Toshkent kimyo xalqaro universiteti


Download 25.67 Kb.
Sana23.04.2023
Hajmi25.67 Kb.
#1392971
Bog'liq
Hujjat123087665 (6)


Toshkent KIMYO
xalqaro universiteti
HST.71.U
Xayrullayev Mahmudjon
Alouddin Muhammad Xorazmshohning
zafarli yurishlari
Biz tech va farovon buyuk yurt farzandlarimiz bizning tariximiz bebaho va juda boy . Tarixmiz turli sinovlar ba’zan muoffaqiyatni va ba’zan yuqotishlarni boshdan oʻtkazadilar. Buyuk sarkardalar va ona yurt oʻgʻlonlari yerik davlat qurdilar. Unda olam rivoji uchun oʻz bilimlarini qoʻshgan buyuk allomalar yashab ijod qilgan. Bizga maʼlumki Xorazmshohlar davlati mugʻul bosqini natijasida zavolga yuz tutgan va bunda Muhammad Xorazmshohni amalga oshirgan tadbirlari bizda yomon tasurot qoldirgan. Biz yuqoridagi mavzuda Muhammad Xorazmshohning muoffaqiyatlarni koʻrib chiqamiz. Biz tarixdan toʻgʻri xulosa chiqarib undan saboq olib vatanimiz rivoji uchun oʻz hissangizni qoʻshamiz.
Xorazmshoh Takish vafot etgandan soʻng taxtga uning vorisi Alouddin Qutbiddin Muhammad (1200-1220) Xorazmshohlar davlatining poytaxti Urganjda 1200-yil 3-avgust kuni chiqdi. Muhammad Xorazmshoh otasi Takishning siyosatini davom ettirib mamlakat hududini kengaytirish choralari koʻrdi. Lekin u hukumronligini dastlabki paytlarda qator muomolarga duch keldi. Mazondaronda Husomiddin Ardasher Astrobodgacha yerlarni egallab, mazkur hududdagi Xorazm qoʻshinini haydab chiqarishga muvaffaq boʻldi. Xorazmshoh bunday vaziyatda Xurosonda ham ahvol keskinlashish mumkin deya hisoblab, Ukasi Alishohni Iroqi Ajam markazi Isfahondan chaqirib olib, uni Xuroson noibi etib tayinlandi.
Tojiddin Alishohning Iroqdan ketishi bu yerdagi mahalliy hokimlarning Xorazmdan ajralib chiqish kayfiyatini kuchaytirib yubordi. Shuningdek, Sulton Takish davrida Nishopurning hokimi boʻlgan Hinduxon (Nasirddin Malikning oʻgʻli) oʻzboshimchaligi bois Xorazmshohning talabi bilan lavozimidan olindi va u jonini saqlash uchun Gurganjga qaytmasdan Nishopur qalʼasiga bordi. Lekin bu yerda yangi Noibi Tojiddin Alishohning borligi uchun Marvga ketadi va u yerda lashkar yegʻa boshladi. Muhammad Xorazmshoh amir Chaqir At-Turkiy qoʻmondonligida Marvga qoʻshin yubordi Chaqir at-Turkiyning koʻp sonli qoʻshin bilan kelishi Hinduxoni jang qilmasdan shaxardan qochib ketdi. Hinduxon endilikda Gʻur sultoni huzuridan panoh topdi va undan yordam soʻraydi. Gʻur sultoni Gʻiyosiddin Gʻuriy uchun ham qulay vaziyat vujudga keladi va u Hinduxonga yordam berishga qaror qildi. Shu maqsadda Gʻuriy xijriy 597-yil jumadul-avval (1201-yilning fevral) oyida katta qoʻshin bilan Marvga yurish qildi. Shaxar amri Chaqir at-Turkiy Gʻiyosiddin Gʻuriyning yerik qoʻshini va jangavor feʼllari oldida ojiz ekanligini bilgan holda va buning ustiga Xorazmshohning kuchi Gʻuriy qoʻshiniga bas kela olmasligi uchun u oʻzi va qoʻshiniga omonlik tilaydi. Gʻuriy qoʻshini Marvni jangsiz ishgʻol qildi va vada qilinganidik Chaqir at-Turkiyni aft etib Hirotga yuboradi. Gʻiyosiddin Gʻuriy viloyatini oʻziga qaram boʻlgan Hinduxonga topshiradi. Tez orada Gʻuriylar qoʻshini Xurosonning Saraxs,Niso, Obivard, Tus shaharlarini egallaydi. Gʻuriy qoʻshini hatto Xurosonning maʼmuriy markazidan biri boʻlgan Nishopurni xijriy 597- yil Rajab (1201- yilning aprel) oyida qoʻlga kiritdi .Gʻuriylar qoʻshini Xurosonning katta qismini egallaydi va Gʻiyosiddin Gʻuriy Xurosonga Hinduxoni tayinlab oʻzi Hirotga qaydi. Muhammad Xorazmshohning toʻgʻridan to‘g’ri Gʻuriylarning markaziy shahri Hirotga xijriy 597- yil Zulqada (1201- yil avgust) oyida qamal qildi va bu qamal 40 kun davom etdi. Hirot qamal qilinsada uni egallashni iloji boʻlmadi. Sababi Gʻiyosiddin Gʻuriyning ukasi Shahobiddin Gʻuriy Hindistondan yordamga kelib magʻlubiyatdan saqlab qoldi. Gʻuriylar ham Xorazm ham katta talofat koʻrdi. Muhammad Xorazmshoh qoʻshinini Marvga boshqardi va uni egalladi. Bu payda Nishopurda turgan Ziyovuddin Gʻuriyga maktub yuladi “ maktub quyidagi mazmunda boʻlgan, yaʼni Nishopur shahri avval Xorazmga boʻysingan va uning aholisi Xorazmshohga xayrixoh ekanligini hoziroq qoʻshini bilan shahardan chiqib ketish kerak ekanligini aytdi “ Ziyovuddin Gʻuriydan javob maktubi boʻlmadi. Muhammad Xorazmshoh xijriy 597- yil 17 zulhijja (1201- yil 17-sentabr) oyida Saraxs shaharlarni qayta egallashga muvaffaq boʻldi. Xijriy 599- yil jumadul-avval (1203- yil yanvarda) oyining boshlarida Gʻiyosiddin Gʻuriy vafot etdi va taxtga ukasi Shahobiddin Gʻuriy chiqdi. Bu paytda Buxorda Gʻiriylar isyoni boshlangan edi va Shahobiddin Gʻuriy uni bostish uchun Buxoroga ketgandi. Muhammad Xorazmshoh paytdan foydalanib xijriy 600- yil Rajab (1204- yil mart) oyida Hirotni qamal qildi. Hirot hokimi Alp-Gʻoziy Xorazmshohga taslim boʻldi. Hirot aholisi talabi bilan Muhammad Xorazmshoh koʻrilgan harbiy xarajatlarni olmaslik toʻgʻrisida farmon eʼlon qildi. Sulton qoʻshiniga Bodis viloyati tomon yurishga buyruq berdi va qoʻshin Bodisni egalab katta oʻljaga ega boʻlishdi Shundan soʻng Muhammad Xorazmshoh Marvga yoʻl oldi. Bu orada Shahobiddin Gʻuriy isyonni bostirishga muvaffaq boʻldi. U Hirotdagi voqeani eshitib juda gʻazablandi. Endi u Xorazmga qoʻshin tortishga tayyorgarlik koʻrdi. Muhammad Xorazmshoh esa Shahobiddin Gʻuriyga maktub yoʻlladi “sin bizga oʻrish boshlamasliging kerak aks holda men qoʻshinim bilan Hirotga qaytaman va undan Gʻazna tomoni yoʻl olaman”dedi va bunga Gʻuriyning javobi “men seni tor-mor qilaman”tarzda bo‘ldi. Muhammad Xorazmshoh ham ortga qaytdi va butun Xorazm aholisiga istihkom qurishni buyurdi. Xorazm atrofini suvga bostirdi bu bilan u Shahobiddin Gʻuriy qoʻshinini 1 oy suv qurishiga majbur qildi. Shahobiddin Gʻuriy qoʻshini Amudaryondan ajralgan Qorasuv anhori boʻyida Xorazm qoʻshini bilan yuzma yuz keldi. Jangda ikkala Taraf ham juda katta talofat koʻrdi, lekin Gʻuriy qoʻshini qoʻli baland keldi. Xorazm qoʻshining katta qismini qirib tashladi. Xorazmshlar davlatining poytaxti Gurganjni qoʻrshab olishga muvaffaq boʻldi. Xorazm shahrini mudofaa qilish uchun barchaga safarbarlik eʼlon qilindi va bu safarbarlikga shoirlar shoiri ilm fanda yuksak boʻlgan Shahobiddin Xivaqiy namuna koʻrsatib xalqni urushga chorladi va u oʻz mablagʻlarini va barcha boyliklarni urushga sarfladi. Bundan xalq ham oʻrnak olib barcha qoʻlidan kelguncha mudofaaga oʻz hissasini qoʻshdi. Gurganjda 70 ming askar mudofaaga shaylandi. Muhammad Xorazmshoh murojaatiga koʻra Qoraxitoy xoni Huyurxon oʻz qoʻshinini Shahobiddin Gʻuriyga qarshi yubordi. Bu qoʻshinga Oʻtror hokimi Qoraxoniy Tojiddin Bilgixoqon, Samarqand hokimi Sulton Usmonxon ibn Ibrohim, Taroz hokimi Qoraxitoylardan boʻlgan Tayiangullar boshchilik qildi. Bu qoʻshinlar Andhudda Shahobiddin qoʻshiniga kuchli zarba berdi. Bu jang xijriy 601- yil safar (1204- yil oktyabr) oyida boʻldi. Shahobiddin Gʻuriy qoʻshinini juda katta talofat koʻrdi va u Andhuddagi qalʼaga chikindi. Lekin Qalʼani tark etishga majbur boʻldi Qoraxitoylar ularni taqib qilib 2 kunda 20 ming askarini qirib tashladi. Shahobiddin Gʻuriy Gʻaznaga qaytdi va oʻzaro parkandalik oqibatida xijriy 602 yil shabonning (1206- yil 13 mart) Birinchi kechasida qotilar tomonidan oʻldirldi. Gʻuriylar davlatida ham parokandalik boshlanib turli viloyatlar oʻzlarni mustaqil deb eʼlon qila boshladi. Xijriy 602-yil Ramozon (1206- yil aprel) oyida Mahmud oʻzini Gʻuriylarning yangi sultoni deb eʼlon qilsada uning qoʻlida Gʻur saltanating bazi hududi qoldi xolos. Muhammad Xorazmshoh qoʻshini 1206-yilning oʻzida Balx va Hirot kabi markaziy shahrini keyinroq esa Mazondaronda va Seyistoni ham zabt etdi. Muhammad Xorazmshohning talabiga koʻra Izziddin Xorazmshoh noibi deb eʼlon qilindi va unga qoʻshini bir qismni berdi. Xorazmshohni amalga oshirgan tadbirlari natijasida yuqotilgan asosiy hududlar qaytarib olindi. Bu davrda Movarounnahrda murakkab siyosiy jarayonlar boʻlayotgan edi . 1206- yilda Buxoroda sadr diniy unvonidagi Muhammad ibn Ahmad ibn Abdullazizning soliq siyosatiga qarshi isyon koʻtarildi. Isyonga asli savdogarning oʻgʻli boʻlgan qalqon yasovchi hunarmand Sanjar edi. U Buxoroni yangi hokimi Malik Sanjar deb nomlagan va Buxorodan“ eʼtiborli kishilar “ ni chiqarib yuborib ularning mol mulkini musodara qiladi. Sobiq Sadr oʻzining homiysi boʻlgan Qoraxitoy goʻrxoni oldiga najot soʻrab borgan . Lekin Buxoroni boshqarish huquqi toʻgʻrisidagi yorliq berishdan tashqari bashqa hech yordam olalmagan. Bu orada Malik Sanjar oʻziga bir qasr qurdirgan. “Juvayiyning maʼlumotiga koʻra” keyinchalik bu qasrni “ Malik Sanjar qasri” deb atalgan. Isyoni bostira olamagan Sadr Xorazmshohdan yordam soʻrashga majbur boʻldi. Muhammad Xorazmshoh Malik Sanjar isyoni bostirish uchun 1207-yilda Buxoroga qoʻshin yubordi. Sanjar asir olinib Xorazmga olib ketildi. Janubiy hududlaridagi muomolarni muoffaqiyatli hal qila olgan Muhammad Xorazmshoh endi Movarounnahr masalasiga aralasha boshladi. Movarounnahrdagi Qoraxoniy hukumdori oʻzni Xorazmshohga vassal ekanligini tan oldi.
Muhammad Xorazmshoh davriga qadar Xorazmshohlar Qoraxitoyga siyosiy qaram va ularga har yili oʻlpon berar edi. Muhammad Xorazmshoh janubda ham Movarounnahrda ham hokimiyatni mustahkam qilgandan soʻng oʻzining eng asosiy va koʻp yillik dushmani boʻlgan Qoraxitoyga qarshi qaratidi. 1209-yilda Qoraxoniylarning vakili va elchililari navbatdagi oʻlpon uchun Xorazmga keladi. Qoraxitoylarning nasiri kuchli boʻlgani uchun elchi hurmatsizlik qilib hukumdor goʻshankasiga chiqib borib uning yoniga oʻtiradi va baland ovozda soliq talab etadi. Bundan Muhammad Xorazmshohning jaxli chiqib elchi va bashqa vakillarini qatil etishga buyruq beradi. Birinchi jangda Muhammad Xorazmshohning qoʻshini yengiladi va hatto oʻzi ham hamrohi bilan asirga tushib qoldi.”Manbalarda yozilishicha Muhammad Xorazmshohni asir tushib qolganda oʻzining hamrohi bilan dadil rejani amalga oshiradi yani u oʻzini qimmat baho keyimlarini hamrohiga berib oʻzini uning qoʻli yordamchisi deb tanishtiradi. Hamrohi men savdogarman va menda boylik juda koʻp boylikka joni almashtirishga kelishish taklifini kiritdi va qoʻl (aslida Xorazmshoh)ni eng ishonchli va uning boyligini qayerda ekanligini biluvchi va ulardan foydalana oluvchi birdan bir shaxs ekanligiga ishontirdi. Egnidagi kiyimlariga qarab tanimgan noiblar Muhammad Xorazmshohni ikki qoʻriqchi bilan qoʻyib yuboradi. Muhammad Xorazmshoh ikki qoʻriqchini tunda uxlagan paytda uldirib oʻzi Xorazmga yetib olgan va qoʻshini bilan tezda yetib kelib hamrohini ham ozod qilgan). Ikkinchi yerik jang 1210- yilda sentyabr boʻlib Xorazm qoʻshinini Sirdaryodan kechib oʻtib, Ilamish dashti( Andijon viloyatining janubiy qismi) da Qoraxitoy Tayangu navkarlariga qattiq zarba beradi. Taroz hokimi boshchiligidagi qoʻshin Qoraxitoy qoʻshini oʻstidan gʻalaba qozondi. Qoraxitoy magʻlub boʻlgach Sirdaryo boʻylari, Fargʻonaning Oʻzgan, Oʻtror va unga tutash hududdlar Muhammad Xorazmshoh qoʻliga oʻtdi. Bu yerlardagi shaharlarga oʻz shixna (komendant) tayinladi. Qoraxitoylar magʻlub boʻlgach Qoraxoniy Usmonxon Xorazmshohga qaramlikni tan oldi va uning qizi Xon Sultonga uylandi. Turkiy odatda koʻra kuyov bir yil kelining uyida yashashi kerak edi va Turkon xotunning talabi bilan Usmonxon Gurganjga olib kelindi. Bir yildan soʻng ortga qaytgan Usmonxon Samarqandga shixna sifatida tayinlangan Doʻrt-Aboning shaxar ahliga qilgan jabir-zulmi uchun uni va butun Xorazm askarlarini oʻldiradi. Samarqandni esa Xorazmshlarga tobiylikni rad etib yana Qoraxitoyga murojaat qiladi. Xon Sultonning roziligi bilan Muhammad Xorazmshoh 1212-yil Samarqandga qoʻshin tashadi va Usmonxon asir olinib oʻldirildi. Qoraxoniylar sulolasi ham 1212-yilda tugatildi. Qoraxitoylar ustidan qozonilgan gʻalaba butun musulmon olamida mashhur boʻlib ketdi. Muhammad Xorazmshoh oʻziga Iskandariy Soni (ikkinchi Iskandar) va yana Saljuqiylarning soʻngi 40 yil hukmronlik qilgan (1117-1157) Sulton Sanjar deb atay boshlaydi. Shundan soʻng Saroydagi barcha tadbirlar yirik tarzda nishonladigan boʻldi. Xorazmshoh Qoraxitoylarni tor-mor etishi bilan mamlakat hududini Sharqa tomoni kengaytirdi. Baʼzi tarixchilar fikricha koʻra Xorazmshohning Qoraxitoylarni magʻlub etishi, mugʻullar oʻrtasidagi muhim devorni buzib tashlandi va mugʻullarni keyinchalik yurishini osonlashtirdi deyishadi. Xorazmshoh yana oʻz siyosatini janubga —Xuroson , Eron tomonlarga qaratildi. Fors Iroqi (yoki Iroqi Ajam — hozirgi gʻarbiy Eron ) tomonga qaratildi. Oʻzaro kurashlarda Ozarbayjon otabeklari, Bagʻdod xalifaligi, turli harbiy noiblar oʻrtasidagi oʻzaro keskinlashib borayotgani ziddiyatlarga faol ishtirok etdi. 1215- yilda Iroqi Ajamdan hokimiyatni oʻz qoʻliga olgan Sayfiddin Oʻgʻilmish Sulton Muhammadni nomni xutbaga qoʻshib oʻqitirdi. Natijada Fors Iroqi yana sulton izmiga boʻysundi. Keyinchalik, Xorazmshoh Eroning Kirmon viloyati, Mikron, soʻngra Balujistonni ham egallashga muvaffaq boʻldi. 1216-yilda Gʻazna, Gʻur, Bomiyon yerlari egallandi. Mamlakat hududini endilikda Sinf daryosi boʻyiga qadar choʻzilib Hindiston bilan chegaradosh boʻlib qoldi. Lekin 1216-yilda Fors Iroqida Xorazmshohning noibi Sayfiddin Oʻgʻilmish Ismoilovlar rahbari Jaloliddin Hasan tomonidan oʻldirldi. Ozarbayjon hokimi Otabek Oʻzbek Isfahonni, Otabek Saʼd ibn Zangi Ray, Qazvin, Huvor va Simon yerlarini egalladilar. Muhammad Xorazmshoh bu xabarni eshitgach 100000 kishilik qoʻshini Iroqi Ajamga tashladi va bu yerdagi qoʻzgʻolonchilardan shafqatsiz qasd oldi. Natijada Arron, Ozarbayjon, Shirin va hozirgi Dogʻistoning Kaspiy boʻyidagi Darband yerlari qoʻshib olindi. Sobiq Ozarbayjon hokimi (Otabegi) itoatgoʻylik sifatida oʻzi panoh topgan togʻli Farrozin qalʼasini topshirdi. 1217- yilga kelib sulton Muhammad Xorazmshoh davlati tarkibiga juda katta hudud kirgan boʻlib sharqning eng buyuk davlatiga aylandi. Endi Bagʻdod xalifasiga ham oʻz taʼsirini oʻtkaza boshladi. 1204-yilda Bagʻdod xalifasiga bir maktub yoʻllaydi.” Manbalarda yozilishicha maktub matini quyidagi mazmunda boʻlgan—avvalgi Saljuqiy hukmdorlar Alp Arslon, Malikshoh va yaqinda vafot etgan Sulton Sanjar bilan qanday munosabatda boʻlsang men bilan ham shunday munosabatda boʻlsan Bagʻdod va Iroda boʻladigan barcha hodisalar mening izmida boʻlishi kerak va meni nomim bilan xutba oʻqitasan ...”) kabi mazmunda boʻlgan. Bagʻdod xalifasi Al-Nosir bunga rad javobini berdi. Xorazmshoh esa unga qarshi harakat boshlaydi Shahobiddin Nasaviyning yozishicha, 1212-yilda ulamo va imomlar bilan majlis oʻtkazib amaldagi xalifani taxtdan tushirib oʻrniga asli kelib chiqishi Ali ibn Abu Tolib avlodidan boʻlgan Aʼlo ul-mulk ay Termiziyni xalifalik taxtiga chiqarish uchun fatvo chiqarib oladi. Bagʻdod xalifasi esa Gʻuriy va Qoraxitoy hukumdorilariga Xorazmshohga qarshi kurashida yordam berishini soʻrab qilgan murojaati Tamomila Bagʻdod bilan aloqani uzib unga qarshi qoʻshin tortishga olib keldi. 1217- yili kuzda 400000 kishilik qoʻshin bilan Yoʻlga chiqgan Xorazmshoh qoʻshini Hulvon viloyatining Asadobod darasiga yetganda kuchli qor yogʻib sovuq boʻlganligi sababli ortga qaytishga majbur boʻldi. 1218-yilda xalifa nomini xutbadan chiqarib yubordi va shu yilda oʻz davlatining poytaxti Samarqand etib eʼlon qildi.
Download 25.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling