Toshkent farmatsevtika instituti


Download 7.2 Mb.
Pdf просмотр
bet1/33
Sana27.12.2019
Hajmi7.2 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33

 
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG`LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI 
TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI 
 
FARMAKOLOGIYA ВA KLINIK FARMATSIYA KAFEDRASI 
 S.A.Saidov, SH.SH.Bobojonova, E.S.Bagdasarova  
PATOLOGIYA    
 
FANIDAN 
O`QUV - USLUBIY  MAJMUA 
               Bilim sohasi:           500000  – Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot 
 
     Ta’lim sohasi:         510000  – Sog‘liqni saqlash 
               Ta’lim yo‘nalishi:    5510500 – Farmatsiya (turlari boyicha) 
                  5111000 – Kasb ta’limi (5510500 – Farmatsevtika ishi) 
 
 
 
 
 
 
 
     
 
          
 
 
    
TOSHKENT – 2018 

Patologiya fanidan o’quv – uslubiy majmua – 2018  

 
 
Mazkur o’quv-uslubiy majmua O’zbekiston Respublikasi oily va o’rta maxsus ta’lim  vazirligining 
201          yil               dagi “    ” buyrugining    -ilovasi    bilan tasdiqlangan fan dasturi asosida 
ishlab chiqilgan. 
 
 
Tuzuvchilar: 
Saidov.S.A.- Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasining dotsenti, t.f.d 
Bagdasarova.E.S- Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasining professori, b.f.n 
Bobojonova. SH.SH- Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasining katta o’qituvchisi 
 
 
 
Taqrizchilar: 
R.G.Utyamishev - Gematologiya va qon quyish markazi yetakchi ilmiy xodimi, t.f.d. 
Z.R.Fayzullayeva-Toshkent  farmatsevtika  instituti  “Ekologiya  va  mikrobiologiya  kafedrasi 
dotsenti, t.f.n  
 
 
 
 
Fanning O’quv- uslubiy majmuasi soha uslubiy kengashining 2018 yil________dagi___son 
yig’ilishida muhokama qilingan va tasdiqlashga tavsiya etilgan 
 
 
Soha uslubiy  kengash  raisi                                                                               S.A.Saidov  
 
  
 
 
Fanning O’quv-uslubiy majmuasi instituti Markaziy uslubiy kengashning 2018______ dagi- __ son 
yig’ilishida muhokama qilingan va tasdiqlashga tavsiya etilgan 
 
 
Markaziy  uslubiy kengash raisi                                                                   T.A.Nabiyev 
 
 
 
 
 
Fanning O’quv-uslubiy majmuasi institut  Kengashining 2018 yil_____dagi-son yig’ilishida 
muhokama qilingan va tasdiqlangan 
 
 
 
 
 
 
 
  Kengash ilmiy kotibi                                                                                     F.X.To’xtayev
               
 
 
 

Patologiya fanidan o’quv – uslubiy majmua – 2018  

 
 
MUNDARIJA 
 I. O’QUV MATERIALLARI 
1-Ma’ruza: Patologiya faniga kirish.Farmasevtlar faoliyatida patologiya fanining ahamiyati............5 
2-Ma’ruza: Qon aylanishining mahalliy buzilishlari.Tromboembolizm va staz…............…………31 
3-Ma’ruza: Yallig‘lanish. Isitma………………….....……………………………………………...44 
4-Ma’ruza: Qon tizimining patologiyasi. Trombositopatiyalar…………………..............................63 
5-Ma’ruza:Yurak – qon tomirlari tizimi patologiyasi........................................................................75 
6-Ma’ruza: Hazm tizimi patologiyasi. Jigar patologiyasi………………...………………………...87 
7-Ma’ruza: Buyraklarpatologiyasi. Nefropatiya asoratlari…………………………………............95 
8-Ma’ruza: Endokrin tizimi patologiyasi……………………….....................................................102 
9-Ma’ruza: Nerv tizimi patologiyasi………………………………………………........................111 
II. AMALIY MASHG’ULOT MATERIALLARI 
1-Mavzu: 
Patologiya 
faniga 
kirish. 
Farmasevtlar 
faoliyatida 
patologiya 
fanining 
ahamiyati..........................................................................................................................................128 
2-Mavzu:  Hujayra  shikastlanishi.  Patologik  jarayonlarni  rivojlanishida  shart–sharoitlarning 
ahamiyati………………………………………...………………………………………………...132 
3-Mavzu: Qon aylanishining mahalliy buzilishlari.Tromboembolizm va staz………………........137 
4-Mavzu: Yallig‘lanish. Ekssudatsiya……………………………………………………………..147 
5-Mavzu: Isitma. Termoregulyasiya…………………...………………………………………….154 
6-Mavzu.Moddalar almashinuvi patologiyasi.Qandli diabetlar……………………………..…....161 
7-Mavzu:  Kislota  –  ishqor  muvozanatining  buzilishlari.  Suv  tuz  almashinuviningng  buzilishi 
buzilishlari. Edema……...………………………………………………………………….……..170 
8-Mavzu: Immun tizimi kasalliklari.Allergiya……..……………………………………………. 176 
9-Mavzu: To‘qima o‘sishining patоlogiyasi.Neoplaziyalar……………...………………………..181 
10-Mavzu: Qon tizimining patologiyasi. Talassemiyalar…………………………………...…….186 
11-Mavzu: Oq qon patologiyasi.Reaktiv leykotsitozlar……………………………….……..……190 
12-Mavzu: Yurak – qon tomirlari tizimi patologiyasi. Kardiomiopatiyalar……….……………...193 
13-Mavzu: Nafas tizimi patologiyasi. Pnevmoniyalar……………….………………….………...198 
14-Mavzu: Hazm tizimi patologiyasi……………….……...………..…………………………….204 
15-Mavzu: Jigar va me’da osti bezi patologiyasi. Yog’li gepatozlar……………..……………….211 
16-Mavzu:.Buyraklar patologiyasi……………………………………...…………………………216 
17-Mavzu: Endokrin tizimi patologiyasi. Endokrinopatiyalar……………………..……………...222 
18-Mavzu: Nerv tizimi    patologiyasi..............................................................................................227 
III.  MUSTAQIL TA ‘LIM MASHG’ULOTLARI….……………...…………………………233 

Patologiya fanidan o’quv – uslubiy majmua – 2018  

 
 
IV. GLOSSARIY……….………………………………...………………………………………234 
V.  ILOVALAR : 
VI.    1.Fan dastur………………………………….....….………………..……………………….238 
VII.   2.Ishchi dastur…………....……………………….……………………………...................247 
VIII. 3.Tarqatma materiallar…………………………….……………………………...…………254 
IX.    4.Testlar………….……………………………….………………………………………....259 
X.      5.Baholash mezoni………………………….………………………….................................265 
XI. ADABIYOTLAR RO ‘YXATI…….………………………………......................................269 
4.                   
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Patologiya fanidan o’quv – uslubiy majmua – 2018  

 
 
I.  O’QUV MATERIALLARI 
1.Patologiya fanidan ma’ruza matnlari 
1-Ma’ruza:Patologiya faniga kirish.Farmatsevtlar faoliyatida patologiya fanining ahamiyati. 
Reja: 
1.  Patologiya fanining tarixi 
2.  Patologiya fani, usullari, vazifalari 
3.  Gipertrofiya 
4.  Umumiy nozologiya 
5.   Etiolgiya haqida tushuncha 
6.   Patogеnеz haqida tushuncha 
7.    Kasallik va uning davrlari,
 
oqibatlari 
8.    Etiologik omillarning organizmga ta'siri 
9.    Giperplaziya 
10.  Fizikaviiy omillar ta'siri 
11.  Kasallikning rivojlanishida irsiyatning roli 
 
Tayanch so’zlar: 
etуologiya,patogenez,sanogenez,nozologiya,latent,prodromal 
 
 
                                                 1.Patologiya fanining tarixi 
 
Patologiya oliy tibbiy ta'lim tizimida o’zining tarixiy va amaliy kеlib chiqish ildizlariga ko’ra, 
tibbiyot fani va amaliyotining mustasnosiz barcha jabhalarining bеvosita asosi sifatida fundamеntal 
-  zaminiy  fanlar  qatoriga  kiradi.  Ramziy  ravishda  uni  «tibbiyotning  falsafasi»  dеb  ham  atalishida 
asos  bor,  chunki  u  amaliy  tibbiyotning  o’zagi  bo’lgan  muammolar  qonuniyatlari  haqidagi 
tushunchalarning shakllanishiga va ularni  yеchishga qaratilgandir. Bu fanning qadimiy asoschilari 
dеb  Gippokrat,  Dеmokrit,  Galеn,  Ibn  Sino  va  boshqa  larni  ko’rsatish,  kеyingi  davrlarda  ilmiy 
nеgizlarini  ishlab  chiqqan  lar  qatorida  Majandi,  Klod  Bеrnar,  Virxov,  Kongеym,  Pavlov, 
Podvisotskiylarni eslatib o’tish o’rinlidir. 
Tibbiyotning turli muammolarini anglash, savollariga davrning o’ziga xos fan-tеxnika  yutuq 
lari  asosida  javob  bеrish  kabi  vazifalarni  o’z  ichiga  olgan  patofiziologiya  fani  haqiqatan  ham 
nihoyatda  murakkabdir.  Chunki  tibbiyotning  turli  sohalariga  oid  ma'lumotlarini  topish  va  bilish, 
ularni  dialеktik  nuqtai  nazaridan  taxlil  eta  olish,  uning  asosida  ekspеrimеntal  sharoitda  davolash 
choralarini topib, asoslab bеrish va. masalalarni hal etish, asosan shu fanning zimmasidadir. 
Patologiya  fanining  rivojlanish  tarixini  bilib  olgan  taqdirdagina  zamonaviy  ahvoliga  to’g’ri 
baho berish mumkin.Shifokorlik  hayvonlar  va   odam  gavdasidagi  a’zolari  tuzilishi  va faoliyati  
to’g’risidagi    to’planmasdan    avval    vujudga    kelgan.    Qadim    zamonlarda    qurbonlik    qilish  va 
ovqat  tayyorlash  uchun  hayvonlar  yorilardi,  podshohlar  xonadoniga  mansub  kishilar  murdalari  
mumiyolanganda,  baxtsiz  hodisalar  ro’y  berganda,  urushda  jarohatlanganda esa  odam  tanasi  
yorilar    va    bu    tasodif    hol    bo’lar  edi.    Inson    gavdasini    tuzulishida    yetarli    bo’lmagan  
malumotlar:     odamning    gavda    tuzilishi   haqida    to’g’ri    tasavvurga    ega  bo’lish    uchun  yetarli  
emas  edi.  Murdalarni  mumiyolashda  murdani  yorish  uslubi  juda jon  edi.  
Antik    Gretsiyada    tibbiyot    o’sha    zamon    uchun    misli    ko’rilmagan    muvaffaqiyatlarga  
erishdi  va mamlakatdan  tashqaridagi  olis-olisda  shuhrat qozondi.  Shifokorlar  nihoyatda  katta  

Patologiya fanidan o’quv – uslubiy majmua – 2018  

 
 
I.M.Sechenov 
(  1829-1905 )                   
)
 
V.V.Pashutin 
(  1845-1901)
 
hurmat    etiborga    ega  edilar    hattoki    tibbiyotda    alohida  homiylik    qiladigan    alohida    hudo  – 
asklepiya (Apolloning o’g’li Eskulap)  ga sajda  qilinar,  uning  muridlari  asklepiyalari  deb atalar  
edi.  Hayvonlar    va    odam    tanasining    tuzilishi    dastlabki    eng    muhim    tushunchalar    biz    ulug’  
shifokor    va    mutafakkir    Gippokrat  (mil.avv.    460-377  yillar)  asrlarda    uchratamiz.    Bizning  
eramizning  boshiga  kelganda  tibbiyotning  rivojlanishi  uchun  juda  yetarli  zamin  tayyorlangan  
edi.    Ana    shu    davrning    atoqli    shifokori    Klavdi    Galen    (milodiy    130-210  yillar)  edi.    Galen  
omma  orasida  so’zlagan  o’z  nuqtlari  bilan  ( bu nutqlar  davomida  u hayvon  jasadlarini  yorib  
ko’rsatar    edi)    keng    shuhrat    qozondi.    U      Arestotelning    organizmlar    tabiati    to’g’risidagi  
idealistik    fikrlarni    rivojlantirib    organizm    ruhning    o’z    funksiyalarini    ado    etishga    imkon  
beradigan    apparat    deb    qaradi.    Qon    aylanish    to’g’risida    Galen    yaratgan    nazariya    o’sha  
zamonda    ayniqsa    katta    ahamiyatga    ega    bo’ldi.    Bu    nazariyaga    ko’ra    jigar    qon    yaratib  
beradigan  va  qonni  harakatlantirib  turadigan  asosiy  a’zo  bo’lib ,  qon  butun  gavdaga  shunday  
tarqaladi,  yurak  esa  organizmga   “hayotiy  pnevmaniy”  harakatlantirib  turadigan  asosiy  a’zo  
hisoblanar  edi. Anatomiya fanining rivojlanib, tekshirishning yangi-yangi usullarii shlab chiqilgani 
sayin,  rivojlanish,    tuzilish  funksiyalar  to’g’risida  nazariyalar  yaratilgan  sayin,  birqancha  yangi 
fanlar  mustaqil bo’lib ajralib chiqa boshladi.  
Shu    jumladan    eksperimental    patologiya    (  patologik    fiziologiya)    fani  
mustaqil  fan  sifatida XIX  asrning  ikkinchi   yarmida   ajralib  chiqdi.  Shu  
sohada  qo’lga  kiritilgan  ulkan  muvoffaqiyatlar  qo’shni  sohalarda  qilingan  
kashfiyotlar    va  erishilgan    yutuqlar    bilan    bog’liq    bo’ldi.Patologik 
fiziologiyaning  mustaqil  fan  bo’lib  shakllanishida,    patologik  jarayonlarni 
chuqur  o’rganishda,  I.M.  Sechenovning  o’tkazgan  fiziologik  tajribalarni  roli 
katta  bo’ldi.    Hozirda  organizmning  tuzilishi  rus  fiziologlariI  .M.Sechenov,  
I.P.Pavlov,    S.R.Botkin,      Q.M.Bexterev  va  boshqalar  tomonidan  ishlab 
chiqilgan nevrizm tushunchasini ilgari surishdi.  Nevrizm,  organizmda yahlit 
bo’lib uning qismlari nerv qismiga bo’ysunadi degan tushunchaga asoslangan.   Odam hayvonlarda 
markaziy  nerv  tizimi  butun  vujudlarning  faoliyatini  idora  etib  bir-biriga  kelishtirib  turadi  va 
vujudning hayot faoliyatlarini yashash sharoitlariga moslashtirib boradi.  Nervni  o’rganish  shu  asr  
fiziologiyasining    eng    yirik    yutuqlaridan    biri    bo’ldi.    1862-yili    markaziy    nerv    tizimida  
tormozlanish  jarayonini  kashf  etgan  va  “Bosh  miya  reflekslari”  nomli  olamshumul  asarini  
bostirib  chiqargan  I.M.Sechenovning  asarlari  alohida  ahamiyatga  ega  bo’ldi. 
Bu  yo’nalishda  I.M.Sechenov  katta  ish  qildi.  Rus  fiziologiyasining  otasi  
deb    hisoblangan    bu    olimning    eng    yirik    ishi    markaziy    nerv    tizimida  
tormozlanish  jarayonini  kashf  etishdir.  I.M.Sechenov  o’zining  1863 –yilda  
chop  etilgan    “Boshmiyareflekslari”    asarida  insonning  beihtiyor  va  ihtiyoriy 
hatti-  harakatlarining  hammasi  yuzaga  chiqishi  bo’yicha  refleksliligini 
ko’rsatdiI.M.Sechenov  qondagi  gazlarni  ilk  bor  ajratib  olib  tahlil  qildi.  
Uni    fiziologiyasini    yangi    yo’nalish  –  mehnat    fiziologiyasining    asoschisi  
deyish    mumkin.    I.M.Sechenovning    markaziy    nerv    tizimi    faoliyatiga    oid  
kashfiyotlariI. 
P.Pavlovning 
oily 
nervfaoliyatini 
o’rganishga 
zamin 
bo’ldi.V.V.Pashutin(1845-1901),I.M.  I.M.Sechenov  bir    qator    iste’dodli  
shogirdlar    tarbiyaladi.    Shulardan    organizm    ajratadigan    issiqlik    miqdorini    aniq    o’lchash  
usullarini    ishlab    chiqishgan    V.V.Pashutin    va    A.A.Lihachevni,    markaziy    nerv    tizimida  

Patologiya fanidan o’quv – uslubiy majmua – 2018  

 
 
I.P.Pavlov 
(1849-1936 )
 
N.I.Pirogov 
(  1810-1881
)
 
A.B.Foxt 
(1848-1930)
 
payvasta    tormozlanishni    kashf    etgan.  F.Verigoni,  parabioz  to’g’risidagi  ta’limotning  muallifi 
N.Y.Vvedenskiyni va boshqalarni aytib o’tish mumkin.  
I.P.Pavlovning  ishlari  fiziologiya  fanining  rivojlanishiga  juda  katta  ta’sir  
ko’rsatdi.  I.P.Pavlov  dastlabki  yurak  va  qon  aylanish  fiziologiyasi   bilan  
shug’ullandi.    U    yurak    ishini    kuchaytiradigan    va    susaytiradigan    maxsus  
nerv  borligini  ko’rsatdi.  Shu  nervlarning  biri  yurak  muskulining  qisqarish  
kuchini  oshirib,  yurak  urishi  chastotasiga  ta’sir  qilmas  edi.   I.P.Pavlov  bu  
o’rganishni  nervning  yurak  trofikasiga  ta’siri   bilan  tushuntirdi. Bu  ishlar 
bilan  bir  qatorda  I.P.Pavlov  laboratoriyasida  hazm  a’zolari  faoliyati  ham  
jiddiy  tekshirildi.  Olingan  natijalar  esa  yirik  kashfiyot  darajasida  bo’ldi.  
Bulardan  so’lak  va  me’da  osti  bezi  yo’llarini  tashqariga  chiqarish  usuli,  
nervlarni    saqlanib    qolgan    kichik    me’dachani    ajratish    usuli,    ezofagotomiya    va  boshqalarni  
ko’rsatish  mumkin. 
1897-yilda    I.P.Pavlov    hazm    tizimi    a’zolari    faoliyatini    o’rganishga    bag’ishlagan    ishlariga  
yaqin  asar  “Leksiya o  rabote  glavnix  pishevaritelnix  jelez”  degan  kitobi  chop  etildi.    Hazm  
fiziologiyasini  o’rganish   juda  muvaffaqiyatli   ketayotgan  bo’lishiga   qaramay,   I.P.Pavlov   bu  
ishlarni  yig’ishtirib,  bosh  miya  po’stlog’i  faoliyatini  tekshirishga  kirishdi.   Natijada  shartli  
reflekslar  kashf etildi,  oily  nerv  faoliyati  turlari  aniqlandi,  ikkinchi  signalchalar  tizimi,  uyqu  
va    gipnoz    nazariyalari    shakllandi.I.P.Pavlov    tomonidan    oily    nerv    faoliyati    to’g’risida  
ta’limotning  yaratilishi  XX  asrning  boshlaridagi  fiziologiya  fanining  ulkan  yutug’i  bo’ldi. 
  I.P.Pavlov    o’zining    ko’plab    shogirdlari    va    hamkorlari    bilan    birgalikda  
bosh  miya  kattayarim  sharlarining  po’stlog’i  organizm  bilan  tashqi  muhit  
o’rtasidagi    munosabatlarning    eng    murakkab    shakllari    organizm    barcha  
a’zolari  bilan  to’qimalari  funksiyalarining  birlashuvini  (oliy  integratsiyani)  
ta’minlab    turushini    ko’rsatib    berdi.Ikkita    signal    sistemasi    to’g’risida  
ta’limot  bilan  shu  jismlarning  ikkinchisi  axborot  tizimi  faqat  odamga  xos 
bo’lib,  nutq  va  abstrakt  fikrga  aloqadordir,  degan  ta’limot  I.P.Pavlov  va  
shogirdlari    bilan    hamkorlari    olib    borgan    tekshirishlarni    natijasidir. 
U.I.M.Sechenovning    katta    yarim    sharlar    po’stlog’i    faoliyati    reflektor  
xarakterga  egadir  degan  fikrni  ajoyib  tarzda  ishlab  chiqdi  va  tajribalarida  
tasdiqlab    berdi.    N.I.Pirogov(1810-1881)  a’zolarni  o’rganishda  birinchi  bo’lib  arralash  usulini 
qo’llagan. U a’zolarni muzlatib, songra arralab a’zolar topografiyasini o’rgangan. Anatomiya fani 
o’z  yutuqlari  fiziologiya  fani  muvaffaqiyatga  erishmasdan  oldinroq  qo’lga  kiritdi,    sababi 
a’zolarning funksiyalarini o’rganish uchun ularning tuzilishini bilish shart 
edi.  XVI    asrda    anatomiya    sohasida    olib    borilgan    tekshirishlar  
fiziologik    kuzatishlar    uchun    zamin  tayyorlab    berdi.  Ana    shu    davrda  
fiziologiya    rivojlanishi    garchi    taraqqiyot    etib    kelayotgan    fizika    va  
kimyo  fanlaridagi  muvaffaqiyatlari  tobora  ko’proq  ahamiyat  kasb  etib  
borayotgan  bo’lsa  ham,  anatomik  yo’nalish  ustun  turar  edi. Peterburg  
universiteti    bilan    bir    vaqtda    A.U.Polunin    uning    shogirdi    bo’lmish  
A.B.Foxt  (1848- 1930),  Moskvada  patofiziologlarning   
 umumiy    maktabini    ochdilar.      Bu    yo’nalishning    xarakterli    tomoni  
shunda   

Patologiya fanidan o’quv – uslubiy majmua – 2018  

 
 
X.Y.Karimov 
(1941 Y.T  )
 
N.H.Abdullaev  
(1933-2008) 
 
  ediki,    ular    klinika    bilan    uzviy    bog’liq    holda    ish    olibbordilar.    A.B.Foxt    yurak    qon-tomir  
patologiyasi,  shishlar,  istisqo,  yurak  oldi  xaltachasining   
yallig’lanishi,  toj  arteriyalar  emboliyasida  yurakning  anatomik  va  funksional  o’zgarishlari  va  
qon  aylanishning  buzilishlari  ustida  keng  qamrovli  ilmiy-tadqiqot  ishlari  olib  bordi.  XIX 
asrning birinchi yarmida N.E.Dyadkovskiy  (1784 – 1841)  va uning shogirdiK.V.Lebedev (1802 
–  1884)    o’zining  ma’ruzalari  bilan  umumiy  patologiya  fanining  rivojlanishiga  katta  hissa 
qo’shganlar. K.V.Lebedev  birinchi  bo’lib  rus  tilida  umumiy  patologiya  
to’g’risida    “Obshaya    antropatologiya”(1835),  kitobini    yozgan.Abdullaev 
Nusrat  Hamidovich  –O’zbekistonda  xizmat        ko’rsatgan  fan  arbobi  (1989) 
tibbiyot fanlari doktori(1967),1970-yilda professor lavozimiga erishganlar. 
 K.V.Lebedev  va  uning  ustozi  N.E. Dyadkovskiy ,  kasallikning  sabablari  
va  mohiyatini   materialistik  nuqtai  nazardan  kelib  chiqqan   holda   tahlil  
qilib    ko’rishdi.    Odam    organizmida    bo’ladigan    kasalliklar  
(antropatologiya),    hayvon    organizmida    bo’ladigan    kasalliklardan  
(zoopatologiya)    farq    qilishini    ta’kidlab    o’tishdi.    Moskva    Universiteti  
professori   fiziologiya  va  umumiy  patologiya  kаfedrasi  rahbari   A.M. Filomаfitskiy  (1807 – 
1849)  ,  birinchi    bo’libRossiyada    bir  qancha    patofiziologik    tajribalar    ustida    ish    olib    bordi  
jumladan,hayvonlarda    buyraklarni    olib    tashlash,    siydik    yo’lini    bog’lash    vahokazo.    U    
N.I.Pirogov  bilan  birga  qon  quyish  usullarini  ishlab  chiqdi  va  narkotik  moddalarni  hayvon  
organizmiga  ta’sirini  o’rgandi  (xloroform, efir).1863-yilda  umumiy  patologiya  kursini  mashhur  
patologoanatom  A.I.Polunin  (1820 -1888) ,  o’qir  edi Peterburgda,  harbiy- tibbiyot  akademiyasi ,  
umumiy  patologiya  kafedrasida  A.M.Albitskiy,  Tomsk  va  Xarkovda  A.V.Reprev,  Varshavada  
N.G.Ushinskiy  patologik  fiziologiya  faniga  o’z  hissasini  qo’shganlar. 
Peterburg  universiteti  bilan  bir  vaqtda  A.U.Polunin  uning  shogirdi  bo’lmish  A.B.Foxt  
(1848- 1930),  Moskvada  patofiziologlarning  umumiy  maktabini  ochdilar.   Bu  yo’nalishning  
xarakterli  tomoni  shunda  ediki,  ular  klinika  bilan  uzviy  bog’liq  holda  ish  olibbordilar.  
A.B.Foxt  yurak  qon-tomir  patologiyasi,  shishlar,  istisqo,  yurak  oldi  xaltachasining  
yallig’lanishi,  toj  arteriyalar  emboliyasida  yurakning  anatomik  va  funksional  o’zgarishlari  va  
qon  aylanishning  buzilishlari  ustida  keng  qamrovli  ilmiy-tadqiqot  ishlari  olib  bordi.   Taniqli  
rus  olimi   V.V. Voroninning  (1870-1960),  olib  borgan  ishlari  Odessa  va  Tbilisi  shahrida  
patofiziologiya  mikrobiologiya  va  epidemiologiya, zoologiya  sohasiga  bog’langan  edi.   I.R. 
Petrov  (1893- 1970),  Harbiy-tibbiyot  akademiyasida,  o’zining  ijodiy  hayotini  patofiziologiya  
kafedrasi  faoliyatiga  baxsh  etdi.  
Hozirgi 
zamon 
patofiziologiyasining 
rivojlanishiga 
O’zbekiston 
olimlari 
X.Y.Karimov,N.X.Abdullayev,Q.A.Aliyev,M.M.Muxammedov,o’z  mehnatlari  bilan  katta  hissa 
qo’shgan.  
O’tgan  asrning  40-50  yillarida  Markaziy  Osiyo  respublikalarida  keng 
tarqalgan  yovvoyi  o’t-Heliotropum  lasiocarpum  tarkibida  geliotrin  deb  nom 
olgan  alkaloid  tabiatli,  kuchli  gepatotrop  xususiyatga  ega  moddani  tutgan 
mahsulotlarni  iste’mol  qilish  (asosan  un  mahsulotlarini)  natijasida  yuzaga 
keluvchi”geliotrop  distrofiyasi”,  “astsitli  toksik  gepatit”(xalqorasida 
“tulqorin”deb  yuritiluvchi)  jigarning  og’ir  kasalligi  keng  tarqalgan  edi. 
O’zbekiston  olimlariuning  sababi,  patomorfologiyasi  va  klinikasini  yaxshi 
o’rganib  chiqqanlar.(M.I.  Mirochnik,N.IIsmoilov,  G.N.  Terexovvaboshqalar.) 

Patologiya fanidan o’quv – uslubiy majmua – 2018  

 
 
By  kasallik  hozir  onda  sonda  uchraydi.  Ma’lum  bo’lishicha,  bu  kasallik  Avstraliya, 
Kanada,Chexiya, Amerikada ham uchrab turgan. O’zbekiston olimlari (H. Y Karimov,M.N. Xanin, 
N.N.  Kompansev,  N.H.  Abdullaev,  N.I.  Rasulev  va  boshqalar.)  ana  shu  geliotrindan  foydalanib,  
jigarning toksik distrofiyasidan to sirrozgacha  bo’lgan, o’zining patomorfologik tasdig’ini topgan 
modellarini  yaratgan.  Tibbiy-biologik  fanlarni,  ulardagi  muammolarni  mukammal  bilgan  rahbar 
sifatida  H.  Y.  Karimov  100  dan  ortiq  nomzodlik  va  doktorlik  dissertasiyalariga  asos  bo’lgan 
yo’nalishlarni yaratibgina qolmay, rejalangan ishlarni amalga oshirish uchun shart-sharoit yaratishg 
amuvaffaq bo’ldilar. Zamonaviy rahbar uchun xos bo’lgan barcha ijobiy sifatlarni o’zida mujassam 
qilgan  H.Y.  Karimov  Toshkent  Davlat  ikkinchi  tibbiyot  instituti  tashkil  etilgan  vaqt  1990  yildan 
2004 yilgacha rektorlik lavozimida ishladi. 
         H.Y.  Karimov  ilmiy  faoliyatini  qon  patologiyalarida  molekulyar  –  gеnetik  mehanizmni 
o’zgarishi  bilan,  modda  almashinuvi  patologiyalarida  individual  tipologik  xususiyatlarini  o’ziga 
xosjihatlarini  aniqlash  bilan  va  ularni  personallashgan  farmakoterapevtik  taxminlar  bilan 
shug’ullanuvchi ilmiy salohiyati yuqori bo’lgan ishchi guruh dan iborat ilmiy maktab rahbari. 
Hozirda  professor  H.Y.Karimov  O’zbekiston  Respublikasi  Sog’liqni  Saqlash  Vazirligi 
Gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish instituti direktori lavozimida ishlaydi. 
                 1  
So'zma-so'z tarjima qilganda, patologiya kasallik  (Pathos, azob-uqubat) o'rganishdir (logos). 
Bu  fan  kasallik  va  unga  bog'liq  o'zgarishlar  sabablarini  o’z  ichiga  olib,  bemorlarga  belgi  va 
simptomlarini  ko’rsatuvchi  hujayralar,  to'qima  va  organlar  darajasida  o’rganadi.  Talabalar 
patologiya va tibbiyotni o’rganishlarida, ikkita muhim shartlarga duch keladilar: 
Etiologiya  bu  kasallik  asosi,  shu  jumladan,  kasallikning  kelib  chiqishi  va  o'zgartirish  omillari. 
Hozirda  aniqki  yuqori  qon  bosim,  qandli  diabet  va  saraton  kabi  eng  keng  tarqalgan  kasalliklar  
genetik  sezuvchanlikning  merosi  va  turli  ekologik  triggerlar  bilan  bog`liq  holda  kelib  chiqadi. 
Kasallikni  keltirib  chiqaruvchi  genetik  va  ekologik  faktorlarni  tushunish  zamovaniy  tibbiyotning 
asosiy mavzusidir. 
Patogenez  deb  kasallikning  rivojlanish  bosqichilariga  aytiladi.  Bu  fan  etiologik  faktorlarning 
qanday  qilib  kasallikni  xarakterlovchi  funksional  va  tarkibiy  anomaniyalarni  keltirib  chiqaruvchi 
molekulyar va hujayraviyo’zgarishlariga turtki berishini o’rganadi. Etiologiya bir kasallikning nega 
paydo bo’lishini o’rgansa, patogenez esa kasallik qanday rivojlanishini ta'riflaydi. 
Kasallikning etiologiyasini va patologiyasini o’rganish faqatgina kasallikni tushunish uchun emas, 
balki to’g’ridavolanishni rivojlantirish uchun ham asosdir. Shunday qilib, kasallikning sabablari va 
rivojlanishini  tushuntirgan  holda,  patologiya  tibbiyotni  amalda  qo’llash  uchun  ilmiy  asosni 
ta’minlaydi.    Ayrim  umumiy  va  xususiy  masalalarni  yoritishda  haqli  ravishda  tarixan  buyuk 
bobokalon  olimlarimizning,  birinchi  o’rinda  Abu  Ali  ibn  Sinoning  ilmiy  mulohazalari  va 
mеroslariga alohida o’rin bеrishga harakat qilindi.  
Patologiya  oliy  tibbiyot  ta'limi  tizimida  nazariy  va  amaliy  mеditsina  sohalariga  bеvosita 
aloqadorligi, ayniqsa, tibbiy-biologik fanlar bilan klinik amaliyot o’rtasida birlashtiruvchi, go’yoki 
«ko’prik»  vazifasini  o’tovchi  o’ziga  xos  fundamеntal  fandir.  Shu  sababdan  ham  tibbiyot  va 
farmatsеvtika nazariyasi va amaliyotining rivojlanishini, bilim doirasi zamonaviy talablarga javob 
bеra oladigan mutaxassislarni yеtishtirishda darslikning ahamiyati nihoyatda kattadir. 
Kasalliklarning  asosida  yotuvchi  umumiy  va  xususiy  hamda  o’ziga  xos  mazmunga  ega 
bo’lgan  funktsional  o’zgarishlar  va  holatlarning  kеlib  chiqish  sababi  va sharoitlari  -  «etiologiya», 
rivojlanish  mеxanizmlari,  kyеchishi  -«patogеnеz»,  sog’ayish-tiklanish  mеxanizmlari  - 
«sanogеnеz»ga  oid  murakkab  hodisalarning  qonuniyatlari,  ularning  evolyutsion  ildizlari, 

Patologiya fanidan o’quv – uslubiy majmua – 2018  
10 
 
 
zamonaviy  ijtimoiy-ekologik  manbalarini  mukammal  bilish,  albatta,  har  jabhadagi  mutaxassis, 
ayniqsa shifokorlar va farmatsеvtlar uchun nihoyatda zarur. 



Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling