Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti


Download 78.32 Kb.
bet4/7
Sana22.02.2023
Hajmi78.32 Kb.
#1222186
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Insonning fiziologik va psixologik tavsiflarining xavfsizlikni ta’minlashdagi ahamiyati.

3.Milliy ma’naviyatimizning ildizlari uzoq o’tmishimizga borib taqaladi va u o’z ichiga bir necha ming yilliklarni qamrab oladi. Yurtimizda stivilizatsiyalar ancha ilgari shakllangan, ya’ni Termizning 2500 yilligi, Qarshining 2700 yilligi va Samarqandning 2750 yilligi xalqaro miqyosda nishonlanganligi fikrimizning dalilidir

3.Milliy ma’naviyatimizning ildizlari uzoq o’tmishimizga borib taqaladi va u o’z ichiga bir necha ming yilliklarni qamrab oladi. Yurtimizda stivilizatsiyalar ancha ilgari shakllangan, ya’ni Termizning 2500 yilligi, Qarshining 2700 yilligi va Samarqandning 2750 yilligi xalqaro miqyosda nishonlanganligi fikrimizning dalilidir

Demak, yurtimizda eng qadimiy shaharchilik turmush tarzi, yozuv madaniyati (o’rxun-enisey yozuvlari, Shumer sopol kulchalaridagi yozuvlar, Qadimiy Xorazm yozuvi va boshqalar) shakllangan. Jahondagi eng muhim ilmiy yo’nalishlarning, texnik-texnologik kashfiyotlarning ildizlari ham (irrigastiya, shishasozlik, magnitli qurilmalar, quyosh energiyasini jamlash, lupa va oynalar, bo`yoq tayyorlash va dori texnologiyasi, to’qimachilik dastgohlari va boshqalar) yurtimizda o’tgan mutafakkirlarning ilmiy merosi bilan bog‘langandir. Chunonchi, Xorazmiy, Farg‘oniy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Zamaxshariy, Mirzo Ulug‘bek va boshqalarning ilmiy kashfiyotlarini ko’rsatish mumkin.

Eng qadimiy diniy ta’limot tangrichilik, zardo’shtiylik g‘oyalari hamon xalqimiz qalbida yashamokda. Barcha mutafakkirlarimizning ijodida axloqiy qadriyatlarni rivojlantirish muhim o’rin egallab kelgan. Islom dinining ma’naviy-axloqiy jihatlari ham markaziy osiyolik olimlar tomonidan takomiliga etkazilgan. Abu Lays Samarqandiyning axloqiy o’gitlari, Imom al-Motrudiyning iroda erkinligiga asoslangan Kalom ta’limoti, Imom Buxoriyning va at-Termiziyning hadislari, Burhoniddin Marg‘inoniyning «Hidoya»si, tasavvuf namoyandalari Ahmad Yassaviy, Abduxoliq G‘ijduvoniy, Najmiddin Kubro, Bahouddin Naqshband va boshqalarning ta’limotlari tom ma’noda islom falsafasining mag‘zini tashkil etadi.Milliy ma’naviyatimiz ham mazmunan, ham shaklan boydir. Ammo uni kamsitishga, qadr-qimmatini erga urishga intilishlar mavjud. Bunday xatti-harakatlar ichki va tashqi ma’naviy tahdidlar shaklida namoyon bo’lmokda. Ichki tahdidlarni takabburlik (manmanlik), noprofessionallik, ta’lim-tarbiyaga yuzaki yondashish, tarixiy qadriyatlarga e’tiborsizlik va milliy nigilizm tashkil etadi. Tashqi tahdidlar esa yo’naltirilgan mafkuraviy xurujlar tarzida bo’lib, turli shakl va ko’rinishlarda namoyon bo’ladi.


Download 78.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling