Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi


Download 5.27 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/27
Sana12.12.2017
Hajmi5.27 Kb.
#22107
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27

 
 
“Aqliy hujum” usuli 
 
Dars  jarayonida  ―aqliy  hujum‖dan  maqsadli  foydalanish  ijodiy,  andozasiz  tafakkurlashni 
rivojlantirish  manbai  hisoblanadi.  ―Aqliy  hujum‖ni  uyushtirish  sodda  bo‗lib,  undan  ta‘lim  mazmunini 
o‗zgartirish  jarayonida,  ishlab  chiqarish  muammolari  echimini  topishda  ham  foydalanish  mumkin. 
Dastlab guruh yig‗ilib, ular oldiga muammo qo‗yiladi. Bu muammo echimi to‗g‗risida ishtirokchilar o‗z 
fikrlarini  bildirishadi. Bu bosqichda hech kimning o‗zgalar g‗oyasiga ―hujum‖ qilishi yoki baholashiga 
haqqi  yo‗q.  Demak,  ―aqliy  hujum‖da  qisqa  vaqtda  o‗nlab  g‗oyalarning  yuzaga  chiqish  imkoniyatlari 
mavjud  bo‗ladi.  Aslida,  g‗oyalar  soni maqsad  emas, ular  muammo  echimi uchungina asos  bo‗ladi.  Bu 
metod shartlaridan biri qatnashuvchilarning har biri tashqi ta‘sirsiz faol ishtirokchi bo‗lishi kerak. 
     Vazifasi  .  ―Aqliy  hujum‖  qiyin  vaziyatdan  qutulish  choralarini  topishga,  muammoni  chegarasini 
kengaytirishga,  fikrlar  xilma-xilliga  erishishga  va  tafakkur  doirasini  kengaytirishga  imkon  beradi.  Eng 
asosiysi,  muammoni  echish  jarayonida  ijodiy  hamkorlik  kuchayib,  guruh  (auditoriya)  yanada 
jipslashadi. 
    Qo„llash  usuli. ―Aqliy  hujum‖ ishtirokchilari  muammo  bo‗yicha  mulohaza – takliflarni bildirishlari 
mumkin.  Aytilgan  fikrlar  yozib  olinadi.  Metod  samarasi  fikrlar  xilma-xilligi  bilan  tavsiflanadi  va  ular 
tanqid  qilinmaydi,  qaytadan  ifodalanmaydi.  ―Aqliy  hujum‖  tugagach,  eng  yaxshi  takliflar  birlashtirib, 
muammoni echish uchun zarurlari tanlanadi.  
 
 
 Vaziyatli masala 
       Toshkent  shahridagi  OTMdan  birining  auditoriyalaridan  biriga  dars  jarayonidan  tashqi  ko‗rinishi 
shubhali  bir  yosh  yigitning  kirib  qolgani  kuzatilgan.  Dars  olib  borayotgan  o‗qituvchi  uning  darsda 
o‗tirishiga  ruxsat  bergan.  Notanish  yigit  dars  asnosida  o‗qituvchiga  diniy  savollar  bilan  murojaat 
qilgan,  ayrim  savollarga  o‗qituvchi  javob  olmasligi  o‗zaro  kelishmovchilikka  sabab  bo‗lgan.  Mazkur 
yigitning vaziyati ekspertlar tomonidan prozelitizmning olib keluvchi holat deb baholangan.    
 
SAVOLLAR 
1. Bu vaziyatda o‗qituvchining tutgan yo‗li to‗g‗rimi?  
2. Prozelitizm haqida nimalarni bilasiz? 
3. Bu o‗rinda notanish yigit tomonidan qaysi me‘yoriy-huquqiy xujjatlarning talablari buzilgan? 
4. Agar siz ushbu ushbu vaziyatda bo‗lsangiz nima qilgan bo‗lar edingiz? 
«FSMU» usuli  
Darsning  borishi:  1.  Tashkiliy  qism:  Har  bir  talabaga  yoki  kichik  guruhlarga  FSMU 
texnologiyasining 4 bosqichi yozilgan qog‗ozlar tarqatiladi.  
2. Asosiy qismda: Talabalar qog‗ozga bosqichma – bosqich quyidagilarni yozib beradilar: 
F – fikr bayon etiladi; 
S – fikr bayoniga sabab ko„rsatiladi; 
M – mulohaza, mushohada, misol va dalillar; 
U – umumlashtiruvchi fikr. 
Mashg‗ulot  reglamentiga  ko‗ra  talabalar  yoki  kichik  guruhlar  yozib  bo‗lgach,  fikrlarini  o‗qib 
himoya qiladilar. 
1.
 
YAkuniy  qismda:    O‗qituvchi  tomonidan  berilgan  mavzu,  muammo  bo‗yicha  fikrlar 
umumlashtiriladi. Talabalarga ball qo‗yiladi.  
Mashg„ulot reglamenti:   

1. Tashkiliy qismga tahminan – 5 minut; 
2.  Talabalar  yoki  kichik  guruhlarning  o‗z  fikrlarini  aniq  va  qisqa  holatda  ifoda  etib  berilgan 
qog‗ozda bayon etishlari uchun (5-10 minut); 
3. Har bir talaba yoki  kichik guruh o‗z fikrlarini bosqichma – bosqich yoritadilar, tasdiqlovchi yoki 
inkor etuvchi misollar, dalillar keltiradilar (2-5 minut); 
4. Bahs – munozara: talabalararo, guruhlararo (5-10 minut); 
Izoh:  Mashg‗ulot  reglamentini  belgilashda  guruhda  talabalarning  soni  nechtaligini  e‘tiborga  olish 
shart.  
 
“Munozara” usuli 
     Bu  metod  yordamida  talabalarga  ma‘lum  mavzu  bo‗yicha  axborot  etkaziladi,  munozara  uchun 
tanlangan mavzuni talabalar ―shturm‖ qiladilar, natijada, unga oid ma‘lumot atroflicha o‗rganiladi.        
Munozarani o‗tkazish metodikasi 
    1. Munozara olib boruvchi – o‗qituvchi mavzuni tanlab, talabalarga taklif etadi. 
    2. O‗qituvchi talabalarga ―aqliy hujum‖ topshirig‗i qoidalarini tushuntiradi: 
      - ―hujum‖dan maqsad – muammo echimiga oid variantlarni ko‗proq taklif etish; 
      -  o‗z  bilimingizni umumlashtirib,  e‘tiborni  muammo  echimiga qaratib, fikrlar  bildiring.  Bildirilgan 
g‗oyalar umumiy fikrga zid bo‗lsa-da, hech biri rad etilmaydi; 
      - boshqa talabalar g‗oyalarini ham qo‗llab-quvvatlang; 
      - taklif etilganlarni baholash bilan keyinroq shug‗ullanasiz. 
   3. O‗qituvchi kotib tayinlaydi va u aytilgan barcha g‗oyalarni yozib boradi. Muhokama vaqtida so‗zga 
chiquvchilar aniqlanib, munozarada barcha talabalar qatnashadi, o‗z fikrlarini ifodalash imkoni beriladi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
NAZARIY MATERIALLAR 
 
 
 
 
 
1. Mavzu: «Milliy  g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar» fanining predmeti, maqsadi va 
vazifalari. 
 
 
R E J A: 
1.
 
«Milliy  g‗oya: asosiy tushuncha va tamoyillar» fanining yuzaga kelish shart-sharoitlari va 
zarurati.  
2.
 
«Milliy  g‗oya: asosiy tushuncha va tamoyillar»  fanining predmeti va asosiy tushunchalari. 
3.
 
«Milliy  g‗oya: asosiy tushuncha va tamoyillar»  maqsad va vazifalari. 
4.
 
«Milliy  g‗oya: asosiy tushuncha va tamoyillar» fanining ijtimoiy-gumanitar va boshqa fanlar 
bilan bog‗liqligi. 
 
Tayanch tushunchalar: 
Ushbu  fan    «g‗oya»,  «mafkura»,  «mafkuraviy  ta‘sir»,  «mafkuraviy  tahdid»,  «mafkuraviy  immunitet», 
«mafkuraviy tizim», «mafkuraviy poligon», «mafkuraviy xavfsizlik», «mafkuraviy bo‗shliq», «g‗oyaviy 
tarbiya», «milliy  mafkura»,  «milliy g‗oya»,  «mafkuraviy  profilaktika»,   «mafkuraviy globallashuv» va 
boshqalar kabi o‗z tushuncha va kategoriyalariga ega.  
 
Bizga  ma‘lumki  O‗zbekiston  o‗z  mustaqilligiga  erishgan  dastlabki  kunlardan  boshlab 
jamiyatimizning  barcha  sohalari  qatori  ma‘naviy-mafkuraviy  hayotimizda  ham  ulkan  o‗zgarishlar  ro‗y 
bermoqda.  

Har  bir  xalq  o‗z  tarixining  burilish  nuqtalarida,  avvalo,  mafkura  masalasini,  uning  o‗zagini  tashkil 
etadigan,  o‗ziga  xos  o‗q,  birlashtiruvchi  yadro  vazifasini  o‗taydigan  ijtimoiy  g‗oyani  shakllantirish 
muammosini  hal  qiladi.  Mamlakatimiz  uchun  milliy  g‗oya  haqidagi  masalaning  bugungi  amaliy 
ahamiyati shundaki, biz o‗tish davrini boshdan kechirmoqdamiz. Aynan shunday paytda aholining turli 
qatlamlari  manfaatlarini  himoya  qiluvchi  mafkuralarning  shakllanishiga  sharoit  tug‗ilishi  mumkin. 
SHunday ekan, millat, jamiyatni parokanda bo‗lib ketishiga yo‗l qo‗yib bo‗lmaydi. Aks holda, siyosiy, 
huquqiy, iqtisodiy islohotlar o‗z ahamiyatini yo‗qotadi, mustaqillik yo‗lida g‗ov paydo bo‗ladi.   
«Milliy  g‗oya: asosiy tushuncha  va tamoyillar»  fani asosan mustaqillik yillarida  shakllangan  o‗quv 
fanidir. 
Sobiq ittifoq davrida g‗oyalar dunyosi, uning o‗ziga xos xususiyatlari, ularning jamiyat va inson 
hayotidagi o‗rni va ahamiyatini o‗rganuvchi alohida fan yo‗q edi. Buning asosiy sabablarini quyidagicha 
izohlash mumkin: 
1.  Markscha  ta‟limot  taraqqiyotning  asosiy  qonuniyatlarini  to„g„ri  tushuntirib  beradigan 
yagona ta‟limotdir, degan aqida mutloqlashtirilgan; 
2.  G„oya  to„g„risidagi  bilimlarni  egallash  bu  sohaning  o„z  qonuniyatlari  va  amal  qilish 
tamoyillari borligini yaqqol ko„rsatib qo„ygan bo„lur edi; 
3.  Sobiq  sho„ro  davrida  bu  sohadagi  mutaxassislarning  ongi  va  dunyoqarashini 
umuminsoniy  tamoyillar,  qonun  va  qoidalar  bilan  emas,  balki  totalitar  mafkura  va  mustabid 
tuzum maqsadlari yo„lida shakllantirishga xizmat qiladigan ba‟zi fanlar ta‟lim tizimiga kiritildi. 
Mustaqillikdan  keyin  ahvol  tubdan  o‗zgardi.  YAngi  davlat  va  yangi  jamiyat  qurish  yo‗lini 
tanlagan  ekanmiz,  bizga  manashu  yo‗lni  oydinlashtiradigan,  shu  yo‗lda  xalqimizga  xizmat  qiladigan, 
mamlakatimizni  jahon  taraqqiy  etgan  davlatlari  qatoridan  o‗rin  olishiga  imkon  beradigan,  jahon 
tajribasini  o‗rganishda,  uni  qonuniyatlarini  bilishda,  dunyoning  mafkuraviy  manzarasini  tushunishda, 
uneing mazmun-mohiyatini ochib berishda va o‗zligimizni anglashimizda  bevosita ushbu fanga zarurat 
tug‗iladi.   
Bugun  biz  o‗rganishga  kirishayotgan  Milliy    g‗oya  fanining  ham  o‗z  predmeti,  qonun  va 
kategoriyalari,  shuningdek maqsad  va  vazifasi  mavjud.  CHunki,  har  qanday  fanning  muayyan  bilimlar 
tizimi  sifatida  o‗ziga  xos  mavzulari,  tushunchalari,  qonun  va  kategoriyalari  bo‗ladi.  Ularning  barchasi 
fan  o‗rganadigan  soha,  ya‘ni  predmetning  o‗ziga  xos  xususiyatlari  bilan  bog‗liq.      Ushbu  fanning 
mazmun-mohiyati  Prezidentimiz  tomonidan  asoslab  berilgan  g‗oya  –  yurtimizda  ozod  va  obod  vatan, 
erkin  va  farovon  hayot  barpo  etishga  xizmat  qiladigan  yaxlit  va  izchil  ta‘limotni  yoshlarimiz  qalbi  va 
ongiga singdirish to‗g‗risidagi bilimlar tizimidan iborat. 
 Ushbu  fan  avvalo,  milliy  g„oyaning  tarixiy  manbalari,  ilmiy,  falsafiy,  dunyoviy  va  diniy 
ildizlari,  asosiy  tamoyilari,  nazariya  sifatida  namoyon  bo„lishi,  o„ziga  xos  shakllanish 
qonuniyatlari  va  xususiyatlarini  bosqichma-bosqich  o„rganishni  nazarda  tutadi.  SHu  nuqtai 
nazardan  qaraganimizda,  «g‗oya»  va  «Mafkura»  tushunchalari,  ularning  xalqlar  va  davlatlar  taqdiriga 
ta‘siri,  hozirgi  zamondagi  mafkuraviy  jarayonlar,  MG‗ning  mazmun-mohiyati,  tushunchalari, 
shakllanish qonuniyatlari, namoyon bo‗lish shakllari, uni xalqimiz ongi va qalbiga singdirish yo‗llari va 
usullari ushbu fanning predmetini belgilaydi.   
 Milliy  g„oya faninng predmeti – yuqorida ta‘kidlaganimizdek, MG‗ning tarixiy asoslari, ilmiy 
falsafiy  ildizlarini  o‗rganish;  MG‗ning  yaxlit  ta‘limot  sifatidagi  qonunlari,  asosiy  xususiyatlarini  bilib 
olish; Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishning strategik maqsadlarini va o‗ziga xos 
tamoyillarini o‗rganish;  Milliy istiqlol g‗oyasini xalqimiz qalbi va ongiga singdirish sohalari, vositalari, 
usul va yo‗llarini o‗rganish; 
Milliy istiqlol g‗oyasi o‗quv  fanining  maqsadi va  vazifalari:  Prezident I.Karimov Milliy istiqlol 
g‗oyasi va mafkurasining maqsadi haqida fikr yuritib, uni shunday ta‘riflagan: «Xalqni buyuk kelajak va 
ulug‗vor maqsadlar sari birlashtirish, mamlakatimizda yashaydigan, millati, tili va dinidan qat‘iy nazar, 
har  bir  fuqaroning  yagona  Vatan  baxt-saodati  uchun  doimo  mas‘uliyat  sezib  yashashiga  chorlash, 
ajdodlarimizning bebaho merosi, milliy qadriyat va an‘analarimizga munosib bo‗lishiga erishish, yuksak 

fazilatli va komil insonlarni tarbiyalash, ularni yaratuvchilik ishlariga da‘vat qilish, shu muqaddas zamin 
uchun  fidoiylikni hayot mezoniga aylantirish  Milliy istiqlol mafkurasining  bosh  maqsadidir»  Masalaga 
oydinlik kiritadigan bo‗lsak, Ushbu fanning asosiy maqsad: Milliy istiqlol g‗oyasini yosh avlod qalbi 
va ongiga  singdirish. YOshlarda  milliy  g‗oyaga ishonch va  e‘tiqodni  mustahkamlash.  Milliy  ma‘naviy 
meros  va  umumbashariy  qadriyatlarga  tayangan  holda  milliy  g‗urur,  vatanparvarlik,  millatparvarlik 
fazilatlarini  shakllantirish.  Ularni  ozod  va  obod  Vatan,  erkin  va  farovon  hayot  qurishga  yo‗naltirish. 
SHuningdek vazifalari
1. YAngicha dunyoqarashni shakllantirish; 
2. Tarixiy xotirani shakllantirish; 
3. Mafkuraviy immunitetni shakllantirish; 
5.
 
Komil insonni tarbiyalash; 
6.
 
YOsh  avlodni  Vatan  ravnaqi,  yurt  tinchligi,  xalq  farovonligi  kabi  oliyjanob  g‗oyalar  ruhida 
tarbiyalash; 
7.
 
MI/ning  O‗zbekiston  taraqqiyoti  va  mustaqillikni  mustahkamlashning  mafkuraviy  tamoyillari 
to‗g‗risidagi yaxlit nazariya ekanligini tushuntirish; 
8.
 
YOshlarni  ijtimoiy  hakorlik,  millatlararo  totuvlik,  diniy  bag‗rikenglik  g‗oyalari  ruhida  kamol 
toptirish; 
9.
 
YOshlarni yot va zararli g‗oyalarga qarshi kurashishga o‗rgatish, ularda ogohlik va hushyorlik 
ko‗nikmalarini hosil qilish 
Milliy  istiqlol  g‗oyasini  o‗rganishning  asosiy  qonuniyatlari  bevosita  jamiyatning  g‗oya  va 
mafkuralar  bilan  bog‗liqligini  o‗rganishda,  inson  va  jamiyatning  o‗z  maqsadi  va  taraqqiyot  yo‗lining 
mavjudligini  bilishda,  globallashuv  jarayoning  milliy  g‗oyada  aks  etishini  tushunishda,  inson  ongi  va 
qalbi  uchun  kurash  xususiyatlarini  va  jamiyatda  g‗oyaviy  bo‗shliq  bo‗lmaslik,  milliy  g‗oya  har  bir 
xalqning o‗zligini saqlab qolishi va o‗ziga xos rivojlanish ehtiyoji va kafolati ekanligini bilishda yaqqol 
ko‗zga tashlanadi. 
Milliy g‗oya va milliy mafkuraning zaruriy ehtiyoj ekanligini quyidagilar orqali ham bilishimiz 
mumkin: 
Birinchidan,  o‗zining  kelajagini  ko‗rmoqchi  va  qurmoqchi  bo‗lgan  har  qanday  davlat  yoxud 
jamiyat, albatta o‗z milliy g‗oyasiga suyanishi va tayanishi zarur. 
Tabiiyki,  davlat  tizimi,  uni  boshqarish  va  olib  borilayotgan  siyosat  avvalo  aniq  va  ravshan 
ifodalangan  mafkura  asosiga  qurilmog‗i  lozim.  YA‘ni,  oldin  davlat  qurilishi  va  undan  keyin  mafkura 
paydo  bo‗lishi  o‗zi  g‗ayritabiiy  hol.  Buni  yaxshi  anglab  olishimiz  lozim.  YA‘ni,  oldin  g‗oya  paydo 
bo‗ladi, undan keyin g‗oya asosida mafkura, mafkura asosida esa tizim, siyosat paydo bo‗ladi. 
O‗z milliy g‗oyasiga tayanmagan jamiyat inqrozga duchor bo‗lishi, o‗z yo‗lini yo‗qotib qo‗yishi 
muqarrar.Bu masalaning yana bir jihati shundaki, ongni, tafakkurni o‗zgartirmasdan turib, biz ko‗zlagan 
oliy maqsad –ozod va obod jamiyatni barpo etib bo‗lmaydi. 
Ikkinchidan, bugun biz tarixiy o‗zgarishlar davrida-ya‘ni mustabid, totalitar bir tuzumdan erkin 
va ozod tuzumga o‗tish sharoitida yashamoqdamiz.  Xalqimiz va jamiyatimizni mana shu davrda yangi 
ufqlar sari boshlash, da‘vat qilishda maqsadlarimiz aniq bo‗lishi kerak. Bunday maqsadlarga esa avvalo 
chuqur o‗ylangan va puxta ishlangan mafkura asosida etishish mumkin. 
Uchinchidan, endi voyaga etayotgan yoshlarimiz  qanday g‗oya asosida, qanday g‗oya negizida 
tarbiya olishi,  qanday  ezgu maqsadlarga intilishi kerak? Qanday  mafkura va tafakkur ular uchun  qurol 
bo‗lib xizmat qilmog‗i lozim? 
To„rtinchidan,  tarbiyaviy-axloqiy  masalalarda,  ma‘naviy  hayotda,  kerak  bo‗lsa,  milliy 
manfaatlarimizga  mos  keladigan  siyosatni  izchil  olib  borishda  o‗z  yo‗limizni  yo‗qotmasligimiz  uchun 
hech qanday g‗oyaviy bo‗shliqqa yo‗l qo‗ymasligimiz lozim. 
Beshinchidan,  milliy  g‗oya  millatimizning,  xalqimizning  o‗zligini  anglashiga,  o‗zining  milliy 
qadriyatlari, urf-odatlarini  yo‗qotmasdan, ularni tiklab, avaylab,  e‘zozlab,  yangi,  o‗sib kelayotgan yosh 
avlodga etkazib berish uchun xizmat qilishi kerak. 
Oltinchidan,  milliy  g‗oya  oldiga  qo‗yiladigan  asosiy  talablar  haqida  gapirmoqchi  bo‗lsak, 
avvalo uning ikki suyangan tog‗i-tayanchi haqida fikr yurtishimiz zarur. 

Birinchi  navbatda,  milliy  mafkuramiz  xalqimizning  azaliy  an‘analariga,  udumlariga,  tiliga,  diniga, 
ruhiyatiga  bir  so‗z  bilan  aytganda  ,  o‗z  milliy  qadriyatlarimiz,  xalqimizning  dunyoqarashi  va 
tafakkuriga  asoslanib,  shu  bilan  birga  ,  zamonaviy,  umumbashariy,  umuminsoniy  yutuqlardan 
oziqlangan,  ularni  o‗ziga  qamrab  olgan  holda,  yurt  tinchligi,  Vatan  ravnaqi,  xalq  manfaati,  uning 
farovonligi yo‗lida xizmat qilmog‗i darkor. 
Ettinchidan,  milliy  mafkura  hech  qanday  shaklda  davlat  mafkurasi  maqomiga  ko‗tarilmasligi, 
aylanmasligi  kerak.    U  jamiyatimizdagi  qarashlar  rang-barangligi,  g‗oyalar  xilma-xilligini  saqlagan 
holda, ularni bir-biri bilan munozara qilishiga, kurashishiga, bahslashuviga, har qanday partiya, harakat, 
har  qaysi  inson,  fuqaroning  o‗z  fikrini  erkin  ifoda  etishi  va  uni  himoya  qilishiga  ziyon  yoki  tazyiq 
ko‗rsatmasligi lozim. 
Milliy  istiqlol  g‗oyasi  fani  o‗z  navbatida  ijtimoiy  hayot  zarurati  yuzasidan,  ijtimoiy  hodisa 
sifatida  yuzaga  kelgan  ekan,  birinchi  navbatda  ijtimoiy-gumanitar  fanlar  bilan  bevosita  bog‗liqdir. 
Ayniqsa  ushbu  fan  falsafiy  bilimlar  tizimiga  mansub  bo‗lganligi  sababli  o‗ziga  xos  metodologik 
vazifani  ham  bajaradi.  G‗oyalarning  tarixiy  ildizlari,  jamiyat  taraqqiyotiga  ijobiy  yoki  salbiy  ta‘siri 
haqidagi  falsafiy  bilimlar  bu  fanning  falsafa  bilan  bog‗lasi,  davr nuqtai  nazardan  mantiqiy tahlil qilish 
o‗z navbatida tarix fani bilan munosabatga kirishiga olib keladi. SHu o‗rinda ta‘kidlash joizki, g‗oya va 
mafkuralarning  shakllanishiga,  odamlarning  ongi  va  tafakkuriga  singishida  bevosita  adabiyot,    san‘at, 
xalq og‗zaki ijodi, musiqa kabi sohalar bilan chambarchas bog‗liqdir. YAna ta‘kidlash kerakki, g‗oya va 
mafkuralarni  globallashishi,  xalqlarning  hayotiga  tahdid  solishi  yoki  ularni  taraqqiyotga  etaklashiga 
yo‗naltirilishida  siyosiy  fanlarning  ham  bog‗liqligini  e‘tirof  etish  mumkin.  SHuningdek,  geografiya, 
demografiya, iqtisodiyot va hatto g‗oyani hayot bilan bog‗lashda va uni ezgulik sari yo‗naltirishda yoki 
aksincha xalqning fojiali ahvolga olib kelishida tabiiy, texnik, huquqiy va boshqa fanlarning ham ta‘siri 
bo‗ladi. SHunday ekan, aytish mumkinki, Milliy g‗oya fani barcha fanlar bilan uzviy bog‗liqdir.     
SHuning  uchun  ham  bugun  yurtimizda  olib  borilayotgan  keng  sohadagi  islohotlarni 
fuqarolarimizning  farovon  hayotini,    ularning  tinchligi  va  barqarorligini,  xavfsizligi,  vatanimizning 
taraqqiyotini  ta‘minlashga  olib  kelishi  bevosita  har  bir  fuqaroning  qalbida  va  ongida  milliy 
g‗oyamizning qanchalik o‗rin olishiga bevosita bog‗liqdir. 
Milliy  istiqlol  g‗oyasi-mazmun-mohiyati,  maqsad  va  vaziflari  I.Karimov  asarlarida  asoslangan 
ta‘limot. Uning mazmuni quyidagilardan iborat: 
- tarixiy xotirani uyg‗otish, o‗tmishdan saboq chiqarish va o‗zlikni anglash mezoni bo‗lish; 
-  xalqimizni  tub  maqsadlari  ifodasi  va  jamiyat  a‘zolarini  birlashtiruvchi  g‗oyaviy  bayroq 
vazifasini o‗tash; 
- inson qalbi  va ongiga ijrbiy ta‘sir  etadigan tushuncha va tuyg‗ular,  go‗zal va hayotiy  g‗oyalar 
tizimini o‗zida mujassam etish; 
-  har  bir  fuqaroning  ezgu  niyatlarini  ro‗yobga  chiqarishga  imkon  beradigan  eng  maqbul  yo‗lni 
ko‗rsata olish. 
-  O‗zbekistonda  yashovchi  barcha  xalq,  millat,  elat,  ijtimoiy  qatlam  va  din  vakillariga  birday 
taaluqli bo‗lish; 
-  Mamlakatimiz  aholisi  ongi  va  qalbida  «O‗zbekiston-yagona  Vatan»  degan  tuyg‗uni  yuksak 
darajada shakllantirishga xizmat qilish; 
-  turli  millat,  qatlam,  din  vakillari,  siyosiy  partiya  va  ijtimoiy  guruhlar  mafkurasidan  ustun 
turadigan sotsial fenomen-ijtimoiy hodisa mazmuniga ega bo‗lish; 
-  biron-bir  dunyoqarashni  mutloqlashtirmaslik  yoki  biron-bir  kuch,  partiya  yoki  guruh  qo‗lida 
siyosiy qurolga aylantirmaslik; 
-  har  qanday  ilg‗or  g‗oyani  o‗ziga  singdirish  va  har  qanday  yovuz  g‗oyaga  qarshi  javob  bera 
olish; 
-  sub‘ektivizm,  volyuntarizm  kabi  illatlardan  holi  va  jamoatchilikning  xolis  fikriga  tayanuvchi 

ob‘ektiv mafkura bo‗lish; 
- so‗z bilan ishni, nazariya bilan hayotni birlashtira olish;  
-  davr  o‗zgarishlariga  qarab,  o‗zi  ifodalaydigan  g‗oya,  manfaat,  maqsad-muddaolarni  amalga 
oshirishning  yangi-yangi  vositalarini  tavsiya  eta  olish,  ya‘ni  yangicha  vaziyatga  tez  moslashadigan 
hozirjavob va ijodiy bo‗lish. 
MIG‗ ana shu qayd etilgan sifatlarga ega bo‗lgan taqdirdagina jamiyat hayotida etakchi ma‘naviy-
ma‘rifiy omilga aylanishi va kutilayotgan vazifalarni bajara olishi mumkin. 
 
Adabiyotlar 
       1. Karimov I.A.‖O‗zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida‖ T., «O‗zbekiston», 2011. 
1.
 
Karimov I.A. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni-xalq, millatni-millat qilishga xizmat 
etsin.«Tafakkur» jurnali, 1998.2-son. 
2.
 
Karimov IA Tarixiy xotirasiz kelajak yo‗q.-T., «SHarq», 1998,32-6. 
3.
 
Karimov I.A.Hushyorlikka da‘vat.T., «O‗zbekiston», 1999. 
4.
 
Karimov I.A. Biz kelajagimizni o‗z qo‗limiz bilan quramiz. T.,7 t., «O‗zbekiston», 1999. 
5.
 
Karimov I.A.O‗zbekiston XXI asrga intilmokda. T., «O‗zbekiston», 2000. 
6.
 
Karimov I.A. Milliy istiklol mafkurasi — xalq e‘tiqodi va buyuk kslajakka ishonchdir. «Fidokor» 
gazstasi, 2000 yil, 8 iyun. 
7.
 
Milliy istiklol g‗oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. T., «O‗zbekiston», 2000. 
8.
 
Falsafa:  ma‘ruzalar  matni.  Toshkent,  O‗zbekiston  Rsspublikasi  Oliy  va  o‗rta  maxsus  ta‘lim 
vazirligi, 2000 y. 
 
 
 
 
 
2. Mavzu: “Milliy istiqlol g„oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar fanining tarixiy 
ildizlari, shakllanish bosqichlari
 
 
R E J A: 
1.―Mafkuraviy  ta‘sir‖,  ―mafkuraviy  tarbiya‖  va  ―mafkuraviy  profilaktika‖  tushunchalarining  o‗zaro 
aloqadorligi.  
2. Ta‘lim-tarbiya tizimida milliy g‗oyani rivojlantirish imkoniyatlari. 
3. Ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashda mafkuraviy tarbiyaning ahamiyati.  
4. Ijtimoiy institutlarning an‘anaviy, individual jamoaviy mafkuraviy funksiyalari 
Tayanch tushunchalar 
Milliy  g‗oya,  istiklol  g‗oyasi,  milliy  ietiklol  g‗oyasi,  milliy  mafkura,  mafkuraning  asosiy 
tamoyillari, milliy istiqpol g‗oyasining falsafiy ildizlari. 
 
Milliy    istiqlol    mafkurasining    tarixiy    ildizlari      —xalqimizning moziy sinovlaridan o‘tib 
kelayotgan  boy  madaniy  va  ma’naviy  merosi,  milliy  qadriyatlari,  urf-odat  va  an’analari,  qo‘shiqlari, 
bayram  va  marosimlaridagi  ozodlik,  erkinlik  uchun  kurash  ruhi,  ota-bobolarimizning  mustaqillik 
yo‘lida ko‘rsatgan jasorati, bunyodkorlik ishlari hamda ularni amalga oshirishda manaviy ruh bergan 
tafakkur  tarzida  namoyon  bo‘ladi.  U  asrlar  mobaynida  yillar  sinoviga  dosh  berib,  sayqallanib, 
takomillashib  kelgan.    Bu  tafakkurning  markazida  YAratganning  eng  ulug‗  mo‗‗jizasi  bo‗lmish 
insonning  ulug‗ligi  va  mo‗‗tabarligi  g‗oyasi  yotada.  Binobarin,  u  qadrlanishi,  e‘zozlanishi  lozim. 
CHunki,  mamlakatning  hayoti,  farovonligi,  ana  shu  mehnatkash  insonlarning  mexnatiga,  faoliyatiga 
bog‗liq.  SHu  tufayli  ham  SHarqda  komil  inson  g‗oyasi  qadimdan  buyuk  orzu  bo‗lib, 
donishmanddarimiz  xayolini  band  etib  kelgan.  Insonning  azizligi  unga  o‗z  xatti-harakatlarini  o‗zi 
mustaqil  idora  etishiga  imkoniyat  beruvchi  aql-zakovat  ato  etilgani  bilan  bog‗likdir.  YA‘ni,  inson  o‗z 

aql-idroki  yordamida  olamni  gullatib-yashnatadi.  Ammo  bu  aql-idrokda  nafaqat  yashnatuvchi,  balki 
vayron  etuvchi  kuch  ham  mavjud.  Hayotda  ezgulik  hukmron  bo‗lishi  uchun  aql  yaxshilikka,  adolatga 
xizmat  qilishi  zarur.  Buning  uchun  esa  u  sog‗lom  ma‘naviyat  izmida  bo‗lishi  lozim.  SHu  tufayli  ota-
bobolarimiz aql-idrokni yovuzlik qo‗liga tutqazmaslikka harakat qilganlar, uni ma‘naviyat bilan, iymon-
e‘tiqod,  insof  va  diyonat  bilan  boshqarishga  alohida  e‘tibor  berganlar.  Bu  tamoyil  xalqimiz  ruhini, 
dahosini aks etgaruvchi o‗lmas qadriyatlar bilan uzviy bog‗liqsir. Xususan, buyuk ajdodimiz, sohibqiron 
Amir  Temurning  sog‗lom  ma‘naviyat  mahsuli  bo‗lgan  «Kuch  -  adolatdadir»  degan  shiori  milliy 
g‗oyaning  tarkibiy  qismiga aylanib ketgan,  mamlakat birligini  ta‘minlash,  markazlashgan  davlat  barpo 
etishda,  ayniqsa  uni  odillik  bilan  boshqarishda  ma‘naviy-mafkuraviy  asos  bo‗lib  xizmat  qilgan.  SHu 
bois Temur saltanatida ilm-ma‘rifat yuksak qadrlangan, insonning sha‘ni, or-nomusi e‘zozlangan, inson 
va  uning  mol-mulki  davlat  muhofazasiga  olingan,  qaroqchilik,  o‗g‗rilikka  keskin  barham  berilgan  edi. 
Soxibqiron  bobomizning:  «Mening  saltanatimning  u  chetidan  bu  chetiga,  boshida  oltin  to‗ldirilgan 
laganni  yosh  bola  ko‗tarib  o‗tsa  ham,  uning  mulkiga  hech  kimsa  dahl  eta  olmaydi»  degan  so‗zlari 
hayotiy haqiqat edi. 
YOki  ayollarning  og‗ir  jismoniy  ishlardan  ozod  qilinganiga  e‘tibor  bering.  Aytaylik, 
yordamchisi  yo‗q  biron  ayol  suv  oladigan  chelakni  darvoza  tashqarisiga  chiqarib  qo‗ysa,  shu  joydan 
o‗tgan  mo‗min-musulmonlar  chelakni  olib,  unga  suv  to‗ldirib  shu  joyga  qo‗yib  ketishar  edi. 
Do‗konlarga savdogarlar umuman qulf osishmasdi. Bularning hammasi o‗sha zamonda hayot iymon va 
e‘tiqod,  insof  va  diyonat  talablari  bilan  boshqarilganini,  odamlar  ana  shu  yuksak  tuyg‗ular  bilan 
yashaganini  ko‗rsatadi.  Mo‗min-musulmonlar  shunday  turmush  tarziga  odatlanishgan,  o‗rganishgan 
edi.Ular o‗zlari och qolishsa ham o‗zganing mulkiga qo‗l tekkizmasdi. Bu xalqning mentalitstiga singib 
ketgan edi. 
Totalitar tuzum sharoitida esa inson sun‘iy ravishda mulkdan begonalashtirildi. Odamlar ongiga, 
mulk egalariga nafrat tuyg‗usi  majburan  singdirildi.  Bu o‗zgalar  mulkiga ko‗z olaytirish,  hatto tajovuz 
qilish  uchun  yo‗l  ochdi.  Odamlar  birovning  haqidan  hazar  qilmaydigan,  o‗g‗irlik  va  talonchilikdan 
jirkanmaydigan holatga kelib qoldi. Jamiyatda  ma‘naviy qashshoqlik muhiti paydo  bo‗ldi. SHu sababli 
ham  tarixiy  xotirani  uyg‗otish  asosida  o‗zlikni  anglash  bugungi  kundagi  muhim  mafkuraviy  vazifadir. 
Dsmak, milliy istiqlol mafkurasining ma’no-mazmunini belgilaydigan eng muhim omillardan biri — bu 
xalqimizning  qadimiy  va  boy  tarixidir.  CHunki  tarix  —  buyuk  murabbiy.    U  insonga  ibratli  xulosalar 
beribgina qolmasdan,  ba’zan achchiq saboqlarni ham tan olishga undaydi. Tarixga berilgan xolis baho 
mafkuraning hayotiyligi va ta’sirchailigiga asos bo‘ladi. 
Bundan necha asrlar avval yaratilib, hozirga qadar yurtimiz ko‗rkiga-ko‗rk bag‗ishlab kelayotgan 
qadimiy  obidalar,  osori  atiqalar  xalqimizning  yuksak  salohiyati,  kuch-qudrati,  bunyodkorlik 
an‘analaridan dalolat bo‗libgina qolmokda. Ular Vatanimizning shonli tarixi to‗g‗risida yaqqol tasavvur 
va  gushunchalar  beradi,  shu  muqaddas  diyorda  yashaydigan  har  bir  inson  qalbida  g‗urur-iftixor 
tuyg‗ularini  uyg‗otadi.  «Bugun  bizning  oldimizda  shunday  tarixiy  imkoniyat  payda  bo‘ldiki,  —  deb 
yozadi  Islom  Karimov,  —  biz  bosib  o‘tgan  yo‘limizni  tanqidiy  baholab,  milliy  davlatchiligimiz 
negizlarini  aniqlab,  buyuk  madniyatimiz  tomirlariga,  qadimiy  merosimiz  ildizlariga  qaytib, 
o‘tmishimizdagi  boy  an’analarni  yangi  jamiyat  qurilishiga  tadbiq  etmog‘imiz  kerak»
1
.  Bu  vazifa  esa 
tarixiy xotirani tiklash evaziga amalga oshadi. 
Haqiqatan  ham,  millatimizning  o‗ziga  xos  sharqona  turmush  tarzi,  tafakkuri  va  dunyoqarashi, 
hayotga,  voqelikka  munosabatini  ifoda  etuvchi  xalq  og‗zaki  ijodi  namunalari,  «Alpomish», 
«SHashmaqom» kabi durdona asarlar, asriy ideallarni o‗zida ifoda etgan milliy qahramonlarning ibratli 
hayoti  ham  milliy  mafkuramiz  oziqlanadigan  manbalardandir.  Xalqimizning  ertak  va  masallarida, 
rivoyat  va  afsonalarida  ezgulik,  adolat,  tenglik,  insoniy  mehr-muhabbat  tarannum  etilgan.  Ularda 
Vatanning  muqaddasligi,  insonning  azizligi,  ilmning  qadrliligi  targ‗ib  etilgan.  Hamisha  yomonlik 
ustidan yaxshilik, yovuzlik ustidan ezgulik g‗olib chiqishi va yovuz kuchlarga qarshi kurashda halollik, 
haqgo‗ylik, odamgarchilik, tantilik, mexr-oqibat kabi olijanob fazilatlar ma‘naviy-ruhiy tayanch bo‗lishi 
asoslab  berilgan.  «Alpomish»da  inson  sha‘ni,  yigitlik  oriyati  himoya  qilinsa,  «SHashmaqom»da 
xalqning asriy orzu-umidlari yuksak badiiy did bilan kuyga solingan. Spitamen, Jaloliddin Manguberdi, 
Amir Temur kabi milliy qahramonlarimizning Vatan taqdiri uchun olib borgan qahramonona kurashlari, 
                                                           
1
 Каримов И.А. Ўзбекистоннинг сиѐсий-ижтимоий ва иқтисодий истиқболининг асосий тамойиллари. Ўзбекистон 
Республикаси Олий Маж-шсининг биринчи сессиясидаги маъруза. 1995 йил, 23 февраль. 

ona-Vatan ozodligi yo‗lida ko‗rsatgan jasoratlari har birimizda cheksiz faxr va g‗urur hissini uyg‗otadi. 
Inson  sha‘ni,  avvalo,  o‗zini  himoya  qilish,  o‗z  qadrini  bilishdan  boshlanadi.  SHu  ma‘noda, 
xalqning  o‗zini  qadrlay  bilishi  g‗oyat  muhimdir.  CHunki  «o‗zini  qadrlaydigan  xalq  hech  qachon 
taqdirini  birovga  bog‗lab  qo‗ymaydi»
2
.  O‗z  qadrini  bilgan  odam  Vataniga  xiyonat  qilmaydi.  Uning 
qalbida  el-yurtiga  xiyonat  qiluvchi  oriyatsiz  kimsalarga  nisbatan  cheksiz  nafrat  yashaydi. 
«Odamlarimiz,  jamiyatimiz  mafkurasida  Vatan,  yurt  g‗oyasi  ustuvor  bo‗lmog‗i  kerak,  —  deb  yozadi 
Islom  Karimov, — Milliy g‗urur,  milliy iftixor  har qanday ishimizning  poydevori bo‗lmog‗i kerak. Bu 
muqaddas  g‗oyalar,  millati  va  e‘tiqodidan  qat‘i  nazar,  shu  yurtda,  shu  zaminda  yashayotgan  har  bir 
inson, har bir fuqaroning hayotiga, ongiga singmog‗i, har birimiz uchun eng katta tayanchga, eng katta 
ishonchga, boringki, haqiqiy iymonga aylanishi kerak»
3

Muxtasar  qilib  aytganda,  milliy  mafkuramizning  tarixiy  ildizlari  deganda  ajdodlarimizning 
ibratli  hayot  yo‗li,  tafakkur  tarzi,  amaliy  faoliyati,  bunyodkorlik  ishlari,  eng  yaxshi  urf-odatlari, 
an‘analari,  qadriyatlari,  mustahkam  iymon-e‘tiqodi  fuqarolarimiz  uchun  namuna  bo‗lishi,  xato, 
kamchshshk nuqsonlardan esa to‗g‗ri xulosa va sabokdar chiqarish uchun asos bo‗ladi. 
Download 5.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling