Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislar instituti


Daryo vodiysining shakllanishi bir necha bosqichni (fazani) oʼz ichiga oladi


Download 10.26 Kb.
bet2/3
Sana20.10.2023
Hajmi10.26 Kb.
#1714157
1   2   3
Bog'liq
Daryo vodiysi

Daryo vodiysi ko’rinishi

Daryo vodiysining shakllanishi bir necha bosqichni (fazani) oʼz ichiga oladi:

1. Chuqurlama eroziya bosqichida daryo oʼz tagidagi tub togʼ jinslarini yoki ilgari oʼzi hosil qilgan yotqiziqlarini yuvadi. Daryo quyilayotgan havzaning (dengiz, koʼl) sath balandligi uning eroziya bazisi deyiladi.

2. Yonlama eroziya bosqichida daryo muvozanat kesimini egallaganidan soʼng, chuqurlama eroziya yonlama eroziya bilan almashinadi va vodiy "U" shaklini egallaydi.

3. Vodiyning allyuvial yotqiziqlar bilan toʼldirilish bosqichi yonlama eroziya bosqichi bilan bir vaqtda boshlanadi. Bu bosqichda oqar suvlarning erozion faoliyati oʼzan nishabligi juda kichik boʼlganligi sababli deyarli toʼxtaydi va vodiy allyuvial yotqiziqlar bilan toʼldiriladi va atrof relef tekislik holatini egallaydi.


А – chuqurlanma, Б - yonlanma
Daryo terrasalarining joylashishi, turlari va elementlari.
Q-qayir, 1, 2, 3, 4-qayir usti terrasalarning tartib raqami, Ak-akumlativ terrasa, EA- errezion terrasa, T-tub qirg’oq, h-terrasaning balandligi,
l-terrasaning kengligi.

Qayir — daryo toshgan paytda vodiy tubining suv bosadigan qismi; zamini oʻzan allyuviylaridan, usti esa suv toshqini paytida oqizib keltiriladigan choʻkindi jinslardan iborat. Baʼzan qadimiy allyuvial jinslardan tashkil topgan eng pastki, ona jins qatlamlari ham ochilib qoladi. Qayirning oʻzanga yaqin qismlarida yirik donali allyuviylar toʻplanib, joʻyaklar va marzalar hosil qiladi

  • Qayir — daryo toshgan paytda vodiy tubining suv bosadigan qismi; zamini oʻzan allyuviylaridan, usti esa suv toshqini paytida oqizib keltiriladigan choʻkindi jinslardan iborat. Baʼzan qadimiy allyuvial jinslardan tashkil topgan eng pastki, ona jins qatlamlari ham ochilib qoladi. Qayirning oʻzanga yaqin qismlarida yirik donali allyuviylar toʻplanib, joʻyaklar va marzalar hosil qiladi

Terrasa - daryo, koʻl va dengizlar qirgʻoqlari hamda togʻlarning yon bagʻirlaridagi kelib chiqishi turlicha boʻlgan, tik yon bagʻir bilan chegaralangan gorizontal yoki nishab tabiiy sahn; shuningdek, ular dengiz sathidan pastda suv tagida ham uchraydi. Terassalar yakka holda yoki ustmaust joylashgan boʻlib, zinapoya koʻrinishga ega.

Download 10.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling