“toshkent irrigаtsiya vа qishloq xoʼjаligini mexаnizаtsiyalаsh muhаndislаri instituti” milliy tаdqiqot universiteti
Download 195.23 Kb.
|
Sizot suvlar balansi
Sizot suvlari balansini o’rganish balans maydonchasini tanlashdan boshlanadi. Bu maydoncha gidrogeologik va irrigatsion xo’jalik sharoiti bo’yicha massiv sharoitini xarakterlashi lozim. Balans maydonchasi xo’jalik, irrigatsion tizim maydonida yoki aloxida olingan gidrogeologik mintaqalarda joylashtirilishi mumkin. Dastavval balans maydonchasidagi tuproq va tog’ jinslarining fizik va filtratsion xossalari o’rganiladi. Laboratoriya sharoitida tog’ jinslarining fizik xossalaridan g’ovakligi, solishtirma og’irligi xajmiy og’irligi va kapillyar ko’tarilish balandligi aniqlanadi. Tog’ jinslarining filtratsion xossalaridan, filtratsiya koeffitsienti, suv berish qobiliyati, namlik sig’imi, qatlamning suv o’tkazish, satx va bosim uzatish koeffitsienti, quduqlardan suv tortib olish, shurfga yoki burg’u quduqqa suv quyish usullari yordamida aniqlanadi. Sizot suvi balansining tarkibiiy qismlarini aniqlash maxsus uslubiy qo’llanmalarda yoritilgan. Biz esa shu elementlarni aniqlashni qisqacha ko’rib chikamiz.
Download 195.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling