Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi


G„oya  asosida  kishilarni  uyushtirish


Download 5.27 Kb.
Pdf ko'rish
bet24/27
Sana12.12.2017
Hajmi5.27 Kb.
#22107
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27

G„oya  asosida  kishilarni  uyushtirish.  Jamiyat  faqat  o‗z  shahsiy  manfaatini  ko‗zlaydigan 
odamlar  yig‗indisidan  iborat  emas.  Umumiy  manfaatlarni  teran  anglash  kishilarning  jamiyat  bo‗lib 
uyushishlariga,  ijtimoiy  talab  va  normalarni  e‘tirof  etib,  ularga  amal  qilishlariga  sabab  bo‗ladi.  Bu  , 
ayniqsa,  hozirgi  o‗tish  davrida  nihoyatda  muhim  ahamiyat  kasb  etmoqda.  Ana  shu  sababdan  ham 
jamiyat a‘zolarini umumiy maqsad va manfaatlar yo‗lida birlashtirish mafkuraning asosiy vazifalaridan 
biridir. 
 
O‗zining  Vatan  deb  atalish  ulug‗  bir  oilaga  mansubligini  his  etish  tuyg‗usi  o‗z-o‗zidan  paydo 
bo‗lmaydi,  balki muttasil va izchil g‗oyaviy tarbiya samarasi o‗laroq,  yuzaga keladi. Oiladagi totuvlik, 
ahillik,  mehr-shafqat  xislatlari  uzluksiz  ravishda  turli  shakllarda  olib  boriladigan  axloqiy  tarbiyaning 
mahsuli  bo‗lgani  kabi,  jamiyatning  g‗oyat  xilma-xil  qatlamlarini  umumiy  manfaatlar  atrofida 
jipslashtirish,  odamlar  o‗rtasida  hamjihatlik,  totuvlik,  o‗zaro  yordam  xislatlarini  shakllantirish  ham 
izchil  mafkuraviy  tarbiya  vositasida  amalga  oshiriladi.  SHu  ma‘noda  aytish  mumkinki,  milliy  istiqlol 
g‗oyasi  kishilar  ongiga  teran  singishi  bilan  ular  umumiy  maqsad  sari  intiluvchi  maslakdoshlarga 
aylanadilar. 
G„oyani  amalga  oshirish  uchun  safarbar  etish.  Mafkuraning  bunyodkorlik  funksiyalaridan 
biri ilg‗or g‗oyani amalga oshirish uchun kishilarni safarbar etishdir. 
 
Mafkurada  ifoda  etilgan  g‗oya  va  maqsad  jamiyatdagi  ko‗plab  partiyalar,  ijtimoiy  harakat  va 
tashkilotlarning faoliyat dasturiga asos bo‗ladi, ijtimoiy rivojlanishga kuchli turtki beradi. 
U  jamiyatda  ro‗y  beradigan  tub  o‗zgarishlarga  zamin  yaratadi,  unga  keng  xalq  ommasini  ma‘naviy-
ruhiy jihatdan tayyorlaydi, so‗ngra bunyodkorlik ishlariga safarbar etadi. 

 
Jahon  tarixida  bunga  misollar  juda  ko‗p.  Bunyodkor  mafkuraning  safarbar  etuvchi  roli  tub 
ijtimoiy-iqtisodiy yuksalishlarda  jamiyat  hayotidagi  ma‘naviy  o‗zgarishlarda yaqqol ko‗zga  tashlanadi. 
Buni xalqlarning  chet el  bosqichlariga qarshi kurashida, turli bunyodkorlik ishlarida, chunonchi  hashar 
yo‗li  bilan  suv  inshootlari,  ko‗priklar,  yo‗llar,  shahar  va  qishloqlar  qurishdagi  umumiy  safarbarlik 
ishlarida ko‗rish mumkin. 
 
Mafkura  ijtimoiy  ongning  tarkibiy  qismi  sifatidan  ijtimoiy  o‗zgarishlarga  faol  munosabatda 
bo‗ladi,  ularni  yo  ma‘qullab  qo‗llab-quvvatlaydi,  yoki  inkor  etadi.  Binobarin,  mafkura  o‗z  mohiyatiga 
ko‗ra ijtimoiy o‗zgarishlarga befarq bo‗la olmaydi. 
 
Jamiyatdagi  turli  sotsial  guruhlar,  sinflar,  qatlamlar  mafkura  asosida  siyosiy-ijtimoiy 
jarayonlarga o‗z munosabatlarini belgilaydilar. Biroq mafkuraning safarbar etuvchilik xususiyati sotsial 
o‗zgarishlar jarayonida doim ham ko‗zga aniq tashlanavermaydi, balki, tub ijtimoiy o‗zgarishlar davrida 
yaqqolroq  namoyon  bo‗ladi.  Masalan,  mamlakat  mustaqilligi  va  yaxlitligiga  tahdid  soladigan 
mafkuraviy xavf-xatarlar kuchaygan paytlarda kishilarni Vatan istiqloli, ravnaqi yo‗lida jipslashtirish va 
safarbar etishda milliy mafkura muhim rol o‗ynaydi. 
 
Siyosiy  kurashlar  davrida  aholining  juda  oz  qismini  va  tor  doiradagi  manfaatlarni  ko‗zlovchi, 
buzg‗unchilikni  maqsad  qilib  olgan  mafkuralar  ham  dunyoga  kelishi  mumkin.  Bunday  mafkuraga  ega 
bo‗lgan  guruhlar  bilan  aholining  asosiy  qismini  tashkil  etuvchi  guruh  va  sinflar  o‗rtasida  mafkuraviy 
masalalarda  turli  ixtiloflar  kelib  chiqadi.  Zero,  Prezidentimiz  ta‘kidlagani  kabi:  «Xalq-o‗zining  ming 
yillik an‘ana va tajribalari,  so‗nmas xotirasi va buyuk tuyg‗ulari bilan yashab kelayotgan  qudratli kuch 
YOlg‗onga,  aldovga  duch  kelgan  paytda  uning  asriy  qadriyatlari,  doimo  uyg‗oq  vijdoni  tilga  kiradi, 
nohaqlikka, qabihlikka qarshi kurashga da‘vat etadi». 
 
Mafkuraning  safarbar  etuvchilik  funksiyasi,  ayniqsa,  mafkuraviy  kurashlar  jarayonida  to‗laroq 
namoyon  bo‗ladi.  Zero,  mafkuraviy  ziddiyatlar  keskinlashgan  davrda  maqsadga  erishishning  qo‗pol 
vositalari,  xususan bosqinchilik,  terror,  qo‗poruvchilik, inqilobiy usullar ishga  solinishi  mumkin. Bu –
mafkuraviy kurashning o‗ta qo‗pol va g‗ayriinsoniy usullari bo‗lib ularga, qarshi turishda sobiqadamlik, 
bardosh, sabot va faolik talab qilinadi. 
 
Bu  jarayonda  bunyodkorlik  g‗oyalari  bilan  qurollangan  keng  xalq  ommasining  ideallari, 
manfaatlarini  o‗zida  mujassamlashtiruvchi  mafkuragina  insonparvarlik,  taraqqiyparvarlik  tamoyillari 
asosida mamlakat, xalq taqdirida ijobiy ahamiyatga ega bo‗ladi, kishilarni ezgu ishlarga da‘vat etadi. 
Kishilarni  ma‟naviy-ruhiy  jahatdan  qo„llab-quvvatlash.  Mafkura  milliy  taraqqiyotning  eng 
og‗ir  murakkab  davrida,  ayniqsa,  bir  ijtimoiy-siyosiy  tuzumdan  yangisiga  o‗tish  jarayonida  keng  xalq 
ommasini  ma‘naviy  –ruhiy  jihatdan  qo‗llab-quvvatlaydi,  ularda  kelajakka  ishonch  tuyg‗ularini 
uyg‗otishga  xizmat  qiladi.  Ana  shu  sababdan  ham  chinakam  milliy  mafkura  bo‗lgan  istiqlol  g‗oyasi 
istiqbolga umid  bilanqarashga  da‘vat  etadi.  Unda  xalq  fantaziyasi,  orzu-umidlarining  qay darajada aks 
etishi ham muhim ahamiyatga ega. CHunki, to‗q, farovon va baxtli hayot qurish, ijtimoiy adolatni qaror 
toptirish,  millatlararo  totuvlik,  tinchlik,  do‗stlik  er  yuzasidan  barcha  xalqlarning  azaliy  orzusidir. 
Demak,  milliy istiqlol  mafkurasining  hayotiyligi,  ta‘sirchanligi xalq  orzu-umidlarini nechog‗li to‗la  va 
yorqin  aks  ettirishi,  ularni  ro‗yobga  chiqarishning  yo‗llari  va  vositalarini  qay  darajada  to‗g‗ri 
belgilashga bog‗liqdir. 
 
Zero, jamiyat a‘zolari milliy istiqlol mafkurasida o‗z hayotiy manfaatlari, orzu-umidlari ifodasini 
ko‗rsagina odamlarni ruhan bardam, uyg‗oq va faol qila oladigan kuchga aylanadi. 
G„oyaviy tarbiyalash. Jamiyatdagi mavjud g‗oyalarga faol munosabat, faol hayotiy pozitsiyani 
tarbiyalash  mafkuraning  yana  bir  muhim  maqsadidir.  g‗oyaviy  tarbiya  axloqiy,  siyosiy,  huquqiy 
tarbiyaning asosini tashkil etadi. Har qanday axloqiy, siyosiy, huquqiy tarbiya muayyan g‗oyani himoya 
qilish,  targ‗ib  etish  va rivojlantirishga  qaratilgan  bo‗ladi.  Xususan,  yovuzlik, behayolik,  shafqatsizlikni 
targ‗ib  etish  orqali  yoshlarni  axloqiy  jihatdan  buzishga  qaratilgan  badiiy  filmlarda  jamiyat 
barqarorligiga raxna solishdan iborat  mafkuraviy  maqsad yashiringandir. «Ongi shakllanib ulgurmagan 
aksariyat  yosh tomoshabinlar  bunday  filmlardan ko‗pincha turli yovuzlik,  yirtqichlik,  shafqatsizliklarni 
o‗rganadi,  xolos. Natijada ularning diydasi qotadi,  qalbidan toshbag‗irlik,  zo‗ravonlik, axloqsizlik kabi 
illatlar  joy  olganini  o‗zi  ham  sezmay  qoladi.  Hatto  shunday  tomosha  va  filmlarning  qahramonlariga 
ko‗r-ko‗rona  taqlid  qilishni  talqinlar  ta‘sirida  qo‗l  urayotgan  ishi  qanday  ayanchli  oqibatlarga  olib 
kelishini tushunib etmaydi». 
 
Binobarin g‗oyalar oshkora yoki yashirin, bevosita yoki bilvosita, to‗g‗ridan-to‗g‗ri yoki ramziy 

shakllarda targ‗ib  etilishi mumkin. Inson faoliyati aniq  bir g‗oyaviy  maqsadga yo‗naltirilgan bo‗lib, bu 
niyat  ko‗pincha  ko‗zga  tashlanmaydi,  g‗oyaviy  tarbiyaning  asosiy  maqsadi  kishilarda  hushyorlik, 
sezgirlik  hissini  shakllantirish,  yot  va  zararli  g‗oyalarga  qarshilik  ko‗rsatish  qobiliyatini 
shakllantirishdan iboratdir. 
6.G„oyaviy  immunitetni  shakllantirish.  G‗oyaviy  tarbiya  jarayonida  kishilarda  yot  va  zararli 
g‗oyalarga qarshi kurashish uchun mafkuraviy immunitetni shakllantirishga alohida e‘tibor beriladi. Bu 
uzoq davom etadigan jarayondir. 
 
Mafkuraviy immunitetni shakllantirish kishilar ongiga bir xil g‗oyani zo‗r berib tiqishtirish emas, 
balki  odamlarda  oq-qorani  ajratish,  zararli  g‗oyalarga  qarshi  hushyor  va  ogoh  bo‗lish  xususiyalarini 
tarbiyalash demakdir. 
 
Manfaatlar bor erda muqarrar ravishda g‗arazli, nopok g‗oyaviy niyatlarni amalga oshirish uchun 
intilishlar  ham  bo‗ladi.  YOshlarda  rol  o‗ynaydi.  g‗oyaviy  immunitetni  shakllantirish  -g‗oyaviy-
tarbiyaviy ish samaradorligining muhim mezoni hisoblanadi. 
Harakat  dasturi  ekanligi.  Mafkura  jamiyatda  ijtimoiy-  siyosiy  harakatning  o‗ziga  xos 
dasturilamali  bo‗lib  xizmat  qiladi.  CHunki  u  bugungi  kun  muammolarini  hal  etish  uchun  odamlarni 
jipslashtirish  va  safarbar  etish  zaruriyatidan  vujudga  kelsa-da,  ayni  vaqtda  uzoq  istiqbolni  ko‗zlaydi. 
Tarixiy  davr  o‗zgarishi  bilan  milliy  mafkurani  yanada  takomillashtirish  yangi  mazmun  bilan  boyitish 
zaruriyati vujudga keladi. 
 
Milliy  mafkura  jamiyatdagi  barcha  sotsial  qatlamlar  va  guruhlarning  umumiy  harakat  dasturi, 
ularni  faollikka  da‘vat  etuvchi  vosita  hisoblanadi.  Mafkuraviy  maqsad-g‗oyaviy  faoliyatni  amalga 
oshirishdan kutiladigan ideal natijadir. 
Milliy  istiqlol  g„oyasini  fuqarolar  ongini  singdirishning  quyidagi  shakllari  hozirgi  paytda 
yaxshi natija bermoqda.  

 
Oila,  mahalla,  ta‘lim-tarbiya  muassasalarida  talaba  yoshlarni,  fuqarrlarni  Duneqarashini 
rivojlantirishga,  ongliligini  oshirishga,  Vatan  ravnaqi  uchun  kerak  bo‗lgan  sifatlarni  kamol 
toptirishga yo‗naltirish.  

 
Fan  va  ilmiy  muassasalar  hamda  ularda  yaratilayotgan  darslik,  o‗quv  qo‗llanma,  uslubiy 
tavsiyanoma va ko‗rsatmalar orqali; 

 
Madaniy ma‘rifiy muassasalar tomonidan olib borilayotgan ommaviy tadbirlar; 

 
Adabiyot  va  san‘at  asarlari  orqali  hamda  ularning  teatrlashtirilgan  ko‗rinishlari,  shuningdek, 
hujjatli filmlar; 

 
Hadis ilmida komillikka intilish g‗oyalarining bugungi hayotimizdagi talqini miosllari; 

 
Sport musobaqalarini tashkil etish orqali; 

 
Ommaviy axborot vositalaridagi eshittirishlar; 

 
Nodavlat tashkilotlarining ma‘rifiy  faoliyati, ma‘rifiy ko‗rsatuv va boshqalar.  
 
Milliy istiqlol g‗oyasini fuqarolar ongiga singdirish vositalarini quyidagicha ifodalash mumkin: 

 
Ta‘lim  dargohidagi  yoshlarga  ularning  yoshiga  qarab,  milliy  istiqlol  g‗oyasini  singdirish  o‗quv 
dasturini yaratish; 

 
Milliy istiqlol g‗oyasini teran aks ettiruvchi o‗quv dasturlari, darslik, ko‗rgazmali qurollar; 

 
Bugungi  taraqqiyotni  olijanob  umidlarimizni  aks  ettiradigan  adabiyot,  kino,  musiqa,  san‘at 
asarlari, muzey, me‘moriy obidalar; 

 
g‗oyaviy ta‘lim tarbiyada informatsion texnikalar (EHM, masofaviy ta‘lim, Internet kabilar); 

 
ilmiy ko‗rgazmalilik; 

 
Milliy  istiqlol  g‗oyasi  mAqsad  va  vazifalari  asosidagi  bahs.  munozara,  davra  suhbati,  saxna 
ko‗rinishlari  tashkil etish; 

 
OAV  yordamida  axborotlar  oqimini  muntazam  ravishda  kuzatib,  tahlil  qilib  bori  shva  kerakli 
joylarda  ularning jamiyatimiz taraqqiyotiga ta‘siri haqida  chiqishlar qilish. 
―Mafkuraviy tarbiya‖ tushunchasi, uning mazmuni va namoyon bo‗lish xususiyatlari. Mafkuraviy 
tarbiyaning  yo‗nalishlari  va  ijtimoiy  funksiyalari.  Ta‘lim-tarbiya  tizimida  milliy  g‗oyani  rivojlantirish 
imkoniyatlari.  Ijtimoiy  institutlarning  an‘anaviy,  individual  jamoaviy  mafkuraviy  funksiyalari:  Milliy 
g‗oyani  rivojlantirishda  ommaviy  va  siyosiy  tashkilotlarning,  oila,  mahalla,  nodavlat-notijorat 

tashkilotlarning  rolini  oshirishning  ahamiyati.  Milliy  g‗oya  va  mafkurani  targ‗ib-tashviq  qilishda 
mutaxassislar  roli  va  mas‘uliyati.  Milliy  g‗oyani  ommaga  transformatsiya  qilishda  kadrlar 
korpusini  shakllantirish,  ularning  salohiyatini  rivojlantirishda  "O‗zbekiston  Respublikasi  Ta‘lim 
to‗g‗risidagi  Qonuni"  va  "Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi"da  belgilangan  vazifalarni  amalga 
oshirish masalalari.  
 
Adabiyotlar: 
1.Milliy istiqlol g‗oyasi: asosiy tushunchalar, tamoyillar va atamalar (qisqacha izohli tajribaviy lug‗at).. 
T.:YAngi asr avlodi, 2002. 
2. Milliy istiqlol g‗oyasi. –T.: Akademiya, 2005. 
3. Milliy g‗oya nazariy manbalar. Xrestomatiya. T.: «Akademiya», 2007. 
4. Milliy g‗oya targ‗ibot texnologiyalari va atamalar lug‗ati. T.: «Akademiya», 2007 
5. Millatlararo totuvlik va diniy bag‗rikenglik – taraqqiyot omili. T.: Fan va texnologialar,  2003.  
6. Musaev F. Demokratik davlat qurishning falsafiy-huquqiy asoslari.T.: O‗zbekiston 2007 
7.  Mustaqillik  mafkurasi  va  O‗zbekistonda  demokratik  jamiyat  qurishning  iqtisodiy,  ijtimoiy  va 
ma‘naviy negizlari. –T. : Universitet, 2001. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
 
 
 
 
SEMINARLAR UCHUN  MATERIALLAR 
1-mavzu.“Milliy  g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining predmeti, maqsadi va 
vazifalari xususiyatlari. .“Milliy  g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar fanining tarixiy 
ildizlari, shakllanish bosqichlari. 
Mavzuning maqsadi: Milliy  g‗oya fanining predmeti, maqsadi, vazifalari hamda jamiyat taraqqiyotida 
tutgan o‗rni to‗g‗risida to‗liq tushuncha xosil qilish 
Talaba bilishi lozim:  
1.
 
Milliy g‗oya: asosiy tushuncha va tamoyillar» fanining yuzaga kelish shart-sharoitlari va 
zarurati.  
2.
 
«Milliy  g‗oya: asosiy tushuncha va tamoyillar»  fanining predmeti va asosiy tushunchalari. 
3.
 
«Milliy  g‗oya: asosiy tushuncha va tamoyillar»  maqsad va vazifalari. 
«Milliy    g‗oya:  asosiy  tushuncha  va  tamoyillar»  fanining  ijtimoiy-gumanitar  va  boshqa  fanlar  bilan 
bog‗liqligi. 
Motivatsiya: Milliy g‗oyaning jamiyat hayotidagi o‗rni, insoniyat taraqqiyotida turli xil g‗oyalarning va 
mafkuralar turlarining yaratilishi, ularning asoslari qaerdaligini bilishdan iborat. 
Fanlararo  va  fan  ichidagi  bog‟liqlik:  ma‘naviyat  asoslari,  milliy  g‗oya:  asosiy  tushuncha  va 
tamoyillar,psixologiya hamda dinshunoslikning 6,7-mavzulari bilan bog‗liq. 
 
 
“Insert usuli” 
Insert – samarali o‗qish va fikrlash uchun belgilashning inter faol tizimi xisoblanib, mustaqil o‗qib 
o‗rganishda  yordam  beradi.  Bunda  ma‘ruza  mavzulari,kitob  va  boshqa  materiallar  oldindan  talabaga 
vazifa qilib beriladi.Uni o‗qib chiqib,  «V; +; -; ?» belgilariorqali o‗z fikrini ifodalaydi. 
Matnni belgilash tizimi (v) –men bilgan narsani tasdiqlaydi. (+) – yangi ma‘lumot. (-) –men bilgan 
narsaga zid.  
(?) –meni o‗ylantirdi. Bu borada menga qo‗shimcha ma‘lumot zarur.  
 
 
Insert jadvali  
 
 
Tushunchalar 
V 
+ 
- 
? 
Mafkura 
 
 
 
 
Mafkuraviy bo„shliq 
 
 
 
 
G„oya 
 
 
 
 
Milliy o„zlik  
 
 
 
 
G„oya xususiyatlari  
 
 
 
 
 
Nazorat savollari: 
1.
G‗oya  va  mafkura  tushunchasining  mohiyati,  mazmuni,  namoyon  bo‗lish  shakllari  va  rivojlanish 
xususiyatlarito‗g‗risida nimalarni bilasiz? 
2. Ideologiyaning tadqiqot ob‘ekti va predmetini ayting. 
3. Milliy ideologiyaning mazmun-mohiyati. 
4.Turli xil g‗oya va mafkuralarning tarixiy va nazariy asoslari. 
 

Foydalanilgan  adabiyotlar 
1.O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: «O‗zbekiston», 2015. 
2.Karimov I.A. ―YUksak ma‘naviyat - engilmas kuch‖. - T.: Ma‘naviyat. 2008. 
3.Karimov  I.A.  O‗zbekiston  XXI  asr  bo‗sag‗asida:  xavfsizlikka  taxdid,  barqarorlik  shartlari  va 
taraqqiyot kafolatlari. T.6. T.: «O‗zbekiston», 1997. 125-135, 149-162-betlar. 
4.Karimov I.A. Barkamol avlod - O‗zbekiston taraqqiyotining poydevori. T.6. T.: «O‗zbekiston», 1997. 
324-346-betlar. 
5.Karimov  I.A.  Jamiyat  mafkurasi  xalqni-xalq,  millatni-millat  qilishga  xizmat  etsin.  T.7.  T.: 
«O‗zbekiston», 1999. 84-102-betlar. 
6.Karimov  I.A.  «Milliy  g‗oya:  asosiy  tushuncha  va  tamoyillar:  asosiy  tushuncha  va  tamoyillar» 
risolasiga so‗z boshi. T.9. T.: «O‗zbekiston», 2001. 220-224-betlar. 
7.O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining «Milliy g‗oya targ‗iboti va ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar 
samaradorligini oshirish to‗g‗risida»gi qarori. «Xalq so‗zi» gazetasi. 2006 yil 26 avgust.  
8.Abilov  U.  O‗zbekiston  taraqqiyotining  optimistik  ruxi  (Ma‘naviy-  mafkuraviy,  g‗oyaviy  asoslari)  -
T.:―Istiqlol‖, 2003. 
9.Milliy istiqlol g‗oyasini xalqimiz ongiga singdirish omillari va vositalari. -T.: 2002. 
10.O‗zbekiston:  siyosiy  islohotlar  strategiyasi,  erishilgan  natijalar  va  istiqbollar.  -T.:  ―Akademiya‖, 
2010. 
11.O‗zbekistonda  davlat  qurilishi  sohasidagi  islohotlar  va  huquqiy  siyosat:  rivojlanish  bosqichlari, 
erishilgan natijalar va istiqbollar. - T.:―Akademiya‖, 2010. 
 
 
2-mavzu.Milliy g„oya, ijtimoiy taraqqiyot va mafkuraviy jarayonlarning o„zaro bog„liqligi 
 
Mavzuning  maqsadi:  Milliy  g‗oya,  ijtimoiy  taraqqiyot  va  mafkuraviy  jarayonlarning  o‗zaro 
bog‗liqligini tushuntirib berishdan iborat 
Talaba bilishi lozim
1. Milliy g‗oya mohiyatida xalq manfaatining  ifodalanishi.  
2. G‗oyaviy-mafkuraviy meros va unda vorisiylikning namoyon bo‗lishi.  
3.G‗oyaviy-mafkuraviy jarayonlarning ijtimoiy ong shakllaridagi in‘ikosi 
4.O‗zbekistonning mustaqil taraqqiyoti jarayonida yangi g‗oyalarning takomillashuv jarayoni 
Motivatsiya:Jamiyat taraqqiyotida nima uchun g‗oyasiz yashab bo‗lmasligini anglash
Fanlararo va fan ichidagi bog‟liqlik: ma‘naviyat asoslari,  pedagogika ,  psixologiya kabi  fanlar bilan 
bog‗liq. 
 
O„quv topshiriq: 
«Nima  uchun?»  texnikasidan  foydalanib  savolning  javoblarini  jadval-sxemalariga  yozib  
to‗ldirish. 
                                          «Nima uchun?»                          «Nima uchun?»                   «Nima uchun?» 
  
 
                                       
                                                 «Nima uchun?»                              «Nima uchun?» 
 

Нима учун 
одамларни  
мафкура 
атрофида 
бирлаштири
ш керак
?”
 

 
O‗quv topshiriq 
Asoslang. 
 
 
Amir Temur faoliyatida milliy 
g‗oyaning aks etishi 
 
 
Milliy oriyatni yuksak  
qadrlash 
 
CHet el bosqichlarga  
nafrat  
 
 
 
Milliy davlatchilik  
g‗oyasiga sadoqat  
 
 
Milliy g‗urur  
 
 
 
Ozodlikka tashnalik, uni yuksak 
qadrlash  
 
Milliy qadriyatlarni  
e‘zozlash  
 
 
 
 
Iymon-e‘tiqodlilik  
 
Millatning shon-shavkati uchun 
qayg‗urish 
 
 
Adolat 
 
«Blits-so‗rov» savollari savol-javob vaqtida to‗ldiriladi. 
 
№ 
Savollar 
Javoblar 
1. 
 Milliy g‗oya nima? 
 
2. 
Milliy mafkura nima? 
 
3. 
Milliy istiqlol mafkurasining asosiy g‗oyalarini ayting? 
 
4. 
Milliy istiqlol mafkurasining bosh g‗oyasini ayting? 
 
5. 
Milliy istiqlol mafkurasining jamiyat taraqqiyotiga ta‘siri? 
 
6. 
Jamiyatni islox etishni besh tamoyilini ayting? 
 
7. 
Taraqqiyotning O‗zbek modelini asosiy maqsadi nimada? 
 
8. 
Taraqqiyotning O‗zbek modelini asosiy vazifasi nimada? 
 
 
Nazorat savollari: 
1.Mafkuraning falsafiy talqini qanday?
 
2. Milliy ideologiyaning mazmun-mohiyati. 
3.G‗oyalarning turlari qanday? 
4.Turli xil g‗oya va mafkuralarning tarixiy va nazariy asoslari. 
5.Mafkuraning asosiy maqsadlari. 
6.Davlatlar va millatlarning yuksalishi yoki tanazzulga uchrashida mafku-raning ahamiyati qanday? 
7.Mafkurasiz millat va g‗oyasiz inson bo‗lishi mumkinmi? 
 
 
Foydalanilgan  adabiyotlar 
1.2.Karimov I.A. ―YUksak ma‘naviyat - engilmas kuch‖. - T.: Ma‘naviyat. 2008. 

3.Karimov  I.A.  O‗zbekiston  XXI  asr  bo‗sag‗asida:  xavfsizlikka  taxdid,  barqarorlik  shartlari  va 
taraqqiyot kafolatlari. T.6. T.: «O‗zbekiston», 1997. 125-135, 149-162-betlar. 
4..Karimov  I.A.  Jamiyat  mafkurasi  xalqni-xalq,  millatni-millat  qilishga  xizmat  etsin.  T.7.  T.: 
«O‗zbekiston», 1999. 84-102-betlar. 
5.Karimov  I.A.  «Milliy  g‗oya:  asosiy  tushuncha  va  tamoyillar:  asosiy  tushuncha  va  tamoyillar» 
risolasiga so‗z boshi. T.9. T.: «O‗zbekiston», 2001. 220-224-betlar. 
7.Milliy istiqlol g‗oyasini xalqimiz ongiga singdirish omillari va vositalari. -T.: 2002. 
8..O‗zbekistonda  davlat  qurilishi  sohasidagi  islohotlar  va  huquqiy  siyosat:  rivojlanish  bosqichlari, 
erishilgan natijalar va istiqbollar. - T.:―Akademiya‖, 2010. 
 
3-Mavzu. G„oyaviy tahdidlarning yo„nalishlari  
 
Mavzuning  maqsadi:  O‗quv  fani  haqida  umumiy  tasavvurni  shakllantirish,  g‗oyaviy  tahdidlarning 
yo‗nalishlarini  talabalar ongiga singdirishdan  iborat 
Talaba bilishi lozim
1. XXI asrda g‗oyaviy-mafkuraviy munosabatlar  
2. G‗oyaviy tahdid va ularning ko‗rinishlari 
3. Mafkuraviy yakkahokimlik va uning oqibatlari 
Motivatsiya: Hozirgi kunda mafkuraiy jarayonlar murakkablashishini tushunib etish
Fanlararo va fan ichidagi bog‟liqlik: ma‘naviyat asoslari,  pedagogika ,  psixologiya kabi  fanlar bilan 
bog‗liq. 
 
O‗quv topshiriq: 
―T – sxema‖ 
1. O‗zbekiston mustaqilligiga xavf solayotgan ichki va tashqi taxdidlarni belgilang. 
Aqidaparastlik,  poraxo‗rlik,  korrupsiya,  diniy  ekstremizm,  maxalliychilik,  millatchilik,  islom 
xalifaligi,  sobiq  ittifoqqa  birlashtirish  g‗oyasi,yonidagilarni  mensimaslik,  merkantilizm,  xiyonat, 
ma‘naviy  emigratsiya,  tarixni  soxtalashtirish,  mintaqaviy  mojarolar,  xalqni  tabaqalashtirish,  etnik  va 
millatlararo ziddiyatlar, befarqlik, loqaydlik, o‗zligini anglamaslik. 
Ichki 
Tashqi 
Download 5.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling