Toshkent farmatsevtika instituti


Download 4.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/53
Sana12.12.2017
Hajmi4.3 Mb.
#22078
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53

Xromatografiya.  Xromatografiya  har  xil  aralashmalarni  o`z  tarkibiy 

qismlariga taqsimlanishini o`rganadi. Xromatografiyaning asosan to`rt turi mavjud. 



 

12 


a) Informatsion kolonkali xromatografiya - bu usul  ion ko`rinishida bo`lgan 

eruvchi  moddalarni  taqsimlashda  qo`llaniladi.  Usulni  harakatsiz  va  harakatli 

fazalari  farqlanib,  harakatsiz  fazasi  asosini  ion  almashuvchilardan  iborat  bo`lgan 

organik polimerlar - smolalar tashkil etadi.  

b) Suyuqlikli xromatografiyada harakatsiz faza o`rnida mikroskopik zarralar 

qo`llaniladi.  Bu  usul  katta  tezlikka  ega  bo`lib,  qisqa  vaqt  oralig`ida  deyarli  har 

qanday birikmani taqsimlay oladi.  

v)  Taqsimlovchi  xromatografiyada  aralashma  tarkibidagi  moddalar 

radikallarining  katta-kichikligi,  funktsional  (gidrofil)  guruhlarining  bor-yo`qligi, 

harakatli  va  harakatsiz  eritmalarda  har  xil  erishiga  qarab  o`z  individual 

komponentlariga taqsimlanadilar. 

Xromatografik  qog`oz  tasmasining  pastki  chegarasidan  1  sm  yuqoriga  bir 

tomchi  tekshirilayotgan  modda  tomizilib,  tagida  harakatlanuvchi  eritma, 

ko`pincha,  organik  eritma    saqlagan  xromatografiya  kamerasiga  joylashtiriladi. 

Kamera  atmosferasidagi  suv  bug`lariga  to`yingan  modda  harakatsiz  (polyar) 

eritmani  hosil  qiladi.  Harakatlanuvchi  eritma  yuqoriga  o`zi  bilan  birga  gidrofob 

moddani  olib    harakatlanadi,  gidrofil  moddalar  esa  suvda  erigani  uchun  startda 

qoladi. Xromatogrammadagi moddalar bo`yalgandan so`ng har birini individual Rf 

lari o`lchanadi yoki standart modda bilan identifikatsiya qilinadi. 

Optik  usullar.  Fotokolorimetrik  usulda  tahlil  qilishda  tekshirilayotgan 

eritma  rangining  ravshanlik  darajasi  (kontsentratsiyasi)  avvaldan  ma`lum  bo`lgan 

standart  eritma  rangi  bilan  solishtiriladi.  Kolorimetrik  aniqlashda  miqdori 

o`lchanayotgan  moddaning  boshqa  modda  bilan  rangli  birikma  hosil  qilish 

reaktsiyasidan foydalaniladi. Olingan eritma rangini jadalligi bo`yalgan moddaning  

miqdoriga to`g`ri proportsional. Rang jadalligi qanchalik ko`p bo`lsa, optik zichlik 

ham  shunchalik  yuqori  bo`ladi.  Grafik  bog`liqlikni  aniqlashda  abtsissa  o`qiga 

mol'/l  (S)  da  modda  miqdori,  ordinata  o`qiga  esa  eritmaning  optik  zichligi  (D) 

qo`yiladi.  Uslubni  qo`llash  uchun  D  va  S  ko`rsatkichlari  o`rtasida  proportsional 

bog`liqlik bo`lishi shart. 



 

13 


Spektrofotometrik  tahlil  usulida  eritmadagi  yoki  qattiq  muhitdagi 

moddaning  nur  yutishi  ma`lum  to`lqin  uzunligiga  to`g`ri  kelishi  aniqlanadi. 

Spektrofotometrni  qo`llab  spektrni  ko`zga  ko`rinadigan  (600  dan  1100  nm), 

ultrabinafsha spektr qismida (220 dan 650 nm gacha) ishlash mumkin. 

Biologik  birikmalarning  tuzilishi,  almashinuvi  va  vazifalarini  o`rganish 

uchun  kimyo,  fizik-kimyo,  matematika,  fiziologiya  usullari  bilan  bir  qatorda  

biologik kimyoning o`zining xususiy tadqiqot usuli  – fermentativ tahlil usuli ham 

bor.  Bu  usul  amaliy  tibbiyotda,  farmasiya  va  ilm-fanning  turli  sohalarida  hamda 

xalq xo`jaligida keng qo`llaniladi. 

Hujayraning  kimyoviy  tarkibi.  Biologik  kimyo  tirik  sistemalarda 

moddalar  almashinuvini,  ya’ni  organizmga  tashqaridan  ovqat  tariqasida  qabul 

qilingan  moddalardan  tortib  to  chiqarib  tashlanadigan  oxirgi  mahsulotlargacha 

bo`lgan  jarayonni  tekshirar  ekan,  birinchi  navbatda  organizmning  kimyoviy 

tarkibini,  ya’ni  turli  kimyoviy  moddalarning  to`qima  va  organlarda,  hujayra  va 

hujayra komponentlarida tarqalishi to`g`risida to`la ma’lumot  bera oladi. 

Tirik  organizmlarda  hozirgacha  40  ga    yaqin  elementlarning  birikmalari 

topilgan.    Ulardan  eng  muhimlari    C,  H,  N,  O,  P  va  S  bo`lib,  ular  organism 

to`qimalari  tarkibida    asosiy  o`rinni  egallaydi.  Bulardan  tashqari,  oz  miqdorda 

uchraydigan CI, F, I, Na, K, Ca, Mg, Fe va juda oz uchrydigan Cu, Mn, Zn, Mo va 

Co  kabi  elementlarning  har  birini  ham  organizm  uchun  o`ziga  xos  ahamiyati 

aniqlangan.  Bu  elementlar  organizmda  organik  birikmalar,  qisman  mineral  tuzlar 

tarkibiga kirgan holda uchraydi. 

Turli  hujayralarda  oqsil,  lipid,  uglevodlar,  nuklein  kislotalar  va  mineral 

tuzlarning  miqdori  har  xil  bo`ladi,  jumladan,  o`simlik  hujayralari  tarkibida  oqsil 

miqdori  hayvon  hujayralariga  qaraganda  nisbatan  kam,  nuklein    kislotalari  esa 

o`simlik  hujayralarida  hayvon  hujayralariga  nisbatan  ko`proq.  Yog`  to`qimalari 

lipidlarga  boy,  polisaxaridlar  esa  o`simlik  hujayralarida,  jigar  va  mushak 

to`qimalarida ko`proq to`planadi.  

Har  bir  organizm  tanasining  asosiy  massasini  suv  tashkil  qiladi.  Uning 

o`rtacha miqdori organism vaznining  60-70 %iga teng, ammo uning miqdori 40 % 


 

14 


(o`simlik  hujayralari,  yog`  to`qimalari)  dan  99  %  (meduzalar)  gacha  bo`lishi 

mumkin. 


Anorganik  birikmalar  suv  bilan  birgalikda  hujayradagi  barcha  jarayonlar 

borishi  uchun  muhit  hosil  qiladi.  Hujayra  tarkibidagi  anorganik  ionlarning  turi 

nisbatan kam  bo`lsada, ular organizmning  ko`pchilik hayotiy  vazifalarini belgilab 

beradi. 


 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

15 


1-bob. Oqsillarning tuzilishi va vazifalari 

1.1. Oqsillarning umumiy tavsifi. 

 

Oqsil  -  tirik  to`qimaning  muhim  tarkibiy  qismi.    Oqsillar  tarkibida  azot 

saqlovchi 

yuqori 

molekulali 



organik 

birikmalar 

bo`lib, 

molekulalari 

aminokislotalar  qoldiqlaridan  tashkil  topgan.  Bu  moddalarning  protein  (grekcha 

protos  –  birinchi  darajali)  deb  nomlanishi    ularning  hayot  uchun  muhim 

ahamiyatga  ega  ekanligini  ifodalaydi.  Oqsil  nomi  esa  tuxum  oqi  so`zidan  kelib 

chiqqan  atama    bo`lib,  uni  tovuq  tuxumi  pishganda  oq  rangli  bo`lishi 

(denaturatsiya) bilan tushuntirish mumkin. 

Oqsillar  barcha  tirik  organizmlar  -  o`simliklar,  hayvonlar  hamda  odam 

organizmi  bilan  jonsiz    tabiat  chegarasida  turuvchi  viruslar  tarkibining  ajralmas 

qismidir.  Hujayrada  yuz  beradigan  har  qanday  kimyoviy  o`zgarish  oqsillar 

ishtirokisiz amalga oshmaydi.  

Odam  organ  va  to`qimalaridagi  oqsil  miqdori  turlicha.  Masalan,  mushak, 

o`pka,  buyrak  quruq  vazninig  70-80  %  ini,  butun  tananing  esa  45-50  %  ini  oqsil 

tashkil etadi. Oqsillarning kimyoviy tarkibi, tuzilishi va xususiyatlarini o`rganishda 

ular  suyuq  to`qimalardan  yoki  hayvonlarning  oqsilga  boy  organlaridan  qon  

zardobi, sut, mushak, jigar, teri, sochdan maxsus usullar yordamida ajratib olinadi. 

Hujayrada  oqsil  xillari  cheksiz  darajada  ko`p.  Har  bir  organizm  turi  o`ziga 

xos  oqsillarga  ega.  Eng  sodda  organizmlardan  bo`lgan,  biokimyoviy  tomondan 

yaxshi  o`rganilgan  bakteriya  –  ichak  tayoqchasi  (E.  coli)  hujayrasida  3000  turga 

yaqin oqsil molekulalari  mavjud. 

Odam  organizmida  oqsil  xillari  5000000  ga  yetadi,  lekin  hozirga  qadar 

ularning  juda  kam  qismi  -  taxminan  2000  ga  yaqini  aniqlangan  va  yaxshi 

tekshirilgan.  Ammo,  oqsillarning  miqdor  jihatdan  ustunligi  ularning  muhim 

vazifalarini  belgilab  bermaydi.  Ular  boshqa  organik  moddalar  uchun  xos 

bo`lmagan quyidagi xususiyatlarga ega: 


 

16 


 

oqsillar  tabiatdagi  eng  murakkab  tuzilgan  organik  birikmalardir.  Oqsil 



molekulalarining soni va turi cheksiz-chegarasiz bo`lib, organizmlarning tur, 

organ va to`qima darajasidagi o`ziga xosligini ta’minlaydi; 

 

oqsillar  tarkibidagi  nihoyatda  kop  bo`lgan  funksional  guruhlar  va 



konformatsiyasining murakkablik darajasi bilan organizm biologik vazifalari 

asosidagi  turli-tuman reaktsiyalarni amalga oshiradi

 

oqsillarning  bir-biri  bilan  va  boshqa  birikmalar  bilan  hosil  qilgan 



komplekslari hujayra ichki strukturasini tashkil etgan holda turli molekulalar 

orasida  kerakli  molekulani  tanishi  va  unga  tanlab  birikishi  imkoniyatini 

beradi.  Bunday  xususiyat  tirik  hujayradagi  moddaning  struktura  tuzilishini, 

moddalar  metabolizmini  yo`nalishini  va  ketma-ketlik  tartibini  belgilab 

beradi. 

 



molekula  konformatsiyasini  o`zgarish  qonuniyatlari  orqali  ichki  va  tashqi 

ta’sirlarga  javob  berish  hamda  ta’sirdan  keyin  molekulaning  o`z  holatiga 

qaytish qobiliyatini boshqaradi; 

 



oqsillarning  biokatalitik  (fermentativ)  xususiyati,  biosintezi  va  uning 

boshqarilishi,  nuklein  kislotalari  bilan  birgalikda  genetik  axborotning 

ko`chirilishida  qatnashishi  -  hujayraning  o`sishi  va  differentsiallanishi 

jarayonlaridagi ishtirokini ta’minlaydi. 



          Oqsillarning  muhim  belgilari.  Oqsillar  yuqori  molekulali,  tarkibida  azot 

saqlovchi  organik  birikmalar  bo`lib,  peptid  bog`lari  yordamida  birlashgan 

aminokislotalar  zanjiridan  tashkil  topgan,  murakkab  tuzilishga  ega  bo`lgan 

moddalardir. 

Oqsillarga xos muhim belgilar quyidagilardan iborat: 

1)

 



tarkibidagi azot miqdorini doimiy (quruq vazninig 16 % i ) bo`lishi; 

2)

 



tuzilish birligi bo`lgan aminokislotalardan hosil bo`lishi; 

3)

 



peptid  zanjirida  aminokislotalarni  birlashtiruvchi  peptid  bog`larining 

mavjudligi; 

4)

 

yuqori molekula og`irligiga ega bo`lishi (4 – 5 mingdan bir necha million 



daltongacha); 

 

17 


5)

 

oqsillarning  fizik-kimyoviy  va  biologik  xossalarini  belgilab  beruvchi 



polipeptid zanjirning murakkab tuzilganligi. 

Oqsillarning  tarkibidagi  elementlar.  Birinchi  belgisi  oqsildagi  elementlar  

tarkibiga  bog`liq (oqsil quruq massasiga nisbatan % larda): 

uglerod………..51-55                        vodorod………………….6-7 

kislorod……….21-23                        oltingugurt………………0,3-2,5 

azot……………15-18                        anorganik moddalar…….0-0,5  

 

Ko`pchilik  o`simlik,  hayvon  va  mikroblar  oqsili  tarkibida  azot  miqdori 



boshqa  elementlardan  farqli  o`laroq  doimiy  –  taxminan  16  %;  ushbu  raqam 

bo`yicha  oqsilning  miqdorini  hisoblash  mumkin:  tahlil  natijasida  topilgan  azot 

miqdorini 6,25 koeffitsiyenti (100:16=6,25) ga ko`paytiriladi. Lekin ba’zi oqsillar 

uchun  bu  ko`rsatkich  mos  kelmaydi.  Masalan,  protamin  tarkibida  azot  miqdori 

30%  ga    yetadi,  shunga  ko`ra    oqsilni  elementar  tarkibi  bo`yicha  azot  tutuvchi 

boshqa moddalardan aniq ajratish qiyin. 



Oqsillarning struktura tarkibi yoki monomerlarini  kislotali gidroliz yo`li 

bilan  aniqlash  mumkin.  Bu  usuldan  ko`proq  oqsil  tarkibini  o`rganishda 

foydalaniladi.  L-qatoridagi    α-aminokislotalar  oqsil  monomerlari  hisoblanadi. 

Aminokislotalar  zanjirda kovalent peptid bog`lari bog`lanadi. 



Oqsillarning  molekula  og`irligi.  Oqsillarning  molekula  massasining 

kattaligi  ularning  muhim  xossasi  hisoblanadi.  Barcha  polipeptidlarni  zanjirining 

uzunligiga qarab uch guruhga bo`lish mumkin: 

1)

 



peptidlar – 2-10 ta aminokislota

2)

 



polipeptidlar – 10-40 ta aminokislota; 

3)

 



oqsillar – 40 tadan ortiq aminokislotadan tashkil topgan. 

Agar  har  bir  aminokislota  molekula  og`irligini  o`rtacha  100  deb  qabul 

qilinsa,  unda  peptidlarning  molekula  og`irligi  -  1000,  polipeptidlarniki  -  4000, 

oqsillarniki esa 4000-5000 dan  bir necha millionga yaqinlashadi. 



Oqsillar  tuzilish  darajasining  murakkabligi.  Ayrim  tabiiy  (faqat  bir  xil 

aminokislotdan tashkil topgan) va sun’iy usulda olingan polipeptidlarni faqatgina 



 

18 


yuqori  molekula  og`irligiga  ega  bo`lganligiga  qarab,  oqsillarga  kiritib  bo`lmaydi, 

chunki  tabiiy  oqsillar  ulardan  farqli  o`laroq  denaturatsiyaga  uchraganda,  peptid 

bog`larini saqlab qolgan holda oqsillarning noyob  belgisi  bo`lgan  fizik-kimyoviy, 

asosiysi  biologik  vazifalarini  ham  yo`qotadi.  Denaturatsiya  xususiyati  oddiy 

polipeptidlarda bo`lmay, tabiiy  oqsil molekulasining murakkab fazoviy tuzilishini 

anglatadi. 



Oqsillarni  ajratib  olish  va  tozalash.  Oqsillar  hayvonlar  to’qimasidan, 

makroorganizmlardan maxsus usullar yordamida ajratib olinadi. 



Oqsillarning ajratib olishda gomogеnizatsiya usuli

Oqsillarni  ajratib  olish  uchun  avvalo  to’qimalar  yaxshilab  maydalanadi, 

ya’ni  gomogеnizatsiyalanadi.  Bunda  hujayra  strukturasi  buziladi  va  oqsillar 

eritmaga o’tadi. Gomogеnizatsiyada quyidagi usullardan foydalaniladi: 

1.Chinni hovonchada to’qimani qum bilan ezish ( maydalash); 

2.Pottеr – Elvеgay gomogеnizatorlarida maydalash

3.Sharsimon tеgirmonchalarda maydalash; 

4.Kuchli ravishda muzlatib, keyin eritish yo’li bilan; 

5.Ultratovush ta’sirida maydalash; 

6.Bosim  ta’sirida  (muzlatilgan  to’qimani  mayda  tеshikli  po’lat  to’rdan 

o’tkazish); 

7.Azot gazi yordamida (azot gazini bosim ostida to’yintiriladi, so’ng kеskin 

bosim pasaytiriladi. Natijada azot hujayrani oson parchalab, oqsilni eritmaga 

o’tkazadi). 

Yuqoridagi usullar yordamida tayyorlangan gomogеnatdan oqsillarni ajratib 

olishda  ekstraktsiya  usuli  qo`llaniladi.  Olingan  gomogеnatni  8-10  %  li  tuz 

eritmasida eritiladi. Oqsillarni ekstraktsiyalash uchun ko’pincha ma’lum pH ga ega 

bo’lgan  bufеr  eritmalaridan,  organik  erituvchilardan  va  ionsiz  dеtеrgеntlardan  

foydalaniladi.  Bu  maqsadda  ko’pdan  bеri  ishlatib  kеlinadigan  organik  modda 

eritmalaridan:  glitsеrinning  suvdagi  eritmasi,  saxaroza  eritmasi,  limon  kislota  va 

borat aralashmali bufеr eritmalardan foydalaniladi.  


 

19 


Qon  zardobi  oqsilini  ajratish  uchun  uni  etil  spirti,  atsеton,  butil  spirti 

ta’sirida  cho’ktiriladi.  Gomogеnatdan  toza  holda  oqsillarni  ajratishda  har  xil 

dеtеrgеntlar  ishlatiladi.  Ular  oqsil-yog’  komplеksini  va  oqsil  –  oqsil  bog’larini 

uzadi.  Oqsillarni  (fеrmеntlarni)  tozalashda  mitoxondriya  biomеmbranasi  yoki 

hujayra  organoidlari  bilan  birikadigan  modda    -  triton    X-100  va  natriy 

dezoksixolat  qo`llaniladi.  Bu  dеtеrgеntlar  oqsil  –  oqsil  komplеkslarini  parchalab, 

oqsillarning  to’rtlamchi  strukturasini  buzadi.  Oqsillarni  gomogen  holda  ajratib 

olinishi  -  ularning  birlamchi,  ikkilamchi,  uchlamchi,  to’rtlamchi  qurilish 

darajalarini  o’rganish  imkonini  beradi.  Oqsillarni  gidrolizlanishi  natijasida  hosil 

bo`lgan erkin aminokislotalarni maxsus analizatorlar yordamida tekshiriladi. 



Oqsillarni  fraktsiyalash  yo’li  orqali  ajratish  -  oqsillarni  ekstratsiya 

qilingandan so’ng  ekstraktni   sеntrifugalab,  to’qima  elеmеntlaridan tozalanadi  va 

eritmaga  o’tgan  oqsillarni  fraktsiyalash  yo’li  bilan  ajratiladi.  Hozirgi  vaqtda 

oqsillarni  fraktsiyalarga  ajratishda  qo`llaniladigan  usullar:  tuzlar  ta’sirida 

cho’ktirish,  issiqlik  ta’sirida  dеnaturatsiyalash,  organik  erituvchilar  yordamida 

cho’ktirish, xromatografiya, gеlfiltratsiya, elеktroforеz, ultratsеntrifugalash. 



Oqsillarni  tuzlar  ta’sirida  cho’ktirib,  ajratish  –  oqsillarni  ishqoriy  va 

ishqoriy  yеr  mеtall  tuzlari  ta’sirida  cho’ktirib,  fraktsiyalanganda  ular  o’z 

xossalarini  saqlab  qoladi,  chunki  dializ  yoki  gеlfiltratsiya  usuli  bilan  tuzlar  oqsil 

cho’kmasidan  ajratib  olinsa,  oqsil  eritmaga  o’tadi.  Bu  usul  biologik  faol 

fеrmеntlarni ajratib olishda katta ahamiyatga egadir. 

Dializ  usuli  –  yuqori  molеkulali,  murakkab  moddalar  tarkibidagi  kichik 

molеkulali moddalarni yarim o’tkazuvchi mеmbranalar yordamida ajratish usuliga 

- dializ dеyiladi.  

Dializ  usuli  kollid  zarrachalarini  yarim  o`tkazuvchi  membranalardan  o`ta 

olmasligiga  asoslangan.  Yarim  o`tkazuvchi  membranalarga  kollodi,  sellofan, 

pergament qog`ozlari misol bo`ladi. 

Inson  va  hayvon  buyragi  Boumen-Shumlyanskiy  kapsulasining  pardalari 

ham    yarim  o`tkazuvchidir.  Dializ  uchun  ishlatiladigan  asbob  dializator  deyiladi. 

Kollodiy va sellofan qopchasi oddiy dializator sifatida ishlatiladi. 


 

20 


 Elеktroforеz  usuli  –  oqsillarni  elеktr  maydonida  har  xil  tezlikda 

harakatlanishida 

fraktsiyalarga  bo’linishiga  asoslangan.  Filtr  qog`ozida 

o`tkaziladigan  elektroforez  usulida  inson  qon  zardobidagi  oqsillarni  6  fraktsiyaga 

ajratish  mumkin.  Hozirgi  vaqtda  qog`oz  elektroforezidan  tashqari  oqsillarni 

eraktsiyalarga  ajratishda  kraxmal,  poliakrilamid  va  sellyuloza  gellari  ham 

qo`llaniladi. 

 

Klinik  lobaratoriyalarda  qon  zardobidan  globulin  oqsillarini  ajratib  olishda 



ammoniy sulfatni yarim to’yingan eritmasi, albumin oqsillarini esa to’la to’yingan 

eritma ta’sirida cho’ktirib, ajratib olinadi. 

Oqsillar aralashmasi ion almashuvchi, adsorbtsiyalovchi xromatografiya, gel 

filtratsiyalash va afin xromatografiyasi yordamida ham fraktsiyalarga ajratiladi. 

 

 

 

 

 

  Nazorat  savollari 

 

1.

 



Biologik kimyo fani nimani o`rganadi? 

2.

 



Biokimyoviy tadqiqotlarda qanday usullardan foydalaniladi? 

3.

 



Fanning qanday tarmoq va yo`nalishlari mavjud? 

4.

 



Biologik kimyo fani qanday fanlar bilan o`zaro bog`langan? 

5.

 



Hujayraning  tarkibida  qanday  moddalar  bor  va  ularning  organizm  uchun 

ahamiyati qanday? 

6.

 

Biologik materiallarni ajratib olishda qanday usullardan foydalaniladi? 



7.

 

Oqsillar deb qanday organik moddalarga aytiladi? 



8.

 

Oqsillarning eng muhim belgilari nimalardan iborat? 



9.

 

Oqsillar tarkibiga qaysi elementlar kiradi? 



10.

 

Oqsillar molekula og`irligi bo`yicha qanday guruhlarga ajratiladi? 



 

 

21 


  1.2.Aminokislotalarning tuzilishi va xossalari  

 

         Aminokislotalar  –  oqsillarning  tuzilish  birligi.  Aminokislotalar  organik 

karbon  kislotalar bo`lib, uning  uglevodorod  zanjirida  kamida  bitta  vodorod  atomi 

aminoguruhga almashingan bo`ladi. 

Tabiatda  300  ga  yaqin  aminokislotalar  ma’lum.  Ularning  yarmidan  ortig`i 

umuman  oqsillar  tarkibiga  kirmaydi,  qolgan  yarmining  ko`pchilik  qismi  faqat 

ayrim  organizmlarda,  ba’zilari  alohida  oqsillar  va  peptidlar  tarkibida  bo`ladi. 

Barcha  organizmlarda oqsillar tarkibiga kiruvchi aminokislotalar soni 20 ta. Ularni 

proteinogenli aminokislotalar deb ataladi. Qolgan aminokislotalar oqsil tuzilishida 

ishtirok  etmaydi,  ular  hujayrada  erkin  holda  (almashinuv  mahsuloti  sifatida) 

bo`lishi  yoki  oqsil  bo`lmagan  birikmalar  tarkibiga  kirishi  mumkin.  Masalan, 

aminokislotalar - ornitin va sitrullin proteinogenli aminokislota argininning oraliq 

mahsuloti  hisoblanib,  siydikchil  sintezida  ishtirok  etadi;  erkin  holdagi  gamma-

aminomoy  kislotasi  nerv  impulslarini    o`tkazilishida  mediator  vazifasini  o`taydi; 

beta-alanin  esa  vitamin-pantotenat  kislotaning  tarkibiga  kiradi.  Qalqonsimon 

bezning asosiy gormoni - tiroksin tireoglobulin oqsili tarkibiga kiradi, qonda erkin 

holda uchraydi. Melanin – pigment, adrenalin  sintezidagi muhim oraliq mahsulot. 

Bulardan tashqari, turli tabiiy mahsulotlar - antibiotiklar va alkoloidlar tarkibida bir 

qator  g`ayritabiiy  stereoizomerlar,  aminokislotalarning  D-izomerlari  ko`rinishida        

(D-fenilalanin, D-leysin, D-alanin) ham uchraydi. 

Agar  aminokislotaning    α–uglеrod  atomidagi  barcha  valеntlari    boshqa 

guruhlar  bilan    o’rin  almashsa,  bunday  uglеrod  atomi    asimmеtrik    markaz 

dеyiladi (R mavjud guruhlarni takrorlamaydi ), aminokislotani esa optik faol deb 

ataladi,  ya’ni  u    qutblangan    nur  sathini  burish  qobiliyatiga  ega.  L,  D 

stеreoizomеrlari  bor.  Glitsindan  tashqari    barcha    aminokislotalar  optik  faollikga 

ega.    Masalan,    alaninning  ikki  stеrеoizomеri  α  –uglеrod  atomidagi   

aminoguruhning joylashishi  bilan farqlanadi. 

 

 


 

22 


 

 

                  C H



3

                                                                   C H

3 

      H  ---  C --- NH

2

                                          H

2

 N --- C  --- H 

                



COOH                                                             COOH        

  

    D -  Alanin                                                   L - Alanin

 

 



Oqsillarning  tarkibiga  kiruvchi  barcha  aminokislotalar  L-  aminokislotalar 

bo`lib, ulardagi NH

2

 

– aminoguruh alfa-holatda bo`ladi: 



                            α 

     radikal               

R

 – CH – 


COOH

 

                             l 



funktsional guruhlar 

                             

NH



 



Aminokislotalarning  3 xil tasnifi qabul qilingan: 

1)

 



strukturali - yon radikalini tuzilishi bo`yicha; 

2)

 



elektokimyoviy – aminokislotalarning kislota-ishqoriy xossalari bo`yicha; 

3)

 



biologik  yoki  fiziologik,  ya’ni  organizm  uchun  aminokislotalarning 

almashtirib bo`lmaslik darajasi bo`yicha. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


 

23 


1-jadval 

Download 4.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling