Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti “Gidrologiya va gidrogeologiya”


Download 49.39 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana31.01.2024
Hajmi49.39 Kb.
#1827941
  1   2   3   4   5
Bog'liq
URfgV9Y4eFbf81VFEGRM7c4fJXrJ5FCU0eSbg7AB



TOSHKENT IRRIGATSIYA VA MELIORATSIYA  
INSTITUTI 
“Gidrologiya va gidrogeologiya” 
 kafedrasi 
“Geologiya va gidrogeologiya asoslari” 
 fanidan
 
 
3- amaliy mashg„ulot 
 
 
ТОШКЕНТ – 2017 
 
Mavzu; Gidroizogips xaritasini tuzish 
 


 Sizot suvlari yer osti suvlarining bir turi bo‟lib, yer yuzasidan birinchi 
uchraydigan suv o‟tkazmaydigan qatlam ustida joylashgan bo‟ladi. Ular doimiy, 
bosimsiz va erkin yuzaga ega. Agar sizot suvlarning yuzasi quduqlar bilan 
ochilsa, ularning sath balandligi o‟zgarmaydi. 
Sizot suvlarining yotish sharoiti turlicha bo‟lib, u hududning tabiiy jo‟g‟rofik, 
geomorfologik va geologik sharoitlariga bog‟liqdir. 


Sizot suvlari yer yuziga yaqin joylashganligi 
sababli yer yuzasida sodir bo‟ladigan jarayonlar bilan 
uzviy bog‟langandir. Atmosfera yog‟inlari ta'sirida 
ularning sathi ko‟tariladi, haroratining ta'sirida 
bug‟lanish ro‟y berib, ularning sathi pasayadi. Daryo 
suvi oqimining ko‟tarilishi yoki pasayishi sizot 
suvlarida shu kabi o‟zgarishlarni yuzaga keltiradi
ya'ni sizot suvlari tabiatda suvning aylanishida faol 
qatnashadi. 


Sizot suvlarining yuzasi uning oynasi deyiladi. Sizot 
suvlarining yuzasi notekis, to‟lqinsimon bo‟ladi.
Litologik tarkibi va gidrogeologik xossalari bir xil bo‟lgan 
tog‟ jinsi qatlamlariga sizot suvlari qatlami deyiladi. Suvli 
qatlamning tagida joylashgan suv o‟tkazmaydigan tog‟ 
jinslariga suv o‟tkazmas qatlam deyiladi.
Suvli qatlamning qalinligi, sizot suvining yuza sathidan suv 
o‟tkazmas qatlam yuzasigacha bo‟lgan tik masofani ko‟rsatadi. 


Sizot suvlarining yer qobig‟ida tarqalishi, joylashishi, yuza 
tuzilishi, kimyoviy tarkibi, yer usti suvlari bilan o‟zaro bog‟liqligi 
va boshqa jihatlari xaqida to‟liq tushunchaga ega bo‟lish uchun turli 
xildagi gidrogeologik xaritalar tuziladi. Ulardan eng ahamiyatlisi 
sizot suvlarining gidroizogips va yotish chuqurligi xaritasi 
hisoblanadi. 

Download 49.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling