Toshkent kimyo-texnologiya instituti shahrisabz filiali oziq-ovqat mahsulotlar texnologiyasi va sanoat uzumchiligi fakulteti
Download 1.61 Mb.
|
Amaliyot Organika
- Bu sahifa navigatsiya:
- I ndol.
Geterosiklik birikmalar.
Geterosiklik birikmalarni hozirgi vaqtda nomlashda quyidagi qoidaga amal qilinadi: geteroatomning tabiatiga qarab ular oksa (O), tio (S), azo (N); halqadagi atomlarning soniga qarab ir – (3), yet – (4), ol – (5), in – (6); to‘yinganlik darajasiga qarab – idin- (N-li to‘yingan halqa), - an- (N-siz halqa), -in- (to‘yinmagan) hokazo qo‘shimchalar ishlatiladi, masalan: Yuqoridagi geterosikllarni odatda pirrol, pirrolidin, piridin deb nomlanadi. Halqada bitta geteroatom bo‘lsa, raqamlash bu geteroatomdan boshlanadi. Agar halqada bir necha geteroatom bo‘lsa, raqamlashda avval kislorodga, so‘ng oltingugurt va azotga raqam qo‘yiladi. Agar halqada NH va N bo‘lsa, raqam avval – NH- ga, so‘ngra – N-ga qo‘yladi. Besh va olti a’zoli geterosiklik birikmalarni quyidagicha raqamlash qabul qilingan: Bir a’zoli geterosikllarda 2 va 5-holatlar , ’, 3 va 4-holatlar , ’-holat deb; olti a’zoli geterosikllarda 2 va 6-holatlar , ’-; 3 va 5-holatlar , ’- va 4-holat -holat deyiladi. J ipslashgan ko‘p halqali geterosikllarni alohida nomlar bilan ataladi (kumaron, indol, xinolin va h.k.). Ammo bu birikmalar molekulaning qanday halqalardan tashkil topganiga qarab nomlanishi mumkin. Agar halqaning geteroatom bo‘lmagan qismida benzol halqasi bo‘lsa benzo-, naftalin halqasi bo‘lsa nafto – old qo‘shimchalar ishlatiladi. Masalan: Agar jipslashgan ko‘p halqali geterosikllarda geteroatom halqalarining jipslashgan joyida bo‘lmasa, raqamlash halqalarning jipslashgan joyidagi atomdan boshlanadi. Besh a’zoli, bir geteroatomli geterosiklik birikmalarTuzilishi, nomlanishi. Besh a’zoli geterosikllik birikmalarning oddiy vakillari furan, tiofen va pirrol hisoblanadi. Ular aromatik xarakterga ega: Ularning tuzilishini benzoldagi kabi quyidagicha ifodalash mumkin: Olinish usullari. Bir getroatomli besh a’zoli geterosikllar tuzilishidagi o‘xshashlik ularni olishning umumiy usullari yaratilishiga sabab bo‘lgan. 1. Furan, tiofen va pirrol olishning eng muhim usullaridan biri ularni 1,4-dikarbonilli birikmalardan suvni tortib olish orqali hosil qilish hisoblanadi. a) Furan hosil bo‘lishida karbonil guruhidagi nukleofil kislorod atomi ikkinchi karbonil guruhidagi elektrofil uglerod atomiga xujum qiladi. Bu umumiy usuldan tashqari furan, tiofen va pirrollar olishning alohida keng tarqalgan usullari ma’lum. 2
. Furanni pirosliz kislotani dekarboksillab yoki furfurolni dekarbonillab olish mumkin: 3 . Tiofen n-butanga 6500S da oltingugurt ta’sir ettirib asetilen yoki diasetilenga vodorod sulfid ta’sir ettirib olinishi mumkin: Bu yerda R=N; alkil yoki aril bo‘lishi mumkin kimyoviy xossalari. Furan, tiofen va pirrollar rangsiz suyuqliklar bo‘lib, suvda deyarli erimaydilar. 1. Kislota va asoslar ishtirokidi boruvchi reaksiyalar. Furan va pirrol kislotalar ta’siriga chidamsiz. Ular kislotalar ta’sirida polimerlanib ketadilar yoki ularning halqasi ochilib ketadi. C hunki, furan va pirrolga kislota bilan ta’sir etilganda ular protonni oson biriktirib oladilar va aromatik hususiyatni yo‘qoladi: Furan halqasi konsentrlangan sulfat kislota, alyuminiy xlorid ta’sirida oddiy haroratda, boshqa mineral kislotalar ta’sirida esa qizdirilganda ochilib ketadi. Suyultirilgan xlorid kislota bilan qo‘ng‘ir cho‘kma hosil qiladi. Metanol va xlorid kislota aralashmasi bilan u qaxrabo aldegidining asetalini hosil qiladi: Furan va tiofen ishqorlar va ishqoriy metallar ta’siriga chidamli. Pirrol esa kuchsiz kislota hisoblanadi..Pirrol kaliy pirrolni o‘yuvchi kaliy bilan qo‘shib qizdirish orqali ham hosil qilinishi mumkin: Birikish reaksiyalari. 1 . Vodorodning birikishi. Furanga vodorod 100-1500S da 100-150 atm bosim ostida, Renee nikeli katalizatori ishtirokida birikib tetragidrofuranni hosil qiladi: Tiofenga vodorod xona haroratida 20-40 atm bosimi ostida, palladiy ishtirokida birikadi va tetragidrotiofenni hosil qiladi: A
gar gidrirlash Renee nikeli ishtirokida olib borilsa reaksiya halqaning ochilishi bilan boradi: .
F uranga galogenlar past haroratda 2- va 5- holatlarga birikadi. Hosil bo‘lgan birikma o‘zidan oson galoid vodorodni yo‘qotib, -galogenfuranni hosil qiladi. T iofenga xlorni birikishi natijasida dixlortiofenlar aralashmasi hosil bo‘ladi. I ndol. Indol jipslashgan geterosiklik birikmalarga misol bo‘ladi. : Kimyoviy xossalari. 1. Indol kaliy yoki natriy bilan indol kaliy yoki indol natriyni hosil qiladi: I
ndol xloroform bilan ishqor ishtirokida 3-indolkarbaldegid va 3-xlorxinolin aralashmasini hosil qiladi: Indolilkarbon kislotalar. Indolilkarbon kislotalar muhim biologik aktiv birikmalar bo‘lib, ular Fisher usuli bo‘yicha ketono yoki aldegidokislotalar fenilgidrozonlarini rux xloridi bilan qizdirish orqali hosil qilinadi. Indolilkarbon kislotalar qattik moddalar bo‘lib va indol hosilalariga oson parchalanadilar. I ndolilkarbon kislotalar orasida 3-indolilsirka kislota (gereroauksin) va triptofan 3-(3 - indol) – 2 –amiopropion kislotaning ahamiyati katta. Indolil sirka kislota indolilasetonitrilni gidrolizlab olinishi mumkin: Indolilsirka kislota o‘simliklarni o‘sishiga yordam beruvchi garmon hisoblanadi. Triptofan almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalar jumlasiga kiradi va ko‘pchilik oqsillar tarkibida uchraydi. Oqsilning chirishi natijasida undan indolning barcha hosilalari hosil bo‘ladi: 2-oksiindol rux bilan qo‘shib qizdirilganda indolni hosil qiladi. 3 -oksiindol ( - indoksil). Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling