Тошкент халқаро таълим университети «Илмий тадқиқотлар ва академикўникмалар»
Download 73.15 Kb.
|
Ilmiy maqola akademik yozvuning janri sifatidda
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilmiy kontekstni yaratish
Kirish Asosiy qism: kirish boʻlimida tadqiqotning zarurligi va dolzarbligi uchun asoslar keltirilishi kerak. Odatda, kirish boʻlimi toʻrt qismga boʻlinadi:
1) Ilmiy kontekstni yaratish (establishing a context) 2) Tadqiqot bilan bogʻliq adabiyotlarni oʻrganish ( reviewing the literature) 3) Adabiyotlarni oʻrganish natijasida aniqlangan muammolar, oʻrganilmagan muammolar va oʻrganilmagan boʻshliqlar tavsifi (establishing a research gap) 4) Aniqlangan muammolar va boʻshliqlar asosida tadqiqot maqsadini va vazifalarini aniqlash (stating a purpose) Ilmiy kontekstni yaratish: Ushbu boʻlimda maqolada keltirilgan tadqiqotni katta muammoning qanday bir qismligini koʻrsatish kerak. Mavzuingizga doir iloji boricha koʻproq maqolalarni oʻqing. Boshqa maqolalarda mualliflar ilmiy kontekstni qanday tasvirlayotganiga katta eʼtibor bering. Ushbu ilmiy kontekstning aniqligi yoki aniq koʻrsatilmaganligi, sizning tadqiqotingizni dolzarbligini aniqlaydi. Agar siz muammoni aniq bayon qila olmasangiz, unda oʻquvchida maqolani oʻqishga qiziqish uygʻonmasligi mumkin. Agar muammoni tushunmagan oʻquvchilar maqolani oxirigacha oʻqishni harakat qilsalar ham, siz aʼlo darajada hal qilgan muammo ularda hech qanday taassurot qoldira olmaydi. Bu jihatdan ilmiy maqola yozishni oddiy jurnal yoki gazeta uchun maqola yozish bilan taqqoslash mumkin. Jurnal oʻquvchilari maqolani oxirigacha oʻqishlari uchun dastlab diqqatni jalb qilish kerak. Tadqiqot bilan bogʻliq adabiyotlarni oʻrganish: Ushbu boʻlim sohadagi boshqa tadqiqotchilar tomonidan nima va qanday amalga oshirilganligi haqida umumiy maʼlumotga bagʻishlangan. Sizning maqolangizda sizning tadqiqotingizga bevosita tegishli boʻlgan barcha manbalarni taqdim etish lozim. Sizning tadqiqot ishingizni tushunish uchun zarur boʻlgan va faqat maqolaning maqsadi va vazifalarini, tadqiqotning gipotezasini, ishlatilgan tadqiqot usullarni asoslashga xizmat qiladigan barcha nashrlarni (manbalarni) tasvirlab bering. Maqolangiz xalqaro jurnallarning taqrizchilari tomonidan ijobiy baholanishi uchun keltirilgan manbalarni tanlashda juda ehtiyotkor va sinchkov bo'ling. 3 va 4 -turini qisqa qilib aytganda:Adabiyotlar taxlili degan maqola turida ma'lum bir mavzu haqida kitoblarni biron bir manbalarni, o‘qib o‘rgangan holda shu mavzuni yoritish hisoblanadi! Bu qanday bo‘ladi...Mavzu haqida materiallarni o‘rgandingiz... Ma'lumotlarda farq bor demak bu yozilishi kerak bo‘lgan jihat... O‘rgangan manbalaringizda bir ma'lumot takrorlangan, demak bu asosiy urg‘u olishi kerak bo‘lgan narsa Malumotlarni o‘rganishda va qo‘llanilishida kamchiliklar bor deb o‘ylaysiz... Shuni batafsil yoritasiz Qanday narsa qo‘shsa bo‘ladi, taklifingiz... Yoziladi(albatta ma'lumotlarga asoslangan holda)!Xulosa qismi yuqorida nimalar yozishingizni aytib o'tdim. Oxirgi qadam maqolani yozishda foydalangan adabiyotlar ro'yxatini berib o'tasiz. Qarabsizki maqolangiz tayyor bo'ladi!!!Qisqa qilib aytganda bir mavzuni olasiz.Avval shu mavzu haqida internetdan jurnallardan yozilgan maqolalarni ko'rib chiqasiz va ulardagi xato kamchiliklarni bartaraf etish tomoni haqida va qo'llashda istiqbolli tomonlari haqida kerakli ma'lumotlarni o'qib o'rganasiz...Shundan so'ng shu ma'lumotlardan asoslangan holda o'zingizni fikrlaringizni qo'shib yozib ketasiz.Misol uchun foydalanilgan adabiyotingizni bir jumlasini keltirib[ ] ichida berib yonidan o'zingizni fikringizni bayon qilasiz... P/S Ushbu ma'lumotni tayyorlash uchun men ham Google dan internetdan ma'lumotlar izladim bir qancha jurnallarni ko'rib chiqdim va kerakliglarini olib o'zimni fikrlarim bilan sizga tushuntirib berishga harakat qildim😉 bunday qilib olganda men ham izlandim o'zim bilmagan narsalarni o'rgandim va qarabsizki maqolam ham tayyor bo'ldi.Izlasangiz albatta imkon topasiz azizlar, bir o'qiganingizda ushbu ma'lumotlar qiyin tuyulishi mumkin ,yozolmayman deb o'ylashingiz ham mumkin ehtimol,lekin bu juda katta xato hisoblanadi,inson qilgan narsani siz ham qilaolasiz, ozgina sizdan sabr mehnat talab qilinadi,o'rganishdan va izlanishdan aslo to'xtamang...Maqsadlaringizga erishish yo'lidagi kichik qiyinchiliklarga aslo taslim bo'lmang!Siz buni qilaolasiz siz buni uddalay olasiz...4 Xulosa. Mazkur kurs ishidan Akademik yozish – bu axborot jarayonlari, xalqaro almashinuvlar, akademik aloqalarning jadal rivojlanishi sharoitida, ya’ni dolzarb bo’lgan va jahon ta’lim hamda ilmiy hamjamiyatlarida keng tarqalgan kompetensiya bo’lib, u o’z ilmiy matnlaringizni o’qish, tushunish, tuzish va formatlash imkonini beradi. Akademik yozuv nasr uslubidir. Odatda shaxssiz va g’ayratli ohangda taqdim etiladi. U sinchkovlik bilan tasdiqlangan bilimlarga asoslangan tanqidiy va xabardor auditoriyaga qaratilgan va tushunchalar yoki dalillarni mustahkamlash yoki e’tiroz bildirish uchun mo’ljallangan. Ushbu uslub akademik(ilmiy) kundalik hayotda qo’llaniladi. Agar dunyoda biron-bir muqaddas, abadiy tuyg’u bo’lsa, bu millatning milliy o’zligini anglash tuyg’usidir. Tilning dunyoni bilish, bilimlarni to’plash, saqlash, keyingi avlodga yetkazish, ruhiy munosabatlarni aks ettirish, go’zallik kategoriyalarini voqealantirish kabi qator vazifalarni bajarishiga qaramasdan uning asosiy funksiyasi kishilar o’rtasidagi aloqani ta’minlashdir. So’nggi yillarda nutq kishilar til orqali bir-biri bilan muomala, aloqa qilishning asosi deb qaralishi ham fikrimizni tasdiqlaydi. Nutq nafaqat lingivistik, balki psixologik va estetik hodisa hamdir. Bu narsa ma’lum bir fikrni tinglovchiga to’laqonli yetib borishi, unga o’z ta’sirini o’tkazishi bilan belgilanadi. Nutqning kommunikativ, ya’ni aloqaviy sifati quyidagi mezonlarga bevosita bog’liq bo’ladi: nutqning to’g’riligi, nutqning mantiqiyligi, nutqning sofligi, nutqning ifodaliligi. Ilmiy maqolalarda zamonaviy ilm-fan sohalarining nazariy yoki amaliy asoslarini rivojlantirishga tadqiqotchining shaxsiy hissasi nimadan iborat ekanligi iloji boricha yorqinroq ifodalanadi. Ilmiy maqolaning sarlavhasi qisqa va loʻnda boʻlishi, ayni vaqtda imkon qadar mohiyatan material mazmunini aks ettirishi lozim.Maqolaning dastlabki qismida oʻzbek, rus va ingliz tillarida qisqa va loʻnda shakldagi annotatsiya (maqolaning qisqacha mazmuni) hamda kalit so'zlar keltirilishi lozim. Ilmiy maqola, odatda, tuzilish jihatidan bir nechta qismga boʻlinadi. Maqolaning kirish qismida muhokama etilayotgan mavzuning dolzarbligi taʼriflanadi va asoslab beriladi, shuningdek, tadqiqot sohasi, obyekti va predmeti, tadqiqotning maqsadi, vazifalari muammo sifatida qoʻyiladigan masalaning yechimi, taklif etilayotgan yechimning nazariy va amaliy ahamiyati haqida fikr bildiriladi.Maqolaning asosiy qismida olib borilgan ilmiy izlanish doirasida qoʻllanilgan tadqiqot uslublari taʼriflanadi, tadqiqotning toʻplangan va ilmiy jihatdan tahlil qilingan umumiy natijalari keltiriladi. Odatda, bu qism hajm jihatdan maqolaning 80-90% ni tashkil etadi. Bundan tashqari, asosiy qismda olingan natijalarning ilmiy jihatdan yangiligi va amaliy jihatdan sinovdan oʻtkazish natijalari haqida maʼlumotlar keltiriladi.Maqolaning yakuniy qismida kirish qismida qoʻyilgan masalaning yechimi sifatida baholanadigan ilmiy-nazariy, amaliy ahamiyatga molik xulosa va tavsiyalar keltiriladi. Ilmiy izlanish nima maqsadda, kim/nima uchun amalga oshirilgani haqidagi fikrlar bilan yakunlanadi hamda olib borilgan ilmiy izlanish natijalarining ijtimoiy yoki iqtisodiy samarasi haqida fikr bildiriladi. Ilmiy maqola mavzuga oid foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati bilan yakun topishini bilib oldim. Download 73.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling