Toshkent kimyo-texnologiya instituti shahrisabz filali
O’zbekistonda davlat ijtimoiy siyosatining asosiy yo’nalishlari
Download 11.13 Kb.
|
12 MAVZU AHOLI DAROMADLARI VA DAVLATNING IJTIMOIY SIYOSATI
- Bu sahifa navigatsiya:
- E’tiboringiz uchun rahmat
O’zbekistonda davlat ijtimoiy siyosatining asosiy yo’nalishlari
Aholini ijtimoiy himoyalashning ikkinchi yo’nalishi - ichki iste’mol bozorini himoya qilish, hamda oziq-ovqat mahsulotlari va nooziq-ovqat mollari asosiy turlari iste’molini muayyan darajada ushlab turish hisoblanadi.
Yalpi ijtimoiy himoyalash tizimidan ishonchli ijtimoiy kafolatlar va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash tizimiga izchillik bilan o’tish – ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda, ijtimoiy himoya vositasini kuchaytirishda sifat jihatdan yangi bosqich boshlashini bildiradi.
Bu siyosat ijtimoiy himoya aniq maqsadi va aholining aniq tabaqalarini qamrab olishni ko’zda tutadi. Ijtimoiy ko’maklashishning yangi tizimida bolalar va kam daromadli oilalar yordamdan bahramand bo’luvchilar hisoblanib, ular uchun hamma nafaqa va moddiy yordamlar faqat mahalla orqali yetkazib beriladi. Shu maqsadda mahallalarda byudjet mablag’lari, korxona va tashkilotlar, tadbirkorlik tuzilmalari va ayrim fuqarolarning ixtiyoriy o’tkazgan mablag’lari hisobidan maxsus jamg’armalar hosil qilindi. Respublika Prezidenti Sh.M.Mirziyoev qayd qilib o’tganidek: “...islohotlarning asosiy maqsadi − aholi uchun munosib hayot darajasi va sifatini ta’minlashdir” Davlatning ijtimoiy siyosati ijtimoiy sohani rivojlantirishni ham o’z ichiga oladi. “Harakatlar strategiyasi” da uning ustuvor yo’nalishlari sifatida quyidagilar ko’rsatiladi: aholining bandligi va real daromadlarini bosqichma-bosqich oshirish; aholini ijtimoiy himoya qilish va sog’liqni saqlash tizimini takomillashtirish; arzon uy-joylar qurish bo’yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, aholining hayot sharoitlari yaxshilanishini ta’minlovchi yo’l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish; ta’lim va fan sohasini rivojlantirish; yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish. Shunday qilib, islohotlar davrida davlat aholining muhtoj tabaqalarini qo’llab-quvvatlash bilan birga, o’z mehnat faoliyati orqali oilasining farovonligini ta’minlashga intiluvchi kishilar uchun teng sharoit va qulay imkoniyat yaratishga harakat qiladi. Мирзиёев Ш.М. Танқидий таҳлил қатъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик - ҳар бир раҳбар фаолиятининг кундалик ҳоидаси бўлиши керак.Т.: «Ўзбекистон», 2017 14-январь.6-бет. E’tiboringiz uchun rahmatE’tiboringiz uchun rahmatDownload 11.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling