Qishloq xo‘jalik uskunalarini ta‘minlovchi tarmoqning kuchlanishi 380/220 V ga teng qilib olinadi. Xizmat ko‘rsatish xavfli bo‘lgan (ayniqsa, zax binolardagi, isitish elementlari ochiq va xokazo) uskunalar uchun 36, 24 yoki 12V li past kuchlanish ishlatiladi. Elektrik isitish uskunalarining quvvatini rostlash va issiqlik rejimlarini boshqarish uchun isitish elementlarini har xil kuchlanishga qayta ulash usuli keng qo‘llaniladi Bir fazali uskunalarda elementlarni faza kuchlanishidan liniya kuchlanishiga va, aksincha, liniya kuchlanishidan faza kuchlanishiga ulash, uch fazali uskunalarda esa «yulduz» dan «uchburchak»ga almashlab ulash mumkin. Pasaytirilgan kuchlanishda ishlaydigan isitish elementli uskunalarda pasaytiruvchi transformatorning ikkilamchi kuchlanishi pog‘onali o‘zgartiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |