Toshkent kimyo texnologiya instituti "tasdiqlayman"


Download 243.51 Kb.
Pdf ko'rish
Sana04.03.2020
Hajmi243.51 Kb.

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS  

TA’LIM VAZIRLIGI 

TOSHKENT KIMYO – TEXNOLOGIYA INSTITUTI 

 

“TASDIQLAYMAN” 

O’quv ishlari bo’yicha prorektor 

____________dots. Mutalov Sh.A.  

”____” __________ 2013 y. 



 

 

 

SANOAT  KATALIZATORLARINI  ISHLAB 

CHIQARISH KIMYOVIY TEXNOLOGIYASI 

fanidan  

USLUBIY QO’LLANMA 

 

5320400  

– Kimyoviy texnologiya (Organik sintez mahsulotlari  

ishlab chiqarish) bakalavriatura yo’nalishi bo’yicha 

 

  

 

 

Toshkent-2013 

 


 

Ushbu  uslubiy  qo’llanma  “Asosiy  organik  kimyo  mahsulotlari  kimyoviy 



texnologiyasi”  mutaxassisligi  taxsil  olyotgan  bakalavr  talabalarga  “Sanoat 

katalizator” fanidan olgan nazariy bilimlarini amaliyotda mustaxkamlash uchun 

yaqindan  yordam  beradi.  Unda  organik  mahsulotlar  olish  texnologiyasida 

katalitik 

jarayonlarning 

nazariy 


asoslari, 

katalizatorlarni 

sinflanishi,  

katalizatorlarni  tayyorlashda  qanday  usullardan  foydalanish,  hamda  uning 

barqarorligini 

oshirish, 

katalizator 

tashuvchilar 

xakidagi 

ma’lumotlar 

laboratoriya ishlarini bajarish va natijalarni hisoblash yo’llari bayon etilgan.  

 

 



Tuzuvchilar: Tadjieva Sh.A., Ergasheva D.A. 

 

Taqrizchilar: TKTI dotsenti, t.f.n. Tillashayxov M.S. 



 

 

      TGTU dotsenti, t.f.n. Obidov B.O. 



 

YoOBKTF  ilmiy  uslubiy  kengashida  ko’rib  chiqildi  va  tavsiya  etildi. 

Bayonnoma 

№      «____»  ________ 2013 

 

TKTI uslubiy kengashida chop etishga tavsiya etildi.  



Bayonnoma 

№      «____»  ________ 2013 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

MUNDARIJA 



Laboratoriya  mashg’ulotlarini bajarishda  texnika xavfsizligiga rioya 

qilish  qoidalari 

1- laboratoriya ishi. 



Katalizator tashuvchilarini tayyorlash 

2-laboratoriya ishi. 



Cho’ktirish usuli bilan nikel katalizatorlarini tayorlash 

10 


3-laboratoriya ishi. 

Oksidli alyumomolibden katalizatorini tayyorlash 

14 

4-laboratoriya ishi 



Gidrotozalash jarayonida katalizator tashuvchi sifatida qo’llaniladigan 

alyuminiy oksidini tayyorlash usuli 

17 

5-laboratoriya ishi. 



Uglerod oksidi suv bug’i bilan konversiyalash uchun katalizator 

tayyorlash usuli 

20 

6-laboratoriya ishi. 



Metanolni oksidlab formaldegid olish uchun katalizator tayyorlash 

usuli 


23 

Foydalanilgan adabiyotlar 

26 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 

 

 

 

 



Laboratoriya  mashg’ulotlarini bajarishda  texnika 



xavfsizligiga rioya qilish  qoidalari 

Organik  moddalar, erituvchilar, oson  yonuvchan tez  yonuvchan birikmalar bilan 

ish olib borilganda qo’yidagi qoidalarga qat’iy amalda rioya qilinishi zarur: 

a)  Organik  moddalar  oson  yonuvchan  va  shunga  o’xshash  xususiyatlarga  ega 

birikmalarni olovga yaqin bo’lgan joyda saqlash mutlaqo mumkin emas; 

b)  Laboratoriya  tajribasi  o’tkaziladigan  qurilmani  yig’ganda  gaz  va  bug’ 

holatidagi  organik  moddalar  chiqmasligi  uchun  uskunani  zichligini  (germetikligini) 

ta’minlash kerak; 

v) Tez alangalanuvchi (benzin, erituvchilar va boshqalar)ni yopiq holdagi isitgich  

(plita) yoki suv hammomida qizdirish zarur; 

g)  Yong’inni  oldini  olish  choralarini  ko’rish  lozim.  Agarda  organik  moddalar 

yonsa  suv  bilan  o’chirmaslik  kerak.  Yonayotgan  organik  moddani,  kislotali  o’t 

o’chirgichlar bilan yoki qum, kigiz yordamida o’chirish zarur. 

 Elektr dastaklar va uskunalar bilan ishlash qoidalari. 

1)  Tez  alangalanuvchi  moddalar  va  erituvchilar  bilan  laboratoriya 

mashg’ulotlrini  olib,  borishda  ishlaganda  ochiq  holdagi  elektr  simli  asboblardan 

foydalanish taqiqlanadi. 

2)  Elektr  asboblardan  yong’in  chiqqan  holatda  ularni  asbestli  mato  yoki  o’t 

o’chirgichlardan foydalanib o’chirish zarur. 

3)  Elektr  asboblaridan  foydalanib  bo’lingandan  so’ng,  ularni  elektr  tarmog’idan 

zudlik bilan uzib qo’yish talab etiladi. 



 Gaz holdagi  moddalar bilan ishlash qoidalari

1) Gaz bilan to’ldirilgan balon, idishlar tashqi issiqlik ta’siridan saqlanishi kerak. 

2) Yonuvchan gazlar bilan ishlaganda zich yopilgan (germetik) yopiq va olovdan 

saqlangan bo’lishi kerak. 

3) Qullaniladigan standart gaz balonlarini maxsus ko’rsatilgan joylarda saqlanishi 

kerak. 


Zaharli moddalar bilan ishlash qoidalari

1)  Erituvchi  va  uchuvchan  zaharli  moddalar  bilan  laboratoriya  mashg’ulotlari 

havo tortuvi (ventilyatsiya) shkaflarida olib borilishi kerak. 

2)  Erituvchi  va  zaharli  moddalar  bilan  ishlashda  kuyish  xavfidan  extiyot  bo’lish 

zarur. Ularni to’kilishi va sachrashiga yo’l qo’ymaslik kerak.  

3)  Zaharli  moddalar  turgan  idishdan  ularni  faqat  pipetka  yordamida  tortib  olish 

kerak. Og’iz yordamida so’rib olish ta’qiqlanadi. 

Kislota va ishqorlar bilan ishlash qoidalari

1) Kislotani suv bilan aralashtirishda doimo kislotani suvga qo’yish zarur. 

2) Ishqorni suvda eritilayotgan paytda doimo aralashtirilib turish lozim. 

3) Kislota bilan kuygan joyni suv yoki sodali suvda yuvib tashlash kerak. 



 

Laboratoriya uskunalarini ishga tayyorlash

Tajriblar  o’tkazish  uskunalarini  yig’ishda  ularni  tozaligiga,  biriktirish 

moslamalariga  e’tibor  berish  tajriba  samaradorligini    oshiriladi.  Kimyoviy  idishlarni 

yuvishda  xromli  aralashmadan  foydalanish  zarur.  Metaldan  yasalgan  uskunalar: 

reaktor, kublarni kerosin, benzinda  yuvib, toza havoda  quritish kerak. Shundan so’ng 

laboratoriya  ishini  olib  borish  mumkin.  Tajribani  o’tkazishdan  avval,  ishni  bajarish 

usuli bilan to’liq tanishib chiqish kerak.  

Tajriba natijalarini tekshirish va hisobot tuzish



 

Laboratoriya  ishlarini  olib  borishda  o’lchash  va  tortish  ishlarini  aniq  bajarish 



kerak.  Material  balanslari  talabga  javob  berib,  yo’l  qo’ilishi  mumkin  bo’lgany 

xatoliklar 0,10-1,6 foizdan oshmasligi zarurdir. Hisoblash ishlari to’g’ri bo’lishi uchun 

aniq  o’lchash  va  qayta  hisoblash  lozimdir.  Ish  bajarilib  bo’lgandan  so’ng,  quyidagi 

tarzda hisobot topshirilishi zarur: 

1)  Ishdan maqsad, ishni olib borish tartibi. 

2)  Qurilma va sxemalarni ta’rifi. 

3)  Tajribani tavsifi. 

4)  Tajribani olib borilish sharoitlari (R>T). 

5)  Jarayonni moddiy material balansi. 

6)  Hosil bo’lgan mahsulotlar xarakteristikasi. 

7)  Xulosa. 

8)  Foydalanilgan adabiyotlar. 



 

1- LABORATORIYA ISHI 

KATALIZATOR TASHUVCHILARINI TAYYORLASH 

 

Kerakli reaktivlar, idishlar, asboblar va uskunalar: 

3-4 mm kattalikdagi aktivlashtirilgan ko’mir; 

15%-li NaOH yoki KOH eritmasi; 

Kontsentrlangan nitrat kislota; 

Difenilamin va fenoftalein eritmalari, distillangan suv; 

Byuxner  voronkasi,  farfor  va  shisha  stakanlar,  byuks,  shisha  tayyoqcha,  eksikator, 

elektr plitasi, Vyurts kolbasi. 



 

a- chinni kosacha; b- Byuxner voronkasi; v-shisha stakan; g- oddiy eksikator  



Ishdan  maqsad:  katalizator  tashuvchilarni  katalitik  jarayonlar  uchun 

tayyorlash. 



Ish  yuzasidan  nazariy  ma’lumotlar:  katalizator  tashuvchilar  sifatida 

solishtirma  yuzasi  kichik  bo’lgan  diatomit,  pemza,  asbest  va  yuzasi  yuqori  darajada 

shakllangan  serg’ovak  Al

2

O



3

, MgO


,

silikagel,  alyumosilikatlar  ishlatiladi.  Shulardan  

ba’zi birlari bilan yaqindan tanishamiz. 

 

Asbest-tolasimon tuzilishga ega bo’lgan minerallar guruxidan iborat. Kimyoviy 



tarkibiga  asosan  asbestli  minerallar  magniy,  temir,  kaltsiy  va  natriylarning  suvli 

silikatlaridan  iborat.  Kam  gidratlangan  (havo  rang)  asbestning  sirt  150  m

2

/g  atrofida 



bo’lib,  u  yuqori  xaroratga  chidamli,  kimyoviy  ta’sirlarga  bardoshlidir.  Katalizator 

shimdirishdan avval xar xil qo’shimchalardan tozalash uchun asbesga kislota eritmasi 

bilan ishlov beriladi. 

 

Diatomit (kizelgur)- tog’ jinsi, uning asosiy tarkibi quyidagicha, mass% da: 



 

 



SiO

2

  ……………………………70-90 



 

Fe

2



O

……………………………2-10 



 

CaO+MgO……………………….4 

 

G’ovaklilik,% ...........................60-80 



Solishtirma yuzasi, m

2

/g .......... 10-50 



Diatomitning  mexanik  mustahkamligi  kichik  bo’lganligi  sababli,  u  yirik  holda 

ishlatiladi. 



Aktivlangan  ko’mir  (AK).  AKni  sanoatning  turli  tarmoqlangan  sorbent, 

katalizator,  katalizator  tashuvchi  sifatida  qo’llanilishi,  uning  serg’ovaklik  (60-70%), 

elektr o’tkazuvchanlik va yuzasining kimyoviy xususiyatga ega ekanligiga asoslangan. 

Texnik AK tarkibi 88-98% ugleroddan iborat. Qo’llanilish sohasiga nisbatan sanoatda 

chiqariladigan  aktivlashtirilgan  ko’mirlarni  3  asosiy  sinfga  ajratish  mumkin: 1) 

siyraklashgan, 2) rekuperatsiyalangan, 3) gaz  turidagi  ko’mirlar.  Katalizator  va 

katalizator  tashuvchi  sifatida  uchunchi  sinfga  oid  ko’mirlardan  foydalaniladi.  Bu 

ko’mirlarning turi va ularning xossalari 1-jadvalda ko’rsatilgan. 

 

Gaz turidagi aktivlashtirilgan ko’mirlarning g’ovaksimon strukturasining 



ko’rsatkichlari 

1-jadval 

Ko’mirnin

g turi 


Massasi



G’ovaklarnin

g umumiy 

solishtirma 

xajmi, sm

3

/g 


Mikro 

g’ovakla


r sm

3

/g 



Makro 

g’ovakla


r sm

3

/g 



O’tuvcha

kovaklar, 



sm

3

/g 



O’tuvchan 

kovaklarnin

solishtirma 



yuzasi. m

2

/g 



AG-2 

600 


0,60 

0,30 


0,25 

0,05 


33 

SKT 


420 

0,98 


0,51 

0,27 


0,20 

108 


SKT-2B 

490 


0,75 

0,45 


0,21 

0,09 


60 

Yodli 


KAD 

380 


1,00 

0,34 


0,51 

0,15 


110 

BAU 


260 

1,50 


0,23 

1,19 


0,08 

57 


 

 

Umuman  olganda,  ko’mirlar  multidispers  g’ovakli  strukturaga  ega.  Ularni 



tayyorlash uchun organik xom ashyolarni xar xil turlari: qattiq yoqilg’i (torf, antratsit, 

qo’ng’ir va toshko’mir), yog’och, charm sanoati chiqindilari, yong’oq po’sti, suyak va 

boshqalar  ishlatiladi.  Dastlab  havosiz  termik  ishlov  berish  natijasida  xol  ko’mir 

olinadi,  keyin  unga  suv  bug’i  yordamida  uglerod  dioksid  va  boshqa  birikmalar 

(karbonatlar,  sulfatlar,  rux  xlorid)  ishtirokida  900

0

S  da  ishlov  beriladi.  Bunda 



uglerodning bir qismi yonadi:              

S+SO


2

=2SO 


Ish bajarish tartibi: 3-4 mm kattalikdagi aktivlashtirilgan ko’mir (AK)- sanoat 

mahsulotidir. AK tarkibida minerallar aralashmalar qoldig’i bo’lganligi sababli,  unga 

nitrat  kislotasi  va  ishqor  bilan  ishlov  beriladi.  Buning  uchun  farfor  stakanga  kerakli 

miqdordagi AK solinadi va ustiga 1:1 nisbatda kimyoviy toza nitrat kislotasi qo’yiladi 

va  mo’rili  shkafda  5-6  soat  suv  bilan  yaxshilab  yuviladi  va  nitrat  ionli  yo’qligi  

difenilamin qo’shish orqali aniqlanadi. Tozalangan ko’mir quritish shkafida 110-120

0



temperaturada  quritiladi,  so’ngra  kaltsiy  xlorid  solingan  eksikatorda  xona  xaroratida  



sovutiladi.  Sovitilgan  ko’mirni  byuksga  solinadi  va  qopqog’i  berkitilgan  holda 

saqlanadi. 



 

 



Qo’llanilishidan  avval,  tozalangan  ko’mirga  qo’shimcha  ishlov  beriladi,  ya’ni 

uni  adsorbtsion  gaz  va  suvdan  tozalanadi.  Buning  uchun  ko’mirni  Vyurts  kolbasiga 

solinadi,  kolbani  suv  nasosiga  ulanadi  va  suv  bug’i  kondensati  tugaguncha  elektr 

plitasi  yordamida  qizdiriladi.  Qizdirish  vaqtida  ko’mirni  aralashtirish  uchun  kolbani 

biroz  silkitib  turiladi.  Shundan  keyin  shlifli  idishga  solinadi  va  vakuum  eksikatorda 

sovutiladi. 



Nazorat savollari 

1.  Asosiy tashuvchi xarakteristikasi. 

2.  Adsorbtsiya jarayoni deb nimaga aytiladi? 

3.  Tajriba uchun qaysi  reaktivlardan foydalaniladi 

4.  Nima uchun ko’mirni kolbaga solib suv nasosiga ulanadi? 

5.  Katalizator tashuvchilar turlari 

6.  Katalizator aktivligini pasaytiruvchi moddalar va ularning turlari 

7.   Aktivlik nima bilan xarakterlanadi 

8.   Neft maxsulotlarini tozalashda qo’llaniladigan katalizator. 

 

2-LABORATORIYa IShI 



ChO’KTIRISh USULI BILAN NIKEL KATALIZATORLARINI TAYoRLASh 

50  garamm  Ni, Al

2

O



katalizatorlari  tayyorlash  uchun  kerakli  reaktivlar,  idishlar, 

asbob uskunalar: 

1 molyarli Ni (NO

3

)

2



 eritmasidan -425 ml; 

1 molyarli Ni (NO

3

)

3



 eritmasidan -490 ml; 

25 %-li ammiak eritmasidan -       715 ml; 

Fenolftalein  eritmasi  yoki  indikator  qog’oz; 5 l  farfor  stakan,  maxanik  aralashtirgich 

to’plami. 



Ishdan  maqsad:  cho’ktirish  usuli  yordamida  nikel  katalizatorlarini  tayyorlash 

texnologiyasini o’rganish. 



Ish  yuzasidan  nazariy  ma’lumotlar:  cho’ktirish  usuli  yordamida  80%-ga 

yaqin  katalizatorlar  tayyorlanadi.  Bu  usul  katalizatorlar  va  katalizator  tashuvchilarni 

g’ovaksimon strukturasi va ichki yuzasi o’lchamlarini har hil kattaliklarda o’zgartirish 

imkonini  beradi.  Cho’ktirish  usulini  texnologik  kamchiliklari  ham  bor,  bu  usulni 

qo’llanganda reaktivlar ko’p sarflanadi va oqova suvlar miqdori ko’payadi. Cho’ktirish 

usuli yordamida katilaztorlar tayyorlashni umumiy texnologiyasini quyidagi ikki A, B 

sxemalar orqali ifodalash mumkin: 



ERITISh

  ChO’KTIRISh  FILTRLASh    ChO’KMA  YuVISh 



QURITISh

  QIZDIRISh MAYDALASh ShAKL BERISh 





ERITISh

  ChO’KTIRISh  FILTRLASh  ChO’KMA  YuVISh  ShAKL 



BERISh

 



KATALIZATORNI 

QO’RITISh

 



KATALIZATORNI 

QIZDIRISh 

A-cho’ktirilgan kataliztorga quruq holatda shakl berish usuli. 

B- cho’ktirilgan kataliztorga nam holatda shakl berish usuli. 

 

Sxemadan  ko’rinib  turibdiki,  cho’ktirish  usulining  birinchi  bosqichi  erish 



jarayonidir. Erish –bu qattiq fazaning  suyuq fazaga o’tish jarayoni. Erigan va qisman 

dissotsiatsiyalangan  holatda  molekulalarning  xarakati  va  kimyoviy  faolligi  oshadi. 

Sanoatda  bu  usul  bilan  katalizator  tayyorlashda  toza  qattiq  moddalar,  asosan  tuzlar 

suvda  eritilidai,  tuzlarning  eritmaga  o’tishi  keyingi  bosqichda  boradigan  kimyoviy 



 

reaktsiyalarni  tezlashtiradi.  Erish  jarayonining  o’rtacha  tezligini  quyidagi  formula 



yordamida hisoblanadi: 

 

Bu erda b-diffuzion chegara qatlamining qalinligi; 



              F

ur- 


vaqt davomida o’rtacha erish yuzasi; 

   


   S

r-

to’yingan eritmaning kontsentratsiyasi; 



   

   S


o

-asosiy eritma massasida erigan moddaning o’rtacha  

                   kontsentratsiyasi; 

   


   

β- suyuq fazadagi massa almashinish koeffitsienti 

 

Erish  jarayonini  aralashtirish  orqali  tezlashtirish  mumkin.  Aralashtirish  b  ni 



kamaytiradi va qattiq zarrachalarni suyuq fazada bir tekis taqsimlanishiga olib keladi. 

Erishni  tezlashtiruvchi  yana  bir  omil  bu  temperaturadir.  Harorat  ko’tarilishi  bilan 

suyuq fazaning qovushqoqlini kamayadi, diffuziya koeffitsienti D ning qiymati oshadi. 

Ko’pchilik  moddalarning  eruvchanligi  xarorat  ta’sirida  tezlashadi,  masalan:  xloridlar, 

nitratlar, ammoniy tuzlar. Lekin Na

2

SO



4

, K


2

SO

4



,MgSO

4

 Na



2

CO

3



,NaPO

4

  tuzlarining 



eruvchanligi  harorat  ko’tarilishi  bilan  avval  tezlashadi,  keyin  sekinlashadi  va  ma’lum 

bir temperaturaga ko’tarilganda umuman erimaydi. 

 

Eruvchanlikni  yanada  tezlashtirish  uchun  reaktsiya  uchun  ishlatilayotgan 



dastlabki moddalarni maydalash kerak. 

 

Cho’ktirish  -  bu  reaktsiyaga  kirishayotgan  dastlabki  komponentlar  eritmalarini 



bir-biriga  qo’yish  natijasida  sodir  bo’ladigan  kimyoviy  reaktsiya  natijasida  qattiq 

fazani (cho’kmani) hosil bo’lish jarayonidir. Erigan moddalarning cho’kmaga o’tishi - 

ikki jarayonining umumlashishi, ya’ni kristallarni paydo bo’lishi va ularni o’sishi yoki 

gelsimon zarrachalarni kattalashishi natijasida sodir bo’ladi. 

 

Tayyorlanadigan katalizatorlarning xususiyatlariga qarab, cho’ktirish jarayoniga 



ma’lum  talabalar  qo’yiladi:  cho’kma  to’liq  cho’kishi,  cho’kma  tarkibida  qo’shimcha 

aralashmalar  bo’lmasligi,  cho’kkan  qattiq  fazaning  tozalik  darajasi  yuqori  bo’lishi, 

reaktsiyaga kirishayotgan dastlabki  moddalarning tarkibi o’zgarmasligi, cho’ktiruvchi 

modda arzon bo’lishi kerak. 

 

Ajraladigan cho’kmaning tabiatiga (dispersligi, g’ovakligi, zarrachalarni shakli) 



cho’ktirish  temperaturasi,  muhitning  vodorod  ko’rsatkichi  rN.  Eritmaning  tarkibi, 

kontsentratsiyasi,  eritmalarni  quyish  tartibi,  aralashtirish  tezligi  va  boshqalar  ta’sir 

etadi.  

Ish  bajarish  tartibi:  mexanik  aralashtirgich  va  tomchilovchi  voronka  bilan 

jixozlangan  5  litrli  farfor  stakanga  490ml  alyuminiy  nitrat  eritmasi  solinadi  va  katta 

tezlikda aralashtirilgan holda voronkadagi 715 ml ammiak eritmasi 30 minut davomida 

quyiladi. So’ngra reaktsion aralashmani aralashtirilgan holda 1 soat davomida 420 ml 

nikel  nitrat  eritmasi  qo’shiladi,  qo’shib  bo’lingandan  keyin  ham, 20-30  minut 

davomida  reaktsion  eritma  aralashtiriladi.  Nikel  ionlarini  eritmada  yo’qligini  bilish 

uchun  filtr  qog’ozga  shisha  tayoqcha  bilan  eritmada  bir  necha  tomchi  tomiziladi  va 

ustiga  dimetilglioksim  qo’shiladi.  Bunda  fenolftalein  bo’yicha  kuchsiz  ishqoriy 

reaktsiyani ko’rsatadi.  

 

Nikel  ionlari  yo’qligi  ishonch  hosil  qilingandan  so’ng  alyuminiy  gidroksid  va 



nikeldan  iborat  stakandagi  cho’kmani  aralashtirilib  turilgan  holda  asta  sekin  yana 

ozgina  nikel  nitrat  eritmasi  qo’shiladi.  Bunda  nikel  ionlari  borligini  bilish  uchun  filtr 

qog’ozga 1-2 tomchi eritma va ustiga dimetilglioksim tomiziladi. Bunda hosil bo’lgan 


 

rang  30  minut  davomida  yo’qolmasligi  kerak,  aks  holda  eritmaga  yana  ozgina  nikel 



nitrat eritmasi qo’shiladi. 

 

Aralashtirilgan holda, reaktsiya olib borilayotgan idishga 50



0

S gacha isitilgan 2-

2,5  litr  distillangan  suv  solinadi  va  kechasiga  qoldiriladi.  Ertasiga  cho’kmani 

dekantatsiya  yoki  tsentrifugalash  usuli  yordamida  yuviladi  va  difenilamin  bilan  nitrat 

ionlari  borligi  tekshiriladi.  Buning  uchun  filtr  qog’ozga  shisha  tayyoqcha  bilan 

namunadan  bir  necha  tomchi  tomiziladi  va  ustiga  shisha  tayoqcha  yordamida 

dimetilglioksim eritmasidan ham, bir necha tomchi qo’shiladi.  Agarda eritmada nikel 

ionlari bo’lsa, ikki tomchi aralashgan yuzada qizil rang hosil bo’ladi. 

 

So’ngra cho’kmani Byuxner voronkasi yordamida filtrlanadi va namlik vaqtida 



cho’zinchoq  yoki  dumaloq  shaklga  keltiriladi  va  125

0

S  xaroratda  qo’ritish  shkafida 



qo’ritiladi. Hosil bo’lgan katalizatorni vodorod ishtirokida qaytariladi.

 

Nazorat savollari 

1.  Cho’ktirish usuli bilan qanday katalizatorlar olinadi? 

2.  Cho’ktirishga ta’rif bering. 

3.  Reaktsiya uchun qanday asbob-uskunalar ishlatiladi? 

4.  Laboratoriya ishini qilishdan maqsad 

5.   Metall katalizatorlarining  sanoatda ishlab chiqarish 

6.   Katalizatorlarning issiqlikka bardoshliligi 

7.  Kontakt massalarni cho’ktirish usuli bilan tayyorlash 

8.  Katalizator mustahkamligi qanday belgilar bilan aniqlanadi. 

9.  Cho’ktirish usuli yordamida qanday katalizatorlar tayyorlash mumkin? 

10.  Katalizator selektivligi 

 

3-LABORATORIYa IShI 

OKSIDLI ALYuMOMOLIBDEN KATALIZATORINI 

TAYYoRLASh 

Kerakli reaktivlar, idishlar, asbob va uskunalari: 

11-alyuminiy oksid; 

Ammoniy paramolibdat (NH

4

)



6

Mo

7



O

24

4N



2

20%-li ammiak eritmasi; 



Katalitik trubka, tigel, eksikator, mufel pechi, elektr plita. 

 

Ishdan  maqsad:  oksidli  katalizatorlar  tayyorlash  usuli  bilan  tanishish  va 

oksidli alyumomolibden katalizatorini reaktsiya uchun tayyorlash. 

Ish  yuzasidan  nazariy  ma’lumotlar:  oksidli  katalizatorlar  tashuvchiga 

yuttirish  orqali  tayyorlanadi.  Reaktsiyani  olib  borish  jarayonida  katalizatorni 

tashuvchining  g’ovaksimon  xajmiga,  ya’ni  ichki  diffuzion  qismida  va  tashqi 

sirtida  Al

2

O

3



,  silikagel  va  boshqa  g’ovaksimon  moddalar  qo’llaniladi.  Bunda 

tanlangan  katalizatorlari  bo’lgan  eritma  shimdiriladi,  so’ngra  u  quritiladi  va 

qizdiriladi.  Aktiv  komponentni  tashuvchida  bir  tekisda  taqsimlanish  uchun 


 

10 


quritish  jarayoni  maxsus  rejim  asosida  olib  boriladi.  Hosil  bo’ladigan  oksidli 

katalizator yuzasining kattaliklari bir qancha faktorlarga: oksidlarni va reaktsiya 

uchun  ishlatiladigan  dastlabki  moddaning  kimyoviy  tabiatiga,  oksidning 

g’ovaksimon  strukturasiga  va  uning  tozalik  darajasiga  gaz  muxitining  tarkibi, 

qizdirish harorati va vaqti bog’liq. 

Sa,  Zn, Ti, Mn, Fe, Mo, Th   oksidli  spirtlarni,  parafinlar,  olefinlarni, 

tsikloalkanlarni, 

geterotsiklik 

birikmalarni 

degidrirlash 

reaktsiyalarida  

katalizator  vazifasini  bajaradi.  Sanoatda  chiziqli  va  tarmoqlangan  alkanlarni 

degidrirlab  olefinlarni  olish  uchun  katalizator  sifatida  oksidli  alyumoxrom, 

alyumomolibden, alyumoplatina qo’llaniladi. 



Ish  bajarish  tartibi:  alyuminiy  oksidga  ammoniy  paramolibdatning  suvli 

eritmasi  shimdiriladi,  so’ngra  katalitik  trubkada  vodorod  ishtirokida  ammoniy 

paramolibdat parchalantiriladi.  

3-4  mm  kattalikdagi  alyuminiy  oksid  tarozida  olinadi,  tigelga  solinadi  va 

mufel pechida 300-350

0

S da 1 soat davomida qizdiriladi. So’ngra uni toblangan 



kaltsiy    xlorid  solingan  eksikatorda  sovutiladi.  Bunda  alyuminiy  tarkibidagi 

namlik  yo’qoladi  va  ammoniy  paramolibdatni  yaxshiroq  shimish  xususiyatiga 

ega  bo’ladi.  Alyuminiy  oksidni  350

S  dan  yuqori  temperaturada  qizdirilsa, 



uning aktivligi kamayadi. 

Katalizator  tayyorlash  uchun  kerakli  bo’lgan  ammoniy  paramolibdat 

miqdorini quyidagi tenglama orqali aniqlanadi: 

(NH


4

)

6



Mo

7

O



24

4N

2



O

→ 6NH


3

+7Mo


7

O



+7N

2



 Ammoniy paramolibdatning to’yingan eritmasi 20%-li ammiak ishtirokida 

tayyorlanadi  va  bu  eritma  farfor  idishga  solingan  alyuminiy  oksidga  xona 

xaroratida  yuttiriladi.  Ortiqcha  suvni  suv  hammomida  qizdirish  orqali 

bug’lantiriladi. So’ngra katalizator quritish shkafida 100

0

S temperaturada 1 soat, 



150

0

S  da  2  soat  quritiladi  va  kaltsiy  xlorid  solingan  eksikatorda  sovutiladi. 



Shundan keyin katalizator katalitik trubkada vodorod ishtirokida qizdirish orqali 

qaytariladi.  Qaytarishda  haroratni  asta-sekin  3  soat  davomida  500

0

S  gacha 



ko’tariladi  va  shu  xaroratda  katalizator  katalitik  trubkaning  sovuq  qismida  suv 

tomchilari  hosil  bo’lmaguncha  qizdiriladi.  Bunda  molibden  peroksid  qisman 

qaytariladi,  alyuminiy  oksid  aktivlanadi.  Tayyorlangan  katalizatorni  shlifli 

idishda saqlash kerak.  

  Qo’llanilishidan  avval  katalizatordan  kerakli  qism  olinadi  va  vodorod 

ishtirokida 500

0

S da 1-2 soat qizdiriladi. 



 

Nazorat savollari 

1.  Laboratoriya ishini qilishdan maqsad. 

2.  Tajribada  qanday  reaktiv  va  qaysi  turdagi  asbob-uskunalardan 

foydalaniladi? 

3.  Katalizator strukturasi aniqlovchi ko’rsatkichlari 

4.  Hosil bo’lgan katalizatorni qo’llashdan avval necha soat qizdiriladi? 

5.  Katalizator zaxarlanish turlari va ularga qanday birikmalar kiradi? 

6.  Oksidli katalizatorlar tayyorlash usuli. 

7.  Katalizatorning tezlashtiruvchi ta’siri. 


 

11 


8.  Sanoat katalizatorlariga qo’yiladigan talablar 

 

4-LABORATORIYa IShI 

GIDROTOZALASh JARAYoNIDA KATALIZATOR TAShUVChI 

SIFATIDA QO’LLANILADIGAN ALYuMINIY  

OKSIDINI TAYYoRLASh USULI 

Kerakli reaktivlar, idishlar, asbob va uskunalari: 

natriy alyuminat; 

azot kislotasi;  

distillangan suv; 

quritish shkafi; 

mufel pechi 



Ishdan  maqsad:  gidrotozalash  jarayonida  katalizator  tashuvchi  sifatida 

qo’llaniladigan alyuminiy oksidini tayyorlash.  

 

Ish  yuzasidan  nazariy  ma’lumotlar:

  Alyuminiy  oksidining  barcha 

poliamorf  ko’rinishidagi  turlari  ichida  korund  mustahkam  strukturaga  ega  va 

kimyoviy barqarordir. 

       

γ - Al


2

O

3



  alyuminiy oksidining kimyoviy aktiv formasidir. 

Past  temperaturada  olingan 

γ  -  Al

2

O



3

  ni  kislota  va  ishqorlar  bilan 

reaktsiyaga  kirishish  tezligi, 3 mol  suvli  alyuminiy  oksidi  –  gidrargillitga 

o’xshaydi.  Shuni  e’tirof  etish  kerakki,  glinozemni  va  uni  gidratlarini  kimyoviy 

xususiyatlari, ularni hosil bo’lish sharoitiga bog’liq. 

Alyuminiy gidrooksidini barqaror formalari – gidrargillit, bemit, diasporlar 

500

o

S dan yuqori temperaturada 



γ - Al

2

O



3

 ga va 


α - Al

2

O



3

  ga aylanadi (700 – 

1000

o

S). 



Keyingi paytlarda alyuminiy gidrooksidini yuqori temperaturadagi fazoviy 

o’zgarishlari o’rganilib 

α - Al

2

O



3

 dan tashqari yana 6 ta turi aniqlangan. Ilgari 

bu turdagi alyuminiy oksidini 

γ - Al


2

O

3



 deb kelinar edi. 

α−,θ−,µ−,δ−,γ−,χ− va η− Al

2

O

3



 

Bu  hosil  bo’lgan  har  bir  xildagi  alyuminiy  oksidni  barqaror  turining 

temperatura chegarasi 

η - Al


2

O

3



 dan 

α - Al


2

O

3



  ga qarab o’zgaradi. 

Alyuminiy  eritmasidan  cho’ktirib  olingan  gidrargillit,  shu  eritmadan 

karbonizatsiya  usuli  bilan  tez  cho’ktirib  olingan  (40

o

S)  bayerit,  gidrarillitdan 



olingan bemitlarni qizdirilganda alyuminiy oksidni har xil shakllari olingan. 

Gidrargillit 

→ bemit → X→ γ → µ → θ → α - Al

2

O



3

 

Bayerit 



→ bemit → η → θ → α - Al

2

O



3

  


 

12 


Bemit 

→ γ → δ → θ → α - Al

2

O

3



 

Diaspor 


→  α - Al

2

O



3

 

Braun,  Klark,  Elliot  yuqorida  keltirilgan  o’zgarishlarni  tasdiqlab  4  – 



gidratni parchalanishini umumiy chizmasini berdilar. 

 

(yaxshi kristallar)           (yomon kristallar) 



Boshlang’ich xom ashyoda ishqorni miqdori yuqori bo’lsa, hamma fazoviy 

o’zgarishlar sekinlashadi. 

Alyuminiy  oksidini  tabiiy  birikmalarini  aktivligi  gidrargillit  (Al

2

O



3

  * 


3H

2

O; d = 2,3 – 2,4 g/sm



3

, boksitlar tarkibiga kiradi) 

→ bemit (Al

2

O



3

 * 3H


2

O; 


d = 3,01 g/sm

3

) va diasporga (d - Al



2

O

3



;  d = 3.5 g/sm

3

) qarab pasayib boradi. 



Sanoatda  suvsiz  glinazemni  olishni  eng  rivojlangan  usuli  Bayer  usulidir. 

Bu usulda boksitdan ishqor eritmasi bilan alyuminat natriy olinadi va alyuminat 

natriydan alyuminiy gidrooksidi cho’ktiriladi. 1200

0

S da qizdirilib undan suvsiz 



texnik glinazem olinadi, u asosan 

γ - Al


2

O

3



  dan tashkil topgan bo’ladi. 

     1. Al

2

O

3



 + NaOH 

→ Na


2

O * Al


2

O

3



 * nH

2

O  



   Na

2

O*Al



2

O

3



 * H

2

O + 2HNO



3

 

→ Al



2

O

3



 * H

2

O + NaNO



3

 + 2H


2

1.  Na



2

OAl


2

O

3



 * nH

2



→ NaOH + Al(OH)

3

 



2.  Al

2

O



3

 + H


2

SO

4



 

→ Al


2

(SO


4

)

3



 + H

2

O     



Al

2

(SO



4

)

3



 + NaOH 

→ Na


2

 SO


4

 + Al(OH)

3

 

                                                                             pH= 9.5-10.5 



Tayyor  glinazemni  sifati  olingan  gidratni  tozaligiga  bog’liq  bo’lib, har  xil 

qo’shimchalarni, SiO

2

, Fe


2

O

3



, Na

2

O  glinazemdagi  miqdori  bilan  aniq-lanadi. 



Gidratni  sifati  esa  alyuminat  eritmalarini  tozaligiga  bog’liqdir.  Alyuminiy 

eritmasi qancha toza bo’lsa, hosil bo’lgan gidrat shuncha toza bo’ladi. Gidratni 

karbonizatsiya usuli bilan olinganda yuqori sifatli gidrat olish mumkin. 

Alyuminat  eritmasini  karbonat  angidrid  gazi  bilan  to’yintirilganda,  undan 

Al(OH)

3

 cho’kma tushadi. 



NaAlO

2

 + H



2

2



СО

Al(OH)


3

 + NaOH 


NaOH + CO

2

 



→ Na

2

CO



3

 + H


2

O  yoki 


2NaAlO

2

 + CO



2

 + 3H


2

O = 2Al(OH)

3

 + Na


2

 CO


3

 

Lilev fikricha: 2NaOH + H



2

CO

3



 = Na

2

CO



3

 + 2N


2

                    2NaAlO



2

 + H


2

CO

3



 + 2N

2

O = Na



2

CO

3



 + 2Al(OH)

3

  



 

Ishni  bajarilish  tartibi:  Alyuminiy  oksidi  tayyorlash  usuli  katalizator 

ishlab  chiqarish  sanoat  qurilmalarida  amalga  oshiriladi.  Bu  usul  natriy 

alyuminatni  nitrat  kislotasi  bilan  aralashtirgichda  cho’ktiriladi.  Hosil  bo’lgan 

alyuminiy oksidi barqarorlashtiriladi. So’ngra u filtrlanadi va Na

2

O 0,010-0,030 



mas.%  bo’lgunga  qadar  65

o

S  issiqlikda  kimyoviy  tuzsizlantirilgan  suv  bilan 



 

13 


yuviladi.  Hosil  bo’lgan  katalizator ekstruziya  usuli bilan shakllantiriladi, 120

o



da quritiladi va 650

o

S toblantiriladi. 



Alyuminiy gidroksid olishning tajriba sanoat shartlari 

2-jadval 

Bosqich 

Tajriba 1 

Tajriba 2 

Tajriba 3 

Cho’ktirish 

 

 



 

Ko’rsatkich rN, 

7,8 

8,8 


8,3 

Temperatura, 

0



58,0 



65 

60 


Cho’ktirish davomiyligi, s.min. 

100 


120 

110 


Cho’ktirish tezligi, kg/min 

1,95 


3,08 

1,95 


stabillash 

 

 



 

Ko’rsatkich rN, 

7,5 

8,3 


7,9 

Temperatura, 

0



58,0 



62 

60 


Cho’ktirish davomiyligi, s.min. 

60 


60 

60 


 

Nazorat savollari 

1.  Xosil bo’lgan katalizatorning quritish xarorati? 

2.  Gidrotozalash  jarayonida  qanday  turdagi  katalizator  tashuvchilari 

qo’llaniladi? 

3.  2 mol alyuminiy gidroksidi toblanganda necha gramm alyuminiy oksidi 

hosil bo’ladi? 

4.  Alyuminiy oksidini olish usullari 

5.  Tajribada  qanday  reaktiv  va  qaysi  turdagi  asbob-uskunalardan 

foydalaniladi? 

6.  Glinazem va uni gidratlarining xossalari. 

7.  4 mol alyuminiy gidroksidi toblanganda necha gramm alyuminiy oksidi 

hosil bo’ladi? 

8.  Katalizator tashuvchilar kanday talablarga javob beradi? 

 

5-LABORATORIYa IShI 

UGLEROD OKSIDI SUV BUG’I BILAN KONVERSIYaLASh UChUN 

KATALIZATOR TAYYoRLASh USULI 

Kerakli reaktivlar, idishlar, asbob va uskunalari: 

Temir gidroksidi; 

Temir nitrat; 

Kaltsiy oksid; 

Quritish shkafi;  

Mis oksidi 



Ish yuzasidan nazariy ma’lumotlar:

 

Tabiiy katalizator boksit, kizergur rudasi, 



turli  temir  tuproqlar.  Tabiiy  katalizatorlar  arzon,  ishlab  chiqarish  texnikasi 

sodda. Bunga mayda granula formalash va uni aktivlashtirishlar kiradi.  

Formalash  turli  ko’rinishlari  kiradi  tabletkalash,  ekstruziyalash, 

granulalash.  Boshlang’ich  xom  ashyoni  aktivlash  uchun  tarkibidagi  nordon  va 

ishqoriylarni uzoq qayta ishlash bilan ajratish kerak bo’ladi.  


 

14 


 

Aktivlvnganda  sanoat  katalizatori  yuzasi  ortadi.  Sanoat  katalizatorlari 

uchun tabiiy beydellit, bentonit va boshqalar. Ular quyidagi aralashmalar: qum, 

temir tuzlari, dala shpati, oxaktosh kiradi.  

Tabiiy  alyumosilikatlar  masalan  kaolin  yuqori  katalitik  aktivlikka 

quritishdan so’ng ega. 

Aktivlangan  tuproqda  SiO

miqdori  ortadi, Na



2

O, CaO, MgO, Al

2

O



ishqorlari  esa  kamayadi.  Tuproqdagi  Al  miqdori  kamayishining  oldini  olish 

uchun alyuminiy tuzlari qo’shiladi. Bentonit tuprog’i asosida aktivlangan tabiiy 

katalizator vakuum distilyat krekinida avtobenzin olish uchun qo’llaniladi.  

Ishdan  maqsadi:  uglerod  oksidi  suv  bug’i  bilan  konversiyalash  uchun 

katalizator tayyorlash 



Ishni  bajarilish  tartibi:  25%-li  ammiakni  suvli  eritmasi  muntazam 

aralashtirish  davomida  rN  7,8,  xarorati  60

o

S  kontsentratsiyasi  380  g/l  bo’lgan 



temir  nitrat  eritmasidan  cho’ktirish  usuli  bilan  olingan  temir  gidroksididan 

katalizator  tayyorlanadi.  Natijada  ammiak  selitra  eritmasida  Fe

2

O



n H

2



cho’kma  hosil  bo’ladi.  Cho’kma  eritmadan  olinib,  issiq  suvda  yaxshilab 

yuviladi.  Tarkibida  0,5%  dan  kamida  nitrat  ionlari  ortmasligi  kerak. 102 gr 

katalizator tayyorlash uchun 95 gr temir gidroksididan (tarkibida 64 gr FeO  va 

31  gr  namlik  bo’lgan), 4 gr  CaO, 2 gr  CuO  ni  (mol  nisbatlari 

Fe

2

O



3

:CaO:CuO=1:1,5:0,125)  yaxshilab  xovonchada  maydalaniladi.  So’ngra 

olingan  aralashmaga  25  gr  suv  quyiladi  va  30  minut  davomida  aralashtiriladi. 

Olingan  massa  granula  shakliga  keltiriladi.  Granula  6  soat  davomida  100

o



quritilib,  so’ngra  6  soat  davomida  450



o

S  da  pishtiriladi.  Katalizator  tarkibi 

Fe

2

O



3

-62,7%; CaO-33,3%; CuO-4% 



Nazorat savollari 

1.  Tajribada  qanday  reaktiv  va  qaysi  turdagi  asbob-uskunalardan 

foydalaniladi? 

2.  Katalizatorlarning turlari 

3.  200 gr katalizator tayyorlash uchun kerakli reagentlarni hisoblang? 

4.  60 gr temir-III  oksididan foydalanib necha gramm katalizator tayyorlash 

mumkin? 

5.  Tarkibida  Fe

2

O

3



-125,4gr;  CaO-66,6  gr;  CuO-8gr  faol  komponentlar 

saqlovchi  katalitik  massa  olish  uchun  zarur  bo’lgan  dastlabki 

reagentlarning miqdorini toping? 

6.  Katalizatorga shakl berishning ahamiyati. 



 

15 


7.  Tarkibida  Fe

2

O



3

-188,1  gr;  CaO-99,9  gr;  CuO-12gr  faol  komponentlar 

saqlovchi  katalitik  massa  olish  uchun  zarur  bo’lgan  dastlabki 

reagentlarning miqdorini toping? 

8.  Tarkibida  Fe

2

O



3

-62,7%;  CaO-33,3%;  CuO-4%  faol  komponentlar 

saqlovchi  katalitik  massa  olish  uchun  zarur  bo’lgan  dastlabki 

reagentlarning miqdorini toping? 

9.  400 gr katalizator tayyorlash uchun kerakli reagentlarni hisoblang? 

10.  100 gr temir-III-oksididan foydalanib necha gramm katalizator tayyorlash 

mumkin? 

 

6-LABORATORIYa IShI 

METANOLNI OKSIDLAB FORMALDEGID OLISh UChUN 

KATALIZATOR TAYYoRLASh USULI 

Kerakli reaktivlar, idishlar, asbob va uskunalari: 

Ammoniy paramolibdat, 

Temir metalli, 

Xrom oksidi,  

sirka kislotasi,  

Quritish shkafi,  



Ishdan maqsadi:

 

Metanolni oksidlab formaldegid olish uchun katalizator 

tayyorlash 

Ish  yuzasidan  nazariy  ma’lumotlar:  Metanolni  oksidlash  jarayonlari 

uchun  ikkita  katalizatorlar:  FeMo  va  Fe-Cr-Mo  qo’llanilishi  qulay  hisoblanadi: 

Xar  ikkala  katalizatorlar  temir,  xrom  nitrat  tuzlari  paramolibdat  ammoniy 

eritmalaridan  cho’ktirish  usuli  bilan  ma’lum  rN  muxitida  olinadi.  So’ngra 

cho’kma  filtrdan  o’tkazilib, yuviladi,  so’ng  toblantirib va  formalashga  beriladi. 

Bu usul bilan olinishi bir me’yorli katalitik massani hosil bo’lishiga olib keladi. 

Bu usulda filtrlash va yuvish bosqichlarida katta miqdorda oqava sularga zaxarli 

moddalar  (temir,  molibden,  ammoniy  ionlari,  nitrat-ionlari,  xrom  ionlari  va 

boshqalar)  oqib  tushadi  va  me’yordan  oshib  ketadi.  Hozirda  oqova  suvlarni 

zaxarlamaydigan usullaridan biri ishlab chiqilgan.  



Ishni bajarish tartibi: Idishga (reaktor) sirka kislota, temir metali, xrom 

oksidi (CrO

3

) va paramolibdat qo’shiladi. Bu moddalar Fe-Cr+Fe=0,5-0,95; Fe-



Cr+Mo=1/2,3-3.0  nisbatlarda  olinadi.  So’ngra  katalizator  aralashmasi 

aralashtirilgan holda 60-100

0

S gacha pasta xosil bo’lgunga qadar 500-550



0

S da 


termik qayta ishlov beriladi. Termik qayta ishlash mahsulotlariga suv, SO

2

, sirka 



kislota bug’lari, sirka kislota bug’lari, 

Tajriba  1. 400 ml  10%-li  sirka  kislotaga  10  gr  temir,  92,7  g 

paramolibdatom  ammoniy  va  50  ml  6%-li  xrom  oksid  eritmasi  solinadi. 

Aralashma 90

0

S  da pasta xolatga kelguncha bir necha soat aralashtiriladi. So’ng 



aralashma  500

0

Sda  quritiladi,  toblantiriladi  va  formalanadi.  Xosil  bo’lgan 



katalizator tarkibi Fe-0,85, Cr-0,15, Mo-2,5 (Fe/Cr+Fe=0,85; Mo/(Fe+Cr)=2,5) 

Nazorat savollari 

1.  Metanoldan formaldegid olishning qanday usullarini bilasiz? 



 

16 


2.  400  ml  10%-li  sirka kislotaga  10 gr temir, 105 g  ammoniy  paramolibdat 

va  95ml  6%-li  xrom  oksid  eritmasi  qo’shing.  Xosil  bo’lgan  katalizator 

tarkibini aniqlang. 

3.  400 ml 10%-li sirka kislotaga 10 gr temir, 74,1 g ammoniy paramolibdat 

va  50  ml  6%-li  xrom  oksid  eritmasi  qo’shing.  Xosil  bo’lgan  katalizator 

tarkibini aniqlang. 

4.  200 ml 10%-li sirka kislotaga 5 gr temir, 52,5g ammoniy paramolibdat va 

47,5  ml  6%-li  xrom  oksid  eritmasi  qo’shing.  Xosil  bo’lgan  katalizator 

tarkibini aniqlang. 

5.  300 gr katalizator tayyorlash uchun kerakli reagentlarni hisoblang? 

6.  Oksidlanish  –  qaytarilish  reaktsiyalarga  va  katalizatorlariga  misollar 

keltiring. 

7.  Halq xo’jaligidagi  katalizatorlarning tutgan o’rni. 

8.  Katalizator ishlab chiqarishning asosiy jarayonlari 

9.  Katalizator tadqiq qilish usullari 

10.  150 gr katalizator tayyorlash uchun kerakli reagentlarni hisoblang? 



FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR 

1.  Ilin  A.P.,  Smirnov  N.N.,  Ilin  A.A.,  Kunin  A.V.  Sposob  prigotovleniya 

katalizatora  dlya  srednetemperaturnoy  konversii  oksida  ugleroda  vodyanim 

parom. Patent RF 

№ 2254922, 2004

.

 



2.  Posoxova  O.M.,  Tselyutina  M.I.,  Reznichenko  I.D.  i  dr.  Sposob 

prigotovleniya  oksida  alyuminiya,  ispolzuemogo  v  kachestve  nositelya 

katalizatorov gidroochistki. Patent RF 

№ 2362620, 2006. 

3.  Shoxireva  T.X.;  Yureva  T.M.;  Demeshkina  M.P.;  Skomoroxova  N.G.; 

Shkuratova  L.N.  Izobretenie  otnositsya  k  proizvodstvu  katalizatorov  dlya 

okisleniya metanola v formaldegid. Patent RF 

№ 1995 


4.  Kruglova L.D., Xadjiev S.N. // Nefteximiya. 2004. tom

. 44. №1. s. 11-15. 

5.  Andreev L.S., Kruglova L.E., Xadjiev S.N. i dr. //Ximiya i texnologiya topliv 

i masel. 

1991. №12. S. 25. 

6. 


http://www.rusoil.neft/ katalizator/russian/book1

 

Document Outline

  • Ilin A.P., Smirnov N.N., Ilin A.A., Kunin A.V. Sposob prigotovleniya katalizatora dlya srednetemperaturnoy konversii oksida ugleroda vodyanim parom. Patent RF № 2254922, 2004.
  • Shoxireva T.X.; Yureva T.M.; Demeshkina M.P.; Skomoroxova N.G.; Shkuratova L.N. Izobretenie otnositsya k proizvodstvu katalizatorov dlya okisleniya metanola v formaldegid. Patent RF № 1995
  • Kruglova L.D., Xadjiev S.N. // Nefteximiya. 2004. tom. 44. №1. s. 11-15.
  • Andreev L.S., Kruglova L.E., Xadjiev S.N. i dr. //Ximiya i texnologiya topliv i masel. 1991. №12. S. 25.
  • http://www.rusoil.neft/ katalizator/russian/book1

Download 243.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling