Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti


Download 78.32 Kb.
bet2/7
Sana22.02.2023
Hajmi78.32 Kb.
#1222186
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Insonning fiziologik va psixologik tavsiflarining xavfsizlikni ta’minlashdagi ahamiyati.

“Axborot jamiyati" — alohida izoh talab etadigan so’z birikmasi. U hozir nafaqat olimlar davrasida, balki matbuot sahifalarida ham bot-bot tilga olinmoqda — jamiyatning kelajagi shu tushuncha bilan bog‘lanayotir. Lekin jamiyat rivojida axborot texnologiyalari roli yanayam ortib borishi haqidagi ba’zi va’zlar inobatga olinmasa, bu borada hali ilgari siljish ko’zga tashlanayotgani yo’q. Qolaversa, "axborot jamiyati" atamasini har kim o’zicha tushunib, istifoda qilmoqda. Vaholanki, axborot jamiyati shundoqqina bo’sag‘ada turibdi va uning qanday kutib olinib, qanday talqin etilishi XXI asr tamadduni mazmuniga ko’p jihatdan ta’sir ko’rsatadi. Biz hali ko’p bor bu hodisa mag‘zini chaqishga urinishimizga to’g‘ri keladi. Lekin hozirdanoq shuni aniq aytish mumkinki, axborot jamiyati insoniyatning aqlga tayangan say-harakatisiz Yer yuzida o’z-o’zicha qaror topa olmaydi. Ax-borotlashtirishning zaxira imkoniyatlari sayyoraviy hamjamiyat baxt-saodati yo’lida xizmat qilmog‘i uchun bu hamjamiyat tuzilmasidagi ba’zi bo’g‘inlar, ayniqsa, ongimizdagi qoliplar isloh etilishi lozim.


2.Ayni vaqtda bizni qiziqtirayotgan masala bo`yicha ikkita qarama-qarshi fikr mavjud. Dastlabkisiga ko’ra, insoniyat o’z taraqqiyotida "axborot jamiyati" deb atash mumkin bo’lgan bosqichga qadam qo`ydi va u halizamon postindustrial jamiyat o’rnini ishg‘ol etadi yoki hozirdanoq bu o’rinni egallay boshladi. Kompyuter texnikasi, fazoviy aloqa, axborot texnologiyalari va hokazolarning bemisl rivoj topgani shundan dalolat beradi. Bundan tamoman farq qiluvchi keyingi qarashga ko’ra esa, axborot jamiyati faqat uzoq kelajakka daxldor hodisa. Shuning uchun uning xususiyatlari haqida bahs yuritishga ham hali erta. Bu nuqtai nazar bo`yicha, axborot sohasida biz guvoh bo’lib turgan jarayonlar aslida post-industrial jamiyatning anchayin takomilidan o’zga narsa emas.
Menimcha, axborot jamiyati haqida bahs ochishning mavridi allaqachon kelgan. Chunki, boya aytganimizdek, insonlar bu jamiyatni qanday tasavvur etishi ijtimoiy munosabatlar shakllanishiga va alal-oqibat sivilizatsiya taqdiriga jiddiy ta’sir ko’rsatadi. Qolaversa, bu faqat mutaxassislargina muhokama etadigan masala bo’lmay, butun insoniyat bosh qotirishi zarur sanalgan muammodir. Axborot jamiyatiga hozirgi voqelik deb qarab, fikr yuritish uchun esa hali ancha-muncha kuch-g’ayrat sarflashga to’g’ri keladi.

Download 78.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling