To‘kish darchasining eni va balandligini aniqlash. Bunker ichida to‘kish darchasi ro‘parasida maydalangan dag‘al ozuqaning ikki o‘ziga xos bo‘laklari bo‘lib, ulardan biri (4-rasm, a) to‘kish darchasiga yopishib turgan yarim halqa shaklidagi “devor” sifatida, ikkinchisi esa (4-rasm, b) “segment bo‘lagi” ko‘rinishida kurakcha qiya uchki qismi bilan surib kelinayotgan ozuqa bo‘lagi bo‘lib, ular ozuqa tarqatkichning to‘kish darchasi oldida “devor” sifatida shakllangan ozuqa qatlamini buzish uchun vaqti-vaqti bilan kelib urilib turadi. Natijada, agar ikkinchi bo‘lakning birinchi bo‘lakga bo‘lgan ta’sir kuchi yetarlicha bo‘lsa, ozuqa darchadan chiqib, oxurga to‘kiladi va jarayon bajariladi. Aks holda, tiqilish yuza kelib, qurilma ishdan to‘xtaydi.
a) b)
4-rasm. Dag‘al ozuqaning to‘kish darchasidan tashqariga chiqish jarayonida o‘zaro ta’sirlashadigan bo‘laklari sxemasi
Bunda ozuqa tarqatkichning to‘kish darchasi oldida “devor” sifatida shakllangan ozuqa qatlami tashqi eni to‘kish darchasining eniga, ichki eni “devor” ichki sirtining eniga, qalinligi kurakcha va bunker devori orasidagi tirqish eniga, balandligi to‘kish darchasi balandligiga, ikkinchisi “segment” ko‘rinishidagi bo‘lak qalinligi kurakcha qalinligiga, uzunligi kurakcha uzunligiga teng bo‘ladi.
To‘kish darchasi oldida “devor” sifatida shakllangan ozuqa qatlamining buzilishiga qarshi moment ni (5-rasm) topamiz:
, (10)
bunda – kurakcha sathidan yuqorida bo‘lgan ozuqa ustunining og‘irlik kuchi.
5-rasm. Dag‘al ozuqa yerga to‘kilishiga qarshi momentni hisoblashga doir sxemasi
Kurakcha tomonidan surib kelinayotgan ikkinchi bo‘lak tomonidan ozuqa “devor”i buzilishiga ta’sir etuvchi (5-rasm) kuchning momenti quyidagicha aniqlanadi
(11)
bunda – to‘kish darchasining balandligi.
To‘kish darchasining balandligini quyidagi shartdan aniqlaymiz:
. (12)
bunda – ozuqaning oquvchanlik xususiyati.
Ushbu tengsizlikni analitik ko‘rinishda yechish mushkul, shuning uchun uni sonli usulda yechamiz.
Agar ; ; ; ; ; ; ; ; ; ; ; ; ; ; ; bo‘lganda to‘kish darchasining balandligi uchun quyidagi shart bajarilishi kerak: .
Do'stlaringiz bilan baham: |