Toshkеnt irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mеxanizatsiyalash muhandislari instituti


Download 0.57 Mb.
Pdf просмотр
bet1/6
Sana08.11.2019
Hajmi0.57 Mb.
  1   2   3   4   5   6

O’ZBЕKISTON  RЕSPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM 

VAZIRLIGI 

 

TOSHKЕNT  IRRIGATSIYA  VA  QISHLOQ XO’JALIGINI 



MЕXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI  INSTITUTI 

 

KAFЕDRA: «ELЕKTR  TA’MINOTI  VA  QAYTA TIKLANUVCHAN 

ENЕRGIYA MANBALARI» 

 

«QSXET»  fakultеti                  



“TASDIQLAYMAN” 

 

«5310200» Elеktr enеrgеtika  



(suv xo’jaligida) bakalavriyat 

ta’lim yo’nalishi  

«ETvaQTEM» kafеdrasi 

mudiri ____________ D.Qodirov 

«____» ______________ 2019 y. 

 

BAKALAVR DARAJASINI OLISH UCHUN 

BITIRUV MALAKAVIY ISHI 

 

MAVZU: «NAMANGAN VILOYATI POP TUMANIDAGI NASOS 

STANSIYALARI YORDAMCHI QURILMALARINI QAYTA 

TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARI YORDAMIDA 

TA’MINLASH» 

 

BAJARDI:                                                              M.Y. Hakimov 

RAXBAR:                                                               PhD D.B. Qodirov 

 

TOSHKЕNT –  2019 yil 


 

TOSHKЕNT  IRRIGATSIYA  VA  QISHLOQ XO’JALIGINI 



MЕXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI  INSTITUTI 

 

«QSXET»  fakultеti                  



“TASDIQLAYMAN” 

 

«5310200» Elеktr enеrgеtika  



(suv xo’jaligida) bakalavriat 

ta’lim yo’nalishi  

«ETvaQTEM» kafеdrasi 

mudiri____________ D. Qodirov 

«____» ______________ 2019 y. 

 

BITIRUV MALAKAVIY ISHI BO’YICHA TOPSHIRIQ  

Talaba: Hakimov Mahmudjon Yo’ldoshali o’g’li 

(familiya, ismi , sharifi) 

           1.Bitiruv ishining mavzusi: “Namangan viloyati Pop tumanidagi nasos 



stansiyalari yordamchi qurilmalarini qayta tiklanuvchi energiya manbalari 

yordamida ta’minlash” 

 «__»___________201__  y. kafеdra majlisida ma’qullangan. 

2. Bitiruv ishni topshirish muddati  28-iyun 2019 yil 

3.  Bitiruv  ishni  bajarishga  doir  boshlang’ich  ma’lumotlar:  Namangan 

viloyati Pop tumani nasos stansiyalarining qisqacha tasnifi,ularning tarkibi,yillik 

energiya  iste’moli,  elеktr  enеrgiya  istе’molchilarining  umumiy  ko’rsatkichlari 

va  bir chiziqli elеktr sxеmalari. 

4.  Hisoblash-tushuntirish  yozuvlarning  tarkibi  (ishlab  chiqiladigan 

masalalar ro’yxati): 

4.1.  Namangan  viloyati  Pop  tumani  nasos  stansiyalarining  qisqacha 

tasnifi,ularning tarkibi. 

 4.2.Namangan  viloyati  Pop  tumanida  quyosh  elektropanellaridan  foydalanish 

imkoniyatlari” 

4.3. Nasos stansiyasiyasidagi yordamchi elеktr uskunalarining  kunlik, oylik va 

yillik elektr energiyasi iste’moli hisoblari.   

4.4. №16 nasos stansiyasi yordamchi elektr uskunalarini elektr energiyasi bilan 

ta’minlash uchun quyosh elektrostansiyasini loyihalash. 

4.5.Quyosh elektr stansiyasining tеxnik iqtisodiy ko’rsatgichlarini hisoblash.  

4.6. Elеktr tarmoqlarida XFX masalalari. 

5. CHizma ishlar ro’yxati (chizmalar nomi aniq ko’rsatiladi)  



 

1.  Avtomatlashtirilgan nasos stansiyasining tarkibiy sxemasi. 



2. Tarmoqda elеktr enеrgiyasini hisoblash uchun  sxеmalar.  

6.Bitiruv ishi bo’yicha maslaxatchilar 

 № 

t/r 


       

      Bo’lim mavzusi 

   Maslaxatchi 

   o’qituvchining 

        F.I.SH. 

       Imzo, sana 

Topshiriq 

bеrildi 


Topshiriq 

bajarildi 

     1. 

XFX 


 

 

 

 

 



 

    2. 


Iqtisodiy qism 

 

 



 

 

 



 

7. Bitiruv ishini bajarish rеjasi  

№ 

t/r 



 

Bitiruv ishni bosqichlarni nomi 

Bajarish 

muddati 


(sana) 

Tеkshiruvdan 

o’tganlik 

bеlgisi 


Kirish. Pop tumani Nasos stansiyalari haqida  

qisqacha ma’lumotlar 

05.04.2019 

bajarildi 

Tuman 



Nasos 

stansiyalari 

elеktr 

enеrgiya 



istе’molchilarining umumiy ko’rsatkichlari  

10.04.2019 

bajarildi 

Pop tumani Jabborsoy qishlog’idagi №16 nasos 



stansiyasi haqida qisqacha ma’lumotlar 

15.04.2019 

bajarildi 

Pop tumanidagi yillik ob-havo ma’lumotlari haqida, 



Tumanda quyosh panellaridan foydalanish 

imkoniyatlari 

25.04.2019 

bajarildi 

№16 nasos stansiyasi yordamchi qurilmalari uchun 



quyosh panellarini o’rnatishni loyixalash ishlari 

05.05.2019 

bajarildi 

O’rnatilgan  quyosh  panellarini  texnik  iqtisodiy 



hisobi, o’zini qoplash muddatini hisobi 

15.05.2019 

bajarildi 

Elеktr tarmoqlarining  tеxnik-iqtisodiy 



ko’rsatgichlari hisobi 

30.05.2019 

bajarildi 

Hayot faoliyati xavfsizligi masalalarini ishlab 



chiqish. Elеktr asbob uskunalarni sinash mе’yorlari 

va tеxnika xavfsizlik qoidalari 

05.06.2019 

bajarildi 

10 

Xulosalar. Foydalanilgan adabiyotlar. 



 

 

 

 



Bitiruv ishni rahbari 

      PhD D.B. Qodirov 

Topshiriqni bajarishga oldim                                                  M.Y Hakimov 

Topshiriq bеrilgan sana  “ ____ ” _____________2019 y. 



 

MUNDARIJA: 



KIRISH………………………………………………………………………   5 

I. 

UMUMIY QISM 

1.  Bugungi kunda qayta tiklanuvchi energiya manbalariga bo’lgan         

ehtiyoj va undan foydalanish imkoniyatlari…………………………… 10 

2.  Quyosh energiyasi va undan yurtimiz energetika tizimida      

foydalanishga qaratilgan chora-tadbirlar ……………………….......…. 16 

3.  Nasos stansiyalari va ularning energiya ta’minotida  mavjud        

muammolar va ularni hal etish chora-tadbirlari ………………………  26  

II. 

ASOSIY QISM 

1.  Namangan viloyati Pop tumani №16 nasos stansiyasidagi                    

yillik elektr energiyasini hisobi ……………………………………….. 38 

2.  Nasos stansiyasida yordamchi qurilmalarni Quyosh panellari       

yordamida elektr energiya bilan ta’minlashni loyihalashtirish ……….. 43  

III. 

IQTISODIY QISM 

1.  Namangan viloyati Pop tumani №16 nasos stansiyasidagi yordamchi 

qurilmalarning oylik va yillik energiya iste’moli uchun sarflanadigan 

mablag’ni hisobi ………………………………………………………  44 

2.  Nasos stansiyadagi yordamchi qurilmalar iste’mol qiladigan        

energiyani quyosh panellari yordamida ta’minlash natijasida      

tarmoqdan olinadigan energiyani tejash hisobi ……………………….. 46 

3.  Nasos stansiya yordamchi uskunalarini quyosh panellari              

energiyasi bilan ta’minlash natijasida olingan mablag’ va           

xarajatlarni qoplash uchun ketadigan muddat hisobi …………………  52 

IV. 

MEXNAT MUHOFAZASI VA XAVFSIZLIK TEXNIKASI…….  55 

UMUMIY XULOSALAR  …………………………………………………. 66 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI …………………….. 67 

 

 

 

 

 

 

 


 

Kirish 

        Insoniyat taraqiyotining hozirgi davrida energiya ta‘minotining tez suratlar 

bilan  o’sishi  kuzatilmoqda.  Elektr  energiyasi  energiya  turlarining  ichida  eng 

mukammal,  iste‘molchiga  etkazib  berishning  osonligi,  energiyaning  boshqa 

turlariga  o’zgartirishning  qulayligi  bilan  ajralib  turadi.  Elektr  energiyasi 

olishning an‘anaviy turlari – yoqilg’ilarni issiqlik va atom elektrostansiyalarida 

ishlab  chiqarish  atrof  muhitning  kimyoviy  va  radiatsion  elementlar  bilan 

zararlanishiga  olib  keladi.  Boshqariladigan  termoyadro  sintezi  masalalari  hal 

qilingani  taqdirida  insoniyatga  cheksiz  energiya  manbalariga  ega  bo’lishi 

mumkin,  ammo  yuqorida  keltirilgan  muammolar  bu  energiya  turiga  ham 

taalluqlidir.  Bu  muammolar  hozirgi  paytda  elektr  energiyasi  olishning 

noan‘anaviy  turlaridan  foydalanishni  taqozo  qilmoqda.Iqtisodiy  taraqqiy  etgan 

va  rivojlanib  borayotgan  mamlakatlarda  an’anaviy  energiya  mambalarining 

Jahon  miqyosidagi  zaxiralari  kamayib  borayotgan  sharoitda  iqtisodiyotning 

barqaror  rivojlanishi  va  raqobotbardoshligini  oshirishning  eng  muhim  omili 

sifatida muqobil energiya manbalaridan amalda foydalanish bo`yicha ishlar jadal 

sur`atlar  bilan  olib  borilmoqda.Hozirgi  paytda  ishlab  chiqarishning  barcha 

sohalarida  davr  talabiga  javob  beradigan  yangi  texnikalarning  ishga  tushirilishi 

ko`proq  elektr  energiyasini  talab  qilmoqda.  Elektr  energiyasini  olishda  asosan 

yonilg`i  moddalar  neft,  tabiyiy  gaz  va  ko`mirlardan  foydalaniladi.  Bunday 

organik  yonilg`ilar  miqdori  yer  qatlamlarida  cheklangan  bo`lib,  borgan  sari 

ularni  qazib  olish  qiyinchilik  tug’dirmoqda  va  tushar  bahosi  ko`tarilib 

bormoqda.Shuning  uchun  fan-texnika  olimlari  oldiga  elektr  energiyasini 

to’g’ridan  to’g’ri  olish,  energiya  manbalarining  bashqa  manbalarini  topish 

masalasi  ko`ndalang  qo`yilgan.  Haqiqatdan  ham  bunday  energiya  olishning 

cheklanmagan  manbalari  mavjud.  Ulardan  Quyosh  va  Shamol  energiyasi, 

shuningdek  ocean  suvlarining  toshishi  va  qaytishi  paytida  vujudga  keladigan 

energiyalarni va boshqalarni misol qilish mumkin.  


 

     Hozirgi  paytda  dunyo  miqyosida  muqobil  Quyosh  energiyasiga  asoslangan 



elektrostantsiyalar orqali elektr energiyasini olish ishlari keng suratlarda amalga 

oshirilmoqda.Bu  muqobil  Quyosh  energetikasini  rivojlantirishga  bizning 

yurtimizda  ham  keng  ko’lamda  ishlar  olib  borilmoqda.  Bu  bilan  bir  qatorda 

ta’lim  sohasini  rivojlantirish  masalasida,  fanlarni  yangi  noan’anaviy  usullarda 

o’qitishga  harakat  qilinmoqda.  Tadqiqotchilarning  fikriga  ko’ra,  2030-yilga 

borib energiya istemoli 90 foizga ortishi kutilmoqda. Bu havoga chiqariladigan 

CO2  “is  gazi”  miqdorining  haddan  ziyod  ortishiga  hamda  ekologik  ahvolning 

yanada  yomonlashiga  olib  kelishi  mumkin.  Buning  uchun  2030  yilga  borib 

sarflanishi  mo`ljallanayotgan  yoqilg`ining  qirq  foizi  Quyosh,  shamol,  oqar  suv 

yordamida  hamda  biologik  usulda  hosil  qilinadigan  energiya  kabi  qayta 

tiklanuvchan  issiqlik  manbalaridan  foydalanish  hisobiga  qoplanishi  lozim. 

Shuning ushun hozirgi vaqtda energetika tizimiga muqobil energiya manbalarini 

joriy  etish,  keng  qo’llanish  yo’lga  qo’yilmoqda.  Ayni  vaqtda  ular  dunyoda 

energetika balansining 14 foizdan ko’prog’ini tashkil qilmoqda. Keyingi o’n yil 

davomida  muqobil  energiya  turlari  Quyosh,shamol,  geotermal  va  chiqindilar, 

kichik gidroelktr stansiyalar, okean to’lqinlari energiyasidan foydalanish tobora 

ortishi kutilmoqda.  

        O’zbekistonda  qayta  tiklanadigan  energiya  manbalari  (gidroenergiya, 

quyosh  va  shamol  energiyasi,  geotermal,  biomassa)ning  yalpi  salohiyati  51 

mlrd.  t.n.e.  (t.n.e.  tonna  neft  ekvivalenti)  atrofida  ekanligi  aniqlangan.  Bu 

manbalarining texnik salohiyati 179,3 mln. t.n.e. ni tashkil etgani holda, hozirgi 

paytda  uning  0,3  foizigina  (0,6  mln.  t.n.e.)  o’zlashtirilgan.  Respublikamiz 

Quyosh  energiyasidan  xalq  xo`jaligining  turli  jabhalarida  foydalanish  uchun 

qulay tabiiy sharoitda joylashgan. Yurtimiz iqlim sharoitida har yili bir kvadrat 

metr  yer  sathiga  bir  million  yetti  yuz  ming  kilovatt-soat  miqdorida  quyosh 

energiyasi  tushadi.O`zbekiston  Fanlar  akademiyasining  "Fizika-Quyosh"  ilmiy 

ishlab  chiqarish  birlashmasi  selektiv  qoplamalar  va  quyosh  issiqlik  qurilmalari 

laboratoriyasida  bunday  vazifalar  echimini  topishga  xizmat  qiladigan 



 

noan`anaviy, qayta tiklanuvchan va ekologik toza quyosh energiyasidan issiqlik 



manbai  sifatida  foydalanuvchi  qurilmalar  majmuasi  yaratildi.  O`zbekiston 

energetiklarining  bu  borada  qo`lga  kiritgan  yutuqlari  Quyosh  energiyasidan 

issiqlik 

ta`minoti 

tizimlarida 

keng 


foydalanish 

imkonini 

beradi. 

Respublikamizda  ishlab  chiqarilayotgan  65  million  tonna  shartli  yoqilg`ining 

uchdan  bir  qismi  aholining  issiqlik  energiyasiga  bo`lgan  ehtiyojini  qoplash 

uchun  sarflanadi.  Agar  uning  25  foizi  Quyosh  energiyasi  hisobiga  qoplansa, 

talab  qilinadigan  an`anaviy  yoqilg`i  miqdori  sezilarli  kamayadi,  atrof-  muhitga 

yetkazilayotgan zararning oldi olinadi.Quyosh energiyasini issiqlik energiyasiga 

aylantiruvchi qurilma Quyosh kollektori deb ataladi. Iste`molchilarning issiqlik 

energiyasi  yoki  issiq  suvga  bo`lgan  ehtiyojini  istalgan  vaqtda  qondirish  uchun 

yana  qo`shimcha  issiqlik  energiyasi  akkumulyatorlari  talab  etiladi.  Hozirgi 

paytda  olimlarimiz  shunday  qurilmalarning  keng  ko`lamda  foydalanishga 

mo`ljallangan  nusxalarini  ishlab  chiqib,  amaliyotga  tatbiq  etish  borasida 

izlanmoqda. 

        Mamlakatimiz  elektroenergetikasining  86  foiz  ulushi,  ya'ni  jami  quvvati 

10,6  millon  kvt  bo‘lgan  issiqlik  elektr  stansiyalari  ishlashi  uchun  katta  hajmda 

gaz  va  ko‘mir  birlamchi  yonilg‘i  sifatida  sarflanadi.  Soha  mutaxassislarining 

taxminicha,  tabiiy  gaz  va  ko‘mir  hozirgi  ko‘lamda  ishlatiladigan  bo‘lsa, 

zaxiralari 

20-30 


yilga 

yetishi 


mumkin 

ekan. 


Hisob-kitoblar 

shuni 


ko‘rsatmoqdaki,  O‘zbekistonda  quyosh  energetikasining  potensiali  50,973 

milliard tonnali neft ekvivalentiga teng. Bu quyosh energetikasini yo‘lga qo‘yish 

va  undan  keng  ko‘lamda  foydalanish  zaruratini  tug‘dirmoqda.Yorug‘lik 

nurlanishi  orqali  elektr  energiyasini  olish  va  to‘plashga  asoslangan,  ekologik 

toza  tizim  sifatida  qaralayotgan  quyosh  energetikasi  asosida  fotoelektrik 

o‘zgartirgichlardan  tuzilgan  modullar  yotadi.  An'anaviy  fotoelektrik 

o‘zgartirgichlar bor va ular fosfor kimyoviy birikmalariga ega bo‘lgan kremniy 

asosida tayyorlanadi. Ishlab chiqarish texnologiyasi ko‘p bosqichli va murakkab 

bo‘lishiga  qaramasdan,  kremniyli  panellarning  foydalanish  koeffitsiyenti 


 

foizdan oshmaydi. Bir vatt energiya beruvchi batareyalar bahosi 1-3 aqsh dollari 



atrofida.  Bozor  narxining  qimmatligi  nisbatan  arzon,  oson  tayyorlanuvchi  va 

unumdor  quyosh  panellarini  yaratishga  undamoqda.  Nanogeterotuzilmali, 

boshqacha  qilib  aytganda,  kaskadli  fotoelektrik  o‘zgartirgichlar  hamda  quyosh 

nurlanishi  konsentratorlarini  qo‘llash  yuqori  samardorlikka  ega,  foydali  ish 

koeffitsiyenti  45-50  foizgacha  bo‘lgan  quyosh  elektrostansiyalarini  yaratish 

imkonini  beradi.  Konsentratorli  fotoelektrik  modul  Frenel  linzalaridan  iborat 

matritsali  old  panel  hamda  linzalar  fokusiga  moslangan  fotoelektrik 

o‘zgartirgichli orqa platadan tashkil topgan. An'anaviy panellarda qobiq sifatida 

shaffof  shisha  ishlatiladi.  Uning  o‘rniga  Frenel  linzalarini  qo‘llash  orqali 

nurlanishni  konsentratsiyalash  darajasini  1000  marotabagacha  ko‘paytirish 

mumkin.  Bu,  o‘z  navbatida,  sarflanadigan  yarimo‘tkazgich  material  hajmini, 

stansiya  o‘lchami  va  narxining  bir  necha  bor  qisqarishiga  olib  keladi.  Oddiy 

fotoelektrik  o‘zgartirgichlar  quyosh  nurlanishining  ma'lum  bir  qismidan 

foydalanadi.  Taklif  etilayotgan  nanogeterotuzilmali  tizimda  quyosh  nurlari  bir 

necha  "bo‘laklarga"  bo‘linib,  har  bir  oraliq  spektor  uchun  yarimo‘tkazgich 

tuzilmasining  alohida  qismi,  kaskadida  fotonlar  energiyasi  elektr  energiyaga 

aylantiriladi.Nurlanishning ultrabinafsha diapazonigacha bo‘lgan keng spektrdan 

foydalanish  natijasida  unumdorlik  oshadi.Quyoshli  kunda  elektr  energiyasini 

hosil  qilishni  bir  necha  karra  oshirish  imkoni  mavjud.  Buning  uchun  elektr 

stansiyasini kuzatuvchi moslama bilan jihozlash kerak. Moslama quyosh o‘rnini 

kuzatib  boradi  va  panellarni  unga  yo‘naltiradi.  Boshqacha  qilib  aytganda, 

quyosh  nurlarining  modullarga  to‘g‘riburchak  ostida  tushishini  ta'minlaydi. 

Zamonaviy quyosh elektrostansiyalari kata aniqlikka va ikki kordinatali kuzatuv 

tizimiga ega bo‘lgan qurilmalar bilan ta`minlangan. 

       Yuqori  samaradorlikka 

ega  bo‘lgan  nanogeterotuzilmali,  nurlarni 

konsentratsiyalashga asoslangan zamonaviy quyosh panellari yildan-yilga narxi 

oshib  borayotgan  va  chiqindilarni  tashlash  orqali  tabiatga  zarar  yetkazayotgan, 

yonilg‘i  tanqisligi  muammosi  paydo  bo‘ladigan  an'anaviy  elektrostansiyalar 


 

vazifasini bajara  oladi. Ushbu  muqobil  energetikada  qo‘llaniladigan  bir  gramm 



yarimo‘tkazgichlar  25  yil  mobaynida  hosil  qiladigan  elektr  energiya  miqdori 

besh  tonna  neftni  sarflash  orqali  erishiladigan  qiymatga  tengligi,  yurtimizda 

ushbu sohaga e'tibor qaratish naqadar muhimligini ko‘rsatadi. 

        Shu  omillarni  e’tiborga  olgan  holda,  men  o’z  bitiruv  malakaviy  ishimda 

quyosh  energiyasidan  nasos  stansiyalarida  unumli  foydalanish  imkoniyatlarini 

o’rganib,  imkon  qadar  elektr  energiyasidan  tejamkorlik  bilan  samarali 

foydalanish  ishlarini  ko’rib  chiqdim.Bunda  avvalo  nasos  stansiyalaridagi 

energiya iste’mol qiluvchi yordamchi qurilmalarni quyosh panellari yordamida 

ta’minlash hisob ishlarini bajardim. 


10 

 

1.UMUMIY QISM 



1.1 Bugungi kunda qayta tiklanuvchi energiya manbalariga bo’lgan ehtiyoj 

va undan foydalanish imkoniyatlari. 

           Sanoatning  intensiv  ravishda  rivojlanib  borishi  natijasida,  so’nggi  50 

yillikda  sayyoramizda  ekologik  xavf-xatarlar  miqdori  ortib  borayotgani 

mutaxasis-olimlarni  jiddiy  tashvishga  tushishlariga  sabab  bo’lmoqda.  Iqtisodiy 

taraqqiyot  maqsadlarida  energiyadan  foydalanishning  me'yoridan  ortib  ketishi 

muammoning  asosiy  sababi  sifatida  e'tirof  etilmoqda.  Yoqilg’ining  organik 

turlaridan  foydalanuvchi  elektr  va  issiqlik  stansiyalari  hamda  ichki  yonuv 

dvigatellaridan  chiqayotgan  zararli  gazlar  tufayli  atrof-muhit  ifloslanmoqda. 

Yillar  davomida  atmosferaga  zararli  moddalar  qoldiqlarini  katta  miqdorda 

chiqarib  yuborilishi  natijasida  ozon  qatlamiga  putur  yetgan,  Yerda  esa  global 

energiya  tanqisligi  vujudga  kelmoqda.  Natijada  dunyo  iqlimining  o’zgarishi, 

energiya  quvvati  manbalarining  kamayishi  butunjahon  oziq-ovqat  tanqisligi 

muammosi  bilan  chambarchas  bog’lanib,  insoniyat  oldiga  ulkan  muammolarni 

qo’ymoqda. Bundan tashqari, dunyo aholisi sonining muttasil oshib borayotgani 

sababli  energiyaga  bo’lgan  talabni  mavjud  energiya  tizimlari  ta'minlab  bera 

olmaydigan vaziyat yuzaga kelmoqda. Shu bois BMT sobiq bosh kotibi Pan Gi 

Mun  boshchiligida  tuzilgan  muvofiqlashtiruvchi  guruh  2012-yilni  “Barcha 

uchun xalqaro barqaror energetika yili” deb e'lon qilib, yangi global tashabbusni 

ilgari  surgandi.  Tashabbus  2030-yilga  borib  uchta  asosiy  maqsadga  erishishni 

mo’ljallagan:  zamonaviy  energetik  xizmatlardan  ommaviy  foydalanishni 

ta'minlash;  dunyo  energoiste'molini  40  foizga  pasaytirish;  dunyoda  qayta 

tiklanuvchi  energiya  manbalari  ulushini  30  foizga  oshirish.  Qayta  tiklanuvchi 

muqobil  energiya  manbalaridan  foydalanish  istiqboli  uning  ekologik  tozaligi, 

ekspluatatsiya qiymatining arzonligi bilan bog’liq. Yevropa komissiyasi hisob-

kitoblariga qaraganda, 2020-yilga borib muqobil energiya sanoatida qo’shimcha 

2,8  millionta  ish  o’rni  yaratiladi.  BMT  ma'lumotlarida  aytilishicha,  birgina 

2008-yilda  butun  dunyo  bo’ylab  ko’mir  va  neft  ishlab  chiqarish  sohasiga  110 



11 

 

milliard 



dollar 

miqdorida 

sarmoya 

kiritilgan 

bo’lsa, 

muqobil energetika bilan bog’liq loyihalarga 140  milliard dollarlik investitsiya 

jalb  etilgan.  Ushbu  mablag’ning  51,8  milliardi  shamol  energetikasiga,  33,5 

milliardi  quyosh  energetikasiga,  16,9  milliardi  bioyoqilg’iga  sarflangan. 

Yevropa  davlatlari  2008-yilda  muqobil  energetikaga  50  milliard,  Amerika  -  30 

milliard,Xitoy  -  15,6  milliard,  Hindiston  -  4,1  milliard  dollarlik  sarmoya 

sarflagan.Bugun 

sayyoramizda 

qayta 

tiklanuvchi 



muqobil 

energiya 

manbalarining  bir  necha  turlari  tajribadan  o’tkazilyapti.  Elektr  quvvati  olishda 

geotermal  elektrostansiyalardan  Markaziy  Amerika  davlatlari,  Filipin  va 

Islandiyada  ko’proq  foydalanilmoqda.  Oqar  suvdan  foydalanadigan 

elektrostansiyalarga  Fransiya,  Buyuk  Britaniya,  Kanada,  Rossiya,  Hindiston, 

Xitoy  kabi  sanoqli  mamlakatlargina  ega.  Quyosh  elektrostansiyalaridan 

jahonning o’ttizdan ortiq davlati foydalanmoqda. 

Jahon  energetika  kengashi  tomonidan  taqdim  etilgan  rejaga  muvofiq, 

kurrai  zaminimizda  har  yili  ishlatiladigan  yoqilg`i  15  milliard  tonna  neft 

yoqilg`isi ekvivalenti energiyasidan oshmagan taqdirdagina bunday halokatning 

oldini 


olish 

mumkin. 


Buning 

uchun 


2050-yilga 

borib 


sarflanishi 

mo`ljallanayotgan  yoqilg`ining  qirq  foizi  quyosh,  shamol,  oqar  suv  yordamida 

hamda  biologik  usulda  hosil  qilinadigan  energiya  kabi  qayta  tiklanuvchan 

issiqlik manbalaridan foydalanish hisobiga qoplanishi lozim.  

          O’zbekistonda  muqobil  energiya  manbalarini  rivojlantirish  uchun  zarur 

sharoitlar 

yaratilgan.Ushbu 

yo’nalishning 

muhimligi 

O’zbekiston 

Respublikasining  birinchi  Prezidenti  Islom  Karimov  tomonidan  Vazirlar 

Mahkamasining 

2011-yil 

yakunlari 

va 

2012-yilda 



ijtimoiy-iqtisodiy 

rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan yig’ilishida qayd etildi: 

«Biz tabiat tomonidan berilgan noyob, qayta tiklanmaydigan zaxiralar bo’lmish 

neft,  gaz  kondensati,tabiiy  gaz  va  boshqa  yoqilg’i-energetika  resurslaridan 

oqilona  va  tejamkorlik  bilan  foydalanishni  hamon  o’rganganimiz  yo’q,  bu 

resurslarning  katta  qismidan  ko’proq  yoqilg’i  sifatida  foydalanayapmiz,  xolos. 



12 

 

Muqobil  resurslarni  izlash  va  joriy  etish  ishlari  talab  darajasida  emasligiga 



alohida e'tibor qaratilib, umuman, ushbu sohada zudlik bilan hal qilinishi lozim 

bo’lgan  ko’plab  muammolar  to’planib  qolganini  afsus  bilan  qayd  etish 

kerak».Haqiqatan  ham,  O’zbekiston  qayta  tiklanuvchi  energiya  manbalari 

bo’yicha  katta  salohiyatga  ega,  ekspertlarning  baholashiga  ko’ra,  ular  qayta 

tiklanmaydigan  organik  yonilg’i  resurslaridan  bir  necha  barobar  ortiq. 

Respublikada  bir  yilda  quyoshli  kunlar  300  kundan  ortiq,  shamol  esuvchi 

hududlar,  shuningdek,  elektroenergiya  hosil  qilishda  foydalanish  mumkin 

bo’lgan  tog’  daryolari  mavjud.O’zbekiston  quyoshli  kunlar  soni  bo’yicha 

quyosh  energetikasi  o’ta  rivojlangan  Ispaniyadan  ham  oldinda.  O’zbekiston 

sharoitida quyosh resurslari, kichik gidroenergetika, shamol resurslari, biomassa 

va  geotermal  energiya  muhim  sanaladi.  Bundan  tashqari,  qayta  tiklanuvchi 

energetika  olisda,  tog’li  va  boorish  qiyin  bo’lgan  tumanlarda  joylashgan  aholi 

punktlari  uchun  iqtisodiy  asoslangan  energiya  manbai  bo’lishi  mumkin. 

Ekspertlarning  baholashiga  ko’ra,  mamlakatimizda  qayta  tiklanuvchi  energiya 

manbalaridan  foydalanish  imkoniyatlari  51  milliard  tonna  neft  ekvivalentiga 

teng. 


     

 Shuningdek,  Oʻzbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Shavkat  Mirziyoyev 

2018-yil 3-oktyabr kuni elektr energetika sohasidagi ishlar ahvolini chuqur tahlil 

qilish,  tarmoqni  yanada  rivojlantirish  boʻyicha  qoʻshimcha  chora-tadbirlar 

belgilashga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi. “Elektr energetikasi iqtisodiyotning 

“motori”  boʻlib,  ijtimoiy-iqtisodiy  taraqqiyotni,  umuman  hayotni  bu  sohasiz 

tasavvur qilib boʻlmaydi”, – dedi Shavkat Mirziyoyev. – Mamlakatimizda jami 

14  ming  megavatt  elektr  energiyasi  ishlab  chiqarish  quvvatlari  mavjud  boʻlib, 

uning 86 foizi issiqlik elektr stansiyalari hissasiga toʻgʻri keladi. Biroq, issiqlik 

elektr  stansiyalari  quvvatlarining  84  foizi  qariyb  yarim  asr  avval  ishga 

tushirilgan  boʻlib,  ular  ham  83  foizga  ishlamoqda,  xolos. Rivojlangan 

davlatlarda  1  kilovatt  elektr  energiyasi  ishlab  chiqarish  uchun  240-260  gramm 

yoqilgʻi  sarflansa,  mamlakatimizdagi  ayrim  stansiyalarda  2  barobar  koʻp 


13 

 

yoqilgʻi  sarflanadi.Mamlakatimiz  iqtisodiyoti  rivojlanishi  natijasida  elektr 



energiyasiga  boʻlgan  talab  2030  yilga  borib  20  ming  megavattga 

yetadi.Mamlakatimizda  elektr  energiyasi  asosan  tabiiy  gazni  yoqish  evaziga 

ishlab chiqariladi. Gaz resurslari cheklangan bugungi sharoitda 2030-yilga borib 

uni  yanada  koʻproq  sarflash  –  tiklanmaydigan  tabiiy  resurslarning  juda  katta 

miqdorini uvol qilish deganidir. 

     Bugungi  kunda  mavjud  texnologiyalar  180  million  tonna  neft  ekvivalentiga 

teng energiya olish imkoniyatini beradi, bu esa, respublikada qazib olinayotgan 

yonilg’i  hajmidan  3  barobar  ko’p,  shuningdek,  atmosferaga  447  million  tonna 

karbonat  angidridi,  turli  sulfatli  birikmalar,  azot  oksidi  va  boshqa 

ifloslantiruvchi  moddalar  tashlanishining  oldi  olinadi.Mamlakat  umumiy 

energetik balansiga qayta tiklanuvchi energiya manbalarini jalb qilish energetik 

xavfsizlikni  uzoq  muddatga  saqlab  qolishga,  energiya  ta'minotini  yaxshilashga, 

mamlakatning barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi. Shu bilan birga, bizningcha 

muqobil  va  qayta  tiklanuvchi  energiya  manbalarini  joriy  etish  bo’yicha 

normativ-huquqiy  bazani  yanada  rivojlantirish  va  takomillashtirish,muqobil 

energiya  manbalarini,  shuningdek,  tejamkor,  ekologik  toza  texnologiya  va 

energiya  resurslarini  joriy  etish  bo’yicha  infratuzilmalar,  rag’bat,  imtiyoz  va 

preferensiyalar yaratish imkoniyatlari mavjud.O`zbekiston quyosh energiyasidan 

xalq  xo`jaligining  turli  jabhalarida  foydalanish  uchun  qulay  tabiiy  sharoitda 

joylashgan.  Yurtimiz  iqlim  sharoitida  har  yili  bir  kvadrat  metr  yer  sathiga  bir 

million 

yetti 


yuz 

ming 


kilovatt-soat 

miqdorida 

quyosh 

energiyasi 



tushadi.O`zbekiston  Fanlar  akademiyasining  ‘Fizika-Quyosh’  ilmiy  ishlab 

chiqarish  birlashmasi  selektiv  qoplamalar  va  quyosh  issiqlik  qurilmalari 

laboratoriyasida  bunday  vazifalar  echimini  topishga  xizmat  qiladigan 

noan`anaviy, qayta tiklanuvchan va ekologik toza quyosh energiyasidan issiqlik 

manbai  sifatida  foydalanuvchi  qurilmalar  majmuasi  yaratildi.  O`zbekiston 

energetiklarining  bu  borada  qo`lga  kiritgan  yutuqlari  quyosh  energiyasidan 

issiqlik ta`minoti tizimlarida keng foydalanish imkonini beradi.Respublikamizda 


14 

 

ishlab  chiqarilayotgan  65  million  tonna  shartli  yoqilg`ining  uchdan  bir  qismi 



aholining issiqlik energiyasiga bo`lgan ehtiyojini qoplash uchun sarflanadi. Agar 

uning 25 foizi quyosh energiyasi hisobiga qoplansa, talab qilinadigan an`anaviy 

yoqilg`i  miqdori  sezilarli  kamayadi,  atrof-  muhitga  yetkazilayotgan  zararning 

oldi  olinadi.Quyosh  energiyasini  issiqlik  energiyasiga  aylantiruvchi  qurilma 

quyosh  kollektori  deb  ataladi.  Iste`molchilarning  issiqlik  energiyasi  yoki  issiq 

suvga  bo`lgan  ehtiyojini  istalgan  vaqtda  qondirish  uchun  yana  qo`shimcha 

issiqlik  energiyasi  akkumulyatorlari  talab  etiladi.  Hozirgi  paytda  olimlarimiz 

shunday qurilmalarning keng ko`lamda foydalanishga mo`ljallangan nusxalarini 

ishlab 

chiqib, 


amaliyotga 

tatbiq 


etish 

borasida 

izlanmoqda.Quyosh 

energiyasidan  amalda  foydalanishning  yana  bir  muhim  yo`nalishi  uni 

fotoelektrik  batareyalar  yordamida  elektr  energiyasiga  aylantirish  va 

markazlashgan  elektr  tarmoqlari  etib  bormagan  joylardagi  iste`molchilarni 

ta`minlashdir.Bu  borada  jahonning  rivojlangan  mamlakatlarida  samarali usullar 

yaratilgan.Quyoshdan 

olinadigan 

elektr 


energiyasi 

narxini 


yanada 

pasaytirishning  istiqbolli  yo`llaridan  biri  termodinamik  usuldir.  Bunda  dastlab 

quyosh  energiyasi  harorati  300-350  daraja  bo`lgan  issiqlik  energiyasiga 

aylantiriladi,  keyin  undan  an`anaviy  bug`-kuch  qurilmalari  yordamida  elektr 

energiyasi  hosil  qilinadi.  Bu  usulda  ishlab  chiqilgan  har  bir  kilovatt-soat  elektr 

energiyasining  narxi  O`zbekiston  iqlimi  sharoitida  0,1  AQSh  dollarigacha 

pasayishi  mumkin.Tabiiyki,  markaziy  elektr  tarmoqlaridan  uzoqda  joylashgan 

kam  quvvatli  energiya  talab  qiluvchi  iste`molchilarni  an`anaviy  usulda  elektr 

energiyasi  bilan  ta`minlash  iqtisodiy  jihatdan  murakkab  jarayon.  Ilmiy 

izlanishlar  natijasida  yaratilgan  yangi  qurilma  bunday  muammoni  bartaraf 

etishda  nihoyatda  qo`l  keladi.Hozir  respublikamizning  tog`oldi  va  cho`l 

hududlarida  shunday  qurilmalardan  bir  nechtasi  ishlab  turibdi.Qayd  etib  o’tish 

lozimki,  iqtisodiy  taraqqiy  etgan  va  rivojlanib  borayotgan  mamlakatlarda 

uglevodorod xomashyosining jahon miqyosidagi zaxiralari kamayib borayotgan 

sharoitda  iqtisodiyotning  barqaror  rivojlanishi  va  raqobatbardoshligini 


15 

 

oshirishning  eng  muhim  omili  sifatida  muqobil  energiya  manbalaridan  amalda 



foydalanish 

bo’yicha 

ishlanmalar 

jadal 


sur’atlar 

bilan 


olib 

borilmoqda.O’zbekistonda  muqobil  energiya  manbalaridan,  eng  avvalo  quyosh 

energiyasidan  foydalanish  sohasida  ilmiy  va  eksperimental  tadqiqotlar  olib 

borish borasida salmoqli tajriba to’plangan bo’lib, ular yuzasidan bir qancha o’n 

yillar mobaynida ishlanmalar olib borilmoqda. Respublikada Markaziy Osiyoda 

o’xshashi yo’q ilmiy-eksperimental markaz – Fanlar Akademiyasining “Fizika-

Quyosh”  ilmiy  ishlab-chiqarish  birlashmasi  tashkil  qilingan  bo’lib,  uning 

tadqiqotlari natijalari jahon miqyosida e’tirof etildi. 

 



Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling