalar  manfaatini 
ko‗zlovchi mafkurani xalq ongiga zo‗rlab singdirib bo‗lmaydi.  
G„oyaviy tarbiyaning maqsadi. Har qanday mafkuraviy tarbiyaning maqsadi - jamiyatning har 
bir  a‘zosi  va  ular  timsolida  har  bir  ijtimoiy  qatlam,  guruhning  tarbiyaviy  darajasini  ta‘minlashdir.  Bu 
pirovard  natijada  o‗sha  jamiyat  rivojiga  turtki  beruvchi  ilg‗or  g‗oyalarning  har  bir  fuqaro  tomonidan 
ongli  ravishda  o‗zlashtirilishini,  uning  tafakkur  va  fikrlash  tarziga  aylantirilishini  ta‘minlaydi.  SHu 
ma‘noda,  milliy  istiqlol  mafkurasi  O‗zbekistonda  yashab,  ijod  qilayotgan  har  bir  fuqaro  bugungi  va 
kelgusidagi manfaatlarini ifodalovchi eng sog‗lom topishi lozim. Bu jihat mafkuraviy tarbiyaning bosh 
xususiyatlaridan biridir. 
Mafkuraviy  tarbiya  eng  avvalo  yuksak  e‘tiqod  iymon,  Vatan  va  xalq  oldidagi  mas‘uliyat, 
vatanparvarlik, fidoiylik kabi fazilatlarda namoyon bo‗ladi. 
YOshlarni  g„oyaviy  tarbiyalash.  Sog‗lom  g‗oyalar  tarbiyasi  yuksak  dunyoqarash  va  e‘tiqod 
tarbiyasini anglatadi. 
Dunyoqarash–tartibga  solingan,  yaxlit  ongli  tizimga  aylantirilgan  bilim,  tasavvur  va  g‗oyalar 
majmui bo‗lib, u shaxsni jamiyatda o‗zligini saqlagan holda munosib o‗rin egallashga chorlaydi.  
Mustaqillik yillarida shakllanayotgan yangicha dunyoqarash yoshlarda Vatanga sadoqatni, milliy 
qadriyat  va  an‘analarga  muhabbatni,  o‗z  yaqinlariga  mehribonlikni  tanlagan  yo‗li-  kasbi,  maslagi  va 
e‘tiqodiga  sodiqlikni  nazarda  tutadi.  YAngicha  fikrlash  va  yangicha  tafakkur  aynan  mustaqillik 
mafkurasi ruhida tarbiya topib, sayqal topgan milliy ong, dunyoqarash va e‘tiqod mahsulidir. 

Bunda quyidagilar muhim rol o„ynaydi: 
Muloqot  madaniyati  –insonga  xos  ma‘naviy  ehtiyoj    bo‗lib,  undagi  umumiy  madaniy 
saviyaning  muhim  ko‗rsatgichidir.  Inson  o‗zining    his-tuyg‗ulari,  ichki  kechinmalari,  o‗y-fikrlarini 
bevosita  muloqot  jarayonida  namoyon  qiladi.  Mafkuraviy  tarbiyaning  eng  ta‘sirchan  vositalaridan  biri 
ham muloqot hisoblanadi. 
Milliy  istiqlol  g‗oyasi  O‗zbekiston  xalqining  tub  manfaatlari,  asriy  orzu-umidlari,  ezgu 
niyatlari, buyuk maqsadlarini ifoda  etib,  xalqning  o‗z  maqsad-muddaolariga erishish uchun  ma‘naviy–
ruщiy  quvvat bo‗ladigan  poydevordir. Bu jarayon jamiyat a‘zolarining tub  manfaatlarini ko‗zda tutadi, 
binobarin,  har  bir  fuqaroni  milliy  istiqlol  g‗oyasi  ruhida  tarbiyalash  shu  yurtning  farzandlari  uchun 
muqaddas burchdir. 
ijtimoiy–siyosiy,  ma‟naviy–ma‟rifiy  muhit.  YOshlarda  sog‗lom  e‘tiqod  va  yuksak 
dunyoqarashning  shakllanishi  uchun  ma‘lum  muhit  ham  zarur.  O‗zbekistonda  bu  borada  ulkan  ishlar 
amalga  oshirilmoqda. Prezidentimiz Islom  Karimov tomonidan  mustaqillikning  dastlabki kunlaridanoq 
milliy qadriyatlarimizni tiklash, tariximizni xolis va chuqur o‗rganish, buyuk ajdodlarimiz xotirasini yod 
etish  boy  ilmiy-adabiy  merosini  o‗rganish,  xalq  ma‘naviyatini  yuksaltirish  milliy  siyosatimizning 
ustivor yo‗naltirishlaridan biriga aylanadi. ijtimoiy va siyosiy institutlar davlat va nodavlat tashkilotlari, 
siyosiy partiyalar, iqtidorli yoshlarni qo‗llab -quvvatlovchi jamg‗armalarning tashkil etilishi o‗ziga, xos 
ijtimoiy  muhitni  shakllantirdi.  Bu  esa  o‗z  navbatida  yoshlarning  buyuk  kelajak  bunyodkori  bo‗lib 
voyaga etishda muhim o‗rin tutmoqda. 
siyosiy  ong  va  huquqiy  madaniyatning  o‗sishida  siyosiy  partiyalarning  o‗rni  va  ahamiyati 
katta. Ular o‗z faoliyati bilan fikrlar xilma-xilligi va qarashlar rang-barangligiga asoslangan demokratik 
jamiyat barpo etish g‗oyasining amalga oshishiga xizmat qiladi.  
O‗zbekistondagi har bir partiya o‗z dasturiy maqsadlarini ro‗yobga chiqarish uchun huquqiy asos 
va  qonuniy  kafolatlarga  ega.  Fuqarolar  uchun  qaysi  siyosiy  partiyaning  qarashlariga  qo‗shilish  yoki 
qo‗shilmaslik  ixtiyoriy  bo‗lib,  bunday  erkinlik  yoshlarni  fikrlashga  o‗zicha  mustaqil  yo‗l  tanlashga 
xizmat qiladi. Har bir partiyaning o‗z dasturiy g‗oyalarini zayotga tatbiq etish jarayonida milliy istiqlol 
mafkurasining  asosiy  tamoyillariga  amal  qilishi  hayotning  bosh  mezonidir.  CHunki  xalq  manfaatlari, 
istiqlol g‗oyalari, qaysi siyosiy va mafkuraviy kuchga mansubligidan qat‘i nazar, barcha yurtdoshlarimiz 
uchun muqaddasdir. Bu aslida tom ma‘nodagi siyosiy madaniyatning begisidir. 
Fuqarolarning  huquqiy  madaniyatini  yuksaltirish  chinakam  demokratik  fuqarolik  jamiyati 
qurishning  muhim  omili.  Bu  o‗rinda  shuni  ta‘kidlash  joizki,  shaxsning  xuquqiy  ongi  yuksak,  bilimi 
etarli bo‗lishi, lekin unda xuquqiy  madaniyat etishmasligi, u  fuqaro  sifatida o‗z xalqi  va  Vatani oldiga 
burch  va  mas‘uliyatini  teran  anglamasligi  mumkin.  SHuning  uchun  ham  fuqarolar,  ayniqsa,  yoshlarda 
huquqiy madaniyatni yuksaltirish mafkuraviy tarbiyaning muhim shartidir. 
Huquqiy madaniyatni shakllantirish omillari quyidagilardir: 
- huquqiy madaniyatiga oid ommabop adabiyotlar. 
- ta‘lim muassasalarida huquqiy madaniyatga oid maxsus o‗quv kurslari. 
- ijtimoiy muloqotning huquqiy tamoyillari mavzuiga oid tadbirlar. 
-  mustaqillikning  inson  manfaatlariga  qaratilgan  huquqiy  asoslarini  keng  xalq  ommasi  orasida 
targ‗ib etish va boshqalar. 
Odatiy  an‟anaviy  fikrlash  tarzidan  yangicha,  ilg„or  fikrlashga  o„tish  mafkuraviy 
yangilanishlar jarayonining muhim xususiyatidir. Ta‘kidlash lozimki, inson o‗zi uchun odatiy bo‗lib 
qolgan fikrlash tarzidan osonlikcha voz kecholmaydi, chunki eskicha fikrlash bir qarashda qulay bo‗lib 
ko‗rinadi.  Buni  arifmetikadagi  mantiq  bilan  algebradagi  mantiq  qoidasiga  qiyoslash  mumkin. 
Arifmetikani  o‗zlashtirgan  bola  algebradagi  ayniyat,  teoremalarni  ruhan  qiynalib  qabul  qilgani  kabi, 
inson tafakkuri ham ijtimoiy hayot o‗zgarishlarini birdan qabul qilolmaydi. Lekin yangi davr, yangicha 
islohotlar, demokratiya,  bozor  munosabatlari aynan tafakkur va  fikrdagi  o‗zgarishlarni taqozo  etadi  va 
bu  rivojlanishining  taraqqiyotning  asosiy  shartidir.  SHuning  uchun  milliy  istiqlol  g‗oyasi  asosiy 
tushuncha  va  tamoyillarining  keng  omma  qalbi  va  ongiga  singishi  birdaniga,  tez  va  bir  tekisda  ro‗y 
bermaydi.  Bu-murakkab,  bosqichma-bosqich  amalga  oshadigan  jaryon  bo‗lib,  bu  jarayonda,  boshqa 
ijtimoiy  qatlam  vakillaridan  farqi  o‗laroq  yoshlar  tashabbuskorlik  ko‗rsatishi  va  dunyoqarashi  va 
e‘tiqodi bilan boshqalarga ta‘sir ko‗rsatishi kerak. 
Muloqot madaniyati –insonga xos ma‘naviy ehtiyoj  bo‗lib, undagi umumiy madaniy saviyaning 

muhim  ko‗rsatgichidir.  Inson  o‗zining    his-tuyg‗ulari,  ichki  kechinmalari,  o‗y-fikrlarini  bevosita 
muloqot  jarayonida  namoyon  qiladi.  Mafkuraviy  tarbiyaning  eng  ta‘sirchan  vositalaridan  biri  ham 
muloqot hisoblanadi. CHunki inson qalbida ongida shakllanadigan dunyoqarash, e‘tiqod, iymon, vijdon, 
mas‘uliyat  kabi  fazilatlar  tarbiyasida  radio-televidenie,    gazeta-jurnallar,  badiiy  hamda  ilmiy 
adabiyotning o‗rnini e‘tirof etgan holda, shuni aytish mumkinki, yuzma-yuz kechadigan fikr almashuv, 
insonning  yuzi  va  ko‗ziga  qarab  turib  aytiladigan  bama‘ni  so‗z  va  hissiyotlarning  o‗rni  beqiyos. 
SHuning uchun  ham  ota-ona  bir  gapni aytish lozim bo‗lsa, bolasining yuzini  o‗ziga qaratib  olib,  zarur 
yuz qiyofasi va ko‗zidagi samimiyat bilan fikrini uqtira boshlaydi. Va bunday muloqot samarali bo‗ladi. 
 
Hayotni erkinlashtirish milliy istiqlol g‗oyasini xalqimiz qalbi va ongiga singdirishning muhim 
shartidir.  Milliy  istiqlol  g‗oyasi  siyosiy  voqelikni  uyg‗unlashtirib,  turli  shaxslar,  ijtimoiy  guruhlar 
ehtiyojlarini  mutanosiblashtiradi,  ularni  mavjud  imkoniyatlar  asosida  bir-biri  bilan  yaqinlashtiradi  va 
shu  ma‘noda  demokratik  qadriyatlarning  nufuzini  oshiradi.  Kishilar  ongini  mahalliychilik,  urug‗- 
aymoqchilik,  mahdudlik  kabi  ijtimoiy  illatlar  asoratidan  poklash,  yot  g‗oyalarga  nisbatan  mafkuraviy 
immunitetni  shakllantirish,  mafkuraviy  kurashda  to‗g‗ri  yo‗l  tanlash  va  jaholatga  qarshi  ma‘rifat  bilan 
kurashish milliy g‗oyaning xalqimizning qalbi va ongiga teran singdirilishi Bilan bog‗liq. Milliy istiqlol 
g‗oyasini  amalga  oshirish  kuchli  jamiyat  sari  borish  konsepsiyasiga  asoslanadi  va  undan  kelib  chiqib, 
siyosiy  va  ijtimoiy-iqtisodiy  hayotning  barcha  sohalarini  erkinlashtirishda  manfaatlar  uyg‗unligini 
ta‘minlovchi omil bo‗lib xizmat qiladi.    
YUqoridagilardan  kelib  chiqadigan  xulosa  shuki,  milliy  mafkuraning  didaktik  mazmunini 
yaratishda va  boyitishda dunyoviylik va ratsionalizm tamoyillariga qat‘iy amal qilib,  milliy mafkurani, 
tarbiya jarayonini real hayotiy talablar, zaruratlar bilan bog‗lash kerak. 
 
Milliy  mafkura qanchalik hayotga,  odamlar turmushiga, dard va tashvishlariga, orzu-umidlariga 
yaqin  bo‗lsa,  safsatabozlikda,  nasihatgo‗ylikdan  xoli  bo‗lsa,  alohida  shaxs  kamolotini  ham,  butun 
jamiyat taraqqiyotini ham rag‗batlantira olsa, shunchalik O‗zbekistonning  kelajagi  buyuk, o‗zi ozod va 
obod bo‗ladi.  
Biz  jahonning  ilg‗or,  taraqqiy  etgan  xalqlari  qatoriga  qo‗shilmoqchimiz.  Lekin  g‗arb 
mamlakatlariga har bir masalada taqlid qilolmaymiz, ulardagi ayrim urflar esa bizning milliy ongimizga 
(mentalitetimizga) ancha  yot. Masalan,  g‗arbga  xos  odamlarning bir-biridan,  hatto bolalarning  o‗z  ota-
onasidan  begonalashishi,  inson  faoliyatining  har  qanday  ko‗rinishi  zamirida  maqsadga  muvofiqlik, 
amaliy  o‗zaro  foydalilik  (yoshlar,  bolalar  bundan  mustasno)  bizga  unchalik  ma‘qul  emas.  Biz 
xalqimizga  xos bo‗lgan eng  oliy  xislatni, ona tilimizda «odamgarchilik» deb ataladigan xislatni  saqlab 
qolishimiz shart. 
Quyida  milliy  istiqlol  g„oyasi  nuqtai  nazaridan  mafkuraning  ana  shu  xususiyatlarining 
mohiyati va mazmuni bilan qisqacha tanishamiz. (Mafkuraing ijtimoiy vazifalari) 
1. Odamlarni muayyan g‗oyaga ishontirish. Mafkura g‗oyalar sistemasi sifatida biron bir g‗oyani 
targ‗ib  etish,  kishilarni  shu  g‗oyaning  to‗g‗ri  hayotiy  va  ilg‗or  ekanligiga  ishontirishni  o‗z  oldiga 
maqsad qilib qo‗yadi. 
 
Demokratik  jamiyatda  amal  qiladigan  plyuralizm  (fikrlar,  qarashlar  rang-barangligi)  kishilarga 
o‗z hayotiy manfaatlari, maqsad va intilishlarini aks ettiradigan ilg‗or g‗oyani tanlash, himoya qilish va 
rivojlantirish imkonini beradi.  
 
Milliy istiqlol g‗oyasining shakllanishini tahlil qilish jamiyatda biron bir g‗oyaning to‗g‗ri, ilmiy 
va  hayotiyligiga  ishonch  hosil  qilish  o‗z-o‗zidan  ro‗y  bermasligini  ko‗rsatadi.  Mafkuraga  ishonch 
uyg‗otish,  unda  aks  etgan  g‗oyalar  ta‘sirida  odamlarni  safarbar  etish  funsiyasi  muayyan  shaxslarning 
faoliyati orqali ro‗yobga chiqadi. CHunki, ishontirmoq- kishilarning ruhi, kayfiyati, hissiy kechinmalari, 
kalbi va shuuriga ta‘sir qilmoqdir. Bu vazifani amalga oshiruvchi kishilardan yuksak, insoniy fazilatlar, 
shu g‗oya yo‗lida fidoyillik, bilim, malaka, nutq mahorati va boshqalar talab etiladi.  
 
Keng  xalq  ommasini  biron  bir  g‗oyaning  ilg‗or  va  insonparvar  ekanligiga  ishontirmoq  uchun, 
avvalo  mazkur  g‗oya  xalq  hayotiga  yaqin,  bevosita  daxldor  bo‗lishi,  ikkinchidan,  uni  odamlar  ongiga 
etkazishning eng qulay vosita va usullarini aniqlab olish kerak bo‗ladi.  
Bundan  davlat  siyosatining  ustuvor  yo‗nalishlari,  maqsad  va  vazifalarini  mafkuraviy  jihatdan 
asoslash, ayniqsa, muhimdir. 
 
Zamon  ruhi,  xalq  psixologiyasi,  ehtiyoj  va  talablari  mafkuramizda  har  tomonlama  aks  etishi, 
bugungi hayotning eng dolzarb muammolari, uning strategik maqsadlari bilan o‗zviy bog‗lanishi zarur. 

Ana shundagina porloq kelajakka intilish va qat‘iy ishonch muqarrar ravishda katta ijtimoiy yuksalishga 
turtki beradi. Fan  va texnika taraqqiyoti borasida erishilgan yutuqlar bilan  birga mafkuramizning jonli, 
ehtirosli va jozibador g‗oyasi insonlar qalbini larzaga keltiradi, ularni faol harakatga undaydi, yaxshi va 
saodatli kunlarga ishonch hissini uyg‗otadi. 
 
Insoniyat  tarixda  chuqur  iz  qoldirgan  buyuk  davlat  arbablari,  harbiy  sarkadalar  keng  ommani 
ishontirshi  yuksak  marralar  sari  rag‗batlantirish  qobiliyatiga  ega  bo‗lgan  mohir  notiq  bo‗lganlar.  Ular 
g‗oyaning  ishonchli  va  hayotiy  bo‗lishi  uchun,  u  avvalo,  ilmiy-nazariy  asosga  ega  bo‗lishi,  hayotiy 
dalillarga  tayanishi  lozim  ekanligini  yaxshi  bilganlar.  Mafkuraviy  kurash-jamiyatning  ongli  va  faol 
qatlamining  biron  bir  g‗oyani  himoya  qilish,  qaror  toptirish  yo‗lidagi  kurashi  ekanini  anglab  etganlar. 
Ana  shunday  kishilar  etakchilik  qiladigan  insonparvar  va  demokratik  jamiyat  g‗oyaga  qarshi  g‗oya 
bilan,  jaholatga  qarshi  ma‘rifat  bilan  kurashadi.  Bu  kurash  oxir-oqibatda  ezgulikning  razolat  ustidan, 
yaxshilikning yomonlik ustidan qozonajak g‗alabasi bilan intiho topadi. 
 
Mustaqillik  g‗oyasining  o‗zagi  bo‗lgan-tanlagan  taraqqiyot  yo‗limizning  to‗g‗ri  adolatli  va 
haqqoniy,  u  mana  shu  zaminda  istiqomat  qiladigan  har  bir  insonning  hayotiy  manfaatlariga  mos 
tushishiga keng ommani ishontirish, kishilarni ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish 
yo‗lidagi  bunyodkorlik  ishlariga  safarbar  etish  milliy  istiqlol  mafkurasining  asosiy  maqsadlaridan 
biridir. 
 
Odamlarga mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlarni hayotiy faktlar orqali sodda va lo‗nda qilib 
tushuntirish,  istibdod  asoratlarini  tarixiy  dalillar  asosida  fosh  etish  milliy  istiqlol  g‗oyasini  kishilar 
ongiga  singdirishda  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Bu  g‗oyaning  asosiy  tushuncha  va  tamoyillarini 
xalqimiz,  ayniqsa,  yoshlar  o‗rtasida  keng  targ‗ib  etish  birinchi  navbatda  rahbar  qadrlar,  ziyolilar, 
ommaviy axborot vositalari xodimlarining muhim vazifasi, fuqarolik burchidir. Milliy istiqlol g‗oyasiga 
sadoqat,  kasbiy  mahorat,  keng  ommani  ishontirish  va  safarbar  etish  qobiliyati-kadrlar  tanlash  va  joy-
joyiga  qo‗yishda  asosiy  mezon  bo‗lmog‗i  lozim.  Milliy  mafkura  masalalariga  loqaydlik  ayrim  rahbar 
kadrlar  o‗rtasida  umummilliy,  manfaatlarimizga  butunlay  yot  g‗oyalarning,  korrupsiya,  qarindosh-
urug‗chilik singari illatlarning kuchayishiga olib keladi. 
 
Mafkuraviy  targ‗ibot  ishlarining  muvaffaqiyatini  belgilaydigan  shunday  hayotiy  qonuniyat  bor: 
boshqalarni  bir  g‗oyaga  ishontirmoq  uchun,  avvalo  unga  o‗zing  yurakdan  ishonishing,  boshqalarni 
yondirmoq  uchun  o‗zing  yonishing,  boshqalarni  g‗aflat  uyqusidan  uyg‗otmoq  uchun  o‗zing  uyg‗oq  va 
bedor  bo‗lishning  shart!  Milliy  g‗oyaning  xalqparvar,  taraqqiyparvar  ekanligiga  bo‗lgan  ishonch 
kundalik hayot sinovlaridan o‗tsagina so‗z va ish birligiga erishilsagina bu g‗oya mustahkam e‘tiqodga 
aylanadi.  E‘tiqod  ustuvor  erda  chinakam  insoniy  hayot  bo‗ladi:  e‘tiqod  uchun,  ilg‗or  g‗oya  tantanasi 
uchun kurash jarayonida inson shaxsi shakllanadi: u bunyodkor kuchga aylanadi. 
Download 5.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling