NEFTKIMYO SANOATI. VUJUDGA KELISH TARIXI VA RIVOJINING ASOSIY YO'NALISHLARI
Neftkimyo sanoati uchun xomashyo ishlab chiqarish neftkimyoning zaruriy bo'limidir.
Neft asosida xomashyodan organik sintez mahsulotiari ishlab chiqarish xorijda (AQSH, G'arbiy Yevropa) 98%ga, neftkimyo ishlab chiqarish ko'lami esa 1950-yilda 3 mln t.dan 1970-yilda 40 mln t.ga yetgan.
Neft va gaz uglevodorodlaridan kimyoviy mahsulot ishlab chiqarish ko'mir asosidagidan ancha rentabelroq, chunki ushbu xomashyo ko'mirga nisbatan mos ravishda 10 va 20 barobar arzonroq, kokslashda gaz va suyuq mahsulotlarning chiqish miqdori nisbatan ko'p emas. Neft va gaz tarkibida uglevodorod xomashyosi konsentrlangan holatda mavjud bo'lib, yirik ko'lamda olinadi.
Ko'p hollarda neftni qayta ishlash va neftkimyo kombinat bir yoki ikki qo'shni joylashgan korxona doirasida mavjud bo‘lib, buning natijasida umumiy ishlab chiqarish rentabelligini oshiradi. Bunda transport xarajatlari qisqaradi, ishlab chiqarilayotgan, neftkimyoviy mahsulot esa neft mahsulotiga nisbatan 8-12 barobar qimmatroqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |