Toshkent kimyo-texnologiya instituti Texnologik mashinalar va jihozlar’’ yo’nalishi


Download 1.27 Mb.
Sana05.01.2022
Hajmi1.27 Mb.
#231924
Bog'liq
2 5240150844636139411

Toshkent kimyo-texnologiya instituti

“Texnologik mashinalar va jihozlar’’ yo’nalishi

11-20 guruh talabasi Abdurasulov Ilg’orning

“O’zbekistonning eng yangi tarixi” fanidan

“Orol fojiasi” mavzusida tayyorlagan

Mustaqil ishi.

2021-yil


Reja:

1.Orol dengizini geografik joylashgan o’rni.

2. Orol dengizining qurg’oqchilik sabablar.

3. Orol dengizining ayanchli taqdiri.

4. Orol dengizini saqlab qolish uchun kurash.

5. Markaziy Osiyo davlatlarining ekologik muammosi.

Orol dengizi-O’rta Osiyodagi eng katta berk sho’r ko’l. Ma’muriy jihatdan Orol dengizining yarmidan ko’proq janubi-g’arbiy qismi O’zbekiston (Qoraqalpog’iston), shimoliy-sharqiy qismi Qozog’iston hududida joylashgan. O’tgan asrning 60-yillarigacha Orol dengizi maydoni orollari bilan o’rtacha 68,0 ming km2 ni tashkil etgan. Kattaligi jihatidan dunyoda to’rtinchi (Kaspiy dengizi, Amerikadagi Yuqori ko’l va Afrikadagi Viktoriya ko’lidan keyin), Yevrosiyo materigida ( Kaspiy dengizidan keyin) ikkinchi o’rinda edi. Dengiz shimoliy-sharqdan janubiy-g’arbga cho’zilgan, uzunligi 428 km, eng keng joyi 235 km bo’lgan. Havzasining maydoni 690 ming km2, suvining hajmi 1000 km3, o’rtacha chuqurligi 16,5 m atrofida o’zgarib turgan. Havzasining kattaligi uchun dengiz deb atalgan. Orol dengizi pliotsenda Yer po’stining egilgan yeridagi botiqda hosil bo’lgan. Tubining relyefi (g’arbiy qismini hisobga olmaganda) tekis. Orol dengizida juda ko’p orol va qo’ltiqlar bo’lgan. Orol dengizida qadimdan suv sathi goh ko’tarilib, goh pasayib turgan. Keyingi geologik davrda Sariqamish va O’zbo’y orqali Orol dengizi suvi vaqti-vaqti bilan Kaspiyga quyilgan, suv sathi ancha baland bo’lib, janubiy va janubiy-sharqidagi bir necha ming km2 maydonli sohil suv ostida bo’lgan. Orol dengizi unchalik chuqur emas. Chuqur joylari g’arbiy qismida. Qoraqalpog’iston Ustyurt yonida chuqurligi 69 m gacha yetgan. Ko’lning sayoz joylari uning janubiy, janubiy-sharqiy va sharqiy qismlariga to’g’ri kelgan. Orol dengizi qirg’oqlarining morfologik tuzilishi juda murakkab. Ular bir-biridan ba’zi xususiyatlari bilan farqlanadi. Shimoliy qirg’og’i baland, ayrim yerlari past, chuqur qo’ltiqlar bor. Sharqiy qirg’og’i past, qumli juda ko’p mayda qo’ltiq va orollar bo’lgan. G’arbiy qirg’og’i kam qirqilgan va Ustyurt chinkidan iborat. Orol dengizida 300 dan ortiq orol bo’lgan. Ularning 80% dengizning janubiy-sharqiy qismi-da. Eng kattalari Ko’korol (273 km2), Vozrojd va Borsakel-mas (133 km2) edi. Dengizga Amudaryo bilan Sirdaryo quyiladi. 60- yillargacha yiliga Amudaryo Orol dengiziga 38,6 km3, Sirdaryo esa 14,5 km3 suv olib borgan. Suv balansida yog’inlar ham muhim rol egallagan. Dengiz akvatoriyasiga yiliga 82-176 mm yog’in yog’adi. Atrofdan dengizga yiliga 5,5 km3 yer osti suvlari qo’shilib turgan. Dengiz cho’l zonasida joylashganidan uning yuzasidan har yili 1 m qalinlikdagi suv bug’lanadi. Bu esa keying davrda dengizga daryolar olib kelgan suv, yog’in va yer osti suvlaridan ortiqdir. Shuning uchun ilmiy o’zgarishlar natijasida Orol dengizi suvining sathi yillar davomida o’zgarib turgan. Masalan, 1785-yildan dengizdan suv sathi ko’tarila boshlagan bo’lsa, 1825-yildan

pasaygan, 1835-1850-yillarda yana ko’tarilgan, 1862-yili kamaygan. Ko’korol 1880-yilda yarim orolga aylanib qolgan. 1881-yil suv sathi pasaygan. 1885-yildan Orol dengizida suv sathi yana ko’tarila boshlagan.1919-yil dengiz maydoni 67 300 km2 , suv miqdori 1087 km3 bo’lgan bo’lsa, 1935-yilga kelib maydoni 69670 km2, suvning miqdori 1153 km3 ga ko’paydi. Keyingi bir yarim asr mobaynida dengiz suvi sathi ancha o’zgargan.

Orol dengizida suv sathining yil davomida o’zgarib turishi Amudaryo va Sirdaryoning bahor-yoz paytlarida toshishi bilan bog’liq. Bahorgi yomg’irdan ham dengiz sathi ko’tariladi. Suv sathining yil davomida o’zgarish amplitudasi o’rtacha 25 sm ga teng bo’lgan. Suvining sho’rligi o’rtacha 10-11%. Suvdagi tuzlarning ko’p qismini osh tuzi va sulfatli magniy tuzi tashkil etgan. Kimyoviy tarkibiga koʻra, suvi Kaspiy dengizi suviga oʻxshash. Orol dengizi suvining tarkibidagi tuz 11 mlrd. ga yaqin deb baholangan. Bu tuzlar sanoat ahamiyatiga ega. Dengiz suvi, ayniqsa, markaziy qismida juda tiniq. Suvi, xususan, qishda tiniq boʻladi. Yoz oylarida ham 24 m chuqurlikkacha dengizning tubi koʻrinadi. Suvining rangi koʻpgina qismida koʻk, qirgʻoklariga yaqini koʻkimtir tusda. Amudaryo bilan Sirdaryoning quyilish joyida suvi loyqa. Dengiz dekabr oʻrtalaridan mart oxirigacha muzlaydi. Yozda suvning yuqori qismidagi temperaturasi 27° ga yetadi. Chuqurlik ortishi bilan temperatura tez pasayadi. Yozda 1 m chuqurlikda temperatura 8°ga oʻzgaradi. Dengiz ustida havoning o’rtacha temperaturasi yozda 24—26°, qishda —7°, — 13,5°. Orol dengizi sazan, choʻrtan, soʻvyan, sudak, oqchavoq, laqqa, taran (leshch), pilmay kabi baliqlarga boy edi.

Dengizda navigatsiya mavsumi 7 oy davom etgan. Aralsk va Mo’ynoq kabi yirik portlari faoliyat ko’rsatgan. Orol dengizi atrofida aholi kam bo’lgan. Aholi asosan baliqchilik bilan va qisman, chorvachilik, ondatra urchitish va sabzavot-polizchilik bilan shug’ullangan. O’tgan asrning 90-yillarigacha dengizdan baliq ovlangan. Aralsk va Mo’ynoq shaharlari va bu shaharlar atrofida ko’p sonli baliq ovlash xo’jaliklari faoliyat ko’rsatgan.



Orol dengizi birinchi marta A.I.Butakov 1848-1849 yillarda tadqiq etgan va xaritaga tushirgan.

Orol dengizi suvining sathi Amudaryo va Sirdayo suvining rejimi bilan bog’liqligidan, bu ikki daryo suvi sug’orishga qancha ko’p ishlatilsa, dengizda suv shuncha kamaya borgan. Ayniqsa, o’tgan asrning 60-yillaridan sug’oriladigan ekin maydonlarining kengaytirilishi natijasida dengizga Amudaryo va Sirdaryodan quyiladigan suv miqdori yildan yilga kamaya bordi. Oqibatda dengizda suv sathi jadal sur’atlarda pasaya boshladi. Orol dengizida suv sathi pasayishining uning suv yuzasi va suv sigʻimiga taʼsiri Orol dengizi da suv sathining pasayishi suv balansi elementlarining qiymatlariga ham keskin taʼsir koʻrsatdi: 1911—60 yillarda dengiz sathi oʻrtacha 53,04 m ni tashkil etib (Boltik, sistemasida), daryolar dengizga quyadigan suv miqdori 56 km³, dengiz yuzasiga yogʻgan atmosfera yogʻinlari miqdori esa 9,1 km³ ga teng boʻlgan. Sarflanish, yaʼni chiqim esa, asosan, bugʻlanishdan iborat boʻlib, shu davrda oʻrtacha 66,1 km³ ni tashkil etgan. Shu davr ichida suv balansida salbiy farq qayd etilgan: dengiz har yili 1 km³ dan, 1911—60 yillar davomida 50 km³ hajmdagi suvni yoʻqotgan.

Hozirgi kunda Orol dengizi 3 bo’lakka bo’lingan: Birinchisi-kichik va sayoz shimoliy qismi (sho’rligi- 8-13g/l); Ikkinchisi­-nisbatan kattaroq maydonga ega bo’lgan va sayoz sharqiy qismi (sho’rligi-69-72 g/l); Uchinchisi-eng chuqur hisoblangan g’arbiy qismi (sho’rligi-68-69g/l). Orol dengizi (qoz. Aral TeңіzіAral Tengiziqor. Aral tenʼiziOʻrta Osiyoda joylashgan yopiq suv havzasidir. Shimoldan Qozogʻiston,janubdan Qoraqalpogʻiston (Oʻzbekiston) yerlari bilan oʻralgan.



1960-yillargacha maydoni 68,000 km2 boʻlib, dunyoda kattaligi boʻyicha toʻrtinchi koʻl boʻlgan. Biroq, uni taʼminlovchi Amudaryo va Sirdaryo suvlarining koʻp miqdorda irrigatsiyaga sarflanishi uning hajmini keskin kamaytira boshladi. 2007-yilga kelib, Orol dengizi maydoni 50 yil avvalgiga nisbatan 90 % qismini yoʻqotib, uchta alohida koʻlga aylandi. Shoʻrlik oshishi Orol dengizi va atrofidagi nabotot va hayvonot qirilishiga sabab boʻldi. Mahalliy iqlim oʻzgardi; yoz issiqroq, qish esa quruq va sovuqroq boʻla boshladi.

2010-yil maʼlumotlariga koʻra Orol dengizi maydoni 13,900 km2 dir.

1996-yil yanvarida Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Turkmaniston,Tojikiston va Qirgʻiziston oʻrtasida Orol dengizi ekologik holatini yaxshilashga doir shartnoma imzolandi.



Orol dengizi ilgari vaqtda dunyodagi eng katta ichki dengizlardan biri hisoblanib, unda baliqchilik, ovchilik, transport va erkratsion maqsadlarda foydalanilar edi. Dengiz suv rejimini unga quyiladigan Amudaryo, Sirdaryo, yer osti suvlari hamda atmosfera yonilgʻilari tushishi va yuzadan suvning bugʻlanishi tashkil etadi. Qadimgi tarixiy davrlarda dengiz sathining 1,5 — 2,10 oʻzgarishi tabiiy iqlim xususiyati bilan boʻliq boʻlib, suvning hajmi 100—150 kub km, suv sathi maydoni — 4000 kv, km ni tashkil etgan. Sugʻoriladigan dehqonchilikning rivojlanishi natijasida sug’orilishga foydalaniladigan qaytmas suvlar va qurqchilik yillari Amudaryo va Sirdaryoning deltasiga quyiladigan suv miqdori kamaydi. Shunday qilib, hozirgi vaqtda dengizning sathi 1961 yilga nisbatan 16,8 m ga pasaydi. 1994-yil 36,6 m. Bunda dengizning hajmi 3 marta, yuzasi 2 marta, sho’rlanish darajasi 9-10 gGʻl dan 34-37 gGʻl ga ortadi; 2000 yilga borib 180—200 gGʻl koʻtariladi. Hozirgi kunda dengiz sathining pasayishi yiliga 80 — 110 sm tashkil etmoqda. Qirgʻoq chizigʻi 60 – 80 km pasayib, ochilib qolgan yerlar 23 ming km² tashkil etadi.Amudaryo va Sirdaryoning quyi oqimlarida suvning sifati yomonlashadi, hamda ichish uchun yaroqsiz boʻlibqoladi. Ekologik tizmlar, oʻsimlik va hayvonlar chuqur inqirozga uchrayapti. Eng yomon ahvol Janubiy oroldir.Ushbu mintaqa oʻz ichiga shimoliy gʻarbiy Qizilqum, Zaungaoʻz, Qora qum, Janubiy Ustyurt va Amudaryo deltasikabi landshaft komplekslarini oladi. Orol boʻyining umumiy maydoni — 473 ming km² boʻlsa, uning Janubiy qismi 245 ming km² tashkil etadi. Bunga KKR hududi,Oʻzbekistonning Xorazm viloyati, Turkmanistonning Toshavvoʻz viloyatlari kiradi. Orol va orol boʻyida sodir bo’layotgan jadal ravishdagi choʻllanish hodisasi dunyo tajribasida uchratilmagan. Shuning uchun ham miqdor va sifat jihatidan baxolash ancha qiyinchilikalrga duch kelmoqda. Dengiz tubining ochilishi va daryo delütalarining qurishi hisobiga choʻl maydonlari kengaymoqda. Ochilib qolgan 1 mln ga maydon yuzasi mayda tuz zarrachalari bilan qoplanib yangi shakldagi qum qoplamlarini hosil qiladi. Shunday qilib, markaziy Osiyo hududida qum, tuz ayrozonalarini shamol yordamida ko’chirib yuruvchi kuchli yangi manba vujudga keldi. Dastlabki maʼlumotlarga qaraganda yiliga atmosferaga 100—150 mln. tonnagacha chang — tuzon kutarilishi mumkin. Dengiz tubidan ko’tarilgan chang — tuz to’zoni atmosfera ifloslanishi 5 % ham ortib yubormoqda Chang — to’zonlarning atmosferaga ko’tarilishi 1 marta 1875 yili kosmosdan koʻzatilgan. Chang — toʻzon uzunligi — 400 km, eni esa 40 km boʻlib, radiusi 300 km tashkil etadi. Tuzlarning yer yuzasida yog’ilishi natijasida paxtaning hosildorligi 5 — 15 % sholining esa 3-6 % pasayib ketdi. Orol boʻyiga yog’ilayotgan chang — tuz zarrachalaridan umumiy miqdor oʻrtacha 520 kgga tashkil etib, tuproq holati yomonlashuvining asosiy sababchilaridan biri boʻlib koldi. KKR ning sug`oriladigan maydonlari chang — tuz fraktsiyalari 250 kgGʻga dan Chimboy tumanida 500 t gacha boradi. Shoʻrlangan qum tuzlari yili orol boʻyidagi 15 ming ga yaylovlarni egallab bormoqda. G’oʻza uchun ajratilgan maydonlar kasallik koʻzg’atuvchi zarar kunandalar bilan zararlangan. Qishloq xoʻjalik maxsulotlari hosili pasayib ketmoqda. Daryoning yuqori oqimidagi hududlarda meliorativ holati yomonlashishi. (SurxondaryoQashqadaryoBuxoroSamarqand) II kategoriyada yerlaning koʻpayishiga olib kelmoqda. Amudaryoning oʻrta oqimi joylashgan. Turkmanistonning suv xoʻjalik tumanlarida murakkab meliorativ holat kelib chiqmoqda. Amudaryova Sirdaryoning kuyi okimlarida koʻpchilik maydonlar qoniqarsiz meliorativ ahvoli bilan 3 va 4 katigoriyaga mansub yerlar hisoblanadi, sho’rlangan, kuchli sho’rlangan maydonlar 35- 70 % tashkil etadi. Tuproqlarning sho’rlanishi hisobiga kichik ho’jalik mahsulotlari O’zbekistonda- 30 %, Turkmanistonda- 40%, Qozog’istonda- 33 %, Qirg’izistonda- 20 % ga pasayib ketdi. Kuchli sho’rlangan yer osti suvlarning joylashishi, cho’llanishi jarayonini kuchaytirmoqda. Amudaryo va Sirdayo qirg’oqlarini pasayishi natijasida daryolarning quyi qismida suv toshqinlarini kamaytirib yuboradi.Bu o’z navbatida to’qay o’simliklari maydonlarini qisqarishiga, ilgari gumusga boy o’tloqli-botqoqli tuproqlar unumsiz o’tloq taqir cho’l, qumli tuproqlarga aylanishiga olib keladi. Sutemizuvchi hayvonlar qushlar kamayib ketdi.

Qurigan maydonlar aholi uchun xavfli kasalliklarni tarqatuvchi kemiruvchilar bilan to’lib bormoqda. Orol bo’yining sanitar-epidemiologik ahvoli nihoyatda og’ir aholi markazlashtirilgan suv bilan ta’minlash 29-67 % ni tashkil etadi. Aholini yarmi ifloslangan ochiq suv havzalaridan foydalanadi.



Orol muammosini asosi uni dengiz sifatida saqlab qolish tashkil etadi. Shuni ta’kidlash lozimki, Orol o’z tarixi davomida ilmiy ma’lumotlarga qaraganda ko’p marta o’z shaklini o’zgartirgani va qurib qolgani ma’lum. Orol dengizining dastlabki absolyut balandligini tiklash uchun ming kub km dan ortiq suv kerak bo’ladi. Orol dengizi 80-yillarda ayniqsa, quriy boshladi. Hozirgi vaqtda O’rta Osiyoni umumiy muammosiga aylanib qolgan. Dengiz hozirda “o’lik dengiz” deb hisoblanmoqda. Tirik organizm dengizda deyarli yo’q. Dengizning qurigan sohillaridagi to’planib qolgan yerdagi tuzlar shamol esganda changlar bilan aralashib, inson salomatligiga jiddiy xavf tug’diradi. O’sha yerdagi aholi suv muammosiga duch kelmoqda. Orol dengizi asosan Amudaryo va Sirdaryodan suv oladi. Soʻngi yillarda Sirdaryo suvi suv omborlarini toʻldirishga va sugʻorishga foydalanilishi tufayli Orol dengiziga etib bormaydigan boʻldi. Amudaryo va uning irmoqlarida suv omborlari qurilib, koʻp miqdordagi suv kanallar orqali ekin dalalariga oqiza boshlandi. Buning oqibatida Zarafshon, Surxondaryo va Qashqadaryo Amudaryoga etib bormaydigan boʻlib qoldi. Hozirgi davrda Amudaryodan suv oladigan kanallarning umumiy uzunligi 170 ming km dan, suv omborlari soni 50 tadan oshib ketdi. Ularning suv sigʻimi 16-17 mld kubokilometrni tashkil etadi.

Suv zahiralaridan nooʻrin foydalanish — Amudaryoning yuqori va oʻrta oqimlaridagi hududlarda sizot suvlarining koʻtarilib, tuproqdagi namlik bugʻlanishining koʻchayishi va buning oqibatida tuproqlarning shoʻrlanishining ortishiga olib keldi. Orol boʻyi hududlarida esa sizot suvlari yuzasi pasayib, er yuzasi shoʻrhok tuproq bilan qoplana boshladi.

Orol dengizi suv sathining pasayishi bilan qirgʻoq chizigʻi 100 km dan ortiqroq orqaga chekindi. Dengiz tubi oʻrnida 4 mln gektardan ortiq maydonni egallagan yosh Orolqum choʻli paydo boʻldi. Ana shunday qilib, Amudaryo va Sirdaryo suvidan nooʻrin foydalanish 20 asr oxirida 3 mln dan koʻproq aholi yashaydigan hududda „Orol fojiasi“ deb atalgan global ekologik halokatni paydo qildi.

Orol dengizi oʻrnida paydo boʻlgan Orolqum mayda tuz va tuproq zarrachalari bilan qoplangan. Shamol esganida tuz va tuproq zarrachalaridan iborat chang havoga koʻtarilib, uzoq masofalarga tarqaladi. Ayrim maʼlumotlarga qaraganda Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi sugʻoriladigan maydonlarning har gektariga bir yil davomida 250 kg, ayrim hududlarda 500 kg gacha tuzli chang yogʻiladi. Qurigan dengiz tubidan bir yil davomida 15 mln dan 75 mln tonnagacha chang koʻtarilishi mumkin. Tuzli chang toʻfonlarning kengligi 40 km ga; uzunligi 400 km ga etadi. Tuzli chang Orolqumdan oʻnlab, hatto yuzlab km masofaga tarqalib, tabiiy oʻtloqlar, vohalardagi ekinlar, bogʻlar, shaharlar va qishloqlar ustiga yogʻiladi. Orol changi hatto Tyanshan va Pomir togʻlari choʻqqilaridagi muzliklarga ham etib borib, u erdagi muzliklarning erishini tezlashtirib yuborgan.

Choʻllanish va shoʻrlanishning tezlashuvi oqibatida soʻnggi yillarda 50 ming gektarga yaqin ekin maydoni qishloq xoʻjaligida foydalanishga yaroqsiz boʻlib qoldi. Noqulay ekologik vaziyat qishloq xoʻjalik ekinlari hosilini va chorva mahsulotlari etishtirishning keskin kamayishiga olib keldi.

Orol dengizining quriy boshlashi iqlimga ham taʼsir koʻrsatdi, Iqlim yanada kontinentallashib, qishqi harorat oʻrtacha ikki gradusga pasaydi, yozgi harorat esa ikki gradusga koʻtarildi. Buning natijasida sovuq kunlar erta tushib, ekinlarning pishib etilishi kechika boshladi. Orol boʻyi hududida vujudga kelgan ekologik tanglik aholi salomatligiga ham taʼsir koʻrsata boshladi. Aholi oʻrtasida yurak-qon tomir, oshqozon- ichak, nafas olish organlari kasalliklari (oʻpka sili, astma, bronxit) koʻpaydi. Hududda kam-qonlik kasalligi 60 yillarga nisbatan deyarlik 20 marta oshganligi kuzatilgan.

Ekologik tanglik Orol boʻyi tabiati, oʻsimliklar va hayvonot dunyosiga ham katta ziyon etkazdi. Suv zahiralarining kamayishi va shoʻrlanishi natijasida yaylovlarda chorva uchun oziq boʻladigan oʻsimliklar turi va sifati kamayib, oʻtloqlar maydoni deyarlik uch martaga qisqardi. Amudaryo va Sirdaryo suvining kamayishi, suv toshqinlarining boʻlmasligi, daryolarning suv bosadigan qirgʻoqlarida yastanib yotadigan toʻqaylardagi xilma-xil oʻsimliklarning qurib, yoʻq boʻlib ketishiga olib keldi. Ularning oʻrnini qurgʻoqchilikka chidamli yulgʻun, shuvoq kabi choʻl oʻsimliklari egallamoqda. Toʻqaylarning yoʻqolishi koʻplab oʻsimlik va hayvon turlarining qirilib ketishiga sabab boʻldi. Oʻtgan 20 asrning ikkinchi yarmida Amudaryoning quyi qismidagi toʻqaylarning buzilishi bilan bu joylardan yoʻlbars, buxoro bugʻusi yoʻqolib ketdi. Janubiy Orol boʻyidagi 60 dan ortiq qushlardan 10 ga yaqin turi yoʻqolib borayotgani va 42 turidan ortigʻi „noyob“ turga aylanayotgani haqiqatdir. Shoʻrlanishning keskin ortishi tufayli Orol dengizi tobora oʻlik dengizga aylanib bormoqda. Orol dengizi va Orol boʻyida suv havzalarda tarqalgan 28 tur baliqlardan 12 turi, jumladan Amudaryo kurakburun, Orol moʻylovdori yoʻqolib ketayotgan va noyob turlarga kiritilgan. Dengiz choʻl mintaqasida joylashganidan uning yuzasidan har yili 1 m qalinlikdagi suv bugʻlangan. Oʻtgan asrning boshlaridan suv sathi pasaya boshlangan. Masalan, 1911—1960-yillar davomida Orol dengiziga daryolardan yogʻin bilan birga bir yilda, oʻrtacha 65 kub, km suv kelib turgan; suv yuzasidan esa 66,10 kub, km suv bugʻlangan. Shunday qilib, har yili dengiz 1 kub km 50 yil davomida esa 50 kub, km suvni yoʻqotgan. Suv sathi ayniqsa, oʻtgan asrning 60-yillaridan boshlab sugʻoriladigan ekin maydonlarining kengaytirilishi, Amudaryo va Sirdaryo suvlarining sugʻorishga ishlatilishi tufayli keskin kamaya boshlagan. Oʻtgan 40 yildan koʻproq vaqt davomida Orol dengizining maydoni deyarli 4 marta, suv sathi 1,8 marta, undagi suv hajmi 9 martaga yaqin kamaydi. Dengiz suvining shoʻrlanishi 9-10 g/l dan 70-84 g/l gacha ortdi. Hozirgi kunda dengiz chuqurligining kamayishi yiliga 80-110 sm ni tashkil etadi. Oʻtgan 40 yil mobaynida qirgʻoq chizigʻi 80–100 km pasaygan. Buning oqibatida 4,5 mln gektardan oshiqroq dengiz tubi ochilib qoldi. Hozirgi kunda Orol dengizi uch qismga boʻlinib ketgan. Uning sayoz kichik shimoliy qismining suvi kuchsiz minerallashgan (8-13 g/l), birmuncha kattaroq sayoz sharqiy qismi ancha kuchli shoʻrlangan (68-72 g/l).

Hozirgi kunda Orol dengizining falokati va uning atrofidagi ekologik vaziyat butun dunyo muhitiga ta’siri jihatidan jahon miqyosidagi dolzarb masalalar qatorida o’rganilmoqda. Shuning uchun ham Birlashgan Millatlar Tashkilotida ikki yil davomida Orol bo’yi ahvolini o’rganib chiqib, zarur choralar ko’rish haqida qaror qabul qilindi.

Orol dengizini falokatdan qutqarish va dengiz atrofidagi ekologik muvozanatni yaxshilash maqsadida jahon miqyosida “Orol yo’nalishi” deb nomlangan tashkilot tuzish tavsiya qilindi. Bu tashkilotning oldingi maqsadlaridan biri u yerdagi vaziyat bilan tanishish va olingan ma’lumotlar bo’yicha shu masalaga qiziqqan jahon miqyosidagi tashkilotlar bilan o’rtoqlashish.



Orol dengizi va uning atrofidagi ekologik vaziyatni tiklash davrida “Orol yo’nalishi” jamiyati shu yerda yashovchilarni gigiyenik talablarga javob beradigan oziq-ovqat, suv bilan ta’minlash hamda yuqori malakali tibbiy yordam ko’rsatish bilan bog’liq ishlarni amalga oshirilishini ko’zda tutadilar. Inson va atrof-muhit orasidagi ko’z ilg’amas bog’liqlikni chuqur tadqiqotlar asosida o’rganmay va natijalarga amal qilmay turib gigiyenaning ilm-fan sifatida rivojlanishi mumkin emas. Inson va muhit bog’liqligi muammolarini anglab yetishlik bu organizmning tabiiy holat va o’zgarishlarini ibtidoiy davrida aniqlash, biron-bir xastalik paydo bo’lishidan oldin samarali sog’lomlashtirish tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun mezon ahamiyatiga molik muayyan qoidalar majmuasini yaratish imkonini beradi.
Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling