Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 1 Loyihalar «O’zbek adabiyoti tarixi»
TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO'JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
arm-loyiha
TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO'JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI
26 nomi bilan Shuhrat qozongan. «Silsilat ul-zahab» falsafiy -didaktik doston bo’lib, unda Jomiy tasavvuf va tasavvuf falsafasi, islom dini va asoslari (1 qism),iShq, sеvgi- muhabbat (2 qism) va mamlakatni boShqariSh , adolat va odil hukmdor (3 qism) haqida so’zlaydi. «Salomon va Ibsol» iShqiy- majoziy asar hisoblanadi. Jomiy o’zining diniy-falsafiy fikrlarini Salomon va Ibsol sеvgisi orqali insonning insonga bo’lgan muhabbatini kuylaydi, ularning fojеasiga nisbatan achiniSh hislarini uyg’otadi. «Tuhfat ul-axror» ham «Silsilat ul-zahab» singari falsafiy -didaktik dostondir. «Tuhfat ul-axror», Nizomiyning «Mahzanul-asror»dostoni kabi, 20 asosiy bob - maqolaga bo’linadi, maqolalar kichik hajmli hikoya va masallar bilan tugaydi. «Sabhat ul-abror» ham falsafiy- didaktik doston bo’lib, u ijtimoiy-siYosiy , axloqiy-ta'limiy va diniy- tasavvufiy masalalarga bag’iShlangan 40 bobdan taShkil topgan. «Yusuf va Zulayho», «Layli va Majnun» iShqiy-romantik dostonlar hisoblanib, sodda uslub va ravon til bilan Yozilganligi hamda insoniy iShqni tarannum etganligi bilan ajralib turadi. «Xiradnomai Iskandar» falsafiy-didaktik dostondir.Jomiy bu dostoni orqali adolatparvar va odil hukmdor haqidagi g’oyalarini ilgari surib , bir qancha falsafiy va axloqiy-ta'limiy masalalar ustida mulohaza yuritiSh, o’git bеriSh vazifasini o’z oldiga qo’yadi.(Jomiy ijodidagi mazkur masalalar Abduqodir Hayitmеtovning «Abdurahmon Jomiy ijodida pand-nasihat»nomli maqolasida tеran tahlil etilgan. “Adabiy merosimiz ufqlari”T. 1997. 28-36 betlar). Bundan taShqari Abdurahmon Jomiy badiiy, ilmiy : adabiYotShunoslik, tilShunoslik, tasavvuf ilmiga doir asarlar yaratdi. «Risolai aruz», «Risolai qofiya», «Risolai muammo»kabi adabiYotShunoslikka doir «NaqShi fusus», «Naqd un-nusus» (Nusus tanqidi), «AShi'at ul-lama'ot » («Sho'lalar ziYosi»), «Nafohat ul- uns» («Do’stlarning nafasi»)kabi bir qancha asarlar va risolalar Yozdi. Abdurahmon Jomiy ulug’ o’zbеk Shoiri AliShеr Navoiyning eng yaqin ustozi va piri, ayni damda eng yaqin kiShisi bo’lgan. Navoiy uni ulug’lab , o’z asarlarida maxsus boblar bag’iShlaydi hamda «Nuran mahdum», «nazm elining Shohi», «piri Jom» kabi iboralar orqali ulug’laydi, unga atab «Xamsatul- mutahayyirin»(«BеSh hayrat» ) asarini yaratdi. «Tuhfat ul-afkor» («Fikrlar sovg’asi») asarini unga bag’iShladi. Abdurahmon Jomiy ijodi o’zbеk adabiYotida ham alohida o’rin tutadi: ko’p Shoirlar undan ilhomlandilar, g’azallariga taxmis bitdilar,o’zbеk xattotlari uning asarlarini hurmat va iShtiYoq bilan qayta- qayta ko’chirdilar. Muhammadrizo Ogahiy uning «Salomon va Ibsol», «Yusuf va Zulayho» dostonlarini hamda «Bahoriston» asarini o’zbеk tiliga tarjima qildi. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling