Toshkent islom universiteti
Iqtisodiyotning yuksalishi va sanoatning monopollashuvi
Download 307.38 Kb. Pdf ko'rish
|
Germaniya iqtisodiyoti
Iqtisodiyotning yuksalishi va sanoatning monopollashuvi. Xorijiy sarmoya yordamida Germaniya sanoatchilari sanoatni tamomila qayta tikladilar va zamonaviylashtirdilar. Sarmoya va ishlab chiqarishni birlashtirish va markazlashtirish tez sur’atlar bilan davom etdi. Germaniyada kimyo, po’lat quyish va boshqa sohalarda ulkan monopol birlashmalar (IG Farbenindustri, “Po’lat tresti” va boshq.) vujudga keldi. 1930-yilda bunday yirik konsernlar soni 2100 taga yetdi. Germaniya iqtisodiy taraqqiyotida katta muvaffaqiyatni qo’lga kiritdi. Veymar respublikasi yirik burjuaziyaning boyishi va sanoatning rivojlanishi uchun nihoyatda qulay sharoitlar yaratgan ideal siyosiy ustqurma bo’lib chiqdi. Davlat iqtisodiy yuksalishni faollashtirish maqsadida o’zining byudjet mablag’laridan o’rinli foydalandi. Veymar respublikasi eski sarmoya sohiblari guruhini boyitibgina qolmay, yangi sanoatchilarning paydo bo’lishiga ham imkoniyat yaratdi. Masalan, 1925-yilda tashkil etilgan “IG Farbenindustri” kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish bo’yicha Yevropadagi eng yirik trestga aylandi. 1926-yilda tashkil etilgan birlashgan “Po’lat tresti” barcha temir va po’latning 40%ini, ko’mirning 25%ini ishlab chiqarardi. 17 1928-yilda Germaniyada 1913-yilga nisbatan 5 barobar ko’p elektr energiyasi, 7 barobar ko’p avtomobil, 32 barobar ko’p alyuminiy ishlab chiqarildi. Shu yili Germaniya kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish bo’yicha dunyoda birinchi va po’lat ishlab chiqarish bo’yicha ikkinchi o’rinni egalladi. 1929-yilda Germaniya 16 mln tonna po’lat ishlab chiqardi (Angliya – 10 mln, Fransiya – 10 mln), mashinalar eksporti bo’yicha dunyoda ikkinchi o’rinni oldi. 18 Germaniyadagi iqtisodiy inqiroz va uning oqibatlari. 1929-1932-yillarda iqtisodiy inqiroz Germaniyadagi iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayotning asoslarini larzaga soldi. Uch yil davomida ishlab chiqarish hajmlari tinimsiz pasayib bordi. 1929 – 1933-yillardagi krizis Germaniyaga faqat salbiy 15 И.С.Королев. “Мировая экономика глобальные тенденции за 100 лет”. Москва.: экономисть. 2003. 16 И.С.Королев. “Мировая экономика глобальные тенденции за 100 лет”. Москва.: экономисть. 2003. 17 И.С.Королев. “Мировая экономика глобальные тенденции за 100 лет”. Москва.: экономисть. 2003. 18 Ломакин В. Юнити-Дана. Мировая экономика. Учебник. 2004 г. 11 ta’sir ko’rsatdi (garchi AQSHdagiga qaraganda biroz kuchsiz bo’lgan bo’lsa ham). Ishlab chiqarishning pasayishi 1928—1932-yillarda 26%ni (AQSHda 1929— 1932-yillarda 44%) tashkil etdi. 19 Germaniya krizisning eng past nuqtasida bo’lishiga qaramay o’zining markazlashgan ma’muriy boshqaruvi, majburiy kartellashtirish va siyosiy diktatura metodlari orqali muammolarni bartaraf etdi. Sanoatda 1932-yildagi ishlab chiqarish darajasi 1928-yilgi ishlab chiqarish darajasining atigi 58% ini tashkil qildi. Germaniyadagi ishsizlik darajasi boshqa kapitalistik davlatlardagiga nisbatan (AQSH dan tashqari) eng yuqori bo’ldi. Ishsizlar soni 9 mln ga yaqin bo’lib, ularning faqat 20% ga yaqini ishsizlik bo’yicha miqdori juda oz bo’lgan nafaqa olardi, qolganlarga hech narsa to’lanmasdi. Germaniya sanoatining barqarorlik yillaridagi (1924-1929) o’sishiga xorijiy davlatlardan olingan qarzlar va kreditlar sabab bo’lgan edi. Inqirozning ilk alomatlari ko’zga tashlanishi bilan barcha xorijiy sarmoyalar Germaniya iqtisodiyotidan qaytib chiqa boshladi. Bu inqirozni yanada chuqurlashtirdi. Iqtisodiyotning keskin beqarorlashuvi siyosiy inqirozga olib keldi. Inqiroz chuqurlashib bordi, yangi yuz minglab ishsizlar ko’chaga haydaldilar, non va xayriya yordamlari uchun navbatga turganlar safi uzayib bordi. Gitlerning hukumat tepasiga kelganidan keyin qilgan asosiy ishi Germaniya iqtisodiyotini qaytadan tuzishi bo’ldi. Natsistlar dasturi Germaniya iqtisodiyotini totalitar va avtoritar asosda izga solishga qaratildi. Dastur iqtisodiyotni rivojlantirish bilan bog’liq barcha masalalarni hal qilish bo’yicha mutloq vakolatga ega kuchli markaziy hokimiyatni vujudga keltirishni ko’zda tutardi. Uning ko’rsatmalari so’zsiz bajarilishi lozim edi. Davlat tomonidan boshqariluvchi aralash iqtisodiyot yuzaga keldi. Germaniya iqtisodiyotida mamlakat sanoatining asosini tashkil qiluvchi 30 ta eng yirik sanoat konsernlari – “IG Farbenindustri” (kimyo mahsulotlari, dori-darmon, porox, sintetik benzin va kauchuk ishlab chiqarish), ”Feraynigte Shtalverke” (po’lat ishlab chiqarish), “Krupp”, “Flik”, “Mannesman”, “Simens”, “AEG” va boshqalar yetakchi o’rin egallab turardi. 20 “Krupp”ning daromadi 1934 - 1940-yillarda 4 baravar, “IG Farbenindustri” ning daromadi 17 baravar, “Flik”niki 65 baravar oshdi. 21 Bularning barchasi Yevropadagi bosib olingan mamlakatlardan bo’lgan 12 mln xorijiy ishchilar va harbiy asirlar mehnati bilan dunyoga keldi. Davlat mablag’i hisobiga past navli temir rudasini qayta ishlovchi ulkan metallurgiya korxonalari barpo etildi. Davlat korxonalari temir rudasining 43%i, 19 И.С.Королев. “Мировая экономика глобальные тенденции за 100 лет”. Москва.: экономисть. 2003. 20 Лебедев В. “Развитие ФРГ в восьмидесятых и давяностых годах”. История. Изд. Дом “Первое сентября”.№23/2003 21 И.С.Королев. “Мировая экономика глобальные тенденции за 100 лет”. Москва.: экономисть. 2003. 12 cho’yanning 17%i, po’latning 13%i, elektor energiyasining esa yarmidan ortig’ini ishlab chiqardilar. Davlat korxonalaridan tashqari davlat va xususiy kopaniyalar ishtirokida ko’plab aralash korxonalar ham barpo etildi. Davlatga barcha hissadorlik jamiyatlaridagi sarmoyaning 25%i tegishli edi. Yirik konsernlarni xom ashyo, bozor va buyurtmalar bilan ta’minlash hamda raqobatga chek qo’yish maqsadida majburiy kartllash, ya’ni barcha mayda va o’rta korxonalarni tugatish ishlari amalga oshirildi. Natsistlar tuzumi majburiy mehnatni joriy qildi. 1934-yil 20-yanvardagi “Milliy mehnatni tartibga solish to’g’risida”gi qonunga ko’ra tarifli shartnomalar va mehnatni erkin tanlash huquqi bekor qilindi. 22 Ishchilar qayerni ko’rsatishsa, o’sha yerda ishlashga, tadbirkorlar qancha maosh belgilashsa, o’sha pulni olishga majbur edilar. Zavodlarda 1mln ishchi harbiy xizmatni o’tardi. Mehnatlari uchun ularga sariq chaqa to’lanardi. Ishchilarning maoshi tinimsiz kamayib borardi. Download 307.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling