13-mavzu: Etika: “Etika” fanining predmeti va jamiyat hayotidagi ahamiyati.
“Etika” fanining predmeti, mohiyati va tuzilmasi. Gedonizm va evdemonizm ta'limotining axloqiy ahamiyati. Axloqning paydo bo'lishiga oid diniy, ilmiy qarashlar tasnifi. XXI asrda global etosfera (axloqiy
muhit)ni yaratishning zaruriyati. Etikaning kategoriyalari, tamoyillari,
me'yorlarining shaxs va jamiyat munosabatlarida namoyon bo'lishi. Ixtiyor erkinligi va axloqiy tanlov.
Ахlоqiy qаdriyatlаr tizimi: yaхshilik vа yomоnlik, burch, vijdоn, shа’n (оr-nоmus) bахt, аdоlаt. Shаrq fаlsаfаsi vа islоm tа’limоtidа аhlоq – оdоb mаsаlаlаri – insоf vа аdоlаt, iymоn, hаlоllik. Аhlоqiy qаdriyatlаrning jаmiyat mа’nаviy hаyotidаgi o’rni.
14-mavzu: Estetika: Estetikaning predmeti, maqsadi va vazifalari.
“Estetika” fanining ob`ekti va falsafiy mohiyati. “Estetika” haqidagi qarashlar tarixi. Estetika kategoriyalarining an'anaviy va zamonaviy tasnifi. Go'zallik va uning muqobillari. Ulug'vorlik kategoriyasining falsafiy mohiyati. Fojeaviylik (tragediya) kategoriyasi. Kulgililik kategoriyasi. Estetika kategoriyalarining o'zaro aloqadorligi.
15-mavzu: Falsafa va pedagogika sohasining o’zaro aloqadorligi.
Talabalar va o’quvchi yoshlarda kreativ hamda tanqidiy tafakkurni shakllantirishda falsafiy dunyoqarashning o’rni. Shuningdek bugungi globallashuv davrida ma'naviyat sohasida vujudga kelayotgan dolzarb muammolarni hal etish, xalqimiz ma'naviy me'rosini asrash va yanada yuksaltirish, yoshlarning falsafiy tafakkurini shakllantirish, ongini turli zararli g'oyalardan saqlash, ularni falsafiy bilimlar bilan qurollantirish zarurligi bilan belgilanadi.
III. Seminar mashg‘ulotlarni bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
Falsafa fanining predmeti, mazmuni va ilm-fan, madaniyat taraqqiyotidagi o'rni
Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: Sharq falsafasi
Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: G'arb falsafasi.
Borliq, ontologiya va metafizika.
Falsafada ong muammosi. Bilish nazariyasi va yo'nalishlari.
Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari.
Jamiyat va tarix falsafasi. Qadriyatlar.
Falsafiy antropologiya (Inson falsafasi).
Globallashuv va global muammolarning falsafiy jihatlari.
Mantiq ilmining predmeti, asosiy qonunlari. Tushuncha tafakkur shakli sifatida
Mulohaza (hukm).
Xulosa chiqarish.
Etika: “Etika” fanining predmeti va jamiyat hayotidagi ahamiyati.
Estetika: Estetikaning predmeti, maqsadi va vazifalari.
Falsafa va pedagogika sohasining o’zaro aloqadorligi.
Seminar mashg’ulotlari multimediya qurilmalari bilan jihozlangan auditoriya bir akademik, guruhga bir o‘qituvchi tomonidan o‘tkazilishi lozim. Mashg’ulotlar faol va interfaktiv usullar yordamida o‘tilishi, mos ravishda munosib pedagogik va axborot texnologiyalar qo‘llanilishi maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |