Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti “Gidrologiya va gidrogeologiya”
Download 49.39 Kb. Pdf ko'rish
|
URfgV9Y4eFbf81VFEGRM7c4fJXrJ5FCU0eSbg7AB
TOSHKENT IRRIGATSIYA VA MELIORATSIYA INSTITUTI “Gidrologiya va gidrogeologiya” kafedrasi “Geologiya va gidrogeologiya asoslari” fanidan 3- amaliy mashg„ulot ТОШКЕНТ – 2017 Mavzu; Gidroizogips xaritasini tuzish Sizot suvlari yer osti suvlarining bir turi bo‟lib, yer yuzasidan birinchi uchraydigan suv o‟tkazmaydigan qatlam ustida joylashgan bo‟ladi. Ular doimiy, bosimsiz va erkin yuzaga ega. Agar sizot suvlarning yuzasi quduqlar bilan ochilsa, ularning sath balandligi o‟zgarmaydi. Sizot suvlarining yotish sharoiti turlicha bo‟lib, u hududning tabiiy jo‟g‟rofik, geomorfologik va geologik sharoitlariga bog‟liqdir. Sizot suvlari yer yuziga yaqin joylashganligi sababli yer yuzasida sodir bo‟ladigan jarayonlar bilan uzviy bog‟langandir. Atmosfera yog‟inlari ta'sirida ularning sathi ko‟tariladi, haroratining ta'sirida bug‟lanish ro‟y berib, ularning sathi pasayadi. Daryo suvi oqimining ko‟tarilishi yoki pasayishi sizot suvlarida shu kabi o‟zgarishlarni yuzaga keltiradi, ya'ni sizot suvlari tabiatda suvning aylanishida faol qatnashadi. Sizot suvlarining yuzasi uning oynasi deyiladi. Sizot suvlarining yuzasi notekis, to‟lqinsimon bo‟ladi. Litologik tarkibi va gidrogeologik xossalari bir xil bo‟lgan tog‟ jinsi qatlamlariga sizot suvlari qatlami deyiladi. Suvli qatlamning tagida joylashgan suv o‟tkazmaydigan tog‟ jinslariga suv o‟tkazmas qatlam deyiladi. Suvli qatlamning qalinligi, sizot suvining yuza sathidan suv o‟tkazmas qatlam yuzasigacha bo‟lgan tik masofani ko‟rsatadi. Sizot suvlarining yer qobig‟ida tarqalishi, joylashishi, yuza tuzilishi, kimyoviy tarkibi, yer usti suvlari bilan o‟zaro bog‟liqligi va boshqa jihatlari xaqida to‟liq tushunchaga ega bo‟lish uchun turli xildagi gidrogeologik xaritalar tuziladi. Ulardan eng ahamiyatlisi sizot suvlarining gidroizogips va yotish chuqurligi xaritasi hisoblanadi. Download 49.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling