Toshkent farmatsevtika instituti
Download 4.3 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biologik kimyo faniga kirish, uning vazifalari va ahamiyati. Biologik kimyo fanining maqsadi va vazifalari.
- Fanning rivojlanish tarixi.
- Farmatsevtika sohasida biokimyoning ahamiyati
- Biokimyo faninig asosiy yo`nalishlari.
- Biologik kimyo fanining boshqa fanlar bilan bog`liqligi.
- Biokimyoviy tadqiqotlarning asosiy usullari.
- Tahlil usullari. Elektroforez.
O`ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKАSI ОLIY VА O`RTА MАXSUS TА’LIM VАZIRLIGI
TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI О.О.Оbidоv, А.А.Jurаyеvа, G.Yu.Malikova
BIOLOGIK KIMYO
O`zbеkistоn Rеspublikаsi Оliy vа o`rtа mаxsus tа’lim vаzirligi fаrmаsеvtikа vа tibbiyot оliy o`quv yurtlаri tаlаbаlаri uchun darslik sifаtidа tаvsiya etаdi
Toshkent – 2011 2 Tаqrizchilаr: T.S.Sоаtоv – biоlоgiya fаnlаri dоktоri, аkаdеmik. O`zbеkistоn fаnlаr аkаdеmiyasi biоkimyo ilmiy-tekshirish instituti lipidlar almashinuvi laboratoriyasi mudiri.
X.U.Аliеv – tibbiyot fаnlаri dоktоri, Toshkеnt fаrmаsеvtikа instituti fаrmаkоlоgiya va klinik farmatsiya kafedrasi professori.
R.А.Sоbirоvа – tibbiyot fаnlаri dоktоri, prоfеssоr. Toshkеnt tibbiyot аkаdеmiyasi biоkimyo kаfеdrаsi mudiri.
3
Biologik kimyodan mazkur darslik farmatsevtika instituti talabalariga mo`ljallangan o`quv dasturi bo`yicha yozilgan bo`lib, hozirgi zamon biologik kimyo fani asoslari haqidagi tushunchalar to`la yoritilgan. Darslikning maqsadi talabalarga tirik organizmning kimyoviy tarkibi va molekulyar jarayonlari to`g`risidagi bilimlarni normal va patologik holatlardagi sifat-miqdoriy o`zgarishlarini o`zlashtirib, ularni o`z kasb faoliyatida to`g`ri talqin etishga o`rgatishdir. Biokimyo shaklan va mazmunan kimyo va biologiyani uzviy birligi natijasi bo`lganligi tufayli xizmat doirasi bo`yicha tibbiyot va farmatsiyaning turli tarmoqlariga bevosita aloqador. Tibbiyot va farmatsevtika institutlarida biokimyo muhim nazariy fan sifatida inson hayot faoliyatini ajralmas qismlari – modda almashinuvi (metabolizm) jarayonini kuzatishga, tashxis usullarini takomillashtirishga, har xil kasalliklarni keltirib chiqaruvchi sabablarini oldini olish va davolashga imkon yaratishi bilan birga farmakologiyada dorilar ta’sirini kimyoviy mexanizmlarini asoslashga yordam beradi. So`nggi ikki-uch o`n yilliklar davomida biokimyoning enzimologiya, genetika, molekulyar biologiya, bioenergetika tarmoqlarida erishilgan mashhur ixtirolar bu fanning zarur fundamental fanlar qatorida biologiya, tibbiyot va farmatsiyaning murakkab muammolarini yechishda foydalaniladigan vositaga aylantirdi. Genetik axborotni saqlanishi va nasldan- naslga ko`chish yo`llari, oqsil-nuklein kislotalarining qurilish darajalari va polimer molekulalarni biosintezi, tirik sistemalarda energiya almashinishi, biomembranalar rolini aniqlashi biologik funktsiyalarning kimyoviy negizlarini yanada chuqurroq o`rganishga yo`l ochdi. Aytilganlar qatorida darslikda biokimyoni farmatsiya va tibbiyot sohalarini amaliy yechimiga bag`ishlangan patobiokimyo masalalari dorilar sifatini nazoratlash va klinik biokimyo tahlili ham yoritilgan. Ushbu yo`nalishda dorilar metabolizmi va ta’sir mexanizmida ishtirok etuvchi fermentlar faolligini o`zgarishiga alohida bo`lim bag`ishlangan. Darslik mualliflarning biokimyo fanini farmatsevtika institutida ko`p yillar o`qitilishi davomida orttirgan tajribalarini aks ettiradi.
4
Biologik kimyo fanining maqsadi va vazifalari. Biologik kimyo – barcha tirik organizmlarda kechadigan kimyoviy jarayonlarni o`rganuvchi fan. Uning maqsadi to`qima va a’zolarda, hujayra hamda uning tarkibiy tuzilmalari (strukturalar)dagi doimiy modda va energiya almashinuvini o`rganishdan iborat bo`lib, organizmda tinimsiz o`zgarib, yangilanib turadigan oqsillar, nuklein kislotalar, uglevodlar, lipidlar, vitaminlar hamda anorganik birikmalarning kimyoviy tuzilishlari, xossalari, ularni organizm qismlarida, jumladan, hujayra va uning elementlarida tarqalishi, joylashishini tadqiq qilish bilan shug`ullanadi. Biokimyo fani 3 bo`limdan iborat: 1.
Statik biokimyo. 2.
Dinamik biokimyo. 3.
Funktsional biokimyo. Statik biokimyo tirik organizm tarkibiga kiruvchi moddalarning kimyoviy tuzilishi va xususiyatlarini o`rganadi. Bu bo`limning asosiy masalalari bioorganik kimyo tomonidan o`rganiladi. Dinamik biokimyo moddalarning organizmga qabul qilinishidan boshlab oxirgi mahsulotlar shaklida chiqarib yuborilishigacha bo`lgan barcha o`zgarishlarni tahlil qiladi. Funktsional biokimyo a’zo va to`qimalarda kechadigan kimyoviy jarayonlarni ularning funktsiyalariga bog`liq ravishda tadqiq etadi. Biologik kimyoning barcha bo`limlari bir-biri bilan o`zaro uzviy bog`langan umumiy biokimyoning qismlari hisoblanadi. Biologik kimyo tadqiqot ob’yektiga ko`ra odam va hayvonlar biokimyosi, o`simliklar biokimyosi va mikroorganizmlar biokimyosiga bo`linadi.
oralig`idagi soha bo`lganligi uchun shu ikki fanni ma’lumotlari va g`oyalariga asoslanadi. Shu sabab mazkur yo`nalish alohida fan sifatida biologiya va kimyo fanlarining ma’lum rivojlanish bosqichida paydo bo`lgan. 5 XIX asrda biokimyo fiziologik kimyo deb atalib, mustaqil fan sifatida XX asrning boshlarida shakllangan. XIX asrda organik kimyoning taraqqiyoti statik biokimyoning rivojlanishiga turtki bo`ldi. Jumladan, yog`lar, uglevod, oqsil, nuklein kislotalarining kimyoviy strukturasini aniqlanishi, achish jarayonlarini o`rganilishi biokimyo fanining taraqqiyotiga o`z hissasini qo`shdi. Biologik kimyo haqidagi dastlabki tushuncha mashhur fransuz olimi A.Lavuaz’e (1743-1794) ning XVIII asr oxirlarida olib borgan tajribalaridan boshlangan, deb hisoblanadi. Uning oksidlanish va bu jarayonda kislorodning o`rni haqidagi klassik tadqiqotlari tanadagi ―yonish‖ hodisasining kimyoviy asosini aniqlashga olib keldi. Lavuaz’e ushbu reaktsiyada kislorod yutilib, karbonat angidrid ajralib chiqadi va issiqlik hosil bo`ladi, degan xulosaga kelgan edi. A.Lavuaz’ening organizm energetik metabolizmini o`rganishdagi ilmiy ishlari asosida bir gramm yog`, oqsil va uglevodlar yondirilganda qancha energiya ajralib chiqishini aniqlangan edi. XX asrda biokimyo sohasida qo`lga kiritilgan ilmiy yutuqlar mazkur sohada inqilobiy o`zgarishlar yuz berishiga sabab bo`ldi. Enzimologiya, oqsillar, lipidlar, uglevodlar sohasidagi fundamental izlanishlar, shuningdek genom strukturasi va vazifasini o`rganish biologik kimyoni biologiya fanining yuqori pog`onasiga ko`tardi. Bu fanni rivojlanishida oqsil va aminokislotalar bo`yicha A.Danilevskiy, S.S.Salazkin, L.Poling va V.Kori; vitaminlar bo`yicha K.Funk va N.I.Lunin; to`qimalar nafas olishi bo`yicha A.Bax, V.Palladin; oksidlanish bilan bog`liq bo`lgan fosforlanish, unda ATF roli bo`yicha V.Engelgard; nuklein kislotalari strukturasi va vazifasi, oqsillar biosintezi bo`yicha F.Mishеr, A.Belozerskiy, A.Spirin; bioenergetika bo`yicha V.Skulachyev kabi olimlar dunyo miqyosida biokimyo fani rivojiga ulkan hissa qo`shdilar. O`zbekistonda biokimyo fani XX asrning o`rtalaridan boshlab rivojlana boshladi. Bu sohada benihoya katta ham ilmiy, ham tashkiliy xizmat qilgan olim akademik - Yo.X.To`raqulov (1916-2005) Oliy o`quv yurtlarida biokimyo kafedralarini tashkil etish va Respublikada Biokimyo ilmiy-tadqiqot institutini ochilishiga (1967 yil) bevosita asos solgan. Yo.X.To`raqulov biokimyodan o`zbek
6 tilida nashr etilgan darslik va o`quv qo`llanmalarning ilk muallifi, biokimyo sohasida o`z maktabini yaratgan yetuk olimdir. Uning ilmiy ishlari qalqonsimon bez gormonlari biokimyosiga bag`ishlangan. Birinchi o`zbek biokimyogari – O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi, professor D.Sohibovdir (1907-1990). Olimning ilmiy izlanishlari asosan ilon zaharidan turli biologik faol moddalar ajratib olish, ularning organizmga ta’sirini o`rganishga bag`ishlangan. Bu sohada yana ko`zga ko`ringan yetuk olimlardan akademik J.H.Hamidov (1930-2010) ni ko`rsatish mumkin. Uning ilmiy yo`nalishi endokrin tizimi organlarining nurlanish kasalligi sohasiga bog`liq. Respublikamizda g`oza o`simligining radiobiologiyasi va biokimyosiga katta hissa qo`shgan olimlardan biri akademik A.P.Ibrohimovdir (1928-2008). Olimning ilmiy ishlari go`za turlari va navlarida oqsil va nuklein kislotalar biosintezining molekulyar-genetik xususiyatlari, go`zaning kasalliklarga chidamliligini oshirish masalalariga qaratilgan. Qalqonsimon bez oqsillari, membrana lipidlari biokimyosi, shuningdek liposomalar, ularning hujayra bilan o`zaro ta’sirini o`rganuvchi olim, akademik T.S.Soatov (1940) bo`lib, uzoq yillardan beri yoshlarga ustozlik qilib kelmoqda. Respublikamizda genom strukturasi va vazifasini tadqiq qilayotgan akademik A.Abdukarimov (1942) hujayralardan turli xil genlarni ajratib olish, vektor molekulalar konstruktsiyasini yaratish, yakka hujayradan sun’iy sharoitda o`simlik yetishtirishga doir ilmiy ishlar dasturiga rahbarlik qilib kelmoqda. Yuqorida nomlari keltirib o`tilgan fanning yetuk namoyondalaridan tashqari Respublika Fanlar akademiyasi qoshidagi ilmiy tekshirish institutlari va qator oliy o`quv yurtlarida biokimyo sohasining turli xil yo`nalishlari bo`yicha ko`plab mutaxassislar faoliyat olib bormoqdalar.
allomasi va tabibi Abu Ali ibn Sino (980-1037) o`zining ―Tib qonunlari‖ asarida tibbiyotda qo`llaniladigan kimyoviy moddalarning tasnifini, tananing ―suyuq‖ligi va siydik tarkibidagi moddalarni aytib o`tgan. 7 Inson kasalliklari sababini aniqlash va unga qarshi dori izlashga bo`lgan tabiiy intilishlari tirik organizmlarda kechadigan jarayonlarga qiziqishni yanada orttirdi. Farmasevtika amaliyotida biokimyo yangidan-yangi o`rinlarni egallamoqda. Jumladan, biologik katalizatorlar bo`lgan – fermentlar sanoatda dori moddalari (masalan, steroid gormonlar)ni sintez qilishda qo`llanilmoqda. Gen injeneriyasi usuli yordamida tabiiy dori preparatlarini ishlab chiqarishning istiqbolli yo`llari ko`rib chiqilmoqda. Mikroorganizmlar biokimyosini bilish aminokislotalar, nukleotidlar, nukleozidlar, vitaminlar, antibiotiklar kabi dori preparatlarini sanoatda ishlab chiqarishning qulay va iqtisodiy jihatdan samarali usullarini yaratish imkonini berdi. Fermentlardan analitik reagent sifatida foydalanib dorilarni tez va o`ziga xos (spesifik) tahlil qilish usullari ishlab chiqildi. Amaliyotda dorilarning ta’sir mexanizmlarini bilish katta ahamiyatga ega. Hujayra fermenti sistemasi tomonidan dorilarni o`zgarishga uchrashini o`rganish, qo`llaniladigan dori me’yorini, uning organizmda almashinuvini boshqarish va ta’sir etuvchi moddaning tabiatini bilishga, ya’ni uning samarasi dastlabki moddaning ta’sirimi, yoki uning almashinuv mahsuloti natijasi ekanligini tushunishga imkoniyat beradi.
kabi biologik kimyo shug`ullanadigan muammolar doirasining kengayishi va tobora chuqurlashishi tufayli undan yangi yo`nalishlar ajralib, mustaqil tarmoqlar paydo bo`ldi. Hozirgi davrda yetakchi mustaqil bilim sohalariga aylangan enzimologiya, vitaminologiya, endokrinologiya qatoriga keyingi yillarda membranalar biokimyosi, neyrobiokimyo, analitik biokimyo, kvant biokimyosi va boshqalar qo`shildi. Keyingi chorak asr ichida biologiya fanlarida yuz bergan fundamental o`zgarishlar - molekulyar biologiya, molekulyar genetikaning rivojlanishi asosida dunyoga kelgan gen, hujayra, oqsil injenerligining mislsiz muvaffaqiyatlari bilan bog`liq. 8 Oqsillar va nuklein kislotalar molekulalarining strukturasi bilan ularning biologik vazifasi orasidagi bog`liqlikni aniqlanishi biokimyoviy ma’lumotlarga asoslangan eng yosh soha – molekulyar biologiyaning muhim yutuqlaridandir. Shuningdek, hozirgi kunda tez rivojlanayotgan klonlash, transgen organizmlar va daktiloskopiya usullari ham biokimyo fani asosida yaratilmoqda. Hozirgi zamon biokimyosi hayotiy jarayonlarning murakkab sirlari qatoridagi oqsil sintezi, moddalar almashinuvi va naslni idora qilish muammolarini hal etish arafasida turibdi. Bu muhim vazifalarning hal etilishi inson hayoti uchun xatarli bo`lgan rak, virusli kasalliklar, irsiy kasalliklar va yurak-tomir kasalliklarini yengish, inson umrini uzaytirish kabi muammolar yechimini nazariy asosini yaratadi. Biologik kimyo fanining boshqa fanlar bilan bog`liqligi. Biologik kimyoning kimyo fanlari bilan umumiy o`xshashlik tomonlari bor. Bu ayniqsa, ularning tabiiy moddalarni o`rganishda qo`llaniladigan usullari uchun taalluqlidir. Ammo biologik kimyo va kimyo fanlari oldidagi vazifalari turlichadir. Organik va fizik kimyo fanlarini ko`proq kimyoviy birikmalarning tuzilishi va xossalari, masalan ularning elektron strukturalari, bog`lanish tabiati va hosil bo`lish mexanizmi, izomeriyasi, konformasiyasi va boshqalar qiziqtiradi. Biologik kimyo uchun esa barcha kimyoviy moddalarning biologik (funksional) vazifalari va tirik organizmdagi fizik-kimyoviy jarayonlarni kechishi, shuningdek turli kasalliklarda bu vazifalarning buzilish mexanizmlarini tushunish asosiy vazifa hisoblanadi. Biologik kimyo bir qancha aralash fanlar asosida tashkil topgan bo`lib, tirik tabiatni o`rganishda ular bilan uzviy aloqalarni saqlab qolgan. Shu bilan birga u moddalarni tuzilishi va ular vazifalari o`rtasidagi bog`liqlikni, kimyoviy birikmalarning tirik organizmda almashinuvini, tirik sistemalarda energiyaning hosil bo`lish yo`llarini tadqiq qilishda o`ziga xos mustaqil fan sifatida shakllanadi. Biologik kimyo tirik organizm to`qima, hujayralaridagi fizik-kimyoviy jarayonlarning boshqarilish yo`llarini, genetik axborotning ko`chirilishini molekulyar mexanizmlarini o`rganishni o`zining asosiy vazifasi deb hisoblaydi. 9
Biokimyoviy tadqiqotlarning asosiy usullari. Biokimyoning ish ob’yekti tirik organizm bo`lganligi sababli undan biror moddani ajratib olishda murakkab usullardan foydalaniladi. Odatdagi fizik-kimyoviy tahlillar uchun bir qator qo`shimcha jarayonlarni bajarish lozim bo`ladi. Biologik materialdan moddalarni ajratib olish jarayoni tartibi taxminan quyidagicha: 1. Gomogenlash. 2. Ultrasentrifugalash. 3. Ekstraksiya. 4. Tahlil (reekstraksiya, issiqlik bilan ishlov berish, dializ, sedimentasiya, elektroforez, xromatografiya). Ajratib olish va tahlil qilish usuli biologik moddalarni xususiyatlariga bog`liq. Ajratib olingan biologik materiallarni tekshirishda, qo`yilgan maqsadga binoan moddalarni tuzilishi va fizik-kimyoviy xossalarini o`rganiladi. Ularni miqdoriy aniqlashda turli xil fizik, fizik-kimyoviy, kimyoviy tahlil usullaridan, shuningdek ajratilgan birikmaning elektron qobig`ini kvant-mexanik hisoblaridan foydalaniladi. Qo`llaniladigan usullar biologik moddalarning tabiiy strukturasini saqlab qolish imkonini berishi kerak. Eksperiment sharoitida biokimyoviy tadqiqot uchun biologik materialni osonlik bilan olish mumkin. Klinikada bu imkoniyat nisbatan chegaralangan. Farmatsiyada esa biologik material sifatida hayvon to`qimalari va dori preparatlari ishlatiladi. Plazma, qon zardobi va boshqa biologik suyuqliklar har xil tabiiy moddalarning suvda erigan aralashmasidan iborat. Fermentlar esa tabiatan murakkab oqsillardan tashkil topganligi sababli, ularni aniqlashda biologik suyuqliklarga tarkibini o`zgartiruvchi moddalar qo`shilmaydi, bordi-yu ferment kontsentratsiyasi yuqori bo`lsa, suyultiriladi. Agarda biologik suyuqlikdagi ferment tekshirilayotgan moddani katalizlab, aniqlashga to`sqinlik qilayotgan bo`lsa, ferment faolligi tegishli reaktiv bilan to`xtatiladi. Odatda, bu maqsad uchun uchhlorsirka kislotasi, nitrat, fosforvolframli, sulfat kislotalari yoki termik ta`sir qo`llaniladi. Bunda fermentlar bilan birga boshqa oqsillar ham cho`kmaga tushadi. 10
Gomogenlash. Biokimyoviy tadqiqotlar hujayra, to`qima, organ tarkibiy qismlarida joylashgan organoidlar yoki ularning bo`lakchalarida, masalan, membranalarida o`tkaziladigan bo`lsa, unda hujayra yoki to`qimani avval maydalash kerak bo`ladi. Buning uchun ko`pincha to`qimani gomogenizator yordamida mexanik parchalash usuli qo`llaniladi. Gomogenizator ko`rinishi bo`yicha shisha stakanga o`xshash bo`lib, hajmlari har xil. Ushbu stakanga qaychi bilan maydalangan to`qima bo`lagi va olinayotgan hujayralar bo`lakchasini intaktligini saqlovchi muhit suyuqligi (odatda saharoza, kaliy xlorid) solinadi. Elektr toki yordamida stakandagi gomogenizator dastasining aylanishi natijasida hujayra membranasi parchalanadi, struktura bo`lakchalari ajraladi. Oddiy sharoitda gomogenat to`qimani farforli hovonchada shisha kukuni yoki kvarts qumi bilan maydalab olinadi. Gomogenatlar tarkibi bo`yicha to`qima, hujayra bo`laklarining o`lchovi, shakli, kimyoviy tuzilishi jihatidan har hil bo`lgan murakkab aralashmasidan iborat. Biokimyoviy tadqiqotlar o`tkazish uchun ularni molekula og`irligi bo`yicha taqsimlash va ajratib olishda bir qator fizik-kimyoviy usullardan foydalaniladi. Sentrifugalash - markazdan qochuvchi kuch ta`sirida suyuqlik tarkibidagi og`ir qismlarni engil qismlaridan ajratish usuli. Aralashmadagi og`irligi katta bo`lgan bo`lakchalar birinchi navbatda cho`kadilar. Ular ajratib olingach, cho`kma usti suyuqligini (supernatant) qayta katta tezlikda sentrifugalab, boshqa qimslarini ham ajratish mumkin. Aralashmadagi komponentlarni aniqlash maqsadida o`tkaziladigan sentrifugalashni preparativ sentrifugalash deb atalib, undan qonning shaklli elementlarini ajratishda, siydikdagi hujayralarni cho`ktirib, ajratib olishda va boshqa maqsadlarda foydalaniladi. Klinik-biokimyoviy laboratoriyalarda qo`llaniladigan kichik hajmdagi sentrifugalarning maksimal aylanish tezligi daqiqasiga 6000 dan oshmaydi. Maxsus biokimyoviy tadqiqotlarda oqsillar va nuklein kislotalarining molekula og`irligini aniqlashda va zichligi bo`yicha farqlanuvchi zarrachalarni bir-biridan ajratishda yuqori tezlikdagi (aylanish tezligi daqiqasiga 70000 gacha) ultrasentrifugalar qo`llanganligi uchun analitik sentrifugalash deb ataladi. 11
Zarrachalarni cho`kish tezligi markazdan qochish kuchini ortishi bilan o`lchanadi va u g (gravitatsiya doimiyligi 980 sm∙s-2) birligida ifodalanadi. Amaliyotda g har bir ultrasentrifugani nomogrammasida ko`rsatilgan qo`llanma bo`yicha tuziladi. Masalan, qon shaklli e`lementlari 300-400 g da 20-30 daqiqa sentrifugalanganda cho`kadi va h.k. Differentsial sentrifugalash yordamida subhujayra qismlari - yadro, mitoxondriya, lizosomalar, mikrosomalar va boshqalar ajratiladi.
ta`sirida zaryadlangan zarralarni taqsimlanishiga aytiladi. Elektroforez biologik eksperimentlarda, klinik meditsinada qon oqsillari va peptidlari, ayniqsa, qon zardobini tahlil qilishda qo`llaniladigan zamonaviy usul hisoblanadi. Zaryadlangan zarralar o`lchovi va zaryadining katta-kichikligiga qarab elektr maydonida har xil tezlikda harakatlanadilar, bu esa ularni o`zaro ajralib, taqsimlanishiga olib keladi. Elektroforezni ikkita asosiy turi bo`lib, frontal va zonal usullarga bo`linadi, ulardan keyingisi ko`proq tarqalgan. Bunda oqsil eritmasi bufer eritmasiga yupqa qavat ko`rinishda joylashtiriladi. Elektroforez davomida har xil oqsil molekulalari alohida fraktsiyalarga bo`linadi. Bu fraktsiyalarni alohida-alohida ajratib, osonlik bilan kesib olinadi. Zonal elektroforezni asosi sifatida filtr qog`ozi tasmasi, atsetiltsellyuloza, kraxmal kukuni, agar, poliakrilamid geli va boshqa materiallardan foydalaniladi. Hozirgi vaqtda biologik va tibbiy tadqiqotlarda maxsus poliakrilamidli gel elektroforezi ko`proq ishlatilmoqda. Fraktsiyalarga bo`lingan moddalarning foregrammasi kumassi ko`ki, bromfenol ko`ki yoki amidoshvarts 10 V eritmasida 20-30 daqiqa ushlanadi va miqdori ular bo`yalgan bo`yoqning quyuqligiga qarab aniqlanadi, ya`ni har xil oqsilni bo`yoq bilan bog`langan ko`rsatkichi shu oqsilning miqdoriga to`g`ri proportsional. Download 4.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling