Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi


millatni-millat qila bilsin, qo„limizda engilmas bir kuchga aylansin»


Download 5.27 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/27
Sana12.12.2017
Hajmi5.27 Kb.
#22107
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27

millatni-millat qila bilsin, qo„limizda engilmas bir kuchga aylansin»
1

Mafkuraning  hayotiyligi  odamlarning,  millatning,  jamiyatning  milliy  manfaatini,  orzu-
intilishlarini  qay  darajada  aks  ettira  oladigan  bosh  va  asosiy  g‗oyalar,  bu  g‗oyalar  ularning  turmush 
tarzi,  dunyoqarashi,  tabiatiga  qanchalik  mos  bo‗lishi  bilan  belgilanadi.  Hayot  sinovlariga  bardosh 
beradigan,  odamlarning  ezgu  maqsad-madoalarini  ifodalaydigan,  ularga  ma‘naviy-ruhiy  quvvat 
beradigan  mafkurani  ko‗pchilik  qabul  qiladi.  Faqat  shunday  holdagina  u  kuchli  ruhiy  qudratga  ega 
bo‗ladi. SHu  sababli  ham  mafkura barcha  davrlarda jamiyatni  yuksak va  bunyodkor  maqsadlar yo‗lida 
birlashtirib, jamiyat ahli o‗rtasida sog‗lom munosabatlarni shakllantirgan, hamda ezgu  orzular, maqsad-
mudaolariga erishishda ma‘naviy-ruhiy kuch-qudrat beradigan omil vazifasini bajarib kelgan.  SHuning 
uchun  ham  g‗oya  va  mafkura  barcha  insonlar,  xalqlar,  jamiyat  va  davlat  oldida  turgan  muhim 
vazifalarni  amalga  oshirishda  yordam  beradigan,  turli  sohada  faoliyat  yuritadigan  jamiyat  ahlini 
birlashtirib, ularni umumiy maqsad sari safarbar etadigan buyuk kuchdir. 
Jamiyat tarixini o‗rganish shuni ko‗rsatadiki, ilk moddiy va ma‘naviy madaniyat maskanlarining 
ko‗pchiligi  dastlab  SHarqda  shakllangan  va  bu  insoniyatning  keyingi  taraqqiyoti  uchun  zamin  bo‗lib 
xizmat  qilgan.  Xususan,  qadimgi  Misr,  Vavilon,  Turon,  Eron,  Hindiston  va  Xitoyda  vujudga  kelgan 
sivilizatsiyalar  tarixda  muhim  o‗rin  tutadi.  Qadimgi  SHarq  zamini  xalqlari  dunyoda  birinchilardan 
bo‗lib erga ishlov berdilar, tabiatdan tanlab olish yo‗li bilan  madaniy o‗simliklarning ko‗plab navlarini 
etishtirdilar.  Ular  murakkab sug‗orish inshootlari va  moslamalarini  yaratdilar, tarixga  ma‘lum bo‗lgan 
birinchi  suv  tegirmonlari  va  objuvozlarni  qurdilar,  dastlabki  uy  hayvonlarini  qo‗lga  o‗rgatdilar,  ipak 
qurti  boqib,  undan  tabiiy  ipak  olishni  kashf  etdilar.  Nihoyatda  murakkab  me‘morchilik  san‘atiga  asos 
soldilar,  tabiat  kuchlari  qarshisida  qanchalik  sabr-toqatli,  irodali,  o‗tkir  fikrli,  jismoniy  baquvvat  va 
ruhan  engilmas  bo‗lishni  jahonga  namoyon  etdilar.  SHu  asnoda  xilma  xil  g‗oyalarni  yaratdilar,  ularni 
amalga oshirdilar.  
Ma‟lumki,  milliy  g„oya  va  mafkuraning    tarixiy  shakllari  va  ko„rinishlari  xalqimizning 
ko„p  ming  yillik  o„tmishi  davrida  rivojlanib  keldi.  Qadimgi  Xorazm,  So„g„diyona  va  Baqtriyada 
ilk  bor  shakllangan  ,  ajdodlarimiz  tomonidan  bundan  2700  yil  oldin  yaratilgan  dastlabki  yozma 
manba – “Avesto” kitobida ham ezgulik g„oyalari ilgari surilgan.  
Zardo„shtiylik  mintaqada  ilk  bor  shakllangan  dastlabki  davlat  birlashmalari  Xorazm, 
So„g„diyona  va  Baqtriyada  davlat  dini  darajasiga  ko„tarildi  va  rasmiy  mafkura  vazifasini  ham 
bajardi. 
Ammo,  Turonning  vaqti-vaqti  bilan  bosqinchilar  hujumiga  uchrab  turishi  jamiyatdagi 
barqarorlikni izdan chiqarar edi. Milloddan avvalgi VI-IV  asrlarda ahmoniy shohlari, 329-327 yillarda 
Aleksandr Makedonskiyning bosqinchilik yurishlari mintaqada mavjud bo‗lgan mustaqil davlatchilikka 
ma‘lum  muddatga  chek  qo‗yilishiga  sabab  bo‗ldi.  Xalqimiz  o‗z  mustaqilligini  qayta  tiklash  uchun 
dushmanga  qarshi  yillar  davomida  kurash  olib  bordi.  Mustaqillik  g‗oyalari,  o‗z  milliy  davlatchilikni 
tiklash  uchun  kurash  xalqimizning  o‗sha  paytdagi  orzu-umidlari,  ta‘bir  joiz  bo‗lsa  uning  g‗oya  va 
mafkurasini tashkil qiladi. 
Mil.av. 7 asrlarda Avesto – Xorazm, So‗g‗diyona, Baqtriya davlatining mafkurasi sifatida xizmat 
qilgan bo‗lsa,  Mil.av. 6-4- asrlarda Buddaviylik kushon davlatining mafkurasiga aylandi.  
9-12  asrlarda  samoniylar,  qoraxoniylar,  g‗aznaviylar,  xorazmshohlar  sulolalari  tomonidan 
mintaqada  asos  solingan  davlatlar  nafaqat  o‗zbek  xalqi,  balki  jahon  xalqlari  tarixida  ham  chuqur  iz 
qoldirdi. 
Xorazmiy, Forobiy, Farg‗oniy, Ibn Sino, Beruniy kabi allomalarning o‗lmas asarlari jahon fanini 
boyitdi.  Mutasavvuflar  YU.Xamadoniy,  YAssaviy,  G‗ijduvoniy,  Naqshbandiy,  Najmiddin  Kubro, 
                                                           
1
  Каримов  И.А.  Миллий  истиқлол  мафкураси  –  халқ  эътиқоди  ва  буюк  келажакка  ишончдир  -Т.: 
«Ўзбекистон», 2000, 6-бет.
 

Muhaddislar Imom Buxoriy, Imom Termiziylarning ta‘limotida aks etgan komil inson g‗oyalari, adolat 
haqidagi  qarashlar  jamiyatning  sog‗lom  ma‘naviy-axloqiy  ruhini  saqlash  va  mustahkamlashga  xizmat 
qildi. 
Bu  g‗oyalar  o‗zbek  davlatchiligini  rivojlanishida  ham  muhim  omil  bo‗lib  xizmat  qildi.  Amir 
Temurning  «Temur  tuzuklari»,  Nizom  ul-mulkning  «Siyosatnoma»  kitoblarida  davlat  idorasi  va  ahli 
fuqaroga  munosabatda  adolat,  insof,  diyonat,  el-yurt  tinchligi  va  obodligi  bosh  g‗oya  sifatida  ilgari 
suriladi. 
17-19  asrda  umummilliy  manfaatlar  o‗rniga  tor  va  cheklangan,  shaxsiy  va  sulolaviy 
manfaatlarning  ustun  qo‗yilishi,  jamiyat  hayotida  ma‘naviy-axloqiy  qadriyatlarni  mustahkamlash  va 
ilm-ma‘rifatni  rivojlantirishga  etarlicha  e‘tibor  berilmagani  Turkistonda  mustamlakachilik  tuzumi 
o‗rnatilib, pirovardda milliy davlatchilikning yana bir bor  tugatilishiga olib keldi. SHunga qaramasdan 
chuqur  tarixiy  ildizlarga  ega  bo‗lgan  milliy  g‗oyalar  tamomila  yo‗q  bo‗lib  ketmadi.  Aksincha 
mustamlakachilik  sharoitida  ular  milliy  davlatchilikni  tiklash,  millat  taraqqiyoti  va  istiqboli  uchun 
kurash bayrog‗i sifatida yana ilgari surila boshladi. 
Umuman,  insonlar,  xalqlar,  jamiyat  hayotida  mafkura  muhim  rol  o‗ynaydi.  Mafkuraning 
hayotbaxsh  kuchi,  avvalo,  insonning  jamimyatdagi  o‗rni  va  ahamiyatini  qanday  tushunishi  va  uni 
qanday  ijtimoiy  maqomda  tasavvur  etishiga  bog‗liq.  CHunki  insonni  ijtimoiy  harakat  va  faoliyatga 
unday  va  shu  tariqa  ko‗zlangan  muayyan  maqsad-vazifalarga  erishish  dunyodagi  barcha  ezgu 
mafkuralarning ma‘no-mohiyatini tashkil etadi. 
SHu sababli ham  milliy istiqlol  g‗oyasining asosiy  tushuncha va  pirinsiplari tizimida insonning 
jamiyatdagi  o‗rni  bunyodkor kuch  sifatida  belgilangan. Istiqlolning bosh g‗oyasi ham, asosiy g‗oya va 
tushunchalari  ham  bunyodkorlik  falsafasi  bilan  yo‗g‗rilgan.  CHunki  bunyodkorlik  xalqimizning  eng 
olijanob  fazilati.    Prezidentimiz  ta‘biri  bilan  aytganda,  o‗zbek  tom  ma‘noda  bunyodkordir,  do‗ppisida 
suv  tashib  bo‗lsa  ham  daraxt  ko‗kartiradi.  Darhaqiqat,  mustaqillik  yillarida  mamlakatimizda  iqtisodiy, 
ijtimoiy,  siyosiy-madaniy,  ma‘naviy  sohalarda  amalga  oshirilayotgan  islohotlar,  erkinlashtirish 
jarayonlari bunyodkorlik ishlariga yorqin misol bo‗ladi.  
Jamiyat  taraqqiyotida  mafkura  va  g‗oyalar  etakchi  mavqelardan  birini  egallaydi.    Mafkuraviy 
jarayonlar tarixiy va ijtimoiy shart-sharoit bilan uzviy aloqador bo‗lib, davrlar almashuvi bilan yangilik 
tomon o‗zgarib boradi.  
Mafkura    (arab.fikrlar  majmui)-  muayyan  ijtimoiy  guruh,  qatlam,  millat,  jamiyat,  davlat 
manfaatilari,  orzu-istak,  maqsad-muddaolari  ifodalangan  g‗oyaviy-nazariy  qarashlar  va  ularni  amalga 
oshirish  tizimidir.  Unda  manfaatlar  ifodalanayotgan  kuch  va  qatlamlarning  o‗tmishi,  bugungi  kuni  va 
istiqboli  o‗z  ifodasini  topadi.    Bu  tizim  o‗zining  falsafiy,  siyosiy,  huquqiy,  axloqiy,  diniy,  badiiy 
negizlariga  ega.  Demak,  mafkura  o‗z  mohiyati  va  vazifasi  jihatdan  nihoyatda  rang-barang  bo‗lishi 
tabiiydir.  Xuddi  jamiyat  hayoti  turli  qatlamlar,  yo‗nalishlar  va  darajalarga  ega  bo‗lganidek,  mafkura 
ham xilma xil bo‗lishi mumkin.  
Er  yuzida  barcha  insonlar  o‗z  fikr-mulohazalariga  ega  bo‗lib,  amaliy  faoliyat  yuritadilar.  SHu 
sababli  yunon  faylasufi  Aristotel  ikkita  inson  aynan  bir  xilda  fikrlamaydi,  ularning  olam  haqidagi 
tushunchalari,  fikrlari  xilma  xildir,  deganda  haq  edi.  Darhaqiqat,  dunyodagi  xalqlar,  millatlar, 
mamlakatlar  va  davlatlar  ham  bir  –  biridan  farq  qiladi.  Ularning  diniy  e‘tiqodi,  milliy  madaniyati, 
demakki,  mentaliteti,  maqsadlari  va  taraqqiyot  yo‗llari  ham  rang-barangdir.  Ularning  orzu-istaklari, 
hayotiy  ideallari,  muddaolarini  aks  ettiradigan  g‗oyalar  va  ularni  amalga  oshirishda  man‘aviy-ruhiy 
kuch  bag‗ishlovchi  mafkurasi  ham  xilma  xil  bo‗lishi  tabiiydir.  Darhaqiqat,  dunyodagi  har  bir  davlat, 
xalq  va  millat,  jamiyatning  maqsad  va  manfaatlarini  ifodalaydigan  o‗ziga  xos  g‗oyasi  va  mafkurasi 
mavjud. 
Mamlakatda  ilg‗or  g‗oyalar,  mafkuralar  qancha  ko‗p  bo‗lsa,  ya‘ni  mafkuraviy  plyuralizm 
hukmron  bo‗lsa, taraqqiyotning samarali yo‗lini tanlab olish uchun imkoniyat shunchalik keng bo‗ladi. 
Fikrlar  erkinligi  va  xilma  xilligi  mafkuralarning  mazmun  jihatdan  boyishiga,  bir-birini  to‗ldirishiga 
xizmat qiladi. 
Mustaqil  O‗zbekistonda  mafkura  yakkahokimligidan  voz  kechildi  va  milliy  taraqqiyot  uchun 
keng yo‗l ochildi. Mamlakatimizda mafkuralar va fikrlar xilma xilligiga alohida e‘tibor beriladi. G‗oya 
va  mafkuralar  xilma  xilligi  ijtimoiy  taraqqiyotga  xizmat  qiladigan  yangidan  yangi  g‗oyalarning  paydo 
bo‗lishiga turli xalqlar, elatlar, millatlar va siyosiy institutlarning manfaatlarini umumiy tarzda ro‗yobga 

chiqarishga imkoniyat yaratadi. SHuningdek, u mamlakatimizda ko‗ppartiyaviylik tizimiga ham sharoit 
yaratadi.    Siyosiy  partiyalar  esa  o‗zlari  mansub  bo‗lgan  qatlamlar,  siyosiy  guruhlarning  manfaatlari, 
intilishlari, orzu-umidlarini umumlashtirgan holda o‗z harakat dasturlari orqali namoyon qiladi. 
SHu bilan bir qatorda, tarixiy taraqqiyotning mas‘uliyatli davrlarida jamiyatdagi barcha ijtimoiy 
guruhlar,  millat  yoki  siyosiy  yo‗nalishlarin  o‗zida  mujassamlashtiruvchi,  ko‗pchilikka  maqbul,  umum 
tomonidan  ma‘qullanadigan,  jamiyatning  asosiy    manfaatlarini  o‗zida  mushtaraklashtiradigan 
mafkuralar  ham  bo‗lishi  mumkin.  Masalan,  milliy  ozodlik  kurashi  mafkurasi,  milliy  mustaqillik 
mafkurasi va hokazo.    Umummilliy g‗oya jamiyat a‘zolarining, xalq ommasining tub manfaatlarini va 
ko‗nglidagi  orzu-intilishlarini  ifoda  etgani,  millatlarning  birdamligi,  jamiyatning  qudratini 
mustahkamlashi,  fuqarolar  o‗rtasidagi  bag‗rikenglik  munosabatlarini  ifoda  etgani  sababli  odamlarni 
ulkan  maqsadlar  yo‗lida  birlashtiradigan  joziba  kuchiga  ega  bo‗ldi.  Bunday  g‗oya  jamiyatda 
barqarorlikni  ta‘minlaydi.  Tarix  saboqlari  shundan  dalolat  beradiki,  fikrini  erkin  ifoda  etadigan  shaxs, 
guruh  yoki  ijt imoiy qatlam, avvalo,  o‗zining aniq-ravshan, asosli  qarashlariga  ega bo‗lishi,  o‗z nuqtai 
nazarining  ochibati  uchun  mas‘uliyatni  o‗z  zimmasiga  olishi,  bahs-munozara  madaniyati  talablariga 
amal  qilishi lozim. YA‘ni  fikrlar rang-barangligi  va  qarashlar xilma  xilligi muayan  jamiyatning  milliy 
manfaatlariga,  umumbashariy  qadriyatlarga,    joriy  qonunchilik  normalariga,  axloqiy  mezonlarga  zid 
bo‗lmasligi  lozim.  SHu  sababli  jamiyatda  bunyodkor-yaratuvchilik  g‗oyalarini  ilgari  suruvchi  va 
hayotga  tadbiq  etuvchi  kuchlar  jamiyat  ahli  o‗rtasida  o‗z  g‗oyalarini  singdirishga  urinsalar,  ko‗pchilik 
ongiga  ijobiy  ta‘sir  etib,  jamiyatda  barqarorlik,  tinchlik,  osoyishtalik  va  yaratuvchilik  ishlariga  o‗z 
ta‘sirini  ko‗rsatadi.  Masalan,  bu  ilk  o‗rta  asrlarda  mamlakatimiz  hududida  ilm-fan,  din,  madaniyat, 
adabiyot,  hunurmandchilik  rivojlanishi  tufayli  iqtisodiy,  ijtimoiy,  madaniy-ma‘naviy  sohalarda 
uyg‗onish sodir bo‗lib, ko‗plab etuk allomalarning etishib chiqishiga olib keladi. Ular o‗z ta‘limotlarida 
buyuk g‗oyalar yaratib, jamiyat taraqqiyotiga ijobiy ta‘sir ko‗rsatdi. Darhaqiqat, bunyodkorlik g‗oyalari 
insonni ulug‗laydi, uning ruhiga qanot bag‗ishlaydi. 
Jamiyatda  ezgu  g‗oyalar  barcha  davrlarda  insonni  yuksak  orzular  bilan  yashashga,  olijanob 
maqsadlar  yo‗lida  e‘tiqod  bilan  kurashishga  o‗rgatadi.  Mustaqillik  yillarida  O‗zbekistonda  amalga 
oshirilayotgan barcha sohalardagi bunyodkorlik ishlari bunga yorqin misoldir. Inson va jamiyat bor ekn, 
ezgulik  g‗oyalarining  zidi  bo‗lgan  zulm  va  zo‗ravonlik,  qabohat  va  jaholat  yangi-yangi  shakllarda 
namoyon  bo‗lishi  ham  mumkin.  Lekin  ular  insoniyatning  adolat,  tenglik,  tinchlik,  qardoshlik, 
rivojlanish  va  farovonlik  g‗oyalariga  tayanib,  yuksak  maqsadlar  sari  etaklayveradi.  Bunyodkorlik 
g‗oyalari  yurtni  obod,  xalq  hayotini  farovon  qilishdek  olijanob  maqsadlar  bilan  ajralib  turadi.  Ular 
insoniyat taraqqiyotga erishgan davrlardan buyon jamiyat hayotining eng ezgu g‗oyalari sifatida yashab 
kelmoqda. 
Milliy  g‗oya  -  millat  tafakkurining  mahsuli,  ijtimoiy  ongning  yuqori  darajadagi  shakli,  xalq 
falsafasining  o‗zagidir.  Turli  xalqlarning  milliy  g‗oyasi  ularning  maqsad-muddaolarini,  orzu-umidi  va 
ishonch-e‘tiqodini  ifodalaydi,  ayni  paytda  muayyan  tamoyil  va  negizlarga  asoslanib  rivojlanadi.  Tarix 
saboqlari  guvohlik  berishicha,  o‗tkinchi  manfaat  va  g‗aliz  niyatlarga  tayangan,  o‗zga  xalqlar  va 
yurtlarga  tajovuz  qilishni,  bosqinchilikni  ko‗zlagan  yovuz  g‗oya  va  mafkuralar  millat  va  davlatlarni 
tanazzulga duchor etgan. Faqat ezgu g‗oyalar va yuksak qadriyatlar negizida shakllangan milliy g‗oyalar 
xalqlarni taraqqiyotga eltgan. 
O‗zbekiston  xalqining  milliy  istiqlol  g‗oyasi  umuminsoniy  va  milliy  qadriyatlarga  tayanadi. 
Bularning biri ikkinchisini inkor etmaydi.  
«Milliy istiqlol g‗oyasi: asosiy  tushuncha va tamoyillar» risolasida quyidagi  milliy xususiyatlar 
qayd etilgan: 
- xalqimiz hayotida qadim-qadimdan jamoa bo‗lib yashash ruhining ustunligi; 
- jamoa timsoli bo‗lgan oila, mahalla, el-yurt tushunchalarining muqaddasligi; 
- ota-ona, mahalla-ko‗y, umuman jamoatga yuksak hurmat-e‘tibor; 
- millatning o‗lmas ruhi bo‗lgan ona tiliga muhabbat; 
- kattaga - hurmat, kichikka - izzat; 
- mehr-muhabbat, go‗zallik va nafosat, hayot abadiyligining ramzi - ayol zotiga ehtirom; 
- sabr-bardosh va mehnatsevarlik; 
-
 
halollik, mehr-oqibat va hokazo».  
Milliy g‗oyaga ma‘naviy poydevor bo‗ladigan milliy qadriyatlar doirasiga urf-odat va 

marosimlar, ularga asos bo‗lgan insoniylik va jamoachilik tamoyillari, axloqiy fazilatlar kiradi. Uning 
tayanchi, negizi bo‗lib ham xizmat qiladi. CHunki, bu qadriyatlarda millatni, xalqni ruhi mujassam. 
Milliy ma‘naviy qadriyatlar - ijobiy axloqiy sifatlarni takomillashtirish, davlat va millat rivojiga 
to‗g‗anoq bo‗ladigan salbiy illatlarni bartaraf etish omilidir.Milliy g‗oya va ma‘naviy qadriyatlar orasida 
uzviy aloqadorlik, o‗zaro ta‘sir mavjud bo‗lib, bu quyidagilarda o‗z ifodasini topadi:  
birinchidan, milliy qadriyatlar milliy g‗oya uchun ma‘naviy negiz, manba bo‗lib xizmat qiladi; 
ikkinchidan,  milliy  g‗oya  qadriyatlarni  boyitish,  yanada  yuksak  bosqichga  ko‗tarish,  odamlar 
ongi va qalbiga milliy qadriyatlarni singdirish omili bo‗lib hisoblanadi; 
uchinchidan,  milliy  g‗oya  xalqning  tub  manfaatlari  nuqtai  nazaridan  mavjud  ma‘naviy 
qadriyatlarga  baho  beradi,  ijobiy  jihatlarni  rivojlantirish,  salbiy  holatlarni  inkor  etishning  ma‘naviy 
mezoni bo‗lib maydonga chiqadi. 
Ma‘naviyat,  qadriyatlar va  milliy  g‗oya  - jamiyat  hayotining juda  murakkab  va  serqirra,  o‗zaro 
uzviy aloqadorlikda bo‗lgan sohalaridir.  
O‗zbekiston  istiqlolining  asoschisi  Islom  Karimov  tomonidan  mustaqillikning  dastlabki 
kunlaridan  boshlab  taraqqiyotning  o‗ziga  xos  va  o‗ziga  mos  yo‗lini  belgilovchi  milliy  ma‘naviy 
qadriyatlar  masalasiga  juda  katta  e‘tibor  qaratildi.  Xalqimiz  ma‘naviyatini  yuksaltirishning  ilmiy-
nazariy, fundamental konsepsiyasi ishlab chiqildi. 
Ayni  paytda,  buyuk  kelajakni  yaratish  yo‗lida  xalqni  birlashtirib,  yakdil  qila  oladigan, 
bunyodkorlik  ishlariga  safarbar  etib,  ruhiy  tayanch  bo‗la  oladigan  milliy  g‗oyani  shakllantirish 
muammosi yurtboshimiz Islom Karimovning diqqat nazaridan bir daqiqa ham chetda qolmadi.  
Binobarin,  ma‘naviyat,  qadriyat  va  milliy  g‗oya  –  xalqning  bugungi  hayoti  uchun  ham  ertangi 
istiqboli uchun beqiyos ahamiyatga ega bo‗lgan ma‘naviy-ijtimoiy sohalardir. 
Milliy o‗zlikni anglash aynan ma‘naviy qadriyatlarni o‗zlashtirish, o‗z xalqining tarixi, madaniy 
merosini  o‗rganish,  bugungi  holati  va  ertangi  istiqbolini  aniq  tasavvur  etishdan  boshlanadi.  Har  bir 
insonning mehnati, faoliyati, hayotiy maqsadlari ma‘lum bir qadriyatlarga erishish, moddiy va ma‘naviy 
boyliklarga ega bo‗lishga yo‗naltirilgan bo‗ladi. 
Milliy ma‘naviy qadriyatlar ko‗p asrlik tarixga ega.  
O‗zbekistondagi tarixiy obidalar, madaniy yodgorliklar yo urf-odat va marosimlarni tahlil qilish, 
bularning paydo bo‗lishi juda qadim zamonlarga borib taqalishini ko‗rsatadi.  
Misol uchun,  «Avesto»ni  olaylik.  Bundan 2700 yil  muqaddam  o‗n ikki  ming  mol terisiga  oltin 
harflar  bilan  bitilgan  bu  asar  paydo  bo‗lishi  uchun  undan  avval  ham  kamida  necha  ming  yillik  davr 
o‗tganligi,  teran  hayotiy tajriba va  hikmatlar to‗planganligi  shubhasiz.  Bu  asar  yuksak  madaniy  hayot, 
falsafa  va  fan, xattotlik  va  mushtariylik rivojlanishi  natijasida yaratilganligi uchun ham  shu  paytgacha 
o‗z qimmatini yo‗qotmadi. 
Milliy ma‘naviy qadriyatlar va milliy istiqlol g‗oyasining uzviy aloqadorligi ularning o‗zaro 
ta‘sirida namoyon bo‗ladi. Milliy g‗oya ma‘naviyatga tayanishi, undan hayot va ozuqa olishi bilan 
birga, ma‘naviy-ruhiy hayotga ham ijobiy ta‘sir o‗tkazadi. Milliy g‗oya qadriyatlarni yanada 
yuksaltirish, ularni odamlarning ongi va qalbiga singdirish, istiqlol va istiqbolga xizmat qilmaydigan 
jihatlarini bartaraf etish vazifalarini ham amalga oshiradi. Ma‘naviy hayotdagi behisob hodisalarni, 
qadriyat va ne‘matlarni xalq manfaatlari va e‘tiqodi nuqtai nazaridan baholash - milliy g‗oya mezonlari 
bilan o‗lchanadi. 
Olamda o‗zi tug‗ilgan, voyaga etgan yurtni Vatan deb bilmaydigan, qaerda qorin to‗yib, 
tirikchilik o‗tsa - shu yurtda qoladigan odamlar ham bor. Lekin, Vatan tuyg‗usi, vatanparvarlik hissi – 
faqat etuk va fidoyi, haqiqiy vatanparvar insonlarga xos bo‗lgan ulkan qadriyatdir. Milliy g‗oyaga 
sadoqat - yuksak vatanparvarlikda, mustaqillikni mustahkamlash va Vatan ravnaqini ta‘minlashga 
shaxsiy hissa qo‗shish istagida namoyon bo‗ladi. 
O‗z millatining tili va madaniyatidan, shu millatga mansubligidan or qiladigan, uning madaniyati 
va  merosidan o‗zini  chetga  oladigan ayrim kimsalar  ham ba‘zan topiladi.  Ammo,  haqiqiy  millatparvar 
inson o‗z xalqi boshiga kulfat kelganda uni tashlab ketmaydi, milliy g‗urur va milliy or-nomusni himoya 
qilishni, qadrlashni  eng ulug‗  qadriyat deb  biladi. Milliy g‗oya bu  qadriyatni  har  bir yurtdoshimizning 
ongi va qalbiga singdirishga xizmat qiladi.  

Marosimlar, urf-odat va an‘analar har bir xalqning betakror boyligi, merosidir. Insonning hayoti, 
u tug‗ilganidan boshlab, vafot etgunga qadar turli marosimlar doirasida o‗tadi. Marosimchilik millatning 
o‗ziga  xosligi  va  tarixiy  tajribasini  saqlash  va  an‘analarni  kelajakka  etkazish  vositasidir.  Ayni  paytda, 
milliy ma‘naviy qadriyatga aylangan bunday urf-odat  va rasm-rusumlar  zamon talablari asosida, milliy 
g‗oya  ruhida  qayta  baholanib  boradi.  Kelajak  taraqqiyotga  ahamiyati  bo‗lgan  qadriyatlar  alohida 
e‘tiborni talab etadi. Milliy ma‘naviy qadriyatlar tarkibiga kiruvchi qismlarni o‗zgarmas va bir darajada 
qotib qolgan deb hisoblash mumkin emas. Bular doimo rivojlanib, o‗zaro ta‘sir natijasida o‗zgarib, davr 
ruhi va milliy g‗oyaning talablari asosida yangilanib, ma‘nan boyib, rivojlanib boradi. 
Ular  jamiyat  a‘zolari,  turli  guruh  va  jamoalar  tomonidan  o‗zlashtirilganda,  hayotiy  qo‗llanma 
sifatida qabul qilingandagina qadriyatga aylanadi. Tom ma‘nodagi qadriyat maqomini olish uchun bular 
shaxs  va  ijtimoiy  guruhlarning  ichki  dunyosi  va  turmush  tarziga  singishi,  faoliyatini  yo‗lga  solish  va 
baholash mezoniga aylanishi kerak. 
Ma‘naviy  qadriyatlarning  aholi  keng  qatlamlari,  ayniqsa  yosh  avlodning  «mulki»ga  aylanishi 
o‗z-o‗zidan sodir bo‗lmaydi. Buning uchun shu millat taqdiri va istiqboliga befarq qaramaydigan ilg‗or 
vakillarning sa‘y-harakati talab etiladi. Moddiy va ma‘naviy boyliklar, agar milliy tarbiya to‗g‗ri yo‗lga 
qo‗yilmas ekan, chang bosgan kitoblar, nurayotgan osori-atiqalar, mazax qilinadigan udumlar darajasiga 
tushib qoladi. 
Jamiyatdagi turli kishilarning, har xil guruh va tabaqalarning ma‘naviy boyliklar va mezonlarga 
munosabati turlicha bo‗ladi. Har bir shaxs va guruh o‗z manfaatlaridan kelib chiqib, qadriyatlarni idrok 
etadi, o‗z tarbiyasi va saviyasidan kelib chiqib, ma‘naviyatni o‗zlashtiradi. 
Milliy  qadriyatlar  o‘tmish  mustabid  tuzum  sharoitida  tazyiq  va  tahqirga  uchragan,  ularga 
«eskilik  sarqiti»,  «o‘tmishning  qoldig‘i»  degan  tamg‘alar  bosilgan  edi.  hatto,  bolani  beshikka  belash, 
isiriq  tutatish,  maxsi-kavush  kiyish,  oyoqni  sandalda  issiq  tutish  kabi  beg‘ubor  odatlar  ham  shu 
tahqirdan chetda qolmagan.  
Mustamlakachilik  siyosati  soxta  qadriyatlar,  begona  taomillarni  zo‘rlab  kiritishga  urindi. 
Xalqimizning ruhi va tabiatiga zid bo‘lgan – ichkilikbozlik va giyohvandlik, behayolik va andishasizlik 
illatlari ildiz ota boshladi. Milliy ma’naviy qadriyatlarni himoya qilish millatchilik deb baholandi. 
O‘zbekistonning  mustaqilligi  ma’naviy  qadriyatlarni  yuksaltirish  uchun  mustahkam  poydevor 
yaratdi.  Milliy  istiqlol  g‘oyasi  bu  qadriyatlarni  tiklashni  yanada  yuqori  bosqichga  ko‘tarishga  xizmat 
qiladi. 
I.Karimov: «Ota-bobolarimizdan qolgan ezgu udumga muvofiq, keksalarga hurmat, kichiklarga 
izzat  ko‘rsatishdek  noyob  insoniy  qadriyatni  yangi  mazmun  va  amaliy  ishlar  bilan  boyitish  va 
mustahkamlash  zarur»,  deb  ta’kidlaydi.  «Nuroniy  otaxonlarimiz,  munis  onaxonlarimizga  hamisha 
hurmat-ehtirom  bilan  munosabatda  bo‘lish,  ularning  xizmatini  qilib,  duosini  olish,  jajji  go‘daklarga, 
aziz farzandlarimizga gamxo‘rlik qilish, ularni ardoqlashdek xalqimizga xos bo‘lgan, asrlar davomida 
saqlanib  kelayotgan  olijanob  odatga  har  birimiz  sodiq  bo‘lishimiz,  uni  asrab-avaylashimiz, 
rivojlantirishimiz  ham  farz,  ham  qarzdir».  Lekin  bu  hammaga  ham  bir  xilda  xush  kelmayotir.  Bizni 
o‘zimizga  xos  qadriyatlardan  mahrum  etishga  urinishlar  hozir  ham  davom  etmoqda.  «An’anaviy 
qadriyatlar»ni yo‘q qilib taraqqiyotga erishish mumkin degan g‘oya xavflidir. 
O‘zbekiston davlati qariyalarni qadrlash, yoshlarga gamxo‘rlik ko‘rsatishni o‘z taraqqiyotining 
ustuvor  tamoyili  qilib  belgilagan.  Binobarin,  turli  sabablarga  ko‘ra  boquvchisiz  qolgan  keksayu-yosh 
hech  mahal  mehr-muruvvatdan  chetda  qolmasligi  aniq.  Ayni  paytda  milliy  istiqlol  g‘oyasi  har  bir 
vatandoshimizning  o‘z  fuqarolik  burchlarini  chuqur  anglab  etishini,  insoniylik  va  mehribonlikni  eng 
ezgu  qadriyat  sifatida  e’tirof  etiladi.  Dahshatli  urush yillarida  yuz  minglab  etim  bolalarni  asrab  olib, 
milliy  bag‘rikengligimizni  dunyoga  tanitgan  insonlarga  munosib bo‘lish  –  milliy  g‘oyaga  sadoqatning 
amaliy ifodasidir. 
Milliy  g‘oya  ruhiga  yot  bo‘lgan  salbiy  xislatlardan  biri  –  boqimandalik,  loqaydlik  bo‘lib,  bu 
mehnat  kishilarining  g‘ayratini,  tashabbusini  bo‘g‘ib  kelgan  o‘tmish  tuzumdan  meros  bo‘lib  o‘tdi  va 
hozir ham ayrim kishilarning faolligiga salbiy ta’sirini o‘tkazmoqda. 
Mustabid  tuzum  sharoitida  xalqning  kundalik  ongi,  ijtimoiy  ruhiyati  bilan  rasmiy  mafkura 
orasida  keskin  tafovut,  ziddiyat  vujudga  kelgan.  Munofiqlikka  asoslangan,  yakka  hukmronlikni  da’vo 

qilgan  rasmiy  mafkura  real  hayotni,  odamlarning  his-tuyg‘ulari  va  orzu-niyatlarini  aks  ettirmay 
qo‘ygan edi. Ijtimoiy ongdagi bu uzilish natijasida odamlarda ichki norozilik ortar, vaziyatdan chiqish 
yo‘li  yo‘qligi  uchun  tushkunlik,  umidsizlik  kayfiyati  kuchayar  edi.  Ayrimlar  bu  soxta  g‘oyaga  ishonar 
edi. 
Milliy istiqlol g‘oyasining muhim vazifasi – kelajakka komil ishonch, erkin va farovon hayotga 
umid  hissini  tarbiyalashdir.  Xalqimiz  azaldan  noumidlikni,  ruhiy  tushkunlikni  qoralab  kelgan.  Milliy 
qadriyatlarimiz orasida boriga shukur qilish, yo‘g‘iga sabr qilish, yorug‘ kunlarni orzu qilib, armonlar 
ushalishiga  niyat  qilish  ustuvor  bo‘lib  kelgan.  Qiyinchiliklar  oldida  chekinish,  g‘ayrat  qilish  o‘rniga 
xasrat  bilan  kun  o‘tkazish,  pana-panada  ig‘vo-bo‘xton  tarqatish  milliy  g‘oya  ruhiga  yot, 
qadriyatlarimizga zid illatlardir. 
Xalqimizga  xos  milliy  xususiyatlar,  ayniqsa,  to‘y-tantanalar  va  marxumni  xotirlash 
marosimlarining tashkil etilishida yorqin namoyon bo‘ladi. Bunday marosimlar qarindosh-urug‘chilik, 
qo‘ni-qo‘shnichilik va yor-do‘stlik munosabatlarini yanada mustahkamlaydi, kishi uchun eng dahshatli 
bo‘lgan yolg‘izlikni bartaraf etadi. Sobiq mustabid tuzum chog‘ida tazyiq va tahqirga uchragan milliy 
urf-odat  va  rasm-rusumlar  mustaqillik  tufayli  qayta  tiklandi.  Ruhiy  tayanch  va  madad  beradigan 
bunday marosimlarni ochiq-oydin, emin-erkin ado etish imkoniyati paydo bo‘ldi. Biz o‘zligimizni milliy 
qadriyatlarimizga  sadoqatsiz  tasavvur  eta  olmaymiz.  U  taraqqiyotning,  o‘ziga  xos  va  mos 
rivojlanishning negizidir. 
Milliy istiqlol g‘oyasi milliy va umuminsoniy tamoyillarga asoslanadi. Umuminsoniy qadriyatlar 
– mohiyati e’tibori bilan aksariyat xalqlar e’tiqod va hurmat qiladigan, ammo genezisi (kelib chiqishi) 
ga  ko‘ra  bir  yoki  bir  qancha  millatlar  hayotidan  olingan,  umume’tirof  etilgan  tamoyillar  ekanligi 
shubhasiz.  
Muayyan  milliy  muhitda  amal  qilganligi  uchun  ham  umumbashariy  qadriyatlarda  ma’lum 
darajada  milliylik  libosi  saqlanib  qoladi.  Masalan,  qonun  ustuvorligi  milliy  istiqlol  g‘oyasining 
umuminsoniy  tamoyili  deb  e’tirof  etilgan.  Huquqiy  demokratik  jamiyat  barpo  etayotgan  O‘zbekiston 
uchun  bu  tamoyilni  ijtimoiy  hayotning  barcha  sohalari  va  aholining  barcha  qatlamlari  ongi  va 
faoliyatiga chuqur singdirish hozirgi davrning eng dolzarb vazifalaridan biridir.  
O‘tmish  zamonlardan  meros  bo‘lib  qolgan  qonunga  bepisandlik,  undan  ustun  turishga  intilish 
kabi  salbiy  holatlar  milliy  g‘oyaviy  tarbiya  vositasida  bartaraf  etilishi  zarur.  Ayrim  yoshlar  ongidagi, 
qonunni  mensimaslik  go‘yo  «zo‘ravonlik»  alomati,  huquq  himoyasida  turishi  lozim  bo‘lgan  shaxs  va 
xizmatlar  qonunga  rioya  etmasa  ham  bo‘ladi  qabilidagi  soxta  qarashlarni  tugatishda  milliy  tarbiya, 
huquqiy savodxonlik va siyosiy madaniyatning ahamiyati katta.  
XX asrning 90-yillarida yadro poligoniga nisbatan ham ko‘proq kuchga ega bo‘lgan mafkuraviy 
maydonda  xalqaro  terrorizm  va  diniy  ekstremizmga  asos  bo‘lgan  aqidaparastlik  bosh  ko‘tardi. 
Odamlarning ongini zaharlashga, ularni o‘z g‘aliz maqsadlari yo‘lida qurol qilib, jamiyatda beqarorlik 
va  nizolar  keltirib  chiqarishga  harakat  qildi.  G‘oyaviy,  mafkuraviy  immuniteti  to‘liq  shakllanmagan 
ayrim  yoshlar  begona  va  soxta  g‘oyalar  domiga  ilinganda,  YUrtboshimiz,  jinoyatchilik  ko‘chasiga 
adashib kirib qolgan yoshlarga nisbatan xalqimizga xos bag‘rikenglik va muruvvat qadriyatini ustuvor 
bilib,  ularning  tavba-tazarrusini  inobatga  olishga  da’vat  etdi.  Bu  ko‘pgina  yoshlarimiz  uchun  erkin, 
farovon hayot qurishda faol ishtirok etish imkoniyatini yaratib berdi. 
Xulosa  qilib  aytganda,  milliy  ma‘naviy  qadriyatlar  ijtimoiy  hayotning  va  ma‘naviy 
borlig‗imizning  muhim  va  serqirra  sohasi  bo‗lib,  inson  va  jamiyat  kamolotida  muhim  ahamiyat  kasb 
etadi. Milliy qadriyatlar muttasil rivojlanib, takomillashib boradi. Bularning ijtimoiy guruhlar va alohida 
shaxslar tomonidan o‗zlashtirilishi ta‘lim va tarbiyani talab qiladi.  
Bunyodkor  g‗oya  –  Jamiyat  va  odamlarni,  turli  guruh  va  qatlamlar,  millat  va  davlatlarni 
taraqqiyot sari etaklovchi, xalqni ezgu maqsad yo‗lida birgalikda harakat qilishga undovchi g‗oya. 
Bunyodkor  g‗oya  -  insonni  ulug‗laydigan,  uning  kuch-g‗ayrati  va  salohiyatini  oshirib  xalqi, 
Vatani,  butun  insoniyat  uchun  foydali  ishlar  qilishga  safarbar  etadigan,  o‗zida  taraqqiyot,  ma‘rifat, 
do‗stlik,  tinchlik,  adolat,  halollik,  poklik  kabi  ezgu  his-tuyg‗ularning  urug‗ini  mujassam  etadigan 
g‗oyadir. 
Bunyodkor  g‗oyalar:  ozodlik,  mustaqillik,  tinchlik,  adolat,  tenglik,  hamkorlik,  do‗stlik, 
birodarlik, hurfikrlilik, ma‘rifatparvarlik, bag‗rikenglik, xalqparvarlik, vatanparvarlik, insonparvarlik va 
h.k. 

Bunyodkor  g‗oya  ta‘sirida  inson  ezgulikka  etish,  millatlar  va  davlatlar  esa,  ozodlik  va 
mustaqillikka  erishish  uchun  intiladi,  buyuk  tarixiy  g‗alabalarni  qo‗lga  kiritadi.  I.Karimov 
ta‘kidlaganidek, o‗zida gumanizm talablarini aks  ettiradigan, inson kamolotiga, jamiyat rivojiga, millat 
taraqqiyotiga,  xalqning  iroda  va  intilishlariga  xizmat  qiladigan,  uni  jipslashtirib,  oliy  maqsadlarga 
safarbar  etadigan  g‗oyalar  bunyodkor  g‗oyalardir.  Ular  insonning  ichki  yaratuvchilik  mohiyati, 
ijodkorlik  tabiatidan  kelib  chiqadi,  odamlarni  komillik  va  fozillik  sari  undaydi,  iymon-e‘tiqodini 
mustahkamlaydi,  hayotiga  ijobiy  mazmun  baxsh  etadi.  Vatanni  sevish,  yurt  tinchligini  asrash,  xalq 
farovnligi  yo‗lida kurashish – bunyodkor g‗oyaning ma‘no-mazmunini belgilaydi. Tarix ham, bugungi 
hayotimiz  ham  o‗z  g‗arazli  maqsadlariga  erishish  uchun  yuksak  g‗oyalarning  joziba  kuchidan 
foydalanishga urunuvchi yovuz kuchlar hamma vaqt vahamma zamonlarda bo‗lishini ko‗rsatadi.  
Insoniyat  tarixi  turli-tuman    g‗oya  va  mafkuralarning  vujudga  kelishi,  bir-biri  bilan 
munosabatidan iborat uzluksiz jarayondir. Bu jarayon turli g‗oyalar u yoki bu kuchlarga xizmat qilishi,  
o‗ziga ishongan kishilarni qanday maqsadlar tomon etaklashiga qarab bir-biridan farqlanadi. 
Jahon  tajribasiga  nazar  tashlasak  butun  dunyo  taraqqiyotiga  ulkan  ta‘sir  ko‗rsatgan  nazariy 
ta‘limot va mafkuralarni yaratish uchun insoniyat tarixining turli davrlarida ulkan aql-zakovat, iste‘dod 
va  teran  tafakkur  sohiblari  misilsiz  zahmat  chekkanini  ko‗ramiz.  Masalan,  Zardo‗shtiylikning  «Ezgu 
fikr,    ezgu  so‗z,  ezgu  amal»  g‗oyasi,  Suqrotning  «adolat»,  Aflotuning  «ezgulik  va  yagonalik  », 
Forobiyning  «Fozil  odamlar  jamiyati»,  Amir  Temurning  «bunyodkorlik»,  Konfutsiyning  «Tenglik» 
g‗oyalari shular jumlasidandir. 
Ularning  har  biri  ulkan  ahamiyatga  molik  g‗oyalarni  yaratganlar.  Bu  g‗oyalarga  tayanib 
bunyodkorlik yo‗lida, ezgu maqsadlarga erishish uchun hormay-tolmay mehnat qilganlar. Bu borada 
insoniyatga  ezgulik  g‗oyalarini  targ‗ib  qilgan  Zardo‗sht  ham,  ―O‗zini  anglamoq  buyuk  saodat‖ 
ekanini  anglatgan  Suqrot  ham,  ―xalqni  yakqalam  qildim‖,  deya  insonparvarlik,  adolat  g‗oyalarini 
kuylagan  va  qoniqish  hissini  tuygan    Navoiy  ham,  Markazlashgan  davlat  tuzib,  xalqni  birlashtirib, 
uning    adolat  kuchiga  ishonchini  mustahkamlagan  Amir  Temur  ham,  Hindiston  ozodligi  yo‗liga 
umrini baxshida aylagan ,  ma‘rifat yo‗li bilan g‗olib chiqqan Maxatma Gandi ham bugungi avlodlar 
uchun  ibrat  namunasi  bo‗lgan  ulug‗  insonlardir.  Jamiyatda  ezgu  maqsadlarga  xizmat  qiladigan  
mafkuralarga bunyodkor g‗oyalar asos bo‗ladi. 
Bunyodkorlik  aql-zakovat,  qalb  bunyodkorligiga  aylanganda  chinakam  qadr-qimmat  kasb 
etadi.  Qalb  bunyodkorligi  esa  e‘tiqod  bilan,  pok  niyat  bilan  nafaqat  bugunni,  balki  olis  kelajakni 
o‗ylab  yaratishdir.  Odamzodga  azaldan  aql-zakovat  bilan  qalb  bunyodkorligi  xos  fazilatdir.  Uning 
qalbi  bilan  qo‗li  bir  maromda  ishlasa  haqiqiy  mo‗‗jizalar  bunyod  etiladi.  Necha  asrlardan  buyon 
dunyoni  hayratga  solib  kelayotgan  Misr  ehromlari,  SHahrisabzdagi  Oqsaroy,  Samarqanddagi 
Bibixonim,  Registon  maydonidagi  madrasalar  majmui,  Tojmahal  yodgorligi,  Eyfel  minorasi, 
qanchadan-qancha  san‘at  va  madaniyat  durdonalari  –  barchasi  ana  shunday  bunyodkorlik 
namunasidir.  Bunday  mo‗‗jizalar  bizning  madaniy  merosimizda,  Xiva,  Buxorodagi  betakror 
obidalarimizda,  mumtoz  san‘at  asarlarimizda  yuksak  axloqiylikka  asoslangan  urf-odat  va 
an‘analarimizda o‗z aksini topgan. 
Mutasavvuf  alloma  Bahouddin  Naqshband  ―Diling  -  Ollohda,  qo‗ling-  mehnatda  bo‗lsin‖ 
deya  yaratuvchilikka  da‘vat  etganlarida,  har  qanday  ishni  aql  va  e‘tiqod  bilan  bajarishni  nazarda 
tutganlar. Ushbu shiorda inson ko‗nglida Ollohga e‘tiqod qo‗yib, o‗zi halol mehnati bilan tirikchilik 
o‗tkazish  va ilm-hunar o‗rgatib,  Vatanni  obod qilishga  da‘vat  etiladi. Diniy ishlarni dunyoviy  ishlar 
bilan  bog‗lab  olib  borish  orqali  jamiyatda  barqarorlik,      osoyishtalik  va  farovonlikka  erishish 
mumkinligi  g‗oyasi  targ‗ib  qilinadi.  Mustaqillik  yillarida,  O‗zbekistonda,  islom  dinining  ezgu 
g‗oyalari  milliy  qadriyatlarimiz  va turmush tarzimizga chuqur  singib  bormoqda.  Umuman  e‘tiqodni 
faoliyatga,  faoliyatni  esa  e‘tiqodga  aylantirish  xalqimizga  xos.  Masalan,  yaxshilikni,  ya‘ni  oddiy 
insoniy  faoliyatni  e‘tiqod  darajasiga  ko‗targanimiz  yoki  Ollohga  bo‗lgan  ishonch  –  e‘tiqodimizni 
faqat ezgulik yo‗lida xizmat qildirishni an‘anaga aylantirganmiz. 
Bunyodkorlik  g‗oyalari  yurtni  obod,  xalq  hayotini  farovon  qilishdek  oliyjanob  maqsadlar  bilan 

ajralib  turadi.  Ular  insoniyat  sivilizatsiyaga  erishgan  davrlardan  buyon  jamiyat  hayotingi  eng  ezgu 
g‗oyalari sifatida yashab kelmoqda.  
Qariyib uch ming yil muqaddam – ma‘rifat ziyosini jaholat bulutlari qoplab olgan davrda buyuk 
vatandoshimiz Zardo‗sht yakkaxudolik  va  ezgulik g‗oyalarini  targ‗ib qilishni  boshlagan  edi. Zardo‗sht 
ta‘limotida insonni ezgulikka da‘vat etuvchi g‗oyalar markaziy o‗rinni egallaydi. 
Ezgulik  va  yovuzlik  kuchlari  o‗rtasidagi  g‗oyaviy  kurash  zardo‗shtiylik  dinining  muqaddas 
kitobi ―Avesto‖da   ham  bayon etilgan.  Unda harbiy to‗qnashuvlar,  bosqinchilik urushlari, jonivorlarni, 
hayvonlarni azoblash,  odamlarga  adolatsizlik,  yolg‗onchilik, ahdga vafosizlik,  xiyonat  qilish  g‗oyalari 
qoralanib,  o‗troq,  osoyishta  hayot  kechirishga,  mehnatga,  dehqonchilik,  chorvachilik  bilan 
shug‗ullanishga  da‘vat  etadigan g‗oyalar ulug‗lanadi. Zardo‗shtiylik dinida er,  suv,  musaffo havo,  ona 
tabiat  e‘zozlanadi,  quruq  er  ochib,  uni  bog‗u  rog‗ga  aylantirgan  odam  ilohiyot  rahmatiga  uchraydi, 
aksincha,  bog‗lar,  ekinzorlarni,  sug‗orish  inshootlarini  buzganlar  katta  gunohga  qoladi.  Zardo‗shtning 
bunyodkor  g‗oyalari insonlarni tinch-totuv  yashashga, halol  mehnat  qilib  Vatanni obod  qilishga da‘vat 
etadi. 
―Avesto‖da  yozilishicha,  Zaminni  hammadan  ko‗proq  baxtiyor  qilgan  shaxs,  hammadan  ko‗p 
bug‗doy, giyoh va mevali daraxtlar ekkan zotdir! U quruq erlarga suv chiqargan va suvli erlarni shudgor 
qilgan zotdir.., - deyiladi. 
―Avesto‖  da  aks  etgan  Zardo‗shtning  ―Ezgu  niyat,  ezgu  so‗z  va  ezgu  amalni  olqishlayman! 
Niyat, so‗z va amallar ichidan men  ezgu niyat, ezgu so‗z va ezgu amalni tanlayman. Men barcha qabih 
andisha, qabih so‗z va qabih amaldan yuz buraman‖, degan hikmatli so‗zlari bugungi kunda ham katta 
tarbiyaviy ahamiyatga ega.  Bu o‗lmas g‗oyalar keyinchalik paydo bo‗lgan dinlar, jumladan, xristianlik 
va  islom  tomonidan  ham  qabul  qilindi.  Demak,  bu  kitob  o‗z  davrida  shakllangan  g‗oyalar  tizimidan 
iborat bo‗lgan jamiyat mafkurasi edi. 
Hindistonda  paydo  bo‗lgan  Buddaviylik  dini asta-sekin Janubiy, SHarqiy  Osiyoda  yashaydigan 
ko‗pchilik  xalqning  mafkurasiga  aylandi.  Eramizning  birinchi  asrida  Rim  imperiyasida  shakllangan 
xristianlik  dini  jahonning  ko‗pgina  xalqlari  va  millatlari  tomonidan  qabul  qilindi,  ularning  ma‘naviy 
hayotiga singdi. VII  asrning oxirida Arabiston yarim orolida paydo bo‗lgan islom dini o‗rtadagi ahillik, 
birodarlik,  hamjihatlik,  ezgulik,  yaratuvchilik  g‗oyalarini  targ‗ib  qilganligi  sababli  dunyoning  yuzdan 
ortiq  mamlakatlari  xalqlari  o‗rtasida  tarqaldi,  ularning  ma‘naviy  hayoti,  turmush  tarzi  va  madaniyati 
rivojiga  ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi. 
Xitoy  va  hind  mutafakkirlarining  jamiyat  rivoji  haqidagi  qarashlari  va  bunyodkorlik  g‗oyalari 
ham  Osiyoning  ―sharqona‖  ma‘naviyatida  o‗ziga  xos  o‗rin  tutadi.  Jumladan  buyuk  xitoy  mutafakkiri 
Konfutsiyning  (mil.av.  551-479)  g‗oyalari  honuzgacha  xitoy  xalqi  mafkurasida  etakchilik  qilib 
kelmoqda. 
Konfutsiyning  falsafiy  va axloqiy g‗oyalari  markazida inson, uning aqliy  va ma‘naviy qiyofasi, 
olamdagi  hamda  jamiyatdagi  o‗rni,  vazifasi  muammolari  turadi.  Bu  g‗oyaning  asosi  jamiyatni  har 
qanday ijtimoiy larzalardan asrab qolish va insonlar manfaatini yuqori qo‗yishga qaratilgan. Allomaning 
maqsadi  xalni  mavjud  tartib-qoidalarni  hurmat  qilish  ruhida  tarbiyalash  bo‗lgan.  Bu  g‗oyaga  ko‗ra, 
insonlar  jamiyatning  tabiiy  taraqqiyotiga  qarshi  chiqmasligi,  ya‘ni  inqilobiy  yo‗lni  tanlamasligi  kerak. 
Konfutsiy  insoniyat  haqida  fikr  yuritar  ekan,  odamlar  ijtimoiy  kelib  chiqishi  yoki  jamiyatdagi  mavqei 
orqali  emas,  balki  odamiylik,  adolatparvarlik,  haqgo‗ylik,  samimiyat,  farzandlik  izzat-hurmati  kabi 
yuksak ma‘naviy fazilatlarga erishishi tufayli kamolga etishuvi mumkin,  deb hisoblaydi. 
Hayotning,  borliqning  mohiyatini  anglash  to‗g‗risidagi  buddizm  dinining  asoschisi  Sidxartxa 
Gautama  qarashlari  muhim  o‗rin  tutadi.  Har  qanday  insoniy  tuyg‗u,  hissiyot,  ehtiros  va  istak  azob-
uqubatlarni  chuqurlashtiradi.  Hayot  mazmunan  tug‗ilish,  sevish,  o‗lim,  azobdan  iborat.  ―Borliq 
girdobi‖dan chiqib olish uchun g‗aflatdan uyg‗onish, dunyo mohiyatini anglash, hayotga chanqoqlikdan, 
ko‗ngilxushliklarga,  lazzatlarga,  hokimiyatga,  boylikka  intilishlardan  voz  kechish  lozim.  Faqat 
shundagina  ―najot  topish  yo‗li‖ga  kirish  mumkin.  Inson  beshta  axloqiy  talabga  amal  qilishi  lozim. 
Bular:  har  bir  kishi  yomonlik  qilishdan,  yolg„on  gapirishdan,  o„g„irlik  qilishdan,  his  tuyg„ularga 
Download 5.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling