Тошкент ирригация ва қишлоқ ХЎжалигини механизациялаш муҳандислари институти


Kurakchalar ish sirti balandigining ozuqani tarqatish sifatiga ta’sirini tajribaviy o‘rganish


Download 0.66 Mb.
bet16/34
Sana18.06.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1576160
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   34
Bog'liq
Автореферат Худайназаров LOTIN 16 05 2023 2444sev

Kurakchalar ish sirti balandigining ozuqani tarqatish sifatiga ta’sirini tajribaviy o‘rganish. Tadqiqotlar jarayonlarida kurakchalar ish sirtining eni 5 mm dan 20 mm gacha 5 mm oraliq bilan o‘zgartirilib tajribalar o‘tkazildi. Tajribalar natijalariga ko‘ra, maydalangan makkajo‘xori, beda va somonlarni tarqatish sifati kurakchalarning ish sirti balandligi 10 mm bo‘lganda talabga javob berdi(2-jadval).
Bunda tarqatilgan ozuqaning o‘rtacha miqdori makkajo‘xorida 4,628 kg/m, bedada 4,428 kg/m va somonda 3,512 kg/m ni tashkil etdi.
2-jadval
Kurakchalar ish sirtining balandligiga bog‘liq holda ozuqalarni tarqatish miqdorining o‘zgarishi



Kurakchalarning ish sirti balandligi  , (mm)

Ozuqa turlari kg/pog.m.

makka

beda

somon

1

5

3,504

3,204

1,304

2

10

4,628

4,428

3,512

3

15

3,213

3,045

2,216

4

20

2,232

1,862

1,504

Kurakchalar uchi qiyalik burchagining ozuqani tarqatish sifatiga ta’sirini tajribaviy o‘rganish. Dag‘al ozuqalarni tarqatish qurilmasida ozuqalarning bir me’yorda tarqatilish sifati ko‘p jihatdan kurakchalar uchining qiyaligiga bog‘liq. Shu sabali kurakchalar uchining ozuqani tarqatish sifatiga ta’sirini tajribaviy o‘rganish uchun kurakchalar uchining qiyaligini 0O dan 30O gacha oraliqda o‘zgartirilib tajribalar o‘tkazildi (12-rasm).





1) makkajo‘xori 2) beda 3) somon
12-rasm. Kurakchalar uchining qiyalik burchagiga bog‘liq holda dag‘al ozuqalar tarqatish miqdorining o‘zgarishi
Yuqoridagi diagrammadan ko‘rinadiki kurakchalar uchining qiyaligi 0O, 10O va 30O bo‘lganda ozuqaning o‘rtacha to‘kilish miqdori belgilangan talab darajasiga mos kelsada, lekin ozuqani bir xil me’yorda tarqatishda notekis tarqatishi aniqlandi.
Shu sababli kurakchalar uchining qiyaligi 20O bo‘lishi maqul deb qabul qilindi.
Dissertatsiyaning «Dag‘al ozuqalarni tarqatish qurilmasining iqtisodiy samarasi» deb nomlangan beshinchi bobida dag‘al ozuqalarni tarqatish qurilmasining asosiy parametrlari va texnik tavsifi, xo‘jalik sinovlari natijalari va uning iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari keltirilgan.
Tavsiya etilayotgan parametrlar asosida ishlab chiqilgan tarqatgich qurilmadan foydalanganda mavjud “RMM-F-6” tarqatgichiga nisbatan ozuqalarni yuqori sifatda kam sarf-xarajatlar bilan tarqatib berish hisobiga 3 004 004 so‘m iqtisodiy samara olish imkonini beradi.


XULOSA
«Kichik chorvachilik xo‘jaliklari uchun takomillashgan ozuqalarni tarqatish qurilmasining parametrlari va ish rejialarini asoslash» mavzusidagi falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida quyidagi xulosalar taqdim etildi:
1. Respublikamizda kam bosh sonli chorva mollariga ega fermer, dehqon va shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarida maydalangan dag‘al ozuqalarni tarqatishni kam sarf-xarajatlar bilan amalga oshirish uchun ish unumi kichikroq, kam quvvat talab etadigan, kichik o‘lchamli maydalagichlardan foydalanish maqsadga muvofiq.
2. Dag‘al ozuqalarni tarqatishda qo‘llaniladigan qurilmalar konstruksiyasining tahliliga ko‘ra, tarqatgich kurakchalarga ega rotorli tarqatish apparati tuzilishi soddaligi bilan birga maydalangan dag‘al ozuqalarni kam energiya talab etgan holda ozuqani belgilangan o‘lchamda bir xil miqdorda tarqatib berish imkoniyatiga egaligi ma’lum bo‘ldi va ishlab chiqiladigan qurilma shu turdagi tarqatish apparati bilan jihozlanishi lozim.
3. Maydalangan somon, beda va makkajo‘xorilarni tarqatishda ularning fizik-mexanik xossalari muhim hisoblanib, maydalangan somonning 12,9 foizini 30 mm gacha bo‘lgan fraksiyalar, 82,0 foizini 30-50 mm gacha bo‘lgan fraksiyalar, 5,01 foizini 50 mm dan katta fraksiyalar, maydalangan beda pichanining 14,92 foizini 30 mm gacha bo‘lgan fraksiyalar, 81,09 foizini 30-50 mm gacha bo‘lgan fraksiyalar, 3,99 foizini 50 mm dan katta fraksiyalar, maydalangan makkajo‘xorining 14,56 foizini 30 mm gacha bo‘lgan fraksiyalar, 80,9 foizini 30-50 mm gacha bo‘lgan fraksiyalar, 4,54 foizini 50 mm dan katta bo‘lgan fraksiyalar tashkil etishi lozim.
4. Tarqatiladigan dag‘al ozuqalarning ishqalanish xossalari o‘rganilganda somonning o‘rtacha ishqalanish burchagi 34O va o‘rtacha uyumlanish burchagi 29O, maydalangan bedalarning o‘rtacha ishqalanish burchagi 31O va o‘rtacha uyumlanish burchagi 32O hamda maydalangan makkajo‘xorilarning o‘rtacha ishqalanish burchagi 31O va o‘rtacha o‘rtacha uyumlanish burchagi esa 34O tashkil etishi maqsadga muvofiqligini ko‘rsatadi.
5. Nazariy tadqiqotlarga ko‘ra, ozuqalarni surgich kurakchaning uchki qismining qiyalik burchagi 20O bo‘lishi, to‘kish darchasining eni 0,4 m bo‘lganda va balandligi 0,296 m dan katta bo‘lishi bo‘lishi, tukish novining qiyaligi 29O dan katta bo‘lishi hamda to‘kilgan ozuqalarning nobudgarchiligining oldini olish maqsadida to‘kish novining o‘zunligi 0,273 m dan 0,315 m gacha oraliqda bo‘lishi hamda ozuqa surgich kurakchaning bir aylanishida bunkerdagi ozuqaning ko‘pi bilan 5 mm qalinlikdagi qismi surilishini ta’minlash uchun surgich kurakcha o‘rnatilgan valning aylanishlar soni 50 r/min bo‘lishi kerakligi aniqlandi.
6. Tajribalar natijalariga ko‘ra, tarqatgich rotorining aylanishlar soni 50 r/min, kurakchalar sonini 2 dona, to‘kish darchasining balandligi 30 sm va eni 40 sm, to‘kish novining qiyaligi 35O, kurakchalar va bunker orasidagi tirqish oralig‘i 8 sm, kurakchalar va bunker tubi orasidagi tirqish 20 mm, kurakchalarning ish sirti balanligi 10 mm bo‘lganda qurilmaning yetarli ish unumida maydalangan dag‘al ozuqalarning talab darajasidagi miqdoriga erishiladi va qurilmaning talab etadigan quvvati 2,2-2,5 kW oralig‘ida bo‘ladi.
7. Ishlab chiqilgan tarqatgich o‘lchamining kichikligi undan kichik chorvachilik xo‘jaliklarida foydalanish qulayligi bilan birga ozuqalarni kam xarajat bilan sifatli tarqatish imkonini berib, undan foydalanishdagi iqtisodiy samara 3 005 004 so‘mni tashkil etadi.



Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling