Toshkent kimyo texnologiya instituti shahrisabz filiali tja yo’nalishi 4-21-guruh talabasi axtamova sabrinaning avtomatik boshqarish nazariyasi fanidan tayyorlagan mustaqil ishi
Download 0.67 Mb.
|
Axtamova S ATJQ
Filtr to’siq yuzasida cho’kma hosil qilib filtrlash jarayoni qattiq jism zarrachalarining diametri kovak diametri d dan katta bo’lganda ro’y beradi. Bu usul suspenziya tarkibidagi qattiq faza kontsentratsiyasi 1 % (mass) dan ortiq bo’lganda qo’llaniladi, chunki bunda filtr to’siq kovagiga kirish joyida gumbazchalar hosil bo’lishi uchun qulay sharoitlar yaratiladi. Gumbazchalar hosil bo’lishi, cho’kish tezligi va suspenziya kontsentratsiyasining ortishiga imkoniyat tug’diradi.Kovaklarni to’ldirish usulida filtrlash filtr to’siq kovaklariga qattiq zarrachalar kirib to’ldirganda ro’y beradi. shuni alohida ta’kidlash kerakki, filtrlash jarayonining boshlang’ich davridayoq, qattiq zarrachalar to’siq kovaklarini to’ldirib boshlaydi. Bu hodisa, albatta filtr qurilmalar ish unumdorligini pasaytiradi. Jarayonni kerakli darajada ushlab turish uchun filtr to’siqni birinchi holatini tiklash, ya’ni filtrlashga yaroqli qilish kerak. Buning uchun to’siqlar suyuqlik oqimi bilan yuviladi yoki to’siq metalldan yasalgan bo’lsa, qizdirib quydiriladi.Kovaklarni to’ldirish usulida filtrlash filtr to’siq kovaklariga qattiq zarrachalar kirib to’ldirganda ro’y beradi. shuni alohida ta’kidlash kerakki, filtrlash jarayonining boshlang’ich davridayoq, qattiq zarrachalar to’siq kovaklarini to’ldirib boshlaydi. Bu hodisa, albatta filtr qurilmalar ish unumdorligini pasaytiradi. Jarayonni kerakli darajada ushlab turish uchun filtr to’siqni birinchi holatini tiklash, ya’ni filtrlashga yaroqli qilish kerak. Buning uchun to’siqlar suyuqlik oqimi bilan yuviladi yoki to’siq metalldan yasalgan bo’lsa, qizdirib quydiriladi.Oraliq filtrlash usuli bir vaqtning o’zida ham filtr to’siq yuzasida cho’kma hosil qilish, ham kovaklarni to’ldirib, filtrlash usullari ro’y berganda amalga oshadi.Ushbu usulda kichik kontsentratsiyali suspenziyalarni filtrlash jarayoni tezligini oshirish uchun qo’shimcha moddalar ishtirokida olib boriladi. Jarayondan avval filtr to’siq yuzasi qo’shimcha modda bilan qoplanadi. Qo’shimcha moddalardan qilingan qoplama to’siq kovaklarini to’lib qolishdan saqlaydi. Qo’shimcha moddalar sifatida o’ta mayin ko’mir, perlit, asbest, kizelgur, fibroflo, askanit va boshqa materiallar qo’llanilishi mumkin.Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling